103
CHET TILLARINI O’RGANISHNING IJTIMOIY IMKONIYATLARI
Tolibova Durdona Mamajonovna
Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi
E-mail:
Annotatsiya
:
Mazkur maqolada xorijiy tillarni o’rganishning ijtimoiy hayotimizdagi
imkoniyatlari keng yoritib berilgan. Bundan tashqari uning aqliy holatimizga qay darajada
ijobiy ta’siri haqida ham fikrlar bayon etilgan va asosiy e’tibor shu kabi chet tillarini
o’rganishning afzalliklariga qaratilgan.
Kalit
so’zlar
:
xorijiy tillar, iqtisodiyot, globallashuv, tadqiqotlar, til o’rganishning
kognitiv afzalliklari, ikki tillilar (ikki tilda so’zlashuvchilar), konsentratsiya, matematik qobiliyat.
Abstract
: In this article, the possibilities of learning foreign languages in our social life
are widely covered. In addition, opinions are expressed about the extent to which it has a
positive effect on our mental state and the main focus is on such aspects of foreign language
acquisition.
Keywords
:
foreign languages, economic, globalization, researches, cognitive benefits of
language learning, bilinguals, concentration, mathematical ability.
Bugungi globallashuv davrida ikki yoki undan ortiq tilni bilish shunchaki
qiziqish emas, balki zamon talabi bo’lmoqda va bu har bir insonda til o’rganishga
bo’lgan ehtiyojni keltirib chiqarmoqda. Chet tillarini o’rganish mamlakat
taraqqiyoti uchun bevosita asosiy o’rin egallaydi. Bu nafaqat Vatan taraqqiyoti,
balki shaxs ravnaqi uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chet tillarini o’rganish
ijtimoiy jihatdan hayotimizga quyidagi imkoniyatlarni keltirib chiqarishi mumkin:
1. Hech kimga sir emaski, ko’pgina xorijiy til o’rganuvchilarning asosiy
maqsadi bu - chet el sayohati. Tilni bilish esa bu maqsadni ro’yobga chiqishini bir
muncha osonlashtiradi. Negaki, qachon biz ma’lum bir xorijiy tilda yetarlicha
muloqotga kirisha olganimizda, tashkillashtirayotgan sayohatimiz moliyaviy
jihatdan osonlashadi va bu bizga gid uchun ajratilgan mablag’ni o’zimiznng
boshqa ehtiyojlarimiz uchun sarflash imkonini beradi.
2. Til o’rganishning yana bir eng asosiy sabablaridan biri moliyaviy jihatdan
ta’minlangan, nufuzli ish topishdir. Hozirda dunyoning turli nuqtalarida turli
sohalarga ixtisoslashgan kompaniyalar mavjud va ular boshqa bir davlat bilan
hamkorlikda ish olib boradi. Bu holatda ular chet tilini biladigan ishchilarga
muhtojlik sezadilar. Shuning uchun kompaniyalar xorijiy tilni bilish qobiliyatiga
ega bo’lgan ishchilarga boshqa ishchilarga qaraganda ko’proq imtiyozlar taklif
qilishadi.
104
Darhaqiqat, iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida mamlakatlar o’rtasida
savdo-sotiq va ishbilarmonlik aloqalarining kuchayishi kuzatilayotgan bir paytda
xodimlarning
biror
bir
chet
tilini
bilishi
kompaniyaning
iqtisodiy
raqobatbardoshligining muhim omili, ya’ni uning intellektual kapitalining bir
qismidir [3].
3. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, qo’shimcha til o’rganish inson miyasini
rivojlantiradi. Inson necha yoshdan bo’lishidan qat’iy nazar, til o’rganishning
kognitiv afzalliklarini barchaga birdek ko’rishimiz mumkin. Ikki tilli inson miyasi
hajmi ham bir tilli inson hajmidan kattaroqligi bilan farqlanadi, chunki miyaning
hajmi har bir yangilikni o’rganish bilan ortib boradi. Bu insonda ko’proq ijodiy
bo’lishga va muammolarni tezroq yechishga imkon beradi, chunki bunday insonlar
bir vazifadan boshqasiga osongina o’tishi va hayotdagi o’zgarishlarga tez
moslashishi mumkin. Biroq chet tillarini o’rganish jarayonida asabiy aloqalar sifati
oshadi. Doimiy o’qish, krosswordlarni yechish, tinglash – bularning barchasi
neyron tarmoqqa chet tiliga bag’ishlangan vaqtingizni rivojlantirish imkoniyatini
taqdim etadi. Biz (fikrlarda yoki nutqda) boshqa chet tiliga o’tishimiz bilan miya
boshqa kodga o’tadi. Uning uchun bu juda qiyin vazifa. Shuning uchun, qachonki
biz o’rganishga bog’liq mashqlar bilan ko’proq shug’ullansak va tez-tez bajarsak,
miyaning “mushak”lari shunchalik kuchayadi va qiyin vazifalar ham oddiy qabul
qilina boshlanadi.
4. Ikki tillilar (ikki yoki undan ortiq xorijiy tillarda so’zlashuvchilar)
quvonishlari mumkin. Negaki, neyropsixologlarning tadqiqotlari xulosalariga
ko’ra, “Altsgeymer” sindromi natijasida yuzaga keladigan demans ularda
boshqalarga qaraganda kamida besh yil keyin paydo bo’ladi. Olimlarning
ta’kidlashicha, bu kasallikni davolash uning oldini olishdan ko’ra bir necha marta
qiyinroq.
5. Chet tillarini o’rganish faqat xotirani yaxshilabgina qolmay, o’rganuvchida
musiqiylikni rivojlantirishga ham yordam beradi. Boshqa bir tilni o’rganish orqali
inson ohang, intonatsiya va tovushlarni yaxshiroq tanib olishni o’rganadi. Bu
muayyan ma’lum bir musiqa asbobini tez va yaxshiroq o’zlashtirishga yordam
beradi. Albatta biz bu yerda quloqlarga emas, balki miyamizga murojaat qilamiz,
ya’ni miya eshtish bilan emas, balki musiqani tanib olish bilan shug’ullanadi.
6. Matematik qobiliyatlarning yaxshilanishi aynan til o’rganuvchilarda
yaxshiroq kuzatilar ekan. Masalan, 2007-yilda chet tillarini o’qitish bo’yicha
Amerika kengashi tomonidan o’tkazilgan tadqiqot doirasida xorijiy tillarni
105
o’rganayotgan bolalarga maktab dasturida matematika bilan shug’ullanadigan
bolalarga qaraganda ko’proq soat ajratilgan, ammo chet tillarini o’rganayotgan
o’quvchilar matematika bilan ko’p shug’ullanganlarga nisbatan yaxshiroq natija
ko’rsatgan. Hayratlanarli tomoni yo’q, chunki boshqa til asoslarini o’rganish
mantiqiy fikrlashni rivojlantiradi.
7. Chet tili konsentratsiyani oshiradi. Ikki tilli odamlar nafaqat biror-bir
hodisaga balki, uning to’liq tafsilotlariga ham e’tiborini yuqori darajada qaratadi.
Ular yangi jamoada qanday munosabatlar hukm surayotganini, u yerga borishlari
bilan anglab olishlari oson.
Chet tillarini o’rganishda hali ham bitta kamchilik bor: ikki tillilar o’z ona
tillarida faqat bitta tilda gapiradiganlarga qaraganda yomon gapirishadi. To’g’ri,
buning ham afzalliklari bor, ya’ni til o’rganuvchida o’z ona tilisining
grammatikasi, morfologiyasi, fonetikasi va semantikasini boshqa tillarga nisbatan
yaxshi anglashi va bu bilimlarni boshqa tillarni o’rganishda solishtirib foydalanishi
tilni oson o’zlashtirishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda xorijiy tilni
o’rganib qolmay, o’z ona tilimizni ko’proq qadrlay boshlaymiz.
Xulosa
qilib aytganda, boshqa bir tilni o’rganishning turli imkoniyatlari
haqida yana ham ko’proq ma’lumotlar berishimiz mumkin va uning nafaqat bilim
sohasida, balki kundalik hayotimizda ham turli imkonlar eshigini ochishi hayot
tarzimizni yaxshilashga xizmat qiladi. Shuning uchun ham xorijiy tillarni bilish
muvaffaqiyat kalitlaridan biri desak, mubolag’a bo’lmaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
Tinyakova E.A. Til aloqasi orqali jamiyatning ijtimoiy va madaniy
rivojlanishining aloqasi / E.A.Tinyakova // Култури и искусствою. - 2011.
2.
Jumayeva, M., & Turdiyeva, U. (2022). THE IMPORTANCE OF
PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN LEARNING ENGLISH. Science and
innovation, 1(B8), 1710-1714.
3.
Littlewood W.T. (1893). Communicative approach to language teaching
methodology (CLCS Occasional Paper №7). Dublin university, Trinity College
Centre for Language Communication Studies.
4.
Umidjon, G., & Mukarrama, J. (2022). USED IN LESSON PROCESSES
EFFICIENCY OF INTERACTIVE METHODS. TA'LIM VA RIVOJLANISH
TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 161-162.
106
5.
Yershova O.V. Universitet talabalarining o’quv faoliyatini nazorat qilish
samaradorligini oshirish vositasi sifatida “motivatsiya” va “qiziqish”
tushunchalari / O.V. Yershova // Высшее образование сегодня. - 2013.
6.
Jumayeva, M. B. (2022). OLIY TA’LIMDA INNOVATSION USUL VA
VOSITALAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social
sciences, 2 (Special Issue 20), 214-226. doi: 10.24412 (Vol. 226). 2181-1784-
2022-20-214.
7.
Eshqoriyev S.S. Ro’zimurodov B.I. Choriyeva M.S. (2022). Yoshlarni ilm-fan
va innovatsiyalarga qiziqtirishning noananaviy usuli. Eursian Journal of
Academic Research.
8.
Abdisheribov,
S.,
Yo'Ldosheva,
M.,
&
Jumayeva,
M.
(2022).
IMPLEMENTING CREATIVE WRITING IN ENGLISH LANGUAGE
TEACHING CLASSROOMS. Science and innovation, 1(B8), 1343-1347.
