Авторы

  • Quranboyeva Nozima
    Ajiniyoz nomidagi Nukus DPI Turkiy tillar fakulteti talabasi
  • Axmedova Muxlisa
    Ajiniyoz nomidagi Nukus DPI Turkiy tillar fakulteti talabasi
  • Satmuratova Xurmo
    Ajiniyoz nomidagi Nukus DPI Turkiy tillar fakulteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijrs.70963

Ключевые слова:

Abdulla Qodiriy Cho‘lpon ijod so‘z sehri maktab “Turon kutubxonasi” davr tuzum xon.

Аннотация

Agar ziyolilarimiz, yozuvchilarimiz, adabiyotshunoslarimiz qalami bilan hozirgi adolatni qo‘rqmasdan yozsa, Abdulla Qodiriylar, Cho‘lponlar, Fitratlar ruhi shod bo‘ladi.Vaqtlar o‘tadi. Xudo xohlasa 10-12 yildan keyin biz niyat qilgan, butun dunyo bilan kurasha oladigan yoshlar paydo bo‘ladi. Men bunga ishonaman”,-deya Prezidentimiz o‘z fikrlarini bildirdi.


background image





63

“MEHROBDAN CHAYON” ROMANIDA DAVR VA SHAXS TALQINI

Quranboyeva

Nozima,

Axmedova

Muxlisa, Satmuratova Xurmo

Ajiniyoz nomidagi Nukus DPI Turkiy tillar
fakulteti talabalari

Annotatsiya

.Agar ziyolilarimiz, yozuvchilarimiz, adabiyotshunoslarimiz qalami bilan

hozirgi adolatni qo‘rqmasdan yozsa, Abdulla Qodiriylar, Cho‘lponlar, Fitratlar ruhi shod
bo‘ladi.Vaqtlar o‘tadi. Xudo xohlasa 10-12 yildan keyin biz niyat qilgan, butun dunyo bilan
kurasha oladigan yoshlar paydo bo‘ladi. Men bunga ishonaman”,-deya Prezidentimiz o‘z
fikrlarini bildirdi.

1

Kalit so`z:

Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, ijod, so‘z sehri,maktab, “Turon kutubxonasi”,

davr, tuzum, xon.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni Abdulla Qodiriy

nomidagi

ijod

maktabiga

tashrifi

davomida

yozuvchi

va

shoir,

adabiyotshunosolimlar, yosh ijodkorlar bilan muloqot qiladi. “Bitta narsani
hammamiz bilishimiz kerak. Adabiyotsiz iqtisodiyot ham, ma’naviyat ham
bo‘lmaydi.O‘zini hurmat qilgan inson Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar”ini bir
emas, bir necha marta o‘qigan bo‘ladi. Nega desangiz, uni o‘qigan odam hech
qachon oilaga xiyonat qilmaydi, kerak bo‘lsa vatanga xiyonat qilmaydi.Jadid
bobolarimiz Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Behbudiy, Munavvarqori... Ular
imorat qurmagan, o‘ziga boylik izlamagan. Bitta-yu bitta xazina ne mashaqqat
bilan topgan pullariga kutubxona qurganlar. Shu “Turon” kutubxonasini ham
o‘zlarining mablag‘lariga qurib, mana shu elimizga, kerak bo‘lsa, o‘zligimizga
namoyon qilib, tirik haykal qilib ketgan desak to‘g‘ri bo‘ladi. Bu kutubxona
namuna bo‘lishi kerak. Bu kutubxonada ma’rifat nuri bizga har tomonlama yangi-
yangi zafarlar, natijalarga madadkor bo‘lishi kerak. Bu kutubxonaning nuri
hammamizga kuch-quvvat berib turishi kerak.

1. ABDULLA QODIRIY BOSHIDAN O‘TGAN KUNLAR

“Tarixni g‘oliblar yozadi”, - deyishadi. Haqiqatdan ham, g‘oliblar yozib

qo‘limizga tutqazib qo‘ygan to‘p-to‘p qog‘ozlarda asr jinoyati bo‘lib bo‘yab
bejaldi, ko‘klarga ko‘tarildi. Hujumlarda berilgan voqealar hamon jumboqli,
hamon chigal. Bir savol ortidan, o‘n savol keladi. Abdulla Qodiriy va uning
safdoshlari taqdiri nechun bunday ayanchli kechdi? Bu savollarga javob toppish

1

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2021-yil 26-dekabr kuni Abdulla Qodiriy nomidagi ijod

maktabiga tashrifi davomida so`zlagan nutqidan.


background image





64

uchun moziyga qaytamiz. Zero, Qodiriy ta’biri bilan aytganda “Moziyg‘a qaytib
ish ko‘rish, xayrli deydilar”. Moziydan, yaqin o‘tkan kunlardan, tariximizning eng
kirli, qora kunlariga boqib, undan haqiqat izlaymiz.

Abdulla Qodiriy 1894-yili 10-aprelda Toshkent shahrida Beshyog‘och dahasi

to‘rtinchi Eshon guzar mahallasida dunyoga kelgan. Otasi Qodir bobo yigitlik
chog‘larida savdo bilan shug‘ullangan, sarbozlik ham qilgan. Keyinchalik
keksaygach bog‘bonlik qilib kun kechirgan. Onasi Josiyatbibi uybekasi bo‘lgan.

Abdulla Qodiriy nega yozuvchilik qismatiga bo‘yin egdi? O‘sha paytlardagi

davrning katta dardini o‘z asarlarida ko‘rsata oldi. Bu dard uchun, bu asarlar uchun
u suqmatayoq Julqunboyga, Ovsar-u tentakka aylandi, boshini ming bir toshga
urdi. Dastlabki asarlaridayoq islohatchi-ma’rifatchi ekani ayon bo‘ladi. Abdulla
Qodiriy 21 yoshidan boshlab ,,To‘y“, ,,Ahvolimiz“, ,,Millatimga bir qaror “, ,,Fikr
aylag‘il “nomli she’rlari bilan xalqiga murojaat qilgan.

Ko‘rbizning ahvolimiz, g‘aflatda qanday yotamiz,
Joyi kelgan chog‘ida, vijdonni pulga sotamiz.
O‘g‘limizga na adab, na fan, na yaxshi so‘ylamak,
Na Xudoning buyrug‘I bo‘lgan ulum o‘rgatamiz.

2. “MEHROBDAN CHAYON”NING TAG ILDIZLARI

“Mehrobdan chayon” — oʻzbek romanchiligining asoschisi Abdulla

Qodiriyning ikkinchi yirik asari, 1928-yil fevralda yozib tugatilgan. Roman
birinchi marta 1929-yil Samarqandda bosilib chiqdi. Roman mavzusi 19-asr
hodisalari — „xon zamonlari“ davridagi oʻzboshimchaliklarni koʻrsatishga
qaratilgan boʻlsa-da, unda roman yozilgan davr ruhi kuchli singdirilgan.

Asarni „Mehrobdan chayon“ deb atash, ziyoli ulamolarni qahramon qilib

tanlashdan murod muqaddas dargoh— sajdagohdan chiqqan, oʻsha dargohga
nomunosib, munofiq, qallob, tuban kimsalarga, hasadgoʻy, eʼtiqodsiz kishilarga
ishoradir. Romanda Anvar bilan Raʼnoning sevgi sarguzashti, qalb nazokati
shoirona tarannum etilgan. Maktabdor Solih mahdumning yumoristik obrazi
adabiyotshunoslar tomonidan yozuvchining jiddiy yutugʻi deya hisoblanadi.

Asar uzoq yillar davomida juda koʻp marotaba qaytadan nashr etilgan.

Jumladan 1994-yilda Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi
tomonidan “Oʻtkan kunlar” bilan bir kitobda 602 betli 60 000 nusxada, 2016-yilda
Yangi asr avlodi nashriyoti tomonidan 512 betli yumshoq muqovada, 2008 va
2018-yillarda Sharq nashriyoti tomonidan 288 betli qattiq muqovada nashr etilgan.


background image





65

Garchi „Mehrobdan chayon“da davr zugʻumi muayyan darajada sezilsa ham,
adibda goho tarafkashlik mayllari koʻrinsada, amalda realizm mavqeida turgan,
tarixiy haqiqatni mumkin qadar haqqoniy ifodalashga intilgan. Yozuvchining
„Mehrobdan chayon“dagi realistik mahorati Solih maxdum obrazida juda yorqin
namoyon boʻlgan. Romanda muallif yengil hazil-mutoyiba, kulgi-yumor, piching,
kinoya-kesatiq, hajv orqali maxdum tabiatiga xos „maqtab boʻlmaydigan“
xususiyatlarni batafsil koʻrsatadi. Bunday xususiyatlarning ichki va tashqi ijtimoiy
ildizlarini ham ochadi. Ayni paytda mahdumning „hamma nuqsonlarini yuvib
ketarlik“ fazilatini ham taʼkidlaydi: „nima boʻlganda ham maxdum oʻz
zamonasining eng oldingi domlalaridan, Qoʻqon aksariyatining savodxon
boʻlishlariga sababchi ustozlardan“. Romandagi Anvar bilan Raʼno obrazlari, bir
qarashda, romantik qahramonlarday taassurot beradi. Barkamollik – aql-zakovat,
doʻstga, sevgiga sadoqat, erk, adolat yoʻlidagi shijoat bobida ular afsona, doston
qahramonlarini eslatadilar. Ishqiy mulohazalar bobida bu ikki yosh juda erkin,
oralaridagi gap-soʻzlar bir qadar kitobiy, shoirona… Masalaga sinchiklab qaralsa,
Anvar va Raʼnodagi favqulodda, kitobiy tuyulgan xislatlar, ularning „gʻayritabiiy“
xatti-harakatlari mantiqan va ruhiy jihatdan asoslangan. Ular maktab koʻrgan,
yaxshi tarbiya, chuqur bilim olgan, Sharqning yuksak madaniyati, gumanistik
gʻoyalarini oʻzlari uchun chin eʼtiqod, bosh maqsad qilib olgan odamlardir. Adib
asar personajlari qismati bilan bogʻliq holda muhim tarixiy hodisalar, shaxslar,
sarguzashtlar haqida ham maʼlumot beradi. Solih maxdumning kechmishi, ota-
bobolari qismati bahonasida keltirilgan Amir Umarxonning kanizi toʻgʻrisidagi
hikoya, haq ishlari uchun jabr koʻrgan Sayidxon, mulla Siddiq va
Moʻminjonlarning achchiq qismati, Xudoyorxon tarixi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar,
Ogʻacha oyim sarguzashtlari, xon harami, xotinlari, oʻrdadagi qullar haqidagi aniq
maʼlumotlar asarda salmoqli oʻrin tutadi. Ular bilan tanishganda hujjatli-tarixiy,
publitsistik asar oʻqiyotganday boʻlasiz. Yozuvchi baʼzan qahramonlari tabiatini,
xususan haramdagi qizlar fojiasini hazil-mutoyiba, oʻyin-kulgi orqali ochib beradi.
Ammo bu kulgili boʻlib tuyulgan hodisalar zamirida jiddiy insoniy drama va
shafqatsiz haqiqat yotadi. Xullas, „Mehrobdanchayon“ hayot haqiqatini „orttirmay
va kamitmay“ oʻz holicha jamiki qirralari, tovlanishlari bilan gavdalantirgan,
xarakterlar olamini, ruhiyatini oʻziga xos ohanglar, boʻyoqlar vositasida kashf etib
bergan oʻxshashi yoʻq badiiy obidadir. Abdulla Qodiriy juda qisqa, bor yo‘g‘i 44
yil umr ko‘rdi. Shu yillarning har bir daqiqasini Qodiriy o‘zi uchun emas, xalqi
uchun, jaholat botqog‘iga botgan yurtini ozod etmak uchun sarfladi. Har bitta


background image





66

she’rlarida, hikoyalarida, felyeton-u hajviyalarida, romanlarida xalqiga murojaat
qilishdan to‘xtamadi. Otabek bo‘lib yuqori lavozimli ziyoli qatlamdan, adolatli
podshohlardan umidvor bo‘ldi, Kalvak Mahzum qiyofasida e’tiqodiga sobit
Qodiriyni ko‘rsatdi, “Yig‘indi gaplar” maqolasi orqali “Ovsar” qiyofasida bor
haqiqatlarni ochiqladi, Julqunboy qiyofasi orqali kulgu ostida juda achchiq
haqiqatlarni keltirdi. Bular ortidan o‘ziga ne kunlar kelajagini Qodiriy bilar edi va
bu vaziyatni “Mehrobdan chayon” romanida ko‘rsatdi. Asar yakunidagi kabi
Anvar qiyofasidagi Qodiriyni xalq qutqarishiga umid bog‘ladi. Zero Cho‘lpon
aytganidek,“Xalq dengizdir, xalq to‘lqindir , xalq kuchdir”. Ming afsus… Abdulla
Qodiriy hayotida uni qutqarguvchi xalq bo‘lmadi. Lekin yozuvchining davrdosh-u
davradosh, lek, darddosh bo‘lolmagan hamkasblari mehrobdan chiqqan chayonlik
vazifasini to‘liq ado etdilar. Bundayin ruhdagi asarlari orqali Qodiriy o‘z xalqiga,
yurtdoshlariga, katta lavozimli amaldorlarga ko‘zgudagi asl turqini ko‘rsatib , rohat
botqog‘idan chiqishga chorladi. Ammo qon rangini xush ko‘rguvchi qizil
imperiyaga Otabek-u Anvar emas, Obid ketmonlar kerak edi. Hammasi tugadi.
1938-yil 4-oktabr Millatimiz tarixidagi qonli sana. Abdulla Qodiriyning so‘nggi
so‘zlari esa hukmni ijro qiluvchi zobitga bo‘ldi. “So‘nggi istagim, iltimos ikki
rakaat namozimni o‘qib olay…”

Non so‘rab kelganga joningni berding,
Sendadir matonat, sendadir toqat.
Qon so‘rab kelganga shoningni berding,
Yurtingni berding sen, qattol xiroji
O‘ldirsang o‘zingni o‘ldirding faqat,
Assalomu alaykum dorning og‘ochi.

(Rauf Parfi)

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Shavkat Mirziyoyev. “Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik- Milliy
g‘oyamizning poydevoridir ”.16.02.2021

2.

“O‘tkan kunlar” romani . G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot. Tosh.: 1992

3.

“Mehrobdan chayon” romani . “Navro‘z” nashriyoti –T.: 2019

4.

Tajimuratovna, X. M., Menglibaevna, B. S., Ataxanovna, Y. G., &
Zaripbaevna, S. A. (2021). Umumiy O ‘Rta Ta’lim Maktablarida O ‘Quvchilar
Bilimlarini Baholash Va Nazorat Qilishda Elektron Vositalaridan Foydalanish
Usullari. BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY
JURNALI, 1(5), 16-19.


background image





67

5.

Adilbaevna, K. Z. (2019). SOCIO-PSYCHOLOGICAL BASIS OF MODERN
POETRY. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English
Language and American Studies, 8(11), 37-42.

6.

Abdurakhimova, P. D. THEORETICAL AND PRACTICAL FOUNDATIONS
OF

BANKING

INNOVATIONS'IMPACT

ON

ECONOMIC

DEVELOPMENT OF COUNTRIES.

7.

Subxanovich, A. A. (2023). Communication Features of a Qualified Doctor
with Different Patients.

8.

Gulmurza, K. (2021). Synonymy in Uzbek and Karakalpak Phrases with the
Concept of" Speech". American Journal of Social and Humanitarian Research,
2(6), 98-103.

9.

Mengliboevna, B. S., & Sherali, M. (2021, October). The Need to Develop
Students' Professional Competencies in Teaching Specific Methods of
Teaching the Uzbek Language. In " ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM
(pp. 131-132).

Foydalanilgan internet saytlari:

1.

www.n.ziyouz.com

2.

www.kh-

davron.uz


Библиографические ссылки

Shavkat Mirziyoyev. “Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik- Milliy g‘oyamizning poydevoridir ”.16.02.2021

“O‘tkan kunlar” romani . G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot. Tosh.: 1992

“Mehrobdan chayon” romani . “Navro‘z” nashriyoti –T.: 2019

Tajimuratovna, X. M., Menglibaevna, B. S., Ataxanovna, Y. G., & Zaripbaevna, S. A. (2021). Umumiy O ‘Rta Ta’lim Maktablarida O ‘Quvchilar Bilimlarini Baholash Va Nazorat Qilishda Elektron Vositalaridan Foydalanish Usullari. BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI, 1(5), 16-19.

Adilbaevna, K. Z. (2019). SOCIO-PSYCHOLOGICAL BASIS OF MODERN POETRY. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 8(11), 37-42.

Abdurakhimova, P. D. THEORETICAL AND PRACTICAL FOUNDATIONS OF BANKING INNOVATIONS'IMPACT ON ECONOMIC DEVELOPMENT OF COUNTRIES.

Subxanovich, A. A. (2023). Communication Features of a Qualified Doctor with Different Patients.

Gulmurza, K. (2021). Synonymy in Uzbek and Karakalpak Phrases with the Concept of" Speech". American Journal of Social and Humanitarian Research, 2(6), 98-103.

Mengliboevna, B. S., & Sherali, M. (2021, October). The Need to Develop Students' Professional Competencies in Teaching Specific Methods of Teaching the Uzbek Language. In " ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM (pp. 131-132).