Авторы

  • Yusupova Sharofat Xayrullayevna
    Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi 44-umumiy o’rta ta'lim maktabida amaliyotchi psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ifx.83170

Ключевые слова:

Kasb tanlash oila ta’siri maktab o‘quvchilari ijtimoiy tahlil psixologik jarayonlar ota ona roli kasbiy qiziqish oilaviy qadriyatlar kasbiy yo‘naltirish

Аннотация

Ushbu maqolada kasb tanlash jarayonida oila omilining maktab o‘quvchilari hayotiga ta’siri ijtimoiy va psixologik nuqtai nazardan tahlil etilgan. Tadqiqotda oila muhiti, ota-onalarning kasbga yo‘naltirishdagi roli, bolalarning kasbiy qiziqish va moyilliklariga ta’sir etuvchi asosiy omillar yoritilgan. Shuningdek, kasb tanlashdagi psixologik jarayonlar, oilaviy qadriyatlar va ota-onalarning kasbiy ideal tasavvurlari o‘quvchilarning kasb tanlash qarorlariga qanday ta’sir qilishi o‘rganilgan. Maqola maktab o‘quvchilari misolida amaliy kuzatuvlar va tahlillarga tayangan holda yozilgan bo‘lib, yoshlarning kasbga yo‘naltirilishida oilaning ahamiyatini chuqurroq anglashga yordam beradi.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

891

KASB TANLASH JARAYONIDA OILA TA’SIRINING MAKTAB O‘QUVCHILARI

MISOLIDA IJTIMOIY VA PSIXOLOGIK JIHATDAN TAHLIL ETILISHI

Yusupova Sharofat Xayrullayevna

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi

44-umumiy o’rta ta'lim maktabida amaliyotchi psixologi

ANNOTATSIYA:

Ushbu maqolada kasb tanlash jarayonida oila omilining maktab o‘quvchilari

hayotiga ta’siri ijtimoiy va psixologik nuqtai nazardan tahlil etilgan. Tadqiqotda oila muhiti, ota-

onalarning kasbga yo‘naltirishdagi roli, bolalarning kasbiy qiziqish va moyilliklariga ta’sir

etuvchi asosiy omillar yoritilgan. Shuningdek, kasb tanlashdagi psixologik jarayonlar, oilaviy

qadriyatlar va ota-onalarning kasbiy ideal tasavvurlari o‘quvchilarning kasb tanlash qarorlariga

qanday ta’sir qilishi o‘rganilgan. Maqola maktab o‘quvchilari misolida amaliy kuzatuvlar va

tahlillarga tayangan holda yozilgan bo‘lib, yoshlarning kasbga yo‘naltirilishida oilaning

ahamiyatini chuqurroq anglashga yordam beradi.

Kalit so’zlar:

Kasb tanlash, oila ta’siri, maktab o‘quvchilari, ijtimoiy tahlil, psixologik

jarayonlar, ota ona roli, kasbiy qiziqish, oilaviy qadriyatlar, kasbiy yo‘naltirish

Juda ko’p kasblar ichida qaysi birini tanlash, unga shaxs moyilligi, layoqati va qiziqishlarining

mos kelishi yoki kelmasligini bilish shaxs istiqbolida muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa

o'quvchi- yoshlarni kasbga yo'naltirish umumta'lim maktabi ishining tarkibiy qismidir. Ma'lumki,

agar kasb to'g'ri tanlangan bo'lsa,inson uchun mehnat quvonch,ijodiy ilhom manbaiga aylanadi,

bu esa inson uchun ham,jamiyat uchun ham foydalidir. Shu o'rinda psixologlarimiz

ta'kidlaganidek,insonning o'zi xohlagan erkin tanlashi nihoyatda katta ahamiyatga ega. Inson

sevgan ishi bilan shug'ullansa, u bu ishdan xursand bo'lishi, qanoat hosil qilishi, ko'p tashabbus

ko'rsatishi, charg’amay g'ayrat bilan ishlashi mumkin. Yoshlarni mustaqil mehnat faoliyatiga

puxta tayyorlash va ularning kasb- hunarini o'z qobiliyatlariga yarasha to'g'ri tanlashlariga

erishish uchun maktab o'qituvchilarining pedagogik mahorati, bilim saviyasi, didaktik

qobiliyatlar yuksak bo'lishi, fan asoslarini turmush bilan bog'lab o'rganilishi, to'garak va

qo'shimcha, yordamchi kurslar oqilona uyushtirilishi, maktablarda kasb- hunar to'g'risida

ma'ruzalar o'qilishi, suhbatlar, munozaralar o'qilishi, sayohatlar, uchrashuvlar, kasb- hunar

fotoko'rgazmalari tashkil qilishlari zarur. Kasbga nisbatan qiziqishni vujudga keltirish

o'qituvchining pedagogikfaoliyati bilan bevosita bog'liqdir. Mehnat ta'limini turmush bilan

bog'lash, uyg'unlashtirish, o'quvchilarning individual- tipologik, yosh davrlari xususiyatlari,

texnik qobiliyatlari, intellektual darajalari va imkoniyatlarini hisobga olish ijobiy samara beradi.

Chunki har bir kasb- hunar shaxsdan irodaviy zo'r berishni , aqliy jiddiylikni va sinovlarga

bardosh bera oladigan yig'it- qizlarnigina mazkur tanlangan kasbga nisbatan yaroqli deb topiladi.

O'quvchini u yoki bu kasbga maqsadli yo'naltirishdan avval uning shaxsini o'rganish lozim.

Buning uchun uni kuzatish o'quvchining maktabdagi, jamoat joylaridagi, oila va mehnatdagi

amaliy harakatlarini tahlil qilish, so'rovnoma o'tkazish, suhbat, test, olish mumkin. Kasb tanlash

faoliyatini oqilona tashkil etish uchun mamlakatimiz qaysi soha mutaxassislariga muhtojligini

nazarda tutish va shunga yarasha maktab o'quvchilarini ularning mayli, intilishi, qiziqishi,

imkoniyati, aqliy va jismoniy qobiliyatlariga qarab, hamda u yoki bu kasbga yaroqligini aniqlab,

so'ng kasbga yo'llash kerak. Kasbga yo'naltirishda turli kasblar, ularga qo'yiladigan talablar, bu

kasbni qayerda egallashlari mumkinligi to'g'risida o'quvchilarga ma'lumot berish katta

ahamiyatga ega. Kasb mahorati va insoniy tafakkurning rivojlanishi, fandagi mavjud


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

892

muammolarni va ularni hal etish yo'llarini ko'ra bilish qobiliyati, bularning hammasi muammoli-

evristik saviyadir. Shu o'rinda o'quvchilarning kasbga yo'naltirishning nazariy va amaliy

aspektlarini ko'rib chiqamiz:

-kasbga yo'naltirishning nazariy aspekti kasb faoliyatining barcha tomonlari to'g'rsidagi chuqur

bilimlarning shakllanishi, shu bilimlarga tayangan holda ta'lim olishni, nazariy bilimlarni

amaliyotga tatbiq etish va buning aksi bo'lgan amaliyotning nazariyaga ko'chiriy yo'llarini

o'rganishni nazarda tutadi.

-kasbga yo'naltirishning amaliy aspekti esa egallagan bilimlarni hayotiy faoliyatning ma'lum bir

sohasida qo'llashni o'rganishdan iboratdir. Bu esa yoshlarni biror kasbni tanlashga ongli

munosabatda bo'lishga tayyorlaydi. O'quvchilar kasblar to'g'risidagi ma'lumotlarni, bilimlarni

faqat maktabda emas, balki ommaviy axborot vositalaridan, tanishlari, qarindoshlardan ham bilib

oladilar. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda yoshlarni kasbga yo'naltrishda quyidagilarga

e'tibor berish lozim bo'ladi.

-o'quvchilarning faolligi, havaslari, intilishlari, xohishlari,motivlari, ezgu- niyatlari xusuan

kasbkorga bo'lgan qiziqishlarini vaqtida aniqlash.

-o'quvchilarning individual tipologik xususiyatlari, yoshi va jinsini hisobga olgan holda ularning

har birini oqilona kasbga yo'llash;

- kasb tanlash faoliyatini oqilona tashkil etish uchun mamlakatimiz qaysi soha mutaxassislariga

muhtojligini nazarda tutish va shunga yarasha ularning aqliy va jismoniy qobiliyatlariga qarab,

hamda u yoki bu kasbga yaroqligini aniqlab, so'ng kasbga yo'llash kerak;

-ota onalar bilan mustahkam aloqa o'rnatish; -kasbga yo'naltirish bo'yicha maslahatlar uyushtirish

lozim bo'ladi. O'quvchi yoshlarni kasbga yo'naltirish– yoshlarga kelajakda o'z kasblarini aniqlab

olish uchun yordam qaratilgan ijtimoiy- iqtisodiy, psixologik, pedagogik, tibbiy-biologik va

ishlab chiqarish- texnik tadbirlarning asoslangan tizimi hisoblanadi. Yoshlar mehnatining

mazmuni mamlakat oldida turgan ijtimoiy,siyosiy va iqtisodiy vazifalar, viloyat va tumanlardagi

kadrlarga bo'lgan ehtiyoj, o'quvch yurtlarining ichki imkoniyatlari va talablari asosida

belgilanadi. Kasbga yo'naltirish deganda, yoshlarni hohish moyilligi va shakllangan

qobiliyatlariga yarasha hamda xalq xo'jaligini, umuman jamiyatning mutaxassislarga

ehtiyojlarini hisobga olib ishga joylashtirish jarayonini optimallashtirishga qaratilgan psixologik

pedagogik, tibbiy tadbirlar kompleks tushuniladi. Maktab o’quvchilarining umumiy o‘rta ta’lim

muassasalarida kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini tashkil etish, o‘quvchilarda kasbiy bilimlarni

va motivatsiyani, ijtimoiy hayotdagi kasbiy olamga moslashuv va jamoaviy hamkorlik

ko‘nikmalarni shakllantirish hozirgi zamoning dolzarb muammolaridan biridir. Maktab

o’quvchilarida kasb hunar tanlashga ko’malashishning asosiy maqsadi - umumiy o‘rta ta’lim

muassasalarida kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini tashkil etish, o‘quvchilarda kasbiy bilimlarni

va motivatsiyani, ijtimoiy hayotdagi kasbiy olamga moslashuv va jamoaviy hamkorlik

ko‘nikmalarni shakllantirish. Makatab amaliyotchi psixologi quyidagilarni rivojlantirish uchun

ma’suldir:

- o‘quvchilarni kasblar haqidagi fikrlarini kengaytirish, ularni qobiliyat va imkoniyatlarini

amaliyotda qo‘llashga o‘rgatish;


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

893

- o‘quvchilarning bilim motivlarini shakllantirish, intellektual va ijodiy imkoniyatlarini

rivojlantirish hamda ularning kasblar dunyosi haqidagi fikrini kengaytirish;

- o‘quvchilarda kasbga nisbatan o‘z qobiliyatlarini o‘rganishga o‘rgatish, ularning ijodiy

qobiliyatlarini rivojlantirish, ularni ma’lumotnoma va entsiklopedik adabiyotlar bilan ishlashga

o‘rgatish;

- o‘quvchilarni uzluksiz kasb-hunarga yo‘naltirish, psixologik-pedagogik diagnostik

metodikalari asosida kasbiy qiziqishi, layoqati, moyilligi va qobiliyatlarini erta yoshdan aniqlash

hamda yo‘naltirib borish;

- o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda ota-onalarni va keng jamoatchilikni jalb qilgan holda

targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish. O'quvchi-yoshlarning kasb-hunarga layoqatini o'rganish

uchun ularning aqliy, jismoniy qobiliyatlarini bilish,malaka va ko'nikmalarini o'rganish lozim.

Kasbga nisbatan qiziqishni vujudga keltirish o'qituvchining pedagogik faoliyati bilan bevosita

bog'liqdir. Mehnat ta'limini turmush bilan bog'lash,uyg'unlashtirish, o'quvchilarning individual

va tipologik ,yosh xususiyatlarini,texnik qobiliyatlarini, intellektual darajalari, imkoniyatlarini

hisobga olish ijobiy samara beradi. Chunki har bir kasb-hunar shaxsdan irodaviy zo'r

berishni,aqliy jiddiylikni va sinovlarga bardosh bera oladigan o'quvchilarnigina mazkur

tanlangan kasbga nisbatan yarog'li deb topiladi.

Kasb tanlash jarayoni shaxsning nafaqat iqtisodiy hayotda, balki ma’naviy va ijtimoiy

rivojlanishida ham muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun maktab davridan boshlab o‘quvchilarda

ongli ravishda o‘z kasbiy yo‘lini belgilashga tayyorlik shakllantirish zarur. Kasb tanlashga oid

ishlar doirasida psixologik maslahatlar berish, kasbiy diagnostika o‘tkazish, o‘quvchilarning

individual xususiyatlari va qiziqishlarini aniqlashga qaratilgan test va suhbatlar muhim ahamiyat

kasb etadi. Bunda, oila va maktab o‘rtasidagi hamkorlik alohida o‘rin tutadi. Ota-onalarning

farzandlari kasb tanlovi borasida beradigan maslahatlari va qo‘llab-quvvatlovlari

o‘quvchilarning mustaqil qaror qabul qilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, ota-

onalarga kasbiy orientatsiya sohasidagi bilimlarni yetkazish, ularning farzandlarining qobiliyati

va moyilligini to‘g‘ri baholashiga yordam berish ham zarur. Zamonaviy mehnat bozori

sharoitida o‘quvchilarga kasb tanlashda zamonaviy kasb turlari, innovatsion texnologiyalar va

mehnatga bo‘lgan talablar haqida keng qamrovli ma’lumotlar berilishi kerak. Buning uchun

maktablarda kasbiy ko‘rgazmalar, mutaxassislar bilan uchrashuvlar, ishlab chiqarish

korxonalariga ekskursiyalar tashkil etish foydali bo‘ladi. Bu orqali o‘quvchilar nafaqat nazariy

bilimga ega bo‘ladilar, balki real ish sharoitlari bilan tanishadilar va o‘zlarining qiziqishlari,

imkoniyatlarini yanada aniqroq anglaydilar. Kasbiy tanlovni amalga oshirishda o‘quvchilarning

ijtimoiy faoliyati, muloqot madaniyati, jamoaviy ishlash qobiliyati, stressga bardoshlilik kabi

ko‘nikmalarini rivojlantirish ham muhimdir. Shu sababli, kasb tanlashga oid tarbiyaviy ishlar

faqat kasblar haqida ma’lumot berish bilan cheklanmasdan, balki shaxsiy va ijtimoiy

kompetensiyalarni rivojlantirishga ham yo‘naltirilishi lozim. Bundan tashqari, psixologik

xizmatlar yordamida o‘quvchilarning kasbga oid qiziqishlari va moyilliklarini erta bosqichda

aniqlash va ularga individual rivojlanish yo‘nalishlarini taklif qilish samaradorlikni oshiradi.

Maxsus diagnostik metodikalar yordamida o‘quvchining kasbiy qobiliyatlari aniqlanib, ularni

rivojlantirish bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqiladi. Xulosa qilib aytganda, maktab

o‘quvchilarining kasb tanlovi masalasi ko‘p qirrali, murakkab va mas’uliyatli jarayon bo‘lib, bu

boradagi ishlar tizimli, maqsadga yo‘naltirilgan va shaxsga individual yondashuv asosida olib

borilishi lozim. Kasb tanlash jarayoniga maktab, oila va jamiyatning birgalikdagi sa’y-


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

894

harakatlari uyg‘un holda yo‘naltirilgandagina o‘quvchi yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi,

kasbiy jihatdan muvaffaqiyatga erishishi ta’minlanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1. E.G.G’oziev. Shaxs psixologiyasi. 2009.

2. E.G.G’oziev Muomala psixologiyasi. 2005.

3. G.K.Tulyaganova. Differentsial psixofiziologiya. T. 1999 .

4. Z.T.Nishanova. Psixik taraqqiyot dignostikasi. T. 2004.

5. F.R.Abduraxmonov, Z.E.Abduraxmonova. Kasb psixologiyasi . Darslik. T. 2018. 176 b.

6. Matyoqubovna, A. R. (2022). YOSHLARNI TO’G’RI KASB TANLASHGA

YO’NALTIRISH IJTIMOIY VOQELIK SIFATIDA. BARQARORLIK VA YETAKCHI

TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(11), 436-438

Библиографические ссылки

E.G.G’oziev. Shaxs psixologiyasi. 2009.

E.G.G’oziev Muomala psixologiyasi. 2005.

G.K.Tulyaganova. Differentsial psixofiziologiya. T. 1999 .

Z.T.Nishanova. Psixik taraqqiyot dignostikasi. T. 2004.

F.R.Abduraxmonov, Z.E.Abduraxmonova. Kasb psixologiyasi . Darslik. T. 2018. 176 b.

Matyoqubovna, A. R. (2022). YOSHLARNI TO’G’RI KASB TANLASHGA YO’NALTIRISH IJTIMOIY VOQELIK SIFATIDA. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(11), 436-438