Авторы

  • Masharipova Guli
    Ajiniyoz nomidagi Nukus DPI Turkiy tillar fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabasi
  • Olimova Sevinchoy
    Ajiniyoz nomidagi Nukus DPI Turkiy tillar fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabasi
  • Tilovbayeva Nasiba
    Ajiniyoz nomidagi Nukus DPI Turkiy tillar fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijrs.70966

Ключевые слова:

Navoiy ijodi G‘arb adabiyoti aruz tarjima so‘z adabiyot komillik “Lison ut-tayr” turkiy xalq

Аннотация

O‘zbek va boshqa turkiy xalqlarning buyuk shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi sifatida Sharqda ham, G‘arbda ham ulug‘lanadigan Navoiy yoshligidan qutlug‘ dargohda yashadi va ta’lim oldi. Hozirgi kunda Alisher Navoiy ijodini xorijda o‘rganish keng ommalashmoqda. Navoiy bobomiz nafaqat Sharqda, balki G`arbda ham sevib o‘rganiladi. Chunki uning asarlari zamon,makon,yosh va millat tanlamaydi.


background image





45

NAVOIY IJODINING XORIJDA TADQIQ ETILISHI

Masharipova Guli, Olimova Sevinchoy,
Tilovbayeva Nasiba

Ajiniyoz nomidagi Nukus DPI Turkiy tillar
fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi
talabalari

Annotatsiya:

O‘zbek va boshqa turkiy xalqlarning buyuk shoiri, mutafakkiri va davlat

arbobi sifatida Sharqda ham, G‘arbda ham ulug‘lanadigan Navoiy yoshligidan qutlug‘
dargohda yashadi va ta’lim oldi. Hozirgi kunda Alisher Navoiy ijodini xorijda o‘rganish keng
ommalashmoqda. Navoiy bobomiz nafaqat Sharqda, balki G`arbda ham sevib o‘rganiladi.
Chunki uning asarlari zamon,makon,yosh va millat tanlamaydi.

Kalit so‘z:

Navoiy ijodi, G‘arb adabiyoti, aruz, tarjima, so‘z, adabiyot, komillik, “Lison

ut-tayr”, turkiy xalq.

Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Hirotda dunyoga keladi. Navoiyning

hayoti va ijodini u hayotlik paytida o‘rganish boshlangan. Misol uchun, “Majolis
un-nafois” asarida o‘zi qaysi tarixchi, olim, shoir va amirlar bilan ko‘rishib
suhbatiga muyassar bo‘lganligi berilgan. Navoiy o‘z davrining sayroqi bulbuli,
so‘z xazinasining poyloqchisi va so‘z mulkining o‘z davri sultoni bo‘lgan.
Yoshligidanoq zamonning taniqli tarixchisi Yazdiyning e’tiboriga tushganligi,
Darvesh Mansurdan aruz haqida saboq olganligi yoritilgan. Navoiy o‘z asarlari va
zamondoshlari asarlarida hamisha barhayot yashab keladi. Chunki, Navoiyning
birgina “Xamsa” asarining o‘zi o‘sha davrda ham hozirgi kunda ham durdona
asardir. Navoiy turkiyda yozgan eng ajoyib asar bu “Xamsa”dir. Navoiy o‘z
asarlarida “komil inson” obrazini yaratmoqchi bo‘ladi. Bizning qarashlarimizcha,
Navoiyning o‘zi komillikka arziydi, chunki uning buyukligi fors-tojik tili muhitida
yashab turib, eng katta asari “Xamsa”ni turkiychada yozganida deb bilamiz.
Bunday olib qaraganda, Navoiy obrazining o‘zi faqatgina o‘zbek xalqi adabiyotida
va og‘zaki ijodida emas, balki tojik turkman xalqlari adabiyoti-yu, folklorida ham
asosiy o‘rin egallaydi. Misol uchun, turkman folklorida Alisher Navoiyni Mirali,
Husayn Boyqaroni Sulton Suyun, Guli obrazini esa Gul deya o‘zgartirib talqin
qilishgan. Ammo bularning hammasi ham haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi,chunki
xalqdan xalqqa, og‘izdan og‘izga o‘tgan payti ayrim joylari o‘zgaradi yoki olib
tashlanadi. Yana bir sabab borki,har bir xalq o‘zining shevasiga yokida milliyligiga
moslashtirib oladi. Shu sababdan ham Navoiyning barcha asarlari chet el
olimlarining nazariga tushgan.


background image





46

Biz aytishimiz mumkinki, Alisher Navoiy adabiyotda hozirgi kun uchun

katta bir yo‘nalish yasab ketdi. Chunki, uning birgina asarini olib talqin
qilarkanmiz, tasavvufning keng tarmoqlariga kirib boramiz. Shu sababli Alisher
Navoiy ijodiga G‘arb dunyosining qiziqishi hamon davom etib kelmoqda. Navoiy
ijodining bir qatrasini kashf etgan xorijlik borki, o‘z hayratlarini yashira olmaydi.
Tezroq Navoiy haqida zamondoshlariga xabar bergisi, uni o‘z ona tiliga o‘girgisi
kelaveradi. Navoiy g‘azaliyoti bilan yuzlashgan G‘arb madaniyati vakillari borki,
uni - ijodi yuksak, takrorlanmas shoir ekanini e’tirof etadi. Amerikalik
islomshunos olim Barri Xoberman “Saudi Aramco World” jurnalida chop
etilgan “Chaucer of Turks” nomli maqolasida Navoiyni Sharq uyg‘onish davri
asoschilaridan biri sifatida e’tirof etadi. Germaniyaning Frayye universiteti
simpoziumida o‘qilgan ma’ruzalar asosida tashkil etilgan “Mir Alisir Nawai”
nomli to‘plamga kiritilgan Z.Klaynmihelning “Navoiy-benavo” nomli 300 sahifali
maqolasida Navoiy ijodidan olgan hayratlarini bir maqola ichiga joylash ilojsiz ish.
Navoiyning “Sab’ai sayyor” asari asosida italiyalik Maykl Tramezzino tomonidan
1557-yilda yaratilgan va dunyoning bir necha tillariga qayta-qayta tarjima qilingan
“Sarandipning uch shahzodasi” asarini tadqiq qilgan amerikalik sharqshunos
Richard Boyl bu asarni Yevropa Uyg‘onish davrining shoh asari deb ataydi.
O‘zbekistonga kelib, Alisher Navoiy ijodini o‘rgangan va uning “Lison-ut-tayr”
asarini ingliz tiliga tarjima qilgan kanadalik Harri Dik Navoiyga “Dunyoni
ma’naviy tanazzuldan qutqara oladigan ko‘ngil bog‘ining bog‘boni” deya ta’rif
beradi. So‘nggi yillarda xorijliklar tomonidan Navoiy asarlari birin-ketin tarjima
qilinib chop etilmoqda. Bular qatoriga Navoiy g‘azaliyotining polyak tiliga
tarjimoni Yanush Kjijovskiy, ukrain tiliga tarjimoni, shoir Nikolay Bajanning
“Farhod va Shirin” dostonining tarjimalarini kiritish mumkin. Biroq, bu buyuk
shoir ijodining bir debochasi, xolos. Navoiy g‘azallarini ingliz tiliga tarjima
qilayotgan jur’atli o‘zbek tarjimonlari safi kengaymoqda, xususan, A’zam Obidov,
Qosimboy Ma’murov, Dinara Sultonova, Aida Bumatova shular jumlasidan. Biroq,
endilikda qilingan tarjimalar xorijlik muharrir tahriridan o‘tib, to‘plam holida nashr
etilishi, eng asosiysi, ular xorijiy davlatlarga targ‘ib etilishi kerak. Zero, o‘zbek
tarjimashunoslari g‘azal asliyatidagi ma’no va badiiyatning tarjimada qayta
yaratilgan yoki yo‘qligiga baho berishi mumkin, ammo, tarjima tilining silliq va
xorijlik retseptor uchun o‘qishliligiga eng odil bahoni xorijiy til egasigina bera
oladi. O‘tgan yili Amerikaning Massachusets shtati, Salem shahrida istiqomat
qiluvchi adabiyotshunos, yozuvchi va shoir Denis Deli tomonidan tarjima qilinib,


background image





47

2016-yilning dekabr oyida AQSH Cervena Barva Press nashriyotida chop etilgan
“Twenty one Ghazals by Alisher Navoiy” deb nomlangan kitob sotuvga chiqarildi.
Mazkur mo‘jazgina to‘plam muallifning beshinchi kitobi bo‘lib, ko‘plab nufuzli
ro‘znoma va nashriyotlarda muharrirlik qilib kelgan Denis Deli endilikda ijodkor
va tarjimon sifatida badiiy asar va tarjimalar ham nashr ettirmoqda. To‘plam
xorijliklar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi. Ma’lumki, Alisher Navoiy
g‘azallarida badiiy tasvir rango-rangligi kuzatiladi. Deli tarjimalarida tagma’no va
ko‘p sonli tasvirning ayrimlarini uchratsangiz-da, tarjimalar nihoyatda o‘qishli
chiqqan, eng muhimi xorijliklar Navoiyni kashf etishmoqda, bu tarjimalar orqali
shoir she’riyati ularga ma’qul kelmoqda.

Men Navoiy asarlarini chuqur o‘rganish uchun kuchli falsafa va tasavvuf

ilmi kerak deb o‘ylayman. Asarlar mushohadasiga yetish uchun avvali inson
botiniy bilimlar, majoziy va haqiqiy ishqdan xabardor bo‘lishi kerak. Navoiy
asarlarida komillik va komil inson obrazini yaratgan, qaysidir ma’noda
tasavvufdagi tariqat yo‘lini yoritib bergan desak bo‘ladi. Aynan shu narsa xorijlik
olimlarni nazariga tushgan va tadqiqotlarga sabab bo‘lmoqda. Professor Najmiddin
Komilovning fikricha, Navoiy asarlarining markazida ibrat va komillik turadi.
Sababi inson qaysi yoshda bo‘lsa ham Navoiy asariga muhabbat qo‘yadi. Misol
uchun, “Mahbub ul-qulub” asari odamni odob-axloqqa, ta’lim olishga undaydigan
va insonni ham ruhiy, ham ma’naviy tarbiyalovchi asari ekanini bilamiz.Asarda
insonni o‘zini o‘zi taftish qilishi, xato va kamchiliklarini bilib olishi, axloq
odamning qimmatbaho libosi ekani asarda yoritilgan. Xorijiy ilmiy tadqiqotlar
shuni ko‘rsatadiki, Navoiyning she’riyati va nasriy asarlari inson tafakkuriga
kerakli ozuqa bera oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Atakhanovna, Y. G. (2020). ON THE CREATION OF EDUCATIONAL
CONTENT AND THE PECULIARITY OF ITS USE FOR
MISCELLANEOUS LEARNING IN THE LESSONS OF THE UZBEK
LANGUAGE. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for
English Language and American Studies, 9(2), 58-65.

2.

Abdurakhimova, D. K. (2014). PREREQUISITES FOR THE TRANSITION
OF TRADITIONAL BANKS TO DIGITAL BANKING. The Way of
Science, 23.

3.

Бекниязов, Б. К. (2021). Концепт «кость» в языке казахов
Каракалпакстана. In НАУКА В СОВРЕМЕННОМ МИРЕ (pp. 346-350).


background image





48

4.

Bekniyazov, B. K. (2022). Effectiveness of “Resume” Technology in
Forming the Knowledge of Students. International Journal of Multicultural and
Multireligious Understanding, 9(11), 210-213.

5.

Bekniyazov, B. K. (2021). Linguocultural peculiarities of the concept “eye” in
phraseological units in the language of the kazakhs of Karakalpakstan.
ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY
RESEARCH JOURNAL, 11(1), 673-678.

6.

Iriskulov, A., Aslanov, A., & Subhonova, A. (2021). WHY DO WE NEED A
GLOBAL LANGUAGE?. Збірник наукових праць ΛΌГOΣ.

7.

Mengliboevna, B. S., & Sherali, M. (2021, October). The Need to Develop
Students' Professional Competencies in Teaching Specific Methods of
Teaching the Uzbek Language. In " ONLINE-CONFERENCES"
PLATFORM (pp. 131-132).



Библиографические ссылки

Atakhanovna, Y. G. (2020). ON THE CREATION OF EDUCATIONAL CONTENT AND THE PECULIARITY OF ITS USE FOR MISCELLANEOUS LEARNING IN THE LESSONS OF THE UZBEK LANGUAGE. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 9(2), 58-65.

Abdurakhimova, D. K. (2014). PREREQUISITES FOR THE TRANSITION OF TRADITIONAL BANKS TO DIGITAL BANKING. The Way of Science, 23.

Бекниязов, Б. К. (2021). Концепт «кость» в языке казахов Каракалпакстана. In НАУКА В СОВРЕМЕННОМ МИРЕ (pp. 346-350).

Bekniyazov, B. K. (2022). Effectiveness of “Resume” Technology in Forming the Knowledge of Students. International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 9(11), 210-213.

Bekniyazov, B. K. (2021). Linguocultural peculiarities of the concept “eye” in phraseological units in the language of the kazakhs of Karakalpakstan. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(1), 673-678.

Iriskulov, A., Aslanov, A., & Subhonova, A. (2021). WHY DO WE NEED A GLOBAL LANGUAGE?. Збірник наукових праць ΛΌГOΣ.

Mengliboevna, B. S., & Sherali, M. (2021, October). The Need to Develop Students' Professional Competencies in Teaching Specific Methods of Teaching the Uzbek Language. In " ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM (pp. 131-132).