ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
900
NOGIRONLIGI BO`LGAN SHAXSLAR BILAN ISHLASH TEXNALOGIYALARI
Jovbo‘riyev Javohir Toshtemir o‘g‘li
Samarqand davlat unversiteti Kattaqo`rg`on filiali
Ijtimoiy ish yo`nalishi 4-bosqich talabasi
O‘ng‘arov Fayzullo To‘lqin o‘g‘li
Samarqand davlat unversiteti Kattaqo`rg`on filiali
Ijtimoiy ish 4-bosqich talabasi
Ibragimov Jahongir Toshniyozovich
Ilmiy rahbar: Samarqand davlat unversiteti
Kattaqo`rg`on filiali o`qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlashda qo‘llaniladigan
zamonaviy texnologiyalar va yondashuvlar tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor reabilitatsiya, ijtimoiy
moslashuv
va
integratsiyani
ta’minlashda
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari,
moslashtirilgan o‘quv-uslubiy vositalar hamda ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning innovatsion
shakllariga qaratilgan. Shuningdek, nogironlar bilan individual va guruhiy ishlashda
samaradorlikni oshiruvchi texnologik usullar, ularning ijtimoiy faolligini rag‘batlantirish va
huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash masalalari yoritilgan. Maqola ijtimoiy ish sohasidagi
mutaxassislar uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, inkluziv jamiyatni barpo etishda dolzarb
muammolar va ularning yechimlarini ko‘rsatadi.
Kalit so‘zlar:
nogironligi bo‘lgan shaxslar, ijtimoiy ish, reabilitatsiya texnologiyalari, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari, moslashtirilgan xizmatlar, ijtimoiy integratsiya, inklyuziya,
innovatsion yondashuvlar.
TECHNOLOGIES FOR WORKING WITH PEOPLE WITH DISABILITIES
Abstract:
This article analyzes the modern technologies and approaches used in working with
people with disabilities. The main focus is on the use of information and communication
technologies, adapted educational and methodological tools, and innovative forms of social
services in the process of rehabilitation, social adaptation, and integration. The article also
discusses technological methods that enhance the effectiveness of individual and group work
with disabled individuals, stimulate their social activity, and provide legal support. The article
holds practical significance for specialists in the field of social work and highlights pressing
issues and their solutions in the development of an inclusive society.
Keywords:
people with disabilities, social work, rehabilitation technologies, information and
communication technologies, adapted services, social integration, inclusion, innovative
approaches.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
901
ТЕХНОЛОГИИ РАБОТЫ С ЛЮДЬМИ С ИНВАЛИДНОСТЬЮ
Аннотация:
В данной статье анализируются современные технологии и подходы,
применяемые при работе с людьми с инвалидностью. Основное внимание уделяется
использованию информационно-коммуникационных технологий, адаптированных учебно-
методических средств и инновационных форм социального обслуживания в процессе
реабилитации, социальной адаптации и интеграции. Рассматриваются также
технологические методы, повышающие эффективность индивидуальной и групповой
работы с инвалидами, стимулирующие их социальную активность и правовую поддержку.
Статья имеет практическое значение для специалистов в области социального
обслуживания и показывает актуальные проблемы и их решения для создания
инклюзивного общества.
Ключевые слова:
люди с инвалидностью, социальная работа, реабилитационные
технологии, информационно-коммуникационные технологии, адаптированные услуги,
социальная интеграция, инклюзия, инновационные подходы.
Kirish
Bugungi kunda nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat hayotida faol ishtirok etishini
ta'minlash, ularni ijtimoiylashtirish va teng huquqli fuqaro sifatida rivojlanishiga imkon yaratish
har bir rivojlangan davlatning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Inson salohiyatini to‘liq
ro‘yobga chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha BMT tomonidan 2006-yil 13-dekabrda
qabul qilingan “Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya”da barcha davlatlarga ushbu
guruh vakillarini ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotga integratsiyalash bo‘yicha aniq
majburiyatlar yuklatilgan. O‘zbekiston ushbu Konvensiyaga 2009-yilda qo‘shilgan bo‘lib, bu
borada keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyevning
“Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 1-dekabrdagi PQ–31-sonli qarorida aytilishicha, “Nogironligi
bo‘lgan shaxslarning hayot sifatini yaxshilash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va har
tomonlama qo‘llab-quvvatlash zamonaviy yondashuvlar va innovatsion texnologiyalar asosida
olib borilishi lozim”. Bu esa, ijtimoiy ish sohasi mutaxassislari zimmasiga zamonaviy texnologik
yondashuvlarni chuqur o‘zlashtirish va amaliyotga tadbiq qilish kabi dolzarb vazifalarni
yuklaydi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlashda
an’anaviy usullar bilan bir qatorda raqamli texnologiyalar, masofaviy ta’lim platformalari,
moslashtirilgan dasturiy vositalar, kommunikatsiya texnologiyalari hamda virtual reabilitatsiya
uslublari samarali natijalar bermoqda (Ismoilov A., 2022). Jumladan, nogiron bolalar bilan
ishlashda logopedik mobil ilovalar, interaktiv o‘yinlar va maxsus dasturlar ularning o‘zlashtirish
darajasini oshirayotgani kuzatilmoqda. Mazkur maqola nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan
ishlashda qo‘llanilayotgan ilg‘or texnologiyalar, ularning amaliy qo‘llanilishi, samaradorligi va
ijtimoiy ish sohasi vakillari uchun bergan imkoniyatlarini tahlil qilishga qaratilgan.
ASOSIY QISM
Nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlashda zamonaviy yondashuvlar So‘nggi yillarda
nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlashda an’anaviy, faqat yordam ko‘rsatishga asoslangan
yondashuvlar o‘rnini zamonaviy, shaxsga yo‘naltirilgan va ehtiyojga asoslangan yondashuvlar
egallamoqda. Bunday yondashuvlar har bir individning imkoniyatlariga emas, balki uning
jamiyatdagi o‘rnini kuchaytirish, huquq va erkinliklarini to‘la ta’minlashga qaratiladi.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
902
Zamonaviy ijtimoiy ish nazariyasida bunday yondashuvlar “inklyuziv strategiyalar” deb atalib,
ular nogironligi bo‘lgan shaxslarni jamiyatning to‘laqonli a’zosi sifatida ko‘rishga asoslanadi.
Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida faoliyat yuritayotgan
reabilitatsiya markazlarida 2022-yildan buyon joriy etilgan “individual reabilitatsiya
rejalashtirish” tizimi – aynan ana shunday yondashuvning amaliy ifodasidir. Shuningdek, BMT
Nogironlar huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi ham 2023-yilgi yillik hisobotida ta’kidlagan:
“Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun xizmatlar faqat yordam sifatida emas, balki ularning
insoniy qadr-qimmatini mustahkamlash vositasi sifatida tashkil etilishi lozim.” Axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) o‘rni Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
(AKT) bugungi kunda nogironligi bo‘lgan shaxslar hayotida ajralmas vositaga aylangan. Ushbu
texnologiyalar nafaqat ularning axborotga bo‘lgan kirishini ta'minlaydi, balki ta’lim olish, kasb-
hunar egallash, ijtimoiy muloqotda ishtirok etish va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish
imkoniyatlarini kengaytiradi.
Ko‘zi ojiz yoki zaif ko‘radigan shaxslar uchun yaratilgan maxsus ekran o‘quvchi dasturlar –
NVDA (NonVisual Desktop Access) va JAWS (Job Access With Speech) kabi texnologiyalar,
shuningdek, Braille shriftida o‘qish uchun mo‘ljallangan elektron qurilmalar, ovozli kitoblar va
mobil ilovalar AKTning asosiy vositalaridan hisoblanadi. Shu bilan birga, turli ijtimoiy
tarmoqlar, masofaviy ta’lim platformalari (Zoom, Google Classroom, Moodle) orqali ham
nogironlar o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirishlari mumkin. Yunusova S. (2021) o‘z tadqiqotida
qayd etishicha, “AKT vositalaridan samarali foydalanish nogironligi bo‘lgan shaxslarning
axborotga kirishdagi tengligini ta’minlabgina qolmay, balki ularni mustaqil qaror qabul qilishga
va o‘z huquqlarini himoya qilishga ham rag‘batlantiradi.” 2023-yilda O‘zbekistonda ishlab
chiqilgan va jamoatchilikka taqdim etilgan “Ko‘zni almashtiruvchi” nomli mobil ilova — ushbu
yo‘nalishdagi muhim yutuqlardan biridir. Ushbu ilova orqali ko‘rish imkoniyati cheklangan
shaxslar atrof-muhitni aniqlash, harakatlanish va turli obyektlar haqida ovozli ma’lumot olish
imkoniga ega bo‘ldilar. Ushbu loyiha YUNISEF va Innovatsion rivojlanish vazirligi
hamkorligida amalga oshirilgan bo‘lib, inkluziv texnologiyalarni joriy etishdagi milliy
tajribaning yorqin namunasidir. Bundan tashqari, eshitish imkoniyati cheklangan shaxslar uchun
ishoraviy tarjima tizimlari, masalan, “VimoSign” (2022) kabi ilovalar, kundalik hayotda axborot
almashinuvi va muloqotni sezilarli darajada yengillashtirmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash
tashkiloti (WHO, 2022) hisobotida qayd etilishicha: “Raqamli texnologiyalarning nogiron
shaxslar hayotida qo‘llanishi ularga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkonini beradi. AKT
orqali ta’lim, sog‘liqni saqlash va bandlik sohalarida raqobatbardoshlik darajasi oshmoqda.”
O‘zbekiston Respublikasida “Raqamli O‘zbekiston – 2030” dasturi doirasida nogironlar uchun
maxsus axborot platformalari, onlayn maslahat xizmatlari va virtual reabilitatsiya xizmatlarini
rivojlantirish rejalashtirilmoqda. Bu esa, AKTning imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun
dolzarb va istiqbolli yo‘nalishlardan biri ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi
1
Madatov, I. (2024). Nogironlar bilan ishlashda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va rivojlanish
istiqbollari. Tashkent: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi.
2
Yunusova, S. (2021). Ko‘zi ojiz shaxslar uchun moslashtirilgan ta’lim dasturlari va texnologiyalar. Tashkent:
O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim vazirligi.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
903
Moslashtirilgan o‘quv-uslubiy texnologiyalar Ta’lim tizimida nogironligi bo‘lgan bolalar bilan
ishlashda an’anaviy uslublardan voz kechilib, ularning individual ehtiyojlariga moslashtirilgan
innovatsion o‘quv-uslubiy texnologiyalar keng joriy etilmoqda. Bunday texnologiyalar nogiron
bolalarning jismoniy, eshitish, ko‘rish yoki aqliy rivojlanish darajasidan kelib chiqib
shakllantiriladi. Maxsus pedagogika sohasida modulli darsliklar, elektron didaktik materiallar,
sensorli taxtalar, interaktiv ilovalar, Braille shriftidagi o‘quv resurslari va ishoraviy tarjimon
ilovalari kabi vositalar orqali ta’lim sifati sezilarli darajada yaxshilanmoqda. Bu nafaqat bilim
olish imkonini kengaytiradi, balki nogiron o‘quvchilarning ijtimoiylashuviga, muloqotga
kirishishiga va o‘ziga bo‘lgan ishonchining ortishiga xizmat qiladi. Masalan, Toshkent
shahridagi 106-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 2022-yildan boshlab eshitish
imkoniyati cheklangan o‘quvchilar uchun “VimoSign” nomli raqamli ishoraviy tarjimon tizimi
joriy etildi. Ushbu tizim yordamida o‘quvchilar interaktiv darslarda mustaqil ravishda qatnasha
olishmoqda, dars mazmunini vizual va ishoraviy tarzda tushunish imkoniga ega bo‘lishmoqda.
Xalqaro tajribaga murojaat qiladigan bo‘lsak, Finlandiya va Yaponiya kabi mamlakatlarda har
bir nogiron bola uchun alohida o‘quv reja va moslashtirilgan darsliklar ishlab chiqilishi yo‘lga
qo‘yilgan. Shuningdek, AQShda 2004-yildan beri amal qilayotgan Individuals with Disabilities
Education Act (IDEA) qonuniga ko‘ra, har bir imkoniyati cheklangan bola uchun "Individual
Education Program" (IEP) ishlab chiqiladi (U.S. Department of Education, 2020). O‘zbekistonda
ham bu borada ijobiy siljishlar mavjud. 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi
vazirligi huzurida “Inkluziv ta’limni rivojlantirish strategiyasi” qabul qilinib, maxsus pedagogik
texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha amaliy qadamlar belgilandi. Pedagog olima R.
Abdurahmonova (2022) ta’kidlaydi: “Moslashtirilgan ta’lim texnologiyalaridan foydalanish
nogironligi bo‘lgan o‘quvchilarda nafaqat bilim, balki mustaqil fikrlash, o‘z fikrini bayon qilish
va jamiyatga moslashish ko‘nikmalarini shakllantiradi.” Bundan tashqari, turli moslashtirilgan
vizual-sensorli vositalar, virtual reallik asosidagi interaktiv simulyatorlar, logopedik dasturlar
ham o‘z samarasini bermoqda. Xususan, Toshkent va Samarqanddagi maxsus maktablarda
nutqida nuqsoni bor bolalar uchun “Logopad” ilovasi tatbiq etilib, dars jarayonida audio-vizual
mashg‘ulotlar orqali talaffuzni to‘g‘rilashga yordam berilmoqda. Shunday qilib, zamonaviy
o‘quv-uslubiy texnologiyalar nogiron bolalar uchun ta’limdagi tenglikni ta’minlash, ularni
ijtimoiy jihatdan inklyuziv muhitga olib kirishda asosiy vositalardan biri hisoblanadi.
Zamonaviy reabilitatsiya jarayonida faqat jismoniy mashqlar va an’anaviy muolajalar emas,
balki yuqori texnologiyalarga asoslangan vositalar ham keng qo‘llanilmoqda. Xususan, virtual
reallik (VR) va neyrofeedback texnologiyalari nogironligi bo‘lgan shaxslarning harakat, eshitish,
kognitiv va emotsional funksiyalarini tiklashda muhim rol o‘ynamoqda. Ushbu texnologiyalar
yordamida foydalanuvchilar maxsus simulyatsiyalangan muhitda treninglar o‘tkazib, o‘z
salohiyatini bosqichma-bosqich rivojlantirishi mumkin. Masalan, Moskva davlat universiteti
huzurida 2020-yilda o‘tkazilgan eksperimental tadqiqotda VR texnologiyasi yordamida
reabilitatsiyadan o‘tgan bolalarning 67 foizida ijobiy dinamik o‘zgarishlar, jumladan
muvozanatni saqlash, muvofiqlashtirish va diqqatni jamlash qobiliyatlarida sezilarli yuksalishlar
kuzatilgan (Petrova N., 2021). Bu kabi natijalar ushbu texnologiyaning an’anaviy reabilitatsiya
usullariga samarali qo‘shimcha bo‘la olishini tasdiqlaydi. Neyrofeedback texnologiyasi esa
asosan psixologik yordam ko‘rsatishda, ya’ni diqqat yetishmovchiligi, post-travmatik stress
buzilishi, autizm spektridagi buzilishlar, depressiv holatlar bilan ishlovchi shaxslarda qo‘llaniladi.
Ushbu usul miyadagi to‘lqinlar faoliyatini tahlil qilib, foydalanuvchini biofeedback orqali o‘z
psixik holatini boshqarishga o‘rgatadi. Bu metod O‘zbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasining 2022-yilgi “Psixofiziologik reabilitatsiya” dasturida ham qo‘llanilgan.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
904
Reabilitatsiya texnologiyalarining yana bir muhim yo‘nalishi – bu robototexnika asosidagi
harakatlanish trenajyorlaridir. Masalan, nogironligi bo‘lgan bolalar uchun maxsus ishlab
chiqilgan “Lokomat” tizimi (Shveytsariya, 2019) yurish apparatlarini mashq qilish, mushaklarni
mustahkamlash va tayanch-harakat tizimini rivojlantirishda keng qo‘llanilmoqda. O‘zbekistonda
esa, Toshkentdagi “Muruvvat” ixtisoslashtirilgan reabilitatsiya markazi huzurida 2023-yildan
boshlab VR uskunalari orqali kognitiv mashg‘ulotlar olib borilmoqda. Shuningdek, Respublika
ixtisoslashtirilgan nevrologiya markazida neyrofeedback uskunalari joriy etilib, turli darajadagi
psixik buzilishlar bo‘yicha reabilitatsion kurslar tashkil etilgan. Psixolog A. Ortiqova (2023)
ta’kidlaydi:
“Rivojlangan texnologiyalar bilan integratsiyalashgan psixologik yordam nogironligi bo‘lgan
shaxslar uchun motivatsiyani oshirish, ijtimoiylashuvni yengillashtirish va o‘z-o‘ziga bo‘lgan
ishonchni tiklashda katta rol o‘ynaydi.” Reabilitatsiya va psixologik yordam sohasida
innovatsion texnologiyalarni joriy etish nogironligi bo‘lgan shaxslarning salomatligini tiklashda
ham, ularni jamiyatga muvaffaqiyatli integratsiya qilishda ham muhim strategik yo‘nalish bo‘lib
xizmat qilmoqda
O‘zbekistondagi amaliy tajriba va muammolar So‘nggi yillarda O‘zbekistonning nogironlar
uchun ijtimoiy xizmatlar tizimi sezilarli darajada rivojlanib, bosqichma-bosqich
raqamlashtirilmoqda. Innovatsion yondashuvlar, yangi texnologiyalar va platformalar orqali
nogiron shaxslar uchun yangi imkoniyatlar yaratilib, ularni jamiyatga moslashuvini
osonlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. 2022-yilda O‘zbekistonda “Yagona
reabilitatsiya markazlari” tashkil etilib, nogironlarga tibbiy, psixologik va pedagogik yordam
ko‘rsatishda markazlashgan tizimni yaratishga qaratilgan birinchi qadamlar qo‘yildi. Bu
markazlar nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasini tashkil etishda, ularning
kundalik hayotda erkin harakat qilish imkoniyatlarini oshirishda katta rol o‘ynaydi. Shuningdek,
2023-yilda “E-imkon” axborot platformasi ishga tushirildi. Ushbu platforma nogironlar uchun
onlayn reabilitatsiya, maslahat, o‘quv resurslari va boshqa axborot xizmatlarini taqdim etadi.
Biroq, bu yutuqlarga qaramasdan, ba'zi hududlarda, xususan Jizzax, Qoraqalpog‘iston va
Surxondaryo viloyatlarida nogironlar uchun moslashtirilgan texnologiyalar bilan ta’minlanish
darajasi past bo‘lib qolmoqda. Mutaxassislar va resurslar yetishmasligi, texnik baza va moliyaviy
cheklovlar bu boradagi asosiy muammolar sifatida ko‘rsatilmoqda. Madatov I. (2024) o‘z
tadqiqotida quyidagicha izoh beradi: “Nogironlar uchun xizmatlarning rivojlanishi asosan
Toshkent shahrida va yirik shaharlarda kuzatilmoqda. Biroq, hududlarda mutaxassislarning
yetishmasligi va texnik bazaning zaifligi ushbu texnologiyalarni joriy etishda katta to‘siqlarni
yaratmoqda.” Bundan tashqari, resurslar yetishmasligi va moliyaviy qiyinchiliklar sababli,
reabilitatsiya markazlarining aksariyati yuqori texnologiyalardan foydalanishga qodir emas.
Misol uchun, virtual reallik va neyrofeedback texnologiyalari keng tarqalgan bo‘lsa-da, bu
texnologiyalar ko‘plab hududlardagi markazlarga yetib bormagan. Shuningdek, o‘quv uslublarini
moslashtirish uchun zarur bo‘lgan qurilmalar va ilovalar ko‘p joylarda mavjud emas.
O‘zbekistonda nogironlar uchun moslashtirilgan texnologiyalar va xizmatlar tizimi
rivojlanayotgan bo‘lsa-da, uni mamlakatning barcha hududlariga kengaytirish va ijtimoiy
xizmatlar sifatini oshirish uchun ko‘plab muammolarni hal etish zarur. Bu yo‘nalishdagi eng
3
Karimov, M. (2021).
Reabilitatsiya texnologiyalari va ularning nogironlar hayotiga ta’siri
. Tashkent: Shahrizoda
nashriyoti.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
905
muhim qadamlar — mutaxassislarni tayyorlash, moliyaviy va texnik resurslarni oshirish hamda
samarali boshqaruv tizimlarini joriy etishdir.
XULOSA
Nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlashda zamonaviy yondashuvlar, axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari va moslashtirilgan o‘quv-uslubiy resurslarning joriy etilishi ijtimoiy inklyuziya
jarayonini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Dastlabki tadqiqotlar va amaliy
tajribalar shuni ko‘rsatadiki, nogiron shaxslar uchun ta’lim, reabilitatsiya va psixologik yordam
sohalarida raqamli texnologiyalarni kengaytirish va moslashtirish nafaqat ularning bilim olish va
muloqotga kirishish imkoniyatlarini yaxshilaydi, balki jamiyatga faol ishtirok etishlarini
ta’minlaydi. O‘zbekiston misolida ko‘rsatilgan amaliy tajriba, ayniqsa, "Yagona reabilitatsiya
markazlari" va "E-imkon" platformalari kabi yangi tashabbuslarni amalga oshirishda ijobiy
o‘zgarishlarni ko‘rsatmoqda. Shuningdek, virtual reallik va neyrofeedback texnologiyalari
nogiron shaxslarning kognitiv va fizikal faoliyatini tiklashda samarali ishlamoqda. Biroq,
muammolar hali mavjud bo‘lib, ayniqsa, ayrim hududlarda texnik baza va mutaxassislar
yetishmovchiligi, moliyaviy resurslarning cheklanganligi kabi to‘siqlar mavjud.
Kelajakda, nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlashda ularning ehtiyojlariga moslashtirilgan
texnologiyalarni yanada kengaytirish, mutaxassislarni tayyorlash va hududlar o‘rtasidagi
tafovutlarni kamaytirish uchun davlat va xususiy sektordan ko‘proq resurslar jalb qilinishi lozim.
Shuningdek, ijtimoiy inklyuziya jarayonida barcha jamoat va xususiy tashkilotlarning hamkorligi
nihoyatda muhimdir. Shunday qilib, zamonaviy texnologiyalarning nogironlar uchun taqdim
etayotgan imkoniyatlari, ularning hayot sifatini yaxshilashga, jamiyatdagi o‘rnini
mustahkamlashga va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Madatov,
I.
(2024).
Nogironlar
bilan
ishlashda
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining o‘rni va rivojlanish istiqbollari. Tashkent: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi.
2.
Yunusova, S. (2021). Ko‘zi ojiz shaxslar uchun moslashtirilgan ta’lim dasturlari va
texnologiyalar. Tashkent: O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim vazirligi.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (2022). “Yagona reabilitatsiya
markazlari” tizimi: Rivojlanish va muammolar. Tashkent: Hukumat nashr.
4.
Ortiqova, A. (2023). Nogironlar uchun psixologik yordam ko‘rsatishda zamonaviy
metodlar. Tashkent: O‘zbekiston Psixologlar Assotsiatsiyasi.
5.
Rahimov, X. (2022). Ijtimoiy inklyuziya: Nogiron shaxslarni jamiyatga integratsiya
qilishning nazariy va amaliy aspektlari. Tashkent: Akademnashr.
6.
Karimov, M. (2021). Reabilitatsiya texnologiyalari va ularning nogironlar hayotiga ta’siri.
Tashkent: Shahrizoda nashriyoti.
7.
Xusniddinov, A. (2020). Nogironlar bilan ishlashda yangi pedagogik texnologiyalar.
Samarqand: Samarqand universiteti nashri.