ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
375
TARMOQ XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH USULI
Qodirov Odiljon Jaloldinovich,
Andijon davlat pedagogika instituti, o‘qituvchi
E-mail:
odiljon_qodirov@umail.uz
ORCID ID
Annotatsiya:
Foydalanuvchi maxfiy ma’lumotlaridan xavfsiz foydalanish uchun tashkil qilingan
VPN tarmog‘i va autentifikatsiya tizimi ishonchli vosita bo‘lib hisoblanadi. Bu xizmatlarni
tashkil etishda foydalanilayotgan axborot tizimlarini tashkil etish va foydalanishda tarmoq
xavfsizligini ta’minlash asosiy ustuvor vazifalardan hisoblanadi.
Kalit so‘zlar:
Eavesdropping, Denial-of-service, Port scanning, VPN.
Mamlakatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlariga kiritilgan kompyuter va axborot
texnologiyalari, telekomunikatsiya, ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari, Internet xizmatlaridan
foydalanish rivojlanmoqda va modernizatsiyalashmoqda. Jamiyatimizning barcha sohalariga
kundalik hayotimizga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish istiqboldagi
maqsadlarimizga erishishni ta`minlaydi. Har bir soha faoliyatida Internet tarmog‘idan
foydalanish ish unumdorligini oshirmoqda.
Aynan tarmoqdan foydalangan holda tezkor ma’lumot almashish vaqtdan yutish imkonini beradi.
Xususan, yurtimizda Elektron hukumat tizimi shakllantirilishi va uning zamirida davlat
boshqaruv organlari hamda aholi o‘rtasidagi o‘zaro aloqaning mustahkamlanishini tashkil etish
tarmoqdan foydalangan holda amalga oshadi. Tarmoqdan samarali foydalanish demokratik
axborotlashgan jamiyatni shakllantirishni ta`minlaydi. Bunday jamiyatda, axborot almashinuv
tezligi yuksaladi, axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish bo‘yicha
tezkor natijaga ega bo‘linadi.
Biroq tarmoqqa noqonuniy kirish, axborotlardan foydalanish va o‘zgartirish, yo‘qotish kabi
muammolardan himoya qilish dolzarb masala bo‘lib qoldi. Ish faoliyatini tarmoq bilan bog‘lagan
korxona, tashkilotlar hamda davlat idoralari ma’lumot almashish uchun tarmoqqa bog‘lanishidan
oldin tarmoq xavfsizligiga jiddiy e’tibor qaratishi kerak. Tarmoq xavfsizligi uzatilayotgan,
saqlanayotgan va qayta ishlanayotgan axborotni ishonchli tizimli tarzda ta’minlash maqsadida
turli vositalar va usullarni qo‘llash, choralarni ko‘rish va tadbirlarni amalga oshirish orqali
amalga oshiriladi. Tarmoq xavsizligini ta’minlash maqsadida qo‘llanilgan vosita xavf-xatarni
tezda aniqlashi va unga nisbatan qarshi chora ko‘rishi kerak. Tarmoq xavfsizligiga tahdidlarning
ko‘p turlari bor, biroq ular bir necha
toifalarga bo‘linadi:
axborotni uzatish jarayonida hujum qilish orqali, eshitish va o‘zgartirish (Eavesdropping);
xizmat ko‘rsatishdan voz kechish; (Denial-of-service);
portlarni tekshirish (Port scanning).
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
376
Axborotni uzatish jarayonida, eshitish va o‘zgartirish hujumi bilan telefon aloqa liniyalari,
internet orqali tezkor xabar almashish, videokonferensiya va faks jo‘natmalari orqali amalga
oshiriladigan axborot almashinuvida foydalanuvchilarga sezdirmagan holatda axborotlarni
tinglash, o‘zgartirish hamda to‘sib qo‘yish mumkin. Bir qancha tarmoqni tahlillovchi protokollar
orqali bu hujumni amalga oshirish mumkin. Hujumni amalga oshiruvchi dasturiy ta’minotlar
orqali CODEC (video yoki ovozli analog signalni raqamli signalga aylantirib berish va aksincha)
standartidagi raqamli tovushni osonlik bilan yuqori sifatli, ammo katta hajmni egallaydigan
ovozli fayllar (WAV)ga aylantirib beradi. Odatda bu hujumning amalga oshirilish jarayoni
foydalanuvchiga umuman sezilmaydi. Tizim ortiqcha zo‘riqishlarsiz va shovqinsiz belgilangan
amallarni bajaraveradi. Axborotning o‘g‘irlanishi haqida mutlaqo shubha tug‘ilmaydi. Faqatgina
oldindan ushbu tahdid haqida ma’lumotga ega bo‘lgan va yuborilayotgan axborotning o‘z
qiymatini saqlab qolishini xohlovchilar maxsus tarmoq xafvsizlik choralarini qo‘llash natijasida
himoyalangan tarmoq orqali ma’lumot almashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Tarmoq orqali
ma’lumot almashish mobaynida yuborilayotgan axborotni eshitish va o‘zgartirishga qarshi bir
necha samarali natija beruvchi texnologiyalar mavjud:
IPSec (Internet protocol security) protokoli;
VPN (Virtual Private Network) virtual xususiy tarmoq;
IDS (Intrusion Detection System) ruxsatsiz kirishlarni aniqlash tizimi.
IPSec (Internet protocol security) bu xavfsizlik protokollari hamda shifrlash algoritmlaridan
foydalangan holda tarmoq orqali xavfsiz ma’lumot almashish imkonini beradi. Bu maxsus
standart orqali tarmoqdagi kompyuterlarning o‘zaro aloqasida dastur va ma’lumotlar hamda
qurilmaviy vositalar bir-biriga mos kelishini ta’minlaydi. IPSec protokoli tarmoq orqali
uzatilayotgan axborotning sirliligini, ya’ni faqatgina yuboruvchi va qabul qiluvchiga tushunarli
bo‘lishini, axborotning sofligini hamda paketlarni autentifikatsiyalashni amalga oshiradi.
Zamonaviy axborot texnologiyalarni qo‘llash har bir tashkilotning rivojlanishi uchun zaruriy
vosita bo‘lib qoldi, IPSec protokoli esa aynan quyidagilar uchun samarali
himoyani ta’minlaydi:
bosh ofis va filiallarni global tarmoq bilan bog‘laganda;
uzoq masofadan turib, korxonani internet orqali boshqarishda;
homiylar bilan bog‘langan tarmoqni himoyalashda;
elektron tijoratning xavfsizlik darajasini yuksaltirishda.
VPN (Virtual Private Network) virtual xususiy tarmoq sifatida ta`riflanadi. Bu texnologiya
foydalanuvchilar o‘rtasida barcha ma’lumotlarni almashish boshqa tarmoq doirasida ichki
tarmoqni shakllantirishga asoslangan, ishonchli himoyani ta’minlashga qaratilgan. VPN uchun
tarmoq asosi sifatida Internetdan foydalaniladi.VPN texnologiyasining afzalligi. Lokal
tarmoqlarni umumiy VPN tarmog‘iga birlashtirish orqali kam xarajatli va yuqori darajali
himoyalangan tunelni qurish mumkin. Bunday tarmoqni yaratish uchun sizga har bir tarmoq
qismining bitta kompyuteriga filiallar o‘rtasida ma’lumot almashishiga xizmat qiluvchi maxsus
VPN shlyuz o‘rnatish kerak. Har bir bo‘limda axborot almashishi oddiy usulda amalga oshiriladi.
Agar VPN tarmog‘ining boshqa qismiga ma’lumot jo‘natish kerak bo‘lsa, bu holda barcha
ma’lumotlar shlyuzga jo‘natiladi. O‘z navbatida, shlyuz ma’lumotlarni qayta ishlashni amalga
oshiradi, ishonchli algoritm asosida shifrlaydi va Internet tarmog‘i orqali boshqa filialdagi
shlyuzga jo‘natadi. Belgilangan nuqtada ma’lumotlar qayta deshifrlanadi va oxirgi kompyuterga
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
377
oddiy usulda uzatiladi. Bularning barchasi foydalanuvchi uchun umuman sezilmas darajada
amalga oshadi hamda lokal tarmoqda ishlashdan hech qanday farq qilmaydi. Eavesdropping
hujumidan foydalanib, tinglangan axborot tushunarsiz bo‘ladi. Bundan tashqari, VPN alohida
kompyuterni tashkilotning lokal tarmog‘iga qo‘shishning ajoyib usuli hisoblanadi. Tasavvur
qilamiz, xizmat safariga noutbukingiz bilan chiqqansiz, o‘z tarmog‘ingizga ulanish yoki u yerdan
biror-bir ma’lumotni olish zaruriyati paydo bo‘ldi. Maxsus dastur yordamida VPN shlyuz bilan
bog‘lanishingiz mumkin va ofisda joylashgan har bir ishchi kabi faoliyat olib borishigiz mumkin.
Bu nafaqat qulay, balki arzondir. VPN ishlash tamoyili. VPN tarmog‘ini tashkil etish uchun
yangi qurilmalar va dasturiy ta’minotdan tashqari ikkita asosiy qismga ham ega bo‘lish lozim:
ma’lumot uzatish protokoli va uning himoyasi bo‘yicha vositalar.
Ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimi (IDS) yordamida tizim yoki tarmoq xavfsizlik siyosatini buzib
kirishga harakat qilingan usul yoki vositalar aniqlanadi. Ruxsatsiz kirishlarni aniqlash tizimlari
deyarli chorak asrlik tarixga ega. Ruxsatsiz kirishlarni aniqlash tizimlarining ilk modellari va
prototiplari kompyuter tizimlarining audit ma’lumotlarini tahlillashdan foydalangan. Bu tizim
ikkita asosiy sinfga ajratiladi. Tarmoqqa ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimi (Network Intrusion
Detection System) va kompyuterga ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimiga (Host Intrusion Detection
System) bo‘linadi.
Quyidagi 1-rasmda ikki tomon o‘rtasidagi ma’lumot almashish uchun xavfsiz usul
taklif qilingan. Unda foydalanuvchining uyi va ofisi o‘rtasida VPN tarmog‘ini tashkil qilish
usuli keltirilgan.
1-rasm. VPN tarmog‘ini tashkil qilish sxemasi
Yuqorida taklif qilinayotgan usul tarmoqdan foydalangan holda ma’lumot almashishda uning
xavfsizligini taminlash uchun samarali yechim hisoblanadi. Unda foydadlanuvchi uyidan turib
ofisidagi maxfiy ma’lumotlaridan bemalol foydalanishi mumkin. Foydalanuvchi maxfiy
ma’lumotlaridan xavfsiz foydalanish uchun tashkil qilingan VPN tarmog‘i va autentifikatsiya
tizimi ishonchli vosita bo‘lib hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Karl A Astrom, Bjom Wittenmark. Computer-Controlled Systems: Theory and Design, Third
Edition. -USA: Dover Publications, 2011 576 p
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
378
2. Fritz Klocke. Modeling and Planning of Manufacturing Processes. - Germany Springer, 2016.
-658p.
3. Олифер В.Г., Олифер Н.А. Компьютерные сети. Принципы, технологии, протоколы.
Учебник. -3-е издание. СПб. Питер. 2006г.
4. Бройдо В.Л. Вычислительные системы, сети и телекоммуникации. СПб.: Питер. 2003.
5. Botirov T.V., Sattorov O.U., Kadirov Yo‘.B., Boboyev A.A Kompyuter tizimlari va
tarmoqlari. O‘quv qo‘llanma.- Navoiy-2019. - 443 bet.