ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
141
HALIMA AHMEDOVA IJODIDA SHAMOL SUR’ATI
Jumanazarova Rayxon Jaloliddinovna
Qarshi davlat universiteti katta o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Halima Ahmedova ijodida umrning bo‘sh varaqlariga sur’atini
chizgan shamol obrazi turli tasvirlar bilan yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar:
Shamol sur’ati, umr, shafaq, ko‘ngil ko‘zi, nur, zulmat, shabnam, yaproq
ohanglari.
Аннотация:
В данной статье образ ветра, рисующего ритм жизни на чистых страницах
творчества Халимы Ахмедовой, освещен различными образами.
Ключевые слова:
Ветер, скорость, жизнь, рассвет, сердце, свет, тьма, роса, лист.
Annotation:
In this article, the image of the wind, which draws the pace of life on the blank
pages of Halima Akhmedova's work, is illuminated with various images.
Keywords:
Wind, speed, life, dawn, heart, light, darkness, dew, leaf.
Har bir inson ko‘ngli mo‘jiza to‘la kitobdir. Ana shu kitobni hayot har kuni varaqlaydi.
Istaysizmi, yo‘qmi, unda goh shodlik bitiklari, goh iztirob lahzalari to‘lqinlanadi. O‘zbek
she’riyatida sermazmun ijod qilgan shoira Halima Ahmedova nafaqat o‘zining, balki ko‘pchilik
she’riyat muxlislarining ko‘ngil mulkiga aylangan. Shoiraning ijod namunalari keng
jamoatchilik tomonidan e’tirof etilmoqda.
Shoira ijodini kuzatar ekanmiz, turli xil tasvir vositalari, so‘zlar jilosi, ohangdorligiyu o‘zgacha
ma’no kasb etishini ko‘ramiz. Shoiraning “Sur’atini chizibdi shamol” she’rida quyidagi satrlarga
duch kelamiz.
Sur’atini chizibdi shamol,
Umrimning bo'sh varaqlariga.
Singib borayotgan menmanmi
Kunbotarning shafaqlariga.
Shamol chizgan sur’atlar umrning bo‘sh vaqraqlarida o‘z aksini topadi. Bu satrlarda shamol
rassomga qiyos qilinadi. Shamol esgani sari rasm chizadi. Qolaversa, ko‘ngil ko‘zgusidagi hayot
suratini shoira she’rlarida ifodalaydi. Kunbotarni shafaqlariga singib borayotgan ko‘ngil esa,
qog‘ozdan o‘chib borayotgan sur’atga qiyos qilinadi.
Bir ayol yig'laydi kuzakni quchib.
Tonglardek ko'zida qotgan shabnami...
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
142
Men uni shamoldan bildim tanidim.
Bazo'r yonayapti ko'nglining shami...
Haqiqat ham dard, mehr ham dard, ishq esa dardning gultoji. Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak,
tirik ko‘ngilda ya’ni tuyg‘ulari o‘lmagan ko‘ngildagina she’r tug‘iladi. Shoira ushbu satrlar ila
ayolning bardoshi, sabri, matonati xuddi tog‘lardek mustahkam ekanligi va qancha dard, alam,
iztirob bo‘lsa uni yenga olishi tasvirlanadi. Ayolning ichki dardlaridan uning olami zo‘rg‘a
yorishadi. Ayolni kim ekanligini esa shamol tanitdi deya ta’rif beradi. “Goho bo‘m-bo‘sh
ko‘nglim oralab” she’rida esa quyidagi satrlarni uchratamiz:
Goho bo‘m-bo‘sh ko‘nglim oralab
Sudraladi kuzak shamoli.
Sarg‘aygan gul yaproqlariga
Dilim chizar ishqning xayolin.
Ba’zan inson qalbi bo‘shliq istaydi. Esayotgan mayin shamol esa, ko‘z ochirmayotgan kuzak
shamoliga, yaydoq daraxtlar shoxida chiyillayotganga,
g‘uvillayotganga, tomlarda
vishillayotganga, yopiq eshik va darchalarga bosh urib uf tortayotganga o‘xshab ko‘rinadi.
Sarg‘aygan gulning yaproqlariga inson qalbi ishqning xayolini chizayotgan rassom kabi
tasvirlanadi.
Men uzoq uxladim, ko‘zimda hamon
Quyoshsiz kechaning g‘amgin uyqusi,
Qadim suvoriyday chopar to‘rt tomon
Shamol yelkasida hayot qayg‘usi…
Shoira bu satrlarda quyoshsiz kechaning g‘amgin uyqusini , ya’ni uyqusizlik holatini qadim
suvoriyga qiyos qiladi. Qadim suvoriy bu otulovda yurish, otliq askar, chavandoz kabi
tushunchalar bilan yoritiladi. Sovuq shamollar muz ustida sirg‘anib yuguradi. Tiriklik zulfida
osilib qolgan bir tola umid ming tolaga aylanadi. Ko‘ngil quvonchi uning kuchliligidan dalolat
beradi. Hayotni quvonchsiz, deyish yolg‘on, unda faqat jarohatu ohu nola, alam va ko‘z yoshidan
boshqa narsa yo‘q, deyish ham yolg‘on!.. Hayotda inson istagan hamma narsa bor, insonda esa
hayotda yo‘q yaratuvchilik qudrati mavjud.
Buncha uzun nolishing, shamol,
Nega buncha titrayapsan, gul,
Nur va zulmat, gul va xazonning
Qismatiga to‘ldingmi, ko‘ngil.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
143
Yurak qachon xazonga aylanadi?! Yurakda umidlar so‘nsa, o‘zi izlagan, talpingan
borliqqa yetolmasa, u tamoman yashashdan voz kechadi. Daraxt barglari kuz kelib, xazonga
aylangani singari yurak ham to‘kilishga, hayotni tark etishga shay bo‘lib qoladi. Shoira ana shu
ikki hodisani “Osmon ko‘ngli” she’rida yakdil holatda tasvirlagan. Xazon singari jonsiz bo‘lib
qolgan yurakni hayotga qaytarish imkoni ham bor, ijodkor buning uchun erta bahorda tuproqdan
bosh ko‘targuvchi maysalardan foydalanadi.
Zotan, shoiraning eng mahzun she’rlari ham tushkun kayfiyat tug‘dirmaydi kishida. Balki dil
dardiga malham kabi, majruh ruhga quvvat beradi, – tetiklashtiradi.
Yurakda gul ochgan sevgi bog’ida
Yillarning shamoli nogoh berdi pand.
Gullashdan to’xtadi yuragim ammo
Daraxt hamon gullar menga nopisand.
Yurakdan sevgi shunchalar chuqur joy egalladi-ki, sevgi daraxtlari bog‘ga aylandilar. Ammo
vaqt… Vaqt hamisha beshavqat. Yillar o‘tib qarovsiz qolgan bog‘lar quriydi va kuzning to‘zg‘in
bir shamoli ularni nobud etadi. Yuraklarda ham shunday… Yillar o‘tgan sari e’tiborsiz qolgan
muhabbat alangasi so‘nadi. Barchamizga tanish manzara. Yuragimizda qachonlardir jarohat
bo‘lib qolgan o‘sha damlar, o‘sha iztirobli voqealar ham bugun shirin bir xotira bo‘lib qalbga
hayajon soladi. Shoira qalbidagi ichki olami bilan yaxshi tanish, shuning uchun ham
kechinmalarini tadqiq qilishda qiynalmaydi.
Vaqtning kokilini taragan shamol,
Tarog'ini olib, armon jilmaydi.
Ba’zan tunning etagiga tokadi meni
Ermak qilib, Bedard shamol—xudobexabar.
Tafakkur imkoniyati shu qadar kuchliki, u basharning dardu tashvishlari bilan o‘zining
kechinmalari o‘rtasidagi ko‘zga ko‘rinmas bog‘liqlikni mohirona ilg‘aydi. Halima
Ahmedovaning she’rlarida daf’atan sezilmaydigan, ko‘ngil tubida ko‘milib yotgan hissiyot,
kechinmalar ifodalanadi. Chunki she’r junbushi shunday holatda keladiki, o‘shanda na daryoda
bo‘lasan, na sohilda. She’r o‘zi dard bo‘lganda yoziladi. Ammo dard o‘zi nima? Dard bu yerda
xastalik emas, ichki tug‘yon, yurakka buyruq bera oladigan o‘t. Buni hamma har xil tushunadi.
Chuqurroq o‘ylab qarasak, har qanday dardning ichida jilmayib turgan shodlik borligini his
qilamiz.
Tuyg‘ulari samimiy ijodkor kitobxon bilan she’rlari orqali ko‘ngil yaqinligini paydo qiladi, uni
ruhan uyg‘oqlikka chorlaydi. Zero, vatan ichra kichik bir vatan bu bizning ota uyimiz, ona
1
Abdusalomova Durdonaxon Valilullo qizi. Halima ahmedova she’rlarida tuyg‘ular isyoni va tabiat hodisalarining
mutanosibligi.
2
Abdusalomova Durdonaxon Valilullo qizi. Halima Ahmedova she’rlarida tabiat tasviri.
3
Halima Ahmedova suhbatidan.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
144
qishlog‘imiz ekanligini she’rlarida bot-bot takrorlaydi.
Inson ruhiy dunyosini to‘la tadqiq etish,
o‘rganib nihoyasiga yetkazish aslo mumkin emas. Olam sir-u sinoatga qanchalik boy bo‘lsa,
odamzod ruhiy dunyosi ham shunchalik murakkab va chegarasiz. Mana shu murakkablik va
cheksizlik manzaralari ham rangindir. Shuning uchun haqiqiy shoir o‘zini inson qalbi va
ruhining muhofizi, musavviri deb his qiladi. Uni har qanday qo‘pol, tashqi ta’sirlardan himoya
qilish uchun kurashadi. Inson ko’ngli va ruhiy hayotini tadqiq etgan ijodkorlar, sirtdan
qaralganda, tashqi voqelikdan yiroqlashganday ko‘rinadi. Aslida esa, tashqi dunyoning ko‘p
muammolari inson farzandining qalbiga yo‘l topish, ruhini anglash orqali hal etiladi. Inson
ruhiyati yechilmas jumboq. Hech qanday fan hali uni to’liq tasvirlay olmagan. Badiiy ijodning
o’ziga jalb etuvchi jihatlaridan biri, uning inson ichki olamidagi qorong’u va mavhum tilsimlarni
ochish qobilyatidir. Halima Ahmedova ana shu jihatni yanada boyitgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. H.Ahmedova “Erk darichasi” Adabiyot va san’at. 1996
2. H.Ahmedova “Tiyramoh” Adabiyot va san’at. 2005
3. H.Ahmedova “Nigoh qiblasi” Adabiyoti va san’at. 2011
4. H.Ahmedova “Afsun” Adabiyot va san’at. 2013
5. Abdulla Ulug'ov “Hur gulsan, hayot” Davron.uz
6. Jumaboyeva J. Lirik she’rda ruhiyat qudrati. O’zbek tili va adabiyoti. 1999.
№ 2. –B. 41-44.
7. Abdusalomova Durdonaxon Valilullo qizi “Halima Ahmedova she’rlarida tuyg’ular isyoni va
tabiat hodisalarining mutanosibligi”. “Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va
amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya.
8. Abdusalomova Durdonaxon Valilullo qizi. “Halima ahmedova she’rlarida tabiat tasviri”.