ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
205
ARAB TILIDA EGAGA TA’SIR QILUVCHI YUKLAMALAR: ةخسانلا فورحلا TAHLILI
MOHIZARBEGIM ERGASHEVA
TDSHU, arab filologiyasi yo‘nalishi
2-bosqich (kunduzgi) arab-ingliz 1-guruh talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada arab tilida egaga ta’sir qiluvchi yuklamalar tahlil qilinadi.
Xususan, ta’kid yuklamalarining morfologik va sintaktik xususiyatlari hamda ularning gapdagi
vazifalari ilmiy asosda yoritiladi.
Kalit so‘zlar:
،نَّك ، تَيك ،نَّك ،نَّأ ،نَّ ،نَّ , yuklamalar, mubtado, xabar, harf, nasb holati, modal
so‘zlar.
Arab tilida “yuklamalar”, „ko‘makchilar“ va „bog‘lovchilar“ degan tushunchalar o‘zbek
tilshunosligidagi kabi aniq belgilanmagan bo‘lsa-da, ularning vazifasiga o‘xshash bo‘lgan so‘zlar
mavjud. Arab tilida bu turdagi so‘zlar “harflar” (فورحكا) deb yuritiladi. Ular mustaqil ma’no
ifodalamaydi, lekin gapdagi boshqa so‘zlar bilan bog‘lanib, ma’no yoki grammatik vazifa
bajaradi. Bog‘lovchilar vazifasini نَّ ،ف ،و kabi harflar
bajaradi. َحت ،قوف ،ىكَ ،ىلع kabi harflar
esa ko‘makchi hisoblanadi. نَّك ،ل ،نَّ ،نَّ kabi harflar arab tilida yuklama vazifasida keladi.
Yuklamalarning bir qancha turlari mavjud bo‘lib, ularning har biri alohida chuqur o‘rganilib,
tahlil qilinadi. Quyida esa egaga ta’sir qilivchi yuklamalar, ya’ni arab tilidagi „inna va
axovatuha“ (,,inna“ va uning opa-singillari)ni ko‘rib chiqiladi.
O‘zbek tilida gapni gap bo‘laklariga ajratganda uning egasi bosh kelishikda bo‘ladi. Arab tilida
ham xuddi shunday. Gapning mubtadosi, ya’ni egasi rof’
holatida bo‘ladi. Lekin shunday
yuklamalar borki, ulardan keyin keladigan ega bosh kelishikda emas, balki tushum
kelishigida(fatha yoki tanvin-fatha holatida) qo‘llaniladi. Shuni aytib o‘tish lozimki, bu
yuklamalar so‘zlovchining fikriga nisbagan bildirgan subyektiv bo‘yoq jihatidan o‘zbek tilidagi
modal so‘zlarga
o‘xshab ketadi. Tushum kelishigi arab tilida nasb deb atalishini inobatga olgan
holda yuqorida qayd etilgan egaga ta’sir etuvchi yuklamalar „nasb qiluvchi yuklamalar“ ham
deyiladi. Arab tilshunosligida bu yuklamalar 6 tani tashkil etadi:
نَّك ، تَيك ،نَّك ،نَّأ ،نَّ ،نَّ
1.
نََّ yuklamasi – „albatta, haqiqatda“ ma‘nosini anglatadi. Lekin ko‘pincha bu yuklama
gap tarkibida kelganda tarjima qilinmaydi. Gap mazmuniga ishonch munosabatini ta’kidlab,
1
Harf (
ففرحكا
) – arab tilidagi so‘z turkumlarining uchinchisi hisoblanib, bu turkumga aniqlik artikli, yuklamalar,
predloglar, umuman olganda, yordamchi so‘zlar kiradi. Harf so‘z turkumidagi so‘zlar mustaqil ma‘no anglatmaydi,
balki biron-bir so‘z bilan kompleks holda kelganda ma’no anglatishga hissa qo‘shadi yoki ikki va undan ortiq
gaplarni o‘zaro bir-biriga bog‘lash uchun ishlatiladi.
2
Rof’ holati bu so‘zlarning bosh kelishikda damma yoki tanvin-dammaga tugashidir.
3
Modal so‘zlar – so‘zlovchining o‘z fikriga shaxsiy munosabatini bildirib, o‘zida achinish, ishonch, afsuslanish,
gumon, istak kabi mazmunlarni aks ettiruvchi so‘zlardir.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
206
kuchaytirib beradi xolos. Masalan: . رٌّا تَيينّكا نََّ (Albatta/haqiqatda yoz issiqdir.) Yoki: تّتٌسنلا نََّ
.ىىَستن (Darhaqiqat, inson unutuvchidir.)
Qolaversa, نََّ ga „Tinglovchi yoki o‘quvchi gapga ishonmasligi mumkin, deb hisoblanganda
ishlatiladigan ta’kid yuklamasi“
,- deya ta’rif beriladi.
Inna va shunga o‘xshash yuklamalar, asosan, ismiy jumlalarda
uchraydi. Lekin fe’liy
jumlalarda
ham kelishi mumkin. Agar inna kabi yuklamalar fe’liy jumlalarda kelsa, gapning
egasi kesimdan oldinga o‘tadi. Inna dan keyin ega kelishi va inna ning o‘zi esa gap boshida
ishlatilishini inobatga olgan holda gapning egasi ham fe’ldan oldinga o‘tishi grammatikada shart
bo‘lgan qoidadir. Masalan:
Talabalar bu gapni tarjima qildilar. .تَلمجكا هذه فُلاكا ّجرت
Albatta, talabalar bu gapni tarjima qildilar. .تَلمحكا هذه اومجرت تُلاكا نَّ
„Agar gapning egasi kishilik olmoshidan iborat bo‘lsa, bu yuklamalardan keyin shu olmoshga
mos bo‘lgan qo‘shilib keluvchi olmosh keladi va u shu yuklamalarga qo‘shilib yoziladi. Mas.:
U (mn) bu maqolani yozdi. – .تَتكٌتَتمكا َهَذته يَتَتَتأ تََه
(Haqiqatan) u bu maqolani yozdi. – .تَتكٌتَتمكا َهَذته يَتَتَتأ ٌتَننََ
Eslatma! I shaxs birlik va koʻplik qoʻshiluvchi olmoshlari ikki xil variantda qoʻshilishi mumkin:
ََننََ=ََِننََ ،ٌننََ=ٌتِننََ“
Inna yuklamasidan keyin kelayotgan ega tushum kelishigida bo‘lishi kerak. Lekin shunday o‘rin
borki, inna'dan keyin gapning egasi bosh kelishikda bo‘ladi. Bunda نَّ dan so‘ng ٌتَ yuklamasi
qo‘shilib keladi. Ma’no o‘zgarmaydi, ammo endi ega bosh kelishikda ishlatiladi. Masalan:
Kelajak shirin bo‘lsa ehtimol, aslida hozirgi payt eng shirindir. – .ىتلاَ فر ٌَِتحكا ٌتمننَ ،ا وويلفا فُييتَكا فّوَي يْق
Eslatma! Inna ishtirok etgan ot kesimli gapdagi ega „ismu inna“ deyiladi va tushum kelishigida
bo‘ladi. Kesim esa „xobaru inna“ deb atalib, bosh kelishikda ishlatiladi. Masalan: . ىرميْفَ تٌَّسَكا نَّ
Jumlasida „inna“ – ta’kid harfi, „al-bustana“ – innaning ismi, „musmirun“ esa innaning xobari
sanaladi.
4
A.Abdujabborov. Arab tili. Darslik. T., 2005. (180-bet)
5
Ismiy jumla (
َيمسلا َلمجكا
) – gapning egasi va kesim ism so‘z turkumi bilan ifodalangan gap. Ismiy jumla o‘zbek
tilida ot kesimli gapga to‘g‘ri keladi.
6
Fe’liy jumla (
َيلَفكا َلمجكا
) – gapning kesimi fe’l bilan ifodalangan gaplar. Bu o‘zbek tilida fe’l kesimli gaplar bilan
deyarli bir xil.
7
N.Ibrohimov va M.Yusupov. Arab tili grammatikasi I jild. Oʻquv qoʻllanma. T., 1997. (344-bet)
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
207
2.
نَّا yuklamasi – „…ki“ ma‘nosini anglatadi. Odatda, bu yuklama to‘ldiruvchi ergash gapli
qo‘shma gaplarda bosh gapni ergash gapga bog‘lash uchun ishlatiladi. Masalan:
Biz hammamiz eshitdikki, ro‘za tutish foydalidir. – .ىْيَففَ تٌَتي َّكا نَّ ٌتِنلفأ ٌتِيََمتس
Yuqoridagi qo‘shma gapda, birinchi gap bosh gap, ikkinchisi esa ergash gap deyiladi.
Agar to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplarda bosh gapning kesimi لٌق, ya’ni „demoq”
fe’lidan tashkil topsa, نّتَ yuklamasi emas, balki uning o‘rniga نَّ yuklamasi ishlatiladi. Gap
mazmunida hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi. Masalan:
– .داتْيَتَ َف تَيِأ تَننَ ََتَ تلتٌق. Otam aytdiki, sen Bag‘dodda bo‘lgansan.
3.
نٌَّتأ yuklamasi – „go‘yoki, xuddi“ ma’nosini ta’kidlash uchun ishlatiladi. Qo‘llanilishi va
grammatik xususiyatlari inna bilan bir xil. Masalan:
Zaynab farishta kabidir. – .ىَتلتَ تُِيز نَّأ
4.
نََّتك yuklamasi – „ammo, lekin“ ma’nosini ifodalaydi va zidlovchi bog‘lovchi vazifasini
bajaradi. Masalan:
Men hamma kitoblarimni o‘qib bo‘ldim, ammo Fotima o‘qimadi. – يّك تَمطٌف نَّك و ،َََفَأ ّأ فَُرق يَْك
.يَرَت
5.
نّتَتك yuklamasi – „ehtimol, shoyad“ ma’nolarini ifodalashga xizmat qiladi. Bu yuklama
gumonni, amalga oshish ehtimoli 50/50 boʻlgan tilakni bildiradi. Masalan:
Ehtimol, uning akasi tushunar. – .فّتَيفتي فهٌتََ نّتَتك
Bu yuklama لّتع shaklida ham ishlatiladi:
Balki do‘sting bizni mehmon qilar. – .ٌتِفيضَست ََتَيَْتَ نّتع
Yuqoridagi gapda uning akasi tushunishi ham mumkin, tushunmasligi ham.
6.
تَييتك yuklamasi – „koshki“ ma’nosini bildiradi va amalga oshmaydigan tilakni (armon –
ushalmaydigan orzuni) bildiradi. Masalan:
Koshki edi, yoshlik qaytsa. – .فدوَتي تٌُنّكا تَيك
Egaga ta’sir etuvchi yuklamalarning xususiyatlari:
– Inna yuklamasi bilan boshlangan gapning kesimiga تل ta’kid yuklamasini qo‘shish mumkin:
Sen chindan ham aqllisan. .ىَّقٌتَتك تَننَ
– Mazkur yuklamalardan keyin ega kelishi kerak. Ammo ega va yuklama orasida ko‘makchili
kesim bo‘lsa ham, ega tushum kelishigida bo‘laveradi: Hovlida kuchuk bor. .ٌوَيلتأ َّانْكا َف نَّ
– Birinchi shaxs birlikdagi birikma olmoshi bu yuklamalarga qo‘shilganda bitta nun ortadi: ،ىَِنَِك
...ىَِننَ ،ىَِتَيك
Ayrim nahv
darsliklarida inna va uning opa-singillariga ل inkor yuklamasini ham qo‘shishadi
va ularning ma’nolarini quyidagicha ifodalashadi: „ و ،كاَّْسلك : نَّك و ،هيََّلك : نَّتأ و ،ْيأوَلك : نَّ و نَّ
.سِجكا َفِك : ل و ،عقوَكا و َجرَلك : نَّك و ،ىِمَلك : تَيك “
Tarjimasi: „ «Inna» va «Anna» – ta’kid uchun; «Ka’anna» – o‘xshatish (tashbih) uchun;
«Lākinna» – istidrok (qarama-qarshilikni bildirish) uchun; «Layta» – orzu-istakni ifodalash
uchun; «La‘alla» – umid va kutilayotgan holatni ifodalash uchun; «Lā» esa jins inkorini
(narsaning butun jinsini inkor qilish) bildiradi.“
Xulosa qilib aytganda, arab tili nahv ilmidagi “inna va axovatuha” mavzusi jumla tarkibida
ma’noni kuchaytirish, aniqlik kiritish hamda ta’kid berish kabi muhim sintaktik vazifalarni
bajaradi. Ular ismiy jumlaga kirib, eganing tushum kelishigida, kesimning esa bosh kelishikda
bo‘lishini taqozo etadi. “Inna va axovatuha” — arab tili nahvining faqatgina bir jihatini tashkil
etsa-da, ushbu qoidalar tilning mantiqiy tuzilishini anglash yo‘lida muhim poydevor bo‘lib
8
Nahv – arab tili grammatikasi
9
٢٠٠٧ .ةْيََكا ّاد .َيَِّْسلا .١ط .ٌََن َِفا .َيوحِكا سوّْكا
(Durusun nahviyya)
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
208
xizmat qiladi. Albatta, bu mavzu nahv ilmining keng ummonidagi faqatgina bir tomchi, ammo
bu kabi tomchilar to‘plami orqali til tuzilishining chuqur mazmuni ochiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
A.Abdujabborov. Arab tili. Darslik. T., 2005. (180-bet)
2.
N.Ibrohimov va M.Yusupov. Arab tili grammatikasi I jild. Oʻquv qoʻllanma. T., 1997.
3.
٢٠٠٧ .ةْيََكا ّاد .َيَِّْسلا .١ط .ٌََن َِفا .َيوحِكا سوّْكا