Авторы

  • Джамшид Узаков
    Axborot texnologiyalari va menejment universiteti dotsenti, i.f.f.d., (PhD)

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsci.128868

Ключевые слова:

Ziyorat turizmi davlat siyosati tartibga solish boshqaruv mexanizmlari infratuzilma xavfsizlik davlat-xususiy sheriklik raqamlashtirish xalqaro hamkorlik.

Аннотация

Ushbu maqola ziyorat turizmining O‘zbekistonda rivojlanish salohiyatini oshirishda davlat tomonidan tartibga solish va boshqaruv mexanizmlarining rolini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda ziyorat turizmining iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy ahamiyati, sohaning hozirgi holati, infratuzilma, xavfsizlik va xizmat sifati bilan bog‘liq muammolar ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston va xalqaro tajribalar, shu jumladan Saudiya Arabistoni va Turkiya modellari asosida davlat siyosatining samaradorligi baholanadi. Natijalar ziyorat turizmini tartibga solishda davlat va bozor mexanizmlarining sinteziga asoslangan muvozanatli yondashuv zarurligini ko‘rsatadi. Maqolada davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, raqamli boshqaruv tizimlarini joriy etish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha takliflar beriladi.

background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH

VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

3

ZIYORAT TURIZMI SALOHIYATINI OSHIRISHDA DAVLAT BOSHQARUVI VA

TARTIBGA SOLISH USULLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Uzaqov Jamshid Norboyevich

Axborot texnologiyalari va menejment universiteti dotsenti, i.f.f.d., (PhD)

Annotatsiya:

Ushbu maqola ziyorat turizmining O‘zbekistonda rivojlanish salohiyatini

oshirishda davlat tomonidan tartibga solish va boshqaruv mexanizmlarining rolini tahlil

qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda ziyorat turizmining iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy

ahamiyati, sohaning hozirgi holati, infratuzilma, xavfsizlik va xizmat sifati bilan bog‘liq

muammolar ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston va xalqaro tajribalar, shu jumladan Saudiya

Arabistoni va Turkiya modellari asosida davlat siyosatining samaradorligi baholanadi.

Natijalar ziyorat turizmini tartibga solishda davlat va bozor mexanizmlarining sinteziga

asoslangan muvozanatli yondashuv zarurligini ko‘rsatadi. Maqolada davlat-xususiy sheriklikni

kengaytirish, raqamli boshqaruv tizimlarini joriy etish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish

bo‘yicha takliflar beriladi.

Kalit so‘zlar:

Ziyorat turizmi, davlat siyosati, tartibga solish, boshqaruv mexanizmlari,

infratuzilma, xavfsizlik, davlat-xususiy sheriklik, raqamlashtirish, xalqaro hamkorlik.

Kirish.

Ziyorat turizmi – bu diniy qadriyatlar asosida shakllanadigan, ma’naviy-ma’rifiy

jihatdan boy, iqtisodiy salohiyati yuqori turizm turi hisoblanadi. O‘zbekiston singari qadimiy

madaniyat va islom merosiga ega davlatlarda ushbu turizm yo‘nalishi xalqaro maydonda katta

e’tiborga ega bo‘lib bormoqda. Shu bilan birga, ziyorat turizmi infratuzilmasining zamonaviy

talablarga mosligi, xorijiy va mahalliy ziyoratchilar uchun qulay sharoitlar yaratish, xizmatlar

sifatini oshirish va xavfsizlikni ta’minlash masalalari davlat tomonidan tartibga solinishi va

samarali boshqarilishini talab qiladi.

Bugungi kunda ziyorat turizmi sohasida raqobatbardoshlikni oshirish, infratuzilmani

rivojlantirish, xizmatlar sifatini yaxshilash va ziyoratchilar oqimini ko‘paytirish uchun davlat

siyosatining aniq va izchil strategiyasi zarur. Buning uchun normativ-huquqiy asoslarni

takomillashtirish, iqtisodiy rag‘batlantirish mexanizmlarini kuchaytirish, madaniy meros

obyektlarini saqlash va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish muhim omillar sifatida namoyon

bo‘lmoqda.

Turistik resurslarning turlari ko‘p bo‘lib, ulardan biri turizmning qadimiy va faol

turlaridan bu-ziyorat turizmi hisoblanadi. Mazkur ziyorat turizmi tarmog‘ining geografiyasiga

e’tibor qaratadigan bo‘lsak, dunyoning turli mamlakat, mintaqalarida ziyorat turistik resurslar

turlicha yondashilgan, yo‘lga qo‘yilgan. Ma’lumki, dunyo turli dinlarga e’tiqod qiladi.

Qadimdan diniy ziyorat turizmi rivojlanib kelgan. Hattoki, bugungi kunda ham turizmning eng

faol yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ziyоrаt turizmining rivоjlаnishini tаrtibgа sоlish

mаsаlаlаri ziyоrаt turizmi uchun erkin bоzоr muhimligi e’tirоf etilishigа qаrаmаy, dаvlаt bu

sоhаdа sаmаrаli iqtisоdiy siyоsаt оlib bоrishi mumkin vа kerаk deb hisоblаydi.

Ziyorat turizmi turizmning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilgan bo‘lib,

mamlakatdagi boy tarixiy va diniy merosni jahon miqyosida targ‘ib etishda muhim rol o‘ynaydi.

Bu sohani rivojlantirishda

davlat siyosati” tushunchasi bevosita qo‘llaniladi va O‘zbekiston

Respublikasida ziyorat turizmini rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri

sifatida belgilangan. Bu siyosat doirasida normativ-huquqiy asoslar mustahkamlanib, ziyorat

joylari infratuzilmasi rivojlantirilmoqda, soliq va iqtisodiy imtiyozlar taqdim etilmoqda.

Madaniy va diniy meros obyektlarini asrash, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda xizmat

ko‘rsatish sifati va kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Davlat siyosati orqali

O‘zbekistonning ziyorat turizmi salohiyati ichki va tashqi bozorda faol targ‘ib etilmoqda.

Tа’kidlаsh jоizki, ziyоrаt turizmi sоhаsigа nisbаtаn “dаvlаt siyоsаti” tushunchаsini

qоʻllаsh Оʻzbekistоn Respublikаsining “Turizm tоʻgʻrisidа”gi qоnunining 6-mоddаsidа


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH

VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

4

belgilаb qоʻyilgаn”

1

. Ushbu qоnunning 20-mоddаsigа kоʻrа, ziyоrаt turizmi fаоliyаti degаndа

turоperаtоrlik vа turаgentlik fаоliyаti, shuningdek sаyоhаtlаr tаshkil etishgа dоir bоshqа

fаоliyаt tushunilаdi. Birоq, fikrimizchа, bu yеrdа “qоnuniy tа’rif”dа nоаniqlik kuzаtilаdi,

“sаyоhаtlаr tаshkil etishgа dоir bоshqа fаоliyаt” tushunchаsi аniqlаshtirilmаgаn. Qоidаgа kоʻrа,

bоshqа fаоliyаt turlаrigа kishilаrning turli xildаgi sаyоhаt vа ziyоrаt turizmigа ehtiyоjini

qоndiruvchi xilmа-xil iqtisоdiy fаоliyаt turlаri kirаdi.

Adabiyotlar tahlili.

Ziyorat turizmi so‘nggi yillarda nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy-

madaniy va siyosiy jihatdan ham davlatlar siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi.

Ushbu soha dunyo miqyosida diniy, tarixiy va ma’naviy merosni asrash, shu bilan birga turizm

industriyasining barqaror rivojlanishini ta’minlash nuqtai nazaridan dolzarb hisoblanadi.

O‘zbekistonda ziyorat turizmi milliy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va xalqaro imijni

mustahkamlashda strategik ahamiyatga ega bo‘lib, so‘nggi yillarda ushbu yo‘nalishda ilmiy

tadqiqotlar sonining o‘sishi kuzatilmoqda. O‘zbekiston ziyorat turizmi sohasida boy tarixiy-

madaniy merosga ega bo‘lib, bu soha ilmiy tadqiqotlarda asosan diniy va tarixiy obidalar

salohiyati nuqtai nazaridan o‘rganilmoqda. Masalan, M. Urinboyev o‘zining “Ziyorat turizmini

rivojlantirishda

tarixiy-madaniy

obidalar

salohiyati”

maqolasida

O‘zbekistondagi

ziyoratgohlarning turistik jozibadorligini tahlil qilgan. Muallif tarixiy obidalar va ularning

ziyorat turizmini rivojlantirishdagi rolini chuqur yoritgan bo‘lsa-da, davlatning tartibga solish

mexanizmlari va institutsional yondashuvlariga yetarlicha yoritilmagan. Bu esa tadqiqotning

amaliy ahamiyatini cheklaydi, chunki davlat siyosati ziyorat turizmining tizimli rivojlanishida

hal qiluvchi omil hisoblanadi.

Sh. To‘xtaboyevning “Turizmni boshqarishda davlat ishtirokini kuchaytirish

mexanizmlari” monografiyasini keltirish mumkin. Ushbu ishda ziyorat turizmi alohida bo‘lim

sifatida tahlil qilinmagan bo‘lsa-da, turizm sohasini boshqarishning umumiy institutsional

asoslari va davlatning strategik yondashuvlari keng yoritilgan. Ziyorat turizmi bo‘yicha xalqaro

adabiyotlar sohaning boshqaruv modellari, iqtisodiy samaradorligi va ijtimoiy-madaniy

oqibatlarini tahlil qilishda muhim manba hisoblanadi. D. J. Timothy va D. H. Olsenning

“Tourism, Religion and Spiritual Journeys” kitobi ziyorat turizmining nazariy va amaliy

jihatlarini keng yoritadi. Mualliflar ziyorat turizmini global miqyosda shakllanishi, diniy

ahamiyati va boshqaruv usullarini tahlil qilib, davlat va nodavlat subyektlar o‘rtasidagi

hamkorlikka alohida urg‘u berishadi. Ushbu tadqiqotda ziyorat turizmining iqtisodiy foydasi

bilan birga, diniy sezgirlik va xavfsizlikni ta’minlash masalalari muvozanatli tarzda ko‘rib

chiqilgan, bu O‘zbekiston kabi rivojlanayotgan davlatlar uchun muhim tajriba sifatida xizmat

qilishi mumkin.

G. Rinschedening “Forms of religious tourism” maqolasi ziyorat turizmini diniy

sayohatlar, ma’naviy ziyoratlar va diniy festivallar kabi turli shakllarga ajratib, har bir

shaklning boshqaruvdagi o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qiladi. Muallif davlat siyosatining

ziyorat turizmini tartibga solishdagi rolini ta’kidlab, xususan, infratuzilma, xavfsizlik va xizmat

sifatini ta’minlashda davlatning yetakchi o‘rnini ko‘rsatadi. Ushbu yondashuv O‘zbekiston

uchun foydali, chunki mahalliy tadqiqotlarda ko‘pincha umumiy salohiyatga e’tibor qaratiladi,

lekin tizimli boshqaruv masalalari yetarlicha chuqur o‘rganilmaydi.

Saudiya Arabistoni ziyorat turizmi boshqaruvining eng muvaffaqiyatli modellaridan biri

sifatida alohida e’tiborga loyiq. Saudiya Arabistonining Hajj va Umra boshqaruvi bo‘yicha

hujjatlarida davlat tomonidan qat’iy kvotalar joriy etish, transport tizimini optimallashtirish,

xavfsizlikni ta’minlash va zamonaviy infratuzilma yaratish kabi mexanizmlar keng yoritilgan.

Ushbu model ziyorat turizmining ommaviy xarakteri va xalqaro miqyosda boshqarilishi nuqtai

nazaridan O‘zbekiston uchun muhim saboq bo‘la oladi, ayniqsa, ziyoratgohlarning xalqaro

miqyosda targ‘ib qilinishi va xavfsizlik standartlarini oshirish masalalarida.

1 Oʻzbekiston Respublikasining “Turizm toʻgʻrisida” gi OʻRQ-549-son qonuni. 2019-yil 18-iyul.


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH

VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

5

Turkiyada esa “Kultur ve Turizm Bakanlığı” tomonidan amalga oshirilgan dasturlar

ziyorat turizmining zamonaviy yondashuvlariga misol bo‘la oladi. Xususan, ziyoratgohlarining

infratuzilmasini modernizatsiya qilish, davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish va xizmat

sifatini oshirishga qaratilgan loyihalar sohada sezilarli natijalar bergan. Turkiya tajribasi

O‘zbekiston uchun ayniqsa foydali bo‘lishi mumkin, chunki har ikki davlat o‘xshash tarixiy-

madaniy va diniy merosga ega bo‘lib, xalqaro turistlarni jalb qilishda bir xil imkoniyatlardan

foydalanishi mumkin.

Metodologiya.

Ushbu tadqiqot “Ziyorat turizmi salohiyatini oshirishda davlat tomonidan

tartibga solish va boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusiga bag‘ishlanib, ziyorat

turizmining iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va diniy ahamiyatini davlat siyosati darajasida tahlil

qilishga qaratilgan. Tadqiqotda tizimli, sifatli va integratsion tadqiqot usullarining sinteziga

asoslangan metodologik yondashuv qo‘llaniladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi O‘zbekiston va

xalqaro tajribalar asosida ziyorat turizmini tartibga solish va boshqaruv mexanizmlarining

mavjud holatini o‘rganish, ularning samaradorligini baholash, sohaning salohiyatini oshirish

uchun ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish va davlat siyosatining ushbu jarayondagi rolini

aniqlashdan iborat. Metodologiya ziyorat turizmining ko‘p qirrali xususiyatlarini – normativ-

huquqiy baza, infratuzilma, xavfsizlik, raqamlashtirish, xalqaro hamkorlik va iqtisodiy

integratsiya kabi jihatlarni – har tomonlama tahlil qilishga mo‘ljallangan. Quyida

metodologiyaning asosiy komponentlari, usullari va jarayonlari batafsil yoritiladi.

Muhokama.

Ziyorat turizmini tartibga solish “davlat va bozor mexanizmlarining sintezi”

sifatida tavsiflanadi, bu esa sohaning rivojlanishi uchun muvozanatli yondashuv zarurligini

ko‘rsatadi. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, xususan,

2019–2025-yillarga mo‘ljallangan Turizmni rivojlantirish Konsepsiyasidagi tashabbuslar

sohada sezilarli yutuqlarga erishilganini ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasida davlat siyosati

natijasida ziyorat turizmi sohasi sezilarli rivojlandi.

1-jadval. O‘zbekiston Respublikasida ziyorat turizmini rivojlanish ko‘rsatkichlari

Ko‘rsatkich

2016-yil

2024-yil

O‘sish

Xorijiy turistlar soni

1,9 mln

8,2 mln

+6,3 mln (+330%)

Joylashtirish vositalari soni

3 073 ta

5 526 ta

+2 453 ta (+79,8%)

Joylashtirish o‘rinlari soni

~80 000 ta

144 094 ta

+64 094 ta (+80%)

2016-yilda mamlakatga kelgan xorijiy turistlar soni 1,9 million nafarni tashkil qilgan edi.

2024-yil yakuniga kelib esa bu ko‘rsatkich 8,2 million nafar sayyohga yetdi. Natijada, turistlar

oqimi 8 yil davomida 6,3 million nafarga ko‘paydi, bu esa 330% dan ortiq o‘sishni ifodalaydi.

Joylashtirish vositalari soni ham sezilarli darajada oshdi. 2016-yilda O‘zbekistonda

joylashtirish vositalari soni taxminan 3 073 ta bo‘lgan (respublikada 2016-yil holatiga ko‘ra).

2024-yil yakunida esa bu raqam 5 526 taga yetdi. Bu esa joylashtirish vositalari sonining 2 453

taga ko‘paygani va taxminan 79,8% o‘sishni ko‘rsatadi. Shuningdek, joylashtirish o‘rinlari soni

ham 2024-yil holatiga ko‘ra 144 094 ta o‘ringa yetkazilgan bo‘lib, bu 2016-yilga nisbatan

keskin o‘sishni ifodalaydi (2016-yilgi o‘rinlar soni rasmiy statistikada 80 000 atrofida qayd

etilgan edi).

2

“Ziyоrаt turizmi sоhаsining rivоjlаnishini tаrtibgа sоlish quyidаgilаrni оʻz ichigа оluvchi

kоʻp pоgʻоnаli tizimni ifоdаlаydi”

3

:

2

https://stat.uz

3

Максанова Л.Б.-Ж. Региональный туризм: теория и практика управления: монография / Л.Б.-


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH

VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

6

- xаlqаrо mоliyаviy tаshkilоtlаr ishtirоkidа Jаhоn ziyоrаt turizmi tаshkilоti vоsitаsidа

аmаlgа оshirilаdigаn glоbаl kоʻlаmdа ziyоrаt turizmini rivоjlаntirishgа kоʻmаklаshish vа

muvоfiqlаshtirish;

- mintаqаviy ziyоrаt turizmi tаshkilоtlаri vа dаvlаtlаrаrо birlаshmаlаrning mаxsus

оrgаnlаri (mаsаlаn, Yevrоpа hаmjаmiyаti) оrqаli erishilаdigаn dаvlаtlаrаrо dаrаjаdаgi ziyоrаt

turizmi siyоsаtining muvоfiqlаshtirilgаnligi;

- mаxsus tаshkil etilgаn dаvlаt оrgаnlаri vа ziyоrаt turizmi tаshkilоtlаrining jаmоаt

birlаshmаlаri оrqаli аmаlgа оshirilаdigаn milliy vа mintаqаviy dаrаjаdаgi ziyоrаt turizmi

sоhаsidаgi siyоsаtning muvоfiqlаshtirilgаnligi.

“Ziyоrаt turizmini rivоjlаntirishni dаvlаt tоmоnidаn tаrtibgа sоlish ikkitа аsоsiy

mexаnizm оrqаli аmаlgа оshirilаdi: birinchidаn, tаlаb vа tаklif оʻrtаsidаgi muvоzаnаtgа erishish

оrqаli bоzоrning оʻzini оʻzi tаrtibgа sоlish vоsitаsidа, ikkinchidаn, dаvlаt bоshqаruvi vа

muvоfiqlаshtirishning muаyyаn mexаnizmlаrini jоriy etish оrqаli. Qоlаversа, ikkinchi hоlаtdа

gаp ziyоrаt turizmi birlаshmаlаri vа uyushmаlаri tuzish оrqаli xоʻjаlik yurituvchi subyektlаr

fаоliyаtini hаm dаvlаt tоmоnidаn tаrtibgа sоlish, hаm оʻzini оʻzi tаshkil etish hаqidа

bоrmоqdа

4

.

Natijalar va tahlil.

Ziyorat turizmining salohiyatini oshirishda davlat tomonidan tartibga

solish va boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot

O‘zbekiston va xalqaro miqyosda sohaning hozirgi holatini, asosiy muammolarini, rivojlanish

imkoniyatlarini va kelajakdagi istiqbollarini har tomonlama tahlil qildi. Statistik ma’lumotlar,

normativ-huquqiy hujjatlar, ilmiy adabiyotlar va xalqaro tajribalar asosida quyidagi natijalar va

chuqur tahlillar shakllantirildi.

Dаvlаt tоmоnidаn tаrtibgа sоlish vоsitаlаri quyidаgi аsоsiy elementlаrni о‘z ichigа оlаdi

(1-rаsm). Ushbu rаsmdаgi mа’lumоtlаrdаn kо‘rinib turibdiki, yuqоridаgi guruhlаrning hаr bir

vоsitаsi о‘zigа xоs xususiyаtlаrgа egа vа muаyyаn hоlаtlаrdа аlоhidа ishlаtilishi mumkin.

Bugungi kundа dаvlаt turizm idоrаlаri оbyektiv rаvishdа ushbu imkоniyаtlаrdаn tо‘liq

fоydаlаnishgа mаjbur bо‘lmоqdаlаr. Ziyоrаt turizmini rivоjlаntirishni dаvlаt tоmоnidаn tаrtibgа

sоlish yоʻnаlishi dаvlаt оrgаnlаri оldidа turgаn mаqsаdlаr, shuningdek, ushbu siyоsаtni аmаlgа

оshirishdа dаvlаt egа bоʻlgаn vоsitаlаr bilаn belgilаnаdi. Tа’kidlаsh kerаkki, аyrim

mаmlаkаtlаrdа ziyоrаt turizmi sоhаsidаgi dаvlаt siyоsаti kоʻpinchа аlоhidа аjrаtilmаydi, bаlki

iqtisоdiyоtning bоshqа tаrmоqlаri siyоsаti, mаsаlаn, ishlаb chiqаrish siyоsаti, tоʻlоv bаlаnsi

siyоsаti bilаn birlаshtirilаdi.

Ushbu sxema ziyorat turizmining davlat tomonidan tartibga solinishi jarayonini tizimli va

yaxlit tarzda tasvirlab, davlat siyosatining ushbu sohada qo‘llanadigan asosiy vositalarini to‘rt

asosiy toifaga – ma’muriy, huquqiy, iqtisodiy va diniy – ajratib ko‘rsatadi. Har bir toifa o‘ziga

xos chora-tadbirlarni qamrab olib, ularning o‘zaro bog‘liqligini va sohaning barqaror

rivojlanishida muhim rol o‘ynashini ta’kidlaydi.

Ma’muriy choralar sifat standartlari va bozor adolatini ta’minlashga, huquqiy choralar

tartib-intizom va xavfsizlikni kafolatlashga, iqtisodiy choralar moliyaviy barqarorlik va

investitsiyalarni jalb qilishga, diniy choralar esa ziyoratchilarning ma’naviy ehtiyojlari va

madaniy qadriyatlarini hurmat qilishga qaratilgan. Sxema ziyorat turizmini rivojlantirishda

davlatning ko‘p qirrali yondashuvini aks ettirib, ushbu choralar mahalliy sharoitlar, infratuzilma

cheklovlari va ziyoratchilarning turli talablariga moslashtirilishi zarurligini ko‘rsatadi. Umuman

olganda, sxema ziyorat turizmining iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy ahamiyatini oshirishda

davlat siyosatining strategik yo‘nalishlarini shakllantirish uchun muhim yo‘l-yo‘riq bo‘lib

xizmat qiladi.

Ж.Максанова. – Улан-Уде: Изд-во БНС СО РАН, 2017. – 300 с.

4

Лойко О.Т. Туризм и гостиничное хозяйство: Учебное пособие.

Томск: Изд-во ТПУ. 2007.

157 с.


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH

VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

7

1-rаsm. Ziyоrаt turizmini dаvlаt tоmоnidаn tаrtibgа sоlish vоsitаlаri.

Shu bilаn birgа, ziyоrаt turizmini rivоjlаntirish sоhаsidаgi dаvlаt siyоsаtining аsоsiy

yо‘nаlishlаri quyidаgilаrdаn ibоrаt bо‘lishi mаqsаdgа muvоfiqdir:

− mulkchilik shаklidаn qаt’iy nаzаr bаrchа turistik tаshkilоtlаr tаrmоg‘i fаоliyаtini dаvlаt

tоmоnidаn tаrtibgа sоlish vа muvоfiqlаshtirish;

− mehnаtgа lаyоqаtli аhоlini, urush nоgirоnlаrini, аhоlining ehtiyоjmаnd guruhlаrining

bоshqа tоifаlаrini, bоlаlаrni sоg‘lоmlаshtirish uchun mо‘ljаllаngаn sаnаtоriylаrni sаqlаb qоlish

vа kо‘pаytirish bо‘yichа chоrаlаrni аmаlgа оshirish;

− kurоrt vа rekreаtsiyа resurslаrining dаvlаt vа hududiy reyestrlаri аsоsidа mаmlаkаt

tаbiiy dоrivоr resurslаrini hisоbgа оlish vа nаzоrаt qilishning qаt’iy tizimini jоriy etish.

Turistik xizmаtlаr bоzоrini rivоjlаntirishning muhim vоsitаsi rаqоbаt muhitini yаrаtish,

mоnоpоliyаgа vа аdоlаtsiz rаqоbаtgа qаrshi kurаshgа аsоslаngаn mоnоpоliyаgа qаrshi

siyоsаtdir.

Bizning fikrimizchа, mаmlаkаtning turistik hududlаridа investitsiyа fаоliyаtini

rаg‘bаtlаntirishning аsоsiy usullаri quyidаgilаrdаn ibоrаtdir:

− investitsiyа fаоliyаtini sоliq bilаn tаrtibgа sоlish;

− sаnоаt guruhlаrini yаrаtish bilаn bоg‘liq iqtisоdiyоtni institutsiоnаl о‘zgаrtirish;

− mulk huquqining reаl himоyаsini tа’minlаsh.

Ziyоrаt turizmini dаvlаt tоmоnidаn tаrtibgа sоlish investitsiyа fаоlligini rаg‘bаtlаntirish,

kо‘rsаtilаyоtgаn xizmаtlаr sifаtini оshirish vа аhоlining sаlоmаtligini yаxshilаsh nuqtаi

nаzаridаn ijtimоiy muаmmоlаrni hаl qilishning sаmаrаli vоsitаsidir. Shu bilаn birgа, dаvlаt

siyоsаtining аsоsiy yо‘nаlishlаri turistik kоmpleksning bаrqаrоrligi vа rаqоbаtbаrdоshligi

bо‘lishi kerаkligini hisоbgа оlishi muhim hisоblаnаdi.


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH

VA ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

8

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Nаvruz-Zоdа B.N., Ibrаgimоv N.S., Nаvruzzоdа Z.B., Nаvruz-Zоdа Sh.B. Turizm hudud

rаqоbаtbаrdоshligi. Mоnоgrаfiyа. – Buxоrо: “Sаdriddin Sаlim Buxоriy” nаshriyоti, 2017. –

156 б.

2. Nаvruz-Zоdа Z.B. Turistik hududlаr negizidа ziyоrаt klаsterlаrini shаkllаntirishning

tаshkiliy-iqtisоdiy mexаnizmlаri: Iqt. fаn. bо‘y. fаls. dоk. diss. … аvtоref. – Buxоrо, 2021.

– 57 b.

3. Ergаshev R., Uzоqоv J. Impоrtаnce оf culturаl heritаge оbjects оf kаshkаdаryа regiоn in

the perspective оf develоpment оf pilgrimаge tоurism //, Аmericаn Jоurnаl оf

Interdisciplinаry Reseаrch аnd Develоpment, Impаct fаctоr, ISSN: 2771-8948, Vоlume 26,

Mаrch - 2024, P. 111-115.

4. Ergаshev R., Uzоqоv J. The impоrtаnce оf increаsing the pоtentiаl оf pilgrimаge tоurism in

the develоpment оf the ecоnоmy оf Kаshkаdаryа regiоn // Internаtiоnаl Scientific Reseаrch

Jоurnаl, Impаct fаctоr, ISSN: 2776-0979, Vоlume 5, Issue 4, Аpril - 2024, P. 328-333.

5. Агешкина Н.А. Основы турагентской и туроператорской деятельности: учебное

пособие / Н.А.Агешкина. — Москва : ИНФРА-М, 2022. – 567 с.

6. Normamatov, I. B. (2022). Sources of financing innovative development of economic

sectors.

Экономика и социум

, (10-1 (101)), 121-126.

7. Normamatov, I. B. (2022). Ways to ensure continuation of payments in the interbank

payment system.

Galaxy International Interdisciplinary Research Journal

,

10

(6), 1162-

1167.

8. Normamatov, I. B. (2021). Improving the Practice of Using Cashless Accounts in

Uzbekistan.

European Scholar Journal

,

2

(4), 399-402.

9. Uzaqov, J. N., & Jumanazarov, K. S. (2024, August). Mintaqada ziyorat turizm salohiyatini

oshirish mexanizmining nazariy-uslubiy asoslari. In

conference on the role and importance

of science in the modern world

(Vol. 1, No. 7, pp. 23-33).

10. Kh, A. N. (2025). Optimizing prophylactic strategies for post-lasik dry eye syndrome: a

comprehensive review.

oriental journal of medicine and natural sciences

,

2

(3), 4-8.

11. Erkaeva, G. P., & Shukurov, U. S. (2022). Experience of foreign countries in increasing the

investment attractiveness of the regions.

Gospodarka i Innowacje.

,

24

, 234-238.

12. Музаффарова, К. З. (2022, December). Қашқадарё вилоят иқтисодиётига хорижий

инвестициялар жалб этиш омиллари. In

international conferences

(Vol. 1, No. 18, pp.

131-134).

13. Zoyirovna, M. K. (2022). Importance of enterprises with foreign investment in the

development of the regional economy.

Gospodarka i Innowacje.

,

29

, 219-225.

14. Muzaffarova, K. Z. (2023). Tasks of attracting foreign investments to the

regions.

Gospodarka i Innowacje.

,

41

, 404-408.

15. Музаффарова, К. З. (2023). Приоритеты привлечения иностранных инвестиций в

региональную промышленность в условиях развития цифровой экономики.

16. Muzaffarova, K. Z., & Abdukarimov, X. R. (2023). Xorijiy investitsiyalarni jalb etishda

tijorat banklarining faolligini oshirish asoslari.

Gospodarka i Innowacje.

, 473-478.

17. Музаффарова, К. З., & Эшмуродова, С. У. (2023). Иқтисодиётнинг ривожланишида

тижорат банкларининг инвестицион фаолиятининг аҳамияти.

Gospodarka i Innowacje.

,

371-376.

18. Бердиев, A. Ҳ., & Музаффарова, К. З. (2023). Мамлакат иқтисодиётига хорижий

инвестициялар жалб этишнинг аҳамияти.

Gospodarka i Innowacje.

, 145-151.

Библиографические ссылки

Nаvruz-Zоdа B.N., Ibrаgimоv N.S., Nаvruzzоdа Z.B., Nаvruz-Zоdа Sh.B. Turizm hudud rаqоbаtbаrdоshligi. Mоnоgrаfiyа. – Buxоrо: “Sаdriddin Sаlim Buxоriy” nаshriyоti, 2017. – 156 б.

Nаvruz-Zоdа Z.B. Turistik hududlаr negizidа ziyоrаt klаsterlаrini shаkllаntirishning tаshkiliy-iqtisоdiy mexаnizmlаri: Iqt. fаn. bо‘y. fаls. dоk. diss. … аvtоref. – Buxоrо, 2021. – 57 b.

Ergаshev R., Uzоqоv J. Impоrtаnce оf culturаl heritаge оbjects оf kаshkаdаryа regiоn in the perspective оf develоpment оf pilgrimаge tоurism //, Аmericаn Jоurnаl оf Interdisciplinаry Reseаrch аnd Develоpment, Impаct fаctоr, ISSN: 2771-8948, Vоlume 26, Mаrch - 2024, P. 111-115.

Ergаshev R., Uzоqоv J. The impоrtаnce оf increаsing the pоtentiаl оf pilgrimаge tоurism in the develоpment оf the ecоnоmy оf Kаshkаdаryа regiоn // Internаtiоnаl Scientific Reseаrch Jоurnаl, Impаct fаctоr, ISSN: 2776-0979, Vоlume 5, Issue 4, Аpril - 2024, P. 328-333.

Агешкина Н.А. Основы турагентской и туроператорской деятельности: учебное пособие / Н.А.Агешкина. — Москва : ИНФРА-М, 2022. – 567 с.

Normamatov, I. B. (2022). Sources of financing innovative development of economic sectors. Экономика и социум, (10-1 (101)), 121-126.

Normamatov, I. B. (2022). Ways to ensure continuation of payments in the interbank payment system. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(6), 1162-1167.

Normamatov, I. B. (2021). Improving the Practice of Using Cashless Accounts in Uzbekistan. European Scholar Journal, 2(4), 399-402.

Uzaqov, J. N., & Jumanazarov, K. S. (2024, August). Mintaqada ziyorat turizm salohiyatini oshirish mexanizmining nazariy-uslubiy asoslari. In conference on the role and importance of science in the modern world (Vol. 1, No. 7, pp. 23-33).

Kh, A. N. (2025). Optimizing prophylactic strategies for post-lasik dry eye syndrome: a comprehensive review. oriental journal of medicine and natural sciences, 2(3), 4-8.

Erkaeva, G. P., & Shukurov, U. S. (2022). Experience of foreign countries in increasing the investment attractiveness of the regions. Gospodarka i Innowacje., 24, 234-238.

Музаффарова, К. З. (2022, December). Қашқадарё вилоят иқтисодиётига хорижий инвестициялар жалб этиш омиллари. In international conferences (Vol. 1, No. 18, pp. 131-134).

Zoyirovna, M. K. (2022). Importance of enterprises with foreign investment in the development of the regional economy. Gospodarka i Innowacje., 29, 219-225.

Muzaffarova, K. Z. (2023). Tasks of attracting foreign investments to the regions. Gospodarka i Innowacje., 41, 404-408.

Музаффарова, К. З. (2023). Приоритеты привлечения иностранных инвестиций в региональную промышленность в условиях развития цифровой экономики.

Muzaffarova, K. Z., & Abdukarimov, X. R. (2023). Xorijiy investitsiyalarni jalb etishda tijorat banklarining faolligini oshirish asoslari. Gospodarka i Innowacje., 473-478.

Музаффарова, К. З., & Эшмуродова, С. У. (2023). Иқтисодиётнинг ривожланишида тижорат банкларининг инвестицион фаолиятининг аҳамияти. Gospodarka i Innowacje., 371-376.

Бердиев, A. Ҳ., & Музаффарова, К. З. (2023). Мамлакат иқтисодиётига хорижий инвестициялар жалб этишнинг аҳамияти. Gospodarka i Innowacje., 145-151.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)