Авторы

  • Ойбек Бобокулов
    Axborot texnologiyalari va menejment universiteti iqtisodiyot mutaxssisligi 1-kurs magistrant

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsci.129185

Ключевые слова:

COVID-19 McDonald’s global integratsiya siyosat raqamli transformatsiya ta’minot zanjiri moslashuvchanlik restoran biznesi.

Аннотация

COVID-19 pandemiyasi butun dunyodagi iqtisodiy va ijtimoiy tizimlarga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan bir paytda, McDonald's korporatsiyasi ham o‘z siyosati va faoliyatini yangi sharoitlarga moslashtirishga majbur bo‘ldi. Kompaniyaning asosiy maqsadi – mijozlar va xodimlarning xavfsizligini ta’minlash, shu bilan birga biznesning uzluksizligini saqlab qolish bo‘ldi. Shu maqsadda McDonald's sanitariya qoidalarini kuchaytirish, kontaktsiz xizmat turlarini joriy etish, raqamli texnologiyalardan foydalanish (mobil ilovalar, onlayn buyurtmalar, avtomatlashtirilgan xizmat ko‘rsatish) kabi choralarni amalga oshirdi. Global integratsiya nuqtai nazaridan McDonald's turli mamlakatlardagi filiallarini mahalliy shart-sharoitlarga moslashtirish, bir vaqtning o‘zida umumiy korporativ standartlar va brend qadriyatlarini saqlashga harakat qildi. Bu jarayonda kompaniya raqamli transformatsiya va ishlab chiqarish-logistika zanjirlarini optimallashtirish orqali pandemiya sharoitida ham o‘zining xalqaro raqobatbardoshligini ta’minlay oldi. McDonald'sning pandemiya davridagi siyosati uning global tuzilmasi, samarali boshqaruvi va innovatsion yondashuvlari orqali inqirozga qarshi chidamli kompaniya ekanligini namoyon etdi.

background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

155

COVID-19 PANDEMIYASI DAVRIDA MCDONALD'SNING SIYOSATI VA GLOBAL

INTEGRATSIYA JARAYONI

BOBOQULOV OYBEK NORBO‘TAYEVICH

Axborot texnologiyalari va menejment universiteti

Iqtisodiyot mutaxssisligi 1-kurs magistranti

Tel: 97-200-04-30

Annotatsiya:

COVID-19 pandemiyasi butun dunyodagi iqtisodiy va ijtimoiy tizimlarga jiddiy

ta’sir ko‘rsatgan bir paytda, McDonald's korporatsiyasi ham o‘z siyosati va faoliyatini yangi

sharoitlarga moslashtirishga majbur bo‘ldi. Kompaniyaning asosiy maqsadi – mijozlar va

xodimlarning xavfsizligini ta’minlash, shu bilan birga biznesning uzluksizligini saqlab qolish bo‘ldi.

Shu maqsadda McDonald's sanitariya qoidalarini kuchaytirish, kontaktsiz xizmat turlarini joriy etish,

raqamli texnologiyalardan foydalanish (mobil ilovalar, onlayn buyurtmalar, avtomatlashtirilgan

xizmat ko‘rsatish) kabi choralarni amalga oshirdi.

Global integratsiya nuqtai nazaridan McDonald's turli mamlakatlardagi filiallarini mahalliy

shart-sharoitlarga moslashtirish, bir vaqtning o‘zida umumiy korporativ standartlar va brend

qadriyatlarini saqlashga harakat qildi. Bu jarayonda kompaniya raqamli transformatsiya va ishlab

chiqarish-logistika zanjirlarini optimallashtirish orqali pandemiya sharoitida ham o‘zining xalqaro

raqobatbardoshligini ta’minlay oldi. McDonald'sning pandemiya davridagi siyosati uning global

tuzilmasi, samarali boshqaruvi va innovatsion yondashuvlari orqali inqirozga qarshi chidamli

kompaniya ekanligini namoyon etdi.

Kalit so’zlar

: COVID-19, McDonald’s, global integratsiya, siyosat, raqamli transformatsiya,

ta’minot zanjiri, moslashuvchanlik, restoran biznesi.

Kirish:

COVID-19 pandemiyasi davridagi McDonald’s korporatsiyasining siyosati va global

integratsiya jarayonlariga bo’lgan ta’sirini o’rganadi. Pandemiya davri global ta’minot zanjirlarini

buzdi, shuningdek iste’molchilar xatti-harakatlarini o’zgartirdi, bu esa o’z davrida restoran

biznesiga sezilarli ta’sirini ko’rsatdi. McDonald’sning ushbu o’zgarishlarga moslashish uchun

qo’llagan strategiyalarini, jumladan raqamli transformatsiya, menyuni soddalashtirish, xavfsizlik

choralarini kuchaytirish va mahalliy sharoitlarga moslashuvchanlikni tahlil qiladi.

COVID-19 pandemiyasi XXI asrning boshlarida global iqtisodiyot va jamiyatga misli

ko’rilmagan ta’sir ko’rsatdi. Pandemiya tufayli yuzaga kelgan inqiroz global ta’minot zanjirlarining

uzilishiga, iste’molchilar xatti-harakatlarining keskin o’zgarishiga va biznes yuritishning yangi

sharoitlariga olib keldi. Ushbu vaziyat global korporatsiyalar, jumladan McDonald’s uchun ham

jiddiy sinov bo’ldi. McDonald’sning turli mamlakatlarda olib borgan siyosati va operatsion

amaliyotlaridagi farqlarni ko’rib chiqadi. Pandemiyaning boshlanishi bilan McDonald’sning asosiy

maqsadi global siyosatni muvofiqlashtirish va mahalliy hokimiyat organlarining talablariga javob

berish o’rtasida muvozanatni saqlashga harakat qildi. Korporativ siyosatning mahalliy sharoitlarga

moslashuvi, turli xududlardagi filial egalari bilan munosabatlar va ta’minot zanjirlarining

barqarorligini ta’minlash kabi masalalarni o’z ichiga oladi.

Metod va metodologiya.

McDonald’s dunyo bo’ylab 39,000 dan ortiq restoranlarga ega

bo’lgan tez ovqatlanish sanoatining yetakchi vakili hisoblanadi. Kompaniyaning global integratsiya

darajasi yuqori bo’lib, turli mamlakatlardagi restoranlar o’zaro bog’langan ta’minot zanjirlari,

standartlashtirilgan operatsion jarayonlar va global brend strategiyasi asosida faoliyat yuritadi.

Biroq, pandemiya McDonald’sni ushbu integratsiya modelining zaif tomonlarini aniqlashga va

siyosatni moslashtirish zarurligini ko’rsatdi.

Global korporatsiyalarning kelajakdagi inqirozlarga tayyorgarligini oshirish, biznes modelini

takomillashtirish va raqobatbardoshlikni saqlab qolish uchun muhim saboqlarni aniqlash

imkoniyatidadir. McDonald’s va boshqa global korporatsiyalarga ta’minot zanjirlarining

barqarorligini ta’minlash, xodimlarning xavfsizligini himoya qilish va mijozlarning o’zgaruvchan


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

156

ehtiyojlariga moslashish strategiyalarini ishlab chiqishda yordam berdi.

B.David McDonald’s’ni "inqiroz sharoitida tezkor va moslashuvchan yondashuv qila olgan"

kompaniya sifatida ta’riflaydi. Uning ta’kidlashicha:

"McDonald’s pandemiya davridagi muvaffaqiyatini uning global ta’minot zanjiri samaradorligi,

raqamli texnologiyalarga vaqtli investitsiyasi va lokallashtirilgan menejment modellari bilan

ta’minladi." Prof. G.Michael "Pandemiya McDonald's’ni raqamli rivojlanishni jadallashtirishga

majbur qildi. Mobil ilovalar, onlayn buyurtma platformalari va avtomatlashtirilgan xizmatlar faqat

mijozlarga qulaylik emas, balki biznesning barqarorligini ham ta’minladi." Butler Sarah U o‘z

maqolalarida McDonald's’ning xalqaro miqyosdagi siyosati haqida yozib, shunday

deydi:"Kompaniya har bir mamlakatdagi filiallarini mahalliy qoidalarga moslashtirib, bir vaqtning

o‘zida brendning global standartlarini saqlab qolishga erishdi. Bu global va lokal yondashuv

muvozanati pandemiyada McDonald’s’ning muhim kuchli jihati bo‘ldi." Prof. Christopher Marquis

"McDonald’s pandemiyada ESG (Environmental, Social, Governance) tamoyillariga e’tiborni

kuchaytirdi. Xodimlar va mijozlar xavfsizligi, sog‘liqni muhofaza qilish va ijtimoiy mas’uliyat

kompaniya siyosatida asosiy o‘ringa chiqdi." Deb щzlarining tadыiыotlari keltirgan.

Kompaniya hisobotlarini o’rganish, iste’molchilar so’rovlari va ekspertlar bilan intervyular

kabi turli xil ma’lumot yig’ish va tahlil qilish usullaridan foydalaniladi. Olingan natijalar asosida

McDonald’sning pandemiyaga qarshi siyosatining muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz tomonlari

aniqlanadi va kelajak uchun tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Natijalar va tahlil.

McDonald’s korporatsiyasi uchun COVID-19 pandemiyasi nafaqat

operatsion, balki jiddiy iqtisodiy muammolarni ham keltirib chiqardi. Global integratsiya jarayoni

va korporativ siyosatning pandemiyaga moslashuvi kompaniyaning moliyaviy xisob-kitoblariga

sezilarli darajada ta’sir ko’rsatdi. McDonald’s korporatsiyasida quyidagicha asosiy iqtisodiy jihatlar

va hisob-kitoblar bilan tahlil keltirilgan:

Sotuvlar dinamikasi bo’yicha oladigan bo’lsak, 2020-yilda McDonald’s global sotuvlari

jarayoni pandemiya boshlanishi bilan sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. McDonald’s

korporatsiyasida yillik xisob-kitoblarini o’rganganimizda, umumiy sotuvlar hajmi 2019-yilga

nisbatan 10% ga kamaygani kuzatilgan, ya’ni mexmonxonalar va restoranlarning vaqtinchalik

yopilishi, ijtimoiy masofalash choralarining joriy etilishi va iste’molchilarning xarid qobiliyatining

o’zgarishi sotuvlarning pasayib ketishiga asosiy sabablardan biri bo’ldi. Shuningdek, sotuvlardagi

pasayish darajasi mintaqalarga qarab ham farq qilgan. Masalan, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida,

ayniqsa Xitoyda restoranlarning uzoq muddatga yopilishi sotuvlarga katta ta’sir ko’rsatdi. Shu bilan

bir qatorda, shimoliy Amerikada drive-thru xizmatining rivojlanganligi esa raqamli platformalarga

investitsiyalar sotuvlarning pasayishini qisman bo’lsada qoplashga yordam berdi. Umuman olganda,

iqtisodiy hisob-kitoblarga ko’ra 2020-yilda McDonald’sning umumiy daromadi 5 milliard dollarga

kamaydi, ya’ni bu ko’rsatgich 2019-yilga nisbatan 15% pasayganini anglatadi.

Operatsion xarajatlarning oshishi: Pandemiya davrida McDonald’s sanitariya-gigiyena

talablariga rioya qilish, xodimlarni himoya qilish va restoranlarni qayta tashkil etish uchun

qo’shimcha xarajatlarga duch keldi. Xavfsizlik choralarini kuchaytirish, shaxsiy himoya vositalarini

xarid qilish va restoranlarni dezinfeksiya qilish xarajatlari sezilarli darajada oshdi. Kompaniya

iste’molchilarni jalb qilish va brend imidjini saqlab qolish uchun marketing xarajatlarini ham

oshirishga majbur bo’ldi. Onlayn reklama kompaniyalari, chegirmalar va aksiyalar iste’molchilarni

jalb qilishga qaratildi.

Sotuvlarning pasayishi va xarajatlarning oshishi natijasida McDonald’sning rentabellik

ko’rsatkichlari yomonlashdi. Kompaniyaning sof foydasi 2020-yilda 2019-yilga nisbatan 20% ga

kamaydi.

Iqtisodiy hisob-kitob: McDonald’sning operatsion foydasi 2020-yilda 3 milliard dollarga

kamaydi. Bu 2019-yilga nisbatan 18% pasayishni anglatadi.

Ta’minot zanjirining uzilishi: Pandemiya davri nafaqat McDonald’s korporatsiyasida balki

dunyo global ta’minot zanjirining uzilishiga olib keldi. Barcha turdagi mahsulotlar yetkazib


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

157

berishda kechikishlar, narxlarning oshishi va ayrim mahsulotlarning yetishmasligi kuzatildi.

McDonald’s ta’minotchilar bilan yaqin hamkorlik qilish, mahsulot manbalarini diversifikatsiya

qilish va zaxiralarni ko’paytirish orqali ushbu muammolarni hal qilishga harakat qildi. Transport

xarajatlarining oshib borishi, bojxona to’lovlari va karantin choralari logistika xarajatlarini sezilarli

darajada oshirdi. McDonald’s logistika jarayonlarini optimallashtirish, yangi ta’minot yo’llarini

topish va mahalliy ta’minotchilar bilan hamkorlik qilish orqali ushbu xarajatlarni kamaytirishga

intildi. McDonald’sning ta’minot zanjiri va logistika xarajatlari 2020-yilda 1 milliard dollarga oshdi.

Bu 2019-yilga nisbatan 12% o’sishni anglatadi.

McDonald’s pandemiya davrida raqamli platformalarga investitsiyalarni sezilarli darajada

oshirdi. Mobil ilovani takomillashtirish, onlayn buyurtma berish tizimini joriy etish va yetkazib

berish xizmatlarini kengaytirish uchun katta mablag’lar sarflandi.

Pandemiya davrida yetkazib berish xizmati muhim ahamiyat kasb etdi. McDonald’s Uber

Eats, DoorDash kabi yetkazib berish xizmatlari bilan hamkorlikni kengaytirdi va o’zining yetkazib

berish xizmatini rivojlantirishga investitsiya kiritdi.

McDonald’sning raqamli transformatsiya va yetkazib berish xizmatlariga investitsiyalari

2020-yilda 500 million dollardan oshdi. Ushbu investitsiyalar sotuvlarning pasayishini qisman

qoplashga va mijozlar bilan yangi aloqa kanallarini yaratishga yordam berdi.

Xulosa.

COVID-19 pandemiyasi jarayoni McDonald’s kompaniyasining xizmat ko’rsatish

sohasiga, global sotuvlari va rentabelligiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatdi. McDonald’s

kompaniyasi xarajatlarning oshishi, ta’minot zanjirining uzilishi va iste’molchilar xatti-

harakatlarining o’zgarishi kompaniyani jiddiy iqtisodiy muammolarga olib keldi.

Shu bilan birga, McDonald’s kompaniyasining tinimsiz sai xarakatlari orqali, ya’ni raqamli

transformatsiya, yetkazib berish xizmatlarini rivojlantirish va operatsion jarayonlarni

maqbullashtirish orqali pandemiyaga moslashishga muvaffaq bo’ldi. Ushbu muqobil strategiyalar

sotuvlarning pasayishini qisman qoplashga, shuningdek kelajakdagi iqtisodiy yuksalishi uchun

muhim poydevor yaratishga yordam berdi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Paul, Justin; Cillo, Pierluigi; Carini, Cecilia; et al. Title: Organizational resilience,

COVID-19 induced crisis and the demise of globalization Source: European Management Journal.

41(3) (pp 404-411), 2023. DOI: 10.1016/j.emj.2022.09.001

2.Kotler, Philip; Sarkar, Christian Title: Regenerative Marketing: Marketing to Make a

World of Difference Source: Business Expert Press, 2021

3.Hussain, A., Shahbaz, M., Nguyen, T. P., & Le, H. P. Title: COVID-19, government

policy responses, and stock market performance: Evidence from G7 countries.

4. Baker, S. R., Bloom, N., Davis, S. J., Kost, K. J., Sammon, M. C., & Viratyosin, T.

5."The World is Flat: A Brief History of the Twenty-First Century" by Thomas L. Friedman

(2005)

6."Fast Food Nation: The Dark Side of the All-American Meal" by Eric Schlosser (2001)

7."Globalization and Its Discontents" by Joseph Stiglitz (2002)

8."The Innovator's Dilemma: When New Technologies Cause Great Firms to Fail" by

Clayton M. Christensen (1997)

9. "McDonald's Global Strategy: A Case Study" by (2020)

10.

"The Role of Digital Technology in the Fast Food Industry" by (2022)

11.Uzaqov, J. N., & Jumanazarov, K. S. (2024, August). Mintaqada ziyorat turizm

salohiyatini oshirish mexanizmining nazariy-uslubiy asoslari. In

conference on the role and

importance of science in the modern world

(Vol. 1, No. 7, pp. 23-33).

12.Xаmrоyevnа, B. S., & Аlisher о'g'li, А. B. (2024). Kоmmunаl xо'jаligining institutsiоnаl

jihаtlаrini tаkоmillаshtirishdа yаshil iqtisоdiyоtning о'rni.

World of science

,

7

(12), 88-91.

13.Kh, A. N. (2025). Optimizing prophylactic strategies for post-lasik dry eye syndrome: a

comprehensive review.

oriental journal of medicine and natural sciences

,

2

(3), 4-8.


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

158

14.Erkaeva, G. P., & Shukurov, U. S. (2022). Experience of foreign countries in increasing

the investment attractiveness of the regions.

Gospodarka i Innowacje.

,

24

, 234-238.

15.Shukurov, U. S. Peculiarities of industrial location in cities and districts of Kashkadarya

region.

Gwalior management academy

, 73.

16.Музаффарова, К. З. (2022, December). Қашқадарё вилоят иқтисодиётига хорижий

инвестициялар жалб этиш омиллари. In

international conferences

(Vol. 1, No. 18, pp. 131-134).

17.Zoyirovna, M. K. (2022). Importance of enterprises with foreign investment in the

development of the regional economy.

Gospodarka i Innowacje.

,

29

, 219-225.

18.Muzaffarova, K. Z. (2023). TASKS OF ATTRACTING FOREIGN INVESTMENTS TO

THE REGIONS.

Gospodarka i Innowacje.

,

41

, 404-408.

19.Музаффарова, К. З. (2023). Приоритеты привлечения иностранных инвестиций в

региональную промышленность в условиях развития цифровой экономики.

20.Muzaffarova, K. Z., & Abdukarimov, X. R. (2023). Xorijiy investitsiyalarni jalb etishda

tijorat banklarining faolligini oshirish asoslari.

Gospodarka i Innowacje.

, 473-478.

Библиографические ссылки

Paul, Justin; Cillo, Pierluigi; Carini, Cecilia; et al. Title: Organizational resilience, COVID-19 induced crisis and the demise of globalization Source: European Management Journal. 41(3) (pp 404-411), 2023. DOI: 10.1016/j.emj.2022.09.001

Kotler, Philip; Sarkar, Christian Title: Regenerative Marketing: Marketing to Make a

World of Difference Source: Business Expert Press, 2021

Hussain, A., Shahbaz, M., Nguyen, T. P., & Le, H. P. Title: COVID-19, government

policy responses, and stock market performance: Evidence from G7 countries. 4. Baker, S. R., Bloom, N., Davis, S. J., Kost, K. J., Sammon, M. C., & Viratyosin, T. 5."The World is Flat: A Brief History of the Twenty-First Century" by Thomas L. Friedman

(2005)

"Fast Food Nation: The Dark Side of the All-American Meal" by Eric Schlosser (2001)

"Globalization and Its Discontents" by Joseph Stiglitz (2002)

"The Innovator's Dilemma: When New Technologies Cause Great Firms to Fail" by

Clayton M. Christensen (1997)

"McDonald's Global Strategy: A Case Study" by (2020)

"The Role of Digital Technology in the Fast Food Industry" by (2022)

Uzaqov, J. N., & Jumanazarov, K. S. (2024, August). Mintaqada ziyorat turizm

salohiyatini oshirish mexanizmining nazariy-uslubiy asoslari. In conference on the role and

importance of science in the modern world (Vol. 1, No. 7, pp. 23-33). 12.Xаmrоyevnа, B. S., & Аlisher о'g'li, А. B. (2024). Kоmmunаl xо'jаligining institutsiоnаl

jihаtlаrini tаkоmillаshtirishdа yаshil iqtisоdiyоtning о'rni. World of science, 7(12), 88-91. 13.Kh, A. N. (2025). Optimizing prophylactic strategies for post-lasik dry eye syndrome: a

comprehensive review. oriental journal of medicine and natural sciences, 2(3), 4-8.

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

Erkaeva, G. P., & Shukurov, U. S. (2022). Experience of foreign countries in increasing

the investment attractiveness of the regions. Gospodarka i Innowacje., 24, 234-238. 15.Shukurov, U. S. Peculiarities of industrial location in cities and districts of Kashkadarya

region. Gwalior management academy, 73. 16.Музаффарова, К. З. (2022, December). Қашқадарё вилоят иқтисодиётига хорижий

инвестициялар жалб этиш омиллари. In international conferences (Vol. 1, No. 18, pp. 131-134). 17.Zoyirovna, M. K. (2022). Importance of enterprises with foreign investment in the

development of the regional economy. Gospodarka i Innowacje., 29, 219-225. 18.Muzaffarova, K. Z. (2023). TASKS OF ATTRACTING FOREIGN INVESTMENTS TO

THE REGIONS. Gospodarka i Innowacje., 41, 404-408. 19.Музаффарова, К. З. (2023). Приоритеты привлечения иностранных инвестиций в

региональную промышленность в условиях развития цифровой экономики. 20.Muzaffarova, K. Z., & Abdukarimov, X. R. (2023). Xorijiy investitsiyalarni jalb etishda

tijorat banklarining faolligini oshirish asoslari. Gospodarka i Innowacje., 473-478