62
MILLIY O‘QUV DASTURI VA XALQARO BAHOLASH
DASTURI: YANGI DARSLIKLARNI ISHLAB CHIQISHDA
ILG'OR XORIJIY TAJRIBANING AHAMIYATI
To‘raqulov Akbar Rustam o‘g’li
DTPI Boshlang’ich ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi
Esanova Marjona Absalom qizi
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika dakulteti Boshlang'ich
ta'lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi
Tel:998975358003
esanovamarjona6@gmail.com
Annotatsiya
: Milliy o‘quv dasturi o‘quv-me'yoriy hujjat bo‘lib,u o‘quv reja
va fanlarning o‘quv dasturlarini,o‘qitish metodologiyasi va baholashni ishlab
chiqishga asos bo‘ladi. U bo‘yicha yaratilayotgan yangi darsliklar, o‘qituvchilar
uchun qo‘llanmalar-o‘qituvchi kitoblari, mashq daftarlari, o‘quv-metodik
materiallar ta'limni rivojlantirishga xizmat qiladi.Maqolada Milliy o‘quv
dasturining o‘ziga xosligi va yangiliklari, ahamiyati haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar
:dastur, darslik, o‘quvchi mashq daftari, o‘quv-metodik material,
talim, standart, davlat ta'lim standarti.
Mamlakatimiz Xalq ta'limi tizimidagi katta yangilanishlardan biri darsliklar
va o‘quv-metodik adabiyotlarini zamon talablariga mos shaklda ishlab
chiqishdir.Bu yo‘nalishda bugungacha ham o‘ziga yarasha qoidalar, standartlar
bo‘lgan va ular o‘z vaqtida o‘zini oqlagan.Bugun ilm-fan, texnika, texnologiya
shiddat bilan rivojlanyapti, odamlarning ehtiyojlari va imkoniyatlari kengayapti,
yangi fan tarmoqlari va innovatsion yondashuvlar o‘rtaga chiqyapti.Bunday
vaziyatlarda dunyodan ortda qolmaslik uchun ta'lim sohasida jiddiy va samarali
o‘zgarishlar qilish zarur.Bu harakat esa mustahkam, puxta o‘ylangan dastur asosida
amalga oshirilishi kerak.Ta'limni isloh qilish bo‘yicha keng amaliy harakatlar
2017-yildan boshlandi.Umumiy o‘rta ta'limda eski davlat ta'lim standartlari (DTS)
o‘rnini bosadigan va ta'limga o‘zgarishlar kirita oladigan Milliy o‘quv dasturi
ishlab chiqilmoqda.
Milliy o‘quv dasturi
-har bir sinf bosqichi yakunida o‘quvchilardan
kutiladigan natijalarni hamda bir sinfdan keyingi sinfga o‘tishni va o‘quvchi
qanday natijalarni qo‘lga kiritishi kerakligi va baholash jarayonini tushuntirishda
yo‘nalish beruvchi hujjatdir.
63
Baholash
-o‘rganilgan ma'lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish.
Ko‘nikma
-o‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish.
Malaka
-o‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish
vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish.
Kompetensiya
-mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faolliyatda
qo‘llay olish qobiliyati.Ushbu malaka talablarini o‘zida mujassamlashtirgan har
qanday o‘quvchi kelajakda o‘z o‘rnini topadi va dunyo standartlariga labbay deb
javob bera oladi.
Yangi
O‘zbekistonning
2022-2026-yillarga
mo‘ljallangan
taraqiyot
strategiyasida 100 ta maqsad belgilab olingan. Undagi 5 ta maqsad va 18 ta vazifa
bevosita umumiy o‘rta ta'lim bilan bog'liq.Taraqqiyot strategiyasining 42-
maqsadiga ko‘ra, 2026-yilga qadar o‘quv dasturlari va darsliklar ilg'or xorijiy
tajriba asosida to‘la qayta ko‘rib chiqilib, amalda joriy etiladi.Milliy o‘quv
dasturiga asosan 2026-yilga qadar 699 nomdagi, shu jumladan, 2022-yilda 296
nomdagi yangi darsliklar, mashq daftarlari, o‘qituvchilar uchun metodik
qo‘llanmalar hamda mobil ilovalar yaratiladi.Umumta'lim maktablarida darslik va
o‘quv -metodik majmualarni tajriba-sinovdan hamda chet ellik mutaxassislar
ishtirokida ekspertizadan o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.Xalq ta'limi vazirligi
tomonidan ilg'or xalqaro tajriba asosida "Milliy o‘quv dasturi"ni tuzish, mazkur
dastur asosida 2021-2022-o‘quv yilidan o‘quvchilarni uchun
yetti tilda yangi
avlod darsliklarini,
ushbu sinflarda dars beruvchi o‘qituvchilarga metodik
qo‘llanmalar, o‘quvchining mashq daftari, multimedia ilovalarini yaratishdi va
nashr ettirishdi.Milliy o‘quv dasturini joriy qilish bo‘yicha ishlarni Xalq ta'limi
vazirligi huzuridagi Respublika ta'lim markazi amalga oshiradi.Xalq ta'lim
vazirligining 2020-yil 31-martdagi ,,
Umumiy o‘rta ta'limning Milliy o‘quv
dasturini ishlab chiqish to‘g'risida
"gi buyrug'i asosida xalqaro talablarga javob
beruvchi umumiy o‘rta ta'limning Milliy o‘quv dasturini ishlab chiqish boshlangan.
Uning loyihasi yuqori salohiyatli milliy va xalqaro ekspertlar,
UNICEF, USAID
va boshqa xalqaro tashkilotlarning maslahatchilari ishtirokida tayyorlandi.Bunda
Finlandiya, Singapur, Koreya Respublikasi, Angliya
kabi ta'lim tizimi
rivojlangan mamlakatlarning tajribalari o‘rganildi.
Avvalgi oʻquv dasturlari mazmuni 90% nazariyadan iborat boʻlib, oʻqitish
metodikasi yodlatishga yoʻnaltirilgan.Yangi Milliy oʻquv dasturi mazmuni 50%
nazariya 50% amaliyotdan iborat boʻladi va oʻquvchining mustaqil faoliyatini
qoʻllab-quvvatlash.Oʻquv dasturlarida baholash esa faqat eslab qolgan bilimlar
64
hajmini aniqlagan. Yangi dastur asosida oʻquvchilarda shakllangan koʻnikmalar
baholanadi.Fanlar soni va oʻquv yuklamalari optimallashtirilib, oʻquvchilar
qiziqishiga koʻra fanlarni tanlab oʻqish imkonini beruvchi variativ oʻquv dasturlar
asosida hayotga va kasbiy faoliyatga tayyorlash imkoni yaratiladi
.Milliy oʻquv
dasturi asosida fanlar chiziqli tartibda emas, spiralsimon tarzda oʻqitilad
i.
Yaʼni mavzular takroriy emas, bir-birini mantiqan davom ettiruvchi hamda
soddadan murakkabga tomon yoʻnaltirilgan tarzda kiritiladi.
Milliy o‘quv dasturi 6 ta qismdan iborat:umumiy o‘rta ta'limning malaka
talablari; umumta'lim fanlarining konsepsiyalari; umumiy o‘rta ta'limning o‘quv
rejasi; umumta'lim fanlarining o‘quv dasturlari; umumta'lim fanlarini o‘qitish
metodologiyasi; baholash tizimi."Milliy o‘quv dasturi amaldagi davlat ta'lim
standarti, o‘quv dasturlarini tanqidiy tahlil qilish, keng jamoatchilikning
darsliklarning mazmuniga nisbatan bildirgan fikr-mulohazalari, ta'limning keyingi
bosqichi hamda zamonaviy mehnat bozorining real talablari asosida, xorijiy
davlatlarning ta'lim sohasida erishgan natijalarini inobatga olgan holda ishlab
chiqilmoqda.Milliy o‘quv dasturi asosida yangilanayotgan darsliklarga xalqaro
baholash dasturlarining baholash mezonlari va mexanizmlariga javob beradigan,
o‘quvchilarni ana shu dasturlarning imtihonlariga tayyorlashga xizmat qiladigan
materiallar ham kiritilyapdi.Masalan "Ona tili va o‘qish savodxonligi" darsligini
oladigan bo‘lsak, darslik o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashini va amaliy
ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan,
PISA
va
PIRLS
xalqaro baholash
dasturlari talablariga mos keladigan matnlar bilan ishlashga mo‘ljallangan amaliy
topshiriqlar joy olgan. Bunday topshiriqlar vositasida o‘quvchida matnni
tushunish, tahliliy, tanqidiy fikrlash va munosabat bildirish masalalari ko‘zda
tutilayapdi.
Bugungi kun o‘quvchisi internetga oshno, zamonaviy texnika va
texnologiyadan to‘laqonli foydalana oladi.Demak, uni darsga darsga, kitobga
bilimga qiziqtirish, e'tiborini egallash uchun zamonaviy yondashuv talab
etiladi.Darsliklar bilan birga multimedia ilovalari va boshqa raqamli mahsulotlar
ham ishlab chiqilayotgani bu yo‘ldagi muhim qadamdir.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak yangilanayotgan darsliklar va boshqa o‘quv
materiallari o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishga, ularda tanqidiy va ijodiy
tafakkurni o‘stirishga qaratilgan. Zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan
yoshlar esa mamlakatimizning ertangi istiqboli va taraqqiyotining hal qiluvchi
kuchidir.
65
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. K.Jalilov "Baholash nazariyasi asoslari"
2. Umumiy o‘rta ta'lim sifatini oshirish,mazmun,metodologiya,baholash va
ilmiy-amaliy konferensiya materiallari.Toshkent-2008
3. 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot
stratigeyasi to‘g'risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 28.01.2022-yildagi
PF-60 son farmoni va uning 1-ilovasi // Elektron manba.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi
“O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PF-5712-son Farmoni.
5.Djenis Van Kliv. STEAM fanlar blokidagi fanlar kesimida 200ta tajriba.
Qo`llanma. -Moskva: 1995-y.
6.
Akbar, T. (2022). Opportunities to Form Spiritual Competence in Students
of the 10-11th Class.
Web of Scholars: Multidimensional Research Journal
,
1
(8),
160-167.
7.Rustamovich, T. R. A. (2021). Islom Ta’limotlarda Shaxs Ma’naviyati
Masalalari.
TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI
,
1
(5),
186-190