Авторы

  • Abdug’aniyev Bekzod Abduvali o’g’li
    Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi o’qitivchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ifx.83175

Ключевые слова:

Usmonli davlati O‘zbek xonliklari Qonuniy Sulton Sulaymon Safaviylar Ubaydullaxon Abdulatifxon Eron yurishlari diplomatik aloqalar Amasya sulhi.

Аннотация

Ushbu maqolada XVI asrda O‘zbek xonliklari bilan Usmonli davlati o‘rtasidagi siyosiy-diplomatik aloqalar yoritilgan. Asosiy e’tibor Qonuniy Sulton Sulaymon davrida olib borilgan yozishmalar, elchilik missiyalari va harbiy yurishlar orqali shakllangan o‘zaro hamkorlikka qaratilgan. Shuningdek, Safaviylar davlati bilan kurashda ikki davlatning umumiy manfaatlari, Ubaydullaxon va Abdulatifxon kabi o‘zbek hukmdorlarining faoliyati, va Amasya sulhining mazmuni tahlil qilingan. Maqola O‘zbek xonliklarining tashqi siyosatida Usmonlilar bilan aloqalarining o‘rni va ahamiyatini yoritishga xizmat qiladi.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

863

USMONLI HUKMDORI QONUNIY SULTON SULAYMON VA O’ZBEK XONLARI

UBAYDULLAXON VA ABDULATIFXON O’RTASIDAGI DIPLOMATIK ALOQALAR

07.00.00- Tarix fanlari

Abdug’aniyev Bekzod Abduvali o’g’li

Samarqand davlat tibbiyot universiteti

Ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi o’qitivchisi

Email: abduganievbekzod2409@gmail.com

ORCID ID: 0009-0002-8597-3356

Annotatsiya:

Ushbu maqolada XVI asrda O‘zbek xonliklari bilan Usmonli davlati o‘rtasidagi

siyosiy-diplomatik aloqalar yoritilgan. Asosiy e’tibor Qonuniy Sulton Sulaymon davrida olib

borilgan yozishmalar, elchilik missiyalari va harbiy yurishlar orqali shakllangan o‘zaro

hamkorlikka qaratilgan. Shuningdek, Safaviylar davlati bilan kurashda ikki davlatning umumiy

manfaatlari, Ubaydullaxon va Abdulatifxon kabi o‘zbek hukmdorlarining faoliyati, va Amasya

sulhining mazmuni tahlil qilingan. Maqola O‘zbek xonliklarining tashqi siyosatida Usmonlilar

bilan aloqalarining o‘rni va ahamiyatini yoritishga xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar:

Usmonli davlati, O‘zbek xonliklari, Qonuniy Sulton Sulaymon, Safaviylar,

Ubaydullaxon, Abdulatifxon, Eron yurishlari, diplomatik aloqalar, Amasya sulhi.

POLITICAL RELATIONS BETWEEN THE UZBEK KHANATES AND THE

OTTOMAN RULER SULTAN SULEIMAN

Annotation:

This article examines the political and diplomatic relations between the Uzbek

Khanates and the Ottoman Empire in the 16th century. The main focus is on the mutual

cooperation that developed through correspondence, diplomatic missions, and military

campaigns during the reign of Sultan Suleiman the Magnificent. It also analyzes the shared

interests of both empires in their struggle against the Safavid state, the actions of Uzbek rulers

such as Ubaydullah Khan and Abdulatif Khan, and the content of the Amasya Agreement. The

article aims to highlight the role and importance of relations with the Ottomans in the foreign

policy

of

the

Uzbek

Khanates.

Keywords:

Ottoman Empire, Uzbek Khanates, Sultan Suleiman the Magnificent, Safavids,

Ubaydullah Khan, Abdulatif Khan, Iranian campaigns, diplomatic relations, Amasya Agreement.

ПОЛИТИЧЕСКИЕ ОТНОШЕНИЯ МЕЖДУ УЗБЕКСКИМИ ХАНСТВАМИ И

ОСМАНСКИМ ПРАВИТЕЛЕМ СУЛЕЙМАНОМ ВЕЛИКОЛЕПНЫМ

Аннотация:

В данной статье рассматриваются политические и дипломатические

отношения между Узбекскими ханствами и Османской империей в XVI веке. Основное

внимание уделено взаимному сотрудничеству, которое развивалось через переписку,

дипломатические миссии и военные кампании в период правления Сулеймана

Великолепного. Также анализируются общие интересы обеих империй в борьбе с

Сефевидским государством, деятельность узбекских правителей, таких как Убайдуллахан


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

864

и Абдулатифхан, а также содержание Амасийского мирного договора. Статья направлена

на освещение роли и значимости отношений с Османами в внешней политике Узбекских

ханств.

Ключевые слова:

Османская империя, Узбекские ханства, Сулейман Великолепный,

Сефевиды, Убайдуллахан, Абдулатифхан, иранские кампании, дипломатические

отношения, Амасийский мирный договор.

Kirish

XVI asr Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq mintaqalari tarixida murakkab siyosiy voqealarga boy

davr bo‘ldi. Bu davrda O‘zbek xonliklari va Usmonli davlati kabi yirik musulmon davlatlarining

tashqi siyosiy aloqalari, ayniqsa Safaviylar bilan olib borilgan kurash doirasida muhim ahamiyat

kasb etdi. O‘sha davrda nafaqat ichki siyosiy o‘zgarishlar, balki regional va global miqyosda

kuchli diplomatik munosabatlar ham shakllana boshladi. Ayniqsa, O‘zbek xonliklari va Usmonli

davlati o‘rtasida olib borilgan strategik hamkorliklar ikki mamlakatning taqdiri uchun muhim rol

o‘ynadi. Ushbu munosabatlarning rivojlanishida, albatta, ikki davlatning umumiy raqiblariga

qarshi kurashish, ya'ni Safaviylar davlatiga qarshi olib borilgan harbiy va diplomatik sa'y-

harakatlar muhim omil bo‘ldi. Qonuniy Sulton Sulaymon davrida, ya'ni Usmonli imperiyasining

eng kuchli hukmdorlaridan biri bo‘lgan Sulton Sulaymonning siyosiy mahorati va harbiy

strategiyasi o‘ziga xos ahamiyat kasb etdi. Uning O‘zbek hukmdorlari bilan olib borgan

yozishmalari va o‘zaro harbiy hamkorliklari ikki davlat o‘rtasida mustahkam ittifoqlarni

shakllantirishga olib keldi. Bu diplomatik aloqalar, nafaqat Usmonli imperiyasi va O‘zbek

xonliklarining ichki siyosatiga, balki umumiy siyosiy va harbiy strategiyalariga ham ta'sir qildi.

Ayniqsa, Safaviylar bilan olib borilgan kurashda ikki davlat o‘rtasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash

va bir-birining manfaatlarini himoya qilishda qo‘l kelgan ittifoqlar, ikki tomonlama siyosiy

rishtalarni kuchaytirdi. Ushbu maqolada aynan shu siyosiy aloqalarning tarixiy asoslari,

sabablari va natijalari o‘rganilib, O‘zbek xonliklari va Usmonli davlati o‘rtasidagi

munosabatlarning rivojlanishiga va ushbu munosabatlarning kengayishiga olib kelgan siyosiy va

diplomatik faoliyatlar tahlil qilinadi.

Natija:

XVI asrda O‘zbek xonliklari va Usmonli davlati o‘rtasidagi siyosiy-diplomatik aloqalar

ikki tomonlama manfaatlar va umumiy dushman — Safaviylar davlatiga qarshi kurash zarurati

tufayli rivojlangan. Ubaydullaxon va Abdulatifxon kabi o‘zbek hukmdorlarining Qonuniy Sulton

Sulaymon bilan olib borgan yozishmalari va elchilik munosabatlari bu aloqalarning amaliy

ifodasidir. Amasya shartnomasining imzolanishi, Usmonli va O‘zbek o‘rtasidagi diplomatik

aloqalarning mantiqiy yakuni bo‘lib, bu ittifoq orqali ikki davlat Safaviylarga qarshi kuchli

siyosiy va harbiy pozitsiya shakllantirishga erishgan. Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, diniy

yaqinlik va siyosiy manfaatlar uyg‘unlashganda, xalqaro miqyosda barqaror va samarali

hamkorliklar yuzaga keladi.

Muhokama:

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Usmonli va O‘zbek xonliklari o‘rtasidagi

diplomatik munosabatlar faqatgina siyosiy zarurat emas, balki umumiy tarixiy-madaniy

qadriyatlar asosida shakllangan. Ayniqsa, Qonuniy Sulton Sulaymonning siyosiy yetakchiligi bu

aloqalarning mustahkamlanishiga xizmat qilgan. Biroq, o‘zaro aloqalarning doimiy va strategik

ittifoqqa aylana olmaganligi — o‘zbek xonliklaridagi ichki nizolar, hokimiyat uchun kurashlar

va tashqi bosimlar bilan bog‘liq bo‘lib, bu omillar ittifoqning barqarorligiga salbiy ta’sir

ko‘rsatgan. Shunga qaramay, XVI asrda shakllangan ushbu siyosiy hamkorliklar bugungi kunda

ham tarixiy saboq sifatida o‘rganilishi muhim. Chunki, zamonaviy xalqaro munosabatlarda ham


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

865

siyosiy ittifoqlar ko‘pincha umumiy xavf va manfaatlar asosida shakllanadi. O‘tgan asr tajribasi

hozirgi global siyosiy jarayonlarni anglashda muhim manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Metodlar:

Maqolada Tarixiy-analitik, Taqqoslash , Sabab-oqibat , Tahliliy , Xronologik

uslublardan foydalanilgan.

Shoh Ismoil atigi 38 yoshida vafot etganidan so‘ng, uning o‘rniga 10 yoshli o‘g‘li Shoh Tahmasp

(1524–1576) taxtga o‘tirdi. Sulton Sulaymon Shoh Tahmaspga maktub yo‘llab, otasining qilgan

xatolarini takrorlamasligi va to‘g‘ri yo‘ldan chetga chiqmasligi haqida ogohlantirishlar berdi. Bu

davrda Turkistonda esa O‘zbek davlati ikki qismga bo‘lingan bo’lib, Muhammad

Shayboniyxonning vafotidan so‘ng O‘zbek federatsiyasining (Buxoro hududida Abdulhayriylar

sulolasining Shoh Budak

1

shohidan Ubaydullaxon, Toshkent va Sirdaryoning shimoliy

hududlarida esa Suyunchiylar yetakchisi Suyunchixon, Samarqand va Buxoro orasidagi

Karmana va Miyankol hududlarida esa Jonibeklar sulolasi vakili Jonibek Sulton hokimiyat

tepasida edi) rahbari etib uning ukasi Ko‘chkunchixon tayinlangan edi. Orol deltasi hududida

tashkil topgan Xorazm (Xiva) xonligi esa xonlik asoschisi Elbarsxonning jiyani Xusaynqulixon

tomonidan boshqarilardi (1;B.19-20).

Garchi davlatning asosiy hukmdori Ko‘chkunchixon bo‘lsa-da, Safaviylarga qarshi olib borilgan

urushlarda Usmoniylar davlati bilan diplomatik aloqalarni Buxoro hukmdori Ubaydullohxon

amalga oshirar edi (1;B. 25-26).

Ubaydullaxon (1533–1539) va Abdulatifxon (1540–1552) Qonuniy (Kanuni)

2

Sulton

Sulaymonga elchilar va maktublar yuborib, Safaviylar bilan olib borilgan kurashlari haqida

xabar berishgan, shu orqali Usmoniylar davlatidan yordam so‘rashgan. Sulton Sulaymon 1534-

yilda Ubaydullaxondan, 1540-yilda esa Abdulatifxondan maktub olgan. Bu ikki yordam

so‘ralgan maktub Qonuniy Sulton Sulaymonning Iroqeyn yoki Irakeyn

3

yurishiga chiqishida

muhim omillardan biri bo‘lgan (4; B.37-39).

Ubaydullaxon (1533–1539) o‘z maktubida: “Islom dini, Alloh va Payg‘ambar roziligi uchun

Qonuniy Sulton Sulaymon bilan birga Eronga yurish qilishni chin dildan istayman,” deb

bildirgan edi. Shunday qilib, Shayboniylar (O‘zbeklar) ham Safaviylarning doimiy tahdidlaridan

qutulishar, hamda Turkistondagi musulmonlar uchun Makka va Madinaga boruvchi haj yo‘li

osonlashib, xavfsiz bo‘lardi. Ubaydullaxon maktubiga Qonuniy Sulton Sulaymonning javobi

juda ijobiy bo‘lgan. U yuborilgan maktubdan mamnunligini bildirgan va Safaviylarga qarshi

1

Shoh Budak Abulxayrxonning o‘g‘li bo‘lib, o‘zbek qabilalarini birlashtirishda muhim rol o‘ynagan. Uning o‘g‘li

Muhammad Shayboniyxon esa Movarounnahrda Shayboniylar sulolasiga asos solgan.

2

Usmon va Orxon beylarga “g‘ozi”, Murod I ga “hudovandidgor”, Boyazid I ga “yildirim”, Mehmed II ga “fotih”

yoki “Abu’l-fat’h”, Boyazid II ga “sofi” yoki “vali”, Sulaymon I ga esa “qonuniy” , Salim I ga esa juda salbiy

ma’nolarni o‘z ichiga olgan “yovuz” laqabi munosib ko‘rilgan edi. Sulton Sulaymonga “Qonuniy” (turkcha

:

Kanunî)

laqabi berilishining sababi — u o‘z hukmronligi davrida davlat boshqaruvi va huquqiy tizimni tartibga soluvchi

ko‘plab qonunlar (yoki kanunlar

)

tuzganidir.

3

"Irakeyn Seferi" — bu Usmonli sultoni Qonuniy Sulton Sulaymon tomonidan 1534–1535 yillarda amalga

oshirilgan harbiy yurish bo‘lib, asosiy maqsad Iroq (ya’ni “ikki Iroq”) hududlarini Safaviylar qo‘lidan olib,

Usmonlilar imperiyasiga qo‘shish edi. Bu yerda “Irakeyn” so’zi “ikki Iroq” degan ma’noni bildirib

,

Arab Iroqi

(Bag‘dod atrofidagi hudud) va Ajam Iroqi (Eron g‘arbiy qismi, ya’ni Isfahon, Hamedon atrofidagi hududlar) o’z

ichiga olgan.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

866

boshlangan kurashda muvaffaqiyatga umid borligini, bu kurash davom ettirilishini ma’lum

qilgan (3; B.523-534)

Qonuniy Sulton Sulaymon Iroq yurishidan avval Shoh Tahmaspga fors tilida bir maktub yozadi

va bu maktubida shunday deyilgandi: "Osmon toqiga teng lashkar o‘rni Tabriz va Ozarbayjon

yerlarida, balki Eron, Turon va boshqa viloyatlar — Samarqand va Xuroson sahrolarida

tiklanishi

muqarrar

bo‘ldi."

Ushbu tahdidli maktubda Sulton Sulaymon Shoh Tahmaspga o‘z lashkarini faqat Eron va

Ozarbayjonga emas, balki Erondagi boshqa hududlarga — Xuroson, hatto Samarqand va Turon

mintaqasiga ham joylashtirishini bildiradi (1; B. 45-46)

Shoh Tahmasp boshchiligidagi Eron Usmonli davlatiga nisbatan dushmanlik siyosatini davom

ettirgani sababli, Qonuniy Sulton Sulaymon 1550-yilda Ahmad Chavush ismli kishini "noma"

(maktub) bilan Abdulatifxonga yuborib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shialarga qarshi yurish boshlashini

so‘ragan.

Agar ushbu maktubning sabablariga nazar tashlasak, birinchi Vena qamali paytida Usmonli

davlati ichida Shoh Tahmaspning gijgijlashlari bilan yuzaga kelgan isyonlar ko‘zga tashlanadi.

Qadri Hoja Bobo, Bobo Zunnun, Vali Xalifa, Yekche Bey, Kalender Shoh kabi isyonlar Qonuniy

Sulton Sulaymonni jiddiy bezovta qilgan. Ayniqsa, Kalender Shoh isyoni keng ko‘lamli bo‘lgan.

Bu isyon natijasida Usmonli davlati qulashiga sal qolgan edi va u katta qiyinchiliklar bilan

bostirilgan.

Bu voqealardan so‘ng, eng oxirida Qizilbash Saydiy isyonining boshlanishi Qonuniy Sulton

Sulaymonning Iroqeyn yurishini zarur holga keltirgan (3; B.437-534)

Birinchi Eron (Iroq) yurishi

4

(1533–1535).

Eron ichidagi hokimiyat kurashini imkoniyat sifatida qabul qilgan Usmonli davlati sultoni,

o’zbek xoni Ubaydullaxon bilan birgalikda Eronga qarshi yurish uyushtiradi. Sulton Sulaymon

o‘zining bir armiyasini Eron hokimiyati ostidagi Bitlisga yuboradi, shu vaqt ichida

Ubaydullaxon ham Eronga qarshi to’rtinchi yurishini tashkil qiladi. Mashhad, Nishopur va

Astrobod kabi shaharlarni egallaydi. Hirotni qamal qiladi. Shaharga bir yil davomida qarshilik

ko‘rsatilganidan so‘ng, shahar taslim bo‘ladi. Biroq, xon Abu Saidning vafoti sababli o’zbeklar

o‘rtasida boshlangan hokimiyat kurashlari tufayli, Ubaydullaxon safarni yarim yo’lda to‘xtatib,

Movaraunnahrga qaytishga majbur bo‘ladi. Safaviylar armiyasi, o’zbek armiyasining egallagan

va qo‘shinlarini qaytarib olgan bu hududlarni osonlik bilan qayta egallaydi. Biroq, Sadrazam

Ibrohim Pasha boshchiligidagi Usmonli armiyasining Tabrizga kirganini eshitgan Shoh Tahmasp

keyinchalik orqaga chekinishga majbur bo‘ladi. 1534-yilda Ubaydullaxon yuqorida yozilgan

maktub bilan birga yana Xurosonga yurish uyushtiradi. Bu davrda Usmanli armiyasining

boshiga o‘tgan Sulton Sulaymon ham Tabrizga kiradi. Buni eshitgan Shoh Tahmasp qochib

ketadi. 1536-yilda Sulton Sulaymon Istanbulga qaytadi.

4

Geografik jihatdan bu davrda Iroq hududi Safaviylar ta’siri ostida bo’lgani uchun , Irakeyn (ikki Iroq) so’zi o’rniga

Eron deb yozildi. Negaki, bu yurishlarning asosiy qismi hozirgi Eron hududidagi shaharlarga qaratilgan edi.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

867

Usmonli davlati tomonidan Venaning qamal qilinishi (1529).

Bu orada, Sidam Mirza qo‘mondonligidagi o’zbek armiyasi ham Eronga qarshi yurish

uyushtirmoqda edi. Ubaydullaxon, 1535-yildagi maktubida Bestam, Damgan va Hirot kabi

shaharlarni egallaganidan so‘ng, yagona va eng katta dushmani deb e’lon qilgan Qizilbosh

Eronga qarshi yurishlar davom etishini bildiradi.

Usmonli armiyasining Istanbulga qaytishini imkoniyat deb bilgan va yengillashgan Shoh

Tahmasp barcha kuchi bilan o’zbek armiyalariga hujum qiladi. Shunday qilib, Ubaydullaxon

orqaga chekinadi va shu bilan uning so’nggi yurishi

yakunlanadi. Buxoraga qaytgan

Ubaydullaxon 1539-yilda vafot etadi.

Ikkinchi Eron yurishi (1548–1549).

1546-yilda Shoh Tahmasp bilan uning ukasi Elqas Mirzo o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga

keladi. Shoh ukasini mag‘lub etadi, jangdan qochgan Elqas Mirzo esa agar Safaviylar

davlatining hukmdori bo‘lsa, Usmonlilar vassali bo‘lishiga va’da berib, Usmonli davlatiga

panoh topadi. Shunday qilib, 1548-yilda Eronga qarshi ikkinchi yurish boshlanadi. Biroq,

Chaldiran jangidan saboq olgan Shoh Tahmasp Sulton Sulaymon bilan to‘qnashishga jur’at


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

868

qilmaydi. Van, Tabriz, Diyorbakir kabi shaharlarni egallagan Qonuniy Sulton Sulaymon

Diyorbakirda qishlab, so‘ngra ortga qaytadi.

Uchunchi Eron yurishi (1553–1555).

Usmonli qo‘shinining mintaqadan chiqib ketishi bilan Shoh Tahmasp yo‘qotgan hududlariga

hujum qiladi va ularni yana qaytarib oladi. Bu holat Sulton Sulaymonni ranjitadi va u Eron

ustiga uchinchi safarga yanada kengroq tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi.

Ikkinchi safarda O‘zbek xonlwiklari bilan aloqasi bo‘lmagan Usmonli davlati bu urushda o‘zbek

xonliklari bilan hamkorlik qilishga ancha ishtiyoqmand ekanini ko’rsatadi.

Eron (Irakeyn) yurishlari xaritasi

Ikkinchi Eron safaridan sal oldin Bobo Shayx ismli o‘zbek elchisi Usmonli saroyini ziyorat

qilgan edi. Ushbu elchining olib kelgan maktubiga javoban yuqorida tilga olingan Ahmad

Chavush orqali yuborgan maktubida Sulton Sulaymon qariyb 2 yil davom etgan Eron safarini

bayon etadi. U Usmonli-O‘zbek ittifoqining zarurligini ta’kidlaydi. Eronga ikki tomondan bir

vaqtda yurish qilinadigan bo‘lsa, muvaffaqiyatga erishish mumkinligini bildiradi.

Sulton Sulaymonning ilgari bergan yurish buyrug‘ini bajargan Abdullatifxon, 1550-yilgi

maktubida “birgalikda dushmanga qat’iy zarba bera olish uchun” o‘ziga qurol-yarog‘ va askar

yordamini so‘ragan. Ba’zi manbalarga ko‘ra, Sulton Sulaymon Abdullatifxonning bu iltimosini


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

869

ijobiy qabul qilib, Turkistonga 300 yanchar, to‘pchilar va to‘plarni yuborgan ( 6; B. 45-87).

Biroq, Abdullatifxon 1552-yil boshlarida vafot etgani sababli, Azov-Astraxon yo‘li orqali

yuborilgan bu yordam unga yetib bormagan va Eron (Safaviylar)ga qarshi foydalana olmagan (5;

B.69-70).

Abdullatifxonning vafotidan so‘ng, O‘zbek xonligida hokimiyat uchun kurash boshlanadi.

Hokimiyatni qo‘lga olgan Baroqxon ( Navruz Ahmad Bahodirxon), Usmonli davlatiga

Qutlug‘ Fulodiy ismli elchi orqali maktub yuboradi. Bu maktubida Baroqxon, Sulton

Sulaymondan kechirim so‘rab, hokimiyat uchun bo‘layotgan kurashlar tufayli Eron ustiga yurish

qila olmaganini bildiradi. U, Buxoro tashqarisidagi barcha o‘zbek hududlarida hokimiyatni barpo

etganini aytib, Buxoro ustidan to‘liq nazorat o‘rnatilgach, Eron (Safaviylar)ga qarshi yurish

qilishga tayyor ekanini bildiradi (7; B.123-124)

Sulton Sulaymon 1553-yilda uchinchi Eron yurishini o‘zbek ittifoqchilari bo‘lmasdan

boshlashga majbur bo‘ladi. Nahchivon, Qarabog‘, Yerivan kabi hududlar Usmonli davlati

qo‘liga o‘tadi. Urush maydonlarida yana ko‘rinmagan Shoh Tahmasp, Sulton Sulaymondan

tinchlik so‘raydi. 1555-yil aprel oyida Safaviylar davlati bilan Usmonli davlati o‘rtasida Amasya

shartnomasi tuziladi.

5

Ushbu shartnoma bilan Shoh Tahmasp Ozarbayjon, hozirgi Sharqiy

Anadolu va Bag‘dodning Usmonlilarga tegishli ekanini tan oladi. Uzoq davom etgan Safaviy-

Usmonli kurashi shu tariqa bir tinchlik davriga kiradi. Bu holat 1600-yillarda Safaviy hukmdori

Shoh Abbos Bag‘dodga hujum qilguniga qadar davom etadi (8: B.34-35)

Bu orada Buxoroni ham egallab, Movarounnahrda nazoratni qo‘lga kiritgan Baroqxon

Nizomiddin Ahmad ismli elchi orqali Usmonli davlatiga maktub yuboradi va agar oz miqdorda

yordam ko‘rsatilsa, Eron ustiga yurish qilishi mumkinligini bildiradi. Bu maktubga hali Usmonli

davlati tomonidan javob berilmasidan oldin, Istanbulga qarindoshlarini ziyorat qilish uchun

kelgan Muslihiddin Mustafo orqali yana bir maktub keladi. Bu holat yuzasidan Sulton Sulaymon

ikkita alohida maktub bilan Baroqxonga javob yo‘llaydi. Birinchi maktubda Muslihiddin

Mustafo Istanbulda qanday yaxshi kutib olingani haqida yozadi. Ikkinchi maktubda esa

Qutlug‘ Folodiy orqali yuborilgan avvalgi maktubni eslatadi va Usmonli-O‘zbek xonliklari

o‘rtasidagi munosabatlar Ubaydulloh va Abdulatif xon davrlaridagidek yaxshi darajada davom

etishini istayotganini bildiradi (2: B.79-80).Biroq Eron bilan tuzilgan shartnoma sababli Usmonli

davlati Eron ustiga yurish qila olmasligini tushuntiradi. Shuningdek, agar Eron O‘zbeklarni

bezovta qiladigan bo‘lsa, bu haqda o‘ziga darhol xabar berilishini ham so‘raydi. 1560-yilda yuz

bergan Shahzoda Boyazid

6

voqeasi bilan birga Eronga qarshi Usmonli–O‘zbek xonliklari

5

A

masya shartnomasi (1555-yil, 29-may) — Usmonli imperiyasi bilan Safaviylar davlatining Eron o‘rtasida

imzolangan tinchlik shartnomasidir. Ushbu shartnoma, ikki kuchli imperiyaning o‘zaro hududiy nizolarni hal etish

uchun bir-biriga qarshi urushlarni to‘xtatish maqsadida tuzilgandi.

6

Shahzoda Boyazid — Sulton Sulaymonning o‘g‘illaridan biri bo‘lib, akasi Shahzoda Salim (keyinchalik Sulton

Salim II) bilan taxt uchun raqobatlashgan. Sulton Sulaymon bu raqobatda Salimni qo‘llab-quvvatlagan, bu esa

Boyazidning noroziligiga sabab bo‘lgan. Natijada Boyazid otasiga qarshi qo‘zg‘olon ko‘targan. U dastlab

muvaffaqiyat qozongan bo‘lsa-da, keyinchalik mag‘lub bo‘lib, Eron (Safaviylar davlati) hududiga qochgan. Shoh

Tohmasp (Safaviylar hukmdori) uni dastlab panoh bergan bo‘lsa-da, Usmonli bosimi va diplomatik aloqalar

natijasida Boyazidni Usmonlilarga topshiradi. Shahzoda Boyazid 1561-yilda qatl etiladi. Bu voqea Usmonli–Safaviy

munosabatlarida muhim burilish nuqtalaridan biri hisoblanadi. Shu sababli bu hodisa ortidan Usmonli–O‘zbek

aloqalari faollashadi, chunki Usmonlilar Eron ustiga yurish ehtimoli borligi sababli O‘zbek xonliklari bilan ittifoq
izlay boshlagan

.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

870

o‘rtasidagi aloqalar va maktub almashinuvi boshlanadi. Sulton Sulaymon haj ziyoratini

bajarganidan so‘ng Hijozdan qaytayotgan Darvish Muhammad Badaxshoniy orqali

Baroqxonning ikkinchi vorisi bo‘lgan Pirmuhammadxonga bir maktub yuboradi. Maktubda

Shahzoda Boyazid voqeasi sababli Usmonli davlati Eron ustiga yurish qilmoqchi ekani va

O‘zbek xonligi ham Eron shohiga qarshi harakat boshlashi ma’qul bo‘lishi yozilgan edi. Biroq

shahzodaning Usmonli davlatiga topshirilishi va qatl qilinishi Sulton Sulaymonning Eron

yurishiga chiqishini to‘sadi. Shunga qaramay, Pirmuhammadxon Eron ustiga yurish

tayyorgarliklarini davom ettiradi. Shoh Tohmasp shahzodani topshirganidan so‘ng Usmonli

davlati bilan yaqinlashuv bo‘ladi deb o‘ylab, Usmonli davlatiga bir elchi yuboradi (9; B.123-

125).

Sulton Sulaymon va o’g’li Boyazid miniyaturasi

Elchining olib kelgan maktubida Eron Usmonlidan O‘zbeklarga qarshi yordam so‘raydi. Biroq

Usmonli davlati diniy sabablarga ko‘ra, shialikdagi Eron bilan ittifoq tuzib, sunniy davlatga

hujum qila olmasligini aytib, bu taklifni rad etadi (2; B.101-105)


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

871

Xulosa

Xulosa qilib aytganda, XVI asrda O‘zbek xonliklari bilan Usmonli davlati o‘rtasidagi aloqalar

nafaqat diniy yaqinlik, balki umumiy siyosiy manfaatlar asosida shakllangan. Ushbu aloqalar,

asosan, ikki mamlakatning Safaviylar davlatiga qarshi olib borgan kurashida o‘z aksini topdi.

Qonuniy Sulton Sulaymon va o‘zbek hukmdorlari o‘rtasidagi yozishmalar, elchilar yuborilishi va

harbiy yurishlar orqali yuzaga kelgan diplomatik hamkorlik, ikki davlatning har biri uchun o‘z

manfaatlarini himoya qilishda muhim omil bo‘ldi. Bu hamkorlikning eng yorqin namunalaridan

biri, albatta, Amasya shartnomasining imzolanishi bilan bog‘liq. Ushbu shartnoma ikki

mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlarni mustahkamladi va regiondagi geosiyosiy

barqarorlikka hissa qo‘shdi. Xususan, Qonuniy Sulton Sulaymon davrida Usmonli davlatining

ta'siri o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga yetdi. Sulaymonning siyosiy mahorati va harbiy

strategiyasi tufayli Usmonli imperiyasi o‘zining hududiy manfaatlarini kengaytirishga erishdi va

o‘zbek xonliklari bilan muhim ittifoqlar tuzdi. Bu ittifoqlar esa Safaviylar bilan bo‘lgan uzoq

davom etgan kurashda hal qiluvchi rol o‘ynadi. O‘zbek hukmdorlarining Safaviylarga qarshi olib

borgan faoliyati, shuningdek, ikki davlatning o‘zaro hamkorligi barcha diplomatik va harbiy

harakatlarning asosiy omili bo‘lgandi. Shuningdek, bu tarixiy tajriba nafaqat o‘sha davr uchun,

balki bugungi geopolitik munosabatlarni tahlil qilishda ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. XXI

asrda ham davlatlar o‘rtasidagi diplomatik va harbiy aloqalar ko‘p hollarda o‘zaro siyosiy

manfaatlarga asoslangan holda shakllanadi. Ushbu tarixiy voqealar, albatta, hozirgi global

siyosatda ham ko‘plab davlatlar o‘rtasidagi diplomatik aloqalar va ittifoqlarning shakllanishiga

yo‘l ochadi. Bugungi kunda ham, O‘zbekistondan Usmonli imperiyasiga qadar bo‘lgan siyosiy-

madaniy aloqalar, shuningdek, Amasya shartnomasining tarixi, o‘rganish uchun katta

ahamiyatga ega. Bu jarayonlarning nafaqat tarixiy, balki zamonaviy siyosat uchun ham ko‘plab

o‘rganilishi lozim bo‘lgan saboqlari mavjud.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

Andican, A. (2009). Osmanlı’dan günümüze Türkiye ve orta asya. İstanbul: Doğan

Egmont Yayıncılık, 19-20,25-26, 45-46.

2.

Hammer, J. (2003). Büyük Osmanlı tarihi. İstanbul: Üçdal Neşriyat, 101-105.

3.

Kılıç, R. (1999). Osmanlı-Özbek siyasi ilişkileri (1530-1555). Türk Kültürü Dergisi, 437,

523-534.

4.

Davani, N. & Hatam, J. (2018). Safavi döneminde Avrupa tarzı duvar resimleri: Bir sanat

tarihi okuması. İran Çalışmaları Dergisi, 2(1), 37-39.

5.

Аliyev G.Z , Турция в период правления младотурок, Москва, 1972, 69-70.

6.

O‘zbekistonning yangi tarixi, 1-kitob (Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi

davrida), Toshkent, 2000, 45-87.

7.

Raxmaaliyev, Р., Империя тюрок, Москва, 2002, 123-124.

8.

Erol Güngör, Tarihsel Türkî Devletler, Toshkent, 2003, 34-35.

9.

Mirzo Salimbek, Kashkuli Salimiy, Tavorixi mutaqadimin va mutaaxirin, Buxoro, 2003,

123-125.

Библиографические ссылки

Andican, A. (2009). Osmanlı’dan günümüze Türkiye ve orta asya. İstanbul: Doğan Egmont Yayıncılık, 19-20,25-26, 45-46.

Hammer, J. (2003). Büyük Osmanlı tarihi. İstanbul: Üçdal Neşriyat, 101-105.

Kılıç, R. (1999). Osmanlı-Özbek siyasi ilişkileri (1530-1555). Türk Kültürü Dergisi, 437, 523-534.

Davani, N. & Hatam, J. (2018). Safavi döneminde Avrupa tarzı duvar resimleri: Bir sanat tarihi okuması. İran Çalışmaları Dergisi, 2(1), 37-39.

Аliyev G.Z , Турция в период правления младотурок, Москва, 1972, 69-70.

O‘zbekistonning yangi tarixi, 1-kitob (Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida), Toshkent, 2000, 45-87.

Raxmaaliyev, Р., Империя тюрок, Москва, 2002, 123-124.

Erol Güngör, Tarihsel Türkî Devletler, Toshkent, 2003, 34-35.

Mirzo Salimbek, Kashkuli Salimiy, Tavorixi mutaqadimin va mutaaxirin, Buxoro, 2003, 123-125.