Авторы

  • Ziyayev Husan Niyoz oʻgʻli
    Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Tarix fakulteti arxeologiya kafedrasi labaranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijrs.59754

Ключевые слова:

urf-odatlar ma'rosimlar milliy qadriyatlar din sunnat to'y oila va jamiyat Usmonli imperiyasi safranbo'lu uylar

Аннотация

Turkiya aholisi ko'p asrlik tarixga ega boy madaniy merosga ega bo'lib, bu meros milliy qadriyatlari, urf-odatlari va marosimlarida yaqqol aks etadi. Turkiya jamiyatida oilaning o‘rni katta ahamiyatga ega. Oilaviy qadriyatlar, ayniqsa, diniy va madaniy an'analar bilan mustahkamlanib kelgan. Quyidagi maqolada batafsil bu haqida fikr yuritiladi.


background image





169

7.1

2

9

TURKIYA AHOLISINING MILLIY QADRIYATLARI, URF-ODATLARI

VA MA’ROSIMLARI

Ziyayev Husan Niyoz oʻgʻli

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand
davlat

universiteti

Tarix

fakulteti

arxeologiya kafedrasi labaranti

Annotatsiya:

Turkiya aholisi ko'p asrlik tarixga ega boy madaniy merosga ega bo'lib, bu

meros milliy qadriyatlari, urf-odatlari va marosimlarida yaqqol aks etadi. Turkiya jamiyatida
oilaning o‘rni katta ahamiyatga ega. Oilaviy qadriyatlar, ayniqsa, diniy va madaniy an'analar
bilan mustahkamlanib kelgan. Quyidagi maqolada batafsil bu haqida fikr yuritiladi.

Kalit so’zlar:

urf-odatlar, ma'rosimlar, milliy qadriyatlar, din, sunnat to'y, oila va jamiyat,

Usmonli imperiyasi, safranbo'lu uylar.

Oilada o’g’il bolaning to’g’ilishi ayolni eri va uning qarindoshlari nazdida yana

bir pog’ona yuqoriga ko’taradi. Sunnat to’yi 6 yoshdan keyin qilinadi. Qimmatbaho
kiyimlar kiygan to’y bolani bezatilgan mashina yoki otda musiqa bilan ko’chalardan
olib o’tishadi. Unga ko’plab sovg’a-calom beriladi. To’y odatda 2-3 kun davom etadi.
Albatta mehmonlarga shirinliklar ulashiladi. Konfet va paxlava oilada kimdir o’lsa
ham ulashiladi. Aytishlaricha, shundan so’ng boshqalar o’lgan odamning faqatgina
yaxshi fazilatlarini tilga olar ekan.

“Ko’z tegish”dan saqlanish.

Ko’zmunchoq turklar uchun ko’z tegishdan

saqlanishni oldini olishning maqbul usulidir. To’yda yoshlarga, bola to’g’ilganda
uning beshigiga, qariyalarning yotog’iga, jamoat transportida mashinalarda
ko’zmunchoqni ko’rish mumkin. Bolalarga ko’z tegishi oson bo’lganligi bois, agarda
kimdan kim uni maqtasa, darhol ota-onasi “Mashallax”, ya’ni “Alloh seni asrasin”
deyishadi.

Ko’zmunchoqni

istalgan

joyda

–bozorlarda,

do’konlarda,

supermarketlarda sotib olish mumkin. Agarda sizga ko’zmunchoq sovg’a qilishsa,
albatta bunga quvonish zarur, chunki siz ko’z tegishdan umringizning oxirigacha
himoyalangan bo’lasiz.

Turk oilalarida bolalarni juda ham erkalatishadi. 10-12 yoshgacha o’g’il bolalar

asosan ona tarbiyasini olsa, keyin ota tarbiyasiga o’tadi. Otalar o’z farzandlarining
tarbiyasi, ularni o’qitish va joylashtirish uchun mas’uldirlar. Ajrashgan holatlarda
ham ular to’liq farzandlarini qonun taz’yiqisiz ham ta’minlab borishadi.

Turkiyada ajralishlar juda ham kam. Buning sababi bir nechta. Birinchidan

ajrashish jarayoni 2 yildan 10 yilgacha vaqtga cho’zilishi mumkin. Bunda erkak o’z
mol-mulkining yarmisi yoki hammasini o’z farzandlari va xotiniga beradi. Ajralish
jarayoni muddatining ko’pligi oilaga qaytadan tiklanish, er va xotinning bir birini
qaytadan tushinish uchun vaqt beriladi. Turkiyaning Oila va jamiyatni tadqiq qilish


background image





170

7.1

2

9

bosh boshqarmasi o’tkazgan so’rovnomaga ko’ra, 89% qatnashchilar oilada ishonch
bo’lib, xiyonat bo’lmasa oila saqlanishini aytishgan bo’lsa, qolganlar bu savolga
neytral javob berishgan. 82,2 foiz odam nikoh o’qitmasdan turib, birga yashab
bo’lmasligi xususida fikr bildirishgan.

Turkiyada shariat qoidalariga rioya qilish ancha kuchlidir. Shu sababli

so’rovnomada qatnashganlar oilaviy qadriyatlar shakllanishida dinning rolini alohida
qayd etishgan.

83,7 foiz qatnashchilar kimdadir moddiy va ma’naviy muammolar vujudga

kelsa, birinchi galda oilaga murojaat qilishlarini aytishgan bo’lsa, 90,3 foiz
so’rovnomada qatnashganlar oila manfaatlari uchun har qanday qiyinchilikka tayyor
ekanliklarini bildirishgan. Shuningdek, qatnashchilarning 92,3 foizi albatta
kechqurun uyda, oilasi davrasida ovqatlanishini, 91,3 foizi birga televizor ko’rishini,
91,1 foiz har kuni o’zaro suhbatlashishini, 79,8 foizi muntazam ravishda
qarindoshlarini ko’rishga borishini bildirishgan. 82,4 foiz qatnashchilar nikohdan
tashqari bola to’g’ilishiga qarshi bo’lsa, 79,7 foizi nikohgacha birga yashashaga
qarshi chiqishgan. Turkiyada ayollarning huquqlari erkaklar bilan tengdir. Oilada
asosiy qarorni erkak qabul qilsada, ayolning fikri ham muhim bo’lib, inobatga
olinadi. Agarda qishloqlarda ayollar asosan ko’proq milliy uslubda kiyinsa, katta
shaharlarda ham boshiga ro’mol o’ragan ayollarni ko’plab uchratish mumkin.

Milliy qadritlar munosabatlardan boshlanadi. Turkiyada begona erkakka “bey”,

ayol kishiga “xonim” deb murojaat qilish qabul qilingan. Erkaklar hyech qachon
ayollar bilan qo’l berib ko’rishishmaydi. Ayol kishining ko’rishish uchun qo’l
cho’zishi yaqinroq tanishish ma’nosini anglatadi. Katta yoshdagilar bilan
ko’rishganda albatta ularning qo’lini o’pib, peshonaga tekiziladi. Bu ularga nisbatan
hurmatni anglatadi. Turklar juda ham mehmondo’st xalq. O’zbeklar singari ular ham
mehmon oldiga dasturxon yozmasdan qo’yib yuborishmaydi.Mehmon qaysi millat
vakili bo’lishidan qat’iy nazar uning tili, dini, an’analarini hurmat qilishga harakat
qilishadi.

Turkiyaning Karabuk viloyatida joylashgan Safranbo’lu uylari - yuz yillar

davomida shakllangan Turk shaharsozlik madaniyatining bugungi kunga qadar
saqlanib qolgan eng noyob namunalaridan biri hisoblanadi.

Turk shaharsozligining eng muhim me’moriy boyliklaridan biri sifatida tilga

olinadigan bu uylar dastlab, XVII—XVIII asrlarda qurilgan.

Hozirda mavjud 2000 ga yaqin uyning 800 tasi qonun bilan davlat muhofazasiga

olingan. Safranbo’luning tarixiy uylari 1994 yilda YuNESKO tomonidan Jahon
madaniy merosi ro’yxatiga kiritilgan.


background image





171

7.1

2

9

Usmonlilar davrida Safranbo’lu uylarining ohaklarining tuxum oqidan qilingani

va shu sabab zilzilabardoshligi aytiladi. Safranbo’lu uylarining barchasi oq rangda va
bu uylar bir-birini to’sib qo’ymagan holda qurilgan.

Uylar Safranbo’luning ikki qismida joylashgan bo’lib, ular qishda foydalanilgan

va «Shahar» deb nomlangan qism va yozgi turar joy sifatida foydalanilgan «Bog’lar»
deb ataladigan qismdan iborat.

Shahar- ma’muriy markaz joylashgan Kale, savdo markazi joylashgan bozor,

turar joylar joylashgan Akchasu, Gumush, Musalla, Kalealtı va Tabakhane
tumanlaridan iborat.

Shahar o’rtasidagi maydon tomon olib boruvchi yo’l va ko’chalar butunlay tosh

bilan qoplangan. Uylarning hovlilari va maydonlar ham tosh bilan qoplangan.
Mavjud tosh qoplama uslubi namlikni kamaytiradi, toshqinlarga chidamli va daraxt
ildizlariga yetarli miqdorda suv yetib borishini ta’minlaydi.

Uylar bir-biriga yaqin joylashgan va ularni tor ko’chalar ajratib turadi.

Aholining uzumzorlari esa bir necha yuz metr balandlikda, havo oqimlari uchun
ochiq va kengroq yerlarda joylashgan.

Deyarli har bir oilaning qishki va yozgi uylari bo’lib, mahalliy aholi qishda

shahardagi uylarida yashaydi va yozda havo isishi bilan yozgi uylariga ko’chib
o’tishadi.

Barcha uylar o’zidan ko’ra markazroqda joylashgan yirik binolar, masjid va

yodgorliklarga qaratib qurilgan. Qaysi uyga qaramang, uning go’zalligini boshqa bir
uy yoki bino to’sib qolmaydi. Safranbo’lu uylarining kattaligi va shaklini belgilovchi
uchta asosiy omilni aytib o’tish mumkin. Bular, ko’p bolali katta oila, yomg’irli
iqlim, shuningdek, oilaning madaniy va moddiy farovonligi.

Odatda, oilada er va xotinning ikki yoki uch farzandi bor. O’g’il turmush qursa,

unga alohida uy olinmaydi, balki kelinni o’sha uyga olib kelinadi. Oila a’zolari,
jumladan amakilar, ammalar, xolalar va nevaralar bir uyda birga, ahil yashaydilar.
Aksariyat xonadonlarda, uy bekalariga uy ishlarida yordam berish uchun asrab
olingan qizlar bo’ladi. Asrab olingan qiz oila a’zosi sifatida ko’riladi.

Din va urf-odatlar sababli uylar tashqi tomonga yopiq holda quriladi. Shuning

uchun uyning ichki qismi va bog’lar baland devorlar bilan ajratilib quriladi.
Derazalarga panjara o’rnatilganligi sababli ayollar begona odamlarga ko’rinmaydi.
Ba’zan bir uyda ham, erkaklar va ayollar alohida yashashadi. Safranbo’luda
salomxona va haram deb ikkiga bo’lingan uylar ham uchrab turadi.

Xonadonga tegishli hayvonlar uyning birinchi qavatidagi molxonalarda boqiladi.

Yomg’irli iqlim tufayli ichki makonga bo’lgan ehtiyoj ham yuqori. Oilaning oziq-


background image





172

7.1

2

9

ovqatlari va uy hayvonlarining yem-xashaklari, shuningdek qish uchun g’amlangan
o’tinlar uyning tegishli qismlarida saqlanadi. Shularning barchasi e’tiborga olingan
holda Safranbo’luuylari katta hajmlarda quriladi.

Uylarda isitish tizimi pechkalar yordamida amalga oshiriladi. Devor qavatlari

orasiga sovuq qaytaruvchi materiallar qo’llanilsada, yog’och uylarda issiqlikni saqlab
qolish bir muncha qiyin. Shuning uchun, asosiy qoida bo’sh joyni emas, balki
odamlarni isitishdir. Pechka, yaqin o’tmishdan beri ishlatila boshlangan. Yoritish
vositasi esa kerosin chiroq hisoblangan. So’nggi paytlarda esa, katta o’lchamli va
yorqin lampalar ishlatilmoqda. Ba’zi uylarda esa sovutish va yong’inga qarshi vosita
sifatida qurilgan hovuzlar ham mavjud.

81 viloyat (turkcha:

il

) Turkiyada. Har bir viloyat hokimi

vali

deb ataladi. Har

bir viloyatda bir qancha ilce (tuman) mavjud. Aholi eng koʻp boʻlgan Istanbulda
tumanlar soni 39 ta. Ammo kichik viloyatlarda bu raqam 3 tagacha kam boʻlishi
mumkin. 51 ta viloyatda viloyat markazi ham xuddi shu nomdagi markaziy tuman
sifatida tanilgan tumandir. (yaʼni, Karaman viloyatining markaziy tumani Karaman
deb ataladi) 30 ta viloyatda poytaxt ham markaziy tumanlarga boʻlingan hamda
ularning barchasi noyob nomlarga ega. Tumanlarning umumiy soni 919 ta (shu
jumladan 51 ta markaziy tuman). Har bir tuman hokimi "kaymakam" deb ataladi.

Turkiyada 30000 dan ortiq qishloq bor. Usmonli imperiyasi davrida qishloqlar

karye deb atalgan, Turkiyada esa koʻy deb atalgan. Har bir viloyatda bir necha yuz
qishloq bor. Barcha qishloqlar tumanlarning qishloq hududlarida joylashgan. Qishloq
boshliqlari muhta deb ataladi.

Turkiya Respublikasining dastlabki yillarida chekka hududlardagi qishloqlar

uchun bucak deb nomlangan kichik tumanlar tashkil etilgan edi. Qishloqlardan biri
sifatida tuman markazi tanlandi. Endi ular 51 viloyatda yuridik shaxs sifatida davom
etayotgan boʻlsalar-da, ularning maʼmuriy funktsiyasi yoʻq.

Qishloqlar mahalla sifatida. 6360-sonli qonunga ko‘ra, 2013-yildan boshlab 30

ta viloyatda qishloqlar rasman mahalla sifatida ko‘rib chiqildi, (turkcha:

mahalle

)

tumanlar. Shunday qilib, tuman markazlaridagi munitsipalitetlar qishloqlar uchun
ham javobgar boʻlgan. Mahalla deb oʻzgartirilgan qishloqlar hamda tumanlar soni
16803 tani tashkil etadi. Ammo bu yuridik tashkilot boshqa 51 viloyatdagi umumiy
aholisi 8,7% boʻlgan 18214 qishloqqa taʼsir qilmaydi. Shunday qilib, boshqa
qishloqlar, oʻz munitsipalitetlariga ega boʻlgan aholi gavjum qishloqlardan tashqari,
(turkcha:

belde

) muhtorlar olib boradigan kommunal xizmatlardan boshqa hech

qanday kommunal xizmatlari yoʻq.

Erkaklar bosh kiyimlari bir papoq yoki salla hisoblanadi. erkaklar uchun harbiy


background image





173

7.1

2

9

yurish-turishlari qisqa topish mumkin. Poyafzal albatta charm. Turkiyaning milliy
kiyimlari g’arbning ko’plab davlatlari bilan yaqindan bog’liq ekanligiga qaramasdan,
G’arb davlatlari bilan chambarchas bog’langanligi sababli, bu Turkiyani an’anaviy
shaxsiyatini agressiv G’arb ta’siridan saqlab qolish va uning kimligini saqlab
qolishiga to’sqinlik qilmadi. Turkiyalik kiyinishning asosiy elementlarini hisobga
oling.

Sharovarlar uniseks uslubiga kiradi, chunki ular erkaklar ham, ayollar ham

foydalanadi. Nozik matodan tayyorlangan shimlarning tikuvchanligi, murakkab
naqshlar bilan to’ldirilgan va bezatilgan. Ularning xarakteristikasi keng tarqalgan
bo’lib, to’plangan torlari toraygan. Shimlardan tashqari turk milliy liboslari uzoq va
bo’shashgan ko’ylakni o’z ichiga oladi. Odatda, erkaklarning jinsida ko’ylak ko’ylak,
lekin ayollar hashamatli kostyumga o’xshab, ularning ko’ylaklariga uzun ko’ylak
kiyib olganlar. Shu liboslar ham uzun, ham qisqa qisman edi. U peshtoq bilan
belanchak bilan o’ralgan edi, uning ustiga yelek o’rnatilgan edi. Turk ayollarining
milliy kiyimlarini tikishda muslin, tafta, ipak, kadife va brokod kabi matolar
ishlatilgan. Saten chiziqlar va milliy naqshlar kashtalari bezak bo’lib xizmat qildi.

Milliy Turk ayol kiyimlari ham o`ziga xos.

Jamiyatda paydo bo’lishidan oldin

ayol ayolning boshini, bo’yini, ko’kragini va yuzining bir qismini qoplagan pereaj
(uzunroq kiyim-kechak) va pardani kiyish kerak edi. Shuni aytish kerakki, yuzlar
faqatgina zodagon ayollar tomonidan yopilgan. Vaqt o’tishi bilan, tashqi kiyim
o’rniga ishlatiladigan bornozlardan foydalanish. Ularda paqirlari yo’q edi, lekin bir
kamon yoki kamar bilan o’ralgan edi. G’arb ta’siri milliy libosda gulli matolardan
foydalangan. Chadra endi shaffof materiallardan tayyorlangan va uy liboslarida
bo’yinbog’ bor edi. Moda kosta bilan bog’lab qo’yilgan va ro’molcha bilan
bog’langan ro’molni o’z ichiga oladi. Bundan tashqari, g’arbiy yo’nalishlar, korsetlar
va dantel trimlari paydo bo’ldi.

Bugungi kunda Turkiya an'anaviy xalq kiyimlari Usmonli turklar imperiyasi

modasining kuchli ta'siri ostida va imperiya hukmronligi davrida va undan keyin
sodir bo'lgan o'zgarishlarga asoslangan. Usmonli turklar imperiyasining chegaralari
Markaziy Osiyo, Sharqiy Yevropa, Janubiy Yevropa, Yaqin Sharq, Markaziy
Yevropa
va Anadoluning oʻzida mavjud boʻlgan koʻplab individual madaniyatlar,
xalqlar, dinlar va anʼanalarni oʻz ichiga olgan. Usmonli turklar imperiyasi
madaniyati, xususan, Usmonli modasi Usmonlilar hukmronligining o'tgan asrlarida
o'zara bir-biri bilan aloqada bo'lgan ushbu alohida madaniyatlar va dinlarning


background image





174

7.1

2

9

uyg'unligi sifatida rivojlandi

1

.

"Usmonlilar madaniyati" iborasi imperiya ichidagi barcha hozirgi madaniyat va

an'analarni aniqlash va umumlashtirish uchun foydalanilgan bo'lib, Turk
madaniyatining asosini tashkil qiluvchi xususiyatlarni meros qilib olgan. Bular
Usmonlilar saltanatining qulashi va parchalanishigacha, hatto respublika tashkil
etilgandan keyin ham davom etgan turk madaniyatining keyingi rivojlanishi uchun
qadam tashlagan ; Bu jarayonlar keyinchalik Janubiy Yevropadan (Albaniya va
Gretsiya), Sharqiy Yevropadan (xususan, Ruminiya, Bolgariya va Yugoslaviya),
Kavkazdan va hozirda Yaqin Sharq, Rossiya va Ukrainadan kelgan bir qancha
migratsiya to'lqinlariga ulanib ketgan.

Usmonlilar modasi Usmonlilar imperiyasining qulashi obilan yo'qolgan emas

edi; buning sababi u kundalik foydalanishning bir qismi bo'lib ulgurgan edi va
tarqalishdan oldin va keyin imperiyadan paydo bo'lgan bir qancha xalqlar, jumladan,
yangi tashkil etilgan Turkiya Respublikasi ichida rivojlanishda davom etdi. Usmonli
modasining ba'zi bir diqqatga sazovor xususiyatlari va liboslari

yalpiz

, naqshli zanjir

yoki yelek; bir

shalvar

, naqshli keng shim;

sarik

, katta o'ralgan bosh kiyimi, odatda

an'anaviy salladan va mintaqadan mintaqaga farq qiladi; va

entari

, odatda

imperiyadagi ayollar tomonidan kiyiladigan uzun oqimli naqshli libosga o'xshash
kiyimlarni o'z ichiga oladi.

E'tiborga molik fes imperiya ichidagi musulmon bo'lmagan jamoalar tomonidan

diniy maqsadlar yo'lida ishlatilgan bo'lsa-da,

sarikkaning

qulashi, shu jumladan

Turkiyada 1925- bosh kiyimning rasmiy taqiqlanishidan keyin bu mintaqalarda
modadan chiqib ketgan eng birinchi liboslardan biri bo'lgan, garchi sarik sobiq
Usmonli yerlari va Turkiyaning qishloq joylaridagi musulmon jamoalari tomonidan
qo'llanilsa ham.

2

20-yillar va 30-yillarning oxirlarida qoʻllanilgan hukumat bosimi va cheklovlari

tufayli bugungi kunda butun Turkiya boʻylab zamonaviy turk xalq liboslarid diniy
jihatlari uncha ko'zga tashlanmasa ham, boshqa xususiyatlarning muhim qismi
kichikroq oʻzgartirishlar bilan meros qilib olingan. Turkiya bo'ylab zamonaviy turk
xalq kiyimining o'xshash xususiyatlariga quyidagilar kiradi; mintan, shalvar, entari,

gomlek/bluz

(bluzka), çarik,

qushoq

(belbogʻ, mato beliga oʻxshash yoki sinktura),

mendil

(roʻmolga oʻxshash) va

yelek

(yelek).

Sezilarli 18-asrning boshida Turkiya milliy kiyimining o’zgardi. Buning sababi

G’arbiy Evropa mamlakatlari bilan madaniy va savdo almashish edi. engil ohanglari

1

Sofiya. "Home." Each of seven Turkey regions has its own clothing traditions and features - Nationalclothing.org.

N.p., n.d. Web. 21 Feb. 2017.

2

TURKISH CLOTHING." History of Turkish Clothing. N.p., n.d. Web. 21 Feb. 2017.


background image





175

7.1

2

9

va ishlab chiqarish feradzhi uchun kam zichligi endi mato foydalaning. Parda ham
o’zgarmoqda – shaxsni o’rab hojat, u yelkasiga erkin ushlab turilishi mumkin.

Xulosa

qilib aytganda, Turklarda har doim bir musulmon odatlari bo’yicha

kiyim kiyilgan. Boshqa so’zlar bilan aytganda, ayollar kiyimimida kamtarlikni va
cheklashlarni kuzatish mumkin. Hamma narsa 1925 yilda islohotlarni keyin o’zgardi.
Turkiya ayollarining fikricha, zamonaviy hisoblangan, mukammal har qanday kiyim
kiyish uchun ruxsat berilgan, Bu konstitusiya bilan belgilab qo’yilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

Норман Стоун. Краткая история Турции. Москва. 2007.

2.

История Турции XX век / Н.Г. Киреев. - Москва: ИВ РАН:Крафт+, 2007.

3.

Тоҳир Қаҳҳор. Туркия – ҳур турклар учун // Ўзбекистон адабиёти ва
санъати; 1991, 1 ноябрь.

4.

Ahat Andijan. Cedidizmcden Bagimsizligiga Turkistan Mucadelesi. Birinci Baski;
Istanbul. 2003. – 942 st.

5.

Husayin Ikram Han. Bir turkistanlinin 2 Dunya savasi hatiralari Bedir, Istanbul.
1999. – 246 st.

6.

Sofiya. "Home." Each of seven Turkey regions has its own clothing traditions and
features - Nationalclothing.org. N.p., n.d. Web. 21 Feb. 2017.

7.

Turkish Clothing." History of Turkish Clothing. N.p., n.d. Web. 21 Feb. 2017.

8.

Жельтяков А. Изучения истории, экономики и культуры Турции в
Ленинграде за 50 лет (1917-1967). Тюркологический сборник. М-1980. С-
177-191.

Библиографические ссылки

Норман Стоун. Краткая история Турции. Москва. 2007.

История Турции XX век / Н.Г. Киреев. - Москва: ИВ РАН:Крафт+, 2007.

Тоҳир Қаҳҳор. Туркия – ҳур турклар учун // Ўзбекистон адабиёти ва санъати; 1991, 1 ноябрь.

Ahat Andijan. Cedidizmcden Bagimsizligiga Turkistan Mucadelesi. Birinci Baski; Istanbul. 2003. – 942 st.

Husayin Ikram Han. Bir turkistanlinin 2 Dunya savasi hatiralari Bedir, Istanbul. 1999. – 246 st.

Sofiya. "Home." Each of seven Turkey regions has its own clothing traditions and features - Nationalclothing.org. N.p., n.d. Web. 21 Feb. 2017.

Turkish Clothing." History of Turkish Clothing. N.p., n.d. Web. 21 Feb. 2017.

Жельтяков А. Изучения истории, экономики и культуры Турции в Ленинграде за 50 лет (1917-1967). Тюркологический сборник. М-1980. С-177-191.