96
7.1
2
9
MARKAZIY OSIYO MAMLAKATLARIDA XOR SAN’ATINING
RIVOJLANISHI
Kamalova Gulmaryam
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining
Nukus filiali katta oʻqituvchisi
Ko‘zibayeva Mahinur Hamroyevna
Oʻzbekiston Davlat Konservatoriyasi
Nukus filiali "Umumiy kasbiy va ijtimoiy
fanlar"
kafedrasi
Akademik
Xor
dirijorligi 4-kurs talabasi
Annotatsiya:
Xor ijrochiligi hozirgi kunda keng tarqalgan asl xalq san’ati turlaridan biridir.
Jamoa ijrochiligi insonlarda chuqur estetik zavq uygʻotibgina qolmay, ularni jipslashtiradi, jamoa
boʻlib birlashishga olib keladi hamda ma’naviy saviyasini, badiiy didini oʻstirishga yordam beradi.
Ushbu maqolada Markaziy Osiyo davlatlarida xor San’atining rivojlanish bosqichlari tahlil
qilingan boʻlib, fikr va takliflar ilmiy asoslangan.
Kalit soʻzlar
: Xor, dirijor, musiqa, madaniyat, san’at, ma’naviyat, kompozitor, xor
dirijorligi, simfonik orkestr, xor janri, solist.
Jamiyat man’aviyatini yuksaltirish - davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi
hisoblanadi. Man’aviyat esa uzluksiz, harakatdagi jarayon. San’atga aloqador
boyliklar ma’naviy boylikni tashkil etadi. Inson man’aviyatini oshirish uchun esa
San’at va madaniyatning roli kattadir. Zero, muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoev
aytganlaridek, “Musiqa sanʼati madaniy fenomen sifatida yangi avlodni tarbiyalash
va kamolga yetkazish borasida cheksiz imkoniyatlarga egadir. Sanʼat bilan oshno
boʻlgan yoshlarning hayotga munosabati, milliy urf-odat va umumbashariy
qadriyatlarga hurmati baland boʻladi” [1].
Markaziy Osiyo xalqlari davr taqozosi bilan, madaniyatlar yaqinlashuvi tufayli
xor ijrochiligi San’atidan ham bahramand boʻldilar. Ular tarixan shakllangan oʻz
professional xor madaniyatiga ega boʻlmasada, jamoa boʻlib kuylash, xalqning
turmush tarzi, hayoti, mehnat faoliyati bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan azaliy
qoʻshiqlariga, musiqiy merosiga ega boʻlgan.
Turli koʻrinishdagi jamoa boʻlib kuylash jarayoni oʻzbek folklorida ayrim
janrlarning paydo boʻlishiga sabab boʻlgan. Xor sa’natining birinchi pogʻonasi
sifatida – qoʻshiq va raqsning bir-biriga uygʻunlashib, alla janrining paydo boʻlishini
hisoblash mumkindir. Qoʻshiqning asosiy matnini yallachi raqs bilan birgalikda ijro
eta boshlaydi, naqarotni esa bir ovozda boʻlsada kichik ashulachilar guruhi joʻr boʻlib
ijro etadi. Shuningdek, jamoa boʻlib ijro etish darvishlar xonishlarida ham koʻrinadi.
Erkaklarning zikr aytishlari ham bunga yorqin misoldir. Asrlar davomida toʻplangan
koʻhna meros – «Shashmaqom»ning vokal qismlaridagi taronalar ham xonandalar
97
7.1
2
9
ansambli tomonidan ijro etilib kelgan. Jumladan, oʻzbek folklor qoʻshiqlari va
maqomalardagi jamoa boʻlib kuylash kelajakda Markaziy Osiyo xalqlari orasida xor
San’ati rivojida katta zamin boʻla olgan.
XIX asrning ikkinchi yarmida asta-sekin musiqasevarlar jamiyatlari oʻz
faoliyatlarini boshlagan. Bunday jamiyatlardan – «Lira» deb nomlangan xor jamiyati
kapelmeysteri V.Leysek tomonidan tashkil etilib, mahalliy xalqlarni yangi San’at
turiga qiziqtirgan. Bu jamiyatning faoliyati taʻsirida turmush sharoiti, hayot tarzida
oʻzgarishlar roʻy berdi. Dunyo madaniyatiga boʻlgan qiziqish tobora avj olib bordi.
V.Leysek uyushtirgan konsertlarda jahon tan olgan kompozitorlar – Meyerber,
J.Verdi, M.Glinka va A.Dargomijskiy kabilarning operalaridan xorlar birinchi bor ijro
etilgan va tinglovchilarda katta taassurot qoldirgan. Koʻplab qadimiy musiqiy folklor
namunalari ilgari ham allomalarimiz tomonidan tadqiq etilganligi barchaga ma’lum.
Ijod namunalari koʻproq yilning ma’lum bir kunlari, ya’ni marosimlari bilan bogʻliq
boʻlgan. Misol sifatida oʻzbek xalqining ijodiyotini keltirish mumkin. «Lola
bayrami», mehnat qoʻshiqlaridan – «Xashar», «Paxta teradi», «Suz xotin», toʻy
marosim qoʻshiqlari – «Yor-yor», «Oʻlan», bolalar ijro etadigan – «Boychechak»,
«Ramazon qoʻshiqlari», «Laylak keldi», «Oftob chiqdi», «Choriy chambar» va
shunga oʻxshash turli mavzulardagi qoʻshiqlarni xor ijrochiligi shaklida koʻrish
mumkin. Ular faqat tabiat qoʻynida, aniq bir marosimlarda oʻz-oʻzidan ijro etilgan.
Bizning tushunchamizdagi dirijorlarda ehtiyoj boʻlmagan. Xor ijrochiligi sahna
sharoitiga koʻchgandan soʻng rahbar boshqarib borishi lozimdir.
1918-yilda Xalq konservatoriyasi ochilishi xor San’ati targʻibotida muhim rol
oʻynaydi. Toshkent shahrida birinchi boʻlib jonkuyar ustoz, izlanuvchan inson,
maʻrifatparvar Ali Ardobus Ibrohimov rahbarligidagi oltmishta oʻzbek ogʻil
bolalaridan tashkil topgan maktab teatr jamoasi tuzildi. V.Sakovich tashkil etgan
«Zebbiniso», Sh.Shoumarovning «Namuna» va S.Yenikeyevaning oʻzbek qizlar xor
jamoalari tuzilishi ham xor ijrochiligi ommaviylashishida munosib oʻrin tutgan.
1936-yilda Oʻzbekistonda birinchi xor kapellasi tuzilgan va unga M.Lepexin
rahbarlik qilgan. Dastlabki konsert dasturi xalqaro miqyosda, xususan, Moskvada
boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston adabiyoti va San’ati kunlarida namoyish etilib, keng
tinglovchilar olqishiga sazovor boʻlgan. Shu yoʻsinda Respublika teatrlarida, harbiy
okruglarda, oʻrta maktablarda, oʻquvchilar saroylarida xor jamoalari tuzilishi avj oldi
[2]. Oʻzbekistonda xor ijrochiligini yuqori darajaga koʻtarish uchun yana bir muhim
vazifani amalga oshirish joiz edi. Bu kadrlar tayyorlash ishi boʻlib, Toshkent davlat
konservatoriyasida (hozirgi – Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi) 1943-yildan
boshlab xor dirijorlari tayyorlana boshlandi. Xuddi shu jarayon Markaziy Osiyoning
98
7.1
2
9
boshqa mamlakatlarida ham amalga oshirildi. Tayyorlanayotgan kadrlar oldiga asosiy
vazifa qilib, xor ijrochiligida professionallik nuqtai nazaridan yuqori madaniyatga
erishish, repertuar siyosatini olib borish yoʻllari, targʻibot usullarini oʻzlashtirish
belgilandi. Dastlabki tayyorlangan mutaxassislar (R.Xublarov, Ye.Gudkova,
A.Vasilyeva, E.Melik-Karamyan, M.Subayeva kabilar) va kompozitorlar (Muxtor
Ashrafiy, Tolibjon Sodiqov, Mutavakkil Burhonov, Sharif Ramazonov, Botir
Umidjonov kabilar) yurtimizda xor San’atining yangi bosqichda shakllanishi va
rivojlanishida hal qiluchchi rol oʻynadilar.
Turli koʻrinishdagi jamoa boʻlib kuylash jarayoni oʻzbek folklorida ayrim
janrlarning paydo boʻlishiga sabab boʻlgan. Xor sa’natining birinchi pogʻonasi
sifatida – qoʻshiq va raqsning bir-biriga uygʻunlashib, alla janrining paydo boʻlishini
hisoblash mumkindir. Qoʻshiqning asosiy matnini yallachi raqs bilan birgalikda ijro
eta boshlaydi, naqarotni esa bir ovozda boʻlsa da kichik ashulachilar guruhi joʻr
boʻlib ijro etadi. Shuningdek, jamoa boʻlib ijro etish darvishlar xonishlarida ham
koʻrinadi. Erkaklarning zikr aytishlari ham bunga yorqin misoldir. Asrlar davomida
toʻplangan koʻhna meros – «Shashmaqom»ning vokal qismlaridagi taronalar ham
xonandalar ansambli tomonidan ijro etilib kelgan. Jumladan, oʻzbek folklor
qoʻshiqlari va maqomalardagi jamoa boʻlib kuylash kelajakda Markaziy Osiyo
xalqlari orasida xor San’ati rivojida katta zamin boʻla olgan. Oʻzbekiston hududida
XX asrning boshlarida teatr guruhlari tuzilib, tomoshalar vaqtida spektakl mazmun-
mohiyatidan kelib chiqib joʻrlikda ijro etiladigan qoʻshiq va ashulalar xor ijrochiligi
asta-sekin oʻzbek xalqiga singib borayotganligidan dalolat boʻlgan. Tinglovchilarda
kuyga solingan va birgalikda kuylangan matnlar katta taassurot qoldirgan, yuraklarni
larzaga slogan. Professional xor ijrochiligida milliylikni saqlab qolish maqsadida
Oʻzbekiston teleradiosi qoshida ham 1960-yili xor jamoasi tashkil etildi. Unga atoqli
dirijor, isteʻdodli kompozitor, xor musiqasi bilimdoni, Oʻzbekiston xalq artisti Botir
Umidjonov rahbar etib tayinlangan. U nafaqat rahbar edi, balki jamoaning dastur
yaratuvchisi ham edi. Istiqbolli reja asosida koʻp yillar jamoaga beminnat rahbarlik
qilgan. Jamoasi «ijodiy laboratoriya»ga aylangan bu zahmatkash ijodkor yuzlab xalq
qoʻshiqlarini qayta ishlab, yangi, original asarlarni yaratib xor San’atini xalqimizga
manzur eta oldi. «Diliman», «Qaro soch», «Ililla yor», «Ogʻo dorom», «Gal bari»,
«Chamanda gul», original asarlar – «Dilbarume» xor syuitasi, «Segoh», «Chorgoh»,
«Oʻzgancha» kabilar uning qalamiga mansub. Professional xor ijrochiligi
Oʻzbekistonda XX asrning 70-yillarida toʻla shakllandi, deb ishonch bilan ta’kidlash
mumkin [3]. Shu qisqa davr mobaynida yangi San’at turi, uning ijrochiligi milliy
99
7.1
2
9
ijodkorlar va ijrochilar tomonidan oʻzlashtirildi. Endi mutasaddilar oldida jahonni
zabt etish borasida yangi maqsad va vazifalar turardi.
Hozirda musiqa ijrochiligi yuksaldi, zamonaviy mualliflar yaratayotgan
partituralar ham oʻta murakkablashdi. Bularning barchasi dirijyordan yuqori mehnat
samaradorligini qisqa vaqt ichida asar ustida ishlay bilishni talab qiladi. Bizning
fikrimizcha, dirijyorlik texnikasi — avvalo dirijyor tomonidan uning qoʻllari
harakatlari yordamida ijro etilayotgan musiqani talqin etishdir.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkin, xor ijrochiligi hozirgi kunda keng
tarqalgan asl xalq San’ati turlaridan biridir. Jamoa ijrochiligi insonlarda chuqur
estetik zavq uygʻotibgina qolmay, ularni jipslashtiradi, jamoa boʻlib birlashishga olib
keladi hamda ma’naviy saviyasini, badiiy didini oʻstirishga yordam beradi. U
insonning eng yaxshi his-tuygʻularini uygʻotib, hayajonlantirish, qiziqtirish
xususiyatiga ega. Shu sababdan xor ishtirokchilari bilan bir qatorda tinglovchilarning
ham badiiy-gʻoyaviy tarbiyalanishidagi roli juda katta. Yosh avlodni kamolot sari
yetaklashda tarbiyaning koʻplab omillari qatorida musiqa alohida oʻrin tutadi. Musiqa
oʻzining betakror tabiati bilan yoshlarning ma’naviy dunyosiga katta taʻsir etish
kuchiga ega. Zero kuy va ohang taʻsirida kishida hissiyot olamining oʻsishi, idrok va
tafakkurning shakllanishi, ezgulikka intilish kurtaklarini barg yozishi, goʻzallikni
sevish, ona tabiatni asrash, jonajon Vatan ravnaqi uchun xizmat qilish istagining
tobora ortib borishi uchun xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1.
Sh.M.Mirziyoyev Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga
quramiz. Toshkent - 2017y.
2.
Samarin V.A. Xorovedenie: Uchebnoe posobie. M., 1998.
3.
Mamirov Q. Qoʻshiqlar, xor asarlari. Oʻquv qoʻllanma. T., 2006.
4.
V.P. Ocherki istorii russkoy xorovoy kultura vtoroy polovino XVII - nachala XX
veka. - M., 1985.
5.
Sharafiyeva N. Xorshunoslik. T.1987.
6.
Ukolova L.I. Dirijirovanie. - M.: Gumanitarno-izdatelskiy sentr. 2003.
7.
Samarin V.A. Xorovedenie i xorovaya aranjirovka. Moskva 2007.
