ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
82
PEYAMI SAFO ASARLARINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI
Sarvara Tashaliyeva
TDShU va O‘zJOKU
katta o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Mazkur maqola mavzusi turk yozuvchisi Peyami Safoning “To’qqizinchi
jarrohlikdagi palata” romanidir. Bu asarda ham realistik, ham modernistik unsurlar mavjud. Bosh
qahramonning romandagi boshqa qahramonlar bilan o’zaro konfliktiida ijodkorning keyingi
ijodida asosiy o‘rin egallagan turk madaniyatiga xos bo’lgan sharqona va g’arbona hayot tarzi
asosiy motivini kuzatish mumkin.
Kalit so’zlar:
Peyami Safo, roman, modernizm, roman-kundalik.
ОСОБЕННОСТИ ПРОИЗВЕДЕНИЙ ПЕЯМИ САФО
Аннотация:
Предметом написания статьи является роман турецкого писателя Пеями
Сафа «Палата в девятой хирургии». Данное произведение содержит как реалистические,
так и модернистские элементы. В противостоянии главного героя остальным персонажам
романа прослеживается главный мотив двойственности турецкой культуры, который
занимал основное место в позднем творчестве Пеями Сафа.
Ключевые слова:
Пеями Сафа, роман, модернизм, роман-дневник.
FEATURES OF PEYAMI SAFHA'S WORKS
Annotation:
The subject of this article is the novel "Ninth Surgery Ward" by the Turkish
writer Peyami Safo. This work contains both realistic and modernist elements. In the main
character's conflict with other characters in the novel, it is possible to observe the main motif of
the Eastern and Western way of life typical of the Turkish culture, which occupies a key place in
the artist's subsequent work.
Key words:
Peyami Safa, novel, modernism, novel-diary.
Kirish qismi:
Peyami Safо yigirmanchi asrning birinchi yarmida yashagan turk yozuvchisi
bo‘lib, uning nomi asarlari kabi ko‘pchilik kitobxonlar uchun deyarli noma'lum. Sho‘rolar
davrida turkologlar olimlar uning ijodini bir qancha sabablarga ko‘ra o‘rganmaganlar. Avvalo, P.
Safo “g‘oyaviy jihatdan noto‘g’ri” yozuvchi edi, chunki SSSRda hurmatga sazovor bo‘lgan
yana bir turk yozuvchisi Nozim Hikmat bilan ikkisi o‘rtasida ziddiyat yuzaga kelgan, bu ziddiyat
natijasida ular asarlarini o‘zaro tanqid qilishdan tortib bir-birini qarama-qarshi mafkuralarga
xayrixohlikda ayblashgacha borishgan. Turkolog olim N.A. Eyzenshteyn shunday yozadi: “30-
yillardagi Peyami Safo dekadent mafkurasining g‘ayratli targ‘ibotchilaridan biri edi. U o‘zini
realist deb atasa ham realizmga qarshi kampaniyaga qo‘shildi. Uning asarlariga "individual
shaxsga "ongsiz ta'sir ko‘rsatadigan" elita uchun adabiyot" deb baho berilgan. [1.33-b]
Bugungi kunda adabiy tanqidchilik realizmning “progressivligi”, modernizmning
“begonaligi” kabi iboralardan qochishga harakat qilmoqda. P. Safo asarlarini o‘qish bizga 20-
asrning birinchi yarmida Turkiya adabiy jarayonidagi chuqur oʻzgarishlarni tushunishga imkon
beradi, buning natijasida esa ancha keyin, 1980-yillarga kelib turk adabiyotida burilish yuz berdi.
Boshqa bir turkolog olim S.N. Uturgaurining fikricha: “... klassik tipdagi roman tuzilishi ularni
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
83
(yozuvchilarni) kamroq qiziqtiradi” [2.58-b] va shu sababli, masalan, adabiyotda Orxan Pamuk
kabi yozuvchilar paydo bo‘ldi. N.A Eyzenshteynning fikricha, P.Safaning ijodi qandaydir
ikkiyoqlamalik bilan ajralib turadi, uning romanlarida ham realistik, ham modernistik unsurlar
mavjud. Bu uning asarlari 19-asr oxiri - 20-asr boshlarida yozilganligi bilan izohlanadi. Bu davr
turk yozuvchilari Yevropa badiiy va falsafiy tafakkuri bir necha asrlar davomida erishgan
narsalarini qisqa muddatda o'zlashtirishlari kerak bo‘ldi. Bu esa asarlarga xos ma'lum bir
kollektivlik va eklektizm jihatini keltirib chiqardi, ularda davrga xoz tendensiyalar va
yo‘nalishlar elementlari o‘z aksini topdi.
Bundan tashqari, bu davrda G'arb va Sharq madaniyati va an'analari o'rtasidagi farq bu
madaniyatining tashuvchisi sifatida turklarning ichki ziddiyatlarida keskin namoyon bo'ldi,
chunki Turkiya Respublikasi tashkil etilishidan oldin turk jamiyatida (1923) hayotning ikkita
modeli amalda edi. Mamlakatda parallel ravishda, arab-musulmon falsafiy va madaniy
an'analariga asoslangan- an'anaviy va Evropa tajribasini namuna sifatida olgan yangicha yashash
modeli ko‘zga tashlanardi. Turk madaniyatida yuzaga kelgan bu ikkilik muammosi ham P.Safo
ijodida asosiy o‘rinlardan birini egallaydi.
Peyami Safo (1899-1961) 19-asr oxirida Istanbulda mashhur usmonli shoiri Ismoil Safo
oilasida tugʻilgan. O‘g'li tug‘ilgandan ko‘p o‘tmay Sulton Abdulhamid II Ismoil Safoni surgun
qilgan va ikki yildan so‘ng u surgunda vafot etadi. Shoir vafotidan keyin oilasi boquvchisiz
qolganidan tashqari, Peyami Safo kasallikka ham chalindi: to‘qqiz yoshida unga suyak sili
tashxisi qo‘yildi. Kasallik va oilasini boqish zarurati unga tizimli ta'lim olish imkoniyatini
bermadi. Biroq u bo'sh qolguncha o‘qidi. O‘n uch yoshida Peyami pochta va telegraflar
vazirligiga xodim bo‘lib ishga kirdi, u erda fransuz tilini o'rganishni boshladi va Birinchi jahon
urushi paytida u o‘qituvchi bo'lib ishladi. 1926-yildan boshlab jurnalist sifatida faoliyat yuritdi.
Ukasi Ilhomiy bilan birgalikda “Yigirmanchi asr” (turkcha “Yirminci Asir”) gazetasini nashr etib,
unda hikoyalarini chop etdi. Uning asarlari tez orada shuhrat qozondi. Ayniqsa, onasi Server
Bedia ismidan kelib chiqqan Server Bedi taxallusi bilan yozilgan bir qator detektiv hikoyalari
undagi qahramon Cingöz Recai sababli mashhur bo‘lib ketdi. U bir qator ilmiy maqolalar ham
yozdi.
Bundan tashqari, P. Safo “Madaniyat haftaligi” (Kültür haftasi, 1936) va “Turk tafakkuri”
(Türk Dü§üncesi, 1953-1960) nomli ikkita jurnalni nashr etdi, “G‘oyalar aksi” (Tasvir-i Efkar),
"Respublika" (Cumhuriyet), "Millat" (Milliyet), "Tarjimon" (Tercüman) gazetalari uchun
maqolalar yozdi, vafotiga qadar "So‘nggi xabarlar" (Son Havadis) gazetasining bosh muharriri
bo‘lib qoldi [3.26-b]. P. Safo maktab uchun yozilgan bir qancha grammatika darsliklari muallifi
ham edi [4.249-b].
Shunga qaramay, romanlari uning eng mashhur asarlari sanaladi, bular: "Ular begunoh qizlar"
(Sözde Qizlar, 1925), "To‘qqizinchi jarrohlikdagi palata" (Dokuzuncu Hariciye Kogu§u, 1930),
"Fatih - Harbiye”, 1931), “Mademuazel Noralya kursisi” (Matmazel Noralyaning Koltugu, 1949).
P. Safo asarlari nashr etilgan paytda ham, keyingi yillarda ham Turkiyada mashhur edi.
Yozuvchi bugungi kunda turk psixologik nasrining asoschilaridan va eng ko‘zga ko‘ringan
namoyandalaridan biri sanaladi. P.Safo ijodi haqida so‘z ketganda, unda bir tomondan, 20-
asrning birinchi yarmida Turkiyada adabiy jarayonning rivojlanishi va ikkinchi tomondan
yozuvchining ijodiy izlanishlari bilan bog‘liq bo‘lgan mavzu va g‘oyaviy xilma-xillikning
mavjudligini ta’kidlash zarur.
Asosiy qism:
Mashhur turk adabiy tanqidchisi Berna Moran o'zining "Turk romaniga
tanqidiy nuqtai nazar" (Türk Romanina Ele§tirel Bir Baki§, 1983) kitobining birinchi jildini P.
Safo ijodiga qaratar ekan, 1922-yildan to 1939-yilgacha bo‘lgan davrni alohida ta'kidlaydi.
O‘sha yillar asarlari, uning fikricha, keyingi davr romanlaridan (asosan, “Mademuazel Noraliya
kreslosi” va “Biz yolg‘izmiz” (Yalniziz, 1951) romanlaridan) ajratib turuvchi ayrim
xususiyatlarga ega. B.Moran ana shu xususiyatlarni belgilab, avvalo ulardagi G‘arb va Sharq
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
84
o‘rtasidagi qarama-qarshilik motiviga e’tibor qaratadi: “Peyami Safo o‘zining ilk romanlarini
yozar ekan, Istanbul va uning atrofida bir tomondan ildizidan uzilgan, ma’naviy buzuq, pul va
rohat uchun kun kechirgan insonlar, ikkinchi tomondan – jamiyatning islom an’analari asosida
tarbiyalangan, milliy-ma’naviy qadriyatlarga sodiq, vatanparvar va halol qatlami yashayotganini
ko’rdi. Bunday ikki xil tarzda yashayotgan insonlar qarashlarini yozuvchi G'arb va Sharq
o'rtasidagi ziddiyatda mujassam etgan holda tasvirladi” [5.167-b]. Keyinchalik turk tadqiqotchisi
bu toʻqnashuv P.Safo tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri emas, balki ishqiy munosabatlar kabi
allegorik tarzda taqdim etilishini qayd etadi [5.168-b]. Qoida tariqasida, uning o'sha davrdagi
romanlari syujeti qahramon, yosh, tajribasiz qiz qilish kerak bo'lgan qiyin tanlovga asoslanadi.
Tanlov ikki qahramon o‘rtasida bo‘lib, ularni B. Moran quyidagicha tavsiflaydi: “Halolligi
tufayli kun kechirishda qiynalayotgan mayda burjua ziyolisi sharqona tipdagi insonni ko’rsatib
bersa, aksincha, g'arbiy tip - bu Usmonli byurokratiyasining eng yuqori qatlamiga mansub,
xalqdan ajralgan zodagon oilaning farzandi yoki savdogar chayqovchilar qatlamining vakili
sifatida gavdalanadi" [5.169-b]. B.Moranning g‘oyasini rivojlantirar ekanmiz, muallif rejasiga
ko‘ra, bunday sevgi uchburchagi Turkiya Respublikasi tashkil topishining dastlabki yillarida
amalga oshirishga majbur bo‘lgan tanlov ramzi ekanligini tasavvur qilish mumkin. Shuni ham
ta'kidlash joizki, yozuvchi "To'qqizinchi jarrohlikdagi palata" romanidan tashqari, ijtimoiy
ziddiyat asosida qurilgan, o'sha davrning boshqa asarlarida qahramon sharqona tipdagi olijanob
ziyolini tanlaydi.
Yozuvchi ijodidagi bu motivning ahamiyatini B. Moran yana bir bor shunday ta’kidlaydi:
“Syujetdagi bunday tuzilish Peyami Safo tomonidan 1939-yilgacha yozilgan barcha romanlarda
takrorlanadi”. [5.168-b].
Ushbu maqolada o‘rganish obyekti bo‘lgan “To‘qqizinchi jarrohlikdagi palata” romani ham
mavzu jihatidan, ham badiiy-uslubiy xususiyatlari bilan yozuvchi asarlaridan ajralib turadi.
Ushbu qisqa avtobiografik asar keyinchalik uning boshqa romanlarida ilgari surilgan
g'oyalarning butun majmuasini aks etdiradi.
Bizningcha, roman nomini “To‘qqizinchi jarrohlik bo‘limidagi palata” yoki qisqasi,
“To‘qqizinchi jarrohlikdagi palata” deb tarjima qilish kerak. Bu romanning hajmi P. Safoning
boshqa romanlari bilan solishtirganda ham kichik, uni hikoya deb atash mumkin. Roman syujeti
tashqi dinamikadan xoli. Bu asar oyoq bo'g'imidagi noma'lum kasallikdan aziyat chekkan,
kambag'al oiladan chiqqan o'n besh yoshli o’smir hayotining bir necha oylarini qamrab oladi.
Vaqt o'tishi bilan kuchayib boruvchi kasallik qahramonni ruhiy tushkunlik holatiga soladi. U
kuniga bir necha soat kasalxonalarda yotadi, ammo hech kim unga aniq tashxis qo‘ya olmaydi.
Shunga qaramay, barcha shifokorlar amputatsiya qilinishi mumkinligi haqida gapirishadi. Bu
haqida onasini imkon qadar uzoq vaqt xabardor qilmaslik uchun qahramon o‘zining uzoqdagi
badavlat qarindoshi Poshoning uning xonadonida bir muddat yashash taklifini qabul qiladi va
shaharning kambag'allar mahallasidan Istanbul markaziga ko‘chib o'tadi. Biroq, bu harakat uning
jismoniy yoki ruhiy azoblarini yengillashtirmaydi, chunki bu yerda u oshiq bo'lgan Poshoning
qizi Nyuzxet bilan yana uchrashadi. Shu orada shifokorlar to'qqizinchi jarrohlikda unga
davolanish uchun palata topadilar, ammo bu ham unga taskin bermaydi. Bundan tashqari, tez
orada Pasha qizi Nyuzxetni shifokor Ragipga turmushga bermoqchiligi ma'lum bo'ldi. Qahramon
o'zining, kambag'al, kasal holida turmush qurish imkoniyati yo'qligini aniq tushunadi. Qolaversa,
tushlik paytida u doktor Ragip bilan turk madaniyatiga chet elning haddan tashqari ta’siri va
xavf-xatarlari to‘g‘risida bahslashadi, bu esa Poshoga yoqmaydi. Qahramon ko’shkda boshqa
qolishi mumkin emasligini tushunib, ketishga qaror qiladi. U uzoq vaqt yuradi, bu tez orada
kasallikning kuchayishiga olib keladi. Qahramon to'qqizinchi jarrohlikga olib borilgach
operatsiya davomida shifokorlar nogiron bo'lib qolsa ham, uning oyog'ini amputatsiyadan saqlab
qolishga muvaffaq bo'lishadi. O‘ziga kelgan yigit kasalxonada o‘tkazgan vaqtlarida Nyuzxet va
doktor Ragipning unashtirilishi hali bo‘lmaganligini va shol bo‘lgan Posho o‘limidan oldin
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
85
yozgan maktubda uni yana o‘z uyiga taklif qilganini biladi. Asarning syujeti shu shaklda bo‘lib
uning nima bilan yakunlangani aniq emas.
Asar voqealari Birinchi jahon urushi paytida, 1915-yilda Istanbulda sodir bo‘ladi. Biroq,
urush faqat hikoya uchun fon sifatida namoyon bo‘ladi va yozuvchiga qo'shimcha psixologik
effekt yaratishga yordam beradi. Asarda qahramonlar ko‘p emas: markaziy o‘rinni qahramon,
o‘n besh yoshli bola egallaydi, uning ismi aytilmaydi. Voqealar uning tilidah hikoya qilinadi,
uning so‘zlaridan o'quvchi sodir bo‘layotgan hamma narsa haqida ma'lumot oladi. Shu bilan
birga, qahramon tashqi kuzatuvchi emas: u doimo o‘zi bilan bevosita bog‘liq bo'lgan voqealarda
shaxsan ishtirok etadi yoki guvohi bo‘ladi.
Asar voqealari uchta joyda bo‘lib o‘tadi: shahar chetidagi qahramonning uyida, Poshoning
uyida va kasalxona bo‘limida. Asarda psixologik romanning belgilaridan biri deb sanaladigan
o‘sha "yopiq makon" bor. Biroq, ma'lum vaqtlarda voqealar binolardan shahar ko‘chalariga,
qasr bog‘iga, kasalxona hovlisiga va hokazolarga ko‘chaadi.
Xulosa qismi:
Peyami Safo ushbu roman uchun tanlagan kundalik shakli nafaqat
qahramonning ichki dunyosini chuqurroq ochishga hissa qo‘shadi, balki o‘quvchiga dunyoga
uning nigohi bilan qarash imkonini beradi. Hikoyachi keraksiz tushuntirishlarga murojaat qilishi
shart emas va sodir bo‘layotgan hamma narsani tabiiyroq idrok etiladi. Garchi voqealar
yigirmanchi asrning birinchi yarmida yuz berayotgan bolsa-da, turk adabiyotida kundalik roman
hikoya qilishning keng tarqalgan shakli emas, lekin yangilik ham emas edi.Shu o‘rinda Reshad
Nuri G‘untekinning eng mashhur turk romanlaridan biri “Choliqushi” (Chalikuçu, 1922)
kundalik shaklida yozilganini eslash joiz.
Yozuvchi va romandagi qahramon hayotidagi voqealarni solishtirsak, Peyami safo ham
sakkiz yoshidan beri og‘ir xastalikdan aziyat chekganini, ko‘plab tekshiruvlardan so‘ng suyak
sili tashxisini qo‘yishganini, va shunga qaramay, u amputatsiya oldini olinganini ta’kidlash
mumkin. Qahramonning ruhiy holati, boshidan kechirgan tuyg‘ulari yozuvchinikiga juda yaqin.
Umuman olganda, P.Safo kiritgan mavzu va tasvirlar o‘sha davr turk adabiyoti uchun yangilikdir.
Tavsiflash texnikasiga kelsak, bu erda muallif ko'proq an'anaviy uslublarga amal qiladi, faqat bir
qator hollarda modernistik uslubdan foydalanadi.
Asarning boshlanishi va oxiridagi umumiy g‘oya bir-birini deyarli takrorlaydi. Bu esa
romandagi kundalik shakli mohiyatan shartli ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.Biroq,
qahramondan ko‘ra yozuvchining o‘zi uchun muhimroq bo‘lgan yana bir xususiyatni ko‘rish
mumkin. Biz dard chekayotgan odamning hayoti, yashash tarzi kabi mavzu qaysidir ma'noda
Peyami Safo uchun ham eng muhim narsaga aylanganini ko‘ramiz Har holda, qolgan hamma
narsa - sevgi liniyasi, Sharq va G‘arb o‘rtasidagi ziddiyat, Birinchi jahon urushi - aniq ikkinchi
va hatto uchinchi planda deyishimiz mumkin Dard chekayotgan qahramonning o‘ziga xos
xususiyatlarini tushunish muallifning bu romanni yozishdan asosiy maqsadidir. Bu, bizning
fikrimizcha, "To‘qqizinchi jarrohlikdagi palata" romanidagi modernistik jihat sanaladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
:
1.
Akfay. Y. Peyami Safa'ya Göre Türk Dili (Türkfenin Sorunlan / Qözüm Önerileri) //
Dumlupinar Üniversitesi Sosyal Bilimler Dergisi. Sayi 13. Kütahya. 2005. — S. 245—254.
2.
Айзенштейн Н.А. Из истории турецкого реализма. Заметки о турецкой прозе (70-е
годы XIX в. — 30-е годы ХХ в.). М.: «Наука», Главная редакция восточной литературы,
1968. — С. 131—134.
3.
Утургаури С.Н. Роман в современной литературе Турции // Современные
литературы стран Азии и Африки. Типологические признаки национальных и
межнациональных литературных систем. М.: «Наука», Главная редакция восточной
литературы, 1968. — С. 47—58.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
86
4.
Hizlan D. Cornerstones of Turkish Literature. ist.: Ofset Yapimevi, 2008. — 204 s.
5.
Hamidov, X. (2024). Turk tili frazeologiyasi va o ‘zbekcha-turkcha tarjima
masalalari.
Monografiya), Publication date
,
1
, 232.
6.
Хамидов, Х. (2020). Проблема выбора слов в художественном переводе (на
примере турецкого перевода романа «Мировые дела»).
Восточный факел
,
2
(2), 117-126.
7.
Hamidov, X. (2022). TURKCHA MAROSIM NOMLARI VA ULARNING
TARJIMASIGA DOIR.
Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social
sciences
,
2
(Special Issue 28), 230-237.
8.
Hamidov, X., & Rasulova, K. (2023). OYBEKNI TURKCHA “SO ‘ZLATGAN”
IJODKOR.
Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
,
3
(23),
165-162.
9.
Moran B. Türk Romanina Ele§tirel Bir Baki§. Cilt 1: Ahmet Mithat'tan Ahmet Hamdi
Tanpinar'a. ist.: ileti§im Yayinlari, 1998. — 336 s.
10.
Mahamadjon Pulatbayevich Aripov. (2024). MEANING PHENOMENA IN TURKISH
WISHES / GREETINGS / PRAYERS.
International Multidisciplinary Journal for Research &
Development
,
11
(12). Retrieved from https://www.ijmrd.in/index.php/imjrd/article/view/2315