ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
322
ZAMONASINING ENG KAMTAR VA SODDA SHOIRI MUHAMMAD YUSUF
TAVALLUDINING 71 YILLIGIGA BAG’ISHLANADI
Ergasheva Dilnura
TOSHDO’TAU Tarjima nazariyasi va amaliyoti ingliz fakulteti
birinchi bosqich talabasi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada o’zbek she’riyatining yorqin namoyondalaridan biri bo’lgan
Muhammad Yusufning ijodi haqida samimiy va haqqoniy tahlil olib borilgan.Maqola,shoirning
she’riy merosini o’rganishga bo’lgan shaxsiy yondashuvni va badiiy tafakkurni o’zida mujassam
etadi.
ЗНАМЕНИТОМУ ПОЭТУ СВОЕЙ ЭПОХИ,МУХАММАДУ ЮСУФУ,
ПОСВЯЩАЕТСЯ 71-Я ГОДОВЩИНА ЕГО РОЖДЕНИЯ.
Аннотатция:
В данной статье проводится искренний и обьективный анализ творочества
одного из ярких представителей узбекской поезии, Мухаммада Юсуфа.Статья отражает
личный подход к изучению поэтического наследия поэта и художественное осмысление
его творчества.
THE 71
ST
ANNIVERSARY OF THE BIRTH OF MUHAMMAD YUSUF, THE MOST
HUMBLE AND SIMPLE POET OF HIS ERA,IS DEDICATED TO HIM
Annotation:
This article presents a sincere and truthful analysis of the works of Muhammad
Yusuf,one of the prominent figures of Uzbek poetry.The article reflects a personal approach to
exploring the poet’s literary heritage and embodies an artistic interpretation of his creative
legacy.
Kirish.
Inson zoti borki har doim mehr-muhabbatga, nafosatga, ezgulikka tashna bo’lib, insoniy
barkamolikka intilib yashaydi.O’zlarining hayot yo’li davomidagi dard-u hasratlarini, orzu-
armonlarini, quvonch-u shodliklarini aytishga samimiy bir sirdosh izlaydi.Lekin har doim ham
dilkash sirdosh topilavermaydi.Shuning uchun inson qo’shiq eshitadi,she’r mutolaa qiladi,tabiat
go’zalliklaridan bahramand bo’lishga ehtiyoj sezadi.Ruhiyatidagi ziddiyatlarning javobini,
ko’ngil mulkining allaqanday xilvatlaridagi nozik hislarini ismsiz o’tli tuyg’ularining egizak
jihatlarini qidiradi.Hayotda shunday ijodkorlar borki ba’zan ularsiz bu olamning mavjudligini
tasavvur qilib bo’lmay qoladi.Ular jisman yo’q bo’lsalarda, tabarruk nomlari abadiyatga yuz
tutgan ijodlari bilan yashayveradi.Mana shunday ijodkorlardan biri sevimli shoirimiz
MUHAMMAD YUSUFdir.
Shoir hayot bo’lganida shu kunlarda 71 yoshni qarshilagan bo’lardi.Na ilojki,beshafqat o’lim
iste’dodli o’zbek farzandi Muhammad Yusufni 47 yoshida oramizdan olib ketdi.Shoirning
maxzun siymosi o’chmas yolqin bo’lib ko’z o’ngimizda gavdalanib qoldi. “Yurakka yoy
sanchgan kamon, yuzimizga rang ochgan somon” yanglig’ qalbimizda armon bo’lib qoldi.
Muhammad Yusuf ko’ngil mulkining betakror ijodkori,nazm gulshanining zahmatkash bog’boni,
ruhiyat chamanzorining kamtarin kuychisi edi.Shoirning olovnafas she’rlari marhum xonandalar
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
323
–Oxunjon Madaliyevning yurakni o’rtovchi nolali ovozi bilan, Muxriddin Xoliqovning tiniq
suvdek nafis,jarangdor ijrosi orqali har bir o’zbek xonadoniga manzur bo’lgan.
Shoir ilk to’plami “Tanish teraklar”ni 1985-yilda nashr ettirdi.Birinchi kitobiyoq uni elga
tanitdi.To’plamdagi she’rlardan dunyoga kelgan diltortar,ohangrabo qo’shiqlar esa uni mashhur
qildi.Iqtidorli shoirning she’rlari samimiyligi ommaning ruhiga yaqin bo’lganligi uchun ham
kitobxonning ko’ngil mulkiga aylandi.Uning asarlarida o’zi tug’ilib o’sgan yurt
ruhiyati,manzarali yaqqol ko’rinib turadi.Shuning uchun ham u haqida do’stlari hazil-mutoyiba
bilan ba’zan “Muhammad Toshkentning ko’p qavatli beton uylariga ot yetaklab kelgan shoir”
deyishardi.
Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining Qovunchi qishlog’ida zahmatkash
dehqon oilasida tug’ildi.Uning bolalik chog’lari jonajon qishlog’ida kechdi.Shoir talabalik
davrlarida she’r ijod qilar va bu havas uni oliy ma’lumot olgach, Toshkentda qolishga
undadi.1978-1980 yillarda Kitobsevarlar Respublika jamiyatida,1980-1986yillarda “Toshkent
Oqshomi”gazetasida,1986-1992yillarda
G’afur
G’ulomnomidagi
adabiyot
va
san’at
nashriyotida,1992-1995yillarda ”O’zbekiston Ovozi” gazetasida,O’zbekiston Milliy Axbarot
agentligida ishladi.1997-yildan umrining oxirigacha O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi
o’rinbosari lavozimida faoliyat yuritdi.
Shoir o’zi tug’ilib o’sgan yurt-Marxamatliklar timsolida mehmondo’st, mehnatsevar, jafokash,
samimiy, sodda, or-nomusli o’zbek kishilarining haqiqiy obrazini yaratdi:
…
Jazirama paxta poykali,
marhamatliklarning haykali.
Shoir ijodida munis Ona obrazi alohida o’rin tutadi.”Agar dunyoda ishq-muhabbat bo’lmaganda
edi,men ijodimni to’la to’kis faqat onamga bag’ishlagan bo’lardim”- degan edi.
…
Shoirlik men uchun aslo orzumas,
Shu ham ish bo’ldimi yigit boshimga,
Jami shoirlarni yig’sam arzimas,
Onamni sog’inib to’kkan yoshimga.
Muhammad Yusuf she’rlari soda,ta’sirchan va ravonligi,samimiy o’tli tuyg’ularga yo’g’rilib
yozilgani uchun yurakni to’lqinlantiradi.Uning she’rlarida chuqur dard,shirin iztirob yashaydi.
…
O’zgalarning nazdida,
Shoir narxi arzondek.
Qo’yib bersang boshingdan,
Pul sochadi xazondek.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
324
Darhaqiqat,shoir “Jonni qonatib”, “yuragini o’tga solib”, yonib ijod qildi.Inson ruhiyatining
haqiqiy teran ifodasini yangidan-yangi mushohada va tashbehlar bilan kashf etdi.
Xulosa qilib aytganda,Yuksak iymon kuychisi Muhammad Yusuf eng yosh xalq shoiri edi.U
umrining so’ngi daqiqalarida ham “Shirin dard” she’riyat ishqi bilan yashadi,umrining mazmun
mohiyatini she’r bilan ifoda etdi.
Ol,deya bir kun Egam,osmonga uchsa ruhlarim,
Bir ko’m-Ko’k moviy diyor bo’ynini quchsa ruhlarim,
Ko’k mening ko’ksim bo’lur,yulduzlari anduhlarim,
Ko’k bo’lib,ko’k yoni har yerda
mozorim qolur,
Men ketarman bir kuni navolarim,
zorim qolur.
Shoirning dardli nolalarga yo’g’rilgan mahzun she’rlari,dilbar qo’shiqlari musaffo,sokin osmon
qa’ridan
taralayotgandek,tog’-u
toshlarni
tebratayotgandek
ruhimizni
ajib
bir
horg’inlik,ma’yuslikka chulg’aydi.Shoir betakror ijodida mangu yashayveradi.Uning she’rlari
nazm gulshanida yangidan yangi shoirlar tug’ilishida adabiybeshik vazifasini o’taydi,ularga
ilhom manbai bo’lib xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Muhammad Yusuf.Tanlangan asarlar.-Toshkent:G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at
nashriyoti,2009.
2.G’ulomov S.Muhammad Yusuf-xalqning yuragidagi shoir.//O’zbek adabiyoti va san’ati
gazetasi,2014
3.Komilov N.O’zbek adabiyoti tarixi.-Toshkent:Fan,2011.
4.Internet manbalari:www.ziyo.uz-“Muhammad Yusuf hayoti va ijodi”
www.kitob.uz-Shoirning she’rlar to’plamidan namunalar to’plami.