131
7.1
2
9
O‘QUVCHILARDA SOG`LOM TURMUSH TARZINI
SHAKLLANTIRISHDA UMUMRIVOJLANTIRUVCHI MASHQLAR VA
ULARNI O'TKAZISH
Radjapov Usmonbay Raximovich
Nizomiy nomidagi TDPU professori
Abubakir Yigitaliyev Farxodjon o’g’li
Nizomiy
nomidagi
TDPU
2-bosqich
magistranti
Annotatsiya.
Bugungi
zamonaviy sharoitda o’quvchilar jismoniy tarbiyasining dolzarbligi
shubhasizdir,
chunki
jismoniy
tarbiya
va
sport
shaxsning
jismoniy
salomatligini
optimallashtirishga, uning aqliy xususiyatlari bilan birlikda rivojlanishiga olib keladi. Ushbu
maqolada o’quvchilarni tarbiyalashning kompleks pedagogik vositasi sifatida jismoniy tarbiya
darslari jarayonida umumiy rivojlantiruvchi mashqlar majmualaridan foydalanish asoslangan.
Muallif tomonidan taqdim etilgan xulosa va tavsiyalarni maktab o’quvchilari bilan jismoniy tarbiya
darslarida hisobga olish taklif etiladi.
Kalit so’zlar:
sog’lom turmush tarzi, o’quvchi, umumrivojlantiruvchi mashqlar, jismoniy
tarbiya, jismoniy madaniyat.
Аннотация.
Актуальность физического воспитания школьников в современных
условиях неоспорима, так как физическая культура и спорт ведут к оптимизации
физического здоровья личности, развитию в единстве с ее психическими особенностями. В
данной статье обосновано использование комплексов общеразвивающих упражнений в
процессе уроков физической культуры как комплексного педагогического средства
воспитания учащихся. Выводы и рекомендации, представленные автором, предлагается
учесть на уроках физкультуры со школьниками.
Ключевые слова:
здоровый образ жизни, ученик, общеразвивающие упражнения,
физическое воспитание, физическая культура.
Annotation.
In today's modern conditions, the relevance of the physical education of
students is indisputable, since physical education and Sports lead to the optimization of the physical
health of the individual, its development in unity with mental characteristics. This article is based
on the use of general developmental exercise complexes in the process of physical education classes
as a complex pedagogical tool for educating students. Conclusions and recommendations provided
by the author are proposed to be taken into account in physical education classes with
schoolchildren.
Keywords
: healthy lifestyle, student, universal exercise, Physical Education, Physical
Culture.
Xozirgi jadal rivojlanayotgan
globallashuv sharoitida o’quvchilarni jismoniy
tarbiya bilan mashg’ul bo’lishi dolzarb masala hisoblanadi, chunki jismoniy tarbiya
va sport shaxsning jismoniy salomatligini optimallashtirishga, uning jismoniy sifatlari
bilan birgalikda aqliy xususiyatlari ham rivojlanishiga olib keladi. O’quvchilarni
tarbiyalashning kompleks pedagogik vositasi sifatida jismoniy tarbiya darslari
132
7.1
2
9
jarayonida umumiy rivojlantiruvchi mashqlar majmualaridan foydalanish masalalari
hozirgi kunda dolzarb hisoblanadi.
Buyuk allomalarimizdan Abu Ali Ibn Sino ham o’z ta’limotida ertalabki
badantarbiya, to’liq uyqu, ovqatlanish va suv muolajalarini hamda massaj organizmni
asosiy tiklantiruvchi muolajalari haqida qimmatli fikrlar yuritilgan.
O’z vaqtida aqliy va jismoniy faoliyat bilan shug’ullanish, madaniy hordiq
chiqarish ham oqilona kun tartibini asosiy mezonlaridan hisoblanadi.
Sog’lom turmush tarzining negizida markaziy nerv sistemasida puxtalangan
dinamik-stereotip yotadi ya’ni shug’ullanuvchi har kuni bir vaqtda uyquga yotsa va
uyqu gigiyenasiga rioya etsa va bir vaqtda turib, ertalabki badantarbiya bilan
shug’ullanib, suv muolajalarini amalga oshirsa, kunlik 5 mahalgi ovqatlanishni
amalga oshirsa, yuqori hajmli oqsillar,uglevodlar va vitaminlarga boy oziq ovqat
mahsulotlarini qabul qilishi lozim.
Sog’lom turmush tarzini shakllantirish o’z o’rnida bir nechta omillarga bog’liq
bo’lib ular (1-diagramma):
l-diagramma.
Ushbu keltirib o’tilgan omillarning barchasi muhim hisoblanadi, lekin oqilona
kun tartibiga rioya qilish eng muhimlaridan biri bo’lib uni shakllantirishda
umumrivojlantiruvchi mashqlardan keng foydalaniladi.
Umumrivojlantiruvchi
mashqlar
butun
organizmning
rivojlanishi
va
sog’lomlashishida muhim rol o’ynaydi va yelka kamari, gavda, oyoq kabi yirik
muskul guruhlarining rivojlanishi va mustahkamlanishiga, bo’g’imlarning
133
7.1
2
9
xarakatchan bo’lishiga muskullar taranglashuvi va bo’shashuvi jarayonini
normallashtirishga yordam beradi.
Umumrivojlantiruvchi
mashqlarning
vazifasi
to’g’ri
qaddi-qomatni
shakllantirish, butun tayanch harakat apparatini mustahkamlash va qon aylanish,
nafas olish, almashinish jarayonlari, nerv tizimi faoliyatini yaxshilashdan iboratdir.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar harakatlarni idora qiluvchi oliy motor
markazlari ishini faollashtiradi; tezkorlik, chaqqonlik, kuchlar nisbati, chidamlilik,
egiluvchanlik kabi jismoniy sifatlarni namoyon qilishga yordam beradi, ijobiy-
emotsional kayfiyat uyg’otadi.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar uch guruhga mo’ljallangan.
Birinchi guruhdagi yelka kamari va qo’l mushaklari uchun mashqlar:
ko’krak
qafasining nafas olishini oshirishga yordam beradi, diafragmani mustahkamlaydi,
chuqur nafas olishga imkon beradi, umurtqani rostlaydi, yurak mushaklarini
mustahkamlashga yordam beradi.
Ikkinchi guruh mashqlari gavda, orqa mushaklar uchun:
ushbu mashqlar
to’g’ri qaddi-qomatning shakllanishiga ta’sir qiladi va gavdani oldinga va yon
tomonlarga engashtirishda, o’ngga, chapga burilishda va aylanishda umurtqaning
egiluvchanligini rivojlantirishga yordam beradi.
Uchinchi guruh mashqlari oyoq va qorin mushaklari uchun:
ular ichki
organlarni tez harakatlar (sakrashlar, sakrab tushishlar…) paytida chayqalishdan
qorin muskullarini mustahkamlashga yordam beradi, shuningdek, vena qon-
tomirlarida qon yurishmay qolishining oldini oladi (tizzaga chapatilash, yarim
cho’qqayish, cho’qqayish…).
Oyoq va qorin mushaklarini mustahkamlovchi mashqlar.
To’la va ingichka. Tizzaga cho’kib o’tiring, tovonga suyaning, qorinni
chiqarib, belni qayishtiring. Ushbu mashq sizni ingichkaroq qiladi. Keyin qorinni
chiqaring.
Oyoqlarni oldinga chiqaring. Gavdani tik tuting. Bir qo’lingiz bilan yon
tomonda tiranib, bir oyog’ingizni ko’tarib gorizontal holatda oyoq uchini to’g’irlang.
Oldingizga o’ng oyoqni, keyin chap oyoqni.
Daraxtdagi maymuncha. Tik turing va ikkala qo’lingiz bilan oyog’ingiz
sonidan ushlang va sekin-asta oyoq panjalari tomon egiling so’ngra u
shbu mashqni
oyoq uchidan yuqoriga qarab takrorlang.
Bel va orqa mushaklarni mustahkamlovchi mashqlar.
134
7.1
2
9
Samolyot. Dastlabki holatda tik turing, qo’llar yonga cho’zilgan, go’yo
samolyotning qanotlari kabi. Endi har tomonga engashilinadi va uchish holatiga
taqlid qilinadi.
Shamolli tegirmon. Tik turgan holatda, oyoqlar yelka kengligida yozilgan
holatda, qo’l esa belning o’ng yoki chap tomonida, ikkinchisi esa tepaga ko’tariladi
va uni aylantiriladi. Tegirmon shamolga qarab aylanadi, sekin-asta ikkala qo’l bilan
birin-ketin aylantirishga harakat qilinadi.
Oyoq panjalari va mushaklarini mustahkamlovchi mashq.
Polga yoki o’rindiqqa o’tiriladi va oyoq panjarini «musht» qilinadi., oyoq
panjalarini tovonga qaratib bukiladi va yana qayta rostlanadi (xuddi shunga o’xshash
mashqni qo’l panjalariga ham bering). Polga yoki o’rindiqqa o’tiriladi va gimnastika
tayog’i ustiga oyoq panjalari qo’yiladi so’ngra oyoqlar osti bilan tayoqcha
dumalatiladi .
O’quvchilarni tarbiyalashning kompleks pedagogik vositasi sifatida jismoniy
tarbiya darslari jarayonida umumiy rivojlantiruvchi mashqlar majmualaridan
foydalanish foydali ekanligi barchamiz uchun ma’lum. Umumrivojlantiruvchi
mashqlarni kun tartibi orasiga qo’shish orqali inson o’z sog’ligi va shaxsiy hayot
turmush tarziga sezilarli darajada sifat olib kiradi.
O’z vaqtida aqliy va jismoniy
faoliyat bilan shug’ullanish , madaniy hordiq chiqarish kun tartibini asosiy
mezonlaridan hisoblanadi va sog’lom turmush tarzini shakllantirishda muhim
ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
K.M. Mahkamdjonov Tarbiya nazariyasi va metodikasi fani bo’yicha ma’ruzalar.
TDPU, I qism –Toshkent, 2003 y.
2.
E. Yuzlikaeva, M.Axmedova, G.Qurbonova, SH.Tashmetova, Xushnazarova M.
Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. Toshkent – 2012
3.
Ugli, Y. A. F. (2022, July). CONDITIONS OF USE OF INNOVATIVE
EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN PROFESSIONAL TRAINING OF
FUTURE SPECIALISTS IN THE FIELD OF PHYSICAL EDUCATION. In
"
ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM
(pp. 89-91).
4.
Йигиталиев, А. (2024). ФИЗИЧЕСКAЯ ПOДГOТOВКA В СПOРТИВНOЙ
ШКOЛЕ ПO ЛЁГКOЙ AТЛЕТИКЕ.
Академические исследования в
современной науке
,
3
(23), 193-196.
5.
Yigitaliyev, A. F., & Rasulova, R. A. (2024). YOSHLARNI SOG’LOM
VOYAGA YETISHLARINI TA’MINLASH MASALASI XALQ OG’ZAKI
IJODIDA.
SO ‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI
,
7
(6), 49-51.
6.
Yigitaliyev, A. F. O. G. L. (2023). QISQA MASOFAGA YUGURUVCHI
SPORTCHILARNI
MASHG’ULOTLARINI
TASHKIL
QILISH
135
7.1
2
9
USULLARI.
Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social
sciences
,
3
(12), 277-280.
7.
Рустамов, Л. Х. (2013). Источники и этапы развития теории и методики
физического воспитания.
Педагогика и современность
, (3), 69-76.
8.
Рустамов, Л. Х. (2013). Физическая культура и ее влияние на организм
человека. In
Актуальные вопросы современной науки
(pp. 99-103).
9.
Рустамов, Л. Х. (2021). ЗНАЧЕНИЕ СПОРТИВНО-ОЗДОРОВИТЕЛЬНОЙ
АНИМАЦИИ В ЖИЗНИ ЧЕЛОВЕКА.
POLISH SCIENCE JOURNAL
, 200.
10.
Рустамов, Л. Х. (2022). ОСОБЕННОСТИ РАЗВИТИЕ ГИБКОСТИ У
УЧАЩИХСЯ МЛАДШИХ КЛАССОВ НА УРОКАХ ПО ФИЗИЧЕСКОЙ
КУЛЬТУРЕ.
POLISH SCIENCE JOURNAL
, 194.
11.
Рустамов, Л. Х. (2022). ОРГАНИЗАЦИЯ УРОКОВ ФИЗИЧЕСКОЙ
КУЛЬТУРЫ В МЛАДШИХ КЛАССАХ.
POLISH SCIENCE JOURNAL
, 191.
12.
Рустaмoв, Л., & Валиев, М. (2024). ОСОБЕННОСТИ РАЗВИТИЯ
СКОРОСТНО-СИЛОВОГО
МАСТЕРСТВА
В
ЛЕГКОЙ
АТЛЕТИКЕ.
Молодые ученые
,
2
(18), 132-135.
13.
Рустaмoв, Л., & Aхмaджoнoв, З. (2024). КЛAССИФИКAЦИЯ И OБЩAЯ
ХAРAКТЕРИСТИКA
ЛЕГКOAТЛЕТИЧЕСКИХ
ВИДOВ
СПOРТA.
Молодые ученые
,
2
(18), 120-124.