Авторы

  • Umarova Dilnoza Utkurovna
    Toshkent shahar Uchtepa tuman 297-maktab amaliyotchi psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ifx.82563

Ключевые слова:

O’qituvchi bilimlar psixologik muammo qobiliyat ishchanlik pedagogik mahorat uslub psixologik muhit.

Аннотация

Maqolada maktab o‘qituvchisining ilmiy va o‘quv-uslubiy salohiyatini oshirishning psixologik muammolari tahlil qilinadi. O‘qituvchining mustaqil bilim egallashi va diagnostik yondashuvlardan foydalanish zarurati asoslanadi. Pedagogning o‘z ustida ishlashga sust munosabatda bo‘lishi ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlanadi. Malaka oshirish institutlari va zamonaviy ta’lim metodlarining ahamiyati yoritiladi. O‘qituvchining kasbiy o‘sishi nafaqat uning shaxsiy rivojlanishi, balki ta’lim tizimining umumiy darajasini oshirishga ham xizmat qiladi. O‘qituvchilarning o‘z ustida ishlashiga turtki beruvchi omillar va ularni rag‘batlantirish choralari muhokama qilinadi. Sharq mutafakkirlarining ilmiy qarashlari asosida pedagogning jamiyatdagi roli mustahkamlanishi zarurligi ko‘rsatiladi.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

422

MAKTAB O’QITUVCHISINING O‘Z ILMIY, O‘QUV-USLUBIY SALOHIYATINI

OSHIRISHNING PSIXOLOGIK MUAMMOLARI

Umarova Dilnoza Utkurovna

Toshkent shahar Uchtepa tuman

297-maktab amaliyotchi psixologi

ANNOTATSIYA:

Maqolada maktab o‘qituvchisining ilmiy va o‘quv-uslubiy salohiyatini

oshirishning psixologik muammolari tahlil qilinadi. O‘qituvchining mustaqil bilim egallashi va

diagnostik yondashuvlardan foydalanish zarurati asoslanadi. Pedagogning o‘z ustida ishlashga

sust munosabatda bo‘lishi ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlanadi. Malaka oshirish

institutlari va zamonaviy ta’lim metodlarining ahamiyati yoritiladi. O‘qituvchining kasbiy o‘sishi

nafaqat uning shaxsiy rivojlanishi, balki ta’lim tizimining umumiy darajasini oshirishga ham

xizmat qiladi. O‘qituvchilarning o‘z ustida ishlashiga turtki beruvchi omillar va ularni

rag‘batlantirish choralari muhokama qilinadi. Sharq mutafakkirlarining ilmiy qarashlari asosida

pedagogning jamiyatdagi roli mustahkamlanishi zarurligi ko‘rsatiladi.

Kalit so’zlar:

O’qituvchi, bilimlar, psixologik muammo, qobiliyat, ishchanlik, pedagogik

mahorat, uslub, psixologik muhit.

Hozirgi jamiyatimizda o‘qituvchining mustaqil ravishda bilimlarni egallab, o‘z malakasini

oshirib borishi – bir tomondan o‘qituvchilik faoliyatining borgan sari naqadar muvaffaqiyatli

borayotganligini ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan muhim vazifa ekanligidan dalolat beradi – chunki,

bu kechiktirib bo‘lmas jarayon shaxsni intellektual qashshoqlikdan qutqarib qoladi.

Psixologik nuqtai-nazardan o‘qituvchi doimiy ravishda o‘z bilimlarini oshirish bilan

shug‘ullanishi zarurdir. Chunki o‘qituvchilik mehnatining asosiy xususiyati ham shudir. Pedagog

har doim odamlar orasida bo‘larkan, u birinchidan, odamlarni ko‘pdan beri qiziqtirib kelayotgan

haqiqatni o‘z qarashlari bo‘yicha to‘g‘ri tushuntirib berishi lozim. Albatta, o‘qituvchidagi bu

tariqa qarashlar ko‘p yillar davomidagi mehnat va hayot faoliyati jarayonida shakllanadi;

ikkinchidan, o‘qituvchining o‘zi axborotlar olish uchun o‘quvchilarga nisbatan cheklangan vaqt

imkoniyatiga ega; uchinchidan, u o‘ta tor doiradagi tengqurlari bilangina muloqotda bo‘lish

imkoniyatiga ega bo‘lib, ko‘pincha o‘z kasbiga xos qiziqishlar bilangina cheklanib qoladi.

Ta’limning barcha ko‘rsatkichlari, Z.I.Kalmikovaning ta’kidlashicha, anglash tezligiga, yangi

vazifalar hal qilinishiga erishish mumkin bo‘lgan aniq ma’lumotlar hajmiga, uni bevosita hal

qilishdagi bosqichlar soniga natijaga erishishga yordam beruvchi ma’lumotlar miqdori,

Shuningdek, masalani hal qilish uchun sarflangan vaqt miqdori, o‘z-o‘zining bilimini oshirish

qobiliyati, ishchanlik va chiniqqanlik darajasiga bog‘liq. Bu o‘rinda A.K. Markova taklif etgan

bilim egallash ko‘rsatkichlari ham muhim ahamiyatga molikdir:

Bu ko‘rsatkichlar asosida o‘zlashtirishni aniqlash uslubi ishlab chiqilgan bo‘lib, Z.I.Kalmыkova

fikricha, uning asosini quyidagi ko‘rsatkichlar tashkil etadi:

- Diagnostik kompleks amalga oshirilib, u “analitik” emas balki “sintetik” yo‘lga suyanishi lozim;


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

423

- Diagnostika uslublari tabiiy o‘qitish tajribalarida qo‘llanilayotgan o‘quv materiallariga

tayanishi, ijobiy xususiyatlari laboratoriya tajribalari qat’iy bog‘lanishi lozim, ayniqsa, sinov

natijalarini qayd qilishda, miqdor va sifat tahlillarini jarayon vaqtida belgilab borishda, echilish

usullari va ko‘rsatilayotgan yordamni yozib borishda qat’iy aniqlik talab qilinadi;

- Muammoli o‘quv jarayonida iloji boricha qolgan barcha shartlar tenglashtirilgan holatda ta’lim

diagnostika qilinadi;

- Diagnostik tajriba vaqti uni qayd qilish talab qilinganda chegaralanmasligi lozim;

- Individual va jamoaviy diagnostik jarayonlarni birgalikda ko‘rib chiqish ta’lim jarayonini to‘liq

va aniq ko‘rsatib bera oladi.

O‘qituvchining mustaqil bilim egallashi deganda, uning o‘z bilimlarini doimiy ravishda kasbiy

va umummadaniy axborotlar bilan to‘ldirib, o‘zining individual ijtimoiy tajribasini keng

mikyosda doimo yangilab borishi tushuniladi.

Odatda aksariyat o‘qituvchilar mustaqil bilim egallash zarurligini tushungan holda, undan

muvaffaqiyatli foydalanadilar.Buning motivlari odatda pedagogik faoliyat jarayonida o‘qituvchi

oldida yuzaga keladigan muammolarni anglab olish natijasida shakllanadi. Ko‘p hollarda bunday

motivlar o‘qituvchilarni qanday o‘qitib va qanday tarbiyalash kerak, degan xohish-istaklar

tariqasida, fanning oxirgi yutuqlari, o‘zining pedagogik mahoratini takomillashtirish ehtiyoji

tug‘ilishi munosabati bilan shakllana boradi.

Shu bilan birga yaqqol ko‘zga tashlanib turgan ayrim hollardan ko‘z yuma olmaymiz. Masalan,

o‘qituvchilar ommasining ma’lum kismi mustakil izlanishda bo‘lib, o‘z bilim saviyasini oshirish

bilan faol shug‘ullanmaydi, malakasini oshirishga intilmaydi, ba’zilar muayyan bilimlar sohasida

taraqqiyotdan butunlay ortda qolmokdalar. Bunday o‘qituvchilar o‘sib kelayotgan Yosh

avlodning ta’lim va tarbiya taraqqiyotiga jiddiy zarar keltiradilar.

Bu mammoni hal etishda asosiy vazifa malaka oshirish tizimi zimmasiga

tushadi.

Respublikamizda xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish instutlarining tarmoqlari joriy

etilgan. Xalq ta’limidagi bu tizimning asosiy vazifasi doimiy ravishda o‘qituvchi kadrlarning

malakasini oshirish, o‘qituvchi kadrlarni o‘zlarining kasbiga xos bilim saviyasini, ko‘nikma,

malakalarini, ma’naviyat va ma’rifatini, shu bilan bir qatorda iqtisodiy, ekologik va huquqiy

ma’lumotini oshirishga da’vat etuvchi ijtimoiy psixologik sohalarni rivojlantirib borishdan

iboratdir.

O‘qituvchining mustaqil bilim egallashi va malakasini oshirish pedagogik faoliyatning

samaradorligini oshirishda zaruriy shartlardandir.

Shu bilan birga o‘qituvchi doimiy ravishda o‘z malakasini oshirib, o‘z ishining

muvaffaqiyatini yuqori darajada ta’minlashga yordam beradigan shaxsiy hislatlarini tarbiyalab

borishi zarur. Shayx Najmiddin Kubro «Ey mo‘min, haqiqiy komillik yuzaga kelgunga qadar bir

g‘ayrat va hikmat bilan sayri suluk qilish lozim. Bu yo‘l parishonlik, yalqovlik va tanballikni

ko‘tarmaydi, zohir, birlik va butunlikni talab qiladi. Soyirlarga yaxshilab qara, parishon va

sustlashganlar yo‘lda ilgarilay olmaydilar. Bu yo‘l muhabbat ahlidan g‘ayratli, elib yuguruvchi

va uzluksiz harakatda bo‘lganlarning ravishidir» deb ko‘rsatgan.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

424

Shayx Najmiddin Kubroning tasavvuf nazariyasini boyitishga qaratilgan ushbu purma’no

fikrlari ayni paytda o‘zining ijtimoiy-pedagogik qiymati bilan ham ajralib turadi. G‘ayratli,

hikmatli inson ijtimoiy faol, jamiyat rivojiga o‘z ulushini qo‘sha oladigan shaxs sifatida tan

olingan bo‘lsa, yalqov, tanbal, parishon insonlar xalq nazaridan chetda qolib ketganligi bilan

bugungi kunda ham o‘zining tegishli bahosini olmoqda.

Bu borada hazrati Bahouddin Naqshband “Chaqmoq tosh qo‘limizga berilgan, faqat harakat

qilish kerak, toki natija hosil bo‘lsin” deb ta’kidlaganlar. Bu fikr bilan u ijtimoiy tarbiyaning

o‘rniga ishora qiladi, to‘g‘ri tarbiyaning mohiyatini, uning samarasini aniq o‘xshatishlar bilan

asoslab beradi.

Hozirgi zamon ilm-fan taraqqiyotini buyuk allomalar yaratgan bir necha qimmatli asarlarisiz

tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu nodir asarlar bir necha asrlar ilgari yaratilgan bo‘lsa-da, o‘z

qimmatini yo‘qotgan emas desak mutlaqo to’g’ri aytgan bo’lamiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

Abduqodirov A. Ta’lim va tarbiya asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2014.

2.

Hasanboyeva O., Yo‘ldoshev Q. Pedagogik mahorat asoslari. – Toshkent: Fan, 2010.

3.

Fridman L.M., Kulagina I.YU. Psixologicheskiy spravochnik uchitelya. – M.:

Prosveщenie, 1991. – 288 s

4.

G`oziyеv E. Umumiy psixologiya. Psixologiya mutaxassisligi uchun darslik, 1- kitob

Toshkеnt «Univеrsitеt» nashriyoti , 2002.

5.

www.ziyonet.uz

Библиографические ссылки

Abduqodirov A. Ta’lim va tarbiya asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2014.

Hasanboyeva O., Yo‘ldoshev Q. Pedagogik mahorat asoslari. – Toshkent: Fan, 2010.

Fridman L.M., Kulagina I.YU. Psixologicheskiy spravochnik uchitelya. – M.: Prosveщenie, 1991. – 288 s

G`oziyеv E. Umumiy psixologiya. Psixologiya mutaxassisligi uchun darslik, 1- kitob Toshkеnt «Univеrsitеt» nashriyoti , 2002.

www.ziyonet.uz