ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
32
AKVARELNING BADIIY IFODA IMKONIYATLARI
Fayzullayeva Dilnavoz Jahongir qizi,
Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi 2-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada akvarel texnikasi haqida umumiy tushunchalar, shuningdek,
uning tasviriy san’atdagi badiiy ifoda imkoniyatlari keng yoritilgan. Akvarel san’atining
o‘quvchilarda estetik did, sabr-toqat, kuzatuvchanlik va hissiy ifodani shakllantirishdagi roli
alohida ta’kidlanadi.
Kalit so‘zlar:
akvarel, rangtasvir, alla prima, lessirovka, mozaika usuli, effekt, rang, tus.
Tasviriy san’at yo‘nalishi ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari uchun akvarel texnikasida
ishlashni o‘rganish jarayoni muhim bosqich hisoblanadi. Akvarel rangtasviri yordamida
rangtasvir qonunlarini amaliy o‘rganishning dastlabki bosqichlari amalga oshiriladi. Akvarel
bilan ishlash murakkab, xilma-xil, qiziqarli va o‘quvchilarni o‘qitishda muhim vosita hisoblanadi.
Bo‘yoqlarning shaffofligi akvarelning o‘ziga xos xususiyati va afzalligidir, bu texnika bilan oq
bo‘yoqdan foydalanmasdan ham ishlash mumkin. Oq qog‘ozning sofligining o‘zi bo‘yoq
qatlamlari orasidan o‘tadigan ajoyib nurdir. Kerakli rangni palitradagi bo‘yoqlarni aralashtirib
ham, ularni qog‘ozda ustma-ust qo‘yib ham hosil qilish mumkin. Akvarel bo‘yoqlarining asosiy
afzalligi shundaki, ular bilan ishlash orqali rangning nihoyatda tiniq va toza bo‘lishiga erishish
mumkin. Akvarel bo‘yoqlarining o‘ziga xosligi shundaki, ularda rang bilan ishlashning boy
imkoniyatlari mavjud, rangni qo‘yish mumkin va u orqali qog‘oz yorishadi, lessirovkalar bilan
ishlash mumkin va bir rang ikkinchisi orqali yorishadi, rangni bir necha marta qo‘yib, uni qayta
qoplash orqali kuchaytirish mumkin. Akvarel ko‘zning o‘tkirligini, qo‘lning dadilligi va
jasoratini, go‘zallik tuyg‘usini rivojlantirishga yordam beradi. Biroq, akvarel texnikasi juda
ehtiyotkorlik, sabr-toqat va chidamni talab qiladi, chunki akvarel bo‘yog‘ining noto‘g‘ri
qo‘yilgan izini tuzatish nihoyatda mushkul. Rassom ishni boshlashdan avval nafaqat to‘g‘ri
chizilgan rasmni tayyorlashi, balki bo‘yoqlarni qanday qo‘yishni, butun varag‘ini, ish
jarayonining barcha bosqichlarini puxta o‘ylab olishi lozim. Ishlash paytida yorug‘likni saqlab
qolish juda muhim, aks holda asar o‘zining akvarelga xos yengilligi va havoyiligini yo‘qotadi.
Shuni yodda tutish kerakki, har bir, hatto eng nozik bo‘yoq qatlami ham butun rangtasvir
asarining mohiyatiga ta’sir ko‘rsatadi.
Akvarelda ishlashning uch xil usuli mavjud. Birinchisi, ko‘p qatlamli usul bo‘lib, bunda dastlab
bo‘yoqlar bilan juda yengil, asl nusxaga qaraganda ancha kuchsiz va shaffofroq umumiy qatlam
yaratiladi. So‘ngra, oldingi qurigan qatlamga lessirovka usulida keyingi bo‘yoq qatlamlarini
qo‘shib, asta-sekin rangni kuchaytirish mumkin. Ikkinchisi, alla prima usuli bo‘lib, bunda bo‘yoq
qog‘ozga bir qatlamda surtiladi va kerakli miqdordagi bo‘yoq birdaniga mo‘yqalamga olinadi.
Uchinchisi esa nam qog‘ozda ishlash usuli bo‘lib, bunda surtmalar biroz yoyilib ketadi va bir-
biriga qo‘shilib, aniq chegaralarini yo‘qotadi.
Ko‘pincha ular aralash texnikada birgalikda ishlatiladi. Mozaika usulida yozish usuli ham
mavjud bo‘lib, unda rassom mayda bo‘yoqlar bilan naturadagi narsalarning shaklini quradi, har
bir bo‘yoqda rangni aniqlashtiradi va boyitadi. Akvarel texnikasidagi mozaika usuli ijodiy
nuqtayi nazardan juda qiziqarli, ammo uni faqat rangtasvirda ishlashda katta tajribaga ega
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
33
bo‘lgandagina mukammal egallash mumkin, chunki shaklning turli qismlari ustida mayda
bo‘yoqlar bilan ishlaganda, rassom doimo naturadagi katta rang va tus munosabatlarini e’tiborda
tutadi, ya’ni yaxlit ko‘rishni mukammal egallaydi.
Agar ketma-ket yozish usulida rassom asta-sekin ketma-ket bir necha bo‘yoq qatlamini surtsa,
texnika quruq yuza bo‘ylab bir qatlamda ishni bir seansda, birinchi surtishdan tugatish imkonini
beradi. Tabiatning tez o‘zgaruvchan hodisalarini ifodalash uchun akvarel bilan bir qatlamda
yozish usuli eng mos keladi. Lekin u butun ishning borishini ayniqsa ustalik bilan taqsimlashni,
mo‘yqalamni bexato ishlatishni talab qiladi. Bir qatlamli yozuvda akvarel rangtasviri rassomdan
akvarel dog‘ini tushirishda ishonchli qo‘l mahoratini talab qiladi.
Nam holatda ishlash ijodiy va qiziqarli yozish usullaridan biridir. Bunday usulda ishlash orqali
rassom akvarel bo‘yoqlarining harakatchanligi sehriga g‘arq bo‘ladi, asarda tuman, yomg‘ir,
rejalarning silliq o‘tishlarini ifodalash imkonini beradi.
Akvarel ikki xil usulga bo‘linadi: 1. Ingliz usuli (texnikasi)- namlangan qog‘ozga rangtasvir
chiziq qismlarini umumiy quyuq tus berib bo‘yaladi va yorug‘liklar mo‘yqalam yordamida
yuviladi. 2. Italyancha usul – quruq qog‘ozga bo‘yoqning ustma-ust ko‘p qatlamli ishlash oqrali
erishiladi.
Nam va quruq usullarni birlashtirish ko‘p yillar oldin ingliz akvarelchilari va rus
ustalari tomonidan keng qo‘llanilgan. Ular tasvirning eng katta yaxlitligiga erishish uchun nam
yuza bo‘ylab yozishdan foydalanib, uni quruq yuzada mashq qilishgan.
Oldindan namlangan qog‘ozga akvarel bilan bo‘yash jarayoni nam rangtasvir deb ataladi.
Bo‘yoqlar turli yo‘nalishlarda yoyilib ketadi va yonma-yon qo‘yilgan bo‘yoqlar bilan aralashib,
noaniq, xira konturlarga ega bo‘ladi. Ushbu texnika yordamida juda qiziqarli effektlarga erishish
mumkin. Undan tuman, tong, shom va bulut bilan qoplangan osmonni tasvirlash uchun, ya’ni
atmosfera effektlarini uzatish zarur bo‘lgan hollarda foydalanish mumkin.
Suv bo‘yoqda yana bir ishlash usuli bu «ho‘l» holatdir. Bu usulda ranglar bir-biriga qo‘shilib,
kutilmagan ajoyib ranglar paydo bo‘ladi. Bu usulda ishlash uchun avvalo qog‘oz ho'llaniladi,
uning tez qurib qolmasligi uchun tagiga ho‘l karton qo‘yiladi. Bu esa o‘z tomonida ishni ranglar
bilan tuzatish, bir tondan ikkinchi tonga sekin o‘tish, och tonga qo‘shimcha rang qo‘shib uni
kuchaytirish, juda to‘q joylarni ochaytirish, ortiqcha ranglarni quruq cho‘tkada olish imkonini
beradi. Suv bo‘yoqda ishlash aniq chizmani va bu bo‘yoqda ishlashni takomil bilishni talab
qiladi.
Unda quruq mazoklarda ishlab bo‘lmaydi. Ranglarning bir-biriga qo'shilib ketgan joylarini
tuzatib bo‘lmaydi. Shuning uchun “ho‘l” texnikada ishlash deyiladi, chunki qog‘ozning bir xil
ho‘lligini saglash qiyin.
Ho‘l qog‘oz ustiga ho‘l qilib ishlash akvarel bilan ishlashning juda qiziqarli usuli. Buni biz
asosan “Alla prima” uslubida ko‘rishimiz mumkin. Alla-prima (alya-prima) italyancha so‘z
bo‘lib (allaprima), ya’ni bir vaqtda, bir harakatda, bir marotabada degan ma’nolarni beradi. Alla-
1
Artiqov G. A. Rangtasvir texnikasi va ashyolar texnologiyasi //O‘quv qo‘llanma. “Sharq” nashriyot-
matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. – Т. 2007. – С. 71.
2
Orif Muinov. Rangtasvir o‘quv qo‘llanma / T.: “SHARQ”, 2007,-72b.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
34
prima uslubi bir qarashda oson bo‘lib ko‘ringani bilan har qanday rassomdan juda katta mahorat
talab qiladi. Bu uslub asosan nam qog‘ozga yorqin, tiniq ranglar orqali tasvir ishlashdan iborat
bo‘ladi.
Ho‘l bo‘yoqni ho‘l bo‘yoqqa qo‘shish akvarelga xos bo‘lgan “baxtli tasodiflar”ni
yuzaga keltirishi mumkin. Rasmning bu qismlari ajoyib odatda ko‘rinadi.
Ko‘pchilik rassomlar ho‘l bo‘yoqda ishlash uchun oldindan chizgi chizmaydilar. Biroq, endigina
rasm chizishni boshlagan rassomlar uchun dastlabki rasm baribir zarur. Uni qog‘ozda sezilarli iz
qoldiradigan qattiq qalam bilan chizish mumkin.
Qalam bilan chizgi qog‘oz ho‘llanishidan oldin chiziladi.
Nam qog‘ozda rasmni bo‘yoqlar bilan ham chizish mumkin. Buni oz miqdordagi quyuq bo‘yoq
bilan ingichka mo‘yqalam yordamida bajarish lozim. Esda tutish kerakki, chizilgan rasm yoyilib
ketadi, shuning uchun uni tezroq chizish kerak, aks holda qog‘oz qurib qoladi.
Akvarel texnikasi tasviriy san’atda eng murakkab, lekin eng nafis ifoda vositalaridan biri
hisoblanadi. Uning badiiy ifoda imkoniyatlari rassomga ko‘p qirralilik, erkinlik, dovyuraklik,
ehtiyotkorlik va chuqur hissiyotlarni aks ettirish imkonini beradi. Akvarel bilan ishlash nafaqat
texnik mahorat, balki katta sabr, kuzatuvchanlik, diqqat va ichki dunyoni tasvirlay olish
qobiliyatini ham talab qiladi. Bugungi kunda ham akvarel texnikasi o‘zining badiiy qadriyatini
yo‘qotmagan, balki yangicha ifoda vositalari bilan boyimoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
X.E. Sultanov, D.A.Berdiyev/Akvarеlda manzara ishlash mеtodikasi” /metodik
tavsiyanoma. 2023. Chirchiq.
2.
Orif Muinov. Rangtasvir o‘quv qo‘llanma / T.: “SHARQ”, 2007,-72b.
3.
Ozod Yusupov. Rangtasvirda akvarel bilan ishlash texnikasi va texnologiyasi / Metodik
qo‘llanma / Toshkent “CHASHMA PRINT” 2011.
4.
Artiqov G. A. Rangtasvir texnikasi va ashyolar texnologiyasi //O‘quv qo‘llanma. “Sharq”
nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. – Т. 2007.
5.
Fayzullayeva Dilnavoz Jahongir qizi. (2024). Akvarelda maktab o‘quvchilariga manzara
ishlashni o‘rgatish.
IQRO INDEXING
,
13
(01), 68-71.
3
Ozod Yusupov. Rangtasvirda akvarel bilan ishlash texnikasi va texnologiyasi / Metodik qo‘llanma /
Toshkent “CHASHMA PRINT” 2011.