117
7.1
2
9
O‘QUV JARAYONIDA INNOVATSION TA’LIM
TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI
Urazbayev Muratbay Amanbayevich
Qoraqalpog'iston Respublikasi Pedagoglarni
yangi metodikalarga o'rgatish milliy
markazi, Tillarni o'qitish metodikasi kafedrasi
katta o'qituvchisi
Annotatsiya:
Ta’lim innovatsiyalari – ta’lim sohasi yoki o‘quv jarayonida mavjud
muammoni yangicha yondashuv asosida echish maqsadida qo‘llanilib, avvalgidan ancha samarali
natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalar.
Kalit so’zlar:
innovatsiya, lug’aviy, ta’lim, pedagog.
Lug‘aviy jihatdan “innovatsiya” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda
(“innovation”) “yangilik kiritish” degan ma’noni anglatadi. “Innovatsiya”
tushunchasi mazmunan aniq holatni ifodalaydi. Innovatsiya – muayyan tizimning
ichki tuzilishini o‘zgartirishga qaratilgan faoliyat “O‘zbekiston Milliy
ensiklopediyasi”da ko‘rsatilishicha, innovatsiya quyidagicha mazmun va
tushunchalarga ega: “Innovatsiya (ingl. “innovationas” – kiritilgan yangilik, ixtiro) 1)
texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni ta’minlash uchun iqtisodiyotga
sarflangan mablag‘lar; 2) ilmiy-texnika yutuqlari va ilg‘or tajribalarga asoslangan
texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi
yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qo‘llanishi
1
”.
A.I.Prigojinning fikriga ko‘ra, innovatsiya maqsadga muvofiq ravishda muayyan
ijtimoiy birlik – tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga nisbatan munosabatga yangicha
yondashish, bu munosabatni bir qadar turg‘un elementlar bilan boytib borish
tushunilishi lozim. Bu o‘rinda anglanadiki, muallifning qarashlari bevosita ijtimoiy
munosabatlar, ularga nisbatan innovatsion yondashish mohiyatini ifodalaydi.
Shundan kelib chiqqan holda har bir shaxs fuqaro, mutaxassis, rahbar, xodim,
qolaversa, turli ijtimoiy munosabatlar jarayonining ishtirokchisi sifatida o‘ziga xos
innovator faoliyatni tashkil etadi. Amerikalik psixolog E.Rodjers o‘z tadqiqotlarida
innovatsion xarakterga ega ijtimoiy munosabatlarning ijtimoiy-psixologik jihatlari,
ijtimoiy munosabatlarga yangilik kiritish, bu jarayonda ishtirok etuvchi shaxslarning
toifalari, ularning yangilikka bo‘lgan munosabatlari, yangilikni qabul qilish,
mohiyatini anglashga bo‘lgan tayyorlik darajasi hamda muayyan shaxslar toifalari
o‘rtasidagi innovatsion xarakterga ega ijtimoiy munosabatlarning tasnifi masalalarini
o‘rgangan. Innovatsion ta’lim (ingl. “innovation” – yangilik kiritish, ixtiro) – ta’lim
1
O’zbekiston milliy ensiklopeiyasi. Zebuniso-Konigil / 4-tom. Bosh tahrir hay’ati a’zolari: M.Aminov va b. – T.:
“O’zbekistan milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2002. – 169-bet.
118
7.1
2
9
oluvchida yangi g‘oya, me’yor, qoidalarni yaratish, o‘zga shaxslar tomonidan
yaratilgan ilg‘or g‘oyalar, me’yor, qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar,
malakalarni shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta’lim. Innovatsion ta’lim
jarayonida qo‘llaniladigan texnologiyalar innovatsion ta’lim texnologiyalari yoki
ta’lim innovatsiyalari deb nomlanadi. Ta’lim innovatsiyalari – ta’lim sohasi yoki
o‘quv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondashuv asosida echish maqsadida
qo‘llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va
texnologiyalar. Ta’lim innovatsiyalari “innovatsion ta’lim” deb ham nomlanadi.
“Innovatsion ta’lim” tushunchasi birinchi bor 1979 yilda “Rim klubi”da qo‘llanilgan.
Ta’lim innovatsiyalari bir necha turga ajratiladi.
Ta’lim innovatsiyalarining asosiy turlari
Faoliyat
yo‘nalishiga ko‘ra
Kiritilgan
o‘zgarishlarning
tavsifiga ko‘ra
O‘zgarishlarning
ko‘lamiga ko‘ra
Kelib chiqish
manbaiga ko‘ra
Ped
ag
ogik
jar
ay
onda
inn
ov
atsiy
alar
Ta’l
im
tizi
mini
bos
hq
ari
sh
da
qo’l
lanil
adig
an
inn
ov
atsiy
alar
Radi
kal
inn
ov
atsiy
alar
Kombina
tsiy
alang
an
inn
ov
atsiy
alar
Modi
fik
atsiy
alang
an
inno
va
tsi
yal
ar
Tarmoq
inn
ov
atsiy
alar
i
Modul
inn
ov
atsiy
alar
i
Ti
zi
m
inn
ov
atsiy
alar
i
Jamoa
tomonidan
be
vosit
a
yar
ati
lg
an
inn
ov
atsiy
alar
O
’zl
as
hti
ril
gan
inn
ov
atsiy
alar
Ta’lim innovatsiyalarining asosiy turlari.
Innovatsiyalar turli ko‘rinishga ega.
Quyidagilar innovatsiyalarning asosiy ko‘rinishlari sanaladi:
- yangi g‘oyalar;
- tizim yoki faoliyat yo‘nalishini o‘zgatirishga qaratilgan aniq maqsadlar;
- noan’anaviy yondashuvlar;
- odatiy bo‘lmagan tashabbuslar;
- ilg‘or ish uslublari.
Ta’lim tizimida yoki o‘quv faoliyatida innovatsiyalarni qo‘llashda sarflangan
mablag‘ va kuchdan imkon qadar eng yuqori natijani olish maqsadi ko‘zlanadi.
Innovatsiyalarning har qanday yangilikdan farqi shundaki, u boshqarish va nazorat
qilishga imkon beradigan o‘zgaruvchan mexanizmga ega bo‘lishi zarur. Barcha
119
7.1
2
9
sohalarda bo‘lgani kabi ta’limda ham “novatsiya”, “innovatsiya” hamda ularning
mohiyatini ifodalovchi faoliyat to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Agar faoliyat qisqa
muddatli, yaxlit tizim xususiyatiga ega bo‘lib, faqatgina tizimdagi ayrim elementlarni
o‘zgartirishga xizmat qilsa u novatsiya (yangilanish) deb yuritiladi. Bordi-yu, faoliyat
ma’lum konseptual yondashuv asosida amalga oshirilib, uning natijasi muayyan
tizimning rivojlanishiga yoki uni tubdan o‘zgartirishga xizmat qilsa, u innovatsiya
(yangilik kiritish) deb ataladi Ilmiy adabiyotlarda “novatsiya” (yangilanish, yangilik)
hamda “innovatsiya” (yangilik kiritish) tushunchalarining birbiridan farqlanishiga
alohida e’tibor qaratiladi. Misol uchun, V.I.Zagvyazinskiyning e’tirof etishicha,
“yangi”, “yangilik” tushunchasi nafaqat muayyan g‘oyani, balki hali amaliyotda
foydalanilmagan yondashuv, metod hamda texnologiyalarni ifodalaydi. Ammo bunda
jarayon elementlari yaxlit yoki alohida olingan elementlaran iborat bo‘lib, o‘zgarib
turuvchi sharoit va vaziyatda ta’lim va tarbiya vazifalarini samarali hal etish
g‘oyalarini o‘zida aks ettiradi. Darhaqiqat, yangilik – vosita sanalib, u aksariyat
holatlarda yangi metod, metodika, texnologiya va b. ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Mohiyatiga ko‘ra novatsiya va innovatsiya o‘rtasida muayyan farqlar mavjud.
Ayni vaqtda Respublika ijtimoiy hayotiga shiddatli tezlikda axborotlar oqimi
kirib kelmoqda va keng ko‘lamni qamrab olmoqda. Axborotlarni tezkor sur’atda
qabul qilib olish, ularni tahlil etish, qayta ishlash, nazariy jihatdan umumlashtirish,
xulosalash hamda talabaga etkazib berishni yo‘lga qo‘yish ta’lim tizimi oldida turgan
dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik
texnologiyani tadbiq etish yuqorida qayd etilgan dolzarb muammoni ijobiy hal
etishga xizmat qiladi. Texnologiya (yunon. “techne” – mahorat, san’at, “logos” –
tushuncha, ta’limot) – muayyan (ishlab chiqarish, ijtimoiy, iqtisodiy va b.)
jarayonlarning yuksak mahorat, san’at darajasida tashkil etilishi Ta’lim texnologiyasi
(ingl. “an educational technology”) – ta’lim (o‘qitish) jarayonining yuksak mahorat,
san’at darajasida tashkil etilishi Ta’lim texnologiyasi – ta’lim maqsadiga erishish
jarayonining umumiy mazmuni, ya’ni, avvaldan loyiщalashtirilgan ta’lim jarayonini
yaxlit tizim asosida, bosqichma-bosqich amalga oshirish, aniq maqsadga erishish
yo‘lida muayyan metod, usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali,
unumli foydalanish hamda ta’lim jarayonini yuqori darajada boshqarish Ta’lim
metodi – o‘quv jarayonining majmuaviy vazifalarini yechishga yo‘naltirilgan
o‘qituvchi va talabalarning birgalikdagi faoliyati usuli bo‘lsa, ta’lim metodikasi esa
muayyan o‘quv predmetini o‘qitishning ilmiy asoslangan metod, qoida va usullar
tizimi. O‘qituvchining samarali faoliyat ko‘rsatishga undovchi darsning metodik
ishlanmasini puxta ishlab chiqishdan farqli o‘laroq, ta’lim texnologiyasi talabalar
120
7.1
2
9
faoliyatiga nisbatan yo‘naltirilgan bo‘lib, u talabalarning shaxsiy hamda o‘qituvchi
bilan birgalikdagi faoliyatlarini inobatga olgan holda, o‘quv materiallarini mustaqil
o‘zlashtirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi. Ta’lim
texnologiyasining markaziy muammosi – ta’lim oluvchi shaxsini rivojlantirish orqali
ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat. Pedagogik texnologiya nazariyasi
o‘tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab asoslanib kelinayotgan bo‘lsada, aynan
“pedagogik texnologiya” tushunchasiga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud.
Xususan, pedagog olim V.P.Bespalko pedagogik texnologiyani “amaliyotga tadbiq
qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi” deya ta’riflaydi hamda asosiy
diqqatni o‘quv-pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratadi . Pedagogik
texnologiya – ta’lim shakllarini takomillashtirish vazifasini ko‘zlagan o‘qitish va
boshqalarni o‘zlashtirishning barcha jarayonlarini texnika va inson omillarida,
ularning birgalikdagi harakatlari vositasida yaratish, tadbiq etish va aniqlashning
izchil metodi (YUNESKO). O‘z mohiyatiga ko‘ra pedagogik texnologiya vaqt
taqsimotiga muvofiq dasturlanib, ilmiy jiщatdan asoslangan щamda kutilgan natijaga
erishishni ta’minlovchi pedagogik jarayonning barcha bosqich va qismlarining
vazifalari aniq belgilangan tizimni ifodalaydi. Ta’lim tizimini texnologiyalashtirish
g‘oyasi o‘tgan asrning boshlarida G‘arbiy Evropa va AQSHda ta’lim tizimini isloh
qilish, ta’lim samaradorligini oshirish, shaxsning ijtimoiylashuvini ta’minlash uchun
muayyan shart-sharoitni yaratish borasidagi ijtimoiy harakat yuzaga kelgan davrda ilk
bora o‘rtaga tashlandi. Mazkur g‘oya 30 -yillarda ta’lim jarayoniga “pedagogik
texnika” (“ta’lim texnikasi”) tushunchasining olib kirilishi bilan asoslandi. Ushbu
davrlarda yaratilgan maxsus adabiyotlarda “pedagogik (ta’lim) texnika(si)”
tushunchasi “o‘quv mashg‘ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga
ko‘maklashuvchi usul va vositalar yig‘indisi” tarzida talqin etildi hamda o‘quv
jarayoniga o‘quv va laboratoriya jihozlarining olib kirilishi, ulardan samarali, unumli
foydalanish, material mazmunini ko‘rsatmali qurollar yordamida tushuntirish kabi
holatlar ta’lim samaradorligini oshirishga yordam beruvchi yetakchi omillardir deya
baholandi. XX asrning 50-yillarida ta’lim jarayonida texnik vositalarni qo‘llash
“ta’lim texnologiyasi” yo‘nalishini belgilab beruvchi omil deya e’tirof etildi, asosiy
e’tibor talabalar auditoriyasini kengaytirish texnik vositalardan foydalanish evaziga
amalga oshirilishi, texnik vositalarning imkoniyatlarini yanada takomillashtirish,
ularning axborot sig‘imini kengaytirish, axborotlarni uzatish xizmatini sifatli tashkil
etish, ta’lim olishni individuallashtirish kabi masalalarga qaratildi. Bu borada olib
borilgan tadqiqotlarning ob’ekti, tayanch nuqtasi sifatida texnik vositalar
imkoniyatlari, ularni takomillashtirish jarayoni qabul qilindi, shuningdek, o‘quv
121
7.1
2
9
jarayonini “texnologiyalashtirish”ning tashkiliy jihatlarini o‘rganishga alohida urg‘u
berildi. 60-yillarning boshlarida ta’limni dasturlash asosida ta’lim jarayonini tashkil
etish “texnologiya” tushunchasining mohiyatini ochib beruvchi omil sifatida ko‘rila
boshlandi. Dasturiy ta’lim talabalarga muayyan bilimlarni alohida qism holida emas,
balki izchil, yaxlit tarzda berilishini nazarda tutadi. Ta’lim jarayonini yaxlit, maqbul
dasturga muvofiq tashkil etish taklifi ilk bora AQSHda faoliyat yurita boshlagan
“Dasturiy ta’lim va o‘rgatuvchi mashinalar bo‘yicha birlashgan Qo‘mita” tomonidan
ilgari surilgan. Dasturiy ta’lim o‘zida ta’lim maqsadlari, ularni o‘zgartirish va
baholashning mos ravishdagi mezonlari hamda ta’lim muhitining aniq tavsifini
qamrab oladi. Bu esa o‘zgartirish majmuasini to‘laligicha qayta tashkil etish
tushunchasi mazmuniga mos keladi:
Ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishning samaradorligini
baholash ham muhim ahamiyatga ega. Pedagogik texnologiyalarning imkoniyatidan
kelib chiqqan holda ularni amaliyotga tatbiq etishning samaradorligini bir qator
mezonlar bilan aniqlash mumkin. Ular quyidagilardir:
- ta’lim, tarbiya va shaxsni rivojlantirish vazifalarining o‘zida yaxlit as ettira
olishi;
- o‘zida zamonaviy fan va texnika darajalarini ifodalay olishi;
- g‘oyaviy jihatdan talabalarning yosh va psixologik xususiyatlariga mos kelishi;
- o‘quv materialining zarur axborotlar bilan to‘liq ta’minlanganligi;
- o‘qitish jarayonida rang-barang metod va vositalarni qo‘llash imkoniyatini
ta’minlaganligi;
- ta’limning ko‘rgazmaliligi va barcha uchun ochiqligini ta’minlash tamoyiliga
egaligi;
- ko‘p funksiyali ta’lim vositalaridan foydalanish va ularni oson ekspluatatsiya
qilish imkoniyatining mavjuligi;
- pedagogning talabalarga mustaqil ishlarni samarali tashkil etishga
ko‘malashish darajasi O‘qitish tizimida pedagogik texnologiyalarini samarali qo‘llash
pedagogning kasbiy kompetentligiga ham bog‘liq. Shu sababli pedagogik
texnologiyalarning samaradorligini pedagog tomonidan ularning qo‘llanilishiga ko‘ra
ham baholash mumkin. Bunda quyidagi mezonlar muhim ahamiyatga ega:
- pedagogning texnologik madaniyatga egaligi;
- pedagogning pedagogik texnologiyalarni qo‘llash borasida tajribaga egaligi;
- pedagog tomonidan pedagogik texnologiyalarga “ijodiy” o‘zgarishlar kiritilishi
va ularning qayta shakllantirilishi;
122
7.1
2
9
- pedagogik texnologiyalarni ta’lim amaliyotiga tatbiq etishda o‘qitiuvchi va
talabalar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik negizida muvaffaqiyatli vaziyatlarning qaror
topganligi;
- pedagogik texnologiyalarning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik;
- peagogik texnologiyalarning talabalar va pedagoglarning kasbiy rivojlanishini
ta’minlashdagi imkoniyatlarga egaligi;
- talabalar o‘quv-bilish faoliyatining ijobiy ahamiyat kasb etishi.
3. Ta’lim-tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish asoslari. Mustaqillik yillarida
O‘zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish yo‘lida olib borilayotgan
islohotning muhim yo‘nalishi sifatida ta’lim jarayonini texnologiyalashtirishdan
e’tirof etildi. Bu jarayonning samaradorligi o‘qituvchilar tomonidan zamonaviy
ta’lim texnologiyalarini ta’lim amaliyotida faol qo‘llanilishi, shuningdek, rivojlangan
xorijiy
mamlakatlar
ta’limi
amaliyotida
qo‘llanilayotgan
zamonaviy
texnologiyalardan xabardor bo‘lish quyidagi shartlar asosida ta’minlandi.
Zamonaviy ta’limga xos muhim jihatlardan biri – pedagog faoliyatining
innovatsion xarakter kasb etishiga erishish sanaladi. Rivojlangan xorijiy
mamlakatlarda pedagog faoliyatining innovatsion xarakter kasb etishiga erishish
masalasi o‘tgan asrning 60-yillaridan boshlab jiddiy o‘rganila boshlagan. Xususan,
X.Barnet, J.Basset, D.Gamilton, N.Gross, R.Karlson, M. Maylz, A.Xeyvlok, D.Chen,
R.Edem,
F.N.Gonobolin,
S.M.Godnin,
V.I.Zagvyazinskiy,
V.A.Kankalik,
N.V.Kuzmina hamda V.A.Slastenin kabi tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan
ishlarda innovatsion faoliyat, pedagogik faoliyatga innovatsion yondashish,
innovatsion g‘oyalarni asoslash va ularni amaliyotga samarali tadbiq etish, xorijiy
mamlakatlar hamda respublikada yaratilgan pedagogik innovatsiyalardan xabaror
bilish orqali pedagog faoliyatida ulardan faol foydalanish borasidagi amaliy
harakatlar mazmunini yoritilgan. Mohiyatiga ko‘ra innovatsiyalar munosabat yoki
jarayonga yangilik kiritishning dinamik tizimi sanaladi. O‘z-o‘zidan tizim sifatida
yangilik kiritirish munosabat yoki jarayonning, birinchidan, ichki mantig‘ini,
ikkinchidan, kiritilayotgan yangilikning muayyan vaqt oralig‘ida izchil rivojlanishi va
atrof-muhitga ko‘rsatadigan o‘zaro ta’sirini ifodalaydi. V.A.Slastenin innovatsiyani
yangilik yaratish, keng yoyish va foydalanishga qaratilgan maqsadga muvofiq,
yo‘naltirilgan jarayoni majmui deb biladi. Muallifning fikriga ko‘ra har qanday
innovatsiya yangi vositalar yordamida ijtimoiy subyektlarning ehtiyojini qondirish va
intilishlarini rag‘batlantirish maqsadini ko‘zlaydi. Har qanday innovatsiyada “yangi”,
“yangilik” tushunchalari muhim ahamiyatga ega. Turli munosabat va jarayonlarga
kiritilayotgan yangilik mazmunan xususiy, subyektiv, mahalliy va shartli g‘oyalar
123
7.1
2
9
tarzida namoyon bo‘ladi. Xususiy yangilik munosabat, obyekt yoki jarayonga tegishli
elementlardan birini o‘zgartirish, yangilashni nazarida tutadi. Subyektiv yangilik
ma’lum ob’ektning o‘zini yangilash zaruriyatni ifodalaydi. Mahalliy yangilik alohida
olingan ob’ekt uchun kiritilayotgan yangilikning amaliy ahamiyatini tavsiflash uchun
xizmat qiladi. Shartli yangilik esa munosabat, obyekt yoki jarayonda murakkab,
progressiv yangilanishning sodir etilishini ta’minlovchi ma’lum elementlarning
yig‘indisini yoritishga xizmat qiladi. R.N.Yusufbekova innovatsiyalarni pedagogik
nuqtai nazardan ko‘rib chiqishga e’tiborni qaratadi. Xususan, pedagogik
innovatsiyalar muallif tomonidan ta’lim va tarbiya jarayonida avval ma’lum
bo‘lmagan, qayd qilinmagan holat yoki natijaga olib boruvchi pedagogik hodisaning
o‘zgarib turishi mumkin bo‘lgan mazmuni ekanligi ta’kidlanadi.
Rossiyalik olimlar – A.I.Prigojin, B.V.Sazonov, V.S.Tolstoy, N.P.Stepanov va
b. esa innovatsion jarayon hamda uning tarkibiy qismlarini o‘rganishga e’tiborni
qaratgan. Bu o‘rinda ular innovatsion jarayonning tashkil etilishiga nisbatan quyidagi
ikki yondashuv mavjud ekanligini e’tirof etadi: 1) yangilikning individual
mikro darajasi (unga ko‘ra qandayir yangi g‘oyaga amaliyotga joriy etiladi); 2)
alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning o‘zaro ta’sirini ifodalovchi mikro daraja (bu
o‘rinda alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning o‘zaro ta’sirlanishi, birligi, raqobati
va birining o‘rnini ikkinchisi tomonidan egallanishi ahamiyatli sanaladi).
A.I.Prigojin, B.V.Sazonov va V.S.Tolstoylar o‘z tadqiqotlarida yangilik
kiritishning tizimli konsepsiyani asoslashga uringan. Bu o‘rinda mualliflar
innovatsion jarayonlarning quyidagi ikki muhim bosqichini bir-biridan ajratib
ko‘rsatishadi:
1. Yangilik sifatida namoyon bo‘ladigan g‘oyalarni ishlab chiqish (m: korxona,
tashkilot tomonidan muayyan turdagi mahsulotni ishlab chiqishning rejalashtirilishi).
2. Yangilik (muayyan mahsulot)ni keng ko‘lamda ishlab chiqish. Oliy ta’lim
muassasalarida innovatsion jarayonlarni tashkil etishda o‘ziga xos yondashuvlar
kuzatiladi. Ular:
1.
Gnostik-dinamik
yondashuv (unga ko‘ra pedagoglar pedagogik
innovatsiyalar, ularning turlari, yaratilishi, amaliyotga tatbiq etilishi, xorij
mamlakatlarida yaratilgan ilg‘or pedagogik (ta’limiy) innovatsiyalar va ularni
o‘rganish, mahalliy shart-sharoitlarni inobatga olgan holda amaliyotda ulardan
foydalanishga doir bilim, ko‘nikma, malakalarni izchil o‘zlashtiradilar, o‘z
faoliyatlarida pedagogik innovatsiyalarni faol qo‘llash borasidagi tajribalarni
o‘zlashtiradilar).
124
7.1
2
9
2. Individual faoliyatli yondashuv (bunda pedagoglar o‘zlarining indiviual
imkoniyatlari, qobiliyatlari, tajribalariga tayangan hola amaliyo faoliyatda pedagogik
innovatsiyalarni qo‘llashda muayyan izchillikka erishadilar).
3. Ko‘p subyektli (dialogik) yondashuv (mazkur yondashuv pedagogik
jarayonda innovatsiyalarni hamkasblarning o‘zaro, xususan, ko‘p yillik ish tajribasi,
kasbiy mahorat va tajribaga ega pedagoglarning faoliyatlari bilan tanishish, ularning
ta’lim innovatsiyalarini samarali, maqsadli va uzluksiz qo‘llashga doir tavsiya hamda
ko‘rsatmalaridan foydalanishlarini ifodalaydi).
4. Insonparvarlik yondashuvi (ushbu yondashuv pedagogik jarayonda
innovatsiyalarni qo‘llashda ta’lim oluvchilarning imkoniyatlari, xohish-istaklari,
qiziqishlari, bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini inobatga olish maqsadga
muvofiqligini yoritishga xizmat qiladi).
5. Individual-ijodiy yondashuv (unga ko‘ra har bir pedagog faoliyatini
o‘rganilayotgan mavzu, o‘quv materialining mohiyati, shuningdek, o‘z imkoniyatlari,
salohiyati, mahorati, ish tajribasidan kelib chiqqan holda ta’lim va tarbiya
jarayonlarini ijodiy ishlanmalar asosida tashkil etadi). Innovatsion faoliyat – yangi
ijtimoiy talablarning an’anaviy me’yorlarga mos kelmasligi yoki yangi
shakllanayotgan g‘oyalarning mavjud g‘oyalarni inkor etishi natijasida vujudga
keladigan majmuali muammolarni echishga qaratilgan faoliyat Mohiyatiga ko‘ra
innovatsion faoliyat ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba-sinov ishlari olib
borish, fan-texnika yutuqlaridan foydalanish asosida yangi takomillashtirilgan
mahsulotni yaratishdan iborat. Pedagogning innovatsion faoliyati quyidagilar bilan
belgilanadi:
- yangilikni qo‘llashga tayyorgarligi;
- pedagogik yangiliklarni qabul qilishi;
- novatorlik darajasi;
- kommunikativ qobiliyatning rivojlanganligi;
- ijodkorligi innovatsion faoliyat pedagogning ruhiy, aqliy, jismoniy kuchini
ma’lum maqsadga yo‘naltirish asosida BKMni egallash, amaliy faoliyatni nazariy
bilimlar bilan to‘ldirib borish, bilish, loyihalash, kommunikativ nutq va
tashkilotchilik mahoratini rivojlantirishni talab etadi. M.Jumaniyozovaning e’tirof
etishicha, pedagogik innovatsion faoliyati quyidagi belgilar asosida namoyon bo‘ladi:
- ijodiy faoliyat falsafasini egallashga intilish;
- pedagogik tadqiqot metodlarini egallash;
- mualliflik konsepsiyalarini yaratish qobiliyati;
- tajriba-sinov ishlarini rejalashtirish va amalga oshira olish;
125
7.1
2
9
- o‘zidan boshqa tadqiqotchi-pedagoglar tajribalarini qo‘llay olish;
- hamkasblar bilan hamkorlik;
- fikr almashish va metodik yordam ko‘rsata olishlik;
- ziddiyatlarning oldini olish va bartaraf etish;
- yangiliklarni izlab topish va ularni o‘z sharoitiga moslashtirib borish.
V.Slasteninning fikriga ko‘ra innovatsion yondashuv quyidagilarga ega
bo‘lishni ifodalaydi:
- ijodiy faollik;
- faoliyatga yangilik (o‘zgartirish) kiritishga texnologik va metodologik jihatdan
tayyorgarlik;
- yangicha fikrlash;
- yuksak muomala madaniyati.
Demak, ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiyaning rivojlanishi ta’lim
tizimida ham tub o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib keladi. Ta’lim tizimining
modernizatsiyasi davlat va jamiyat malakali kadrlarga, shaxsning esa sifatli ta’lim
olishga bo‘lgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ro‘y beradi. Ta’lim amaliyotida
pedagogik texnologiyalarning qo‘llanilishi ta’lim tizimi modernizatsiyasining
tarkibiy elementi hisoblanadi.
Zamonaviy sharoitda ta’lim-tarbiya jarayonlarini texnologiyalashtirish kam kuch
va vaqt sarflagan holda kutilayotgan natijani qo‘lga kiritishga imkon beradi, o‘qitish
sifatini yaxshilab, samaradorligini oshiradi. Pedagogik innovatsiyalar pedagogik
faoliyatga
yangiliklarning
izchil
olib
kirilishini
tavsiflaydi.
Pedagogik
innovatsiyalarning didaktik imkoniyatlariga ko‘ra ta’lim tizimi va jarayoni rivojlanib
boradi. O‘qituvchining innovatsion faoliyati pedagogik jamoani harakatga
keltiruvchi, olg‘a undovchi, bunyodkorlikka rag‘batlantiruvchi kuch sifatida
namoyon bo‘lib, ta’lim jarayonining sifatini kafolatlaydi. Shu sababli har bir
o‘qituvchi innovatsiyalarning mohiyatini to‘la tushungan holda o‘z faoliyatiga izchil
tatbiq eta olishi zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Norov,
I.
(2023).
O’QITISHNING
ZAMONAVIY
USULLARDA
YONDASHUV. Нововведения Cовременного Научного Развития в Эпоху
Глобализации: Проблемы и Решения, 1(6), 39-43.
2.
Norov, I., & Xaytbayev, O. (2023). TIL TA’LIMIGA ZAMONAVIY
YONDASHUV. INTERNATIONAL JOURNAL OF RECENTLY SCIENTIFIC
RESEARCHER'S THEORY, 1(9), 65-72.
126
7.1
2
9
3.
Norov, I. (2024). TEACHING INDEPENDENT VOCABULARY BASED ON
MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES. Fan va Tadqiqot Samaralari,
1(1), 27-33.
4.
Norov, I. (2024). A SYSTEMATIC STUDY OF THE VOCABULARY OF THE
LANGUAGE. Fan va Tadqiqot Samaralari, 1(1), 23-26.
5.
Shukurlaevna, Y. S. (2022). IMPROVING THE METHODOLOGY OF
DEVELOPING STUDENTS'METALINGUISTIC COMPETENCES. American
Journal of Interdisciplinary Research and Development, 9, 170-174.
6.
Юлдашева, Ш. Ш., & Уразбаева, Д. А. (2017). PROVIDE WITH DIDACTIC
FACILITIES IN THE PROCESS OF TEACHING NATIVE LANGUAGE.
Актуальные научные исследования в современном мире, (5-1), 140-145.