RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
139
BIZNES JARAYONLARNI BOSHQARISHDA ZAMONAVIY AXBOROT
KOMMUNIKATSIYALARIDAN FOYDALANIB MARKETING SAMARADORLIGINI
OSHIRISH.
ZOKIROV ULUG‘BEK INOM O‘G‘LI
Axborot texnologiyalari va menejment unversiteti assistenti,
ORCID: 0009-0001-5357-3270
Annotatsiya.
Maqolada marketing kommunikatsiyalarining mazmuni va ularning
kompaniya raqobatbardoshligini oshirishdagi roli tahlil qilingan. Integratsiyalangan marketing
kommunikatsiyalari (IMK) konsepsiyasi orqali reklama, PR, shaxsiy sotuv va raqamli
texnologiyalar yagona tizimda uyg‘unlashtirilishi zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan. Zamonaviy AKT
vositalari — CRM, Big Data va sun’iy intellekt marketing samaradorligini oshirishi ta’kidlangan.
Tahlil natijasida, kompaniya muvaffaqiyati uchun kompleks kommunikatsiya yondashuvi va
raqamli transformatsiya sharoitida doimiy rivojlanish zarurligi asoslab berilgan.
Kalit
so‘zlar
:
marketing
kommunikatsiyasi,
integratsiyalangan
marketing
kommunikatsiyalari (IMK), reklama, PR, raqamli marketing, CRM, Big Data, sun’iy intellekt,
raqobatbardoshlik, raqamli transformatsiya.
Kirish.
Marketingda kommunikatsiya deb turli xil auditoriyalar adresiga, shu jumladan,
mijozlar, sotuvchilar, ta’minotchilar, aksionerlar, boshqaruv organlariga firmadan yuboriladigan
signallar majmuini tushunishimiz mumkin. Marketing kommunikatsiyalari deganda bozorda
xo‘jalik yurituvchi subyekt oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish maqsadida belgilangan bozor
segmentlari bilan, shuningdek, muloqot doiralari bilan kommunikatsiyalarni ta’minlashga imkoniyat
beradigan texnologiya (fan, vositalar) tushuniladi. Aynan har xil marketing kommunikatsiyalarining
integratsion jarayonlari kommunikativ jarayonlarni boshqarishning turli vositalari va tamoyillarini
sintez qiladigan ochiq joriy (shuningdek, istiqboldagi) resurslardan maksimal iqtisodiy va ijtimoiy
foyda olishga yo’naltirilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati to‘laqonli tizimi sifatida
integratsiyalashgan marketing kommunikatsiyalarini shakllantiradi. Kommunikatsiya faoliyatining
eng muhim vazifalari marketing strategiyasini amalga oshirish maqsadida tashkilotning barcha
bo‘g‘inlari samaraliroq ishlashi va texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarini o’sishi hisoblanadi. SHu
sababli qo‘yilgan vazifani bajarish uchun tashkilotninghar xil bo‘linmalari uzviy o‘zaro aloqa qilishi
zarur, bu esa, eng avvalo, tashkilot ichida yo‘lga qo‘yilgan kommunikatsiyalarni hamda tashqi
muhit bilan kommunikatsiyalarni yo’lga quyish va qo‘llab-quvvatlash uchun ulkan hajmdagi turli
xil vositalar yig‘indisini taqozo etadi.
Aynan marketing makoniga kiritilganlik, yoki marketing kommunikatsiyalari kompleksi
tashkilotning investitsion jalb etuvchanligi va rivojlanish dinamikasini ta’minlaydigan asl qiymatini
shakllantiradi. Kommunikatsiya siyosati bu tovarni bozorga targ’ibot usullari yig‘indisidir.
Kommunikatsiyaning asosiy vositalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: jamoat bilan aloqa; reklama;
sotishni rag‘batlantirish; maxsus ko‘rgazmalar; shaxsiy sotuv hisoblanadi
Muammoning o‘rganilganlik darajasi.
Chaffey 2022-yilgi asarida raqamli texnologiyalar
orqali biznes jarayonlarini avtomatlashtirish va mijozlarga moslashtirilgan marketingni olib borish
marketing samaradorligini keskin oshirayotganini ta’kidlaydi
. U CRM, big data analytics, sun’iy
intellekt (AI) va avtomatlashtirilgan marketing kampaniyalarining kompaniya raqobatbardoshligini
oshirishdagi rolini zamonaviy misollar bilan asoslab bergan.
Kotler, Kartajaya va Setiawan (2021). "Marketing 5.0: Technology for Humanity". Bu
asarda marketingning so‘nggi evolyutsiyasi — Marketing 5.0 konsepsiyasi bayon etiladi. Mualliflar
zamonaviy texnologiyalar (AI, machine learning, IoT) orqali fizik va raqamli tajriba integratsiyasini
1
Chaffey, D. (2022). "Digital Marketing: Strategy, Implementation, and Practice".
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
140
yaratish marketingda maksimal natija berishini ta’kidlashgan. Marketing 5.0 tushunchasi aynan
biznes jarayonlarda AKT-dan foydalanish orqali samaradorlikni oshirishga qaratilgan.
Metodlar va metodologiya.
Marketing va biznes jarayonlarining o‘zaro bog‘liqligini har
tomonlama tahlil qilish. AKT vositalari ta’sirini marketingning turli bosqichlarida (mijoz jalb qilish,
sotish, xizmat ko‘rsatish) baholash. Innovatsion yondashuv – raqamli texnologiyalardan
foydalanishning marketing samaradorligiga zamonaviy ta’sirini o‘rganish.
Natijalar.
Kommunikatsiya raqobat kurashida muvaffaqiyat omili deb ta’kidlanadi.
Tashkilot o‘z firmasining yaxshi imijini yaratish uchun ko‘plab kommunikativ jarayonlar bilan
o‘zaro murojaat qilishga majburdir. Tashkilot tovar bilan raqobatlashib kommunikativ raqobatga
chuqurroq, ya’ni bozorning muhimroq maqsadli segmenti va mijozlari e’tiboriga erishishga
kurashib jalb etiladi.
Keyingi kommunikativ siyosatda strategik va taktik choralarni ichiga oluvchi faqat
kompleks yondashish imkoniyati oldinga qo‘yiladi. Buning uchun tashkilotdan tadbirkorlikning
integratsiyalangan kommunikativ konsepsiyasini yaratish va rivojlantirish talab etiladi.
Integratsiyalangan kommunikativ jarayonning xususiyati bo‘lib, kommunikatsiya vosita va
jarayoni, tashuvchilari, shakllarining turli-tumanligi deb hisoblanadi.
Kommunikatsiya kategoriyalarni ushbu 1-rasmda ko‘rishimiz mumkin.
1-rasm. Kommunikatsiya kategoriyalar.
Integratsiyalangan marketing kommunikatsiyalari biznesni rivojlantirishning jadal
uslubiyatlari tizimi. An’anaviy ravishda integratsiyalangan marketing kommunikatsiyalari BTL,
ATL, to‘g‘ridan-to‘g‘ri marketing texnologiyalarini, shuningdek, zarur shaxslar bilan shaxslararo
munosabatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha texnologiyalarni o’zida uyg‘unlashtiradi.
BTL atamasining vujudga kelish afsonasi mashhurdir. Reklama sohasi guruhlaridan biri,
navbatdagi reklama kampaniyasi byudjetini shakllantirar ekan, yakuniy xulosa chiqardi, so‘ngra
sotuvni rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirlarni ham yozib kiritish lozim ekanligi uning yodiga tushdi,
oqibatda bu yozuvlar chiziqning tagidan o‘rin oldi. Bu yerda shunga izoh berib o‘tish zarurki,
adabiyotlarda yuqorida sanab o‘tilgan vositalar to‘plamida ayrim qarama-qarshiliklar mavjuddir.
Chiziq ustida (ATL) ommaviy axborot vositalari hamda tashqi reklama va axborot vositalari orqali
tarqatiladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reklama joylashgan edi.
Reklama materiallari imijni shakllantirish, eslatish, tanib olish, xabardor qilish uchun xizmat
qiladi. Ya’ni garchi reklama «to‘g‘ridan-to‘g‘ri» bo‘lsa-da, lekin potensial mijoz bilan
kommunikativ kanal bilvosita va qaytuvchan aloqasiz bo‘lib chiqadi. Chiziq ostida (BTL) sotuvni
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
141
rag‘batlantirish, mijozlarni rag‘batlantirish, savdoni rag‘batlantirishning nozikroq mexanizmlari
ishlaydi. Bu yerda tovarni namoyish etish va qayd qilingan oldi-sotdi harakati emas, mijoz-sotuvchi
o‘zaro aloqalari interaktiv kanali va ikkilamchi tadqiqotlar o‘tkazish imkoniyati juda muhimdir.
Tovar yoki xizmatning o‘zi emas, balki uning iste’mol tizimiga kiritilganligi juda muhimdir.
Aynan mijozlar bilan yo‘lga qo‘yilgan aloqalar hamda iste’mol va taqsimot yo‘lga qo‘yilgan tizimi
biznesning
muvaffaqiyatga
erishishini
hal
qiladi.
Integratsiyalangan
marketing
kommunikatsiyalarining reklama, jamoatchilik bilan aloqalari, sotuvni rag‘batlantirish, moddiy-
texnika ta’minoti, ishchilar bilan o‘zaro munosabatlarni shakllantirish kabi alohida qismlardan
iborat bo‘lgan «butun bir yaxlitlik»ni tushunishning yangi usuli sifatida yetarli darajada umumiy
deb hisoblash mumkin.
Tahlil.
Integratsiyalangan marketing kommunikatsiyalari usullarini to‘rtta asosiy guruhga
bo’lish mumkin.
1.Tashkiliy-iqtisodiy usullar. Butun biznes-struktura kommunikativ qadamlar bilan
muvofiqlashtirilgan bo‘lishi lozim. Agar tovarlarni sotishda ularni sotish mumkin bo‘lgan tezlik
baholanmagan va tovar sotuvda bo‘lmaydigan bo‘lsa, butun reklama faoliyati samarasiz bo’ladi.
Agar tashkilot qurilish uchun ruxsat olishga harakat qilayotgan bo‘lsa, qurilish esa mablag‘lar
yo‘qligi tufayli boshlanmasa – shunchalik mashaqqat bilan tashkil qilingan kommunikativ kanal o’z
nihoyasiga yetadi. Xaridorlarga chegirmalar tizimi ko‘rinishida taqdim etiladigan sof iqtisodiy
foyda raqobatli ustunlikka aylanishi mumkin.
2.Axborot-reklama usullari. Bu usullar qatoriga yakuniy mijoz uchun ham, korporativ
xaridorlar uchun ham tijorat takliflari, taqdimotlar, keng jamoatchilik uchun ham mo‘ljallangan imij
va nufuzni shakllantirish bo‘yicha tadbirlarni kiritish lozim.
3.Shaxslararo aloqalar o‘rnatish usullari. Bu usullar tashqi muhit bilan ham, tashkilot
ichida ham marketing strategiyasini amalga oshirish, «ko‘maklashuvchi» shaxslar bilan o‘zaro
aloqalarni yo‘lga qo‘yish ularga bog‘liq bo‘lgan ish aloqalari etikasini – o‘ta tartiblilik va «nozik»
kommunikativ texnologiyalar talab qiladigan narsalarni o’zida aks ettiradi.
4.Yuridik usullar – tashkilotlarni qo‘shib olish va birlashtirish jarayonlarining faollashuvi
axborot-reklama, tashkiliy-iqtisodiy boshqa jarayonlar bilan birgalikda kuzatiladigan ushbu
usullarni integratsiyalangan marketing kommunikatsiyalari qurollari qatoriga kiritish zarurligini
ta’kidlaydi.
Xulosa.
O‘tkazilgan tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, marketingda kommunikatsiya
kompaniyaning ichki va tashqi faoliyatida markaziy o‘rin tutadi. Tashkilot va uning maqsadli
auditoriyasi o‘rtasida samarali axborot almashinuvini ta’minlash orqali kompaniya bozorda o‘z
imijini shakllantiradi, mijozlar e’tiborini jalb qiladi va raqobat ustunligini oshiradi.
Integratsiyalangan marketing kommunikatsiyalari (IMK) esa turli kommunikatsiya vositalari va
texnologiyalarini yagona tizimda birlashtirib, tashkilotning marketing strategiyasini kompleks
tarzda amalga oshirishga imkon yaratadi. IMK orqali kompaniyalar reklama, PR, sotishni
rag‘batlantirish, shaxsiy sotuv va raqamli marketing vositalarini o‘zaro uyg‘unlashtirib, bozorda
mustahkam mavqega ega bo‘lishi mumkin.
Raqamli texnologiyalar (CRM, Big Data, sun’iy intellekt) marketing kommunikatsiyalarini
yanada samaraliroq va shaxsiylashtirilgan qilish imkonini bermoqda. Ayniqsa, Marketing 5.0
konsepsiyasi zamonaviy texnologiyalar va inson markazidagi yondashuvni uyg‘unlashtirish orqali
marketing samaradorligini yangi bosqichga olib chiqmoqda.
Shuningdek, kommunikatsiya siyosatini shakllantirishda kompleks yondashuv — tashkiliy-
iqtisodiy, axborot-reklama, shaxslararo aloqalar va yuridik usullardan uyg‘un holda foydalanish —
muvaffaqiyatli biznes jarayonlarini tashkil qilishning muhim shartlaridan biridir.
Yakunda aytish mumkinki, marketing kommunikatsiyalari va ularning integratsiyalangan
shakllaridan samarali foydalanish kompaniyaning raqobatbardoshligini oshiribgina qolmay, balki
barqaror rivojlanishini ham ta’minlaydi. Zamonaviy marketingda muvaffaqiyatga erishish uchun
tashkilotlar o‘z kommunikatsiya strategiyasini raqamli transformatsiya sharoitida doimiy ravishda
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
142
yangilab borishi zarur.
Adabiyotlar:
1. Goleman, D. (1995).
Emotional Intelligence: Why It Can Matter More Than IQ.
Bantam
Books.
2. Drucker, P. (1999).
Management Challenges for the 21st Century.
HarperBusiness.
3. Robles, M. M. (2012).
Executive Perceptions of the Top 10 Soft Skills Needed in
Today’s Workplace.
Business Communication Quarterly, 75(4), 453-465.
4. World Economic Forum. (2020).
The Future of Jobs Report.
Retrieved from
https://www.weforum.org/reports
5. Google. (2018).
Project Oxygen: What Makes a Great Manager?
Retrieved from
6. Google. (2016).
Project Aristotle: Understanding Team Effectiveness.
Retrieved from
7. Amazon.
(2023).
Leadership
Principles.
Retrieved
from
https://www.aboutamazon.com/news/workplace/amazon-leadership-principles
8.
Uzaqov, J. N., & Jumanazarov, K. S. (2024, August). Mintaqada ziyorat turizm
salohiyatini oshirish mexanizmining nazariy-uslubiy asoslari. In
conference on the role and
importance of science in the modern world
(Vol. 1, No. 7, pp. 23-33).
9.
Узоқов, Ж. Н. (2024, May). Зиёрат туризмнинг ривожланиш босқичлари ҳамда
тармоқ сифатида шаклланиш тарихи. In
conference on the role and importance of science in the
modern world
(Vol. 1, No. 4, pp. 98-102).
10. Xаmrоyevnа, B. S., & Аlisher о'g'li, А. B. (2024). Kоmmunаl xо'jаligining
institutsiоnаl jihаtlаrini tаkоmillаshtirishdа yаshil iqtisоdiyоtning о'rni.
World of science
,
7
(12), 88-
91.
11. Erkaeva, G. P., & Shukurov, U. S. (2022). Experience of foreign countries in
increasing the investment attractiveness of the regions.
Gospodarka i Innowacje.
,
24
, 234-238.
12. Shukurov, U. S. Peculiarities of industrial location in cities and districts of
Kashkadarya region.
Gwalior management academy
, 73.
13. Музаффарова, К. З. (2022, December). Қашқадарё вилоят иқтисодиётига
хорижий инвестициялар жалб этиш омиллари. In
international conferences
(Vol. 1, No. 18, pp.
131-134).
14. Zoyirovna, M. K. (2022). Importance of enterprises with foreign investment in the
development of the regional economy.
Gospodarka i Innowacje.
,
29
, 219-225.
15. Muzaffarova, K. Z. (2023). TASKS OF ATTRACTING FOREIGN
INVESTMENTS TO THE REGIONS.
Gospodarka i Innowacje.
,
41
, 404-408.
16. Музаффарова, К. З. (2023). Приоритеты привлечения иностранных инвестиций
в региональную промышленность в условиях развития цифровой экономики.
17.Muzaffarova, K. Z., & Abdukarimov, X. R. (2023). Xorijiy investitsiyalarni jalb etishda
tijorat banklarining faolligini oshirish asoslari.
Gospodarka i Innowacje.
, 473-478.
