Авторы

  • Berdiyev Bobomurod Erkin o‘g‘li,Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna
    SHDPI, MI 4 bosqich talabasi,Ilmiy maslahatchi,SHDPI katta oʻqituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ifx.82615

Ключевые слова:

Dasturiy ta’minot o‘qitish metodikasi loyihaviy metod interaktiv ta’lim muammoli yondashuv dasturlash o‘quvchi faolligi amaliy mashg‘ulot innovatsion texnologiya zamonaviy ta’lim

Аннотация

Mazkur maqolada umumta’lim maktablarida “Dasturiy ta’minot” bo‘limini o‘qitishning samarali metodikalari yoritilgan. O‘quvchilarda zamonaviy dasturlash ko‘nikmalarini shakllantirishda innovatsion yondashuvlar, xususan, loyihaga asoslangan, muammoli va interaktiv metodlar qo‘llanilishi tahlil qilingan. Maqolada tajriba asosida o‘quvchilar faolligi, mustaqilligi va bilim o‘zlashtirish darajasi o‘rganilgan. Dars jarayonlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshirishga yordam berishi asoslab berilgan. Shuningdek, an’anaviy va innovatsion metodlar taqqoslanib, har birining afzallik va kamchiliklari ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot natijalari asosida samarali o‘qitish bo‘yicha amaliy tavsiyalar keltirilgan.

background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

252

DASTURIY TA’MINOT BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI.

Berdiyev Bobomurod Erkin o‘g‘li

SHDPI, MI 4 bosqich talabasi

Ilmiy maslahatchi:

Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna

SHDPI katta oʻqituvchisi

Annotatsiya:

Mazkur maqolada umumta’lim maktablarida “Dasturiy ta’minot” bo‘limini

o‘qitishning samarali metodikalari yoritilgan. O‘quvchilarda zamonaviy dasturlash

ko‘nikmalarini shakllantirishda innovatsion yondashuvlar, xususan, loyihaga asoslangan,

muammoli va interaktiv metodlar qo‘llanilishi tahlil qilingan. Maqolada tajriba asosida

o‘quvchilar faolligi, mustaqilligi va bilim o‘zlashtirish darajasi o‘rganilgan. Dars jarayonlarida

axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarning darsga bo‘lgan

qiziqishini oshirishga yordam berishi asoslab berilgan. Shuningdek, an’anaviy va innovatsion

metodlar taqqoslanib, har birining afzallik va kamchiliklari ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot natijalari

asosida samarali o‘qitish bo‘yicha amaliy tavsiyalar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

Dasturiy ta’minot, o‘qitish metodikasi, loyihaviy metod, interaktiv ta’lim,

muammoli yondashuv, dasturlash, o‘quvchi faolligi, amaliy mashg‘ulot, innovatsion texnologiya,

zamonaviy ta’lim

Kirish.

Zamonaviy jamiyatda axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi dasturiy ta’minot

bo‘limi o‘qitish metodikasini takomillashtirish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Dasturiy ta’minot

bu kompyuter tizimlarining asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, u foydalanuvchilarga turli vazifalarni

bajarishda yordam beradigan dasturlar va ilovalar majmuasini o‘z ichiga oladi. Shu sababli,

dasturiy ta’minot bo‘limini o‘qitish nafaqat texnik bilimlarni berish, balki talabalarni zamonaviy

dasturlash vositalari, algoritmlar va tizimli tahlil usullari bilan tanishtirishni ham nazarda tutadi.

Dasturiy ta’minotni o‘qitish metodikasi pedagogik yondashuvlar, innovatsion texnologiyalar va

amaliy mashg‘ulotlar uyg‘unligiga asoslangan bo‘lishi kerak. Chunki bugungi kunda dasturiy

ta’minotni o‘rganish faqat nazariy bilimlar bilan cheklanmaydi, balki amaliy mashg‘ulotlar,

loyiha asosida ta’lim va interaktiv dars usullari bilan boyitilishi lozim. Shuningdek, ta’lim

jarayonida talabalar mustaqil ishlash, muammolarni hal qilish va kreativ fikrlash qobiliyatlarini

rivojlantirishlari uchun mos sharoit yaratish muhim ahamiyatga ega.

Dasturiy ta’minotga oid fanlarni samarali o‘qitish uchun o‘quv dasturlari doimiy yangilanib

borishi, o‘quvchilarning ehtiyojlari va mehnat bozorining talablariga mos kelishi kerak.

Zamonaviy o‘quv metodikalarida masofaviy ta’lim, gamifikatsiya, laboratoriya ishlari va

dasturlash bo‘yicha jamoaviy loyihalarga katta e’tibor berilmoqda. Bu yondashuvlar talabalar

bilimini mustahkamlash va ularga real hayotda qo‘llash imkonini beradi.

Shuningdek, dasturiy ta’minotni o‘qitishda tahliliy va tanqidiy fikrlashni shakllantirish,

muammolarni hal qilish strategiyalarini o‘rgatish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa kelajakdagi

mutaxassislarning raqobatbardoshligini oshirishga, ularning dasturiy mahsulot yaratish bo‘yicha

kompleks yondashuvlarga ega bo‘lishiga yordam beradi.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

253

Xorijiy adabiyotlar tahlili.

Shvetsariyalik olim Jean Piaget oʻzining kognitiv rivojlanish

nazariyasi asarida ta’lim jarayonidagi konstruktivistik yondashuvi dasturiy ta’minotni o‘qitish

jarayonida ham qo‘llanilishi gʻoyasi ilgari surilib, talabalar o‘z bilimlarini mustaqil ravishda

shakllantirishlari kerakligi va bunda amaliy tajriba muhim ahamiyatga ega ekanligi aytib oʻtilgan.

[1]

AQSH tadqiqotchisi Seymour Papert esa oʻz tadqiqotlarida o‘quvchilarning o‘z o‘zidan

o‘rganishiga asoslangan konstruktsionistik yondashuvni ishlab chiqqan va dasturlashni o‘rganish

tajriba va loyiha asosida tashkil etilishi lozim deb hisoblagan.[2]

Shu jumladan oʻzbek tadqiqotchilari Xamidulla Oripov o‘z ilmiy ishlarida axborot

texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etish muhimligini ta’kidlaydi va zamonaviy ta’lim

jarayonida dasturiy ta’minot va algoritmlarni o‘qitish amaliy mashg‘ulotlar bilan boyitilgan

holda olib borilishi kerak ekanligini ta’kidlab oʻtadi.[3]

Abdumo‘min Sattorov innovatsion pedagogik texnologiyalarning dasturiy ta’minot o‘qitishdagi

samaradorligini oʻz tadqiqotlarida aytib oʻtgan o ‘rganib, Interaktiv va loyiha asosidagi ta’lim

dasturiy ta’minotni o‘qitishda talabalar mustaqil fikrlashi va real loyihalar ustida ishlashga

tayyorlanishiga xizmat qilishini va bu yondashuv zamonaviy dasturlash ta’limini amaliy

mashg‘ulotlar orqali rivojlantirishga qaratilganligini [4]

Yuqoridagi ilmiy manbalar shuni ko‘rsatadiki, dasturiy ta’minotni o‘qitish metodikasida

konstruktivistik va konstruktsionistik yondashuvlar muhim ahamiyatga ega. Xorijiy va mahalliy

olimlarning tadqiqotlari o‘quv jarayonida amaliy mashg‘ulotlar, loyiha asosida ta’lim va

interaktiv metodlarni qo‘llashning samarali ekanligini tasdiqlaydi.

Metodlar.

Dasturiy ta’minot boʻlimini bir necha metodlar orqali o‘qitish mumkin. Jumladan,

amaliy mashg‘ulotlar (praktik mashg‘ulotlar)

˗

Talabalar real loyihalar, kod yozish topshiriqlari, mini-proyektlar ustida ishlaydi.

˗

Nazariyani amaliyotda sinash imkoniyati yaratiladi.

˗

Masalan: CRUD dastur yaratish, algoritmlar yozish, test qilish.

Loyihaga asoslangan o‘qitish (Project-Based Learning).

˗

Har bir mavzu yoki modul bo‘yicha kichik loyihalar bajariladi.

˗

Jamoa bo‘lib ishlash, GitHub bilan ishlash, loyiha boshqaruvi ko‘nikmalari shakllanadi.

˗

Masalan: Veb ilova yaratish, mobil ilova ishlab chiqish, sun’iy intellekt loyihasi.

Kod tahlili va “Code Review” metodikasi.

˗

Talabalar bir-birining kodlarini tahlil qilishadi, xatolarni topishadi.

˗

Yaxshi kod yozish madaniyati, optimallashtirish va xavfsizlikni o‘rganishadi.

˗

Real dasturiy jamoalardagi ish muhitini simulyatsiya qiladi.

Natija.

“Python dasturlash tilida satriy kattaliklar (string)” mavzusini loyihaga asoslangan

o‘qitish (Project-Based Learning) metodida koʻrib chiqamiz.

Loyiha nomi:

Matn tahlilchi dastur (Text Analyzer)

Maqsadi. Talabalar Pythondagi string tipidagi ma'lumotlar bilan ishlashni, ularni tahlil qilishni

va foydalanuvchidan kiritilgan matn asosida oddiy dastur tuzishni o‘rganadilar.

Asosiy ko‘nikmalar

.

˗

String metodlari (len(), lower(), upper(), split(), replace(), count(), find() va h.k.)

˗

Foydalanuvchi bilan muloqot (input())


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

254

˗

Shart operatorlari (if, elif, else)

˗

Ro‘yxatlar va tsikllardan foydalanish (for, while, list, set)

˗

Funksiya yaratish

Loyiha tavsifi – Talaba quyidagi funksiyalarga ega bo‘lgan oddiy matn tahlil dasturini yaratadi.

Dastur natijasida quyidagilar bajaradi.

˗

Foydalanuvchidan matn kiritishni so‘raydi

˗

Matnning uzunligini hisoblaydi

˗

So‘zlar sonini topadi

˗

Matndagi eng ko‘p uchraydigan harfni aniqlaydi

˗

Belgilangan so‘z yoki harf necha marta ishlatilganini aniqlaydi

˗

Matnni teskari tartibda chiqaradi.

˗

Istalgan so‘z/harfni boshqasi bilan almashtiradi

˗

Matnni lower, upper, capitalize funksiyalari bilan o‘zgartiradi

Rejasi.

1. Kirish (1-soat)

˗

String nima?

˗

Python'da string qanday ishlaydi?

˗

Eng ko‘p ishlatiladigan string metodlari

˗

2. Guruhga bo‘lib, loyiha talablarini tushuntirish (30 daqiqa)

˗

Har bir guruh o‘zining matn tahlil loyihasini ishlab chiqadi

˗

Har bir vazifani kim bajarishi aniqlanadi

3. Dasturlash (2 soat)

˗

Har bir talaba/guruh o‘z loyihasini kodlaydi

˗

O‘qituvchi texnik yordam beradi

˗

4. Ta’riflash va baholash (30 daqiqa)

˗

Har bir guruh o‘z loyihasini taqdim etadi

˗

Kod sifati, kreativlik va to‘liq ishlashiga qarab baholanadi

Baholash mezonlari (100 ball).

Ko‘rsatkich

Ball

Loyiha to‘liq ishlashi

30 ball

String metodlaridan to‘g‘ri foydalanish 25 ball

Kod sifati va tartibliligi

15 ball

Loyihani tushuntirib bera olish

10 ball

Foydalanuvchi interfeysi (CLI)

10 ball

Kreativ yondashuv

10 ball

Muhokama.

Dasturiy ta’minot bo‘limini amaliyot oʻtayotgan Shahrisabz tumani 24-umumiy

oʻrta maktabining 9- sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan tahlil natijalari shuni koʻrsatadiki,

Loyihaga asoslangan metod orqali


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

255

˗

O‘quvchilar o‘zlari izlanishga undaladi,

˗

Real vaziyatlarga yaqinlashadi,

˗

Ko‘nikmalar chuqurroq shakllanadi.

9-A sinfda darsni loyihaga asoslangan metod bilan,

9-B sinfda esa an’anaviy (ma’ruza-amaliy) usulda o‘tildi.

Biz endi o‘quvchilar faolligi, qiziqishi va natijalarini tahlil qilib, diagramma bilan xulosa

chiqamiz.

Ko‘rsatkichlar

9-A (Loyihaviy) 9-B (An’anaviy)

Darsga qiziqish

Yuqori

O‘rtacha

Faollik (savat, savol-javob, kod yozish) Faol

Past

Mustaqil ishlash qobiliyati

Yuqori

Past

Baholar o‘rtachasi (10 likda)

8.7

6.3

Quyidagi ustunli diagrammada ikki sinf ko‘rsatkichlari solishtiramiz:

Yuqoridagi diagrammadan ko‘rinib turibdiki:

˗

9-A sinf (loyihaviy metod): o‘quvchilar darsga qiziqishi, faolligi va mustaqil ishlashi

yuqori bo‘lgan.

˗

9-B sinf (an’anaviy metod): o‘quvchilar qiziqishi pastroq, faollik sust, mustaqil fikrlash

esa cheklangan bo‘lgan.

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish orqali

o‘quvchilarning fan bo‘yicha bilimlari yanada mustahkamlanadi. Tadqiqot natijalariga asoslanib,

dasturiy ta’minotni o‘qitish metodikasini yanada takomillashtirish uchun quyidagi takliflar ilgari

suriladi: interaktiv dasturlar va simulyatsiyalardan keng foydalanish, masofaviy ta’lim

platformalarini takomillashtirish hamda jamoaviy loyiha asosida o‘qitish metodlarini

rivojlantirish.

Xulosa.

Zamonaviy axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgan davrda dasturiy ta'minot

bo‘limining mazmunli, tizimli va samarali o‘qitilishi dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.

O‘quvchilarda mustahkam nazariy bilimlar bilan birga, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish

uchun an’anaviy, interaktiv va innovatsion metodlarni uyg‘unlashtirgan o‘qitish yondashuvlari

zarur.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

256

Tadqiqotlar va amaliy kuzatuvlar shuni ko‘rsatdiki, loyihaga asoslangan o‘qitish, muammoli

ta’lim, hamda ko‘rgazmali-interaktiv metodlar dasturiy ta'minot bo‘limini o‘qitishda yuqori

samaradorlikka ega. Ayniqsa, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, muammoni tahlil qilish,

algoritmik yondashuvni shakllantirish va dasturiy yechimlar ishlab chiqish qobiliyatlari aynan

amaliy mashg‘ulotlar va real loyihalar orqali rivojlanadi.

Shunday qilib, dasturiy ta’minot bo‘limini o‘qitishda loyihaviy, interaktiv va amaliy

yondashuvlarni qo‘llash zamonaviy ta’limning ajralmas qismi bo‘lib, o‘quvchilarning kasbiy

tayyorgarligi va raqamli savodxonligini rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Piaget, Jean.

The Origins of Intelligence in Children

. Norton, 1973.

2.

Papert, Seymour.

Mindstorms: Children, Computers, and Powerful Ideas

. Basic Books,

1991.

3.

Oripov, Xamidulla.

Axborot texnologiyalari ta’limi va innovatsion yondashuvlar

.

Toshkent: Fan, 2018.

4.

Sattorov, Abdumo‘min.

Interaktiv o‘qitish usullari va ularning dasturiy ta’minot

ta’limidagi roli

. Toshkent: Innovatsiya, 2020.

Библиографические ссылки

Piaget, Jean. The Origins of Intelligence in Children. Norton, 1973.

Papert, Seymour. Mindstorms: Children, Computers, and Powerful Ideas. Basic Books, 1991.

Oripov, Xamidulla. Axborot texnologiyalari ta’limi va innovatsion yondashuvlar. Toshkent: Fan, 2018.

Sattorov, Abdumo‘min. Interaktiv o‘qitish usullari va ularning dasturiy ta’minot ta’limidagi roli. Toshkent: Innovatsiya, 2020.