Авторы

  • Nodira Otaboyeva
    Toshkent shahar Olmazor tumani 134-maktab ona tili va adabiyot oʻqituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijrs.59739

Ключевые слова:

Maqollar tuzilish sintaktik darak gap

Аннотация

Maqollar tuzilishiga ko’ra, bir va bir nеcha sintaktik butunliklar asosida tashkil topgandir. Bir sintaktik butunlikdan iborat maqollar, odatda bir qismli maqollar sanalib, ko’pincha darak gap yo’sinida bo’ladi. Aynan shu tomonlari bilan o’zbek va ingliz xalq maqollari juda o’xshashdir.


background image





100

7.1

2

9

MAQOLLAR VA ULARNİNG UMUMİNSONİY XUSUSİYATLARİ

Otaboyeva Nodira Baxtiyor qizi

Toshkent

shahar

Olmazor

tumani

134-maktab

ona

tili

va

adabiyot

oʻqituvchisi

Annotatsiya

: Maqollar tuzilishiga ko’ra, bir va bir nеcha sintaktik butunliklar asosida tashkil

topgandir. Bir sintaktik butunlikdan iborat maqollar, odatda bir qismli maqollar sanalib, ko’pincha
darak gap yo’sinida bo’ladi. Aynan shu tomonlari bilan o’zbek va ingliz xalq maqollari juda
o’xshashdir.

Kalit so’zlar:

Maqollar, tuzilish, sintaktik, darak gap.

Ijtimoiy hayotdagi o’zgarishlar bilan shartlangan holda maqollar mazmunida

turli darajadagi o’zgarishlar – torayish yoki kengayishlar yuz beradi. Mana shu
faktning o’ziyoq maqolning jamiyat hayoti, xalq turmushi bilan bevosita
bog’lanishda ekanligini ko’rsatadi [18; 93 b.].

Demak, maqollar xalq hayotini, uning o’tmishdagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy

turmush darajasini o’rganishda asosiy vazifani o’taydi. Haqiqatdan ham maqollar
turli ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni, xalqning etik va estetik normalarini, etiqodiy
tasavvurlarini, maishiy turmushi va mehnat tarzini, sevgi va nafratini, orzu va
intilishlarini obyektiv baholaydi. Mashhur rus yozuvchisi L.N.Tolstoy “Har bir
maqolda men shu maqolni yaratgan xalq siymosini ko’raman” degan edi va bu
yuqorida keltirgan barcha fikrlarimizni tasdiqlay oladi. Maqollarning yana bir muhim
jihatlaridan biri ulardagi ibratlilik. Maqollarda har doim ibratli fikr aytiladi. Lekin har
qanday ibratli fikr maqol bo’lavermaganidek, ibratli fikrlarning maqollarga aylanishi
uchun bir qancha shartlar mavjud. Ular quyidagicha:

Maqolga aylanuvchi ibratli fikr xalqning uzoq yillar mobaynidagi hayotiy

tajribasida sinalgan bo’lishidadir. Hayotiy tajribada sinalgan har qanday fikr kishini
ishontira oladi;

Maqolda ifodalangan ibratli fikr alohida shaxsgagina emas, balki

umuminsoniy xarakter kasb etishida;

Sinalgan umuminsoniy fikr ixcham, mukammal badiiy shaklga ega bo’lishi

shartdir [18; 93 b.].

Aynan shu sabablar oqibatida xalq maqollari juda ham sekinlik bilan yaratilish

va unutilish xususiyatiga ega. Bu xususiyatlar jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va
madaniy strukturasi, bu strukturaning barqarorlik yoki beqarorlik darajasi bilan
bog’liq holda amalga oshadi.

Maqollardagi pand-nasihat xarakteri ularni yanada jonli va kuchli

ta’sirchanligini oshiradi. Masalan: Inglizcha “

A bad execuse is better than none


background image





101

7.1

2

9

o’zbek tiliga – xohlamasdan kechirim so’rash, umuman so’ramagandan yaxshi deb
tarjima qilinadi. O’zbekcha muqobil variant sifatida “

Yaxshi gap bilan ilon inidan

chiqar, yomon gap bilan musulmon dinidan

” maqolini keltiramiz. Ko’rinib

turganidek, ushbu maqollar pand-nasihat mazmunidagi ma’noni beradi. Ya’ni,
shaxsga har doim shirin so’zli va yaxshi kalomli bo’lish kerakligini anglatadi.
Maqolning har ikki tildagi variantlari ham bir xil ma’noni beradi.

Maqollarni o’rganish jarayonida uning tuzulishi, qanday ko’rinishdagi sintaktik

butunliklar orqali tashkil topgani muhim omildir. Maqollar tuzilishiga ko’ra, bir va
bir nеcha sintaktik butunliklar asosida tashkil topgandir. Bir sintaktik butunlikdan
iborat maqollar, odatda bir qismli maqollar sanalib, ko’pincha darak gap yo’sinida
bo’ladi. Aynan shu tomonlari bilan o’zbek va ingliz xalq maqollari juda o’xshashdir.
Quyidagi maqollar orqali fikrimizni isbotlashga harakat qilamiz.

1.

The absent is always in the wrong - O'zi yo'qning — ko'zi yo'q.

2.

There is no

accounting for tastes - Har kim suygan oshini ichadi.

3.

Actions speak louder than

words-Gap bilguncha — ish bil.

4.

Advise none to marry or go to war-Har kimning

niyati o'zining yo'ldoshi.

Aksariyat maqollar ikki qismdan tashkil topgan bo’lib, bir qismi tasviriy

mohiyatga ega, ikkinchi qismi xulosadan iboratdir: 1.

After dinner sit a while, After

supper walk a mile.

2.

Qorning ochmasdan ovqat yegin, Qorning to'ymasdan qo'l

artgin

. 3.

Art is long, life is short

. 4.

Ilmsiz — bir yashar

,

ilmli — ming yashar

.

O’zbek tilida ba’zan 4 komponentli maqollar ham uchrab turadi. Biroq ingliz
maqollari orasida 4 komponentli maqollar kam uchraydi.

Zamon seni o'qitar, tayoq

bilan so'kitar. Sabog'ingni bilmasang, do'konda bo'z to'qita

r [19; 5 b.]. Bir qismli

maqollarga nisbatan ko’p qismli maqollar nisbatan tеz o’zgarishga moyilroqdir.
Sababi ba`zi holatlarda maqol aytuvchining unda ifodalanayotgan ma`noni
to’laligicha tushunib yеtmasligi yoki eshitganini eslay olmasligi natijasida o’zicha
qo’shimcha so’zlar yoki izohlar qo’shishi tufayli maqolning mazmuniga yoki
tuzilishiga jiddiy zarar yеtkazilishi mumkin. Bunday vaziyatda o’sha maqolda asosiy
fikrni tashuvchi so’zlardan birining tushirib qoldirilishi mumkin. Binobarin,
maqollarni aytish va tinglash ham alohida e`tibor va ma`suliyatni taqozo etadi.Aks
holda bеparvolik tufayli maqolning asl ma`nosiga putur yеtkazilib, kеlajak avlodga
noto’g’ri talqinda o’tib qolishi va asl ma’nosiga nisbatan zid ma`noda qo’llanilishi
mumkin.

Maqollar shakliga ko’ra, nasriy hamda she’riy tuzulishga ega bo’ladi.

All asses

wag their ears- Ahmoq aql o'rgatar. Barking dogs seldom bite - Qopag'on it tishini
ko'rsatmas

kabi maqollar nasriy tuzilishdagi maqollar hisoblanadi. O’zbek xalq


background image





102

7.1

2

9

maqollari ichida she’riy shakldagi maqollar ingliz maqollariga nisbatan ko’p
uchraydi. She’riy shakldagi maqollarda o’ziga xos vazn, qofiya va ohangdorlik
mavjud.

Oltovlon ola bo’lsa, og’zidagin oldirar

.

To’rtovlon tugal bo’lsa, tepadagin

endirar

[18; 97 b.]. She’riy tuzulishdagi maqollarda ritmik-sintaktik parallelizmlar,

alliteratsiya, qofiya va boshqa ko’pgina poetik vositalar ifodalanadigan ibratli fikrni
jarangdor, ohangdor, libos bilan bezantirsa, ayrim hollarda oddiy so’zlarning
takrorlari yoki radiflar ham qofiya vazifasini o’taydi. Masalan:

Yomonga bo’ldim

yo’ldosh, ishimga bo’lmadi qo’ldosh

.

Yaxshiga bo’ldim yo’ldosh, ishimga bo’ldi

qo’ldosh

[18, 97 b.]. Bu hodisa ko’proq o’zbek maqollari uchun xosdir. Asosan

o’zbek maqollarining katta ko’pchiligida alliteratsiya, qofiya kabi poetik
vositalarning ishtiroki ko’p kuzatiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Bakhriddinovna, A. N., & Kizi, R. N. O. (2021). The impact of the digital economy
on resource consumption.

2.

KULTASHEVA, N. (2022). BAYAT MUKHTAROV AND HIS PLASTIC
INNOVATIONS. Art and Design: Social Science, 2(01), 6-8.

3.

EGAMOVICH, T. A. (2024). THE ESSENCE OF ENTERPRISE MANAGEMENT
AND ITS ORGANIZATION IN THE CONDITIONS OF ECONOMIC
MODERNIZATION. Gospodarka i Innowacje., 46, 221-230.

4.

KULTASHEVA, N. (2019). SOME ASPEKTS OF PORTRAIN GEME OF
UZBEKISTAN EARLY XX CENTURY. Culture and Arts of Central Asia, 11(1),
80-84.

5.

Nafisa, R. (2024). Defects in Administration in Economic Development. International
Journal of Formal Education, 3(9), 17-24.

6.

Djumaniyozovna, S. R. (2023). XI ASR ADABIYOTIDA QOLLANILGAN XALQ
OGZAKI IJODI NAMUNALARI. Journal of Integrated Education and Research,
2(11), 91-96.

7.

Raximova, S. (2023, May). BADIIY MATNLARDA FE’L SO ‘Z TURKUMIGA
DOIR FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR POLISEMIYASI. In «УЗБЕКСКИЕ
НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И
ПРАКТИЧЕСКОЕ

СОЗДАНИЕ

ВОПРОСЫ"

Международная

научно-

практическая конференция (Vol. 2, No. 2).

8.

Rakhimova, S. J. (2021). Problems of lexicographic interpretation of phraseological
polysemis of Uzbek language. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary
Research Journal, 11(9), 127-132.

Библиографические ссылки

Bakhriddinovna, A. N., & Kizi, R. N. O. (2021). The impact of the digital economy on resource consumption.

KULTASHEVA, N. (2022). BAYAT MUKHTAROV AND HIS PLASTIC INNOVATIONS. Art and Design: Social Science, 2(01), 6-8.

EGAMOVICH, T. A. (2024). THE ESSENCE OF ENTERPRISE MANAGEMENT AND ITS ORGANIZATION IN THE CONDITIONS OF ECONOMIC MODERNIZATION. Gospodarka i Innowacje., 46, 221-230.

KULTASHEVA, N. (2019). SOME ASPEKTS OF PORTRAIN GEME OF UZBEKISTAN EARLY XX CENTURY. Culture and Arts of Central Asia, 11(1), 80-84.

Nafisa, R. (2024). Defects in Administration in Economic Development. International Journal of Formal Education, 3(9), 17-24.

Djumaniyozovna, S. R. (2023). XI ASR ADABIYOTIDA QOLLANILGAN XALQ OGZAKI IJODI NAMUNALARI. Journal of Integrated Education and Research, 2(11), 91-96.

Raximova, S. (2023, May). BADIIY MATNLARDA FE’L SO ‘Z TURKUMIGA DOIR FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR POLISEMIYASI. In «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ" Международная научно-практическая конференция (Vol. 2, No. 2).

Rakhimova, S. J. (2021). Problems of lexicographic interpretation of phraseological polysemis of Uzbek language. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(9), 127-132.