7
Berberis integerrimaning
umumiy tasnifi, tarqalishi va tibbiyotda
qo`llanilishi.
Shodiyeva Dildora
SamDTU mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya kafedrasi assistenti
Annayev Muxriddin
SamDU biologiya fakulteti magistri
Annotatsiya:
Berberis integerrima
bo`yi 4 metrgacha boradigan sershox buta. O`simlikning eski shoxlarning kulrang,
yosh novdalari qo`ng`ir bo`ladi. Tikanlari uch bo`lakli. Barglari teskari
tuxumsimon, cho`zinchoq, o`tmas, chetlari biroz tishli yoki tekis, ularning uzunligi
2-6 sm keladi. Gullari sariq rangda bo`lib, gul shingili shoxlangan, rovaksimon.
Mevasi qoramtir-binafsha rangda bo`lib, ellipsimon ko`rinishga ega. O`simlik may
oyida gullab, iyun-iyul oylarida pishadi.
Kalit so`zlar:
Berberis integerrima,
organik kislotalar (
, tatrat), xolinsifat moddalar, qand, mineral tuzlar.
Abstract
:
Berberis integerrima
is a branchy shrub that is up to 4 meters tall
and belongs to the zirk family. Old branches of the plant are gray, young branches
are brown. Thorns are three-piece. The leaves are inverted ovate, oblong, non-
passing, the edges are slightly toothed or flat, their length is 2-6 cm. The flowers
are yellow in color, the flowers are branched with shingles, and they are rowan-
like. The fruit is dark purple in color and has an ellipsoid shape. The plant blooms
in May and ripens in June-July.
Kirish:
Tarqalishi
:
Mamlakatimizda tabiiy holda o`sadigan zirklarning 12 turi qayd
qilingan. Ular dengiz sathidan 1800 m balandlikda o`sadi. Yovvoyi holdagi zirklar
Yevropa, O`rta Osiyo hamda Uzoq Sharq hududlarida keng tarqalgan. Qora zirk
tabiiy holda respublikamizning Toshkent, Samarqand, Andijon, Surxondaryo,
Qashqadaryo viloyatlarining tog`li hududlarida, soy bo`ylarida to`p-to`p bo`lib
o`sadi. Respublikamizda zirkning qashqar, bergen, qizil, tugma, qoraqand kabi
turlari uchraydi.
Tarkibi:
Qora zirk mevalari tarkibida vitamin
(250mg), organik kislotalar
, tatrat), xolinsifat moddalar, qand, mineral tuzlar va
boshqa moddalar bor. O`simlikning pishmagan mevalari, barglari, ildizi hamda
8
po`stloqlarida berberin, oksiksantin, berbamin, leontin alkaloidlar mavjud. Hosilga
kirgan paytidagi barglari tarkibida vitamin E
), efir moylari bor.
Xalq tabobatida qo`llanilishi:
Zirkning salomatlik uchun foydali ne`mat
ekanligi juda qadim zamonlardan ma`lum. Ossuriya shoxi Ashshurbanipalning
shaxsiy qiroatxonasida saqlanuvchi, bundan 2670-yil muqaddam sopol
taxtachalarga yozilgan kitoblarga qaraganda, zirk "Qonni pokizalovchi" omil
sifatida qadrlangan. Uning shifobaxsh xususiyatlaridan qadimiy Misr, Hindiston
tabiblari tadbirkorlik bilan foydalanishgan Abu Ali ibn Sino zirkni chanqoq
qoldiruvchi, yurakka quvvat beruvchi hamda jigar kasalliklariga davo sifatida
ishlatgan. Qora zirk mevalari xalq tabobatida asab faoliyati sustlashganda,
oshqozon-ichak, sariq kasalliklarini, hafaqonlikni davolashda ishlatiladi. Bundan
tashqari undan haroratni pasaytiruvchi, ishtaha uyg`otuvchi, o`t haydovchi,
yallig`lanishgaa qarshi vosita sifatida ham foydalaniladi. Xalq tabobatida zirk
ildizidan tayyorlangan qaynatma (po`sti ajratilganda) bezgak va bodning davosi
hisoblanadi. Bu qaynatma xalq tilida "qiyomi zirk" deb atalib, uning
suyuqlashtirilgani bilan og`iz bo`shlig`i kasalliklarida chayqash tavsiya etiladi.
O`simlik barglarining suvli damlamasi bezgak asorati bo`lgan taloq shishida
hamda jigar kasalliklarida ishlatilsa, ildiz po`stloqlarining damlamasi o`tdagi tosh,
sariq, buyrak og`rig`i, bod kabi kasalliklarni davolashda ishlatiladi.
Mavzu yuzasidan adabiyotlar tahlili:
Farmasivtikada qo`llanilishi:
Ilmiy
tibbiyotda, zirkdan tayyorlangan dori-darmonlar o`t pufagi shamollashi bilan
bog`liq bo`lgan kasalliklarda, undagi tosh bo`lganda hosil bo`luvchi og`riqlarga
yengillik beruvchi omil sifatida foydalaniladi. Zirk barglari asosida tayyorlangan
spirtli aralashma qon to`xtashi, yallig`lanishga qarshi davo bo`lishi bilan birga qon
tomirlarini toraytiradi, tomir urishini tezlashtiradi, o`t ajralishini kuchaytiradi,
bachadon mushaklarini qisqartiradi.
Sibir zirki
ildizining sharbati suv bilan
aralashtirilib suyuqlik tayyorlanganda, qon bosimini pasaytiradigan dori olinadi.
Shuni aytish kerakki, tibbiyotda xavfli o`smalarni davolashda ishlatiladigan
Zdrenko yig`ma dorisiga zirk o`simligining ildizi asos bo`lib xizmat qiladi.
Sanoatda qo`llanilishi:
Zirk mevalari ziravor sifatida keng ko`lamda
qo`llaniladi. Uning mevalaridan murabbo tayyorlanadi. O`simlik bo`yoqchilik
sanoatida ham katta ahamiyatga ega. Uning ildiz va tanasidan junlarni bo`yash
uchun sariq bo`yoq olinadi. Mevasidagi qizil rang esa jun matolarini bo`yash
uchun yaxshi vosita hisoblanadi. Zirkning poyasi och sariq rangda bo`lib, juda
qattiq, mustahkam. Hind duradgorlari undan nafis buyumlar va mebellar yasashda
9
foydalanadilar. Zirk gullaridan asal shirasi bor, ular o`zidan ko`plab nektar ajratadi,
ayniqsa, iliq va nam havoda olingan asali xushbo`y bo`ladi. Zirk manzarali
o`simlik sifatida ham qadrlanadi. Uning murg`ak novdalari, yashil barglari,
tillarang gullari bahorda o`zgacha dilbarlik kashf etadi.
Natija va Muhokama
Mevasi
– past oziqa quvvatiga ega boʻlgan parhez mahsuloti. Uning 100 gida
29 kKal quvvat bor. Mevasi tarkibida karotinoidlar (ksantofill, lyutein,
xrizantemaksantin, zeaksantin, auroksantin, flavoksantin kapsantin v.b.),
uglevodlar, xushboʻy hamda pektin moddalari, organik kislotalar, makro- va
mikroelementlar, Ye va S vitaminlari va beta-karotin moddalari bor. Chiroyli
koʻrinishidan tashqari zirk shifobaxsh xususiyatlarga ham ega. Qadimgi
Yunonistonda undan qonni tozalash vositasi sifatida foydalanishgan. Tibiyotda zirk
inson yoshligini uzaytiradigan tabiiy modda deb hisoblashgan. Uni diyorimizda
ham keng isteʼmol qilib kelingan, ildizi, tanasi va poʻstlogʻi qon oqishini
toʻxtatishda, turli xil shamollash xastaliklarini davolashda qoʻllanilgan. Mevasi
sharbati issiqni tushirish, mikroblarni oʻldirish, qon ketishini toʻxtatish
xususiyatlarga ega.Uni isteʼmol qilish shuningdek, organizmni tozalash, toksinlarni
chiqarib yuborish, qartayish jarayonini sekinlashtirish maqsadlarida ham tavsiya
etiladi. Jigar xastaliklarida, revmatizm, peshob yoʻllari va buyrak shamollashidan
forigʻ boʻlish maqsadida yangi pishgan zirk mevasini taomga qoʻshib isteʼmol
qilish lozim boʻladi. Zirkda oʻt haydash xususiyatiga ega boʻlgan berberin alkaloidi
bor. Bu modda shuningdek, ichkilik ichish va kashandalikdan qutilish yoʻliga
kirgan kishilarga ham yordam beradi. Dorixonalarda berberin nomli dori sotiladi,
uni zirkdan ajratib olinadigan moddadan tayyorlanadi. Bu dori oʻt qopida paydo
boʻlgan tosh va xoletsistitni davolashda qoʻllanadi.
Italiyalik olimlar shifokorlar bilan hamkorlikda berberin bezgak kasalligi
bilan ogʻrib, buyraklari shishgan kishilarga amalda misli yoʻq shifobaxsh vosita
ekanligini aniqlashdi. Hind shifokorlari ogʻir yuqumli leyshmanioz xastaligini
davolashda berberindan foydalanishadi.
Zararli yomon shishlarni davolashda tarkibida zirk mevasi boʻlgan maxsus
giyohlar majmuasini tavsiya etiladi. Zirk ildizi poʻstlogʻi xoletsistit, sariq kasali
zoʻrayishi, oʻt pufagidagi tosh kasalliklarini davolashda tayyorlanadigan xolelitin
deb nomlanadigan dori tarkibiga kiradi. Xitoyda zirk oʻsimligi tanasi poʻstlogʻini
10
koʻz shamollashini davolashda qoʻllashadi, ildiz poʻstlogʻidan nafas yoʻllarini
ochish, yaralarni bitirish va saraton kasalligini davolashda foydalanishadi.
Bolgarlar zirk poʻstlogʻini radikulit va buyrak kasalliklarini davolashda
ishlatishadi. Polshada zirkdan gipovitaminoz (vitamin yetishmovchiligi)xastaligini
davolashda foydalanishadi. Nemislar zirkni oshqozon ichak yoʻllari, ogʻiz
boʻshligʻi, oʻpka illatlarini davolashda damlama sifatida ishlatishadi. Fransiyada
zirk bakteritsid, gipotenziv va bezgakka qarshi vosita sifatida tavsiya etiladi.
Pishgan mevalari va barglaridan juda yoqimli va foydali vitaminlarga boy
boʻlgan choy damlash mumkin. Bu juda oson tayyorlanadi, buning uchun uning
mevasidan va barglaridan 1 choy qoshiqdan olinib, ularning ustidan 1 stakan
qaynoq suv quyib, bir soat dimlab qoʻyiladi. Bunday choyni ikki hafta davomida
kuniga uch mahal ijobiy natijaga erishguncha ichiladi. Foydali xususiyatlari:
yurak-qon tomir faoliyatini yaxshilashda;
asab faoliyati sustlashganda;
oshqozon-ichak, bezgak kasalliklarida;
zotiljam, bod xastaliklarida qo`llaniladi.
Xulosa:
Koʻz shamollash, ekzemada, jarohatlarda bu qaynatma bilan yuvish
yoki unda hoʻllangan dokani kasallangan aʼzoga qoʻyish ijobiy natija beradi.
Artritda,
revmatizmda,
radikulitda,
oyoq
muskullari
shikastlanganda,
osteoxondrozda shamollashni oluvchi va ogʻriq qoldiruvchi vosita sifatida bu
oʻsimlik qaynatmasi ichiladi, u bilan hoʻllangan doka kasal aʼzoga qoʻyiladi,
komress qilinadi. Zirk ildizi va barglari qaynatmasi: yanchib maydalangan ildizi va
barglaridan 1 osh qoshiq olib, ustidan 1 stakan suv quyib, 1 daqiqa davomida
qaynatiladi va 30 daqiqa tindiriladi, dokalan oʻtkaziladi. Ichketishda
ovqatlanishdan 1 soat oldin 1 osh qoshiq ichiladi. Zirk ildizi qaynatmasi (surtiladi):
1-2 osh qoshiq maydalangan ildizi ustidan yarim litr suv quyiladi, 1 daqiqa
qaynatiladi, 1 soat davomida tindiriladi. Yuqorida sanab oʻtilgan kasalliklarda
qaynatmada hoʻllangan doka kasal aʼzoga qoʻyiladi, komress qilinadi.
Zirkni
isteʼmol qilish ayollarga klimaks va koʻzi yorigandan keyingi chilla kunlarida,
muskullar faolligini oshirishini inobatga olib, homilador hamda emizikli
ayollarga ham uni isteʼmol qilish tavsiya qilinmaydi.
Oʻt pufagida tosh, jigar
sirrozi, sariq kasalligida, uni isteʼmol qilish yoqmaydigan ayrim shaxsiy holatlarda,
shuningdek, 12 yoshga toʻlmagan bolalar isteʼmol qilishi maslakat berilmaydi.
11
Yana shuni bilib qoʻyish kerakki,
zirkning hali pishib yetilmagan koʻk mevasi
zaharli boʻlganidan uni isteʼmol qilish aslo mumkin emas.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Giyosovna, S. D., Fazliddinovna, B. M., & Muzaffar Giyos og, A. (2023).
IDENTIFICATION AND ISOLATION OF ENDOPHYTIC FUNGI PRODUCING L-
ASPARAGINASE IN REPRESENTATIVES OF THE ASTERATCEA FAMILY.
Science and
Innovation
,
2
(2), 107-112.
http://scientists.uz/view.php?id=3814
2.
Shodiyeva , D. G., & Xoljigitov , X. T. o‘g‘li. (2023). HUMAN
IMMUNITY.
GOLDEN
BRAIN
,
1
(5),
174–180.
Retrieved
from
https://researchedu.org/index.php/goldenbrain/article/view/1718
3.
Shodiyeva Dildora G`iyosovna, Bobaqandova Mexriniso Fazliddinovna ,
Shayqulov
Hamza
Shodiyevich.
(2023).
FITOPATOGENLARGA
QARSHI
BAKTERIYALARDAN
FOYDALANISH
VA
ULARNING
SAMARADORLIGINI
BAHOLASH.
IQRO
JURNALI
,
2
(1),
78–82.
Retrieved
from
https://wordlyknowledge.uz/index.php/iqro/article/view/222
4.
Boboqandova, M., & Shodiyeva, D. (2023). ENDOFIT BAKTERIYALARNING
BIOLOGIK FAOL METABOLITLAR SINTEZ QILISH XUSUSIYATLARI VA ULARNING
QO`LLANILISH
SOHALARI.
Interpretation
and
Researches
,
1
(3).
извлечено
от
http://interpretationandresearches.uz/index.php/iar/article/view/42
5.
Худжанова М.А, Шодиева.Д.Г, & Холжигитов.Х.Т. (2023). СОСТОЯНИЕ
МИКРОЭЛЕМЕНТНОГО СТАТУСА У ДЕТЕЙ БОЛЬНЫХ ОСТРОЙ РЕСПИРАТОРНО-
ВИРУСНОЙ
ИНФЕКЦИЕЙ.
GOLDEN
BRAIN,
1(6),
15–19.
https://doi.org/10.5281/zenodo.7697105
6.
Vahobovna , M. Z. ., G’ulomjon qizi, O. S. ., & G`iyosovna , S. D. . (2023).
CICHORIUM
INTYBUSNI
AN`ANAVIY
TIBBIYOTDA
QO`LLANILISHI,
FITOKIMYOVIY TARKIBI VA FARMAKOLOGIYADAGI AHAMIYATI.
Scientific
Impulse
,
1
(6),
1386–1392.
Retrieved
from
http://nauchniyimpuls.ru/index.php/ni/article/view/4776
7.
Shodiyeva Dildora G'iyosovna, & Tohirova Jayrona Izzatullayevna. (2023).
VAKSINA OLISH TEXNALOGIYASI VA UNING AHAMIYATI. GOLDEN BRAIN, 1(3),
256–260.
https://doi.org/10.5281/zenodo.7605291
8.
Olimjonova , S. G. qizi, & Shodiyeva , D. G. (2023). BAKTERIYALARNI
SUYUQ VA QATTIQ OZUQA MUHITLARIDA O‘STIRISH SHAROITLARI.
GOLDEN
BRAIN
,
1
(3),
182–188.
Retrieved
from
https://researchedu.org/index.php/goldenbrain/article/view/1496
9.
Azimovich, Azzamov Ulug‘Bek, and Shodiyeva Dildora G‘iyosovna. "O
‘SIMLIK O ‘SISHI VA RIVOJLANISHIDA FOYDALI MIKROORGANIZMLARNING
AHAMIYATI."
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
1, no. 17 (2023): 257-260.
12
10.
Azimovich, Azzamov Ulug‘Bek, Shodiyeva Dildora G‘iyosovna, and Maxmudov
Aziz
Akmalovich.
"ANTIBIOTIKLAR
TA'SIR
DOIRASIGA
KO'RA
KLASSIFIKATSIYASI."
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
1, no. 17 (2023): 245-251.
https://cyberleninka.ru/article/n/antibiotiklar-tasir-doirasiga-kora-klassifikatsiyasi
11.
Shodiyeva , D. G., Jamalova , F. A., & Boltayev , K. S. (2023). BACILLUS
THURINGIENSIS
BAKTERIYALAR
ASOSIDA
YARATILGAN
BIOPREPARATLAR.
GOLDEN
BRAIN
,
1
(3),
23–27.
Retrieved
from
https://researchedu.org/index.php/goldenbrain/article/view/1464
12.
Boltayev , K. S., Jamalova , F. A., & Shodiyeva , D. G. (2023). MIKOZLARGA
MIKROBIOLOGIK
MIKROSKOPIK
TASHXIS
QO‘YISHNING
O‘ZIGA
XOS
XUSUSIYATLARI.
GOLDEN
BRAIN
,
1
(3),
35–40.
Retrieved
from
https://researchedu.org/index.php/goldenbrain/article/view/1466
13.
G`iyosovna, S. D., & Abdusalomovna, J. F. (2023). BACILLUS AVLODIGA
MANSUB
BAKTERIYALARNING
ANTIMIKROB
VA
ANTOGONISTIK
XUSUSIYATLARI.
Scientific
Impulse
,
1
(6),
1852–1858.
Retrieved
from
http://nauchniyimpuls.ru/index.php/ni/article/view/4968
14.
Giyosovna, S. D. (2023). CICHORIUM INTYBUSDAN YANGI BIRIKMA
OLISH
VA
ULARNING
BIOLOGIK
TASIRI.
O'ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
,
2
(16),
156-164.
https://bestpublication.org/index.php/ozf/article/view/3832