RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
100
MAHALLIY BYUDJETLAR ASOSIDA MINTAQAVIY KOMMUNAL XO‘JALIKNI
INNOVATSION BOSHQARISH: INSTITUTSIONAL ISLOHOTLAR VA STRATEGIK
YONDASHUVLAR
Boboyeva Surayyo Xamroyevna
Axborot Texnologiyalari Va Menejment Universiteti Iqtisodiyot Kafedrasi O'qituvchisi
Baxtiyorov Asadbek Alisher O‘g`li
Axborot Texnologiyalari Va Menejment Universiteti Iqtisodiyot Yo'nalishi 2-Kurs Talabasi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada mahalliy byudjetlar asosida mintaqaviy kommunal
xo‘jalikni innovatsion boshqarishning dolzarb jihatlari ko‘rib chiqiladi. Avvalo, mahalliy moliyaviy
resurslardan samarali foydalanish va ularning mustaqilligini ta’minlash orqali kommunal xizmatlar
tizimini modernizatsiya qilish masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, institutsional islohotlar,
zamonaviy boshqaruv yondashuvlari, raqamli texnologiyalar va davlat-xususiy sheriklik asosida
samarali boshqaruv modellari ishlab chiqish zarurati asoslab beriladi. Tadqiqotda O‘zbekiston
tajribasi xalqaro amaliyotlar bilan qiyosiy tahlil qilinadi va mintaqaviy darajada resurslarni samarali
taqsimlash, jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha
taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Kalit So‘zlar:
Mahalliy byudjet, kommunal xo‘jalik, innovatsion boshqaruv, institutsional
islohot, strategik rejalashtirish, moliyaviy barqarorlik, jamoatchilik ishtiroki, raqamli
transformatsiya.
Абстрактный
. В статье рассматриваются современные аспекты инновационного
управления региональным коммунальным хозяйством на основе местных бюджетов. В
первую очередь будут проанализированы вопросы модернизации системы городского
хозяйства за счет эффективного использования местных финансовых ресурсов и обеспечения
их самостоятельности. Это также обосновывает необходимость разработки эффективных
моделей управления, основанных на институциональных реформах, современных подходах к
управлению, цифровых технологиях и государственно-частном партнерстве. В ходе
исследования будет проведено сравнение опыта Узбекистана с международной практикой и
разработаны предложения и рекомендации по эффективному распределению ресурсов,
усилению участия общественности и обеспечению финансовой устойчивости на
региональном уровне.
Ключевые слова
: Местный бюджет, муниципальное хозяйство, инновационное
управление, институциональная реформа, стратегическое планирование, финансовая
устойчивость, общественное участие, цифровая трансформация.
Abstract
. This article examines the current aspects of innovative management of regional
municipal services based on local budgets. First of all, the issues of modernization of the municipal
services system through the effective use of local financial resources and ensuring their
independence are analyzed. Also, the need to develop effective management models based on
institutional reforms, modern management approaches, digital technologies and public-private
partnerships is substantiated. The study provides a comparative analysis of the experience of
Uzbekistan with international practices and develops proposals and recommendations for the
effective allocation of resources at the regional level, strengthening public participation and
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
101
ensuring financial stability.
Keywords:
Local budget, municipal services, innovative management, institutional reform,
strategic planning, financial stability, public participation, digital transformation.
Kirish.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni modernizatsiya qilish,
hududlar o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy tafovutlarni kamaytirish va aholining hayot sifatini oshirish
bo‘yicha izchil islohotlar olib borilmoqda. Bu borada mahalliy boshqaruv organlari vakolatlarini
kengaytirish, byudjet tizimini takomillashtirish va kommunal xizmatlar ko‘rsatish tizimini
zamonaviylashtirish ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida ajralib turadi. Ayniqsa, mintaqaviy
kommunal xo‘jalikni innovatsion boshqarish masalasi tobora dolzarb tus olmoqda, chunki bu soha
bevosita aholining turmush sharoiti va ijtimoiy farovonligiga ta’sir ko‘rsatadi. Kommunal xo‘jalik
tizimi – bu aholini ichimlik suvi, elektr, issiqlik, chiqindilarni chiqarish, kanalizatsiya,
obodonlashtirish kabi asosiy xizmat turlari bilan ta’minlashni o‘z ichiga olgan muhim infratuzilma
sektori bo‘lib, uning barqaror ishlashi iqtisodiy rivojlanishning tarkibiy elementi sanaladi. Bugungi
kunda ushbu tizimni samarali boshqarish nafaqat texnik-modernizatsiya choralari bilan, balki
innovatsion yondashuvlar asosida amalga oshirilishi lozim. Xususan, raqamlashtirish, resurslardan
samarali foydalanish, moliyaviy monitoring tizimlarini joriy etish orqali kommunal xizmatlar sifati
va ularning qamrovi sezilarli darajada oshirilishi mumkin. Shu bilan birga, mahalliy byudjetlar
kommunal xo‘jalik tizimini moliyalashtirishning asosiy moliyaviy manbasi bo‘lib, ularning
shakllanishi va boshqaruvi samaradorligini ta’minlash institutsional jihatdan chuqur islohotlarni
talab qiladi. Amaliyotda ko‘plab muammolar — byudjet mablag‘larining manzilsiz taqsimlanishi,
moliyaviy resurslarning yetishmasligi, boshqaruv tizimining markazlashganligi va jamoatchilik
ishtirokining sustligi mavjud. Bu holat innovatsion yondashuvlar asosidagi strategik boshqaruv
konsepsiyalarini joriy qilish zaruratini yuzaga keltirmoqda.
“
Mahalliy darajadagi moliyaviy
mustaqillikni oshirmasdan turib, mintaqaviy xizmatlar sifatida kommunal xo‘jalikni samarali
boshqarish
imkonsizdir”[1].
Mazkur maqolada aynan mahalliy byudjetlar asosida mintaqaviy kommunal xo‘jalikni innovatsion
boshqarish masalalari chuqur tahlil qilinadi. Xususan, institutsional islohotlar zarurati, samarali
boshqaruv mexanizmlarini ishlab chiqish, innovatsion moliyalashtirish manbalaridan foydalanish va
jamoatchilik ishtirokiga asoslangan ochiq boshqaruv tizimlari doirasida strategik yondashuvlar
ishlab chiqiladi. Shuningdek, xalqaro tajribalar tahlili asosida O‘zbekiston sharoitiga mos
innovatsion modellar taklif etiladi.
Adabiyotlar tahlili.
Mintaqaviy kommunal xo‘jalikni innovatsion boshqarish va bu jarayonda
mahalliy byudjetlarning rolini chuqur o‘rganish uchun so‘nggi yillardagi ilmiy manbalar, xalqaro
tashkilotlar hisobotlari, amaliy tajribalar va milliy qonunchilik asoslari tahlil qilindi. Innovatsion
boshqaruvning joriy qilinishi moliyaviy resurslardan oqilona foydalanishni, shuningdek,
fuqarolarning ehtiyojlariga moslashtirilgan xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlaydi.”[2].
Rasulova G. (2021) o‘zining “Kommunal xizmatlar sifatini oshirishda moliyalashtirish tizimining
ahamiyati” nomli maqolasida moliyaviy manbalar, xususan, mahalliy byudjetlarning kommunal
xizmatlar sifati va qamroviga bevosita ta’siri borligini ta’kidlaydi. Muallif byudjet taqsimotining
shaffof va manzilli bo‘lishi zarurligini urg‘ulaydi. Ushbu yondashuv kommunal sohani innovatsion
yo‘l bilan boshqarish uchun zarur asoslardan biridir. Kommunal xizmatlar infratuzilmasi rivoji
uchun mahalliy byudjetlarning investitsion salohiyatini kuchaytirish dolzarb strategik vazifadir”[3].
Xasanov A. (2022) esa hududiy infratuzilmani rivojlantirishda investitsiyalarning roli va moliyaviy
manbalarni jalb qilish mexanizmlarini yoritadi. U davlat-xususiy sheriklik modelini asosiy vosita
sifatida ko‘rsatib, mahalliy byudjetlar bilan integratsiya qilinishini taklif qiladi. Xalqaro miqyosda
OECD (2020) tomonidan e’lon qilingan “Enhancing the Effectiveness of Public Investment at the
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
102
Sub-National Level” nomli hisobotda, hududiy darajadagi investitsion siyosatni shakllantirishda
mahalliy byudjetlarning mustaqilligi, moliyaviy rejalashtirish va monitoring mexanizmlarining
mavjudligi eng muhim omil sifatida baholanadi. Hisobotda, shuningdek, ishonchli statistika va
raqamli boshqaruv tizimlarining mavjudligi innovatsion boshqaruvda muhim o‘rin tutishi
ta’kidlangan. “Mahalliy boshqaruv tizimida islohotlar chuqurlashmagan ekan, kommunal xizmatlar
sifati hamda ularning qamrovi o`tmaydi”[4]. UNDP (2021) tomonidan ishlab chiqilgan “Local
Governance for Sustainable Development” konsepsiyasida esa mahalliy boshqaruv organlarining
innovatsion tashabbuslarni amalga oshirishdagi roli, fuqarolar bilan hamkorlikda qaror qabul qilish
mexanizmlari va ochiqlik tamoyillari alohida ko‘rsatib o‘tilgan. Kwon (2019) o‘zining Jahon banki
uchun tayyorlagan “Municipal Finance and Urban Infrastructure Development” nomli ishida
mahalliy moliyaviy tizimlar va infratuzilmani barqaror rivojlantirish o‘rtasidagi bevosita
bog‘liqlikni chuqur tahlil qiladi. U moliyalashtirishning innovatsion usullari – obligatsiyalar,
grantlar, tender asosidagi tanlovlar va boshqa vositalarni taklif etadi. “Davlat-xususiy sheriklik va
raqamli texnologiyalarni integratsiyalash orqali mintaqaviy kommunal xo‘jalikda samaradorlikka
erishish
mumkin”[5].
Yuqoridagi tahlillar asosida ko‘rinadiki, mahalliy byudjetlar asosida mintaqaviy kommunal
xo‘jalikni boshqarishda innovatsion yondashuvlar, institutsional islohotlar va strategik rejalashtirish
bir-birini to‘ldiruvchi asosiy omillardir. Milliy va xalqaro manbalar asosida mazkur yo‘nalishda
tizimli takomillashtirish ishlari olib borilishi zarurati yuzaga chiqmoqda
.
Tadqiqot metodologiyasi
Mazkur tadqiqotda mintaqaviy kommunal xo‘jalikni innovatsion boshqarish jarayonida mahalliy
byudjetlarning rolini tahlil qilish, mavjud institutsional muammolarni aniqlash va strategik
yondashuvlarni ishlab chiqish asosiy maqsad qilib olindi. Shu maqsadda quyidagi ilmiy-uslubiy
yondashuvlardan foydalanildi:
o
Tahliliy uslub (analitik yondashuv)
Tadqiqot doirasida mahalliy byudjetlar tizimi, ularning shakllanishi, taqsimlanishi va
mintaqaviy kommunal xo‘jalikka ta’siri bo‘yicha mavjud ma’lumotlar tahlil qilindi. O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi va xalqaro tashkilotlarning (OECD,
UNDP, Jahon banki) ma’lumotlari asosida amaliy holatlar o‘rganildi.
o
Qiyosiy tahlil usuli
O‘zbekiston tajribasi boshqa davlatlar, xususan, Polsha, Janubiy Koreya, Turkiya kabi
rivojlanayotgan mamlakatlar tajribalari bilan solishtirildi. Bu orqali innovatsion boshqaruv
modellarining samaradorligi va ularning O‘zbekiston sharoitiga moslashuvchanligi baholandi.
o
Empirik usul
Mintaqaviy darajadagi mavjud holatlarni tahlil qilish uchun Toshkent shahri, Farg‘ona viloyati
va Qashqadaryo viloyatlaridan olingan statistik ma’lumotlar asosida amaliy tahlil o‘tkazildi. Shu
bilan birga, mahalliy hokimliklarning rasmiy hisobotlari, kommunal xizmatlar tashkilotlarining
faoliyati bo‘yicha mavjud ma’lumotlar umumlashtirildi.
o
SWOT tahlil
Mintaqaviy kommunal xo‘jalikni innovatsion boshqarishda kuchli va zaif tomonlar, mavjud
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
103
imkoniyatlar va tahdidlar aniqlanib, strategik rejalashtirish uchun asos yaratildi.
o
Ekspert baholash usuli
Soha mutaxassislari, iqtisodchilar, mahalliy byudjet va boshqaruv tizimi bo‘yicha ekspertlar
bilan intervyular va so‘rovnomalar tashkil etilib, ularning fikr-mulohazalari asosida strategik
tavsiyalar ishlab chiqildi.
Tadqiqotning natijalari asosida, innovatsion boshqaruvni mahalliy darajada joriy etish uchun
kompleks yondashuv – ya’ni institutsional islohotlar, moliyaviy mustaqillik, texnologik
innovatsiyalar va jamoatchilik ishtirokiga asoslangan model taklif qilindi.
Xulosa.
Mazkur tadqiqot davomida mahalliy byudjetlar asosida mintaqaviy kommunal xo‘jalikni
innovatsion boshqarishning nazariy asoslari, mavjud holati va rivojlanish istiqbollari har tomonlama
tahlil qilindi. O‘zbekiston sharoitida kommunal xizmatlar sifati va qamrovini oshirish, resurslardan
samarali foydalanish va boshqaruv jarayonlarini zamonaviylashtirish bevosita moliyaviy mustaqillik
va institutsional islohotlarning chuqurligiga bog‘liq ekanligi aniqlandi. Mahalliy byudjetlar
innovatsion g‘oyalar, raqamli texnologiyalar va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy
etishda tayanch moliyaviy manba sifatida qaralishi kerak. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, mahalliy
hokimiyat organlari moliyaviy rejalashtirishda strategik yondashuvlarga asoslangan holda qarorlar
qabul qilsa, kommunal xo‘jalikda xizmatlar sifati sezilarli darajada oshadi. Tadqiqot natijasida
quyidagilar muhim xulosalar sifatida qayd etildi:
Mahalliy byudjetlar taqsimotining shaffofligi va manzilliligi samaradorlikka bevosita ta’sir
ko‘rsatadi;
Institutsional islohotlar va boshqaruv mexanizmlarining raqamli yechimlar bilan uyg‘unligi
xizmatlar tezligi va sifatini oshiradi;
Mintaqaviy darajada jamoatchilik ishtiroki va xususiy sektor bilan hamkorlikni kuchaytirish
boshqaruvni innovatsion yo‘lga qo‘yishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, mahalliy byudjetlar asosida mintaqaviy kommunal xo‘jalikni boshqarishda
kompleks yondashuv zarur. Buning uchun moliyaviy mustaqillik, institutsional barqarorlik va
innovatsion salohiyatni uyg‘unlashtirgan strategik siyosat yuritilishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Musayev Sh.R. (2020).
Mahalliy moliyaviy boshqaruv asoslari
. Toshkent: “Iqtisodiyot”
nashriyoti.
2. G‘ulomov S.S. (2019).
Hududiy iqtisodiyotni boshqarish: nazariya va amaliyot
. Toshkent: “Ilm
Ziyo”.
3. Xasanov A. (2022).
Hududiy infratuzilmani rivojlantirishda investitsiyalarning o‘rni va
moliyalashtirish mexanizmlari
. Ilmiy-amaliy iqtisodiy tadqiqotlar jurnali, №1.
4. Rasulova G. (2021).
Kommunal xizmatlar sifatini oshirishda moliyalashtirish tizimining
ahamiyati
. Moliya va Buxgalteriya jurnali, №2.
5. Boboyeva,S.Khamroevna, (2025)
“Improving the management of local budget expenditures”
Volume 3, Issue 3.
6. Boboyeva S., Baxtiyorov A. (2024)
“Kоmmunаl xо'jаligining institutsiоnаl jihаtlаrini
tаkоmillаshtirishdа yаshil iqtisоdiyоtning о'rni”
Volume-7, Issue-12.
7. Boboyeva,S.Khamraevna, Khayriddinov Azamat Botirovich. (2023)
“The role of interbudget
transfers and taxes in ensuring the financial independence of local budgets”
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
104
8. Botirovich, . K. A. ., Batirovich, K. S. ., B. S. K. . (2021).
“Local Budget Revenues As an
Important Link of Territorial Revenue Power”
9. OECD (2020).
Enhancing the Effectiveness of Public Investment at the Sub-National Level
.
Paris: OECD Publishing. [https://www.oecd.org]
10. UNDP (2021).
Local Governance for Sustainable Development
. United Nations Development
Programme. [https://www.undp.org]
11. Kwon, H. (2019).
Municipal Finance and Urban Infrastructure Development
. World Bank
Report. [https://www.worldbank.org]
12. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (2023).
Mahalliy byudjetlar ijrosi bo‘yicha yillik
hisobot
. Toshkent. [https://www.mf.uz]
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, PF–60-son, 2022-yil 28-yanvar.
Mahalliy
boshqaruv tizimini takomillashtirish va moliyaviy mustaqillikni kuchaytirish to‘g‘risida
.
14. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori, 2021-yil 16-noyabr, №706.
Davlat-
xususiy sheriklik asosida kommunal xizmatlarni rivojlantirish strategiyasi
.
15. Normamatov, I. B. (2022). Sources of financing innovative development of economic
sectors.
Экономика и социум
, (10-1 (101)), 121-126.
16. Normamatov, I. B. (2022). Ways to ensure continuation of payments in the interbank payment
system.
Galaxy International Interdisciplinary Research Journal
,
10
(6), 1162-1167.
17. Normamatov, I. B. (2021). Improving the Practice of Using Cashless Accounts in
Uzbekistan.
European Scholar Journal
,
2
(4), 399-402.
18. Uzaqov, J. N., & Jumanazarov, K. S. (2024, August). Mintaqada ziyorat turizm salohiyatini
oshirish mexanizmining nazariy-uslubiy asoslari. In
conference on the role and importance of
science in the modern world
(Vol. 1, No. 7, pp. 23-33).
19. Музаффарова, К. З. (2022, December). Қашқадарё вилоят иқтисодиётига хорижий
инвестициялар жалб этиш омиллари. In
international conferences
(Vol. 1, No. 18, pp. 131-
134).
20. Muzaffarova, K. Z., & Abdukarimov, X. R. (2023). Xorijiy investitsiyalarni jalb etishda tijorat
banklarining faolligini oshirish asoslari.
Gospodarka i Innowacje.
, 473-478.
21. Музаффарова, К. З., & Эшмуродова, С. У. (2023). Иқтисодиётнинг
