Authors

  • Begijon Turgunboyev
    Technology University

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijai.97535

Abstract

This article examines the prospects for promoting small business and private entrepreneurship in the context of the Republic of Uzbekistan. Based on recent statistical data, it analyzes the role of small business entities in the economy, their growth dynamics, and existing challenges. The paper also highlights government support measures and development directions within the framework of the "Uzbekistan – 2030" strategy. It provides scientific and practical recommendations for developing effective mechanisms to support and further enhance the small business sector.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE

ISSN: 2692-5206, Impact Factor: 12,23

American Academic publishers, volume 05, issue 05,2025

Journal:

https://www.academicpublishers.org/journals/index.php/ijai

page 437

PROSPECTS FOR THE PROMOTION OF SMALL BUSINESS AND PRIVATE

ENTREPRENEURSHIP

Turgunboyev Begijon Nazirjon ugli

Tashkent International Financial Management and master of Technology University

Abstract:

This article examines the prospects for promoting small business and private

entrepreneurship in the context of the Republic of Uzbekistan. Based on recent statistical data,

it analyzes the role of small business entities in the economy, their growth dynamics, and

existing challenges. The paper also highlights government support measures and

development directions within the framework of the "Uzbekistan – 2030" strategy. It

provides scientific and practical recommendations for developing effective mechanisms to

support and further enhance the small business sector.

Key words:

small business, private entrepreneurship, economic development, government

support, Uzbekistan, statistical analysis, "Uzbekistan–2030" strategy, innovation, export

potential, employment.

KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RAG‘BATLANTIRISHNING

ISTIQBOLLARI

Turgunboyev Begijon Nazirjon o’g’li

Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va

texnologiyalar universiteti magistri

Annotatsiya:

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi misolida kichik biznes va xususiy

tadbirkorlikni rag‘batlantirishning istiqbollari tahlil qilinadi. So‘nggi yillardagi statistik

ma’lumotlar asosida kichik biznes subyektlarining iqtisodiyotdagi o‘rni, ularning o‘sish

sur’atlari hamda mavjud muammolar yoritiladi. Shuningdek, davlat tomonidan ko‘rilayotgan

rag‘batlantiruvchi chora-tadbirlar va "O‘zbekiston–2030" strategiyasiga muvofiq kelgusidagi

rivojlanish yo‘nalishlari ko‘rib chiqiladi. Maqola kichik biznesni rivojlantirishda samarali

mexanizmlarni ishlab chiqish va uni yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ilmiy-amaliy

tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Kalit so‘zlar:

kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, iqtisodiy rivojlanish, davlat qo‘llab-

quvvatlovi, O‘zbekiston, statistik tahlil, "O‘zbekiston–2030" strategiyasi, innovatsiya,

eksport salohiyati, bandlik.

Аннотация:

В данной статье рассматриваются перспективы стимулирования малого

бизнеса и частного предпринимательства на примере Республики Узбекистан. На

основе последних статистических данных проанализированы роль субъектов малого

бизнеса в экономике, темпы их роста, а также существующие проблемы. Кроме того,

освещены меры государственной поддержки и направления развития в рамках

Стратегии "Узбекистан – 2030". В статье приведены научно-практические


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE

ISSN: 2692-5206, Impact Factor: 12,23

American Academic publishers, volume 05, issue 05,2025

Journal:

https://www.academicpublishers.org/journals/index.php/ijai

page 438

рекомендации по выработке эффективных механизмов развития малого бизнеса и его

дальнейшей поддержки.

Ключевые слова:

малый бизнес, частное предпринимательство, экономическое

развитие, государственная поддержка, Узбекистан, статистический анализ, стратегия

"Узбекистан–2030", инновации, экспортный потенциал, занятость.

Kirish

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (KBXT) O‘zbekiston iqtisodiyotining muhim

ustunlaridan biri bo‘lib, bandlikni ta’minlash, innovatsiyalarni joriy etish va eksport

salohiyatini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. So‘nggi yillarda davlat tomonidan bu sohani

qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu

maqolada KBXTning hozirgi holati, statistik ko‘rsatkichlar va rivojlanish istiqbollari tahlil

qilinadi..

Adabiyotlar sharhi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha so‘nggi yillarda

O‘zbekistonda bir qator ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Ushbu tadqiqotlar kichik biznesning

iqtisodiyotdagi o‘rni, uni rivojlantirishdagi muammolar va istiqbollarni tahlil qiladi.

Sirojiddinova va Umarova (2023) o‘z tadqiqotlarida kichik biznesning iqtisodiyotdagi

o‘rnini, uning rivojlanishiga qaratilgan chora-tadbirlarni va kelgusidagi rivojlanish

istiqbollarini tahlil qilganlar. Ular kichik biznesni iqtisodiy faoliyatning muhim turi sifatida

ko‘rib, uning mustaqil tashabbus, mas’uliyat va foyda olishga yo‘naltirilganligini

ta’kidlaydilar.

1

Boshqa bir tadqiqotda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiy

barqarorlikni ta’minlashdagi roli, innovatsiyalarni joriy etishdagi ahamiyati va bandlikni

oshirishdagi hissasi o‘rganilgan. Tadqiqotda kichik biznesning iqtisodiy diversifikatsiyani

rivojlantirish, ish o‘rinlari yaratish va moliyaviy mustaqillikni ta’minlashdagi roli

ta’kidlangan .

Yana bir tadqiqotda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga

to‘sqinlik qilayotgan omillar, jumladan, moliyaviy resurslarga cheklangan kirish,

infratuzilmaning rivojlanmaganligi va yuqori raqobat muammolari tahlil qilingan. Tadqiqotda

ushbu muammolarni bartaraf etish uchun davlat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar

va qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rib chiqilgan.

Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning bandlikni oshirishdagi roli ham

alohida o‘rganilgan. Tadqiqotda kichik biznesning ish o‘rinlari yaratishdagi ahamiyati,

ayniqsa, yoshlar va ayollar bandligini ta’minlashdagi hissasi ta’kidlangan.

Ushbu ilmiy tadqiqotlar O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni

rivojlantirish bo‘yicha chuqur tahlillarni taqdim etadi. Ular kichik biznesning iqtisodiyotdagi

o‘rni, uni rivojlantirishdagi muammolar va istiqbollarni aniqlashda muhim manba

hisoblanadi.

Tadqiqot metodologiyasi.

Ushbu ilmiy tadqiqot kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantirish

yo‘nalishidagi dolzarb muammolarni aniqlash, ularning yechimlari va rivojlanish

1

https://api.scienceweb.uz/storage/publication_files/2468/14976/656174d8be8c7

Sirojiddinova%2C%20Umarova%20Amerika.pdf


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE

ISSN: 2692-5206, Impact Factor: 12,23

American Academic publishers, volume 05, issue 05,2025

Journal:

https://www.academicpublishers.org/journals/index.php/ijai

page 439

istiqbollarini baholashga qaratilgan, tahliliy usul, huquqiy tahlil usuli va ilg‘or tajribalarni

o‘rganish metodologik yondashuvlari asosida amalga oshirildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Oʻzbekistonda kichik biznesni rivojlantirishda

zamonaviy innovatsion yondashuvlar iqtisodiy oʻsish va raqobatbardoshlikni oshirishda

muhim ahamiyat kasb etadi. Quyida ushbu yondashuvlarning asosiy yoʻnalishlarini ko‘rib

chiqamiz.

Jahonda biznesni rag‘batlantirish ham uni yangi to‘lqinda rivojlantirish uchun

qilinayotgan ishlardan biri bu innovatsion klasterlarni tashkil etishdir. Klasterga ko‘ra

zamonaviy iqtisodiyotda klasterli yondashuv hududlar iqtisodiyotini rivojlantirish va

tashkilotlarning raqobatbardoshlik hamda innovatsion faollik darajasini oshirishning samarali

vositalaridan biri hisoblanadi. Oʻzbekistonda innovatsion klasterlar va ularni

rivojlantirishning istiqbolli yoʻllari koʻrib chiqilmoqda.

1-rasm. O‘zbekistonda kichik biznesning asosiy ko‘rsatkichlari (2020–2023)

Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, so‘nggi to‘rt yil davomida O‘zbekistonda

kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sezilarli darajada o‘smoqda:

Kichik biznes subyektlari soni 2020-yildagi 400 mingdan 2023-yilda 602 mingtaga yetib,

50% ga o‘sdi. Bu hukumat tomonidan yaratilgan qulay biznes muhiti va ro‘yxatdan o‘tish

jarayonlarining soddalashtirilganidan dalolat beradi.

YAIMdagi ulushi yildan-yilga barqaror tarzda oshib bormoqda. 2023-yilda bu

ko‘rsatkich 58,2% ga yetdi, bu esa kichik biznesning iqtisodiyotdagi real o‘rnini aks ettiradi.

Ish bilan ta’minlanganlar soni ham o‘sib bormoqda: 2020-yildagi 7,8 milliondan

2023-yilda 8,9 million kishigacha ko‘paygan. Bu kichik biznesning bandlikni ta’minlashdagi

muhim rolini ko‘rsatadi.

Eksportdagi ulushi 3 yil ichida 3 foiz punktga oshib, 31,7% ni tashkil etdi. Bu kichik

korxonalar eksport salohiyati ortib borayotganini anglatadi, ayniqsa yengil sanoat, oziq-ovqat

va IT sohalarida.

Soliq tushumlaridagi ulushi 2023-yilda 43% ga yetib, davlat budjetidagi kichik

biznes hissasi ortayotganini ko‘rsatadi.

2023-yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan kichik korxonalar va

mikrofirmalar soni 417,100 tani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE

ISSN: 2692-5206, Impact Factor: 12,23

American Academic publishers, volume 05, issue 05,2025

Journal:

https://www.academicpublishers.org/journals/index.php/ijai

page 440

2022-yilga nisbatan 3.9 birlikka kamaygan bo‘lsa-da, umumiy iqtisodiy faoliyatdagi ulushi

sezilarli bo‘lib qolmoqda. 2023-yilda 86,030 ta yangi kichik biznes subyekti tashkil etildi,

ularning aksariyati savdo (33,470 ta), sanoat (14,101 ta) va qishloq xo‘jaligi (9,388 ta)

sohalarida faoliyat yuritmoqda.

Kichik biznes subyektlari mamlakat yalpi ichki mahsulotining (YAIM) 50% ini

tashkil etadi. Ular 2023-yilda 176.52 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqargan

(sanoat umumiy hajmining 26.9%), 403.97 trillion so‘mlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari

yetishtirgan (sohaning 94.8% i), va 273.44 trillion so‘mlik chakana savdo aylanmasini

amalga oshirgan (umumiy hajmning 83.8% i).

Xususiy tadbirkorlikning o‘sish sur’atlari 2024-yilda yakka tartibdagi tadbirkorlar

soni 18% ga o‘sib, 121.3 ming nafar ayol va 162 mingdan ortiq erkak tadbirkor faoliyat

yuritmoqda. Ayniqsa, maishiy xizmatlar sohasida 39% lik o‘sish kuzatildi. Tashkent shahri

(38.7 ming), Samarqand (30.4 ming) va Andijon (26.47 ming) viloyatlari yetakchi hududlar

hisoblanadi.

Davlat tomonidan KBXTni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator chora-tadbirlar

amalga oshirilmoqda. 2023-yilda kichik biznes subyektlariga 3.5 trillion so‘mlik imtiyozlar

berildi. Shuningdek, “O‘zbekiston–2030” strategiyasi doirasida startaplarni qo‘llab-

quvvatlash, eksport salohiyatini oshirish va innovatsion faoliyatni rivojlantirishga alohida

e’tibor qaratilmoqda.

Muammolar va yechimlar

KBXT rivojlanishida bir qator muammolar mavjud: moliyaviy resurslarga cheklangan

kirish, innovatsiyalarni joriy etishdagi qiyinchiliklar, malakali kadrlar yetishmasligi va bozor

infratuzilmasining rivojlanmaganligi. Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun quyidagi

chora-tadbirlar taklif etiladi:

Moliyaviy institutlar orqali kichik biznesga kredit olish imkoniyatlarini kengaytirish.

Innovatsion markazlar va inkubatorlarni tashkil etish orqali yangi g‘oyalarni qo‘llab-

quvvatlash.

Kasb-hunar ta’limi tizimini takomillashtirish va malakali kadrlar tayyorlash.

Bozor infratuzilmasini rivojlantirish va logistika tizimini yaxshilash.

Xulosa va takliflar

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror o‘sishini

ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Davlat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar va

qo‘llab-quvvatlash choralari bu sohaning yanada rivojlanishiga xizmat qiladi. Kelgusida

innovatsiyalarni joriy etish, eksport salohiyatini oshirish va raqamli texnologiyalarni keng

qo‘llash orqali KBXTning iqtisodiyotdagi ulushini yanada oshirish mumkin..

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosati strategik

ahamiyatga ega bo‘lib, uning samaradorligini oshirish uchun kompleks yondashuv talab

etiladi. Yuqoridagi takliflarning amalga oshirilishi natijasida kichik biznes sektori yanada

mustahkamlanadi, yangi ish o‘rinlari yaratiladi va mamlakat iqtisodiyotining barqaror

o‘sishiga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni. “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-

quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” // O‘zbekiston

Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotnomasi, 2023.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE

ISSN: 2692-5206, Impact Factor: 12,23

American Academic publishers, volume 05, issue 05,2025

Journal:

https://www.academicpublishers.org/journals/index.php/ijai

page 441

2. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (oxirgi o‘zgartirishlar bilan) // Lex.uz rasmiy

hujjatlar bazasi, 2023.

3. "Some 86,030 units of small businesses created in Uzbekistan in 2023." 29/01/2024.

https://www.uzdaily.uz/en/post/86577/

4. "State Agency: the number of operating small enterprises and micro-firms in Uzbekistan

amounted to 417.1 thousand units." 29/01/2024. https://www.uzdaily.uz/en/post/86586/

5. "Small

businesses

contribute

50%

to

Uzbekistan’s

GDP."

26/12/2023.

https://daryo.uz/en/2023/12/26/small-businesses-contribute-50-to-uzbekistans-gdp

6. "Small businesses in Uzbekistan contribute over $753mn in taxes." 28/12/2023. https://

small-businesses-in-uzbekistan-contribute-over-753mn-in-taxes

7. "Uzbekistan sees 18% surge in the number of individual entrepreneurs in 2024."

17/01/2025. https://uzbekistan-sees-18-surge-in-the-number-of-individual-entrepreneurs-

in-2024

8. "Number of active enterprises and organizations in Uzbekistan reaches 424,800."

14/01/2025.

https://en/number-of-active-enterprises-and-organizations-in-uzbekistan-

reaches-424800/

9. "Uzbekistan reports 3.8% decline in small businesses, totaling 401,300 as of April."

27/04/2024. https:// uzbekistan-reports-38-decline-in-small-businesses-totaling-401300-

as-of-april

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni. “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” // O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotnomasi, 2023.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (oxirgi o‘zgartirishlar bilan) // Lex.uz rasmiy hujjatlar bazasi, 2023.

"Some 86,030 units of small businesses created in Uzbekistan in 2023." 29/01/2024. https://www.uzdaily.uz/en/post/86577/

"State Agency: the number of operating small enterprises and micro-firms in Uzbekistan amounted to 417.1 thousand units." 29/01/2024. https://www.uzdaily.uz/en/post/86586/

"Small businesses contribute 50% to Uzbekistan’s GDP." 26/12/2023. https://daryo.uz/en/2023/12/26/small-businesses-contribute-50-to-uzbekistans-gdp

"Small businesses in Uzbekistan contribute over $753mn in taxes." 28/12/2023. https:// small-businesses-in-uzbekistan-contribute-over-753mn-in-taxes

"Uzbekistan sees 18% surge in the number of individual entrepreneurs in 2024." 17/01/2025. https://uzbekistan-sees-18-surge-in-the-number-of-individual-entrepreneurs-in-2024

"Number of active enterprises and organizations in Uzbekistan reaches 424,800." 14/01/2025. https://en/number-of-active-enterprises-and-organizations-in-uzbekistan-reaches-424800/

"Uzbekistan reports 3.8% decline in small businesses, totaling 401,300 as of April." 27/04/2024. https:// uzbekistan-reports-38-decline-in-small-businesses-totaling-401300-as-of-april