121
INGILIZ VA O'ZBEK TILLARIDA O'XSHATISHLAR
Ibragimova Shaxlo Zavqiyevna
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Akademik
litseyi bosh oʻqituvchisi
E-mail:
Annotasiya:
Ushbu maqola Ingiliz va o'zbek tillarida o'xshatishlar haqida bo’lib mavzu
yuzasidan tadqiqotchi olimlarning fikr va mulohazalari chuqur o’rganib chiqildi.
Ikki somatik
komponentli frazeologik birliklarni o`rganishga bag`ishlangan bo`lib, ingliz va o`zbek tillarida
bir ibora tarkibida inson ikki tana azolari nomlari bilan ifodalangan frazeologik birliklar
haqida ma'lumot beradi va bu bizga ingliz va o`zbek tillarida ularning asosiy omillarini ochib
berish imkonini beradi.
Kalit so’zlar:
Somatizm, somatik ibora, frazeologik birlik, frazeologiya, somatik
frazeologizm, leksema, lingvomadaniy, ibora, komponent, ikki somatik komponentli ibora.
Аннотatsiя:
Эта статья о сравнениях в английском и узбекском языках, и были
глубоко изучены мнения и мнения ученых-исследователей по этому вопросу. Он посвящен
изучению фразеологизмов с двумя соматическими компонентами, дает информatsiю о
фразеологизмах, выраженных названиями двух частей человеческого тела в одном
словосочетании на английском и узбекском языках, а также сообщает нам их основные
факторы на английском и узбекском языках, позволяет раскрывать.
Ключевые слова:
соматизм, соматическое выражение, фразеологизм, фразеология,
соматическая фразеология, лексема, лингвокультурология, словосочетание, компонент,
словосочетание с двумя соматическими компонентами.
Abstract:
This article is about similes in the English and Uzbek languages, and the
opinions and opinions of research scientists on the subject were studied in depth. It is dedicated
to the study of phraseological units with two somatic components, it provides information about
phraseological units expressed by the names of two human div parts in one phrase in English
and Uzbek, and it tells us their main factors in English and Uzbek allows to reveal.
Key words:
Somatism, somatic expression, phraseological unit, phraseology, somatic
phraseology, lexeme, linguocultural, phrase, component, phrase with two somatic components.
O‘xshatishlar turli xalqlar madaniyatini yaqqol namoyon qilib beruvchi
vositalardan biri hisoblanadi. Ularda ma’lum davrda yashagan ajdodlar
kechinmalari, tasavvurlari, milliy va madaniy an’analari muhrlangan bo‘ladi.
Tildagi o‘xshatishlarni tadqiq etgan tilshunoslarning aksariyati turg‘un
o‘xshatishlarning idiomalarga yaqin turishini yoki idioma maqomida bo‘lishini,
ular ko‘p asrlar mobaynida kishilar nutqida qo‘llanish natijasi sifatida
turg‘unlashib, so‘zlovchilar ongida muayyan modellar shaklida mustahkamlanib
qolishini, o‘xshatish etalonining, ya’ni o‘xshatish asosidagi obrazning muayyan
belgi-predmet bilan muntazam va qat’iy bog‘liq bo‘lishini ta’kidlaydi
1
.
122
Ingliz va o’zbek tillaridagi mavjud o’xshatishlarni qiyosiy tahlil qilganda,
o’xshatish etaloni sifatida ko’pincha hayvon yoki jonivorlarlarni bildiruvchi
so’zlardan foydalanilganligini ko’rish mumkin. Masalan, o’zbek tilida “qo’yday
yuvosh”, “musichaday beozor” o’xshatish etalonlari mavjud bo’lib, bu
o’xshatishlar orqali o’zbek mentalitetiga xos jihat, ya’ni qadimdan qo’yning
yuvosh hayvon, musichaning beozor, zararsiz qush ekanligi ifodalanmoqda. Ingliz
tilida esa beozorlik timsoli sifatida ko’pincha kabutar tasvirlanadi: “As harmless as
a dove”.
Ingliz va o’zbek tillarida sinonimlik xosil qiladigan quyidagi o’xshatishlarni
ham xuddi shunday qiyosiy tahlil qilish mumkin:
“As hungry as a bear” iborasi o’zbek tilidagi “Bo’riday och” o’xshatish
etaloniga teng keladi. “Och” sozining bo’ri bilan birga ishlatilishi o’zbek
lingvkulturologiyasiga xos bo’lib, ozbek xalq ertaklaridagi och bo’ri ko’z
oldimizga keladi.
Jumladan, mif, ertak, doston va badiiy asar qahramonlari ishtirok etgan
muayyan o‘xshatishlar mavjud bolib, ular orqali o’sha xalq milliy madaniyatini
chuqur anglab yetish mumkin. Masalan, o‘zbek tilida “baquvvat, pahlavon,
gavdali, juda ham kuchli, bahodir” ma’nosida ishlatiladigan “
Alpomishday”
o’xshatish etaloni ingliz tilidagi “jasur va botir” ma’nosida qo’llanuvchi “
as brave
as Robin Hood”
o‘xshatish birligi bilan sinonimlik xosil qiladi.
Ingliz va o’zbek tillarida uchraydigan o’xshatishlar orasida leksik component
tuzilmasi jihatidan bir xil yoki turli xil bo’lgan turlarni uchratish mumkin.
Masalan, ingliz tilidagi “As red as a cherry” iborasida ishlatilayotgan cherry (gilos)
so’zi o’zbek lingvokulturologiyasiga ham xos bo’lib, qiz bolaning lablarini
tasvirlashda foydalaniladi.
Shuningdek, ingliz tilidagi “as sly as a fox” iborasi o’zbek tilidagi “tulkiday
ayyor” o’xshatishiga sinonim bo’ladi. Bu sinonimlikda ham leksik component
tuzilmasi jihatidan bir xillikni kuzatish mumkin. Bundan tashqari, o‘zbek tilida
“semirmoq”, “ko‘p ovqat yemoq”ni anglatgan
cho‘chqaday
o‘xshatish etaloni
ingliz tilida ham cho’chqaga muqoyasa qilinadi: “
As fat as a pig
”.
Masalan,:
The woman in the supermarket was as fat as a pig.
Ammo, ingliz tilidagi “as white as a sheet” iborasidagi sheet (qog’oz)
leksemasi o’zbek tilidagi o’xshatish etaloni bo’lib xizmat qilmaydi. O’zbek tilida
bu rang ko’proq qorga muqoyasa qilinadi: “Qorday oq”.
123
Shuningdek, ingliz tilida uchraydigan “as clean as a (new) pin” iborasi o’zbek
tilida “chinniday toza” o’xshatishiga teng keladi. Ingliz tilida tozalik belgisi sifatida
yangi to’g’nag’ich madaniy vosita sifatida xizmat qilmoqda. O’zbek tilida esa bu
sifat chinni buyumga muqoyasa qilinmoqda.
O’zbek tilida “qo’yday yuvosh” o’xshatish etaloniga ma’no jihatidan sinonim
bo’lgan ingliz tilidagi “as gentle as a lamb” o’xshatishi leksik komponent
tuzilmasiga ko’ra farq qiladi. Ya’ni, o’zbek xalq madaniyatida yuvoshlik “qo’y”ga
qiyoslansa, ingliz tilida bunday sifat “qo’zichoq” bilan bog’liq tarzda qo’llaniladi.
Masalan,: The girl is as gentle as a lamb when she is with her little sister.
Bundan tashqari, o’zbek tilida ijobiy ta’riflanayotgan oppoq tishlar “qor”ga
emas, balki qimmatbaho “sadaf”ga qiyos etiladi. M.,
Yo‘q, Xor shaharga ketgan, -
dedi yigit kulimsirab, sadafdek oppoq tishlarini ko‘rsatib
– O‘X, 15”
2
.
O‘zbek she’riyatida
tunday
o‘xshatish etalonidan sochning qoraligini
ifodalash uchun keng foydalaniladi: M,:
Kel endi tashlama, qo‘yma
Bu tunning qo‘ynida yolg‘iz.
Hijronni boshimga yoyma,
Ey
tundek
sochi qora qiz (Cho‘lpon. Tun).
Mazkur o‘xshatishni shotlandiyalik shoir Robert Byornsning “John
Anderson” she’rida uchratish mumkin. B.Xolbekova “John Anderson” she’rining
rus va qozoq tillaridagi tarjimalarini quyidagicha tahlil qiladi:
John Anderson my jo, John, When we were first acquent, Your
locks were
like the raven
, Your bonie brow was brent.
Mazmuni: “Qadrdonim, mening do‘stginam Jon Anderson, birinchi bor sen
bilan ko‘rishganimizda, sochlaring zog‘(qarg‘a) rangiga o‘xshar (ya’ni qop-qora
edi, yosh eding), barq urib do‘ng peshonangni bezab turardi...”. Ingliz tilida agar
soch qarg‘aga o‘xshatilsa, ingliz o‘quvchisi faqat qarg‘a(zog‘)ning o‘zini emas,
balki uning rangini tushunadi.
3
. Yuqoridagi tahlillardan ko’rinib turibdiki, shotland
lingvomadaniyatida sochning qoraligi zog‘(qarg‘a)ga qiyoslanadi. Binobarin,
Shotlandiya shimoliy o‘lka hisoblanib, u yerda yilning deyarli barcha faslida
zog‘larni uchratish mumkin.
O’zbek lingvomadaniyati uchun me’yoriy hisoblangan o‘xshatish etalonlari
ingliz tilida so’zlashuvchi boshqa xalqlarning lisoniy mental an’analari uchun
begona bo‘lishi mumkin.
124
Masalan, o’zbek lingvomadaniyatida ayollarning yuzini oyga, olmaga,
ba’zan kulchaga o’xshatishadi. Inglizlarda esa olchaga, atirgulga (as red as a cherry
/rose/) qiyoslash me’yor hol hisoblanadi. Bundan tashqari, “cherry”, “rose”
leksemalari narsa-buyumlarni ham qizilligini tasvirlashda ko’p qo’llaniladigan
o’xshatish etaloni hisoblanadi.
Masalan:
The car was as red as a cherry after its new paint job. The morning
sunrise was as red as a rose.
Shuningdek, baquvvat kishilarni o‘zbeklar filga, inglizlar otga va ho’kizga
muqoyasa qilishadi:
filday baquvvat
,
as strong as a horse/an ox
. Yoki, o‘zbeklar
tinimsiz ishlaydigan, mehnat qiladigan kishilarni chumoliga (
chumoliday
), inglizlar
esa ariga va itga o‘xshatishadi (
as busy as a bee
,
working like a dog
).
Masalan:
The man was as strong as an ox and easily helped us to move the
sofa. She always works like a dog.
Umuman, o‘xshatishlar har bir xalqning lingvomadaniy boyligi bo‘lib, ular
milliy dunyoqarash, dunyodagi hodisalarni milliy tasavvurlarga ko‘ra taqqoslash,
qiyoslash natijasida shakllanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
SH. Rahmatullaev O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati. – Toshkent:
O‘qituvchi. 1978. -6-7 b.
2.
F. Jumaeva Polisemem leksemalar doirasidagi sinonim va antonim semalar
tadqiqi. Monografiya. Toshkent. “Qaqnus Mediya” Toshkent 2019.-136 b.
3.
Musaev Q. Tarjima nazariyasi asoslari. Darslik. –Toshkent: Fan, 2005. –B. 219-
220.
4.
Sirojiddinov SH., Odilova G. Badiiy tarjima asoslari. –Toshkent: Mumtoz
so‘z, 2011. –B. 80.
5.
Некрасова Н. Сравнения общеязыкового типа в аспекте сопоставительного
анализа художественных идиолектов // Лингвистика и поэтик. –М.: Наука,
1979. –С. 225;
