ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
879
BUXORO JADIDLARINING MAORIFNI ISLOH QILISH BORASIDAGI SA’Y-
HARAKATLARI
Jonuzoqov Muzaffarbek
Oriental universiteti magistranti
Ilmiy rahbar: dots
Muhiddinov Sunnatillo
muzaffarbekjonuzoqov@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolada maorifni isloh qilish borasidagi ma'rifatparvarlik harakatlarida
Sadriddin Ayniyning o’rni haqidagi ma’lumotlar yoritilgan. Bunda jadidchilik harakatining keng
tarqalishida Sadriddin Ayniy ijodi va faoliyati vositasida matbuot va ta’lim tizimi orqali xalq
ma’naviyatini yuksalitrish borasidagi ma’lumotlar keltirib o’tilgan.
Kalit so’zlar:
Jadidchilik, Yosh buxoroliklar, Yosh xivaliklar, “Tarbiyai atfol” (“Bolalar
tarbiyasi”), “Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar” “Kolesov voqeasi”.
Аннотация:
В данной статье освещена информация о роли Садриддина Айни в усилиях
по реформе образования. При этом были упомянуты сведения о поднятии морального духа
народа посредством средств массовой информации и системы образования благодаря
творчеству и деятельности Садриддина Айния в широком распространении движения
джадидизма.
Ключевые слова:
Джадидчилик, младобухарцы, младохивинцы, «Тарбияй атфол»
(«Образование детей»), «Материалы для истории бухарской революции», «Колесовское
происшествие».
Abstract:
In this article, the information about the role of Sadriddin Aini in the educational
reform efforts is highlighted. In this, the information about raising the morale of the people
through the media and education system through Sadriddin Ainiy's creativity and activity in the
wide spread of Jadidism movement was mentioned.
Key words:
Jadidchilik, Young Bukharans, Young Khiva residents, “Tarbiyai atfol” (“Children's
education”), “Materials for the history of the Bukhara revolution”, “Kolesov incident”.
Kirish.
Jadidchilik harakati XIX asr oxiri va XX asr boshlarida muhim ahamiyat kasb etgan
ijtimoiy - siyosiy va madaniy-ma’rifiy harakat hisoblanadi. Jadidchilikharakatidastlab XIX
asrning 80-yillarida Qrimda IsmoilbekGasprinskiy (1851-1914 y) rahbarligida tashkil topgan. Bu
harakat namoyandalari dastlab o‘zlarini taraqqiyparvarlar, keyinchalik esa jadidlar deb atashgan.
O‘sha davrning ilg‘or taraqqiyparvar kuchlari, birinchi navbatda, ziyolilar musulmon aholining
umumjahon taraqqiyotidan orqada qolayotganligini his etib, ta’lim tizimini o‘zgartirib isloh
qilish zaruriyatini tushunib yetgan edilar[8].
Turkistonda jadidchilik harakatining kuchayishi natijasida undan Buxoroda Yosh
buxoroliklar(1910) va Xivada Yosh xivaliklar(1914) partiyalari. Bu tashkilotlarning a’zolari
asosan yoshlar bo‘lganligi uchun, balki fikr va g‘oyalari teran bo‘lganligi uchun ham ular
o‘zlarini shunday atashgan[3].
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
880
Bu davrda Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875-1919 y), Munavvar Qori Abdurashidxonov (1878-
1931 y), Polvonniyoz Hoji Yusupov jadidlarning eng yirik namoyandalari edi. Shuningdek,
ularning maslakdoshlari va safdoshlari sifatida buxorolik milliy ziyolilardan Sadriddin Ayniy
(1878-1954y), Abdurauf Fitrat (1886-1938y), Abdulvohid Burhonov(Munzim) (1875-1934 y),
Fayzulla Xo‘jayev (1896-1938 y), Ubaydulla Xo‘jayev (1882-1938 y), Mukammil Burhonov
(1884-1937 y), Usmon Xo‘ja (1878-1968 y), Otaulla Xo‘jayev (1880-1937 y), Abduqodir
Muhiddinov (1892-1934 y), Muso Saidjonov (1893-1937 y) kabilar Yosh buxoroliklar
harakatining yulboshchilari edilar.
Tadqiqot metodologiyasi.
Yosh buxoroliklar tashkiloti Buxoroda jadidchilik va yangi usul
maktablarini tashkil etishda ko‘rsatgan jonbozligi va amirlik tuzumini, madrasa va maktablardagi
ta’lim-tarbiya tizimini isloh etish, mahalliy xalq orasida turli siyosiy va ijtimoiy varaqalar,
gazetalarni tarqatishdagi samarali faoliyatlaribayon etilar ekan, ushbu jarayonlarda Sadriddin
Ayniyning o‘zi ham bevosita ishtirok etgan.
Amirlikda yashirin ravishda tarqala boshlagan gazeta va jurnallarning mutolaa qiluvchilari, yangi
maktab tarafdorlarining Buxoroda to‘planishga olib keldi. Bunda Ayniy, Abdulvohid Munzim,
Hamidxoja Mehriy, Ahmadjon maxdum Hamdiy, Usmon Xo‘ja kabi “eski jadidlar”(keksa yoshli)
saflariga
ularga
hamfikr
va
xayrixoh
bo‘lgan
Abdurauf
Fitrat,
F.Xo’jayev
kabitaraqqiyparvarlarning kelishuvi asosida 1910 yilda Yosh buxoroliklar tashkiloti vujudga
kelgan.
Attor, Gʻulomrizo qorovulbegi, Usmonxo‘ja Po‘latxo‘ja o‘g‘li, Mullo Ochil va uning o‘g‘li
Mullo Boqiy va Sadriddin Ayniy bor edi. Shuningdek, ulamo jamiyatidan, mahalliy aholi,
madrasa talabalari va ayrim hukumat arboblari orasidan ham ularga hamfikr bo‘lganlardan:
muftiy domla Ikrom, qozi Abdusamadxoja, qozi Sharifjon Maxdum Sadri Ziyo, qozi Saidjon,
Mirzo Sahbo Vobkandiy, Hoji Dodxoh, Porsoxoja, Hoji Hamroh Yo‘ldoshzoda, Mirzo Po‘lod,
Salimjon, Hoji Sirojiddin, Ahmad Kamoliy va boshqalar bo‘lgan. Yosh buxoroliklar tashkiloti
1908 yil “Tarbiyai atfol” (“Bolalar tarbiyasi”) nomi ostida[2] [8] tashkil etilgan. Uning safida
mahalliy xalq farzandlari, savdogarlar, ziyolilar, mudarrislar va turli boshqa tabaqa vakillari
uyushgandi.
Jamiyat a’zolarining faoliyatini S.Ayniy shunday ta’riflagan edi: “Jamiyat a’zolarining har biri
doimo qo‘yniga ikki-uch dona gazeta va majmua va bir-ikki dona adabiy, axloqiy kitob tiqib, xoh
bozorda bo‘lsin, xoh uyda bo‘lsin, xoh qishloqlarda bo‘lsin, xoh temir yo‘l safarlarida bo‘lsin,
xulosasi, har bir fursat chiqquncha, xalqqa o‘qib berar, bir oz rag‘bat ko‘rsatganlarga yangi
adabiyot tarqatib turar, jiddiyroq va samimiyroq odam qo‘lga tushsa, gazeta va majmualarga
mushtariy qilar edi”.
“Tarbiyai atfol” jamiyati tomonidan Istanbulda buxorolik va turkistonlik badavlat oila bolalari
o‘z hisobiga, kambag‘al bolalar esa jamiyat hisobidan o‘qishga yuborilgan. 1908-yilning o’zida
14 kishi Istanbulga borib tahsil olib qaytgan. “Kolesov voqeasi”dan keyin, ularning ko’plari
o’ldirildi”[2].
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
881
1909 yil oktyabr oyida o‘tkazilgan maktab imtihonida Buxoro qo‘shbegisi Ostonaqul, Qarshi
hokimi Mirzo Nasrullo, rais Burhoniddin, qozikalon Baqoxo‘ja va madrasa mudarrislari ishtirok
etishgan.
Shuningdek, Buxoroning mashhur muftiylaridan, yangi usul maktabi tarafdori bo‘lgan domla
Ikrom, Samarqand ziyolilaridan Abdulqodir Shakuriy ham imtihon majlisida qatnashadi. “Bunga
Buxoro shahar xalqining boshqa tabaqalari vakillari ham taklif qilingan bo‘lib, jami 100 kishi
edi” - deb ular soniga aniqlik kiritadi F.Xo‘jayev.
Yosh buxoroliklar 1910-1917 yillarda, asosan, ma’rifatparvarlik ishlari, yangi usul maktablarini
tashkil etish, ta’lim - tarbiya tizimini isloh etish uchun kurashgan bo‘lsalar, 1917 yilga kelib bu
tashkilot siyosiy tusga kiradi. Endi, ularning asosiy maqsadlari mavjud bo‘lgan amirlik tuzumi
doirasida, eskicha boshqaruv idorasida keng islohotlar o‘tkazish orqali hukumatda Yosh
buxoroliklarning faol a’zolaridan mukammal assambleyani tuzish, shuningdek, mahalliy xalq
ahvolini yaxshilash, soliqlarni kamaytirish, maktab va madrasa ta’limi tizimida jiddiy
o‘zgartirishlar yasashdan iborat edi.
1910 yilning ramazon oyigacha, Yosh buxoroliklarning “Tarbiyai atfol” jamiyatiga, Mirzo
Izatullo, Porsoxoja, Hoji Hamroh Yo‘ldosh o‘g‘li, Ahmad Kamol, Fazliddin maxdum, Mirzo
Nazrullo, Hoji Abdusattor, Hakimjon maxdum, Mirzo Po‘lod, Salimjon, Muhammadnazar
maxdum, Mazhar maxdum va Sadriddin Ayniy a’zo bo‘lib kirgan[2].
Tahlil va natijalar.
Taraqqiyparvar adib Fayzulla Xujayev Yosh buxoroliklar harakatida faol
qatnashadi. Buxoro jadidlarining siyosiy partiyasi bo‘lgan Yosh buxoroliklar amirlik tuzumi
o‘rnida demokratik respublika o‘rnatish uchun intildi. Keksa jadidlar avlodiga mansub bo‘lgan
Fayzulla Xujayev bu kurashlarda faol qatnashib, ham o‘zining amaliy harakatlari, ham serqirra
ijodi bilandemokratik islohotlarni joriy etish va qaror toptirish uchun izchil kurashdi.
1917 yil 7 aprelda Buxoro amiri Sayid Olimxon (1881-1944 y; hukmronlik davri: 1910-1920 y )
e’lon qilgan farmoni munosabati bilan islohot tarafdorlari 8 aprel kuni “minnatdorchilik”
namoyishini o‘tkazdilar. Ushbu namoyish chog‘ida islohot tarafdorlari bilan mutaassib ulamo va
madrasa talabalari o‘rtasida to‘qnashuv yuz berib, shundan so‘ng amirlikda islohot tarafdorlariga,
ya’ni Yosh buxoroliklarga qarshi ayovsiz kurash boshlanadi.
F.Xo‘jayevning aytishicha, namoyishchilar Registonga qarab yo‘nalganlarida, ularga qarshi
mullalar tomonidan 7-8 ming qora guruhlar tashkil qilinganligi, amirning piyoda va otliq
askarlari; piyoda askar - 200, otliq askarlarning - 300 tasi tayyorlanib turganligini aytadi.
“Ularning nima maqsad bilan chiqqanligi ma’lum emas”
, - deb yozadi.
Yosh buxoroliklar aholining asosiy qismi o‘rtasida ta’sir va kuchga ega emas edi. Xalq
ruhoniylar ta’siri ostida bo‘lib, istalgan vaqtda uning da’vati bilan jadidlarga qarshi
qo‘zg‘alishlari mumkin edi.
1917 yilgi aprel namoyishidan keyin S.Ayniy va F.Xo’jayev orasida o‘zaro kelishmovchiliklar
yuzaga keldi. Birinchidan, Amir Said Olimxon tomonidan e’lon qilingan islohot farmoniga
qarshi minnatdorchilik namoyishini o‘tkazishga S.Ayniy birinchilardan bo‘lib qarshi chiqdi.
1
Хўжаев Ф. Бухоро инқилобининг тарихига материаллар. - Б. 91.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
882
Ikkinchidan, Yosh buxoroliklarning so‘l guruhi vakillari tomonidan uyushtirilgan namoyish
quvg‘in etildi, lekin, namoyishda ishtirok etmagan S.Ayniy bilan birga Mirbobo Muhsinzoda va
Mirzo Nazrullo kabi taniqli jadidlar uning qurboniga aylandi. Uchinchidan esa, S.Ayniy Buxoro
hukumatidagi o‘zgarishlardan to‘g‘ri xulosa chiqarib, vaziyatni o‘rganib Yosh buxoroliklarning
namoyish marosimini o‘tkazishlari to‘g‘ri yo‘l emasligiga ishonch hosil qilgan edi. Shuning
uchun ham Sadriddin Ayniy F.Xo‘jayev boshchiligidagi so‘l jadidlarning maqsadlarini qo‘llab -
quvvatlamadi. S.Ayniy esa aslida to‘g‘ri yo‘lni tanlagan edi. Uning fikricha, Fitrat va Fayzulla
Xo‘jayev boshchiligidagi so‘l guruh uzoqni ko‘ra olmaganligi va vaziyatni noto‘g‘ri
tushunganligi tufayli jadidlar guruhi tor-mor etildi.
Yosh buxoroliklarning tashabbusi bilan 1919 yilda “Qutilish”gazetasi, 1920 yilda “Uchqun”,
“Tong” nomidagi jurnallar chiqa boshlaydi.
Ushbu gazeta va jurnallarda Fayzulla Xo‘jayev, S.Ayniy, Fitrat, Po‘lat Soliyev (Bo‘lat Soliyev)
kabilarning maqolalari e’lon qilinadi. “Qutilish” forscha she’rlari bilan Buxoroga otashporalar
sachratdi. “Uchqun” ham o‘z navbatida ba’zi bir alangalar tashladi” - deb yozadi S.Ayniy.
F.Xo’jayev tashabbusi va tahriri ostida 1920 yil 15 aprelidan Toshkentda, har 15 kunda bir
marotaba chiqadigan “Uchqun” jurnali nashr etila boshlanadi[6]. “Zulmga qarshi ittifoq
yasalmoqdir”, “Bir kun kelur, bugungi sharqda oftob bo‘lur” degan shiorlar bilan chop etilgan
“Uchqun” gazetasi sahifalarida F.Xo’jayev, S.Ayniy, Fitrat, Munzim, Hamdiy, Said
Ahroriylarning publisistik maqolalari, va she’rlari chop etilgan.
1920 yilning iyunida Yosh buxoroliklar partiyasining rahbari Fayzulla Xo‘jayev taklifiga binoan
S.Ayniy mahalliy xalqning siyosiy ongini charxlovchi jangovor siyosiy fikrlar, shior va
murojaatnomalar yozish uchun Samarqanddan Toshkentga chaqiriladi.
Xulosa
va
takliflar.
Xulosa
qilib
yozganda,
Yosh
buxoroliklar
partiyasining
namoyondalarisifatida o‘zining islohot va inqilob haqidagi fikrlarida siyosiy to‘ntarish orqali
davlat tuzumini o‘zgartiradigan inqilob tarafdori emas edi. Ularning fikricha, siyosiy va ijtimoiy
inqilob tadrijiy ravishda, ya’ni islohotlar o‘tkazish orqali yuz bermog‘i lozim. Buning uchun,
avvalo, ommani ilmu-ma’rifat yordamida hurfikr va taraqqiyparvar qilish lozim, bunga erishish
vositasi esa maktab va matbuotdir; shundan so‘ng afkor ommaning tazyiqi va talabi bilan islohot
o‘z-o‘zidan amalga oshadi, deb tushuntiradilar. Asosiysi, S.Ayniy, bu davrda o‘zining sa’y
harakatlari va ijodiy faoliyati bilan jadidchilik harakatida va Yosh buxoroliklar harakatida
salmoqli o‘rin tutdi.
Adabiyotlar ro’yxati
1. Ayny S. Tarixi amironi mang‘itiyai Buxoro. - Toshkent: Turkiston davlat nashriyoti, 1923.
2.
Ayniy S. Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar. - Moskva: SSSR xalqlari markaziy
nashriyoti, 1926.B. 64.
3.
Ayniy S. Qisqacha tarjimai holim / Asarlar. 8 jildlik. 1 - jild. - Toshkent: O‘zbekiston davlat
badiiy adabiyot nashriyoti, 1963. - B. 94.
4. Xo‘jayev F. Buxoro inqilobining tarixiga materiallar. -Toshkent: Fan 1997.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
883
5. Xolida Ayni. Jizn Sadriddina Ayni (kratkiy xronologicheskiy ocherk). - Dushanbe: Donish,
1982.