Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanishi va salomatligini mustahkamlash bo‘yicha ilmiy yondashuvlar hamda innovatsion metodlar yoritiladi. Harakat faolligi, sport mashg‘ulotlari, sog‘lom ovqatlanish va chiniqtirish usullari bolalarning jismoniy rivojlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada jismoniy mashqlarni individual yondashuv asosida tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.