Авторы

  • Ch.T.Qashqaboeva
    Sholi yetishtirish agrotexnologiyalari va mexanizatsiya laboratoriyasi mudiri q.x.f.f.d., k.i.x.
  • Xojamkulova Yulduzoy Jaxonkulovna
    “O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi” laboratoriyasi mudiri, q.x.f.f.d. (PhD).
  • Komilov Shixnazar Davron oʻgʻli
    tayanch doktorant

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijrs.71057

Ключевые слова:

shoi urug’ o’simlik vegetattsiya hosildorlik tuproq

Аннотация

Ushbu maqolada sholini asosiy ekinda urug‘idan va ko‘chatidan yetishtirish hamda azotli o‘g‘itlar bilan belgilangan yillik me'yorni o‘simlikning vegetattsiya davrida tabaqalab berish va agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish sholi hosildorligini oshishiga ta'siri yoritilgan.


background image





10

SHOLINI KO‘CHAT USULIDA YETISHTIRISHDA YERNI EKISHGA

TAYYORLASH

Ch.T.Qashqaboeva

Sholi yetishtirish agrotexnologiyalari va
mexanizatsiya

laboratoriyasi

mudiri

q.x.f.f.d., k.i.x.

Xojamkulova Yulduzoy Jaxonkulovna

“O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi”
laboratoriyasi mudiri,
q.x.f.f.d. (PhD).

Komilov Shixnazar Davron oʻgʻli

tayanch doktorant

E-mail: yulduzoyxojomkulova@gmail.com

Annotatsiya

: Ushbu maqolada sholini asosiy ekinda urug‘idan va ko‘chatidan

yetishtirish hamda azotli o‘g‘itlar bilan belgilangan yillik me'yorni o‘simlikning vegetattsiya
davrida tabaqalab berish va agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish sholi
hosildorligini oshishiga ta'siri yoritilgan.

Kalit so’zlar

: shoi, urug’, o’simlik, vegetattsiya, hosildorlik, tuproq.

Mamlakatimizda aholi sonining yildan-yilga o‘sib borayotgani sababli

xalqimizni yetarli va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashga ehtiyoj yil
sayin ortib bormoqda. Bunda esa mavjud o‘zgarmas boyligimiz bo‘lgan yerdan
unumli foydalanishga erishish ustuvor masala bo‘lib qolmoqda.

Keyingi yillarda cheklangan suv zahiralaridan samarali foydalanish, qishloq

xo‘jaligi yerlari biofondini tiklash, sho‘rlangan va eroziyaga uchragan maydonlarni
qayta foydalanishga kiritish, ekotizimlar biologik xilma-xilligini saqlab qolish
“yashil energetika” va agrotexnologiyalar kabi muhim yo‘nalishlarda ta'lim, ilmiy-
tadqiqot va ishlanmalar transferini samarali yo‘lga qo‘yish talab etilmoqda[1].

Jamiyatning turli jabhalariga tadbiq etilayotgan islohatlar aslida inson

taqdiriga daxldorlik, odamlarning hayot tarzini yaxshilashga bo‘lgan o‘zgacha
yondashuvlar bilan ahamiyatli.

Mamlakatimiz aholisining oziq-ovqatga bo‘lgan talabini qondirishda

sholichilik muhim o‘rinnni egallaydi. Keyingi yillarda ushbu sohani yanada
rivojlantirishga

katta

ahamiyat

berilmoqda. O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentining 2021 yil 2-fevraldagi “Sholi yetishtirishni yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-4973 son qarori bilan sholi yetishtirish, saqlash,
qayta ishlashning uzluksiz va samarali tizimini takomillashtirish, ichki iste'mol
bozorini guruch mahsulotlari bilan barqaror ta'minlash va eksport salohiyatini


background image





11

oshirish, bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish hamda sholi yetishtirishda
suvni tejaydigan texnologiyalarni keng qo‘llash bo‘yicha aniq vazifalar belgilan
[2]. Hozirgi

kunda

Sholichilik

ilmiy-tadqiqot

olimlari

ishtirokida

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Chimboy tumanida qishloq xo‘jaligi yerlari
biofondini tiklash, sho‘rlangan va eroziyaga uchragan maydonlarni qayta
foydalanishga kiritish maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish uchun tajriba
maydonlarini lazerli yer tekislagichlar yordamida tayyorlash hamda zovur
suvlaridan foydalanib sug‘orish usullarini qo‘llab mahalliy va xorijiy sholi
navlarini asosiy ekinda ko‘chat usulida mexanizatsiya yordamida ekish ishlari
amalga oshirilmoqda.

Sholi ekiladigan maydonlarda tuproqga ishlov berish orqali haydov

qatlamini yumshatiladi, pollar tekislanadi va haydov qatlamida oziqa moddalarini
o‘zlashtirish uchun sharoit yaratiladi.

Sho‘rlangan va og‘ir tuproqlarni hamda Xorazm viloyatining qumoq

tuproqlarini shudgorlashdan ko‘ra chizellash samaraliroq. Qamish ko‘p
maydonlarni haydashdan so‘ng suv to‘ldirish shikastlangan ildizpoyalarni
batamom yo‘qolishiga olib keladi.

Sholi ko‘chatini asosiy ekin sifatida ekishda muhim agrotexnik tadbirlardan

biri yerni sifatli qilib tayyorlashdan iborat. Yerga ishlov berishdan maqsad uning
fizik xossasini yaxshilash, organik moddalarning minerallashishi uchun qulay
sharoit yaratish va begona o‘tlarni yo‘qotishdan iborat. O‘tmishdosh ekinlarning
turiga qarab yerga ishlov berish o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Sholipoya va band
shudgorga ekilgan ekinlardan bo‘shagan maydonlarga ishlov berish kuzgi
shudgorlashdan boshlanadi. Yerlarni kuzda haydash typpoqda havo almashishini
yaxshilaydi, bu esa oksidlanish jarayonini va tuprokdagi organik moddalarning
chirindiga aylanishini tezlashtiradi, oziq moddalapning o‘simliklar oson
o‘zlashtiradigan shaklga aylanishiga imkon beradi. Kuzda shudgorlangan yerlar
bahorda yetilishi bilanoq P-3; P-2, P-4 markali uzun bazisli tekislagich yordamida
yer tekiclanadi va orqasidan zig-zag borona tirkalgan og‘ir diskali borona bilan
boronalanadi. Ko‘chat usulida sholi ekishda yer tekisligi asosiy ko‘rsatkich bo‘lib
+3 sm bo‘lishi lozim.

Tekislangan pollarga mineral o‘g‘itlar solinib chizel yoki borona bilan

tuproqga aralashtiriladi. So‘ngra 5-7 sm qalinlikda suv to‘ldiriladi. Sholini asosiy
ekin sifatida qo‘lda ko‘chat qilib ekishda qator oralig‘i va ko‘chat oralig‘ini tanlash
yuqori hosil olishda asosiy omil hisoblanadi. Kechpishar navlar uchun 20x15 sm,


background image





12

o‘rtapishar va ertapishar navlar uchun 15x15 sm.da har bir uyaga 2-3 tadan
o‘simlik ekilishi maqcadga muvofiqdir. Sholi ko‘chat usulida ushbu tasvirda
ekilganda har bir o‘simlikning tuplanish darajasi 4-5 donani tashkil qiladi. Sholi
ko‘chati mashinalar yordamida ekilganda 30x15 sm sxemada har bir uyaga 3-5
dona ko‘chat ekiladi.

Sholini ko‘chat usulida yetishtirish bir talay qylaylik va afzalliklarga ega:
1. Joyning iqlim sharoitidan unumli va o‘rim yig‘imni erta myddatlarda

o‘tkazish imkoni tug‘iladi.

2. Har·bir gektar yerdan unumli foydalanish natijasida ikki marotaba hosil

yetishtirish mumkin.

3. 60-70% ypyg‘ sholi, 25-30 % suv tejaladi va hosildorlik 20-25%ga ortadi.
4. Ko‘chatxonada sog‘lom, baquvvat ko‘chat yetishtirish, sholining

keyinchalik o‘sishi va rivojlanishi uchun qulay imkoniyat yaratadi.

5. Ko‘chatxonada sholi kasalliklari va zararkynandalari bilan kurashish

osonlashadi.

6. Sholining keyingi rivojlanish bosqichlarini nazorat qilish va ishlov berish

osonlashadi.

Sholi ko‘chati maxsus ko‘chatxonalarda tayyorlanadi. Ko‘chatxona uchun

ajratilgan maydon kerak paytda suvini tashlab yuborish va suv sathini me'yorda
ushlab turish uchun boshqa maydonlarga nisbatan balandroq joyga joylashtirilishi
lozim. Ko‘chatxonada ypyg‘ ekish uchyn ep kuzda shudgorlanib erta bahorda
gektariga 40 t organik o‘g‘it solinib 15 sm chuqurlikda yuza haydaladi. So‘ngra ±3
sm qilib tekislanadi. Yer tekislangach, mineral o‘g‘itlardan 100m2 maydonga 2-3
kg ammoniy sulьfat, 1-1,5 kg fosfor va kaliy solinadi va tuproqga aralashtiriladi.
Ekiladigan navning biologik xususiyatini hisobga olgan holda sholidan ko‘chat
olish uchun asosiy ekin sifatida 1-10 aprel, kuzgi don ekinlaridan bo‘shagan
yerlarga takroriy ekin sifatida esa 20-30 mayda 100 m2 maydonga o‘rtacha 6,5-7,5
kg hisobida urug‘ ekiladi [3].

Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutida olib borilgan ilmiy-amaliy tajribalar,

sholi ko‘chatzori asosiy ekiladigan maydonning 1/10 qismini tashkil qilishi
lozimligini ko‘rsatdi. Ko‘chatxonaga ekilgan sholining ertapishar navlari 25-30,
o‘rtapishar navlari 30-35 va kechpishar navlari 35-40 kunligida ko‘chat uchun
tayyor holga kelishi aniqlandi. Ko‘chaxonaga ekilgan sholini parvarishlashda dam
oldirib cyg‘orish usuli qo‘llanildi. Ko‘chatlarni asosiy maydonga ko‘chirishdan bir
hafta oldin 5 kg/ga hisobida azotli o‘g‘itlar bilan oziqlantirilishi ko‘chatlarning


background image





13

baquvvat va tez typlab ketishini ta'minlashi aniqlandi. Sholini ko‘chat usulida
yetishtirish mexanizatsiya asosida bo‘lsa sholi ypyg‘i maxsus kassetalarga
(30x60x3sm) ekiladi.

Birinchi navbatda yer tekislanib joy tayyorlanadi. Kassetalarni to‘ldipish

uchun tuproq elakdan o‘tkaziladi va organik hamda mineral o‘g‘it bilan
aralashtirilib kassetaga 2 sm qalinlikda solinadi. So‘ngra kassetalarga maxsus ekish
apparati orqali 170 g urug‘ sepiladi va ustidan 5 mm qalinlikda tuproq to‘ldirilib
joyning relьefiga qarab 2-4 qator qilib joylashtiriladi. Sug‘orishda uzib-uzib yoki
yomg‘irlatib cyg‘orish qo‘l keladi. Ushbu usulda ko‘chat yetishtirilganda
ertapishar navlar 22-25, o‘rtapishar navlar 25-30, kechpishar navlar 30-32 kunda
ekish uchun tayyor bo‘ladi. Har bir gektarga 250-260 dona kassetadagi ko‘chat
sarflanadi.

Takroriy ekin sifatida sholini ko‘chat qilib ekishda yerni ekishga tayyorlash

asosiy ekin sifatida qo‘llanilganga nisbatan farq qiladi. Takroriy ekin uchyn yerni
tayyorlashda kuzgi g‘alla ekinlari qoldiqlaridan tozalash lozim. So‘ngra maydonlar
18-20sm chuqurlikda haydaladi. Haydalgan maydonga 16-12 sm qalinlikda suv
bostirilib mola yordamida tekislanadi.

Suv cathi 3-5 sm gacha kamaytirilib ko‘chatlar o‘tqaziladi. Takroriy ekin

sifatida ko‘chat ekish tasviri kechpishar navlarda 15x15 sm, o‘rtapishar va
ertapishar navlap uchun 15x10 smni tashkil qilib har bir uyaga 2-4 tadan ko‘chat
ekiladi. Takroriy ekin sifatida sholini ko‘chat qilib ekishda ko‘chat yoshiga aloxida
e'tibor berilmog‘i lozim, chunki ko‘chat yoshining ortib borishi bilan
o‘simliklarning o‘suv davri oshib boradi, natijada sholi pishmay qolishi mumkin.
O‘simliklarning tuplash ko‘rsatkichi pastlab ketadi [3].

Asosiy hamda takroriy ekin sifatida 30 kunlik sholi ko‘chatlari ekilganda

o‘suv davri 4-6 kunga, 40 kunlik sholi ko‘chatlari o‘tqazilganda 7-8 kunga
uzayishi qayd qilingan. Sholi takroriy ekin sifatida ekilganda bir haftadan keyin 40
kg/ga hisobidan N, R. K, bilan oziqlantiriladi. U asosiy ekin sifatida ekilganda esa
bu ko‘rsatkichni 60 kg/ga qadar ko‘tarish maqsadga muvofiqdir. Sholi 8-9 barg
chiqarganda navlarning biologik xususiyatlariga qarab kechpishar navlar uchun 45
kg/ga azot, o‘rtapishar va ertapishar navlar uchun 30 kg/ga miqdorida ikkinchi
marta oziqlantiriladi. Ko‘chat usulida sholi yetishtirishda suv rejimiga alohida
e'tibor berilishi lozim. Ko‘chat o‘tqazilgandan keyin suv sathi 10-15 kun davomida
3-5 sm bo‘lishi, keyinchalik uni 8-12 sm gacha ko‘tarish maqsadga muvofiqdir.


background image





14

Azotli o‘g‘itlarni qo‘llashning turli usullari bilan sholi o‘simligining o‘sishi,

rivojlanishi va hosildorligiga ta'sirini aniqlash ustida yillar davomida olimlar ilmiy
izlanishlar olib boradi. Olimlar va izlanuvchilarni qiziqtirgan muhim masalalardan
biri bu urug‘larning unib chiqishi va vegitatsiya davrida o‘simliklarning saqlanib
qolishida sholi o‘simligining ildiz qismi orqali o‘zlashtirgan minaral o‘g‘itlarga
bog‘liqligini aniqlashdir [4,5,6].

A.X.Sheudjen olib borgan ilmiy izlanishlarida yillik azotli o‘g‘itlarni 20-30

% ni ekishdan oldin berib, sholi urug‘ining unib chiqishiga ijobiy ta'siri borligini
aniqlagan. Olim sholi o‘simligining saqlanib qolish darajasini aniqlash bo‘yicha
olib borilgan tadqiqotlar natijalarida, azotli o‘g‘itlarni qo‘llash usuliga bog‘liq
holda ularning dala rivojlanishi urug‘larining unib chiqish fazasida ijobiy ta'sir
ta'sir etib, urug‘ni unish energiyasini 1,2-1,5% oshirishini aniqlaydi. Urug‘ unib
chiqish jarayonida ildiz sistemasiga azotli o‘g‘itlar ijobiy ta'sir etishini ta'kidlaydi
[5,6].

Tuproqdagi nitrat azotning umumiy dinamikasini hisobga olsak, u sholining

vegetatsiya davrida o‘simliklarning oziqlantirishda asosiy o‘rin tutishini ta'kidlash
mumkin, chunki sholi o‘simligi unib chiqish davridayoq mineral o‘g‘itlarga ehtiyoj
sezadi. Sholi maydonlaridagi suv chiqarilib yuborilgan keyingina nitrifikatsiya
jarayoni boshlanadi va nitrat azot sezilarli darajada paydo bo‘ladi va bu endi
hosilga amaliy ta'sir etadi. Sholi ekilgan tuproqdagi ammiakli azot tarkibining
dinamikasi, nitratdan farqli o‘laroq, boshqacha tus oladi. Azotli o‘g‘itlar (NPK)
sholi o‘simlik jarayonining intensivligini oshirishda juda kuchli omil hisoblanadi
[4,5,6].

Shubhasiz, sholi o‘simligining o‘sishi va rivojlanishi uchun eng yaxshi

sharoitlar vegetattsiya davrida ularga azotli o‘g‘itlarni tabaqalab qo‘llash bilan
shakllanadi. Azotli o‘g‘itlar tuproqlar sharoitida azotli o‘g‘itlarni taqsimlashda
(N150), ikkita (N 100+ N50) va uchta (N35 + N80 + N35) me'yorlarda o‘tloqi-
botqoq va mos ravishda N120, N80 + N40 va N30 + N60 +N90 allyuvial o‘tloqi-
botqoqga ko‘proq tushadi [3,4].

Hozirgi kunda respublikamiz viloyatlari kesimida tuproq-iqlim sharoitidan

kelib chiqqan holda o‘rta va kechpishar navlarni joylashtirish tartibi bo‘yicha
agrotexnik tadbirlardan eng asosiysi azotli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish va begona
o‘tlarga qarshi gerbitsidlar bilan ishlov berish tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan yillar davomida olib

borilayotgan ilmiy izlanishlarda sholi o‘simligini unib chiqib ya'ni 35-40 kunlik


background image





15

davrida yillik me'yorning (N150P120K150) 30 % , I- oziqlantirishda berish
keyingi fazalarning intensivligini oshishiga ta'siri aniqlangan.

Demak, mineral o‘g‘itlarni qo‘llash usullari va me'yorlarini sholini asosiy

ekinda urug‘idan hamda ko‘chatidan yetishtirilayotganda bir-biriga bog‘liq holda
o‘simlikning o‘sib-rivojlanishiga, tuplanishiga, hosildor poyalar ko‘payishiga,
ro‘vakdagi donlar to‘liq bo‘lishiga va natijada undan olinadigan guruch
mahsulotlariga ijobiy ta'siri borligi ilmiy izlanishlarda aniqlangan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “O‘zbekiston
xalqiga yangi yil tabrigi” O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi jurnali 2022
yil 1-son, 1-2 b.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 fevraldagi “Sholi
yetishtirishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-
4973-son qarori.

3.

M.A.Sattarov, B.I.Qalandarov, M.A.Ergashev “Respublikada sholi
yetishtirish bo‘yicha Tavsiyanoma” 2021 yil.

4.

Шеуджен А.Х. Агрохимия и физиология питания риса.
Майкоп:ГУРИПП «Адыгея», 2005. С.-1012

5.

Шеуджен А.Х, Т.Н.Бондарева. Удобрений риса. Краснодар. –Куб
Гау. -2015. С.-703.

6.

Шиловский В.Н. Корневая система различных сортов риса /
В.Н.Шиловский, В.Я.Рубан./ Вестник. Краснодарского НТЦ АМАН.
Краснодар. -2004-№8. С.-42.

7.

https://www.sciencedirect.com

8.

https://onlinelibrary.wiley.com

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “O‘zbekiston xalqiga yangi yil tabrigi” O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi jurnali 2022 yil 1-son, 1-2 b.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 fevraldagi “Sholi yetishtirishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ- 4973-son qarori.

M.A.Sattarov, B.I.Qalandarov, M.A.Ergashev “Respublikada sholi yetishtirish bo‘yicha Tavsiyanoma” 2021 yil.

Шеуджен А.Х. Агрохимия и физиология питания риса. Майкоп:ГУРИПП «Адыгея», 2005. С.-1012

Шеуджен А.Х, Т.Н.Бондарева. Удобрений риса. Краснодар. –Куб Гау. -2015. С.-703.

Шиловский В.Н. Корневая система различных сортов риса / В.Н.Шиловский, В.Я.Рубан./ Вестник. Краснодарского НТЦ АМАН. Краснодар. -2004-№8. С.-42.