Авторы

  • Uralov Dilshodbek
    Alfraganus universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi v.b. dotsenti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ifx.83156

Ключевые слова:

axloq ta’lim-tarbiya ruhiy tarbiya komil inson kamolot mutafakkir alloma faylasuf.

Аннотация

Mazkur maqolada Sharq va G‘arb ilm-fani rivojiga katta hissa qo‘shgan, faylasuf, olim, mutafakkir, Sharq Uyg‘onish davrining paydo bo‘lishida katta ahamiyat kasb etadigan Abu Ali ibn Sinoning ta’lim-tarbiya va axloqiy qarashlari haqida ma’lumot berilgan.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

51

IBN SINONING AXLOQIY QARASHLARI

Uralov Dilshodbek

Alfraganus universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi v.b. dotsenti

Tel: + 998 88 108 07 37

e-mail: duralov589@gmail.com

Orcid.org/0009-0006-6318-6000

Annotatsiya:

Mazkur maqolada Sharq va G‘arb ilm-fani rivojiga katta hissa qo‘shgan, faylasuf,

olim, mutafakkir, Sharq Uyg‘onish davrining paydo bo‘lishida katta ahamiyat kasb etadigan Abu

Ali ibn Sinoning ta’lim-tarbiya va axloqiy qarashlari haqida ma’lumot berilgan.

Kalit so‘zlar:

axloq, ta’lim-tarbiya, ruhiy tarbiya, komil inson, kamolot, mutafakkir, alloma,

faylasuf.

Аннотация:

В данной статье представлена ​ ​ информация о просветительских и

нравственных взглядах Абу Али ибн Сины, который внес большой вклад в развитие

восточной и западной науки, был философом, учёным, мыслителем и сыграл большое

значение в зарождении Восточного Возрождения.

Ключевые слова:

нравственность, образование, духовное воспитание, совершенный

человек, зрелость, мыслитель, учёный, философ.

Abstract:

This article provides information about the educational and moral views of Abu Ali

ibn Sina, who made a great contribution to the development of Eastern and Western science, was

a philosopher, scientist, thinker and played a great role in the emergence of the Eastern

Renaissance.

Key words:

morality, education, spiritual upbringing, perfect man, maturity, thinker, scientist,

philosopher.

Ibn Sino ham boshqa mutafakkirlar kabi o‘zining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarini ijtimoiy-

falsafiy qarashlari bilan bog‘liq holda ifodalagan, maxsus risolalarda talqin etgan. Abu Ali ibn

Sino kamolotga erishishning birinchi mezoni sanalgan ma’rifatni egallashga da’vat etadi. Chunki

ilm-fan insonga xizmat qilib, tabiat qonunlarini ochib avlodlarga еtkazishi kerak. Bu maqsadga

еtishish uchun inson qiyinchiliklardan qo‘rqmasligi zarur, deydi. “Ey birodarlar! Odamlarning

botiri mushkulotdan qo‘rqmaydi. Kamolot hosil qilishdan bosh tortgan kishi odamlarning eng

qo‘rqog‘idir”. Zero, ma’rifatli kishi jasur, o‘limdan ham qo‘rqmaydigan, faqat haqiqatni bilish

uchun harakat qiladigan bo‘ladi, deydi u fikrini davom ettirib

1

.

Bilimsiz kishilar johil bo‘ladi, ular haqiqatni bila olmaydilar, deb ularni еtuk bo‘lmagan kishilar

qatoriga qo‘shadi. Bunday kishilardan ilmiy fikrlarni sir tutish kerakligini ta’kidlaydi. U

haqiqatni bilish uchun bilimga ega bo‘lish kerakligi, lekin har qanday bilim ham haqiqatga olib

kelmasligi, inson o‘z bilimining haqiqiyligini bilishi uchun mantiqni ham bilishi zarurligini

o‘qtiradi. Ibn Sinoning ta’lim metodlari haqidagi ta’limoti asosida ham bilimlarni egallashda

mantiqiy tafakkurga, shaxsiy kuzatish va tajribalarga tayanish kerak degan g‘oya yotadi.

Ibn Sino ta’lim-tarbiya va axloqqa oid bir necha asarlar yaratgan: “Tadbir al-manozil” (“Turar

joyni boshqarish choralari”), “Risola fi ilm al-axloq” (“Axloqqa oid risola”), “Risola fi al-ahd”

(“Burch haqida risola”), “Risola fi tazkiyat an-nafs” (“Nafsni pokiza tutish to‘g‘risida risola”),

1

Jonmatova X. Abu Ali Ibn Sino ta’lim tarbiya to‘g‘risida. - T.: O‘zbekiston, 1980. 8-b.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

52

(Siyosat al-badan”), (“Badanni boshqarish”), (“Kitob al-ansof (“Adolat haqida kitob”). “Al-

urjuza fit-tibb” (“Tibbiy urjuza”). Mazkur asarlarning bugunga qadar barkamol avlodlarimizni

ta’lim va tarbiyasida, ularni zamon talablariga javob bera oladigan dono, bilimli va kuchli

bo‘lishlarida ahamiyati beqiyos.

Chunonchi, olim “Tadbir al-manozil” (“Turar joyni boshqarish choralari”) degan asarida

odamlarning oila qurishi to‘g‘risidagi masalaga oid o‘z mulohazalarini bayon etadi. Bundan

tashqari, Ibn Sino axloqqa tegishli “Yaxshilik va yomonlik” degan asar ham yozgan. Bu asar

haqida olim o‘z tarjimai holida eslab o‘tadi. Lekin bu kitob bizgacha yetib kelmagan bo‘lsa

kerak, chunki bu kitob olim tomonidan taqdim qilingan kishining o‘zidagina bo‘lishi

ta’kidlangan edi. Ibn Sinoning o‘zi ham o‘sha paytda uning asrlar osha olmasligini payqagan

shekilli, bu haqda tarjimai holida shunday deb yozadi: “Abu Bakr al-Barqiy degan Xorazmda

tug‘ilgan bir qo‘shnim bor edi, o‘z tabiati bilan u kishi faqih – qonunshunos bo‘lib, tafsir va

porsolikda yagona edi

2

.

Shu kishi mendan kitoblarga sharh yozib berishimni so‘radi. Men unga yigirma jildcha keladigan

“Hosil va mahsul” degan kitob yozib berdim. Bundan tashqari, unga axloqqa tegishli bir kitob

ham yozib taqdim etdim. Kitobning nomini “Kitob al-birr va – l-ism” (“Yaxshilik va yomonlik

kitobi”) deb qo‘ydim.Bu ikki kitob undan boshqada yo‘q.U ikkovidan nusxa olish uchun hech

kimga bermagan ham”.

Ibn Sinoning axloqqa doir yana bir risolasi “Tibbiy poemasi” she’riy tarzda yozilgan bo‘lib,

uning bir qo‘lyozma nusxasi Toshkentda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik

institutida (inv №300816) mavjud bo‘lib, bu asar dastlab 1936 - yili turk olimi Sharofiddin

Yaltkaya tomonidan turk tiliga tarjima etilgan. 1956- yilda esa Jazoir universitetining professori

Nuriddin Abdulqodir bilan fransuz olimi Henri Jae tomonidan Parijda fransuz tiliga o‘girilgan

tarjimasi bilan arabcha matni – teksti chop etildi. Olim A.E.Shlionskiy Dushanbeda bu asar

asosida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlab, uni ruschaga tarjima qilib, ba’zi qismlarini jurnal va

to‘plamlarda nashr etdi.

1972- yilda, o‘zbek sharqshunos olimi Shoikrom Shoislomov uni tahlil va nasriy tarjima qilib,

O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi nashriyotida o‘zbek tilida chop etdi hamda bu asar asosida

nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Asar 1326 baytdan iborat bo‘lib, bunda Ibn Sino

tibbiyotning turli-tuman sohalariga to‘xtaladi va insonga eng zarur bo‘lgan tibbiy maslahat va

yo‘riqnomalarni bayon etadi

3

.

Asarda muallif ovqatlanish va uxlash gigienasi, nafsoniy kayfiyatlar, sog‘liqni saqlash haqida

inson organizmi uchun iste’mol qilinishi lozim bo‘lgan narsalar haqida, ichimlik suvlar,

ichkiliklar, badan tarbiya haqida, issiq va sovuq paytda safarda qilinadigan ishlar haqida, bolalar

tarbiyasi, bolaning tug‘ilishi va go‘dakligi haqida, dori-darmonlarni ishlatish haqida bahs

yuritadi.

Ibn Sinoning “Al-urjuza fi-t-tibb” (“Tibbiy urjuza”) dostoni uning tibbiy asarlari ichida “Tib

qonunlari”dan keyingi o‘rinda turuvchi eng mashhur asaridir. Mazkur doston arab tilida rajaz

uslubida yozilgan bo‘lib, hajmi nisbatan kichik bo‘lishiga qaramasdan (2644 qator), tibbiyot

haqidagi ta’limotni butunlay o‘zida mujassam etgan. Kitob tibbiyotni o‘rganuvchilar uchun

darslik sifatida mo‘ljallangan edi (she’rlarni eslab qolish osonroq bo‘lganligi tufayli, darsliklar

ko‘proq she’riy shaklda yozilar edi).

Shuningdek, asarda axloq-odob, vafo va sadoqat kabi insoniy ziynatlarga e’tibor qaratilgan. Ibn

Sino ushbu didaktik dostoniga yozgan muqaddimasida: “Men unga mukammal libos kiydirdim

2

Baratov M. Abu Ali Ibn Sino – buyuk mutafakkir. -T.: Fan , 1980. 19-b.

3

Jonmatova X. Abu Ali Ibn Sino ta’lim tarbiya to‘g‘risida. - T.: O’zbekiston, 1980. 12-b.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

53

va go‘zallik chakmoniga o‘ralganini ko‘rib, o‘zim ham undan shodlandim”, — deydi. “Go‘zallik

chakmoni” – bu asarning mazmunini belgilab beruvchi she’riy shakldir. Shu bois, “Urjuza” o‘rta

asr tibbiyotining o‘ziga xos “Va de mecum” i (aynan “men bilan yur”), ya’ni yetakchisi bo‘lib

qoldi. Keyingi asrlardagi yirik olimlar ham musulmon olamida “Urjuza”ning juda

ommaviylashib ketganligi bilan hisoblashishga majbur bo‘lganlar. “Urjuza”ga ko‘plab sharhlar

bitilgan va uni qayta-qayta jahonning ko‘plab tillariga tarjimalar qilingan. Sharhlovchilardan Ibn

Rushdni, hamda “Urjuza”ni o‘ta qadrlab, uni “fanning barcha negizlarini o‘z ichiga oladi va

butun bir kitoblar kolleksiyasidan-da ortiqroq turadi”, — deb bilgan Muhammad ibn Ismoilni

alohida ta’kidlab o‘tish lozim

4

.

“Tibbiy urjuza”ning yozilish sabablari haqida Ibn Sino shunday yozadi: “Men ba’zi

mamlakatlarda tib san’ati tabiblarning birlashishiga emas, balki kasalxonalar va maktablarda

ularning orasida o‘zaro bahs va munozarani vujudga keltirganini ko‘rdim. Men o‘z ilmiy

jamoasini boyita olishga qodir bo‘lmagan insonlarni ko‘rdim: kasalxona, maktab – uning qonun-

qoidalari haqida hech qanday tasavvurga ega bo‘lmagan insonlarni, biron-bir axloqiy asosdan

mahrum, tibbiy bilimlarini rivojlantirmasdan yurgan, uni yetarli darajada o‘rganmagan insonlarni,

biror poydevorga ega bo‘lmagan bilimlari bilangina harakat qilayotgan va o‘zlarini ustoz deb

hisoblagan insonlarni ko‘rdim”.

Ibn Sinoning “Axloq haqida risola” asarining qo‘l yozmalaridan biri O‘zbekiston Fanlar

Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomli Sharqshunoslik institutining kitob fondida (2385

raqamda XXVI) mavjud bo‘lib, bu asar 1908- yili Misrda Ibn Sinoning “Hikmat va tabiatga oid

to‘qqiz risolasi” kitobi ichida (152-156-betlar) nashr qilingan. Ikkinchi marta bu risola 1910 yili

Misrda arab olimi Muhyiddin sabriy Qudriy tomonidan “Risolalar majmuasi” (“Majmuat ar-

rasoil”) asari ichida (192-203-betlar) chop etilgan.

5

U fan va ma’rifat bayrog‘ini yuqori ko‘tarib chiqqan peshqadam mutafakkir bo‘lganligidan,

musulmon kishi mavjud bilimlarni egallagandagina haqiqiy musulmon bo‘la oladi, deb tushunadi.

Bu bilan u din peshvolarining dunyoda faqat toat-ibodat bilan shug‘ullanish kerak, bu dunyo-

vaqtincha dunyo, degan bo‘lmag‘ur fikrlariga qarshi chiqadi. Bu jaholatparastlarga qarshi Ibn

Sino otashin satrlar yozadi.

Meni

kofir

etmak

emasdir

oson.

Hammadan

mahkamroq

mendagi

imon.

Yuz

yilda

bir

kelur

men

kabi

inson,

Demak, bu dunyoda yo‘q bir musulmon.

6

Satrlarda o‘z ifodasini topgan so‘zlar ma’nosidan ma’lumki, mutafakkir olim jaholat ahliga

qarshi har doim ilm-fan bayrog‘ini dadil tuta olgan edi. Shuning uchunam , balki bugungi kunda

Ibn Sino ismini eshitgan har bir xalq, xoh u o‘zbek bo‘lsin, xoh boshqa millat vakili bo‘lsin,

allomaga nisbata hurmat tuyg‘usi bilan munosabatda bo‘ladi. Sababi mutafakkir tomonidan

yaratilgan asarlar asrlardan beri ilm ahli uchun o‘chmas bir bebaho xazina sifatida qadrlanib

kelmoqda.

Xulosa

qilib aytadigan bo‘lsak, birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’biri bilan

aytganda,“Islom olamining eng mashhur faylasufi va qomusiy allomasi hamda insoniyatning eng

4

Irisov A . Ibn Sino – ma’rifatparvar adib. -T.: Qizil O‘zbekiston, 1962. 45-b.

5

Jonmatova X. Abu Ali Ibn Sino ta’lim tarbiya to‘g‘risida. T.: O‘zbekiston, 1980 12-b

6

Irisov A. Ibn Sino – ma’rifatparvar adib. -T.: O‘zbekiston , 1980. 9-b


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

54

buyuk mutafakkirlaridan biri” degan unvonga sazovor bo‘lgan Abu Ali ibn Sinoning hayoti va

faoliyati avlodlarda alohida g‘urur va ehtirom tuyg‘ularini uyg‘otadi. Ilmiy tadqiqot ishlarini 16

yoshida boshlagan bu ulug‘ zot o‘z umri davomida 450 dan ortiq asar yaratdi. Ularning

aksariyati avvalo tibbiyot va falsafa, shuningdek, mantiq, kimyo, fizika, astronomiya,

matematika, musiqa, adabiyot va tilshunoslik sohalariga bag‘ishlangan. Leonardo da Vinchi,

Mikelanjelo, Frensis Bekon va boshqa ko‘plab olimlar avlodi uning asarlarini o‘qib, hayratga

tushganlar.

Biz doim g‘urur va iftixor bilan e’tirof etamizki, tibbiyot tarixida eng mashhur bo‘lgan, “Tib

qonunlari” deb atalgan o‘zining bebaho fundamental asari bilan Ibn Sino keyingi bir necha yuz

yillar uchun tibbiyot fanlari taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini oldindan belgilab berdi,

hozirgi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan amaliy tibbiyot va farmakologiya sohalarining

eng muhim usullariga asos soldi. Bejiz emaski, bu kitob Yevropada XV asrda chop etilgan

dastlabki kitoblardan biri bo‘lgan va Yevropaning yetakchi universitetlarida qariyb 500 yil

davomida tibbiyot ilmi ayni shu asar asosida o‘qitib kelingan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Jonmatova X. Abu Ali Ibn Sino ta’lim tarbiya to‘g‘risida. T.: O‘zbekiston, 1980

2. Baratov M. Abu Ali Ibn Sino – buyuk mutafakkir. -T.: Fan , 1980.

3. Р.Мусурмонов Взгляды восточных мыслителей на воспитание ребёнка и семейные

отношения в узбекских семях / Вестник науки и образования 2020. № 4 (82). Част 1

Российский импакт-фактор: 3,58 Научно-методический журнал.

4. Irisov A. Ibn Sino – ma’rifatparvar adib. -T.: O‘zbekiston , 1980.

5. Toshboeva Uljomol Abdurasulovna. Abu Ali Ibn Sinoning pedagogik g‘oyalari Zamonaviy

dunyoda ilmiy tadqiqotlar: nazariya va amaliyot/ ilmiy anjuman materiallari.

6. Abdurashidovna, S. D. (2023). Sohibqiron amir temur merosini o‘rganish–milliy

taraqqiyotimiz omili. ijodkor o'qituvchi, 3(28), 341-344.

Библиографические ссылки

Jonmatova X. Abu Ali Ibn Sino ta’lim tarbiya to‘g‘risida. T.: O‘zbekiston, 1980

Baratov M. Abu Ali Ibn Sino – buyuk mutafakkir. -T.: Fan , 1980.

Р.Мусурмонов Взгляды восточных мыслителей на воспитание ребёнка и семейные отношения в узбекских семях / Вестник науки и образования 2020. № 4 (82). Част 1 Российский импакт-фактор: 3,58 Научно-методический журнал.

Irisov A. Ibn Sino – ma’rifatparvar adib. -T.: O‘zbekiston , 1980.

Toshboeva Uljomol Abdurasulovna. Abu Ali Ibn Sinoning pedagogik g‘oyalari Zamonaviy dunyoda ilmiy tadqiqotlar: nazariya va amaliyot/ ilmiy anjuman materiallari.

Abdurashidovna, S. D. (2023). Sohibqiron amir temur merosini o‘rganish–milliy taraqqiyotimiz omili. ijodkor o'qituvchi, 3(28), 341-344.