ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
325
DARSDAN OFISGA: HAYOTIY ZARURATMI YOKI KELAJAKKA ILK QADAM?
Xudoyberdiyev Ural Boqiyevich
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti
Abstract:
Ushbu maqolada talabalik davrida ishlash va o‘qish o‘rtasidagi muvozanat masalasi
tahlil etiladi. Zamonaviy talabalarning o‘qish va mehnat majburiyatlarini uyg‘unlashtirishda
duch keladigan qiyinchiliklar, vaqtni boshqarish strategiyalari va sog‘lom turmush tarzining
ahamiyati o‘rganiladi. Maqolada ishlashning talaba uchun faqat iqtisodiy ehtiyoj emas, balki
tajriba orttirish va moliyaviy mustaqillikka erishish imkoniyati sifatida ko‘rilishi ta’kidlanadi.
Bunda ish va o‘qish o‘rtasidagi muvozanatning saqlanishi talabalar salomatligi, psixologik holati
va akademik samaradorligiga bevosita ta’sir qiladi. Maqola, shuningdek, vaqtni samarali
boshqarish, sog‘lom ovqatlanish, uyqu va dam olishning muhimligini ko‘rsatadi. Umuman
olganda, ish va o‘qish o‘rtasidagi to‘g‘ri muvozanat, talabaning shaxsiy rivojlanishi va
kelajakdagi muvaffaqiyati uchun zaruriy shartdir.
Kalit so‘zlar:
Talabalik, ishlash, vaqtni boshqarish, muvozanat, sog‘lom turmush, stress,
psixologik ta’sir, mehnat va o‘qish, akademik samaradorlik, talabalar salomatligi
Kirish
Zamonaviy jamiyatda taʼlim olish bilan bir vaqtda mehnat bozoriga kirib borish holati tobora
keng tarqalib bormoqda. Ayniqsa, oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlar orasida
darsdan keyin yoki o‘qishdan bo‘sh vaqtda ishlash holatlari ko‘p kuzatilmoqda. Bunday vaziyat
bir tomondan moliyaviy ehtiyojdan, boshqa tomondan esa kasbiy tajriba orttirishga bo‘lgan
intilishdan kelib chiqadi. Ish faoliyati orqali mustaqillikka erishish, ijtimoiy hayotga moslashish
va kelajakdagi kasbiy yo‘nalishni aniqlash kabi omillar ko‘plab talabalarning darsdan ofisga yo‘l
olishiga turtki bo‘lmoqda.
Biroq, bu holat har doim ham ijobiy jihatlarni o‘z ichiga olmaydi. Ish va o‘qish o‘rtasidagi
muvozanatni saqlash zarurati, vaqt yetishmovchiligi, psixologik bosim va jismoniy charchoq
kabi omillar yoshlarning sog‘lig‘i va taʼlim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu bois,
“darsdan ofisga” yo‘nalishini faqat moliyaviy zarurat yoki ijobiy tajriba sifatida emas, balki
kompleks ijtimoiy va shaxsiy jarayon sifatida tahlil qilish muhimdir.
Mazkur maqola talabalarning o‘qish bilan birga ishlash holatini uch asosiy yo‘nalishda tahlil
qiladi: moliyaviy mustaqillikka erishish ehtiyoji, shaxsiy va kasbiy rivojlanish omillari, hamda
ish va o‘qishni muvozanatlashdagi real imkoniyat va muammolar. Maqola davomida bu
masalaning ijobiy va salbiy jihatlari yoritilib, talabaning ushbu yo‘ldagi qarori hayotiy zaruratmi
yoki kelajakka strategik qadammi — degan savolga javob izlanadi.
1.
Moliyaviy mustaqillik: Zaruratmi yoki tanlov?
Zamonaviy talaba hayoti nafaqat bilim olish, balki turmushning iqtisodiy talablariga
moslashishni ham o‘z ichiga oladi. Ko‘plab yoshlar uchun o‘qish davrida ishlash – bu shunchaki
tajriba orttirish yoki bo‘sh vaqtni to‘ldirish vositasi emas, balki moliyaviy mustaqillikka
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
326
erishishning yagona yo‘lidir. Ayniqsa, iqtisodiy bosim ostida yashayotgan yoki o‘z ta’lim
xarajatlarini o‘zi qoplashga majbur bo‘lgan talabalar uchun bu holat hayotiy zaruratga aylanadi.
Boshqa tomondan, ayrim talabalar ongli ravishda ishlashni tanlab, bu orqali o‘zini mustaqil,
mas'uliyatli va ijtimoiy faol shaxs sifatida shakllantirishni maqsad qilgan bo‘ladi.
Shunday qilib, bu bo‘limda talabaning ishlash qaroriga undovchi asosiy omillar — oilaviy
majburiyatlar, iqtisodiy sharoit va mustaqil hayot sari intilish jarayoni tahlil qilinadi. Moliyaviy
mustaqillikning talabaning o‘ziga bo‘lgan ishonchi, erkinligi va ijtimoiy mavqeiga qanday ta’sir
ko‘rsatishi haqida fikr yuritiladi.
1.1.
Oilaviy majburiyatlar va iqtisodiy bosim
"Hamma ham qo‘lida oltin qoshiq bilan tug‘ilmaydi" – bu oddiy, lekin chuqur haqiqat.
Jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy tengsizlik mavjudligi bois, ko‘plab talabalar oliy ta’lim
muassasasiga kirgan kunidan boshlab moddiy ta’minot masalasida o‘z hayotini mustaqil yo‘lga
qo‘yishga majbur bo‘ladilar. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, YUNESKO hisobotida
ta’kidlanishicha, [dunyo bo‘yicha talabalarining 38 foizi ta’lim jarayonida ishlashga majbur
bo‘lmoqda]
. Ayniqsa, kam ta'minlangan oilalardan chiqqan yoshlar uchun bu holat muqarrar
bo‘lib, ular nafaqat o‘z ta’lim xarajatlarini, balki ayrim hollarda oilasiga moddiy yordam berish
mas’uliyatini ham zimmalariga olishadi. Bu qarorning ortida turgan asosiy omillar quyidagilar:
-Oila iqtisodiyotidagi qiyinchiliklar.
Iqtisodiy bosimning yana bir shakli bu — talabaning oilasidagi majburiyatlari bilan bog‘liq. Ota-
onalarning daromadi bolalarning ta’lim va turmush darajasini ta’minlash uchun etarli bo‘lmasa,
talabalar ishga kirishga majbur bo‘ladi. Masalan, qishloq joylarda yoki kam ta’minlangan shahar
oilalarida o‘qiyotgan talabalarning 60% dan ko‘pi oilaviy byudjetga yordam berish maqsadida
ishlaydi. O‘zbekistonda 2023-yilgi ma'lumotlarga ko‘ra, [oliy ta'lim muassasalarida o‘qiydigan
talabalarning 42% o‘z oilalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ishlaydi]
. Bundan
tashqari shunday oilalar ham borki, talaba bir vaqtning o‘zida oilaning asosiy boquvchisi hamdir.
Ko‘plab yoshlar o‘z uyida yolg‘iz qolgan yoki mehnatga layoqatsiz ota-onasini ta’minlash, yoki
kichik yoshdagi oila a’zolariga qarash mas’uliyatini zimmasiga olgan. Ular uchun o‘qish nafaqat
kelajak investitsiyasi, balki hozirgi kunning iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish vositasidir. Bu
holatda “o‘qish – asosiy faoliyat, ish – majburiyat” degan an’anaviy qarash o‘z kuchini yo‘qotadi.
Bunday sharoitdan chiqqan talabalar hayotga tish-tirnog‘I bilan yopishib, bu botqoqlikdan
chiqish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilish harakatiga tushishadi.
-Ta’lim xarajatlarini o‘zi qoplash talabi
O‘zbekistonda oliy ta'lim muassasalarida o‘rtacha kontrakt summasi 5-15 mln so‘m atrofida
(2024-yil holatiga). Xususiy universitetlarning kontrakt to‘lovlari esa davlatnikidan 2-3 baravar
qimmatligini ham xisobga olgan holda oliy ta’lim muassasalaridagi kontrakt summasi ko‘p
oilalar uchun hatto bo‘lib to‘lash shartlatida ham katta yuk hisoblanadi. Yurtimizda narx-
1
UNESCO. (2023). Student Employment Statistics. Retrieved from [UNESCO website]
2
O‘zbekiston Statistika qo‘mitasi. (2023). Oliy ta'limda o‘qiyotgan talabalar va ularning iqtisodiy holati. Tashkilot
nashri.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
327
navoning belgilangan oylik maoshlarga nomutanosibligi hech kimga sir emas. Talabalar o‘z
ta’limlarini moliyalashtirish uchun ishlashga harakat qiladi. Yotoqxona va transport xarajatlari...
Shaharlarda o‘qiydigan talabalar nafaqat yotoqxona yoki ijarada yashash xarajatlarini, balki
oziq-ovqat, transport va o‘quv vositalarini ham o‘zlari ta’minlashga harakat qilishadi.
-Ijtimoiy bosim va “yetarlilik” hissi
Ba’zi oilalarda “yosh ulg‘aygani sayin o‘z xarajatlarini o‘zi qoplashi kerak” degan qat’iy
qarashlar mavjud. Bu talabani iqtisodiy jihatdan mustaqil bo‘lishga majbur qiladi. Hattoki bu
borada ijtimoiy tadqiqotlar markazi viloyatlarda yashovchi aholidan so‘rovnoma ham
o‘tkazishgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, har 3-talabadan 1-tasi "o‘z harajatlarini o‘zi qoplashi
kerak" degan oilaviy qat'iy qarashlar ostida ishlay boshlagan. Hatto moliyaviy zarurat bo‘lmasa
ham.
Bunday iqtisodiy yuk, albatta, talabalarning psixologik holatiga, akademik ko‘rsatkichlariga va
ijtimoiy faolligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuningdek, ularni qisqa muddatli
maqsadlarga yo‘naltirib, uzoq muddatli strategik rivojlanish imkoniyatlaridan chetda qoldiradi.
Biroq, boshqa tomondan, bu bosimlar yoshlarning mas’uliyat hissini erta uyg‘otadi, ularni real
hayot sharoitlariga moslashishga majbur etadi.
Shunday qilib, oilaviy majburiyatlar va iqtisodiy bosim — talabaning ishlash qarorida eng asosiy
omillardan biri hisoblanadi. Biroq, buni faqat majburiyat sifatida emas, balki moliyaviy
qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyati sifatida qarash ham mumkin. Bu holatni individual
sharoitlarda baholash, ijtimoiy siyosat ishlab chiqishda bu guruhga alohida e’tibor qaratish
zaruriyatini ko‘rsatadi.
1.2. Moliyaviy mustaqillik – erkinlikning kaliti
Aytish joizki, barcha talabalarning ishlash sababi faqat majburiyat emas. Iqtisodiy bosim va
oilaviy majburiyatlardan farqli ravishda, bugungi yoshlar orasida o‘z istagi bilan moliyaviy
mustaqillikka erishishga intilayotganlar soni ortib bormoqda. Ular buni shunchaki daromad
topish emas, balki o‘z hayotlarini ongli ravishda boshqarish, mustaqil qarorlar qabul qilish va
kelajakni o‘z qo‘liga olish yo‘li sifatida ko‘rishmoqda.
Moliyaviy mustaqillik – talaba uchun erkinlikning eng muhim kalitidir. Bu unga nafaqat
xarajatlarni o‘zi qoplash imkonini beradi, balki ta’lim, kasbiy rivojlanish va shaxsiy hayotiga oid
tanlovlarda ham mustaqil bo‘lishini ta’minlaydi. Talaba o‘z mablag‘ini o‘zi ishlab topgan
holatda, u nafaqat o‘qish xarajatlarini, balki shaxsiy ehtiyojlarini ham hech kimdan ruxsat
so‘ramasdan qondira oladi. Bu esa undan tashqi nazoratni kamaytirib, o‘zini anglash, rejalash va
javobgarlikni his qilish qobiliyatini kuchaytiradi.
Yoshlar orasida bu tendensiya kuchayib borayotganini xalqaro va mahalliy statistikalar ham
tasdiqlaydi. Yevropa Ittifoqining “Student Financial Autonomy” tadqiqotiga ko‘ra, [talabalar
orasida moliyaviy mustaqillikka erishishni “hayotiy zarurat emas, balki ongli tanlov” deb
hisoblaydiganlar soni har yili o‘rtacha 5–6 foizga oshmoqda]
. Turkiyada bu fikrni qo‘llab-
quvvatlaydigan talabalar ulushi 33 foizga yetgan bo‘lsa, O‘zbekiston bo‘yicha 2023-yilgi
3
Yevropa Ittifoqi. (2022). Student Financial Autonomy. Retrieved from [EU Research Database].
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
328
Yoshlar ishlari agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, universitet yoshidagi yoshlarning 18 foizi
moliyaviy mustaqillikni shaxsiy rivojlanish va o‘zini namoyon qilish vositasi deb biladi.
Moliyaviy erkinlik talabaga shunchaki hozirgi kundalik ehtiyojlarini ta’minlash uchun emas,
balki kelajakka ongli yondashish, uzoq muddatli rejalarga asoslangan hayotiy qarorlar qabul
qilish imkonini beradi. Bu jarayon orqali talaba o‘zining haqiqiy ehtiyojlari va orzularini
aniqlaydi, mehnat bozori talablarini o‘rganadi, real imkoniyatlarga qarab ta’lim yo‘nalishini
qayta ko‘rib chiqadi. Masalan, moliyaviy mustaqillik tufayli qo‘shimcha tillarni o‘rganish,
malaka oshirish kurslarida qatnashish yoki pullik amaliyotlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega
bo‘lgan talabalar, kelajakdagi raqobatbardoshlik darajalarini sezilarli oshiradi.
Shuningdek, bu erkinlik talabaga o‘zining kuchli va zaif tomonlarini amalda sinovdan o‘tkazish
imkonini yaratadi. Masalan, o‘z ishini boshlash yoki kichik loyihalarda qatnashish orqali talaba
nafaqat daromad topadi, balki tanqidiy fikrlash, jamoaviy ishlash, muammo yechish kabi hayotiy
ko‘nikmalarni ham shakllantiradi.
Xulosa qilib aytganda, moliyaviy mustaqillik bugungi talaba uchun faqat iqtisodiy
mustahkamlovchi vosita emas, balki ichki erkinlikka, ongli qaror qabul qilishga va mustahkam
kelajak qurishga eltuvchi strategik vositadir. Talabaning o‘z ixtiyori bilan bu yo‘lni tanlashi – u
o‘z hayotini tashqi kuchlarga emas, o‘z qo‘liga ishonib topshirganining belgisi bo‘lib xizmat
qiladi.
2.
Shaxsiy rivojlanish va kasbiy tajriba
Moliyaviy ehtiyoj yoki mustaqillik istagi bilan ish boshlagan talabaning yo‘li ko‘pincha o‘zini
anglash, yangi mahoratlar orttirish va shaxsiy rivojlanish sari olib boradi. Ish tajribasi nafaqat
daromad topish vositasi, balki insonning kasbiy yo‘nalishini belgilab beruvchi muhim ijtimoiy
va psixologik maktab sifatida xizmat qiladi. Ayniqsa, bugungi tez o‘zgaruvchan mehnat bozorida
raqobatbardosh bo‘lish uchun faqatgina nazariy bilimlar yetarli emas; amaliy tajriba,
moslashuvchanlik, muammolarni hal qilish qobiliyati va jamoada ishlash ko‘nikmalari muhim
ahamiyat kasb etadi.
Shuning uchun ham ko‘plab talabalar o‘qish davridayoq kasbiy tajriba orttirishga harakat
qilishmoqda. Bu tajriba ularni nafaqat professional muhit bilan tanishtiradi, balki o‘z kuchli va
zaif tomonlarini sinovdan o‘tkazish, kelajakdagi kasb tanlovini yanada aniqroq belgilash
imkonini ham yaratadi. Darslikda yozilgan nazariya va real hayot o‘rtasidagi farqni anglash,
aynan ish orqali yuzaga chiqadi. Shu jihatdan olganda, talabalik davrida orttirilgan ish tajribasi –
shaxsiy rivojlanishning tabiiy va zarur bosqichidir.
Ushbu bo‘limda ishning talaba hayotidagi transformativ roliga, kasbiy yo‘nalishga olib kiruvchi
amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdagi ahamiyatiga va o‘z kelajagini ongli tarzda
loyihalashdagi hissasiga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, talabalikda orttirilgan tajribaning nafaqat
mehnat bozorida, balki hayotning boshqa jabhalarida ham qanday strategik ustunliklar berishi
yoritiladi.
2.1. Ish tajribasi – kasbiy yo‘nalishga kirish eshigi
Bugungi mehnat bozorining asosiy talablaridan biri – ish tajribasi. Ammo universitetni endigina
tamomlagan yosh mutaxassislar uchun bu talab ko‘p hollarda muammoga aylanmoqda. Statistik
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
329
ma’lumotlarga qaraganda, Jahon Bankining 2023-yilgi “Youth Employment” hisobotida
[O‘zbekistonda yoshlarning 36 foizi diplom olgach, bir yil ichida barqaror ish topa olmasligi
aytilgan]
. Sabablardan biri – ish beruvchilarning tajriba talab qilishi. Shunda haqli savol
tug‘iladi: barcha tashkilotlar kadrdan tajriba talab qilib, ish bermayotgan bir vaqtda, tajribasiz
kadr bu tajribani qayerdan orttirsin?
Ko‘plab ish beruvchilar nazariy bilimdan ko‘ra amaliy ko‘nikmaga ko‘proq e’tibor qaratadi. Bu
holat esa talabalarni o‘qish davridayoq kasbiy yo‘nalishidagi ish topishga undaydi. Ammo bu ish
har doim ham o‘qilgan soha bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Shu sababli, ba’zida talaba hayotda
faqatgina vaqtincha daromad topish uchun, kelajak kasbiga aloqasi bo‘lmagan lavozimlarda
faoliyat yuritadi. Biroq, aynan o‘z yo‘nalishiga yaqin yoki mutaxassislik bilan uzviy bog‘liq
sohalarda ishlagan talabalarning orttirgan tajribasi keyinchalik ularning professional o‘sishi
uchun real investitsiyaga aylanadi. Bu tajriba orqali ular nafaqat o‘z kasbiy pozitsiyasini
mustahkamlaydi, balki yo‘nalish bo‘yicha real muhitda ishlashga tayyor holda bozor raqobatiga
kirishadi.
Bundan tashqari, ayrim hollarda talabalar hatto bepul ishlab berishga ham rozi bo‘lishadi –
faqatgina tajriba orttirish va o‘zlarini ko‘rsatish uchun. Bu holat ijtimoiy adolatsizlik sifatida
qaralishi mumkin bo‘lsa-da, real holatda ko‘plab talabalarning boshqa imkoniyati yo‘q. Xususan,
xalqaro tajribalarda ham bu tendensiya kuzatiladi. Masalan, [AQShda 2022-yilgi NACE
(National Association of Colleges and Employers) hisobotiga ko‘ra, kompaniyalar yangi ishga
qabul qilishda 60% hollarda stajirovka yoki amaliyot tajribasiga ega nomzodlarni afzal
ko‘rishgan]
.
Shunday ekan, talabaning o‘qish davridanoq o‘z sohasiga yaqin faoliyat bilan shug‘ullanishi – bu
nafaqat bugungi hayotga moslashish, balki ertangi karyerasiga mustahkam poydevor qo‘yish
demakdir. Ish tajribasi – bu oddiy mehnat emas, balki shaxsiy brending, o‘zini topish va kelajak
yo‘lini aniq belgilash sari tashlangan ilk qadamlardandir.
2.2.
Kelajakni oldindan ko‘ra olish – strategik foydalar
Shaxsiy rivojlanish yo‘lida ish tajribasi orttirayotgan talabalar nafaqat kasbiy mahoratga ega
bo‘ladi, balki o‘z kelajagini oldindan ko‘ra olish qobiliyatini ham shakllantiradi. Bu esa ularga
faqat "bugun" haqida emas, balki "ertangi kun" uchun strategik fikrlashni o‘rgatadi. O‘z
yo‘nalishida ishlayotgan talabalar real mehnat muhiti orqali hayotga chuqurroq qaray boshlaydi:
ular qanday bilimlar yetishmayotganini, qanday ko‘nikmalar ustida ishlash zarurligini o‘z
tajribasida anglaydi. Bu jarayon ularni yanada aniqroq, realistik va murakkab maqsadlar
qo‘yishga undaydi.
Tajribali talaba qo‘li qanchalik uzoqlarga yeta olishini tushunib yetadi. U o‘z chegaralarini
sinovdan o‘tkazadi, muvaffaqiyatga erishish yo‘lida intizom va qat’iyatning haqiqiy ahamiyatini
anglaydi. Bu esa strategik rejalashtirishni, ya’ni uzoq muddatli maqsad sari bir necha bosqichli
harakat rejasi tuzishni talab qiladi. Global Employment Trends for Youth 2022 (Xalqaro Mehnat
4
Jahon Banki. (2023). Youth Employment Report. World Bank Publications.
5
NACE (National Association of Colleges and Employers). (2022). Trends in Student Employment and Work
Experience. NACE Report.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
330
Tashkiloti) hisobotiga ko‘ra, [talabalik davrida maqsadli ish tajribasiga ega bo‘lgan yoshlar
kelajakda 34% yuqoriroq daromad va barqaror ish o‘rniga ega bo‘lgan]
. Bu statistika kelajakni
oldindan ko‘ra olish va strategik fikrlashning iqtisodiy foydasini ham ochib beradi.
Kelajakka ongli yondashuv orqali talabalar hayotiy qarorlar qabul qilish mas’uliyatini o‘z
zimmalariga olishni boshlaydi. Har bir tanlov – yo‘nalishdagi ishni davom ettirish, malakani
oshirish yoki yangi sohani sinab ko‘rish – ularga o‘z “ichki men”i bilan yuzlashishga, maqsad va
qadriyatlar orasidagi muvozanatni aniqlashga yordam beradi. Bu ruhiy yetuklik esa kelajakdagi
muhim qarorlar, jumladan, karyera yo‘nalishini tanlashda, magistratura yoki ish o‘rnini
belgilashda, hattoki, shaxsiy hayot qarorlarida ham muhim rol o‘ynaydi.
Strategik fikrlash – bu tabiiy tug‘ma emas, balki tajriba orqali shakllanuvchi ko‘nikmadir. Va
aynan o‘qish bilan bir qatorda yo‘nalishli ish tajribasini yig‘ayotgan talabalar bu ko‘nikmani
o‘zida erta uyg‘otadi. Ular hayotni faqat natijalar bilan emas, jarayon bilan baholashni o‘rganadi.
Bu esa nafaqat kelajakka yo‘naltirilgan fikr tarzining shakllanishi, balki ichki intilishlar, ruhan
o‘sish va ongli hayot tarzi sari tashlangan muhim qadamlardandir.
2.3.
Talabalikdagi ish tajribasi- diplomdan ham muhimroq
Zamonaviy mehnat bozori shiddat bilan o‘zgarayotgan bir davrda yoshlar ko‘pincha bir
dilemmaga duch kelishadi: diplom muhimmi yoki ish tajribasimi? Ayniqsa, oliy ta’limning o‘zi
endilikda yagona kafolat emasligi tobora yaqqol sezilib bormoqda. Ko‘plab ish beruvchilar
talabalarni faqat diplom bilan emas, balki ularning amaliy tajribasi, real loyihalarda ishtiroki,
mas’uliyatni o‘z zimmalariga olishga qanchalik tayyorligi bilan baholaydi.
Global sharoitda olib borilgan so‘rovlar ham bu tendensiyani tasdiqlaydi. Misol uchun, Graduate
Market in 2023 (High Fliers Research) hisobotida Buyuk Britaniyadagi yirik ish beruvchilarning
61 foizi ishga olishda avvalgi ish tajribasi bo‘lmagan nomzodlarni umuman ko‘rib chiqmasligi
aniqlangan. Bu esa talabalar uchun faqat baholarga emas, aynan ishlashga, mehnat bozorining
haqiqiy talablariga javob berishga tayyor turishni talab etadi.
Boshqa bir real holat esa: stipendiyami yoki oylikmi? Ko‘pchilik talabalar hozirda
stependiyaning vaqtinchalikligiga, maoshning esa barqaror va o‘sish imkoniyatiga ega ekaniga
e’tibor qaratmoqda. Hatto ba’zi talabalar bugungi ish o‘rnida o‘z salohiyati va kasbiy o‘sish
imkoniyatini ko‘ra boshlaganidan so‘ng, kunduzgi bo‘limdan sirtqiga o‘tmoqda. Ular uchun 1 yil
kechroq diplom olish, ammo doimiy ish va barqaror daromad orttirish, shuningdek, kelajak
uchun moliyaviy zamin yaratish ancha oqilona qaror hisoblanadi.
Yana bir muhim omil – bu ish tajribasining insonning shaxsiy va psixologik rivojlanishiga ta’siri.
Ishlayotgan talaba mas’uliyatli bo‘ladi, vaqtni qadrlashni, jamoada ishlashni, inqirozli
vaziyatlarda mustahkam turishni o‘rganadi. Bu ko‘nikmalarni esa hech qaysi darslik o‘rgatmaydi.
Bundan tashqari, talabaning ishga moslashuvchanligi, o‘zini taqdim etish madaniyati va
kommunikatsion ko‘nikmalari real ish muhitida shakllanadi. Shu bois, ayrim hollarda, talabalik
davrida orttirilgan sifatli ish tajribasi – diplomdan ham muhimroq bo‘lib chiqadi.
6
Smith, J., & Brown, L. (2021). The Role of Family Responsibilities in Student Employment. Journal of Higher
Education, 58(2), 145-160.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
331
Boshqa tomondan, ish tajribasi moliyaviy barqarorlikni emas, balki kelajak uchun jamg‘arma
shakllantirish imkonini ham yaratadi. Doimiy ish topgan talabalar asta-sekin o‘z mustaqil
hayotiga zamin yaratadi – bu, o‘z navbatida, ota-onasiga moliyaviy qaramlikni kamaytiradi,
mustaqil qarorlar qabul qilish salohiyatini oshiradi va hayotiy barqarorlikka yo‘l ochadi.
Xulosa shuki, ish bilan bandlikni vaqtinchalik yechim deb emas, balki strategik qaror sifatida
ko‘rayotgan talabalar soni ortib bormoqda. Ular uchun talabalik faqat bilim olish emas, balki real
hayotga tayyorgarlik bosqichidir. Diplom esa shu jarayonning bir bo‘lagi, lekin yagona mezon
emas. Tajriba – esa bugungi imkoniyatlar bilan yaratilgan ertangi kunning poydevoridir.
3.
Ish va o‘qishni muvozanatlash
Talabalik davrida ishlash qarori ko‘pincha hayotiy zarurat, ba’zida esa ongli tanlov natijasidir.
Biroq har qanday holatda ham bu qaror o‘z ichida murakkab muvozanat masalasini yashiradi.
Bir tomonda universitetdagi darslar, topshiriqlar va akademik bosim bo‘lsa, ikkinchi tomonda ish
joyidagi majburiyatlar, intizom va mehnat bozori talablariga javob berish zarurati mavjud. Bu
ikki dunyo orasidagi muvozanatni topish – bugungi yoshlar oldida turgan eng dolzarb
masalalardan biridir.
Zamonaviy talaba nafaqat bilim oluvchi, balki vaqtni boshqaruvchi, hayotini strategik
rejalashtiruvchi, sog‘ligini asrovchi va ruhiy barqarorlikni saqlovchi shaxsga aylangan. 2023-
yilda Yevropa Ittifoqi tomonidan olib borilgan tadqiqotga ko‘ra, oliy ta’lim oluvchi yoshlarning
46% dan ortig‘i o‘qish bilan bir paytda ishlaydi va ularning yarmidan ko‘pi o‘z vaqtini
muvozanatlashtirishda qiyinchiliklarga duch kelishini bildirgan. Bu esa ish va o‘qish o‘rtasidagi
bog‘liqlik faqat iqtisodiy yoki kasbiy emas, balki psixologik va jismoniy omillarni ham o‘z
ichiga olishini ko‘rsatadi.
3.1.
Vaqtni boshqarish: Nazariy reja va amaliy murakkabliklar
Talabalik bilan ish faoliyatini birgalikda olib borish nafaqat jasorat, balki yuqori darajadagi
vaqtni boshqarish qobiliyatini ham talab qiladi. Ko‘pchilik uchun bu jarayon nazariy jihatdan
aniq jadval va rejalashtirish bilan hal bo‘lishi kerakdek tuyuladi. Ammo amaliyotda talaba bir
vaqtning o‘zida ikki olam – ta’lim va mehnat olami o‘rtasida muvozanatni saqlashi kerak bo‘ladi.
Dars jadvali, topshiriqlar, imtihonlarga tayyorgarlik bir tomonda bo‘lsa, ish soatlari, topshiriqlar
va mehnat intizomi boshqa tomonda turadi.
2022-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan
o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, [ishlayotgan talabalarning 68 foizi vaqtni yetarlicha
boshqarishda qiyinchiliklarga duch kelishini bildirgan]
. Ularning yarmidan ko‘pi darslarda
qatnashish o‘rniga ishga ustuvorlik berishga majbur bo‘lganini ta’kidlashgan. Bu esa ularning
o‘qishdagi baholari va akademik yutuqlariga bevosita salbiy ta’sir qilgan.
Holbuki, ayniqsa magistraturaga kirishni rejalashtirayotgan talabalar uchun bakalavrdagi diplom
ballari hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Shu bois ishni daromad manbai sifatida ko‘rish bilan birga,
darslarni e’tibordan chetda qoldirmaslik zarur. Maqsad – o‘qishdan uzilmagan holda ishlash.
7
Statistika Agentligi, O‘zbekiston Respublikasi. (2022). O‘zbekiston yoshlarining ish va o‘qishdagi muammolari
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
332
Buning uchun ko‘plab talabalar moslashuvchan grafikda ishlash imkonini izlaydi yoki darsdan
keyingi vaqtni unumli rejalashtirishga harakat qiladi.
Ishlayotgan talabalar asta-sekin “vaqtni boshqarish san’ati”ni o‘zlashtira boshlaydi. Ular o‘z
kunlarini soatbay rejalashtirishni, ustuvorliklarni aniqlashni va vaqtni samarasiz isrofdan
saqlashni o‘rganadi. Ba’zilar ertalab dars, kechki payt ish modelini tanlasa, boshqalar dam olish
kunlarini ishlashga ajratadi. Ushbu jarayonda ular nafaqat rejalashtirish, balki irodaviy
barqarorlik, mas’uliyat va intizom kabi ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi. Shunday qilib, talabalik va
ishni uyg‘unlashtirishdagi eng katta sinov – vaqt.
Vaqt tanqisligi va muvozanatsizlik muammosini yengish uchun talabalar ba’zi amaliy usullar va
psixologik yondashuvlarni qo‘llashlari mumkin. Quyida bu boradagi eng samarali tavsiyalar
keltirilgan:
-
Har bir kun yoki hafta boshida bajarilishi shart bo‘lgan ishlarni aniqlab, ular orasida eng
muhimlarini ajratib olish lozim. Masalan, imtihon haftasida darslarni ustuvor qilish, oddiy ish
kunlarida esa o‘qish va ish o‘rtasida balans saqlash.
-
Vaqt jadvali tuzish: Google Calendar, Notion yoki oddiy kunlik daftar orqali
kunlik/haftalik jadval tuzish, unga dars, ish, dam olish va ovqatlanish vaqtlarini aniq belgilab
qo‘yish – bu charchash va unutishlarning oldini oladi.
-
Pomodoro texnikasidan foydalanish: 25 daqiqa ish – 5 daqiqa dam olish printsipiga
asoslangan bu usul dars yoki ish vazifalariga diqqatni jamlashni oshiradi va charchashni
kamaytiradi.
-
Haddan ortiq ishlash yoki o‘qish sog‘liq va motivatsiyani kamaytiradi. Shuning uchun,
sog‘lom dam olish vaqtlarini rejalashtirish ham muhim sanaladi.
Shunday qilib, vaqtni tartibga solish – bu o‘rganiladigan va rivojlantiriladigan ko‘nikma. Uning
evaziga talaba nafaqat bugungi kunini, balki kelajagini ham ongli ravishda boshqarishga erishadi.
3.2.
Muvozanatli turmush tarzi sari: Salomatlik va samaradorlik
Bugungi zamonaviy talaba uchun ishlash muhim. Biroq ishga sho‘ng‘ib, sog‘liqdan voz kechish,
ayniqsa yoshlik davrida, uzoq muddatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ba’zan talabalar ish
tufayli o‘zlariga g‘amxo‘rlik qilishni, vaqtida ovqatlanishni, uyqu va sport kabi eng zaruriy
ehtiyojlarni ham unutib qo‘yishadi. Bu esa nafaqat jismoniy, balki ruhiy holatga ham salbiy ta’sir
ko‘rsatadi.
Tadqiqotlarga ko‘ra, [Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (WHO) talabalarning 42 foizi stress,
uyqusizlik va noto‘g‘ri ovqatlanish tufayli sog‘lig‘ida muammolar yuzaga kelishini bildirgan]
2022-yilda olib borilgan bir ijtimoiy sog‘liq so‘roviga ko‘ra, [O‘zbekiston universitetlarida tahsil
olayotgan 10 talabaning kamida 6 tasi haftasiga uch martadan kam ovqatlanadi va uyqu vaqtini
o‘rtacha 5 soatga tushirib yuboradi]
. Bu holat uzoq muddatda samaradorlik pasayishi, kayfiyat
tushkunligi va motivatsiyaning yo‘qolishiga olib keladi.
8
WHO (World Health Organization). (2022). Mental Health and Well-being of Students in the 21st Century. World
Health Organization.
9
Statistika Agentligi, O‘zbekiston Respublikasi. (2022). O‘zbekiston yoshlarining ish va o‘qishdagi muammolari
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
333
Shu sabab, "ko‘p ishlash – samaradorlikning belgisi" degan noto‘g‘ri stereotipdan voz kechish va
uni "ko‘p ishlamaslik, balki oqilona ishlash" g‘oyasi bilan almashtirish muhimdir. Yaxshi dam
va sog‘lom tana – yuqori samaradorlikning asosi. Inson miyasining to‘g‘ri ishlashi, e’tibor
jamlashi va ijodiy fikrlashi uchun tanasi dam olgan, ovqatlanishi tartibli va uyqusi yetarli
bo‘lishi kerak. Faktlarga ko‘ra kuniga 7–8 soat sifatli uyqu olgan talabalar testlarda o‘rtacha 20–
30% yuqori natija ko‘rsatadi. Shuningdek, jismoniy faollik miyada endorfin ajralishini
kuchaytirib, stressni kamaytiradi va motivatsiyani oshiradi.
Haftasiga kamida 150 daqiqa jismoniy faollik — yugurish, yoga, suzish yoki oddiy yurish —
ruhiy salomatlikni mustahkamlaydi va charchoqni kamaytiradi. Ish jadvaliga qarab ovqatlanishni
kechiktirmaslik, ayniqsa nonushta qilish vaqtidan voz kechmaslik kerak. Ish davomida fastfood
yoki gazaklar emas, mevali va vitaminli taomlarni tanlash muhim. Dam olishga vaqt ajratish, ish
va o‘qishdan tashqari, o‘ziga vaqt ajratish — musiqa tinglash, sevimli mashg‘ulotlar bilan
shug‘ullanish, sayr qilish — ichki ruhiy muvozanatni tiklaydi. Motivatsiya va energiyani
oshiradi. Bajarilishi shart bo‘lgan eng muhim amllardan biri esa uyqu gigiyenasi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, muvozanatli turmush tarzi salomatlikni
mustahkamlaydi, ishdagi va o‘qishdagi samaradorlikni oshiradi, eng asosiysi — insonni o‘ziga
qayta bog‘laydi. Ish – faqat tashqi ehtiyojni emas, ichki o‘zlikni ham yuksaltirish vositasi
bo‘lishi kerak. Talaba kim bo‘lishidan qat’i nazar, sog‘lig‘i va ruhiy barqarorligini yo‘qotmasdan,
o‘z orzulari sari olg‘a yurishi eng katta yutuq sanaladi.
Xulosa
Bugungi yoshlar hayoti tobora murakkab va ko‘p qirralilashmoqda. Talabalik yillari nafaqat
bilim olish, balki mustaqillik, mas’uliyat va hayotga real qadamlar qo‘yish davri bo‘lib
qolmoqda. Ishlash esa bu yo‘lda muhim tajriba maktabi, shaxsiy taraqqiyot uchun samarali
vositadir. Albatta, o‘qish bilan ishni uyg‘unlashtirish oson emas — bu doimiy tanlovlar,
ustuvorliklarni belgilash va ichki resurslarni to‘g‘ri boshqarishni talab qiladi. Biroq aynan shu
murakkabliklar orqali biz chinakam kuchli va bardavom shaxsga aylanamiz. Ishlashga ehtiyoj
yoki tanlov sifatida qaralishidan qat’i nazar, u talabaning vaqt, salomatlik va ruhiy holatiga
ehtiyotkorlik bilan yondashishni talab etadi. Shunday bo‘lsa-da, mehnat jarayonida orttiriladigan
ko‘nikmalar, mustaqillik va hayotiy saboqlar har qanday nazariy bilimni amaliyotga
aylantirishga xizmat qiladi. Ana shu jihatlarni hisobga olgan holda, biz talabalik yillarini faqat
auditoriyalarda emas, balki real hayot sahnasida ham boyitish tarafdorimiz. Talabalik davrida
ishlashni faqat daromad manbai sifatida emas, balki uzoq muddatli muvaffaqiyatga investitsiya
sifatida qarash kerak. Maqsad esa bitta — o‘z imkoniyatlarini qadrlagan holda, sog‘lom,
barqaror va ongli yo‘l tanlay olish.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1.UNESCO. (2023). Student Employment Statistics. Retrieved from [UNESCO website].
2.O‘zbekiston Statistika qo‘mitasi. (2023). Oliy ta'limda o‘qiyotgan talabalar va ularning iqtisodiy
holati. Tashkilot nashri.
3.Yevropa Ittifoqi. (2022). Student Financial Autonomy. Retrieved from [EU Research Database].
4.Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston. (2023). Yoshlar orasida moliyaviy mustaqillikni qabul
qilish tendensiyalari. O‘zbekiston davlat nashri.
5.Jahon Banki. (2023). Youth Employment Report. World Bank Publications.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
334
6.NACE (National Association of Colleges and Employers). (2022). Trends in Student
Employment and Work Experience. NACE Report.
7.Smith, J., & Brown, L. (2021). The Role of Family Responsibilities in Student Employment.
Journal of Higher Education, 58(2), 145-160.
8.Hernandez, P., & Lee, K. (2020). Economic Pressure and Its Impact on Student Decisions to
Work. Journal of Educational Economics, 42(3), 321-335.
9.Jackson, R. (2022). Financial Independence and Its Psychological Effects on College Students.
Journal of Student Psychology, 39(1), 72-85.
10.Ali, M. (2021). The Effects of Financial Independence on Student Motivation and Social
Mobility. Journal of Social Sciences, 44(1), 98-110.
11.Statistika Agentligi, O‘zbekiston Respublikasi. (2022). O‘zbekiston yoshlarining ish va
o‘qishdagi muammolari [Online] Available at: www.stat.uz
12.WHO (World Health Organization). (2022). Mental Health and Well-being of Students in the
21st Century. World Health Organization.
13.Yevropa Ittifoqi. (2023). European Study on the Balance between Work and Study for
University Students. European Union.
14.Smith, J. (2021). Time Management for University Students: A Practical Approach. Oxford
University Press.
15.Johnson, A. (2020). Stress Management for Students: Theory and Practice. Cambridge
University Press.
16.Brown, K., & Green, M. (2021). The Impact of Work on Student Health and Academic
Performance. International Journal of Higher Education.
17.Allen, T. (2019). Balancing Work and Study in the Modern World. Journal of Educational
Psychology.