ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
14
YUK POYEZDLARI KECHIKISH SABABLARINING HARAKAT TEZLIGIGA
TA’SIRINI TADQIQ ETISH
Abduqodirov Sardor Asqar o‘g‘li
Toshkent davlat transport universiteti, PhD dotsent
Annotasiya:
Temir yo‘l uchastkalari va yo‘nalishlari bo‘yicha yuk poyezdlari kechikish
sababalarining harakat tezliklariga ta’siri tadqiq qilindi. Yuk poyezdlari kechikish sabablari
mezonlar (sodir bo‘lish joyi, tasnifi va manbasi bo‘yicha) ta’siri o‘rganildi. Yuk poyezdlari
kechikish sabablarining harakat tezliklariga ta’sirini aniqlashda stansiyalarda poyezdlar bilan
bajariladigan texnologik amallar va peregonlarda “okno” lar sababli tezliklarni cheklashlari asos
qilib olindi. “O‘TY” AJ tasarrufidagi temir yo‘l uchastklari va yo‘nalishlari bo‘yicha yuk
poyezdlarining o‘rtacha harakatlanish va kechikish vaqtlarining o‘rtacha qiymatlari mos ravishda
uchastka tezligining o‘rtacha qiymati (31,69)ni 9,9% gacha oshirish hamda yuk poyezdlarining
uchastkada harakatlanish vaqti (668,23)ni 5% gacha kamaytirish imkoniyatlari tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar:
Temir yo‘l yo‘nalishi, uchastka tezligi, poyezdlar harakati grafigi, peregon,
stansiya.
INVESTIGATION OF THE IMPACT OF FREIGHT TRAIN DELAYS ON SPEED
Sardor Abdukadirov
PhD, Tashkent State Transport University
Annotation:
The influence of the causes of freight train delays on the speed of movement on
railway sections and routes was studied. The influence of the criteria (by place of occurrence,
classification and source) of the causes of freight train delays was studied. When determining the
influence of the causes of freight train delays on the speed of movement, the technological
operations performed with trains at stations and speed restrictions due to "windows" on sections
were taken as the basis. The average values of the average movement and delay times of freight
trains on railway sections and routes under the jurisdiction of “UTY” JSC were analyzed,
respectively, the possibilities of increasing the average value of the section speed (31.69) by
9.9% and reducing the time of freight trains on the section (668.23) by 5%.
Key words:
Railway route, plot speed, graph of train traffic, section, station.
KIRISH
Temir yo‘l uchastkalarida yuk poyezdlari kechikish sabablarining harakat tezligiga ta’siri –
budjet ko‘rsatichlari o‘rnatilgan texnik me’yorlari buzilishi hisoblanadi [1, 3, 7]. Ushbu
o‘rnatilgan me’yorlar texnik va texnologik jarayonlar nosozligi sababli yuk poyezdlari grafik
vaqtlaridan kechikishi harakat tezliklariga ta’siri bilan baholanadi. Yuk poyezdlari harakat
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
15
tezliklari temir yo‘l transportida tashish qobiliyatiga rotsional baho berishda asosiy
kо‘rsatkichlardan biri bо‘lib xizmat qiladi [2, 4, 6].
Yuk poyezdlari kechikish sabablari asosan texnik va yuk stansiyalarda poyezdlarni tuzish va yo‘l
davomidagi oraliq stansiyalarda poyezdlar bilan bajariladigan texnologik amallarga
sarflanadigan vaqt meʼyorlariga amal qilmaslik oqibatida sodir bo‘ladi [5, 9, 10]. Jumladan,
texnik va yuk stansiyalarida poyezdlar tuzish rejasi va vagon oqimlarini qayta ishlash
texnologiyasi ketma-ketligining buzilishi hamda yo‘l davomidagi oraliq stansiyalarda poyezdlar
bilan bajariladigan texnologik amallarning me’yoriy hujjatlar talablariga zid ravishda bajarilishi
vagonlar turish vaqti me’yorining ortib ketishiga olib kelgadi. Bu o‘z navbatida yuk poyezdlari
ha rakat tezliklarining texnik me’yorlari amalda bajarilmasligiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun
yuk poyezdlari kechikish sabablari nazorat qilishda temir yo‘l stansiyalarida poyezdlar bilan
bajariladigan texnologik amallarga sarflanadigan vaqt meʼyorlarini ham tahlil qilish maqsadga
muvofiq.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
“O‘TY” AJ tasarrufidagi temir yo‘l yo‘nalishlarida yuk poyezdlari harakatini tashkil etishning
o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilish jarayonida, ularning kechikish sabablari 70%ga yaqin
holatda texnologik omillar tufayli sodir bo‘ladi [8]. Bunda yuk poyezdlariq kechikish sabablari
poyezdlar harakati grafigi (PHG) ning asosiy ko‘rsatkichlarining bajarilishi bo‘yicha tahlil
qilindi [8].
Yuk poyezdlari kechikish sabablari yuk poyezdlar harakat tezliklari (YuPHT) ning o‘rtacha
qiymatiga ta’sirini baholash uchun ular sodir bo‘lish joyi, tavsifi va manbasi bo‘yicha tasniflandi
(1-rasm). 1-rasmda keltirilgan mezonlar bo‘yicha yuk poyezdlari kechikishlari poyezd-soatlari
bir (1-ifoda) va ikki (2-ifoda) yo‘llik uchastkalar uchun quyidagi ifodalar [9] bo‘yicha aniqlanadi:
,
,
24
5
,
0
1
24
24
24
soat
poyezd
N
T
N
t
N
t
N
t
t
N
yuk
in
per
yuk
kech
yuk
kech
yuk
kech
yuk
-
-
+
+
=
(1)
(
)
,
,
2
24
soat
poyezd
t
I
T
N
t
N
kech
in
per
kech
kech
yuk
-
-
=
(2)
bu yerda
-
yuk
N
yuk poyezdlar soni, poyezd;
-
kech
t
yuk poyezdlarining kechikish vaqtlari, daqiqa;
-
in
per
T
grafik bo‘yicha peregonda kechikgan poyezdlarning oraliq interval vaqti,
daqiqa.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
16
1-rasm. Yuk poyezdlari kechikish sabablarining mezonlar bo‘yicha tahlili
Bu yerda grafik bo‘yicha peregonda kechikgan poyezdlarning oraliq interval vaqti quyidagi ifoda
bo‘yicha aniqlanadi:
,
,
24
1
1
daqiqa
N
T
N
t
T
per
yuk
sab
kech
in
per
-
=
=
(3)
bu yerda
-
sab
kech
t
poyezdlarni kechikish sabablari bo‘yicha tiklashga sarlanadigan vaqt,
daqiqa;
-
I
poyezdlar orasidagi interval, daqiqa.
Shuningdek, peregonlarda yuk poyezdlarining kechikishlari o‘rtacha soni poyezd-kilometrda
alohida yo‘nalish (uchastka) uchun quyidagi ifoda [4] bilan aniqlanadi:
,
=
NL
Z
d
p
p
(4)
bu yerda
-
p
Z
tahlil qilinayotgan poyezdlarning peregonlarda kechikishlari soni;
-
NL
tahlil qilinayotgan poyezdlarning peregonlarda umumiy bosib o‘tgan masofasi, poyezd-
kilomert.
Temir yo‘l uchastkalari va yo‘nalishlarida joylashgan texnik va oraliq stansiyalarda
poyezdlarning kechikish ehtimollari quyidagi ifodalar [4] bo‘yicha aniqlanadi:
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
17
,
yuk
tex
tex
N
Z
p
=
(5)
.
yuk
оr
оr
N
Z
p
=
(6)
bu yerda
-
ор
тех
Z
Z
,
texnik va oraliq stansiyalarda yuk poyezdlari kechikishlarining umumiy
soni.
2-rasm. Yuk poyezdlari kechikish sabablarining sodir bo‘lish joyi bo‘yicha
sxematik ko‘rinishi
Yuk poyezdlari kechikish sabablarining sodir bo‘lish joyi bo‘yicha (yo‘l davomida yuzaga
keladigan kechikishlar, stansiyalarga poyezdlarni qabul qilish va jo‘natishda yuzaga keladigan
kechikishlar)
(1-rasm)
sxematik
ko‘rinishi
2-rasmda keltirildi.
NATIJA VA MUHOKAMA
Temir yo‘l yo‘nalishlarida yuk poyezdlari kechikish sabablarining sodir bo‘lish joyi bo‘yicha,
ya’ni asosan peregonlarda ta’mirlash ishlari o‘rnatilgan me’yorlaridan ortib ketishi, lokomotiv va
SMB (signalizatsiya, markazlashuv va blokirovka) qurulmalaridagi nosozliklar, oraliq
stansiyalarda yuk poyezdlari bilan bajariladigan texnologik amallarning vaqt me’yoridan ortib
ketishi, texnik stansiyalarda lokomotivlarni va lokomotiv brigadalarini almashtirish, stnasiyaga
poyezdlarni qabul qilish imkoniyati yo‘qligi va poyezdlar harakati bilan bog‘liq xodimlarni kasb
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
18
mahoratlari yetishmasligi va boshqalar ijro etiluvchi PHGda YuPHTning o‘rnatilgan texnik
me’yori bajarilmasligiga sabab bo‘ladi. Yuk poyezdlari kechikishlari manbasi bo‘yicha (2-rasm)
ham tadqiq qilindi (3-rasm) [1, 2, 7, 9, 10].
3-rasm. Yuk poyezdlari kechikishlarining manbasi bo‘yicha sabablari
Tadqiqot 2022-yil “O‘TY” AJ tasarrufidagi temir yo‘l uchastkalari va yo‘nalishlarida sodir
bo‘lgan quyidagi kechikishlar sabablari asosida amalga oshirildi (3-rasm): yo‘l davomidagi
stansiyada texnik nosoz bo‘lgan vagonlarni poyezd tarkibidan uzish (V), poyezdlar tuzish
rejasidagi buzilishlar (D), stansiyada poyezdlar harakati bilan bog‘liq xodimlar ta’siri (D),
tuzuvchi stansiyada jo‘natish uchun PHGda belgilangan vaqtda poyezd tayyor bo‘lmasligi (D),
lokomotiv mashinistning malakasi yetishmasligi (T), lokomotivlarning yetishmasligi (T), ko‘zda
tutilmagan ogohlantirishlar (P), lokomotivlarni ta’mirlash (T), lokomotivlarni yurish
davomiyliklaridagi kechikish (T), lokomotiv brigadalari belgilangan vaqtda almashmasligi (T),
elektr kontakt tarmog‘ini o‘z vaqtida elektr energiya bilan taminlanmasligi (E) va stansiyaga
poyezdlarni qabul qilishda SMB qurilmalari nosozliklari (SH).
Yuk poyezdlari harakat yo‘nalishlari bo‘yicha kechikishiga taʼsir etuvchi omilllarini aniqlashda
peregon, texnik va oraliq stansiyalardagi parametrlar asos qilib olindi (3-rasm). Shuningdek,
ta’mirlash va tiklash ishlari, nosoz vagonlardan yuk tashishda foydalanish, stansiyalarda SMB
qurilmalari nazoratining yo‘qolishi, peregonlarda aloqa vositalarining nosozligi, poyezdlar
harakatini noto‘g‘ri tashkil etish, poyezd dispetcherining kasb mahorati, qo‘shni stansiya
poyezdlarni qabul qilmasligi, lokomotivlarni peregonlarda o‘rnatilgan yurish me’yorlarini
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
19
bajarilmasligi, lokomotivlar nosozligi, lokomotiv va lokomotiv brigadalarini almashtirish vaqt
me’yorlarini ortib ketishlari kabi ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tizimli tadqiq qilingan.
Yuk poyezdlarining temir yo‘l uchastkalari va yo‘nalishlarida kechikish sabablarini aniqlash,
ularni nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilish hamda muayyan obyektdagi kechikish sabablarini
baholash lozim. Shu maqsadda muayyan temir yo‘l uchastkalari va yo‘nalishlari bo‘yicha yuk
poyezdlarining kechikish sabalari tahlil qilindi. Tahlil natijalari, ya’ni poyezdlar kechikish
sabablari dinamikasi va davomiyligi 4-rasmda keltirildi. 4-rasmdan ko‘rinib turibdiki, eng ko‘p
kechikishlar bilan kelgan poyezdlar soni 80-100 vaqt intervaliga to‘g‘ri kelmoqda. Demak,
ushbu kechikishlar qiymati YuPHTning amalda bajarilishiga sezilarli darajada salbiy ta’sir
ko‘rsatadi.
4-rasm. Yuk poyezdlari kechikish sabablari davomiyligining gistogrammasi
Hozirgi kunda “O‘TY” AJ tasarrufidagi temir yo‘l uchastkalari va yo‘nalishlari bo‘yicha yuk
poyezdlarining kechikish sabablari ijro etiluvchi PHGning bajarilishini tizimli tahlil qilish
asosida amalga oshiriladi [8]. Kechikish sabablarining davomiyligi va ularning yuzaga kelishiga
sababchi
korxona
(1-rasm, manbasi bo‘yicha) xodimlariga tegishli sabablar bo‘yicha dalolatnoma tuziladi va
tegishli mas’ul boshqarmalarga taqdim etiladi.
1-jadval
Poyezdlar kechikishlari bo‘yicha ma’lumotnoma
Tuzilgan poyezdlarni jo‘natish
Qabul
qilingan
poyezdlarni
tarqatish
K
ec
hi
ki
sh
K
ec
hi
ki
sh
sa
ba
bl
ar
i
Te
gi
sh
li
ko
rx
on
a
Po
ye
zd
ra
qa
m
i
Po
ye
zd
in
de
ks
i
St
an
siy
ad
an
jo
‘n
at
is
h Su
tk
a,
va
qt
K
ec
hi
ki
sh
Te
gi
sh
li
ko
rx
on
a
no
m
i
St
an
siy
ag
a
qa
bu
l
qi
lis
h
Su
tk
a,
va
qt
K
ec
hi
ki
sh
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
20
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
Bunda sutkalik ijro etiluvchi PHGga asoslanib tahlil qilivchi xodimlar tomonidan yuk
poyezdlarining kechikishlari haqida sutkalik ma’lumotlar bo‘yicha maxsus jadval ishlab
chiqiladi (1-jadval).
Yuk poyezdlari kechikish sabablarining harakat tezligiga ta’sirini tahlil qilish, baholash va
kelgusida ularni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish
maqsadida “O‘TY” AJ tasarrufidagi temir yo‘l uchastkalari va yo‘nalishlarida sodir bo‘lgan
kechikishlar sabablari tadqiq qilindi (5-rasm).
5-rasm. “O‘TY” AJ tasarrufidagi temir yo‘l uchastkalari va yo‘nalishlarida sodir bo‘lgan
kechikishlar sabablarining tahlili
Tadqiqot natijalari (5-rasm)dan ko‘rish mumkinki, yuk poyezdlarining o‘rtacha harakatlanish va
kechikish vaqtlarining o‘rtacha qiymatlari mos ravishda 668,23 (o‘zgarish oralig‘i 644,8÷693,9)
va 25,33 (tebranish oralig‘i 23,01÷29,73) soat, uchastka tezligi qiymati esa, 31,69 (tebranish
oralig‘i 30,02÷32,8) km/soatni tashkil etmoqda. Bundan tashqari yuk poyezdlari kechikish
sabablari natijasida samarasiz yo‘qotilgan vaqtlarni tahlil qilish asosida, uchastka tezligining
o‘rtacha qiymati (31,69)ni 9,9% gacha oshirish hamda yuk poyezdlarining uchastkada
harakatlanish vaqti (668,23)ni 5% gacha kamaytirish imkoniyatlari mavjudligi aniqlandi.
XULOSA
Temir yo‘l uchastkalari va yo‘nalishlari bo‘yicha poyezdlar harakatini tashkil etishda
yo‘riqnomalarda o‘rnatilgan texnik me’yorlarga amal qilish orqali kechikish sabablarini bartaraf
etish imkoniyatlarini belgilab beradi. Demak, temir yo‘l uchastkalari va yo‘nalishlari bo‘yicha
yuk poyezdlari harakat tezliklari me’yorlarini belgilashda yuk poyezdlarining kechikish
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
21
sabablarini nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilish va ular keltirib chiqargan texnologik vaqt va
iqtisodiy yo‘qotishlar darajasini baholash natijalarini hamda kechikishlarga sabab bo‘luvchi
barcha omillarni inobatga oluvchi takomillashgan usullarni ishlab chiqish maqsadga muvofiq
hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Виноградов С.А. О влиянии скорости движения грузовых поездов на
эксплуатацинные показатели / С.А. Виноградов, А.В. Новгородцева // Железнодорожный
транспорт. – 2017. №3. – С. 15-19.
2.
Dilmurod Butunov, Sardor Abdukodirov, Shuhrat Buriyev and Muslima Akhmedova.
Development factor model of train movement graph indicators. E3S Web of Conferences 531,
02008 (2024). 1-10. DOI:
https://doi.org/10.1051/e3sconf/202453102008
3.
Абдуқодиров С.А. Поездлар ҳаракат графигида юк поездлар кечикишларини
ҳисоблаш масалалари / Абдуқодиров С.А., Бутунов Д.Б., Тохтаходжаева М.М. // “Темир
йўл транспортида ресурс тежамкор технологиялар” мавзусидаги хорижий олимлари
иштирокидаги республика илмий - техника анжумани мақолалари тўплами. –Toshkent:
TDTrU, -2021 й 18-19 декабрь. 7-10 б.
4.
Кузнецов Г.А. Учет выполнения графика движения грузовых поездов / Г.А.
Кузнецов // Железнодорожный транспорт. - 2011. - № 3. - С. 20–25.
5.
Сардор Абдуқодиров. Юк поездлари ҳаракат тезликларининг ўрнатилган техник
меъёрлари бажарилиши таҳлили. / Дилмурод Бутунов, Мухамметжан Мусаев // Eurasian
Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences, -2023. №2(5). 51–58.
https://doi.org/10.5281/zenodo.6584509
6.
Butunov D. Effective organization of train movement taking into account the costs of
electrical energy / Butunov D., Abdukodirov S // Journal of Transport. - 2024. №1 (2). 73-78 pp.
https://t.me/tdtuilmiynashrlar
7.
Зубков В.Н. Причинно-следственный анализ факторов невыполнения участковой
скорости и меры по ее повышению / Ю.И. Камышова // Инженерный вестник дона. – 2015.
№2.- C. 1-15.
8.
Butunov D. Comparative analysis of the degree of influence of factors on the speed of
trains (using the example of Uzbek railways) / AbduqodirovS., Jonuzokov Ch // Journal
Engineer: -2025. №1 (3). – C. 45-50 pp.
9.
Гоголева А. В. Прогноз средней участковой скорости движения грузовых поездов
на основе стохастического моделирования: Дис. канд. техн. наук. СП б.: ПГУПС. – 2012. –
166 с.
10.
Алферова А.А. Риск снижения участковой скорости движения грузового поезда и
экономическая целесообразность его учета / А.А. Алферова // Железнодорожный
транспорт. – 2017. №3. – С. 58-60.