ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
846
MUHAMMAD YUSUF IJODIDA SHE’RIY SAN’ATLAR JILOSI
Ernazarova Laylo Abdusaitovna
O‘z-FIN pedadogika instituti assistenti
FarDU mustaqil izlanuvchisi
Shomurodova Maxliyo Rustamovna
O‘z-FIN pedadogika instituti
2-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Muhammad Yusuf betakror, serqirra ijodkor sifatida o‘rganilgan.
Ijodkorning o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni, she’riy ijodi tahlil qilingan. She’riy san’atlar haqida
so‘z yuritilib, shoir she’rlarida ularning qo‘llanilishiga doir misollar keltirilib, ma’nosi
izohlangan.
Kalit so‘zlar:
she’r, shoir, ijodkor mahorati, undalma,ko‘chim,
nazm, nido, jonlantirish, takrir,
tazod, talmeh
, she’riy san’atlar.
Аннотация:
В данной статье Мухаммад Юсуф рассматривается как уникальный и
разносторонний художник. Анализируется роль художника в узбекской литературе и его
поэтическое творчество. Обсуждаются поэтические искусства, приводятся примеры их
использования в стихах поэта, поясняется их смысл.
Ключевые слова:
поэзия, поэт, творческие способности, поощрение, движение,
стихотворение, восклицание, оживление, такрир, тазад, тальме, поэтическое искусство.
Annotation:
This article studies Muhammad Yusuf as a unique, versatile creator. The
place of the creator in Uzbek literature and his poetic work are analyzed. Poetic arts are
discussed, examples of their use in the poet's poems are given, and their meaning is
explained.
Keywords:
poetry, poet, creative skill, exhortation, movement, verse, exclamation,
revival, repetition, recitation, talmeh, poetic arts.
Insoniyat tomonidan yaratigan eng buyuk kashfiyotlardan biri kitobdir. Badiiy adabiyot orqali
olisdagi bashariyat qalbiga kirib borish mumkin. Ma’naviy olamimizni boyitadidan, qalb
ko‘zlarimizni ochadigan, o‘zgalarda ham xuddi biz kabi ko‘ngil bor ekanligini anglatadigan
nazmiy turning janri she’rdir.
O‘zbek adabiyoti chamanzorida o‘z she’rlari bilan xalqimiz qalbidan joy olgan ijodkor
Muhammad Yusufdir.
O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf o‘z xalqi, el-yurtining dardi-
armoni bilan yashadi. Shoir qisqa umr ko‘rsa-da, o‘zidan o‘lmas she’riy meros qoldirgan,
o‘zining benazir qo‘shiqlarga aylangan sheʼrlari bilan o‘zbek xalqining beqiyos hurmat va
muhabbatiga sazovor bo‘lgan. U o‘nga yaqin sheʼriy to‘plam, ko‘plab qo‘shiqlarning muallifi
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
847
sifatida keng kitobxonlar qalbiga kirib ulgurgan. «Tanish teraklar» (1985, birinchi to‘plami),
«Bulbulga bir gapim bor» (1987), «Iltijo» (1988), «Uyqudagi qiz» (1989), «Halima enam
allalari» (1989), «Ishq kemasi» (1990), «Ko‘nglimda bir yor» (1990), «Bevafo ko‘p ekan»
(1991), «Erka kiyik» (1992), «Osmonimga olib ketaman», «Kumush», «Kokilingni kim kesdi»,
«Аldov» kabi.
Shoirning ijod namunalarida she’riy san’atlar mohirlik bilan qo‘llanilgan. Ijodkor nazmida
qo‘llanilgan nido, jonlantirish, takrir, tazod, talmeh kabi san’atlarni ko‘rib o‘tamiz.
Nido
sheʼriy sanʼati bevosita inson qalbidagi his va hayajonlarni ochiq va kuchli tasvirlab bera
olish imkoniyatini beradi. Insonning ichki tuygʻulari poʻrtana misoli junbushga kelganida lirik
qahramon olamdagi har qanday narsa-hodisalarga, tabiatdagi istalgan narsaga, oʻzining qalbiga,
suhbatdoshiga murojaat etishi mumkin.
Yurtim, ado bo‘lmas armonlaring bor,
Toshlarni yig‘latgan dostonlaring bor.
O‘tmishingni o‘ylab og‘riydi jonim,
Ko‘ksing to‘la shahid o‘g‘lonlaring bor.
Shoir “Yurtim” deb nido san’atidan foydalangan. Shu birgina so‘z orqali yurtga, o‘z xalqiga,
dilda erk degan istak bilan yashab, armon bilan ketgan ota-bobolariga murojaat qilgan. She’rning
keyingi misrasida toshlarni yig‘latgan moziy haqida so‘z boradi.
Jonlantirish
- odamlarga xos boʻlgan xislatlarni jonsiz predmetlar, tabiat hodisalari, hayvon,
parranda, qush kabilarga koʻchirish orqali hosil boʻladigan tasvir usuli.
Tosh qattiq jismni jonlantirish san’atidan foydalanib, insondagi yig‘lash hissini jonsiz predmetga
ko‘chirgan. U shunday o‘tmishki, hatto tosh ham ko‘zyosh to‘kkan. “Ko‘ksing to‘la” deya
ko‘chimdan foydalangan va tarix sahnasida ne-ne yurt o‘g‘lonlari shahid bo‘lganligini o‘kinch
bilan tilga olgan.
Talmeh
(arabcha – ishora qilish, biror narsa tomonga yengil nazar tashlash) –
mumtoz sheʼriyatda keng qoʻllangan badiiy sanʼatlardan biri. Bunda shoir mashhur bir qissa,
voqea yoki asarga ishora qilish orqali oʻz fikrini muxtasar hikoya qiladi. Shunga koʻra,
talmeh sheʼrda oz soʻz bilan koʻp maʼnoni ifodalash sanʼati deyiladi.
Samarqandga borsam men agar,
Ulug'bekni
ko‘rib
qaytaman.
U
qon
yig‘lab
turar
har
safar:
Men dardimni kimga aytaman?..
Shoirning mazkur misralari talmehning go‘zal namunasidir. Yer yuzining sayqali bo‘gan
Samarqand toponimini qo‘llab, kitobxonni tarix sahifasi tomon chorlaydi. Buyuk astronom olim
Mirzo Ulug‘bek orqali og‘riqli o‘tmish tilga olingan. Mazkur satrlarda ritorik-tashvish, o‘kinch
holati namoyon qilingan.
Tazod
, mutobiqa, mutazod (arab. — zidlash) — badiiy tasvirning taʼsirchan va keng
qoʻllanadigan vositalaridan biri bo ‘lib, nasrda ham, nazmda ham uchraydi. Oʻzaro zid
tushunchalarni ifodalovchi soʻz yoki iboralarni ishlatishda koʻzga tashlanadi
O‘tar qancha yillar to‘zoni,
Yulduzlar — ko‘zyoshi samoni.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
848
O‘tar inson yaxshi-yomoni,
Mehr qolur, muhabbat qolur.
Shoirning “Mehr qolur” she’ridan keltirilgan ushbu misralarda yaxshi-yomon so‘zlari orqali
tazod san’ati qo‘llanilib, yaxshi ham, yomon ham bu hayotga mehmonligi, barchasi o‘tkinchi
ekanligi ta’kidlangan.
Takrir
“takrorlash” ma’nosini ifodalovchi lafziy san’at boʻlib, she’rda u yoki bu soʻzni takror
qoʻllashni nazarda tutadi. Takrorlash vositasida soʻz ma’nosini, uning mohiyatini ta’kidlab
koʻrsatish ushbu san’atning asosiy xususiyati sanaladi.
Qorachug‘da porlagan o‘sha,
Iqboliga chorlagan o‘sha.
Dunyoni tor aylagan o‘sha
Mehr qolur, muhabbat qolur.
Ushbu misralarda takrir san’ati qo‘llanilgan. Ijodkor bu hayotda abadiy tuyg‘ulargina mangu
qolishini takrir san’ati orqali ifoda etilgan.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, ijodkorning oʻzbek mumtoz adabiyotimiz badiiy vositalaridan
biri boʻlmish she’riy san’atlardan mohirona foydalanganini koʻrib oʻtdik. Har bir misrada
qoʻllangan she’riy san’atlarning oʻz vazifasi va maqsadi bor ekanligini she’rni oʻqish asnosida
anglab yetamiz. Xalqimizning sevikli shoiri, insonlar qalbini o‘zinikidan-da ziyoda anglab, o‘z
she’rlari zamiriga singdirgan ijodkor Muhammad Yusuf she’rlari umrboqiydir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Адабий тур ва жанрлар. Уч жилдлик, 2-жилд. Лирика. – Тошкент: “Фан”, 1992.
2. Болтабоев Ҳ. Шарқ мумтоз поэтикаси. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси,
2006.
3. Ўзбек классик шеърияти жанрлари. О.Носиров ва бошқалар. – Тошкент: ”Ўқитувчи”
нашриёти, 1979.
4. Ҳожиаҳмедов А. Мумтоз бадиият малоҳати. – Тошкент: “Шарқ” нашриёт матбаа
концерни бош таҳририяти, 1999.
5. Муҳаммад Юсуф. Сайланма: Шеърлар. Достонлар. Хотиралар. — Т.: «Шарқ», 2007.
6. Boboyev T. Аdabiyotshunoslik asoslari. Oliy oʼquv yurtlarining
filologiya fakultetlari talabalari (bakalavr bosqichi) uchun darslik. Masʼul
muharrir S.Mamajonov. 2-nashr, qayta ishlangan va to‘ldirilgan. – T.:
“O‘zbekiston”, 2001. (www.ziyouz.com kutubxonasi).
7. Nosirova.U. Poetik matnlarning pragmatik xususiyatlari. Monografiya. – Farg‘ona: “Classic”,
2020.