ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
895
MAHALLADA IJTIMOIY HODIM TOMONIDAN QO‘LLANILADIGAN
TEXNOLOGIYALAR
Qo‘ziyeva Mohlaroyim Ibrohimjon qizi
Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filiali
Toshboyeva Dilfuza Rashid qizi
Ijtimoiy ish yo‘nalishi 4-kurs talabalari
Ilmiy rahbar:
Ibragimov Jahongir Toshniyozovich
Raqamli texnalogiyalar va iqtisodiyot kafedrasi o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada ijtimoiy ish faoliyatida qo‘llaniladigan zamonaviy
texnologiyalar, ularning turlari va ijtimoiy xodimlar tomonidan samarali foydalanish
mexanizmlari tahlil qilingan,ijtimoiy xizmat ko‘rsatish jarayonida axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari, individual va guruh bilan ishlash uslublari, shuningdek, innovatsion
yondashuvlarning ahamiyatiga, ijtimoiy xodimlarning professional malakasini oshirishda
texnologiyalarning o‘rni va ularni amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
ijtimoiy xodim, mahalla,texnalogiya,individual ijtimoiy ish,guruh bilan
ishlash,jamoatchilik bilan ishalsh,reabilitatsiya,superviziya,kasbiy kuyish,mentorlik,ijtimoiy
xizmatlar, ma’lumotlar bazasi, monitoring.
Mahalla – jamiyatning eng muhim ijtimoiy birliklaridan biri bo‘lib, unda fuqarolar hayoti va
manfaatlari bilan bog‘liq turli jarayonlar amalga oshiriladi. Bugungi kunda mahallalarda ijtimoiy
hodimlarning samaradorligini oshirish maqsadida zamonaviy texnologiyalardan keng
foydalanilmoqda. Ushbu maqolada mahalla ijtimoiy hodimlari tomonidan qo‘llaniladigan asosiy
texnologiyalar haqida so‘z yuritamiz.
Mahallada ishlaydigan ijtimoiy xodim aholining ijtimoiy xizmat va yordamlar, shuningdek,
ijtimoiy ish faoliyati haqida xabardorligini oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga
ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatishni tashkil qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning
murojaatiga asosan, kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda o‘z tashabbusi bilan “ijtimoiy ish”ni
ochish hamda individual ijtimoiy xizmatlar rejasini tuzish uchun dastlabki baholash o‘tkazishni
amalga oshiradi. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga zarur hollarda qisqa
muddatli individual ijtimoiy yordam rejasini tuzadi, aholiga davlat tomonidan kafolatlangan
ijtimoiy xizmat va yordamlar to‘g‘risida, shuningdek, aholining mazkur xizmatlarni olishga
bo‘lgan huquqlari bo‘yicha tushuntirish beradi. Mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, hokim
yordamchisi, profilaktika inspektori, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi va boshqalar bilan
hamkorlikda ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning muammolarni yechish bo‘yicha kompleks
choralar ko‘radi. Umuman, aholini ijtimoiy muhofaza qilish bilan bog‘liq asosiy masalalar
ijtimoiy xodim zimmasida bo‘ladi. Xodim bu vazifalarni “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari
orqali amalga oshiradi.
Bugungi kunda ijtimoiy soha,ijyimoiy ishga katta e‘tibor qaratilib,davlat siyosati darajasigacha
chiqarilmoqda.Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev 2022-yil 29-apreldagi‘‘Biz Yangi O‘zbekiston
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
896
taraqqiyot strategiyasida ijtimoiy adolat tamoyili asosida aholining yordamga muhtoj
qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni bartaraf etishni davlat siyosatining ustuvor
yo‘nalishi etib belgiladik’’ deya ta‘kidlaydi.
Bundan tashqari Ijtimoiy xodimlarning maqomi, vazifalari, funksiyalari va malakaviy talablari
to‘g‘risidagi yo‘riqnomada Ijtimoiy xodimning quyidagi vazifalari,majburiyatlari va huquqlari
keltirib o‘tilgan:
-
parvarishga muhtoj yolg‘iz keksalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash;
-
nogironligi bo‘lgan va og‘ir kasallikka chalinganlar shaxslar hamda turli nuqsonlari
bo‘lgan va uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarga yordam berish;
-
kam ta’minlangan oilalarga yordam ko‘rsatish;
-
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan hamda to‘liq bo‘lmagan
oilalardagi bolalarga yordam ko‘rsatish;
-
ota-onasi xorijiy davlatlarga ketgan bolalar hamda voyaga yetmagan yolg‘iz onalar va
otalar bilan ishlash;
-
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da ro‘yxatda turgan shaxslarga yordam berish.
Ijtimoiy xodim o‘ziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi
huquqlarga ega bo‘ladi:
-
mehnatni muhofaza qilish talablariga mos keladigan ish joyiga ega bo‘lish;
-
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishda nodavlat notijorat
tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;
-
ijtimoiy xizmat ko‘rsatishda boshqa davlat organlari, jismoniy va yuridik shaxslar,
volontyorlar va ijtimoiy sohaga oid boshqa guruhlar bilan hamkorlik qilish;
-
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyatini va ish uslublarini takomillashtirish
bo‘yicha takliflar kiritish;
-
mahalla darajasida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish samaradorligini oshirish bo‘yicha
takliflar kiritish;
-
bevosita yoki “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbariyati nomidan o‘z xizmat
vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlarni axborot tizimidan
foydalangan holda vakolatli organlardan so‘rash va olish;
-
“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi va boshqa axborot tizimlardan
foydalanish;
-
ijtimoiy holatni yaxshilash bo‘yicha mahalla raisi bilan birgalikda tuman hokimligiga
takliflar kiritish;
-
aholi o‘rtasida ijtimoiy profilaktika va moslashtirish ishlarida hamkorlik qilish, tazyiq va
zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratishda ishtirok etish.
1
Sh.Mirziyoyev 29.04.2022-yildagi ehtiyojmand aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga oid yig‘ilishidagi nutqidan.
2
3240-son 10.06.2020 Ijtimoiy xodimlarning maqomi, vazifalari, funksiyalari va malakaviy talablari to‘g‘risidagi yo‘riqnoma
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
897
Ijtimoiy xodim:
-
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsning yoshi, jinsi, irqi, etnik kelib chiqishi, iqtisodiy
mavqeyi, madaniyati, nogironligi mavjudligi, diniy farqlarini hurmat qilish va kamsitishning har
qanday shakliga qarshi turish;
-
ijtimoiy xizmatlar oluvchilarning shaxsiy axboroti maxfiyligini ta’minlash bo‘yicha
zaruriy choralar ko‘rish;
-
vakolati doirasida ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatish;
-
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari ijtimoiy xodimlar guruhlarining odob-axloq
qoidalari bilan tanishish;
-
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari ijtimoiy xodimlar guruhlarining odob-axloq
qoidalariga qat’iy rioya qilish;
-
mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga,
mehnat shartnomalari shartlariga hamda ichki mehnat tartib qoidalariga rioya etish;
-
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbariyatining o‘z faoliyatiga oid qabul qilingan
qaror va buyruqlar bilan tanishish hamda ularni rioya qilish va ijro qilish;
-
insonlarning hayoti va sog‘lig‘iga, ish beruvchining mol-mulki (shu jumladan uchinchi
shaxslarning ish beruvchida bo‘lgan mol-mulkiga, agar ish beruvchi ushbu mol-mulkning but
saqlanishi uchun javobgar bo‘lsa) but saqlanishiga tahdid soladigan vaziyat yuzaga kelganligi
to‘g‘risida bevosita rahbar yoki vakolatli davlat organlariga darhol xabar qilish;
-
ijtimoiy xizmat foydalanuvchilarining ijtimoiy xizmatlardan foydalanish ko‘nikmalarini
rivojlantirish va ularning bu boradagi xabardorligini oshirish;
-
o‘z faoliyati davomida va undan tashqarida shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligini
ta’minlash;
-
mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir
qoidalarga rioya qilish;
-
ijro (ish vaqti, xizmat vazifalarini belgilangan muddatda va lozim darajada bajarish va
hokazo) intizomiga rioya qilish; o‘z kasbiy mahorati va malakasini tizimli rivojlantirib borish
uchun majburdir.
Ijtimoiy ish bugungi kunda inson salomatligi, ijtimoiy farovonlik, huquqiy va ma'naviy
yuksalishning muhim vositalaridan biridir. Ijtimoiy hodim esa jamiyatda ehtiyojmand qatlamlar
bilan ishlovchi, ularga yordam beruvchi, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi shaxsdir. Ushbu kitob ijtimoiy
hodimlar tomonidan qo‘llaniladigan asosiy texnologiyalarni mukammal yoritadi. U o‘quvchilarni
nazariy bilimlar bilan qurollantiribgina qolmay, amaliy ko‘nikmalarni ham rivojlantirishga
yordam beradi.
Texnologiya bu – maqsadga yo‘naltirilgan, tizimli, izchil faoliyatni amalga oshirishda
qo‘llaniladigan usul va vositalar majmuasidir. Ijtimoiy ishda texnologiyalar ehtiyojmand
shaxslar, oilalar va jamoalarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishda asosiy vosita hisoblanadi.
Ijtimoiy ishda texnologik yondashuvlarning o‘rni:
Texnologik yondashuvlar xizmat ko‘rsatishning har bir bosqichini aniqlik bilan tashkil etish
imkonini beradi. Har bir mijozga individual yondashuv, resurslarni aniqlash, xizmat turi va
usulini tanlash texnologik yondashuv orqali amalga oshiriladi.
Texnologik yondashuv va professional etikadagi uyg‘unlik:
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
898
Texnologiyalar faqat amaliy vosita emas, balki etik qadriyatlar bilan uyg‘un bo‘lishi
zarur. Hurmat, ishonch, maxfiylik kabi tamoyillar texnologik faoliyatda ustuvor bo‘lishi kerak.
Individual yordam ko‘rsatish bosqichlari: Bu texnologiyada ijtimoiy hodim bir shaxs
bilan ishlaydi. Bosqichlar: dastlabki suhbat, muammoni tahlil qilish, rejalashtirish, aralashuv,
monitoring va baholashdan iborat.
Muammoli holatlarni aniqlash va tahlil qilish Muammoni aniqlashda suhbat, kuzatuv,
hujjatlarni o‘rganish kabi usullar qo‘llaniladi. Tahlil esa mijozning holatini chuqur tushunish,
ehtiyojlarini aniqlash imkonini beradi.
Ish rejasi tuzish va monitoring olib borish :
yordam rejasi aniq va o‘lchovli bo‘lishi kerak.
Har bir bosqichda monitoring amalga oshiriladi, natijalar baholanadi va kerak bo‘lsa tuzatishlar
kiritiladi.
Guruh terapiyasi va maslahatlar:
Bu texnologiya bir xil
muammoga ega insonlar bilan guruh shaklida ishlashni o‘z ichiga oladi. Guruh a’zolari o‘zaro
tajriba almashadi, hissiy yordam oladi.
Ijtimoiy-
psixologik treninglar:
Treninglar shaxslararo munosabatlarni yaxshilash, o‘zini anglash va
rivojlantirish uchun xizmat qiladi. Mashg‘ulotlar interaktiv metodlarda olib boriladi.
Konfliktlarni hal qilish va muvozanatni saqlash:
Guruh ichidagi kelishmovchiliklarni hal
qilish, mediatsiya usullaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Hodim neytral va
yo‘naltiruvchi rolini bajaradi.
Mahalla va hududiy loyihalar bilan ishlash:
Ijtimoiy hodim mahalla, maktab, sog‘liqni saqlash muassasalari bilan hamkorlikda profilaktik va
rivojlantiruvchi
tadbirlar
o‘tkazadi.
Ijtimoiy harakatlarni tashkil etish:
Targ‘ibot aksiyalari, ijtimoiy tashabbuslar, ko‘ngillilar
harakatini tashkil etish orqali jamoatchilik faollashtiriladi.
Axborot va resurs
xizmatlarini rivojlantirish:
Jamoalarga ijtimoiy xizmatlar, yordamlashish tizimi haqida axborot
berish
va
resurslar
bilan
bog‘lash
hodimning
muhim
vazifasidir.
Bolalar uyi, qariyalar uyi va nogironlar bilan ishlash:
Ushbu muassasalarda yashovchilar
bilan ijtimoiy-psixologik ishlar, madaniy va moslashuv dasturlari olib boriladi.
Davolash-maslahat markazlarida ish yuritish:
Tibbiy-ijtimoiy yordamni muvofiqlashtirish,
bemorlar
bilan
motivatsion
suhbatlar
o‘tkazish
hodim
zimmasiga
tushadi.
Reabilitatsiya va adaptatsiya jarayonlarini boshqarish:
Ijtimoiy moslashuv, kasbiy tayyorlov,
mehnatga layoqatni tiklash yo‘nalishida reabilitatsion dasturlarni amalga oshirish texnologiyalari
o‘rganiladi.
Elektron hujjat almashinuvi tizimi:
Mahalla
fuqarolar yig‘inlarida ishlovchi ijtimoiy hodimlar ko‘plab hujjatlar bilan ishlaydi. Elektron hujjat
almashinuvi tizimlari yordamida ma’lumotlarni tezkor almashish, fuqarolarning ariza va
shikoyatlarini raqamli shaklda qabul qilish imkoniyati yaratilmoqda. Bu esa qog‘ozbozlikni
kamaytirib, ish jarayonini tezlashtiradi.
Mobil ilovalar va onlayn
platformalar:
Mahalla aholisi bilan bog‘lanish, ularning muammolarini tezkor hal qilish
maqsadida maxsus mobil ilovalar ishlab chiqilgan. Ushbu ilovalar orqali fuqarolar murojaatlarini
yo‘llashlari, yordam so‘rashlari va ijtimoiy dasturlardan xabardor bo‘lishlari mumkin. Bundan
tashqari, mahalla hodimlari fuqarolarning ijtimoiy holatini monitoring qilish uchun maxsus
onlayn platformalardan foydalanadi.
Videokonferensiya va
masofaviy maslahat xizmatlari:
Ba’zan mahalla aholisi turli sabablarga ko‘ra ijtimoiy xizmatlar
ofisiga borishga qiynalishi mumkin. Shu sababli, masofaviy maslahat xizmatlari tashkil etilib,
Zoom, Microsoft Teams yoki Google Meet kabi platformalar orqali fuqarolar bilan bog‘lanish
imkoniyati yaratilgan. Bu usul ayniqsa pandemiya davrida juda muhim bo‘ldi.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
899
Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy xodimlar faoliyatida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash
mahallalarda aholining ehtiyojlarini aniqlash, ularga tezkor va sifatli ijtimoiy xizmatlar
ko‘rsatish imkonini yaratmoqda. Ijtimoiy ish texnologiyalari ijtimoiy xodimlar tomonidan
aholining ehtiyojlarini belgilash, resurslarni samarali boshqarish va vaziyatni yaxshilash
maqsadida qo'llaniladi. Ushbu texnologiyalar infografika, onlayn platformalar, ma'lumotlar
tahlili va boshqa zamonaviy vositalarni o'z ichiga oladi.Ijtimoiy xodimlar ushbu texnologiyalarni
qo'llashda ko'plab afzalliklarga ega bo'lganlar bilan birga, shuningdek, ba'zi qiyinchiliklarga ham
duch kela olishlari mumkin. Masalan, texnologik yechimlar orqali ish jarayonlari
optimallashtirilishi va axborot ko'proq ta'sirchan tarzda uzatilishi mumkin. Biroq,
texnologiyalarga qaramlik va malakasizlik kabi muammolar paydo bo'lishi mumkin.Umuman
olganda, ijtimoiy ish texnologiyalari ijtimoiy xodimlarning samaradorligini oshirish uchun
muhim vosita hisoblanadi, shuning uchun ularni zarur malaka va bilimlar bilan mustahkamlash
muhimdir. Bunday yondashuv ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirishga hamda jamoatchilik bilan
samarali aloqani mustahkamlashga yordam beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Sh.Mirziyoyevning 29.04.2022-yildagi ‘‘Ehtiyojmand aholining ijtimoiy himoyasini
yanada kuchaytirishga oid yig‘ilishidagi nutqi‘‘dan.
2.
‘‘Ijtimoiy xodimlarning maqomi, vazifalari, funksiyalari va malakaviy talablari
to‘g‘risidagi yo‘riqnoma‘‘3240-son 10.06.2020
3.
‘‘ Ijtimoiy ishda innovatsion texnologiyalar ‘‘–
Sattorova M.N Toshkent: Fan va texnologiya, 2020.
4.
‘‘Policies and Practices ‘‘Tashkent State University of Law. Social Work in Uzbekistan:
– 2021.
5.
‘‘Технологии социальной работы ''Комаровский Ю.В.– Москва: Юрайт, 2020.