73
XORIJ TAJRIBASI INVESTITSIYALARNI JALB QILISH VA
BOSHQARISHNING XORIJ TAJRIBASI HAMDA UNI
MAMLAKATIMIZDA TADBIQ ETISH IMKONIYATLARI
Jamolov Jo`rabek Jamolovich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti,
doktoranti. Telefon: 99 817 51 35
Annotasiya:
Мaqolada Investitsiyalarni jalb qilish va boshqarishning xorij tajribasi
hamda uni mamlakatimizda tadbiq etish imkoniyatlari bilan bog`liq jarayonlar tadqiq etilgan.
Investitsiyalarni jalb qilish bo`yicha dunyoning yetakchi mamlakatlaridan biri bo`lgan
AQShning investitsion siyosati, investitsiyalarni jalb qilish va ularni boshqarish, tartibga solish
va nazoratni yo`lga qo`yish yo`llari haqida va Yaponya, Xitoy, Germaniya, Fransiya, Kanada,
Buyuk Britaniya, Hindiston, Braziliya kabi dunyoning eng yirik iqtisodiyotiga ega bo'ladigan
davlatlar xorij tajribasi tahlil qilingan. Rivojlangan mamlakatlar investitsion jozibadorligini
mamlakatimizda tadbiq etish bo`yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar shakillantirilgan.
Kalit so'zlar:
investitsiyalarni jalb qilish, investitsiya salohiyat, investitsion jozibadorlik,
xorij tajribasi, raqobat afzalligi, investitsion samaradorlik, investitsion risk, bozor mexanizmi
.
Аннотация:
В статье рассмотрен зарубежный опыт привлечения и управления
инвестициями, а также процессы, связанные с возможностями его внедрения в нашей
стране. Анализируется инвестиционная политика США, одной из ведущих стран мира по
привлечению инвестиций, о способах привлечения инвестиций и налаживания управления,
регулирования и контроля за ними, а также зарубежный опыт таких стран, как Япония,
Китай, Германия, Франция, Канада, Великобритания, Индия, Бразилия, которые будут
иметь крупнейшие экономики мира. Сформулированы научные предложения и
практические рекомендации по реализации в нашей стране инвестиционной
привлекательности развитых стран.
Ключевые
слова:
привлечение
инвестиций,
инвестиционный
потенциал,
инвестиционная привлекательность, зарубежный опыт, конкурентное преимущество,
эффективность инвестиций, инвестиционный риск, рыночный механизм.
Abstract:
The article examines the foreign experience of attracting and managing
investments, as well as the processes associated with the possibilities of its implementation in
our country. The article analyzes the investment policy of the United States, one of the leading
countries in the world in attracting investments, on ways to attract investments and establish
management, regulation and control over them, as well as the foreign experience of countries
such as Japan, China, Germany, France, Canada, Great Britain, India, Brazil, which will have
the largest economies in the world. Scientific proposals and practical recommendations on the
implementation of the investment attractiveness of developed countries in our country are
formulated.
Key words:
investment attraction, investment potential, investment attractiveness, foreign
experience, competitive advantage, investment efficiency, investment risk, market mechanism.
74
Kirish.
Yurtimizda iqtisodiy islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirilishi va bu
jarayonda davlatning bosh islohotchi ekanligi mamlakatimizning bozor
iqtisodiyotiga о‘tishining о‘ziga xos xususiyatlaridan biri bо‘lib hisoblanadi. Bu
jarayon investitsiya faoliyatini tartibga solish borasida kо‘plab qarorlar qabul
qilishni talab etadi. “O‘zbekiston bilan ishlash istagini bildirgan xorijiy investorlar
bilan mustahkam aloqa o‘rnatib, loyihaning boshidan oxirigacha ularga yordam
berish, oddiy qilib aytganda, ularni qo‘lidan yetaklab “natijani ta’minlash kerak”, -
dedi Shavkat Mirziyoyev[1]. Iqtisodiyot tarmoqlariga investitsion faoliyatni tо‘g‘ri
yо‘lga qо‘ymasdan, ichki va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va samarali
о‘zlashtirish ishlarini amalga oshirmasdan turib iqtisodiyotni barqaror о‘stirish,
asosiy kapitalni yangilanishiga va butun investitsion-moliyaviy sohada tarkibiy
о‘zgarishlarga erishib bо‘lmaydi shuning uchun davlat tomonidan ushbu islohotlar
tartibga solib turiladi. Mamlakatni rivojlanish va iqtisodiy holatini yaxshilashda
xorijiy investitsiyalarning o`rni muhim hisoblanadi.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili
Investitsiyalarni jalb qilish va boshqarishning xorij tajribasi hamda uni
mamlakatimizda tadbiq etish imkoniyatlari doirasidagi qator tadqiqot izlanishlari
xorijlik iqtisodchi olimlardan C.Liyesbeth, M.Miyet, S.Jo ilmiy izlanishlarida
alohida ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotchilar fikricha, o'tish davri mamlakatlarida
iqtisodiyotni liberallashtirish jarayoni to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb
qilish tizmini takomillashtirishning muhim omili hisoblanadi. To'g'ridan-to'g'ri
kapitalni to'plash va texnologik nou-xau orqali milliy korxonalarga texnologiyalar
va bilimlarni jalb qilinishi iqtisodiy o'sishning barqaror sur'atlarini ta'minlaydi[2].
P.Mihayela, A.Vaqar, X.Helian tadqiqotlarida milliy iqtisodiyotga xorijiy
investitsiyalarni jalb qilishning institutsional mexanizmi tadqiq etiladi. Tadqiqot
natijalariga muvofiq mamlakat iqtisodiyotidagi institutsional sifat o'zgarishlarining
to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish tizimiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi
qayd etiladi[3].
M.V.Charayeva ilmiy tadqiqotlarida tashkilotlarning real sarmoyalarini
moliyaviy boshqarish jarayonlarining kontseptual asoslari o'rganilgan. Innovatsion
yo'naltirilgan iqtisodiyot sharoitida real sarmoyalarni strategik moliyaviy
boshqarish xususiyatlari bayon etilgan[4].
N.G'.Karimov xorijiy investitsion korxonalar uchun makroiqtisodiy,
qonunchilik va ma'muriy shart-sharoitlarni va imkoniyatlarni hisobga olgan holda
75
barqaror soliq qonunchiligi tizimini joriy etish hamda iqtisodiyotga xorijiy
investitsiyalarni jalb etish, dasturini shakllantirish bilan bog'liq jarayonlar tadqiq
etiladi[5].
D.G'ozibekov, E.Nosirov ilmiy izlanishlarida investitsion salohiyatni
oshirishda soliq yukini kamaytirish, fond bozorlari o'rnini keskin oshi-rish, xususiy
xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish uchun qulay investitsion va ishbilarmonlik
muhitini shakllantirish tadbirlari samarali amalga oshirish bilan bog'liq
jarayonlarni tadqiq etiladi[6].
D.Sh.Bababekova, B.O.Tursunov tadqiqotlarida faol investitsion jarayonlarni
raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirishdagi o'rni, faol investitsiyalar orqali
raqobatbardosh iqtisodiyotni shallantirishning xorij tajribasi va undan samarali
foydalanish imkoniyatlari asoslanadi[7].
R.H.Bozorov
ilmiy
izlanishlarida
investitsiya
muhitining
omillari,
xususiyatlari, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish milliy iqtisodiyotning xalqaro
indekslarda ishtirokiga bevosita bog'liqligi tadqiq qilingan[8].
Investitsiyalarni jalb qilish va boshqarishning xorij tajribasi hamda uni
mamlakatimizda tadbiq etish imkoniyatlari asoslashga yo'naltirilgan yuqoridagi
tadqiqotlarda makroiqtisodiy sharoitlarni yaratish orqali investitsiya jarayonlari va
iqtisodiy o'sishning faol sur'atlarini ta'minlash imkoniyatlari o'rganilgan.
Investitsiyalari hajmining o'sishiga ijobiy ta'sir ko'rsatuvchi omillar orasida xususiy
mulkning yuqori mavqe, raqobat muhitining mavjudligi, to'lovga qobiliyatli
iste'mol bozorining o'rni bilan bog'liq jarayonlar tadqiq etilmagan.
Tadqiqot metodologiyasi
Investitsiyalarni jalb qilish va boshqarishning xorij tajribasi hamda uni
mamlakatimizda tadbiq etish imkoniyatlari
mavjud bo'lgan ilmiy tadqiqotlarni
xorijiy mamlakatlar tajribasini o'rganish, statistik ma'lumotlarni va iqtisodiy
jihatdan taqqoslash va tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, ilmiy abstraktsiyalash,
ma'lumotni guruxlash, analiz va sintez, induktsiya va deduktsiya usullaridan keng
foydalanilgan.
Tahlil va natijalar
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so`ng ko`plab yillar davomida
investitsion faoliyat bo`yicha tajribalarni yig`ib borgan. Iqtisodiyotimizga
investitsiyalarni jalb qilishning faol siyosatini olib bordi. Ularni boshqarishning
taktika va strategiyalarini o`zgartirib ko`rdi. Biz ushbu maqolamizda
investitsiyalarni jalb qilish va boshqarishning xorij tajribasini ko`rib chiqamiz.
76
Ya‘ni unga ko`ra dunyoning yetakchi mamlakatlaridan biri bo`lgan AQShning
investitsion siyosati, investitsiyalarni jalb qilish va ularni boshqarish, tartibga
solish va nazoratni yo`lga qo`yish yo`llari haqida to`xtalib o`tamiz.
AQSh – iqtisodiyoti juda rivojlangan va qonunchilik tizimi baquvvat
mamlakat hisoblanadi. AQShning investitsion iqlimi yetarli darajada yorqin va
jozibalidir. Hozirgi kunda bu mamlakat chet el investitsiyalarini jalb qilish hajmi
bo`yicha dunyoda yetakchi o`rinlardan birini egallab turibdi. Ya‘ni dunyo miqyosida
taxminan 20 % ni tashkil etadi. Bunday ajoyib natijalarga erishishda AQSh
hukumati iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim omil sifatida chet el investitsiyalarini
mamlakatning alohida shtatlarlarga kerakli vakolatlarni ajratib bergan. Ya‘ni unga
ko`ra mamlakatdagi hududiy boshqaruv organlariga investitsiyalar oqimini
oshirishda rag`batlantirish uchun umumiy mamlakatning boshqaruv organiga
nisbatan kam bo`lmagan vakolatlar beriladi.
Amerika hukumati shuni yaxshi tushunib turibdiki, ya‘ni chet el kapitalining
AQSh iqtisodiyotiga kiritilishi faqatgina sanoat, savdo va inflyatsion jarayonga
emas, balki butun mamlakatning milliy xavfsizligiga ham yetarlicha ta‘sir
ko`rsatadi. Natijada:
shtatlar va mahalliy boshqaruv organlariga o`z hududining iqtisodiy
rivojlanishi uchun mustaqillik taqdim etilgan bo`lib, xususiy biznes hamda xizmat
va tovarlarning eksporti qo`llab-quvvatlashi kerak;
chet el tadbirkorlik kapitalini jalb qilish va mos ravishda chet ellik
investorni ham nazorat qilish;
xususiy xo`jalikning o`sishini rag`batlantirish;
fiskal siyosatda motivatsiyalovchi aksiyalarni olib borishi lozim.
Oxirgi natija shuni ko`rsatadiki, ya‘ni ushbu omillar hozirda mamlakat
shtatlaridagi o`zaro raqobatni keltirib chiqarib mamlakatdagi investitsiyalar
to`g`risidagi qonunning rivojlanishiga o`ziga xos impuls vazifasini bajarib berdi.
Shu asnoda AQSh iqtisodiyotida investitsiyalarni jalb qilish va ularni boshqarishda
quyidagi qator muhim o`ziga xos xususiyatlarni ajratib o`tishimiz mumkin:
hududiy va mamlakatning olib borgan siyosati natijasida iqtisodiyotga
investitsiyalarning yuqori oqimi ta‘minlanmoqda;
kapital eksporti va importini rag`batlantirishning teng darajadaligi, buning
natijasida mamlakat netto-importer maqomiga ega bo`lgan;
chet el investitsiyalarining yuqori darajada nazorat qilishni suiste‘mol
qilish (korrupsiya, qonunchilik meyorlari va moliyaviy-kredit kelishuvlarining
77
buzilishi)ga yo`l qo`yilmasligi;
boshqa qatnashchilar uchun bozorning ochiqligi;
investitsion qonunchilik va soliq tiziminoing rivojlanganligi;
investitsion faoliyatni ikki darajali tartibga solish tizimining mavjudligi.
Shuni ta‘kidlash kerakki, AQShda investitsiyalarni boshqarishda iqtisodiy
erkinlik tamoyillariga asoslanadi va iqisodiy jarayonga jiddiy aralashmaydi, chunki
bu yo`l ko`yib bo`lmas chegarani keltirib chiqaradi. Bunday maqsad esa AQShdagi
tashqi iqtisodiy faoliyat institutlarining asosiy ishi bo`lib, mamlakat va uning
hududlaridagi maksimal eksport potensialini kengaytirish, xalqaro iqtisodiy
faoliyatda iloji boricha ko`proq qatnashchilarni jalb qilish uchun xukumat
tomonidan ishlar olib borilmoqda.
AQSh iqtisodiyoti 2030 - yilda eng yirik bo`lib saqlanib qoladi, lekin uning
jahon yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2021 - yildagi 23%dan 20%ga tushdi.
Ushbu makroiqtisodiy ma‘lumotlar yalpi ichki mahsulot hajmi bo`yicha 2030 -
yilgacha dunyo iqtisodiyotidagi 20 eng yirigini, AQSh qishloq xo`jaligi vazirligi
tomonidan hisoblab chiqilib tashkil etilgan.
1-rasm. 2030 - yilda dunyoning eng yirik iqtisodiyotiga ega bo'ladigan
davlatlar,(trln.doll.)[9]
Prognoz ko`rsatkichlariga asosan AQSh liderlikni saqlab qoladi va
mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 2030 - yilga kelib 24,8 trln. dollarni tashkil
qiladi. Ikkinchi o`rinni Xitoy egallaydi, uning yalpi ichki mahsuloti hajmi 22,2 trln.
dollardan iborat bo`ladi. Kuchli uchlikka esa Hindiston 6,6 trln. dollar yalpi ichki
mahsulot bilan kiradi. Xalqaro Valyuta Fondining shuni qayd etadiki so`nggi 10
yilda Hindiston jahonda ishlab chiqarish kuchi bo`yicha eng baquvvat mamlakatga
aylanadi.
78
Investitsiyalarni jalb qilish va ularni boshqarishda yana bir dunyoda yetakchi
mamlakatlardan biri bu Xitoy hisoblanadi. Ularning investitsiyalarni boshqarishda
olib borayotgan siyosati taxsinga sazovordir. Chunki Xitoy hozirgi kunda
investitsiyalarni jalb qilishda jahonda birinchi o`ringa ko`tarilib, bir necha asrdan
beri o`z o`rnini hech kimga bermay kelayotgan AQShni keyingi o`ringa tushirib
qo`ydi. Uning asosiy yo`nalishlaridan biri bo`lib, milliy iqtisodiyotga kiritilayotgan
investitsiyalarni rag`batlantirish siyosatini olib borilgan va hozirda ham olib
bormoqda. Xitoy imkoniyatlariga ko`ra dunyoda yetakchi hisoblanib, bunga
ulardagi olib boriladigan tadqiqotlar bo`yicha ishlarning xalqarolashtirilganligi va
transmilliy korporatsiyalarning o`zlashtirilishini asosiy omil sifatida ko`rsatishimiz
mumkin. Hozirda mamlakatda chet el mablag`lari hisobiga yaratilgan 1000 dan
ortiq ilmiy-tadqiqot tashkilotlari ish yuritmoqda. Amaliyot shuni ko`rsatmoqdaki,
ilmiy yondashuvni va kapitalni ko`p talab qiluvchi sohalar tezkorlik bilan chet el
kapitalini kiritish uchun muhim yo`nalishga aylanmoqda.
Tarixda birinchi marta investitsiyalarning oqimi rivojlangan mamlakatlarga
nisbatan rivojlanayotgan mamlakatlarda ko`proq bo`ldi. U 700 mlrd. dollarni yoki
2020 - yilga nisbatan o`sish 4% ni tashkil qildi va 2021 - yil yakuniga ko`ra aynan
ushbu guruhdagi mamlakatlarga butun dunyoning 56% investitsiyalari
yo`naltirildi. Ushbu ko`rsatkichlarga erishishda chet el investitsiyalarini jalb qilish
va ularni boshqarishda samarali faoliyatni shakllantirish va mamlakatning
investitsion iqlimini takomillashtirish asosiy omil sifatida namoyon bo`ladi.
Investorlarga milliy xavfsizlikka taalluqli, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishiga va jamiyat manfaatlariga zarar yetkazuvchi, atrof-muhitni ifloslovchi
loyihalarga investitsiya kiritish qa’tiyan man etiladi. Ko`pchilik investorlar uchun
Xitoy bozori yetarlicha sig`imli bo`lib, o`sish imkoniyatlari juda ko`p. Shuning
uchun ko`pchilik bu bozorga mablag` kiritmoqda va ushbu bozorda o`z o`rnini
egallashga va daromad olishga urinmoqda. AQSh-Xitoy savdo komissiyasi olib
borgan tadqiqotlarning natijalariga ko`ra Xitoyga investitsiya kiritgan 88 % chet el
investorlari va tashkilotlar foyda bilan ishlamoqda. Ularning 81 % butun
dunyodagi aynan shu yo`nalishda daromad olish bo`yicha koeffitsentdan yuqori,
chet elda xususiy biznesni rivojlantirish bo`yicha 85 % so`rovchilar Xitoyni birinchi
o`ringa qo`ymoqda.
Xitoy iqtisodiyoti birinchi marta AQShga nisbatan investitsiyalar hajmi
bo`yicha yuqoriroq natijani qayd etdi. So’nggi 30 - yil ichida AQSh liderlik
pozitsiyasini egallab kelar edi. 2020 - yil yakuniga ko`ra rivojlangan
79
mamlakatlarda investitsiyalar hajmi 14 %ga qisqardi. BMTning ma‘lumotlariga
ko`ra, 2020 - yilda Xitoy asosiy bosh figuraga aylandi, 2015 - yildan beri birinchi
marta investitsiya jalb qilish bo`yicha AQShni birinchi o`rindan siqib chiqardi.
Butun dunyoning 10 % investitsiyalari Xitoyga to`g`ri kelib, 128 mlrd. doll.ni
tashkil qildi. Gongkongga 111 mlrd. doll., AQSh esa 86 mlrd. doll. bilan bor yo’g’i
3-o`rinni egalladi. Xitoyda chet el investitsiyalari ishtirokidagi tashkilotlar
ko`paymoqda. 2021 - yil yakuniga kelib o’tgan yilga nisbatan Xitoyda
investitsiya ulushi 4,4 %ga o`sib 23,8 mlrd dollarni tashkil etdi. Xitoyning
investitsiyalarni jalb qilish va boshqarishdagi eng asosiy rag`batlantirish omili
sifatida chet ellik investorlarga davlat korxonalarini xususiylashtirish huquqini
berishini ko`rsatishimiz mumkin.
2021 - yilning yakuniga ko`ra Xitoyning yalpi ichki mahsuloti 6,9 %ga
sekinlashdi, bu esa so`nggi 25 yil uchun eng yomon ko`rsatkichni qayd etdi. 2016 -
yilda Xitoy xukumati o`sish ko`rsatkichini 6,5 % dan 7%gacha intervalda bo`lishini
o`rnatdi. Absolyut ko`rinishda 2015 yilda 67,67 trillion yuan yoki 10,3 trillion
dollarni tashkil qilgan. Hozir iqtisodiyotda bu xomashyoning 60 turidan foydalanib
kelinmoqda. O`zbekiston Xitoy munosabatlarining yangi bosqichi bo`lib
mamlakatimizda erkin iqtisodiy hududlarni yaratish va rivojlantirish hisoblanadi.
Ma‘lumki,
Xitoyda bu borada ulkan tajriba mavjud. Zero, Xitoy iqtisodiyotiga
investitsiyalarni jalb qilish uchun asosan maxsus iqtisodiy hududlardan
foydalmoqda. O`zbekiston mustaqilligining 20 yilligini nishonlash arafasida
"Navoiy" erkin industrial – iqtisodiy zonasida umumiy qiymati 14 million AQSh
dollaridan iborat bo`lgan beshta yangi korxona ochilib ishga tushirildi.
Ularning barchasi zamonaviy, yuqori texnologik uskunalar bilan qurollangan
hamda ichki bozorda xaridorgir va jahon bozorida bemalol raqobatlasha oladigan
mahsulotlarni ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi. Xorijiy investorlar qatoriga Xitoy
Xalq Respublikasi bilan birgalikda Janubiy Koreya, Singapur kabi mamlakatlarning
kompaniyalari o`zining qiziqishlarini bildirgan. Ular O‘zbekiston bilan hamkorlikni
yanada kengaytirishga intilmoqdalar.
O`zbekiston hukumati uchinchi erkin industrial zonani Xitoy bilan
hamkorlikda Jizzax viloyatida tashkil etish rejalashtirilib, uni amaliyoga
muvaffaqqiyatli tarzda joriy qilindi. O`zbekiston hukumati 2020 - yilda
respublikani ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2021-2022 yilga
mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlari to`g`risida
80
qaror va qonunlarning qabul qilinishi ham mamlakatga xorijiy investrlarni jalb
qilishning asosiy omili sifatida qaralmoqda. Davlatimiz raxbari tomonidan
imzolangan hujjatda manfaatdor vazirlik va idoralarga, shu bilan bir qatorda, bir
qancha viloyatlar hokimliklariga 2022 - yilning I choragida, Xitoy Xalq
Respublikasining vakolatli organlari bilan o`zaro hamkorlikni mustaxkamlovchi
ta‘sis hujjatlari bo`yicha kelishuvni tugallash to`g`risida ko`rsatma berilgan.
Maxsus zona Jizzax viloyati va u bilan chegaradosh hududlarning resurs bazasidan
oqilona foydalanish va samarali boshqarish maqsadida tashkil etildi.
9-rasm. 2021 - yil yakuniga ko`ra mamlakatlarning investitsion
jozibadorligi reytingi[10]
2021 yil yakuniga ko`ra jahon mamlakatlari orasida investitsion jozibadorlik
bo`yicha AQSh birinchi o`rinni saqlab qoldi. Xitoy esa ikkinchi o`rinni qayd etdi.
Shuni ta‘kidlash lozimki, jadvalga asosan so`nggi yillarda Kanada iqtisodiyotining
investitsion jozibadorligi sezilarli ravishda oshgan. Buyuk Britaniya mamlakati
esa 2019 va 2020 yillarga nisbatan 2021 - yilda ancha yuqorilab 4-o`rinni egallab
turibdi. Ushbu reytingga oldinlari kuchli 25 talik davlatlar qatoriga kirmagan
Shvetsiyaning kirishi kutilmagan hol bo`ldi.
Ular bu reytingga kiribgina qolmay unda o`n oltinchi o`rinda borishmoqda.
Reytingda Braziliya o`zining pozitsiyalarini qisman yo`qotib uchinchi o`rinda
beshinchi o`ringa tushib qolgan. Italiya, Belgiya va Daniyaning ushbu reytingga
kirishi dunyo mamlakatlari iqtisodiyotidagi sezilarli isloxotlarning olib
borilayotganidan dalolat berib turibdi. 2021 - yilning yakuniga ko`ra internet
tarmoqlarida mamlakatlarning so`nggi uch yillikdagi to`g`ridan-to`g`ri chet el
investorlarining ishonish indeksi ishlab chiqildi. Quyida ushbu jadvalning to`liq
shaklini ko`rishingiz mumkin.
81
1-jadval
2021 yilning yakuniga ko`ra to`g`ridan-to`g`ri chet el investorlarining ishonish
indeksi.[11].
Mamlakatlar
2021 yil
2020 yil
2021 yil
AQSH
1
1
1
Xitoy
2
2
2
Buyuk Britaniya
3
4
8
Kanada
4
3
4
Germaniya
5
6
7
Braziliya
6
5
3
Yaponiya
7
19
13
Fransiya
8
10
12
Meksika
9
12
9
Avstraliya
10
8
6
1-Jadvalga ko`ra birinchilikni AQSh o`ziniki qilib olgan bo`lsa, keyingi
o`rinlarda Xitoy va Buyuk Britaniya bormoqda. Kuchli o`nlikka Avstraliya yakun
yasagan. Quyida siz ushbu jalvalni ko`rishingiz mumkin Xorij tajribasi asosida
shuni aytish mumkinmi, mamlakatimizning energetika sohasiga ushbu hisob
kitoblarni qo`llash orqali va ularni amaliyotga joriy qilish natijasida samaradorlikni
oshirish imkoniyati yaratiladi. Hisob kitoblar quyida keltirib o`tilgan va amaliyotga
joriy qilish ustida ishlanmoqda.
Shu bilan bir qatorda amaliyotga endigina kirib kelayotgan usullar bo`lgan,
forfeyting va seleng usullari haqida atroflicha nazariy ma‘lumotlar berib o`tilgan.
Investitsiyalarni jalb qilish va ularni boshqarishning huquqiy asoslari keltirilgan.
Ushbu rejada mamlakatimiz hududida amal qilayotgan va investitsion faoliyatni
tartibga solayotgan va boshqarish uchun ko`maklashayotgan turli xil me‘yoriy-
huquqiy hujjatlar tavsifi ko`rsatib o`tilgan. Bundan tashqari mamlakatimizga
investitsiyalarni kirituvchi asosiy shaxslar ya‘ni investorlarga yaratilayotgan
imkoniyatlar va investitsion faoliyatning ishtirokchilari zimmasiga yuklatilgan
majburiyatlar ham batafsil yoritib berilgan. Ushbu rejani yoritishda juda keng
ko`lamdagi ma‘lumotlarni O`zbekiston Respublikasining Investitsiya faoliyati
to`g`risidagi Qonuni‖ orqali amalga oshirildi. Lekin shuni ta‘kidlash lozimki,
mamlakatimizni
iqtisodiy
rivojdantirish
va
modernizatsiyalash
davrida,
82
respublikamizdagi mavjud qonunlarni yanada takomillashtirish va mavjud qonuniy
mexanizmlarning faoliyatini qisman erkinlashtirish lozim. Bu orqali investor va
tabirkorlarga oddiy mexanizmlarni joriy qilish orqali me‘yoriy bazani
yengillashuviga va oson tushunishliligiga olib kelgan holda yangi investitsion
mablag`larni jalb qilish imkoniyatlarini ochib beradi.
Xulosa va takliflar
Xulosa o`rnida ta'kidlash lozimki, mamlakatimizda o‘tkazilayotgan iqtisodiy
islohotlarning mazmuni ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini muvaffaqiyatli
joriy etish hisoblanadi. Mamlakatimizda qabul qilingan qonunlar ijtimoy
yo‘naltirilgan bozor munosabatlarini keng qo‘llashga imkon beradigan ko‘p ukladli
iqtisodiyotni
shakllantirishda
aniq
ijtimoiy-huquqiy
asoslar
yaratadi.
O‘zbеkistоnning хаlqаrо iqtisоdiy mаydоndаgi nufuzi vа mаvqеyi sеzilаrli
dаrаjаdа vа muntаzаm оshib bоrmоqdа. Bundа mаmlаkаtimiz rаhbаri Shavkat
Mirziyoyev tоmоnidаn ijtimоiy-iqtisоdiy rivоjlаnish strаtеgiyasining puхtа ishlаb
chiqilgаnligi, iqtisоdiy islоhоtlаr mаqsаdi vа vаzifаlаri, аmаlgа оshirish
yo‘llаrining аniq vа to‘g‘ri ko‘rsаtib bеrilgаnligi bоsh mаqsаd yo‘lidаgi yutuq vа
mаrrаlаrning sаlmоqli bo‘lishigа imkоn yarаtdi. Investitsiya loyihalarini amalga
oshirish orqali iqtisodiyotda tub o‘zgarishlarni amalga oshirish imkonini beradi va
bu iqtisodiyotda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va rivojlanish garovi bo‘lib
xizmat qiladi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoyitida yurtimizga zamonaviy
texnoligiyalar
olib
kelib,
sanoat
ishlab
chiqarishini
yangilash
va
modernizatsiyalash jarayonlarini olib borishni investitsiya faoliyatisiz tasavvur etib
bo‘lmaydi. Investitsiya loyihalarini jalb qilish nafaqat davlat iqtisodiyotini
yuksaltiradi, balki aholi turmish darajasini yaxshilashda ham katta samara beradi.
Ya’ni maishiy muhtojliklarning katta bo‘limi qanoatlantiriladi, ishlab chiqarish
kengayadi, yangi mehnat kuchlari shakllanadi, eski va og‘ir mehnat turmushidan
yangi, yengil va samarali mehnat faoliyatiga o‘tiladi. Davlatning kelajakdagi
iqtisodiy yuksalish darajasini bugungi jalb qilingan investitsiya loyihalari va
investitsion jarayonlar belgilab beradi. Mamlakatizmizda amalga oshirilayotgan
bozor islohotlarining hozirgi bosqichida investitsiya siyosati iqtisodiyotdagi
barqarorlik, tarkibiy va sifat o‘zgarishlarini belgilovchi muhim omil bo‘lmoqda.
Doimiy olib borilayotgan investitsiya siyosati yurtimizda xorijiy va mahalliy
investorlar uchun har tomonlama qulay investitsiya muhitini yaratish imkonini
yaratmoqda.
Rivojlangan mamlakatlarning tajribasi, bosib o`tgan yo`li, iqtisodiy
83
rivojlanishni
ta'minlash
yo`lida
mamlakatning
investitsion
muxitini
sog`lomlashtirish borasida qabul qilgan qonunlari, ishlab chiqqan qarorlarini
o`rganish, investitsiyalari kengrok, jalb etish bo`yicha ishlab chiqqan usul va
uslublarining kerakli jixatlarini O`zbekiston sharoitiga tatbiq, etish muxim
masalalardan xisoblanadi. Zero, to`plangan tajribalarni mamlakatning o`ziga xos
xususiyatlarini inobatga olgan xolda tatbiq, etilishi, tavakkalchilikni pasaytirishga,
mavxumlikning oldi olinishiga, yuqori samaradorlikning ta'min etilishiga olib
keladi.
Chunki tayyor tajribalar vaqt sinovidan o`tgan bo`ladi. Eng asosiysi, yillar
davomida qo`llanilib kelinayotgan usullar takomillashib boradi. Shuning uchun
xam ilg`or tajribalardan foydalanish muvaffaqiyatning asosi bo`lib xizmat qiladi.
Muloxazalarni chuqurlashtirgan xolda, ta'kidlash o`rinliki, O`zbekiston uchun xam
investitsiya soxasini liberallashtirish, uning jozibadorligini oshirish bo`yicha
isloxotlarni davom ettirish, Respublikada erkin iqdisodiy xududlarni tashkil etish
bo`yicha xuquqiy bazani yanada takomillashtirish yuzasidan xorijiy tajribalardan
unumli foydalanish taraqqiyotning garovi xisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1.
O`zbekiston axborot agentiligi rasmiy sayti_www.O`zA
2.
Liesbeth Colen, Miet Maertens and Jo Swinnen. Foreign direct investment as
an engine for economic growth and human development: A review of the
arguments
and
empirical
evidence.
January
2009
DOI:
10.4324/9780203076880
researchgate.net/
publication/237244956
3.
Mihaela Peres, Waqar Ameer & Helian Xu (2018) The impact of institutional
quality on foreign direct investment inflows: evidence for developed and
developing countries, Economic Research-Ekonomska Istraživanja, 31:1, 626-
644, DOI: 10.1080/1331677X.2018.1438906
https://doi.org/10.1080/133167 7
4.
Чараева М.В. Финансовое управление реальными инвестициями
организаций: учебное пособие / М.В. Чараева. Москва: Альфа-М, 2014.
240 с.
5.
Karimov N.G'. Iqtisodiy integratsiyalashuv sharoitida investitsiya faoliyatini
moliyalashtirishning bozor mexanizmlarini joriy etish masalalari. –T.: Fan va
texnologiya, 2007. – 240 b.
6.
G'ozibekov D, Nosirov E. O'zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni
jalb qilish. Risola. -T.: “Iqtisod-Moliya”. 2007, -B.92
84
7.
Bababekova D.Sh, Tursunov B.O. Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish
orqali raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish yo'nalishlari. Ilmiy-ommabop
risola.-T.: “Iqtisod-Moliya” 2019., 40 b
8.
Bozorov R.H. O'zbekistonning global indekslarda ishtirokini keng ta'minlash –
investitsiya muhiti jozibadorligini oshirishning muhim omili. “Xalqaro moliya
va hisob” ilmiy elektron jurnali. № 4-5, avgust-oktyabrь, 2018 yil
9.
Машарипов, В. У., Мирвалиева, Н. Р., & Абдуллаев, У. М. (2023).
Местный иммунитет и специфическая сенсибилизация к антигенам
бактерий у больных тонзиллитом. Science and Education, 4(2), 392-400.
10.
O`zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo`mitasi ma`lumotlari asosida
muallif ishlanmasi.
11.
Turaev, J., Aslanov, A., & Subhonova, A. (2022). ORGANIZATION OF
PRE-SCHOOL
EDUCATION
SYSTEM
IN
TWO
DIFFERENT
COUNTRIES: RUSSIAN FEDERATION AND JAPAN. Общественные
науки в современном мире: теоретические и практические исследования,
1(24), 86-93.
12.
M.S.Qosimov, G.Y. Muhamedjanova. Investitsiya loyihalari tahlili O’quv
qo’llanma -T., TDIU
13.
M.S.Qosimov, G.Y. Muhamedjanova. Investitsiya loyihalari tahlili O’quv
qo’llanma -T., TDIU
