ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
28
MUQIMIY LIRIKASIDA OSHIQ OBRAZI
Ilmiy Rahbar:
Rajabova Hulkar
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti o’qituvchisi.
Otajonova Parizoda Azizjonovna
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika
Universiteti 4-kurs talabasi.
otajonovaparizoda79@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu ishda XIX asrning yirik shoiri Muqimiyning lirik she’riyatidagi oshiq
obrazi tahlil qilinadi. Undagi oshiq siymosi orqali shoirning muhabbatga, go‘zallikka va
ma’naviy yuksalishga bo‘lgan qarashlari yoritiladi. Lirik qahramonning kechinmalari, sadoqati,
iztiroblari va orzulari Muqimiy she’rlarida badiiy vositalar orqali yuksak darajada ifodalangan.
Tadqiqotda ushbu obrazning ma’naviy-estetik ahamiyati, shoirning ijodiy uslubi va o‘ziga xos
badiiy olami o‘rganiladi.
Kalit so‘zlar:
Muqimiy, lirik she’riyat, oshiq obrazi, muhabbat, sadoqat, iztirob, go‘zallik,
badiiy tasvir, ma’naviy yuksalish, estetik tahlil qilinadi.
Annotation:
This paper analyzes the image of the lover in the lyrical poetry of Muqimiy, a
prominent poet of the 19th century. Through this character, the poet’s views on love, beauty, and
spiritual elevation are revealed. The emotions, loyalty, sorrows, and dreams of the lyrical
protagonist are expressed with rich poetic devices in Muqimiy’s works. The study explores the
spiritual and aesthetic significance of this image, as well as the poet’s unique literary style and
artistic vision.
Keywords:
Muqimiy, lyrical poetry, image of the lover, love, loyalty, sorrow, beauty, poetic
expression, spiritual elevation, aesthetic analysis.
KIRISH
Adabiyotimiz tarixida XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlarigacha boʻlgan davrni oʻz
ichiga oluvchi Milliy uygʻonish davri alohida oʻrin tutadi. Bu davrda Qoʻqon adabiy muhitida
ijod qilgan Muhammad Aminxoʻja Muqimiy ijodi ham har doim mutaxassislar diqqat markazida
boʻlgan. Shoir ijodi yuzasidan koʻplab tadqiqotlar olib borilgan. Lekin mazkur davr
tadqiqotlarida shoir asarlari shoʻro mafkurasi doirasida bir yoqlama talqin qilingan yoki butunlay
o‘sha mafkuraga bo‘ysundirilgan. Buning natijasida, shoir sheʼriyati oʻzining asl mazmun-
mohiyatidan tamomila uzoqlashgan. Ta’kidlash joizki, Muqimiy she’riyati borasida ayrim
noto‘g‘ri yondashuvlar istiqlol yillaridagi taqdiqotlarda ham kuzatiladi. Shu bois adabiyot
tarixida muhim iz qoldirgan ulug‘ shoirlar merosini bugungi davr talabi va mezonlari asosida
qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. Zero o‘tmish adabiy merosini bugungi va kelajak
avlodga bezavol yetkazish sohaning eng muhim vazifalaridan hisoblanadi.
MUQIMIY LIRIKASIDA OSHIQ OBRAZINING AHAMIYATI.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
29
Sho‘ro davridagi tadqiqotlar kuzatilganda, shoir she’riyatining quyidagicha talqinlari ko‘zga
tashlanadi: birinchidan, hukmron mafkura ta’sirida ushbu she’rlar tub mohiyat, asl g‘oyadan
maxsus uzoqlashtirildi; ikkinchidan, ayrim she’rlar o‘ta sayoz talqin qilindi; uchinchidan, shoir
badiiy tafakkkuri mahsuli bo‘lgan qator she’rlar matni qasddan o‘zgartirildi.
Avvalo,
muqimiyshunoslikdagi mazkur gʻazal ustida olib borilgan tadqiqotlar tarixiga diqqat qaratish
zarur. Jumladan, u sobiq ittifoq davridagi tadqiqotlardan birida quyidagicha talqin qilingan:
“Muqimiyning ramzlar, kinoyali iboralar bilan yozilgan “Axtaring” radifli sheʼrining
mazmunidan maʼlum boʻlishicha, Muqimiy qandaydir bir “jinoyat”da ayblanib hukumat
maʼmurlari tomonidan taʼqib etilgan va qochishga, yashirinishga majbur boʻlgan. Muqimiy oʻz
sheʼrida maʼmurlar ustidan istehzo bilan kulib, oʻzini qayerlardan qanday qilib axtarish kerakligi
toʻgʻrisida soʻzlaydi. Sheʼr “podshoh hukumati”ning taʼqib qilib axtarayotganlariga ishora bilan
boshlanadi va unda oxirigacha ularga qarshi qaratilgan achchiq kinoya davom etadi”
Yuqorida ta’kidlanganidek, mazkur davr tadqiqotlaridagi noto‘g‘ri talqinlarning bosh sababi
hukmron mafkuraga tobelik natijasi edi. Lekin uning ta’siri istiqlol yillarida olib borilgan
ishlarda ham sezilishi achinarli hol. Xususan, biz diqqat qaratgan g‘azal talqiniga ayni shunday
noto‘gri yondashuv mustaqillik yillarida yaratilgan ayrim darslik va o‘quv qo‘llanmalarda ham
ko‘zga tashlanadi. Jumladan, 2004-yilda chop
qilingan “Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti” darsligida quyidagicha mulohaza yuritilgan:
“Shoirning yana bir sheʼri:
Podshoh yoʻqlatsalar, nogah gado, deb axtaring,
Tutmang hargiz nomimi, baxti qaro, deb axtaring
- matlaʼi bilan boshlanadi. Undan Muqimiyning qandaydir bir “ish”da ayblanib, taʼqib etilgani
anglashiladi”[Milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyoti: 2004, 99-bet].
Bizningcha, mazkur g‘azalni hasbi hollik nuqtayi nazaridan talqin qilish noto‘g‘ri qarashni
yuzaga keltiradi. Agar g‘azalning umumiy mazmuni, g‘oyasiga chuqurroq kirilsa, unda mutlaqo
o‘zga mohiyat ko‘rinadi. Avvalo, mazkur g‘azal ulug‘ salaflar ijodi ta’sirida yuzaga kelgan.
Xususan, g‘azalning matla’siga diqqat qilinsa, u Alisher Navoiyning “Istangiz” radifli g‘azalini
yodga soladi:
Istaganlar, bizni sahroi baloda istangiz,
Vodiyi hijron ila dashti fanoda istangiz.
(“Badoeʼu-l-vasat”, 200-gʻazal)
“Axtaring” radifli g‘azali nafaqat shakliy, balki mazmun jihatidan ham Navoiy g‘azaliga juda
yaqin. Birinchidan, har ikki gʻazalning radifi – “istangiz” va “axtaring” soʻzlari ham bir-biriga
maʼnodoshdir; ikkinchidan, mazkur g‘azallarning ikkisi ham ishq asosiga qurilgan:
Kimsa bilmaydur mani, nom-u nasab qilsang bayon,
Lola yangligʻ dogʻi gʻamga mubtalo, deb axtaring.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
30
Baytda oshiq uning nom-u nasabini bayon qilganing bilan hech kim tanimasligi, undan koʻra,
lola koʻksidagi qonli dogʻdek gʻamga mubtalo, deb axtarish to‘g‘riligini ifodalamoqda. Bundan
maʼlum boʻladiki, el uning nom-u nasabini bilmasa-da, oshiqi devonaligidan boxabar. Muqimiy
g‘azalida ham Navoiyning zikr etilgan g‘azali kabi haqiqiy is yetakchilik qiladi. Jumladan,
quyidagi bayt bunga yaqqol dalil bo‘la oladi:
Layli topgʻil, desalar, Majnuni sargardonini(ng),
Koʻzlarining yoshidir rangi xino, deb axtaring…
Ushbu baytda shoir talmeh sanʼatidan foydalanib, yorini chiroyda tengsiz Layliga, oʻzini esa ishq
yoʻlida sargardon, choʻl-u biyobonlarni kezgan Majnunga o‘xshatadi va Layliga oshiq “Majnuni
sargardon”ning muhim belgisi koʻzlarning yoshidadir, deb aytadi. Chunki hijron azobi, ishq
mashaqqatining zo‘rligidan faqat uning ko‘z yoshlarigina xino tusiga kirgan – qonli ko‘z yoshga
aylangan.
Bundan tashqari, yuqoridagi baytda ham Navoiyona uslub sezilib turadi:
Koʻzlaringdin necha su kelgay, deb oʻlturmang meni,
Kim bori qon erdi kelgan, bu kecha su kelmadi.
(“Badoeʼu-l-vasat”, 608-gʻazal)
Istagan chogʻda topay deb, boʻlsa koʻngilda xayol,
Qomatidur bori mehnatdin duto, deb axtaring…
Agar meni istagan chogʻda topishni xohlasangiz, mehnatdan qomati egilgan, deb axtaring, -
deydi oshiq. J.Lapasov tomonidan tuzilgan "Mumtoz adabiy asarlar oʻquv lugʻati"da “mehnat”
soʻzi mashaqqat, qiyinchilik mazmunini ifodalashi ta’kidlangan [Lapasov, J: 1994, 126-bet].
Muqimiy gʻazalida keltirilgan “mehnat” – majoziy emas, balki Haqiqiy ishq – visolga yetishish
yoʻlida oshiq boshidan kechirgan, “qomatini duto” qilgan mashaqqatlardir.
Hajr vodiysida kezgay doimokim xo‘blar,
Xoki poyidur ko‘ziga to‘tiyo, deb axtaring…
Hajr vodiysi – Alloh vasliga yetishish uchun bosib oʻtilishi lozim boʻlgan bir yo‘ldir. Ilohiy
visolni maqsad qilib yo‘lga chiqqan solik bu yo‘lning mashaqqatidan xabardor, shu bilan birga,
bu vodiyda kezuvchilarning ilohiy vasl bilan sharaflanishinida biladi. Shu bois shoir o‘zini
kamolot hosil qilgan pirlarning xoki poyini ko‘ziga to‘tiyo qilganlardan, ya’ni ularning
izdoshlaridan biri deb axtarishlarini istaydi.
Dahr zulmidin sirishki tinmay oqib aylanur,
Charx javridin boshida osiyo, deb axtaring.
Oshiqqa dahrdan yetmagan zulm qolmadi. Chin oshiqlarga dunyo hech vaqt vafo qilmagan. Bu
jabru sitamlar oqibatida oshiq ko‘zlaridan shu qadar ko‘p yoshlar oqdiki, natijada falak boshiga
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
31
solgan tegirmon toshini aylantirib yubordi. Muqimiy ushbu o‘rinda mubolag‘adan mohirona
foydalangan.
XULOSA
Ko‘rib o‘tilganidek, Muqimiyning “Axtaring” radifli gʻazali birinchidan, shoʻro mafkurasi
talabidan kelib chiqib, oʻz mazmun-mohiyatiga zid talqin qilingan; ikkinchidan, zikr etilgan davr
va istiqlol yillaridagi tahlillarda ham zohiriy yondashuv ustunlik qilgan. Aslida esa, bu gʻazal
adabiyot tarixidagi yirik namoyondalarga izdoshlik ruhida yozilgan, unda goʻzal anʼanalar
munosib davom ettirilgan. Ushbu gʻazal zohiran majoziy, botinan Haqiqiy ishq tarannum etilgan
betakror ijod namunasidir. Umuman olganda, o‘zbek mumtoz lirik merosning mazmun-
mohiyatini diniy tushuncha va qarashlar hamda so‘fiyona g‘oyalardan ayro tasavvur etib
bo‘lmaydi. Dunyoviylik diniylik bilan uyg‘unlikda olinib, o‘ziga xos axloqiy-falsafiy ahamiyat
kasb etadi. Xulosa qilib aytganda, nazmiy merosda ilgari surilgan g‘oyalarning mazmun-
mohiyatini ochib berish, diniy-axloqiy tomonlarini ko‘rsatish va bu orqali tarbiyaviy jihatni
amalga oshirish bugungi globallashuv davrida muhim va dolzarb masalalardan biridir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Amiriy. Devon. - T.: Fan, 2021.
2. Alisher Navoiy. Xazoyinul maoniy. TAT. 10 jildlik. T.: G'afur G'ulom nomidagi NMIU. 2020.
1-4-jild.
3. Avaznazarov O.R. The role of the image of Saki in the Navoi's literary and historical mission.
International Journal of Anglisticum. Literature, Linguistics and Interdisciplinary Studies.
Volume: 9 / Issue: 3 / - Macedonia, 2020. - P.10-17.
4.Gulxaniy. Zarbulmasal va g'azallar. T.: O'zSSR Davlat badiiy adabiyot nashriyoti, 2020.
5. Hofiz Xorazmiy. Devon. 1-2-kitob. - T.: O'zbekiston KP Markaziy komitetining nashriyoti,
2021.
6. Ishoqxon to'ra Ibrat. Tanlangan asarlar. - T.: Ma'naviyat, 2020.
7. Karimov, G'. O'zbek adabiyoti tarixi. 3-kitob. - T.: O'qitivchi, 1975.
8. Lapasov, J. Mumtoz adabiy asarlar o'quv lug'ati. - T.: O'qituvchi, 1994.
9. Muqimiy. Tanlangan asarlar. 2-tom. - T.: O'zSSR davlat badiiy adabiyot nashriyoti, 1960.
10. Pardayev, Q. Muqimiy lirik asarlarining matniy-qiyosiy tahlili/Oltin bitiklar.