Авторы

  • Ro’ziyeva Gulsanam,Ruziev D.Yu.
    Buxoro davlat universiteti San’atshunoslik va pedagogika fakulteti Madaniyatshunoslik yo’nalishi 1-bosqich talabasi,Ilmiy maslahatchi: t.f.n., professor

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ifx.82617

Ключевые слова:

Psixologiya boshqarish faoliyat mashinalar.

Аннотация

Maqolada boshqaruv tizimi hamda boshqaruv madaniyati to’g’risida tushunchalarning mazmun va mohiyati hamda ularning o’zaro umumiy tomonlari, o’quvchilarni tarbiyalashdagi roli va o’rni ko’rsatib berilgan.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

245

BOSHQARUVCHANLIK MADANIYATI

Ro’ziyeva Gulsanam

Buxoro davlat universiteti

San’atshunoslik va pedagogika fakulteti

Madaniyatshunoslik yo’nalishi 1-bosqich talabasi

+998972397679

Ruziev D.Yu.

Ilmiy maslahatchi: t.f.n., professor

Annotatsiya:

Maqolada boshqaruv tizimi hamda boshqaruv madaniyati to’g’risida

tushunchalarning mazmun va mohiyati hamda ularning o’zaro umumiy tomonlari, o’quvchilarni

tarbiyalashdagi roli va o’rni ko’rsatib berilgan.

Kalit so’zlar:

Psixologiya, boshqarish, faoliyat, mashinalar.

Boshqaruv oʻzi nima?.Boshqaruv - ko’p ma‘noli tushuncha.Fayol Anri 1918-yilda Maʼmuriy

tadqiqotlar markazini tashkil etgan. Fayol boshqaruv faoliyatini boshqa faoliyat turlaridan

ajratgan holda uni tashkil qilishning umumiy qoidalarini ishlab chiqdi, birinchilardan boʻlib

boshqaruv nazariyasining shakllanishiga asos soldi. U obyektga mustahkamligini saqlash yoki

tizimning bir holatdan ikkinchi holatga o’tkazishda ta‘sir etish uchun kerak bo’lgan joyda

qo’llaniladi. Shuning uchun boshqaruv tushunchasi boshqaruvchi ta‘siriga ta‘rif berish uchun

qo’llaniladi. Boshqaruv tizimining turlarini ajratib ko’rsatash mumkin: Masalan: ishlab

chiqarishning uzluksiz bajaruvchilari bo’lgan insonlar alohida mashinalar, mexanizmlar, tizimlar,

ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlar, aniqrog’i, ishlab chiqarish jarayonlaridagi alohida

elementlarni boshqaradi. Boshqarish muammolari ham bir qancha fanlar tomonidan o’rganiladi.

Jumladan, falsafa, tarix iqtisod, xuquqshunoslik va psixologiya uning o’ziga xos tomonlarini

ochish bilan shug’ullanadi. Psixologiya boshqarishni ham obyekti, ham subyektini o’rganadi.

Psixologik tadqiqotlarda o’rganiladigan olimlar jamoasi, alohida shaxs, ularning psixologik

holatlari, ulardagi ayrim jarayonlar va vazifalari boshqaruv ob‘ekti deb aytiladi. Boshqaruvning

subyekti o’rganilganda esa odatda boshqaruvchi shaxs yoki odamlar guruhi nazarda tutiladi.

Boshqarishning umumiy nazariyasini kibernetika fani o’rganadi. Kibernetika (grekcha so’zidan

olingan bo’lib ―kibernetike” – boshqarish san‘ati demakdir). Boshqaruv – bevosita ijtimoiy

psixologiya bilan bog’liq bo’lib, eng avvalo shaxsni boshqarish va shaxs orqali uning faoliyatini

boshqarish demakdir. Boshqarish - o’zi san‘at, san‘at esa – qobiliyatdir. Demak, shaxs doimo

boshqarishga muhtojdir. Boshqaruvda rahbarning doimo obyekti mavjud bo’lib, qonun,

buyruq va ko’rsatmalarga asoslanib, o’z faoliyatini olib boradi. Faoliyat esa ko’p hollarda

xabarlar yig’indisidan iboratdir. Boshqaruv nazariyasi qonun, buyruq va ko’rsatmalarga

asoslangan.Boshqarish – bu quruq gap va so’zlar majmuasidan iborat bo’lib qolishi kerak emas,

boshqarishda xar bir so’zni o’ylab gapirish, boshqa hamkasblarning so’zi, fikri, mulohazalarini

eshita bilish ham jamoada o’zaro munosobatlarni yaxshilashga xizmat qiladi. Rahbar tomonidan

ko’rsatma va farmoyishlarni ko’paytirib yuborish natijasida, ularni oddiy qog’ozda qolib o’z

kuchini yo’qotishga olib keladi. Rahbar doimo qonunlarning ijrosini to’la tarafdori bo’lishi bilan

birga o’ziga xos psixolog bo’lishi ham talab etiladi. Demak, rahbar ham qonun ijrosini


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

246

ta‘minlovchi va uni nazoratini amalga oshiruvchi shaxs hisoblanadi. Agarda xodimlar sof dil,

pok bo’lganlarida rahbarning bunday qonun ijrosini nazorat qilishiga, vaqti kelganda qattiqqo’l

bo’lishiga zarurat ham bo’lmas edi. Lekin xodimlar turli oilada, muhitda tarbiyalanganligi uchun

ular orasida beoqibat, beburt va bemaslaklar yetarli darajadadir. Agar yaxshilik qilsang ula sen

tomonda, hamma narsa seniki, deb qasam ichadi, biroq xavf tug’ilsa hech ikkilanmay sotqinlik

qiladi. Boshqarishda rahbarning bosh vazifasi bu jamoani asrashdan iboratdir. Jamoani tanazulga

olib kelgan va uni barbod qilgan rahbarni jamoa kechirmaydi. Rahbar jamoani boshqarishda

nafaqat nazariyachi bo’lishi, balki amaliyotchi bo’lishi ham talab etiladi. Rahbar jamoani ikki

yo’l bilan boshqarishi mumkin: Birinchisi, rahbarni jamoa hurmat qiladi, sevadi va u tomonidan

berilgan barcha topshiriqlarni bajarishadi. Ikkinchisi, rahbardan qo’rqqanidan buyruqlariga itoat

etadi, shuning uchun sevgan rahbarimiz bizni qanday o’ziga itoat ettirsa, qo’rqib hurmat

qiladigan rahbar ham bizni shunday idora qiladi. Shu bilan birga rahbarlarni burch, aql-idrok,

maqsad, nomus, axloq kabi omillar ham boshqaradi, ularning ruhiyatiga ta‘sir etadi. Ba‘zi

rahbarlar uchun burch yoki nomus barcha insoniy omillardan ustun turishi mumkin. Shuning

uchun boshqaruv san‘ati juda murakkab jarayondir. Xalqni xalq, millatni millat sifatida

yashashini ta‘millaydigan bu rahbardir. Lekin rahbarni rahbar qiladigan – bu jamoadir. Jamoa

bilan rahbar o’rtasida bir-birini tushunish, qo’llab quvvatlash yuzaga kelsa, jamoaning,

rahbarning kosibkorida baraka bo’ladi. Xar bir xalqning,xar bir millatning madaniyati boʻlgani

kabi boshqaruvning xam oʻziga xos madaniyati boʻladi.Boshqaruv madaniyati – boshqaruv va

rahbarlik sohasida muayyan maqsadga erishish yoʻlida insoniy salohiyatni roʻyobga chiqarishga

qaratilgan madaniy-maʼrifiy tadbirlar majmui va ularni amalga oshirish jarayonining namoyon

boʻlishini anglatuvchi tushuncha.Boshqaruv madaniyati – boshqaruv va rahbarlik sohasida

muayyan maqsadga erishish yoʻlida insoniy salohiyatni roʻyobga chiqarishga qaratilgan

madaniy-maʼrifiy tadbirlar majmui va ularni amalga oshirish jarayonining namoyon boʻlishini

anglatuvchi tushuncha. Boshqaruv madaniyati boshqarilayotgan har qanday obyektga nisbatan

ishlatiladi. Shuning uchun boshqaruv madaniyatini jamiyatni boshqarishda ham, tashkilot va

muassasalarni boshqarishda ham kuzatishimiz mumkin. Oʻz mohiyatiga koʻra, boshqaruv

madaniyati tashkilot faoliyatida ishtirok etuvchi barcha boʻlimlar faoliyatini oʻzaro

muvofiqlashtirish va tashkilot miqyosida tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish funksiyasini

bajaradi. boshqaruv madaniyati xodimlar faoliyati, maqsad-muddaolari va ularning qadriyatlarini

hisobga olgan holda boshqaruvni amalga oshirishdir. Oqilona tarzda tashkil etilgan boshqaruv

madaniyati tashkilotdagi mavjud inson resurslarini jadallashtirish va shu orqali mehnat

samaradorligini yanada oshirish imkoniyatini yaratadi. Shu bilan birga, boshqaruv madaniyati

qisqa muddatlarda kam harajatli va salmoqli natijalarni qoʻlga kiritish imkonini beradi.

Boshqaruv madaniyatini takomillashtirish orqali muayyan korxona aʼzolarining ichki

imkoniyatlari – bilimi, tajribasi, ijodiy salohiyati, xodimlarning oʻzini namoyon etishga intilishi

kabi omillarni roʻyobga chiqarib ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoni tugʻiladi. Shu

maʼnoda, boshqaruv madaniyati tashkilot madaniyati, xulq meʼyorlari, xodimlar oʻrtasidagi

oʻzaro muloqot takomillashuvi, mehnatga boʻlgan oqilona munosabatning shakllanishiga xizmat

qiladi. Jamiyat taryotining yangi rivojlanish pogʻonalariga koʻtarilib borishi bilan boshqaruv

madaniyati ham davr talabiga mos ravishda mukammallashib boradi. Hozirgi davrda tashkilot

yoki korxonaning samaradorligi koʻproq zamonaviy raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab

chiqarish bilan belgilanadi. Bunday sharoitda tashkilotning boshqaruv madaniyati iloji boricha

innovatsion loyihalarni joriy etishga qaratilgan boʻlishi lozim. Boshqaruv madaniyati tashkilot

miqyosida maʼmuriyat va xodimlar, jamiyat miqyosida esa hukumat va fuqarolar oʻrtasidagi

oʻzaro munosabatning mazmun-mohiyatini ham tashkil etadi. Shu bois boshqaruv madaniyati

ham mazmunan, ham shaklan oʻzgarib, mukammallashib boradigan tushunchadir. Xususan,

jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida boshqaruv madaniyati koʻproq demokratik

tamoyillarni singdirib bormoqda. Tashkilot miqyosidagi boshqaruv madaniyati rahbarning


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

247

quyidagilarga munosabatida namoyon boʻladi

:

xodimlar; mavjud korxonada amal qiladigan

faoliyat texnologiyalari; ishlab chiqarishga sarflanadigan vaqt; korxona faoliyatini rejalashtirish;

tashkilot maqsadiga erishish uslublari; xodimlarga nisbatan qoʻllanadigan ragʻbatlantirish va

jazolash uslublari; korxona miqyosida xodimlarning lavozimi boʻyicha oʻsish koʻrsatkichlari va

h.k. boshqaruv madaniyatini mazkur jamiyatdagi madaniyatning bir koʻrinishi sifatida ham

taʼriflash mumkin. Shu jihatdan, muayyan tashkilot va muassasadagi boshqaruv madaniyati

davlat boshqaruvida amal qilayotgan madaniyatning asosiy jihatlarini oʻzida aks ettiradi.

Boshqaruv madaniyatining asosiy tamoyillarini ishlab chiqishda mazkur jamiyat madaniyatini

belgilovchi asosiy omillar, ayniqsa, milliy xususiyatlarni hisobga olish lozim. Bundan tashqari,

iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy maqsadlarni oʻzaro muvofiqlashtirish ham muhim ahamiyat kasb

etadi. Bunday zarurat korxona yoki tashkilot rivojlanishining asosiy shartidir. Boshqaruv

madaniyati ijtimoiy nazorat shakli sifatida mavjud bilimlarni amaliyotga muttasil tatbiq etib

borish jarayoni boʻlib, uzluksiz rivojlanish, mukammallashib borish xususiyatiga ega boʻlishi

hamda fanning soʻnggi yangilik va kashfiyotlarini aks ettirishi lozim. Boshqaruv madaniyatini

amalga oshiruvchilar rahbarlardir. Zamonaviy rahbarlarni tayyorlashda ularning ilmiy va

madaniy salohiyatini, boshqaruv madaniyatini yanada yuksaltirish eng dolzarb masaladir.

Hozirgi davrga kelib jamiyat boshqaruvida boshqaruv madaniyatining uch asosiy turi mavjud:

avtoritar, demokratik va liberal. Oʻzbekiston huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish

yoʻlidan borar ekan, jamiyat boshqaruvida demokratik boshqaruv tamoyillari yetakchi oʻringa

chiqmoqda va boshqaruv madaniyati shunga mos tarzda namoyon boʻlmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Muxitdinov X.A., Sobirov A.A. Boshqaruv nazariyasi: darslik/ O‘zbekiston Respublikasi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. – Toshkent: nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi.

Cho‘lpon, 2012. – 240 b. (o'zbek tilida).

2. Suetenkov E.N., Pasko N.I. Menejment asoslari: darslik. -M.: F ORUM: INFRA-M, 2005 yil.

3. Tulaganova D.S. va boshqalar. Iqtisodiyotda boshqaruv samaradorligini baholash.

Monografiya. -T .: Fan. 2009 yil.

4. Sobirov A.A. Boshqarish nazariyasi asoslari. O`quv-uslubiy majmua. - T.: TD ME, 2011.

(o'zbek tilida).

Библиографические ссылки

Muxitdinov X.A., Sobirov A.A. Boshqaruv nazariyasi: darslik/ O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. – Toshkent: nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Cho‘lpon, 2012. – 240 b. (o'zbek tilida).

Suetenkov E.N., Pasko N.I. Menejment asoslari: darslik. -M.: F ORUM: INFRA-M, 2005 yil.

Tulaganova D.S. va boshqalar. Iqtisodiyotda boshqaruv samaradorligini baholash. Monografiya. -T .: Fan. 2009 yil.

Sobirov A.A. Boshqarish nazariyasi asoslari. O`quv-uslubiy majmua. - T.: TD ME, 2011. (o'zbek tilida).