ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
154
KIBERJINOYATCHILIK - GLOBAL XAVF: DUNYO QONUNCHILIGI SHARHI
Melikulov To‘lqinjon Farxodovich
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
“Xalqaro huquq” fakuleti 1-bosqich talabasi.
Email: tolqinmelikulov@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqola bugungi kundagi global muammolardan biri kiberjinoyatchilik
xavfiga bag`ishlanadi. Hozirgi vaqtda millionlab insonlar kiberjinoyatchilarning maqsadlari
girdobiga tushib, jabrlanuvchiga aylanib qolgan va katta miqdorda moliyaviy zarar ko`rgan
holatlar ham ko`plab kuzatilmoqda. Ayniqsa, globallashuv davrida bunday noxush vaziyatlar
yanada ko`paymoqda . Shu kabi muammolarni inobatga olgan holda , maqolani yozishdan asosiy
maqsad: Kiberjinoyatchilarning yolg`on gaplariga ishonib aldanib qolishni oldini olish, dunyo
hamjamiyatida kiberjinoyatchilikka barham berishga hissa qo`shish va bu borada olib
borilayotgan ishlarni o`rganib tahlil qilish qilishdan iborat.
Аннотация:
Данная статья посвящена одной из современных глобальных проблем –
угрозе киберпреступности. На сегодняшний день миллионы людей становятся жертвами
киберпреступников, что приводит к значительным финансовым убыткам. Особенно в
эпоху глобализации подобные неприятные ситуации становятся всё более
распространёнными. Учитывая такие проблемы, основная цель написания статьи
заключается в предотвращении обмана, связанного с доверием киберпреступникам,
содействии мировому сообществу в борьбе с киберпреступностью, а также в изучении и
анализе предпринимаемых в этом направлении мер.
Annotation:
This article is dedicated to one of today’s global issues – the threat of cybercrime.
Currently, millions of people fall victim to cybercriminals, often suffering significant financial
losses. Such unfortunate situations have become increasingly common, especially in the era of
globalization. Considering these problems, the main goal of this article is to prevent individuals
from being deceived by cybercriminals, contribute to the global fight against cybercrime, and
analyze the measures being taken in this area.
Kalit so`zlar:
kiberjinoyat, globallashuv, firibgarlik, ijtimoiy tarmoq, internet, kiberterrorizm,
kiberxujum, qonunchilik.
Kiberjinoyatchilik raqamli texnologiyalar va internet tarmoqlaridan foydalangan holda sodir
etiladigan noqonuniy harakatlarni ifodalaydi. Kiberjinoyatchilik bugungi davrda nafaqat alohida
shaxslarga yoki korporatsiyalar, balki butun davlatlar uchun ham jiddiy tahdid sifatida
qaralmoqda. O`sha internet tarmoqlaridan foydalanib amalga oshiriladigan noqonuniy faoliyatlar
jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy barqarorligini buzish salohiyatiga ega. Shu sababli,
dunyo bo`ylab davlatlar va xalqaro tashkilotlar kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va axborot
xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratmoqda. Bu borada ko`plab hamkorlik aloqalari
olib borilmoqda.
1.Ushbu maqolada kiberjinoyatlarning tushunchasi va turlari yoritib berildi.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
155
2.Shuningdek tadqiqotimiz davomida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishga oid xalqaro va
milliy standartlar ham o`rganib chiqildi.
3. Shu bilan birgalikda xalqaro hamkorlik va milliy qonunchilikni kuchaytirish orqali
kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish yo`llari bilan ham tanishib chiqildi.
Kiberjinoyatchilik — axborotni egallash, uni o‘zgartirish, yo‘q qilish yoki axborot tizimlari va
resurslarini ishdan chiqarish maqsadida kibermakonda dasturiy ta’minot va texnik vositalardan
foydalanilgan holda amalga oshiriladigan jinoyatlar yig‘indisi
Maxfiy ma’lumotlar qonuniy tarzda himoyalangan holatda yuz beruvchi kiberjinoyatlar bilan
bog`liq ko`pgina jinoyatlar mavjud. Xalqaro miqyosda hukumat ham, nodavlat subyektlar ham
kiberjinoyatlar, jumladan, josuslik, moliyaviy o`g`irlik va boshqa transchegaraviy jinoyatlar
bilan shug`ullanadi. Xalqaro chegaralarni kesib o`tuvchi va kamida bitta milliy davlatning
xattiharakatlarini o`z ichiga olgan kiberjinoyatlar ba’zan kiberurush deb ataladi.
Uorren Baffet kiberjinoyatni “insoniyatning birinchi raqamli muammosi “deb ta’riflaydi va
“insoniyat uchunreal xavf tug`diradi”, deya qo`shimcha qilib o`tadi.
Kiberjinoyatchilik vujudga kelishi bilan tadqiqotchilar o`rtasida bu atama qanaqa bo`lishi va
u nimalarni o`z ichiga olishi kerakligi haqida munozaralar yuzaga kelib, hanuzgacha davom
etmoqda. Rus olimlari V.A.Nomonkov va T.L.Tropina o`z tadqiqotlarida “kiberjinoyat”
tushunchasini keltirib chiqaradigan so`zlarning ma’nosini tavsiflovchi xorijiy izohli lug`atlarni
tahlil qilib, natijada”kiberjinoyat” atamasi “komyuter jinoyati”dan kengroq degan xulosaga
keladi.
Ularning fikricha, “kiberjinoyat – komyuter tizimlari yoki komyuter tarmoqlari, shuningdek,
kibermakonga kirishning boshqa vositalari yordamida yoki ular orqali kibermakonda, komyuter
tizimlari yoki tarmoqlari vositalari doirasida hamda komyuter tizimlariga, komyuter
tarmoqlariga qarshi sodir etilgan har qanday jinoyatlar majmuidir .
Shuningdek, Rossiyaning boshqa bir guruh olimlari, ya’ni T.N.Sharipova va A.A.Sidorenka
o`z nazariyasida “kiberjinoyat” atamasi “kompyuter tizimi yoki tarmog`i yordamida, komyuter
tizimi yoki tarmog`i doirasida, komyuter tizimi yoki tarmog`iga qarshi sodir etilishi mumkin
bo`lgan har qanday jinoyatni” birlashtirgan deb hisoblaydilar.
Ushbu yondashuv vakillari tomonidan berilgan ta’rif kengroq harakatlar doirasini o`z ichiga
oladi va zamonaviylik talablariga yaxshiroq javob beradi. Kiberjinoyatning mohiyatini yaxshiroq
tushunish uchun texnologiyadan tashqari, bu turdagi jinoyatlarning o`ziga xos belgilarini ham
mukammal o`rganish kerak bo`ladi. Farqlovchi belgilarini ajratib ko`rsatadigan bo`lsak:
Jinoyatchilar axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali o`z
maqsadlariga erishadi;
Kiberjinoyat transchegaraviy xususiyatga ega va virtual usullarda sodir etiladi;
1
O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi https://lex.uz/uz/docs/-5960604
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
156
Kiberjinoyatlar yashirin tarzda sodir etiladi va “ham davomli hamda bir martalik” bo`lishi
mumkin;
Bunday jinoyatlarga oid dalillarni to`plash qiyin;
Axborot makonida jinoyatlar sonining o`sishi bevosita texnolgik taraqqiyotning rivojlanishi va
uning natijalariga bog`liq;
Kiberjinoyatlar subyekti asosan axborot texnologiyalari sohasida chuqur bilimga ega
mutaxassislar hisoblanadi;
Kiberjinoyatlar asosan juda katta miqyosdagi iqtisodiy foyda olish maqsadida sodir etiladi;
Kiberjinoyatlarning guruhlar tarkibida sodir etilishiga nisbatan olib borayotgan tendensiyalar
mavjud
Jinoyatlarni faqat “hodisadan keyingi holatlarda” aniqlash mumkin.
Kiberjinoyatlar soni juda ko`p bo`lganligi sababli ularni tasniflash va ma’lum bir guruhlarga
ajratib o`rganish maqsadga muvofiq. Biroq kiberjinoyatlarning turini har kim turlicha tasniflaydi,
xususan, Kasperskiy kompaniyasi ularni elektron pochta va internet firibgarligi, shaxsiy
ma’lumotlar firibgarligi (shaxsiy ma’lumotlarning o`g`irlanishi va noto`g`ri ishlatilishi),
moliyaviy ma’lumot yoki bank kartasi ma’lumotlarini o`g`irlash, korporativ ma’lumotlarni
o`g`irlash va sotish, kibertovlamachilik , kriptojeking, kiberjosuslik kabi turlari borligini
inobatga olib ularni ikkita guruhga - kompyuterlarning o`ziga qaratilgan kiberjinoyatlar va
komyuterdan foydalanilgan holda amalga oshiriladigan kiberjinoyatlarni ajratadi
2
“Tadviser” kompaniyasining fikricha, “… kiberjinoyatlar spam, maqsadli fishing, PDF-hujum,
qidiruv tizimini optimallashtirishni zararlash, ishlash qobiliyatini yo`qotish kabi turlarga ega”.
“ITSkills” loyihasi boshlig`i A.Sevostyanovm hamda mualliflari – M.Ryabuxin va
R.Tyuchinning fikriga ko`ra, ‘Kiberjinoyatlarning moliyaviy yo`naltirilgan kiberjinoyatlar,
shaxsiy hayot bilan bog`liq kiberjinoytlar, mualliflik huquqini buzish bilan bog`liq jinoyatlar,
ijtimoiy va siyosiy asoslangan kiberjinoyatlar, spam, o`zaro nafrat qo`zg`atish va haqorat qilish
bilan bog`liq kiberjinoyatlar, terrorizm, kiberbulling, noqonuniy xatti-harakatlar bilan bog`liq
kiberjinoyatlar, noqonuniy pornografiya, gruming, giyohvandlik vositalari va qurol-yarog`larni
tarqatish bilan bog`liq kiberjinoyatlar kabi turlari bo`lishi mumkin, bunda fishing,
kibertovlamachilik, moliyaviy firibgarlik kiberjinoyatlari moliyaviy yo`naltirilgan kiberjinoyatlar
hisoblanadi”.
Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashda eng murakkab muammolardan biri ushbu turdagi
jinoyatlarning virual muhitda va istalgan hududdan sodir etilishi imkoniyatining mavjudligi
hisoblanadi. Aksariyat hollarda tashqi xavflar manbai O`zbekiston Respublikasi qonunchiligi
yurisdiktsiyasi doirasiga kirmaydi. Bu esa huquqiy choralar tizimini qo`llashni muayyan
darajada murakkablashtiradi. Kiberjinoyatchilar, odatda, milliy chegaralarni chetlab o`tgan holda,
jahon tarmog`iga ulangan har qanday komyuterga, elektron dasturga hujum qiladi. Yoki go`yo
boshqa manbaalar yoxud bunday xatti-harakatlar jinoyat hisoblanmaydigan mamlakatdan turib
shunday hujumni amalga oshiradi. Bu esa qator huquqiy ziddiyatlarni keltirib chiqarmoqda.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
157
Bunday jinoyat turi globallashib borayotgani e’tiborga olinadigan bo`lsa, bugun hech qaysi
mamlakat ushbu xavfga nisbatan mustaqil ravishda bir o`zi ko`rsata olmaydi. Bunday sharoitda
xalqaro hamkorlikni kengaytirish, kiberjinoyatchilikka qarshi birgalikda harakat qilish va uni
tekshirish borasida tegishli organlar faoliyatini tartibga solish hamda o`zaro hamkorlikning
xalqaro huquqiy mexanizmlarini ishlab chiqish yagona yo`ldir. Shu sababdan kiberjinoyatchilik
muammosi jahon hamjamiyatini unga qarshi kurashish yuzasidan zarur choralar ko`rishga
undamoqda.
Ushbu muammolarni e’tiborga olgan holda:
•
1979 yil 8-mayda Yevropa parlamentining “Informatika sohasidagi taraqqiyot
munosabatlari bilan shaxs huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi Rezolyutsiyasi qabul qilindi;
•
1981 yil 28-yanvarda “Shaxsiy xususiyatga ega bo`lgan axborotlarni avtomatlashtirilgan
qayta ishlash to`g`risida”gi Yevropa konvensiyasi qabul qilindi;
•
1981 yilda Yevropa Ittifoqi Axborotni himoya qilish to`g`risidagi Konvensiyani
tasdiqladi;
•
1990 yil kompyuter jinoyatchiligi profilaktikasi hamda unga qarshi kurashishga
bag`ishlangan BMT Bosh Assambleyasining VIII kongressiga qo`shimcha sifatida Gavanada
alohida simpozum o`tkazildi;
•
2003 yil fevralda Atlantada (AQSH) Kiberjinoyatchilik muammolarini o`rganish institute
ko`magida kiberjinoyatchilik muammolariga bag`ishlangan birinchi xalqaro sammit o`tkazildi;
2006 yil 16-19-iyul kunlari
Florida shtatining Orlando shahri (AQSH) da “ Kibernetika va boshqaruvda axborot xavfi
masalalari”ga bag`ishlangan III simpozum o`tkazildi.
Kiberjinoyatchilik zamonaviy dunyoning eng dolzarb va global muammolaridan biri bo`lib,
uning xavfli ko`lami tobora kengayib bormoqda. Internet texnologiyalarining rivojlanishi bilan
kiberhujumlar, shaxsiy ma'lumotlarni o`g‘irlash, moliyaviy firibgarlik va davlatlarga nisbatan
qaratilgan kiberhujumlar ortib, bu jarayon xalqaro xavfsizlikka jiddiy tahdid solmoqda.
Kiberjinoyatchilikni nazorat qilish va oldini olish uchun ko`plab mamlakatlar o`z milliy
qonunchiliklarini takomillashtirmoqda va xalqaro hamkorlikning ahamiyati oshmoqda. Biroq,
kiberjinoyatlarning tabiatidagi murakkablik, hujumchilarning yashirin faoliyati va internetning
chegarasizligi huquqiy mexanizmlarni samarali qo`llashda qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Bir
qator xalqaro hujjatlar va konvensiyalar, jumladan, Kiberjinoyatlar bo`yicha Budapesht
Konvensiyasi, mamlakatlar o`rtasida hamkorlikning huquqiy poydevorini yaratgan bo`lsa-da,
ularning tatbiq etilishi va global miqyosda qabul qilinishi hali ham muammolidir. Ayrim
davlatlar suverenitet va milliy manfaatlarini ko`zlab, global yondashuvga to`liq
qo`shilmayotgani bu muammoni chuqurlashtiradi. Kiberjinoyatchilikka qarshi samarali
kurashish uchun jahon hamjamiyatiga yagona va universal huquqiy me'yorlar kerak. Shuningdek,
kiberxavfsizlik texnologiyalari va mutaxassislarini tayyorlash, hukumatlar va xalqaro tashkilotlar
o`rtasida ma'lumot almashishni kuchaytirish zarur. Faqatgina xalqaro hamkorlik va o`zaro
ishonch asosida kiberjinoyatchilikka barham berish, uning salbiy ta’sirlarini kamaytirish mumkin.
Hozirda, kiberjinoyatchilik qanchalik rivojlangan bo‘lmasin, O‘zbekiston respublikasining turli
normativ-huquqiy hujjatlarida hamda bir qator kodekslarida belgilab o‘tilgan. Kompyuter
tizimidan foydalanishga ruxsati bo‘lgan shaxsning ushbu tizimdan foydalanishning belgilangan
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
158
qoidalarini buzishi kompyuter axborotining yo‘q qilib yuborilishiga, to‘sib qo‘yilishiga,
modifikatsiyalashtirilishiga, kompyuter uskunasi ishlashining buzilishiga sabab bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik konfidensial axborot mavjud bo‘lgan kompyuter tizimidan
foydalanish vaqtida sodir etilsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab
bo‘ladi
. Shuningdek, Kiberxavfsizlik zamonaviy jamiyatning barqarorligi va xavfsizligini
ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Axborot texnologiyalari rivojlanishi bilan ularga
qaratilgan tahdidlar ham ortmoqda. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi va
“Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonun kiberjinoyatlarga qarshi kurashish hamda axborot
tizimlarini himoya qilishda muhim asosdir. Jinoyat kodeksidagi moddalarda kompyuter
axborotiga ruxsatsiz kirish, virus tarqatish kabi jinoyatlar aniq belgilangan.
Kiberxavfsizlikni ta’minlash nafaqat davlat organlari, balki har bir shaxsning mas’uliyatli
yondashuvini talab qiladi. Bu borada qonunchilikni rivojlantirish va texnologiyalarni joriy etish
muhimdir. O‘zbekiston kiberxavfsizlik tizimini takomillashtirish orqali milliy xavfsizlikni
mustahkamlash yo‘lida muhim qadamlar qo‘ymoqda. Axborotlashtirish qoidalarini buzish, ya’ni
belgilangan himoya choralarini ko‘rmagan holda axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari va
banklarini, axborotga ishlov berish hamda uni uzatish tizimlarini yaratish, joriy etish va ulardan
foydalanish hamda axborot tizimlaridan ruxsat bilan foydalanish fuqarolarning huquqlariga yoki
qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p
miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq
tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa,
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir
yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi nafaqat iqtisodiy va ijtimoiy
hayotga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda, balki turli xavf-xatarlarni ham yuzaga keltirmoqda.
Kiberjinoyatlar kelajagi haqida gap ketganda, texnologiyalarning murakkablashuvi va raqamli
makondagi tahdidlarning ko‘payishi bu sohaning yanada dolzarb bo‘lishini ta’minlaydi.
Kiberjinoyatlar zamonaviy dunyoda davlatlar, tashkilotlar va shaxslar xavfsizligiga katta tahdid
solmoqda va kelajakda bu xavflarning ko‘lami kengayishi kutilmoqda. Shuningdek, Kelajakda
sun’iy intellekt (AI), Internet tarmoqlari va kvant kompyuterlar rivojlanishi kiberjinoyatlar
shakllarini o‘zgartirishi mumkin. Misol uchun, sun’iy intellektdan foydalanib, zararli dasturlar
2
O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi https://lex.uz/acts/-97664
3
O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi https://lex.uz/mact/-111453
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
159
yaratish, xakerlik hujumlarini avtomatlashtirish yoki odamlarni aldashga qaratilgan murakkab
phishing kampaniyalarini amalga oshirish ehtimoli oshadi. Shuningdek, kvant kompyuterlar
mavjud shifrlash tizimlarini buzishga qodir bo‘lishi mumkin, bu esa ma’lumotlarning
himoyalanganligi uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Kiberjinoyatlarning yangi maqsadlari asosan
hozirgi vaqtda asosan bank tizimlari, elektron tijorat va ijtimoiy tarmoqlar nishonga olinayotgan
bo‘lsa, kelajakda sog‘liqni saqlash, energetika, transport va davlat boshqaruvi tizimlari
kiberjinoyatchilar asosiy maqsadiga aylanishi mumkin. Masalan, tibbiy ma’lumotlar bazalariga
hujum qilish orqali bemorlarning shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlash yoki transport tizimlarini
izdan chiqarish bilan katta zarar yetkazish ehtimoli mavjud. Kelajakda kiberjinoyatlar xalqaro
munosabatlarga ham ta’sir qilishi mumkin. Xususan, davlatlar o‘rtasidagi kiber urushlar xavfi
ortishi, strategik ob’ektlarga qarshi kiberhujumlar amalga oshirilishi va kiberterrorizmning
ko‘payishi mumkin. Bu esa davlatlar o‘rtasidagi ishonchni susaytirib, yangi xavfsizlik
strategiyalarini ishlab chiqishni talab qiladi. Kiberjinoyatlar kelajakda yangi shakl va
ko‘rinishlarga ega bo‘lib, zamonaviy jamiyatning barcha sohalariga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi
mumkin. Ushbu tahdidlarni oldini olish uchun texnologik, huquqiy va ijtimoiy choralarni
uyg‘unlashtirish muhimdir. Faqat shundagina kiberjinoyatlarga qarshi samarali kurash olib
borish va xavfsiz kelajakni ta’minlash mumkin bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
I.
”Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishga oid milliy va xalqaro standartlar”.Toshkent –
2018. N.S.Salayev, R.N.Ro`ziyev. 69-70-betlar
II.
”KIBERJINOYATCHILIK” . Toshkent – 2024. S.S.Niyozova. 12-13-19-betlar
III.
https://sys-team-admin.ru/stati/bezopasnost/170-kiberprestupnost-ponyatievidy-i-metody-
IV.
https://www.kaspersky.com/resource-center/threats/what-is-cybercrime
V.