54
TARBIYA DARSLIGI ORQALI O‘QUVCHILARDA SHAKLLANISHI
KUTILADIGAN MA'NAVIY-AXLOQIY FAZILATLAR
Dildora To‘xtayeva
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishi 2-
bosqich talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Boshlang‘ich ta'lim "Tarbiya" darsligida o‘quvchilarda
o‘rgatiladigan tushunchalar mazmun-mohiyati, ushbu darslikning o‘quvchilar
hayotida, ta'lim va tarbiyasidagi o‘rni ahamiyati xususida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar:
tarbiya, farzand tarbiyasi, ta'lim va tarbiya, odob,
muvaffaqiyat.
ABSTRACT
This article talks about the content and essence of the concepts taught to
students in the elementary education textbook "Tarbiya", the important importance
of this textbook in the life, education and upbringing of students.
Key words:
upbringing, child rearing, education and upbringing, manners,
success.
Tarbiya biz uchun yo hayot-yo mamot, yo
najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir.
Abdulla Avloniy
Tarbiya insonga ona suti, ota o‘giti, ajdodlar merosi, millat qadriyatlari va urf
odatlari bilan birga singadi. Barchamizga ma'lumki, jamiyat taraqqiyotida
tarbiyaning o‘rni beqiyosdir. Bolani tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga
undash va uning xulq atvorini bosqichma- bosqich nazorat qilish zarur. Bugungi
kunda ta'limning zamonaviy modeli jamiyatga erkin fikrlovchi shaxsni
shakllantirishga olib kelmoqda. U real maqsad va kuchli irodaga ega insonlarni
ta'lim muassalaridan yetishtirib chiqish imkonini beradi. Ilgʻor fikrlaydigan,
qatʼiyatli, oʻz maqsadi sari harakat qiladigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan,
muammoni ijobiy yechadigan shaxslar jamiyat taraqqiyoti uchun kerak. Bunday
shaxslar iqtisodiyotni rivojlantira oladi, jamiyatni boshqara oladi, hayotimizni
oʻzgartira oladi.
Uzoq yillar davomida tarbiya bolalar taʼlimdan bo‘sh vaqtida amalga
oshiriladigan qo‘shimcha yuklamaga – ikkinchi darajali ishga aylanib, uzuq-yuluq
jarayon bo‘lib kelganligi sir emas. Tarbiyada yo‘l qo‘yilgan xatolar asoratlari
55
kundalik hayotda, ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda keng
muhokama qilinib, jamoatchilikning haqli eʼtirozlariga sabab bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar
samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
2019-yil 3-maydagi PQ 4307-sonli qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi
“Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1059-sonli qarorining chiqishi bu millat kelajagi,
millat maʼnaviy taraqqiyoti uchun bir o‘ziga hos tarixiy voqelik bo‘ldi. Ushbu
konsepsiyada I — XI sinflar uchun “Odobnoma”, “Vatan tuyg‘usi”, “Milliy istiqlol
g‘oyasi va ma’naviyat asoslari”, “Dinlar tarixi” fanlarini birlashtirgan holda
“Tarbiya” fanini joriy qilindi.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha
harakatlar strategiyasi to‘g‘risida
PF-5538-son
Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi
56
Tarbiya fani konsepsiyasi
Xalq ta’lim vazirligining 2020-yil 10-iyuldagi 161-son
buyrug’i
Singapur davlati maktablarida oʻquvchilarni tarbiyalash jarayonida ularda
yaxshi va yomonni farqlash, maʼnaviy qadriyatlarni eʼzozlash, oʻzgalar bilan
doʻstlashish va ularning manfaatlarini oʻzinikidan ustun qoʻyish, jamoat ishlariga
masʼuliyat bilan yondashish, jamoada ishlash va oʻzgalar yordamini qadrlash,
Vatanni sevish, uning tarixini bilish va oʻz mamlakati kelajagiga qatʼiy ishonish,
mamlakatni kelajakda boshqarish uchun qanday xislatlarga ega boʻlish kabi
hayotiy koʻnikmalar shakllantiriladi.
Shu sababli ham, rivojlangan davlatlar ta'lim tizimidan andoza olgan holda
maktablarda yangi fan sifatida "Tarbiya" (baxt va muvaffaqiyat sirlari) nomli
darslik joriy etildi. Ushbu darslik oldingi eski "Odobnoma" darsligi bilan
mazmun jihatidan o‘xshash hisoblanadi.
57
Darslikda teran fikrlashga undovchi topshiriqlar, yoki o‘quvchilarni ijobiy
xulosa chiqarishga undovchi hikmatlar va shunga o‘xshash bir qancha mashq,
hikoya, rivoyatlar mavjud.
Masalan, 3- sinf "Tarbiya" ( baxt va muvaffaqiyat sirlari) nomli darslikning
"Bilim va odob- inson ziynati" deya nomlangan 2- bobining ilk mavzusida
quyidagi hikmat yozilgan: "Ey farzand, ilm mol(davlat)dan yaxshidur, ilm seni
qo‘riqlaydi, sen esa molni qo‘riqlaysan. Molni sarflash bilan kamayadi, ilmni
sarflash bilan esa ziyoda bo‘laveradi." Birgina mana shu hikmatning o‘zida
olam- olam ma'no aks etilgan. Shu va shunga o‘xshagan hikmatli so‘zlar orqali
bolalar dunyoqarashi kengayadi, ma'naviy olami rivojlanadi.
Tarbiya eng avvalo oiladan boshlanar ekan, biz farzandlarimiz kamolini, baxt-
saodatini, iqbolini, buyuk inson bo‘lib yetishganligini va hayot abadiyligini
taminlaydigan ma' naviy qo‘rg‘on bo‘lmish o‘z oilamiz mustahkamligini ko‘rishni
istar ekanmiz, demak oilada tarbiyalanuvchilarimizni har tomonlama tarbiyaning
barcha turlariga etiborni kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.Biz ta'lim va
tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlar faoliyatini bugungi zamon talablari asosida
takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajadagi vazifamiz deb bilamiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI :
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi
“O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PF-5712-son Farmoni.
2.
Djenis Van Kliv. STEAM fanlar blokidagi fanlar kesimida 200ta
tajriba. Qo`llanma. -Moskva: 1995-y.
3.
Akbar, T. (2022). Opportunities to Form Spiritual Competence in
Students of the 10-11th Class.
Web of Scholars: Multidimensional Research
Journal
,
1
(8), 160-167.
4.
Rustamovich, T. R. A. (2021). Islom Ta’limotlarda Shaxs Ma’naviyati
Masalalari.
TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI
,
1
(5),
186-190.
5.
Ahmedov Sunnat 6-adabiyot darsligi. - Toshkent :"Ma'naviyat",
2017.-160b