INTERNATIONAL JOURNAL OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE
ISSN: 2692-5206, Impact Factor: 12,23
American Academic publishers, volume 05, issue 05,2025
Journal:
https://www.academicpublishers.org/journals/index.php/ijai
page 127
SPEECH DEVELOPMENT IN WRITING LESSONS IN THE PRIMARY GRADE
LITERACY PERIOD
Kurbanboyeva Zuhra Davlatboevna
GulDPI primary education direction 3rd stage student
qurbonboyevazuhra760@gmail.com
Abstract:
This article presents the main issues of effective organization of primary school
literacy lessons and the development of creative thinking in students through these lessons, as
well as the enrichment of their speech.
Keywords:
integrative approach, Action Strategy, reading, elementary reading and writing,
speech, thinking, speech therapist, connected speech, literary speech, literary norm.
BOSHLANG‘ICH SINF SAVOD O‘RGATISH DAVRI YOZUV DARSLARIDA
NUTQ O‘STIRISH
Qurbonboyeva Zuhra Davlatboy qizi
GulDPI boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 3 – bosqich talabasi
qurbonboyevazuhra760@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf savod o‘rgatish darslarining samarali tashkil
qilinishi va bu bu darslar orqali o‘quvchilarda kreativ fikrlashni o‘stirsh, ularning nutqini
boyitish asosiy masala sifatida ko‘rsatib berilgan.
Kalit so‘zlar:
integrativ yondashuv, Harakatlar strategiyasi, kitobxonlik, elementar o‘qish va
yozish, nutq, tafakkur, logoped, bog‘lanishli nutq, adaby nutq, adabiy me’yor.
Абстрактный:
В статье освещаются ключевые вопросы эффективной организации
занятий по обучению грамоте в начальной школе, развитию творческого мышления
учащихся и обогащению их речи на этих занятиях.
Ключевые слова:
интегративный подход, стратегия действия, чтение, элементарное
чтение и письмо, речь, мышление, логопед, связная речь, литературная речь,
литературная норма.
Jahon ta’lim muassasalarida ona tili va adabiyot fanlarini o‘qitish metodikasini
integrativ yondashuvlar asosida takomillashtirishning kognitiv mexanizmlari ta’lim tizimiga
tatbiq etilgan. Jahon ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida maktab ta’limi mazmunini har
o‘n yillikda takomillashtirish, o‘quvchilar tomonidan boshlang‘ich ta’lim ma’lumotining
samarali o‘zllashtirilganini ta’minlashning me’yoriy asoslarini rivojlantirish, kichik maktab
yoshidagi o‘quvchilarning ta’limga bo‘lgan qiziqish va ishtiyoqlarini rivojlantirishga alohida
e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, o‘quvchilarning kitobxonlik tajribasi hamda
axborotlardan maqsadli foydalanish malakalarini rivojlantirish, boshlang‘ich sinf
INTERNATIONAL JOURNAL OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE
ISSN: 2692-5206, Impact Factor: 12,23
American Academic publishers, volume 05, issue 05,2025
Journal:
https://www.academicpublishers.org/journals/index.php/ijai
page 128
o‘quvchilariga ta’lim-tarbiya berishda badiiy-irodaviy, hissiy-estetik imkoniyatlarni
kengaytrish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarga alohida e’tibor berilmoqda.
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da
“Umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, yosh avlodning ijodiy va intellektual
salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ro‘yobga chiqarish hamda ruhan va aqlan rivojlangan,
mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtayi nazarga ega yoshlarni
tarbiyalash” kabi yo‘nalishlar ustuvor vazifalar sifatida belgilab berildi. Bu esa ta’limning
dastlabki bosqichlaridan o‘qitish metodikasini takomllashtirishni ham taqozo etadi.
Maktabda o‘qitish elementar o‘qish va yozishga o‘rgatishdan boshlanadi. “Alifbe” ga
asoslangan holda qisqa vaqt ichida o‘quvchilar o‘qish va yozishga o‘rgatiladi, ya’ni o‘qish va
yozish ko‘nikmasini egallaydilar. Savod o‘rgatish davrida o‘qish va yozish harakatini
maqsadga muvofiq tarzda bajara olish o‘qish va yozish ko‘nikmasi hisoblanadi. Bu ko‘nikma
bilimni talab qiladi, chunki har qanday ko‘nikma bilim bilan chambarchas bog‘liq.
O‘qish va yozish nutqqa oid malaka hisoblanib, u kishi nutq faolyatining turidir. O‘qish
faoliyati ham, yozish faoliyat ham nutq faoliyatining boshqa turlari bilan, ya’ni og‘zaki
hikoya qilish, o‘zgalar nutqini tinglash orqali tushunish, ichki nutq bilan uzviy bog‘liq holda
shakllanib boradi. Maktabda o‘qitishning muvaffaqiyati savod o‘rgatishning qanday tashkil
etilganligiga bog‘liq.
Boshlang‘ich ta’limning asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilar nutqini o‘stirishdir. Nutq
o‘stirish uch yo‘nalishda :
- so‘z ustida ishlash;
- so‘z birikmasi va gap ustida ishlash;
- bog‘lanishli nutq ustida ishlash orqali amalga oshirilishi metodik adabiyotlarda qayd
etilgan.
Savod o‘rgatish darslarida ham yuqoridagi uch yo‘nalish bo‘yich ishlar olib boriladi.
Ona tilidan olib boriladigan ishlar, shuningdek, savod o‘rgatish ham o‘quvchilar nutqi va
tafakkurini o‘stirish bilan bog‘liq holda uyushtiriladi. Savod o‘rgatish davridagi ishlarning
miqyosi keng bo‘lib, ekskursiyalar, bolalarning kuzatishlari, predmet darslar, rasm yuzasidan
suhbat va shu kabilar bilan bog‘lanadi. Bu davrda ham o‘quvchilar nutqini yanada
o‘stirishning vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi :
1) o‘quvchilar nutqidagi kamchiliklarni to‘g‘rilash;
2) ularning tasavvur va tushuncha doirasini kengaytirish bilan bog‘liq holda lug‘atini
boyitish;
3) o‘quvchilar nutqidagi ayrim so‘zlarning ma’nosiga aniqlik kiritsh;
4) gap va uch-to‘rt gapli kichik “hikoyacha” (bog‘lanishli nutq) ni og‘zaki to‘g‘ri
tuzish ko‘nikmasini o‘stirish.
Bolalar ushbu davrda, birinchidan, ish qurollari, tabiatdagi narsalar, kiyim-kechak
kabi predmetlar bilan tanishish yordamida so‘zni ongli ishlatishga; ikkinchidan, turli sodda
yig‘iq gap ( O‘quvchilar yozyaptilar), sodda yoyiq gap ( Ali maktabga bordi), uyushiq
bo‘lakli gap ( Salim yugurdi va g‘olib bo‘ldi) tuzadilar. Bu mashqlar amaliy-mashqlar
yordamida egallaydilar.
Bolalarning nutq o‘stirishi uchun asosiy manba ularning shaxsiy tajribalari, kishilar
hayoti va tabiatni kuzatishlari hisoblanadi. Qiziqarli suhbat uchun narsalar, uy-ro‘zg‘or
buyumlari, o‘simliklar, hayvonlar kabilar muhim mavzular sifatida xizmat qiladi. Suhbat
jarayonida bolalarda hosil qilingan tasavvur asosida aniq tushunchalar shakllanadi.
INTERNATIONAL JOURNAL OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE
ISSN: 2692-5206, Impact Factor: 12,23
American Academic publishers, volume 05, issue 05,2025
Journal:
https://www.academicpublishers.org/journals/index.php/ijai
page 129
Savod o‘rgatish davrida nutq o‘stirishga oid ish turlariga tevarak-atrofdagi jonli
predmetlarning nomini, ularning belgilarni aytish, predmetlarni ma’lum belgilari asosida
guruhlash kabi mashqlar kiradi. Masalan, o‘qituvchining topshirig‘iga muvofiq, ma’lum bir
mavzuda ( qish, mevali bog‘, sinf, maktab haqida) ikki so‘zdan iborat gap tuzadilar; keyinroq
esa shunday yig‘iq gaplar tuzib, uni savollar yordamida yoyiq gaplarga aylantiradlar. Ular
o‘rgangan harflaridan so‘zlar va kichik gaplar tuzib yozadlar.
O‘quvchilar o‘qish darslarida berilgan rasmga qarab kichik hikoyacha tuzadilar,
o‘qituvchining savoliga to‘liq javob berishni o‘rganadilar. Alifbedagi rangli chiroyli rasmlar
tevarak-atrofdagi hodisa va predmetlar, hayvonlar va o‘simliklarning nomini idrok etishga,
bilib olishga yordam beradi.
Savod o‘rgatish davri o‘quvchilarning talaffuzini yaxshilash uchun ham asosiy
jarayon bo‘lib, negaki ko‘pgina bolalar talaffuzida kamchiliklar bo‘ladi : bir tovush o‘rniga
boshqasini ( sh o‘rniga s, r o‘rniga y yoki l ) talaffuz qiladilar, tovushlar o‘rnini almashtirib
qo‘yadilar va hokazo. Bunday kamchiliklarni bartaraf etish uchun logopedlar maxsus
mashqlardan foydalangan holda ish yuritadilar. O‘qituvchi ham har bir darsda va darsdan
tashqari vaqtlarda o‘quvchilar talaffuzini kuzatib borishi, kamchiliklarni aytib, to‘g‘ri talaffuz
namunasini ko‘rsatishi lozim.
Savod o‘rgatsh davridagi har bir dars jarayonida nutq o‘stirish ishiga alohida e’tibor
qaratish lozim. Shundagina o‘quvchilarda adabiy nutq (shevalar ta’sirsiz, adabiy me’yor
asosidagi nutq) ko‘nikmalar shakllanadi va malakaga aylanib boradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947 -son Farmoni.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
to‘g‘risda // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. – T .: 2017.
2. Abdixadirovna, U. D. (2022). Reviews on Preparation for the Pirls International
Assessment Program. European Multidisciplinary Journal of Modern Science, 6, 696-700.
3. Abdikhadirovna, U. D. (2022). Possibilities of improving the methodology of preparing
primary class students for the international assessment program based on digital
technologies (example of pirls). Innovation in the modern education system, 3(25), 159-
163.
4. Boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha yangi tahrirdagi o‘quv dasturi // Boshlang‘ich ta’lim j, -
T .:1998.
5. R. Safarova va boshq. Savod o‘rgatish darslari. – T .: Yangiyul poligraph service,2020.
6. S.Matchonov va boshqalar. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarini pedagogik
texnologiyalarasosda tashkil etish. – T .: Yangiyul poligraph service, 2008.
7. Q.Abdullayeva. Birinchi sinfda nutq o‘stirish. – T .: 1980.
8. Q.Abdullayeva, K.Nazarov, Sh.Yo‘ldosheva, Savod o‘rgatish darslari. – T .: O‘qituvchi,
1996.
9. T. G‘afforova, X.G‘ulomova, G.Eshturdiyeva. 1-sinfda savod darslari. - T .:
O‘qituvchi,2018.
10.
Utanbayeva, D. A. (2020). BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI ONA TILI
TA'LIMI JARAYONIDA MUSTAQIL FIKRLASHGA O'RGATISH. In МОЛОДОЙ
ИССЛЕДОВАТЕЛЬ: ВЫЗОВЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ (pp. 236-239).
INTERNATIONAL JOURNAL OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE
ISSN: 2692-5206, Impact Factor: 12,23
American Academic publishers, volume 05, issue 05,2025
Journal:
https://www.academicpublishers.org/journals/index.php/ijai
page 130
11.
Utanbayeva, D. (2023). BOSHLANG ‘ICH SINF O ‘QUVCHILARINI PIRLS
XALQARO BAHOLASH DASTURIGA SAMARALI TAYYORLASHDA BADIIY
MATNLAR BILAN ISHASHNING AHAMIYATI. Общественные науки в
современном мире: теоретические и практические исследования, 2(4), 27-31.
12.
Abdixadirovna, U. D. (2022). The role of digital pedagogy in the development of student
oral and written speech in primary school mother tongue lessonst.
13.
Dilrabo, E., & Dildora, U. (2023). Modern Approaches Natural Science Lessons.
14.
Utanbaeva, D., & Sodiqboyeva, A. (2024, May). THE USE OF INNOVATIVE
TECHNIQUES IN TEACHING TEXT ANALYSIS IN THE LESSONS OF” READING
LITERACY. In NEW RENASSAINCE CONFERENCE (Vol. 1, No. 3, pp. 156-159).
15.
Utanbayeva, D., & Sa’dullayeva, D. (2024). CONTENT OF TEACHING
ELEMENTARY STUDENTS TO ANALYZE THE TEXT IN THE LESSONS OF"
READING LITERACY". Modern Science and Research, 3(5), 759-762.
16.
Utanbayeva, D. (2024). BOSHLANG ‘ICH SINF “O ‘QISH SAVODXONLIGI”
DARSLARIDA MATN USTIDA ISHLASHDA SAVOL-TOPSHIRIQLARDAN
FOYDALANISH SAMARADORLIGI. Modern Science and Research, 3(10), 485-490.
