Авторы

  • лобар Бекназарова
    Axborot texnologiyalari va menijment universiteti pedagogika kafedrasi stajiyo-o’qituvchi beknazaroval271@gmail.co 99 330-01-56

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsci.129500

Ключевые слова:

reabilitatsiya nerv-endokrin yurak-qon tomir gigeyina to’qima limfosit diafiragma.

Аннотация

O’quvchilar harakat koordinatsiyasini shakillantirishda eng avvalo sog’lom turmush tarzini mustahkamlash jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining to’g’ri bajara olishi, organizm uchun ahamiyati o’quvchilarni bo’sh vaqtini mazmunli va reja asosida olib borishi sog’lom avlodni shakillantirish, bolalarning kam harakatlilik natijasida umurtqa pog’onalarining egri o’sishining nojo’ya tasirlarni oldini olish hamda mutafakkir olimlarimizning pedagagik qarashlari aks ettirilgan.

background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

209

O’QUVCHILAR HARAKAT KOORDINATSIYASINI SHAKILLANTIRISH

JARAYONINING PEDGOGIK JIHATLARI.

BEKNAZAROVA LOBAR SHOKIR QIZI

Axborot texnologiyalari va menijment universiteti

pedagogika kafedrasi stajiyo-o’qituvchi

Beknazaroval271@gmail.co 99 330-01-56

Annotatsiya:

O’quvchilar harakat koordinatsiyasini shakillantirishda eng avvalo sog’lom

turmush tarzini mustahkamlash jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining to’g’ri bajara olishi, organizm

uchun ahamiyati o’quvchilarni bo’sh vaqtini mazmunli va reja asosida olib borishi sog’lom avlodni

shakillantirish, bolalarning kam harakatlilik natijasida umurtqa pog’onalarining egri o’sishining

nojo’ya tasirlarni oldini olish hamda mutafakkir olimlarimizning pedagagik qarashlari aks ettirilgan.

Kalit so’zlar:

reabilitatsiya,nerv-endokrin, yurak-qon tomir, gigeyina, to’qima, limfosit,

diafiragma.

Abstract:

The views on the formation of students' coordination of movements are reflected,

first of all, in a healthy lifestyle and the correct performance of physical education classes, the

importance of students' free time meaningfully and purposefully for the div, and the process of

improving the health of children with low physical activity.

Keywords:

rehabilitation, neuroendocrine, cardiovascular, hygiene, tissue, lymphocyte,

diaphragm.

Kirish:

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, nimani o’z oldimizga maqsad

qilib qo’ymaylik, qanday buyuk ishlarni amalga oshirishga intilmaylik, barcha oliyjanob

harakatlarimizning negizida, barcha ezgu niyatlarimizning zamirida farzandlarimizning ham

jismonan, ham ma’naviy jihatdan sog’lom qilib o’stirish, ularning baxtu-saodati, farovon

kelajagini ko’rish, dunyoda hech kimdan kam bo’lmaydigan avlodni tarbiyalash orzusi

mujassamdir. Oʻzbek xalqi oʻz vatanining egasi boʻlgach siyosiy – iqtisodiy, ma’naviy –marifiy,

islohatlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish bilan birga sogʻlom avlod tarbiyasiga ayniqsa

aholining sog’lom turmush tarzini jismoniy mashqlar orqali sportga qiziqishlarini oshirishga

alohida ahamiyat beraboshladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan

tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor

yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish

yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash,

shuningdek jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro standartlarga muvofiq kompleks bilimlarga

ega malakali kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash, sportda ilm-fanni jadal rivojlantirish, yuqori

malakali raqobatbardosh trener-o‘qituvchilar, mutaxassislar hamda ilmiy xodimlarni tayyorlash

jarayonlarini yanada takomillashtirish maqsadida:O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport

universitetining Sportchilarning texnik-taktik, psixofiziologik holatini o‘rganish va tahlil qilish

bo‘yicha maxsus ilmiy laboratoriyasi negizida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport

universiteti (keyingi o‘rinlarda — Universitet) huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy

tadqiqotlar institutini (keyingi o‘rinlarda — Ilmiy tadqiqotlar instituti) tashkil etish to‘g‘risidagi

takliflari ma’qullansin.

Tadqiqot maqsadi:

O‘quvchilar o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom

turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda samarali,

ilmiy asoslangan vositalar va uslublarni ishlab chiqish: Sportchilarning funksional, biokimyoviy,

psixodiagnostika, biomexanik ish qobiliyatini diagnostika qilish va korreksiyalash tizimini yo‘lga

qo‘yish;

Bolalarning jismoniy tayyorgarligi holati natijalarini monitoring qilish va korreksiyalash


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

210

bo‘yicha ilmiy-uslubiy tavsiyalar berish;

1

Sportning hayotimizda tutgan o’rni beqiyosdir. U bolaning ruhan va jismonan yetuk bo’lishida katta

ahamiyat kasb etadi. Sport bilan muntazam shug’ullanish uzoq umr ko’rishning eng oddiy yo’lidir.

Sport mashg’ulotlari o’quvchilar organizmidagi to’qimalarning tez yangilanishi,uning yosh sog’lom

va tetik saqlanishiga sabab bo’ladi.Jismoniy tarbiya sog’liqni mustahkamlash, yuqori ish

qobiliyatiga erishishga, hayotiy muhim harakat o’quv va malakalarini egallashga yo’llangan.U

odamni unumli mehnat qilishga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari harakat

koordinatsiyalari muvozanatni saqlash sog’liqni mustahkamlashga,odam organizmini uyg’un

ravishda rivojlantirishga qaratilgan umumiy tarbiyaning uzviy qismi Jamiyatdagi jismoniy

madaniyat ahvolini bildiruvchi ko’rsatkichlardan biri. Jismoniy tarbiyaning asosiy vositalariga

harakat, jismoniy mashg’ulotlar, organizmni chiniqtirish, mehnat va turmush tarzi gigeyinasi yana

jismoniy tarbiya aqliy, mehnat va tarbiya bilan qo’shib olib boriladi.

Jismoniy tarbiya harakat koordinatsiyalaridan tashqari jismoniy sifatlar yani (tezlik, kuchlilik,

chaqqonlik, chidamlilik) bu vaqtda qimmatli ruhiy xususiyatlar matonat, iroda, maqsadga intilish,

qat’iylik, o’zining o’zini idora qila bilish ham rivojlanadi. Shu bilan birga organizmi yaxshi

chiniqadi muskullari tez charchamaydi, chiniqqan odamning nerv-endokrin, yurak-qon tomir, nafas

olish va boshqa a’zolari hamda to’qimalarining ish faoliyati hamda taloqda limfositlar hosil bo’lishi

ko’payib organizmning yuqumli kasalliklardan himoyalanish qobiliyati yani immuniteti kuchayadi.

Jismoniy mashq bajarganda burun orqali nafas olib,uni og’izdan cgiqarishga odatlanish kerak.

Buning natijasida nafas harakatlarida ishtirok etuvchi qovurg’alararo muskullar va diafiragma

yaxshi rivojlanadi, o’pkaning tiriklik sig’imi ortadi.Shu bilan birga yana turli xil jismoniy mashqlar,

harakatli o’yinlar, sport jismoniy tarbiyaning vositalari hisoblanadi. Ular harakatlarning to’g’ri

bajarganda burun orqali nafas olib, uni og’izdan chiqarishga odatlanish kerak. Buning natijasida

nafas harakatlarida ishtirok etuvchi qovurg’alararo muskullar va diafragma yaxshi rivojlanadi,

o’pkaning tiriklik sig’imi ortadi. Sport mashg’ulotlari texnikasini egallaydilar yani kerakli

yo’nalishlarda, ritmda va tempda tegishli muskillar taranglashishi bilan mashqlar bajariladi. Sport

bilan shug’ullanish bilan birga o’z vaqtida dam olish va vitaminlar bilan to’yingan mahsulotlarni

me’yorida iste’mol qilish lozim.

Tadqiqotni tashkil qilish uslublari.

Taʼlim tizimida sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish

turli yoʼnalishlarda izchillik bilan, muayyan dastur asosida, aniq yoʼnalishlarda olib borilishi lozim.

Xususan, bu avvalo oliy pedagogik taʼlim jarayonida talabalarga sogʼlom turmush tarziga oid

muayyan tibbiy va gigienik bilimlar berish, ularda sogʼlom turmush tarzini saqlashning inson tanasi

takomiliga taʼsiri haqidagi tushunchalarni shakllantirishga qaratilsa, ikkinchi tomondan, yoshlarda

qatʼiy rejim asosida gigienik qoidalarga amal qilish, oʼzi va yon-atrofdagilarning sogʼligʼini

asrashni kundalik odatga aylantirish koʼnikmalarini tarkib toptirish bilan bevosita aloqadordir.

Bugungi kunga kelib O’zbekiston respublikasi Prezidentining farmoniga ko’ra Respublika sog’liqni

saqlash tizimini isloh qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish doirasida aholiga tibbiy yordam

ko’rsatishning zamonaviy tizimini shakillantirish borasida muayyan natijalarga erishildi.

Sog’lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar turli kasalliklarning oldini olishning samarali

vositasi hisoblanadi. Sog’lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanish yaxshi

kayfiyat, yuqori ishchanlik, ahloqiy vazinsizlik asosidir Jismoniy mashqlar bilan muntazam

shug’ullanishning asosi bo’lgan salomatlikka, inson organizmining harakat va funksional

imkoniyatlariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Sog’lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar organizmning

tashqi muhitning salbiy ta’sirlariga qarshiligini oshiradi shu sababli salomatlikni mustahkamlash va

kasallikni oldini olishga samarali vosita hisoblanadi.

Shu bilan birga sog’liqni saqlash sohasi faoliyatini tashkil etishda so’nggi yillarda to’planib

qolgan kamchilik va muammolar fuqorolarning sog’ligini mulohaza qilish tizimini yanada

takomillashtirishga qaratilgan vazifalarni samarali hal etishga to’sqinlik qilmoqda. Bolalarga tibbiy

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

211

yordam ko’rsatish sifati, samaradorligi va ommabobligini tubdan oshirishni ta’minlaydi sog’liqni

saqlash tizimini tashkil etish va moliyalashtirishning konseptual jihatdan yangi modellarini

shakillantirish, tibbiyot fani va texnologiyalarining zamonaviy yutuqlarini joriy etish maqsadida

shuningdek, 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor

yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi vazifalarga muvofiqdir.

2

Harakat koordinatlari – to‘g‘ri chiziq va burchak o‘lchovlarida aniqlanadigan tananing

boshqa qismiga nisbatan fazoviy chegarasi,hisoblash boshlangungacha gavdaning yoki uning

bo‘laklarini nisbatan qayerdaligi (start chizig‘i, gimnastika jihozi, uni o‘qitish va boshqalar)ga

nisbatan aniqlanadi. Tananing holatlari ichida mashqni bajarishni boshlashdan oldingi holat -

«dastlabki holati» deb ataladigan qismi, mashq texnikasini o‘zlashtirish yoki bajarishda mu’im

a’amiyat kasb etadi. Oldiniga u anatomik-fiziologik vazifani hal etishi e’tiborga olinsa, boshqa

tomondan, shu harakatni bajarilishiga ijobiy yordam beradi. Dastlabki holat harakatni bajarishni

boshlash uchun eng optimal holat bo‘lib harakat boshlangandan keyin bajariladigan

harakatlarning ketma-ketliligiga qulaylik yaratadi. Sprinter uchun «past start», darvozabon uchun

«to‘pni kutishholati» va h.k.lar. Buholatlarni akademik Uxtomskiy optimal holat deb atadi.

Ko‘rinishidan dastlabki holat osoyishta bo‘lsa ham aslida organizm energiya sarflash bilan

qator muskullar g’ururi muskul ishi bajarishga puxta tayyorgarlik ko‘rayotgan, nafas olish, nerv,

yurak-tomir tizimi, modda almashinuvidek keng fiziologik jarayon avjida bo‘ladi. Dastlabki

holatni jismoniy mashq bajarishdagina ahamiyati katta bo‘lmay mashq davomida tanani

qanday holda (holatda-pozada) turishi ham muhim ahamiyatga egadir. Sprinter, stayer,

marafonchi, chang‘ida, konkida yuguruvchilarning gavdalarini vertikalligini ma’lum gradusga

oshgan holda ushlashi mashqni samaradorligiga maolum darajada (uzunlikka, balandlikka,

sakrovchining depsinishdan keying holati) ijobiy yoki salbiy tasir etadi.[2].

Jismoniy harakatar o’quvchilar organizmining uyqu holatidan tetiklikka tez o’tishiga yordam

beradi, chunki markaziy nerv sistemasini tetiklashtiradi, barcha ichki organlar ishini, birinchi

navbatda yurak – qon tomirlar sistemasi aktivlashtiriladi. Bundan tashqari yana jismoniy

tarbiyaning tarbiyaviy ahamiyatga ham ega, chunki uni muntazam bajarish, ayniqsa boshlarida

muayyan irodali kuch talab etadi. Jismoniy mashg’ulotlar tufayli odam vaqtini aniq mo’ljallashga

o’rganadi, bu ham juda foydali. Shu bilan birga harakat bolalar uchun muhim omil hisoblanadi.

Harakat bu jismoniy mashq texnikasini o‘zlashtirishda, uni namoyish qilishda mu’lum

ahamiyatga ega. Mashqni bajarishda tana harakati yo‘lining qanday shakldaligi, yo‘nalishi va

harakatning amplitudasi qandayligini aniqlay olsak, ajratsakgina gavdaning (yoki uning

qismlari)harakatini aniqlaymiz. Inson organzmining anatomiyasini turlicha ekani bir xil

harakatni bajarishda har bir individ uchun turlicha harakat yo‘lini tanlashni taqazo qiladi.

Harkatning shakliga qarab ularning to‘g‘ri chiziq bo‘ylab bo‘lishi mumkinligi aniqlandi.

Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, individning harakati hech qachon to‘g‘ri chiziq bo‘ylab emas,

balki oddiy harakatlar ham qator muskullar guruhini turlicha aylanma harakatlardan iborat.

Ularni organizmining energiya sarflashi uchun samarali tomoni katta bo‘lib, tananing ma’lum

bo‘laklardagi harakatlar orqali katta kuch sarflash lozim bo‘lgan harakatlarni bajara olish

imkonining yaratilishidir. Masalan, bokschi zarbasi uchun yelka

muskullarining

ma’lum

qismigina turlicha harakat qilsagina bas, lozim bo‘lgan maqsad amalga oshadi.

Harakatning yo‘nalishi – mashqning effektivligi shunda ortadiki, bajarilishi lozim bo‘lgan

harakat uchun kerak bo‘lgan muskullar mashqning texnikasini aniq, ravon bajaradi qo‘llarni

tirsakdan ko‘krak oldida kaftlarni pastga qilib bukgan holda bajarilishi ko‘krak muskullarini

taranglatadi va bo‘shatadi. Agar shu harakatni tirsakni bir oz pastga tushirganholda bajarsak,

mashq o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. Basketbol to‘pini savatga tushirish uchun to‘pning

yo‘nalishini olti gradusdan to‘rt gradusgacha o‘zgartirish to‘pni savatga tushishi imkoniyatini

yo‘qga chiqarishi mumkin. Amaliyotda harakatning yo‘nalishi tananing satxiga yoki biror

mo‘ljaliga qarab belgilanadi. Qo‘lni oldinga ko‘tarishda biz gavdaga nisbatan uni holatiga

2

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

212

qarab harakat yo‘nalishini belgilaymiz. Yadroni ma’lum balandlikga o‘rnatilgan «planka»

ustidan oshirib irg‘itishda bizga mo‘ljal bo‘lib planka xizmat qiladi. Bola tanasi pastga-yuqoriga,

oldinga-orqaga, o‘nga-chapga, tomon yo‘nalishda harakat qiladi. Harakatning tezligi deb inson

jismini yoki uni ayrim bo‘lagini ma’lum vaqt birligi ichida fazoda o‘rin almashishi tushuniladi.

Boshqachasiga– tezlik yo‘l uzunligini tananing yoki uni ma’lum qismini shu yo‘lni bosib o‘tish

uchun sarflangan vaqtga nisbati bilan o‘lchanadi. Tezlikni aniqlashda metr sekunddan

foydalaniladi. Yo‘lning hamma nuqtalarida harakat tezligi bir xil bo‘lsa, buharakat maromli

tekis harakat yoki yo‘lning ayrim nuqtalarida tezlik har-xil bo‘lsa, bu harakat maromsiz notekis

harakat deb tushuniladi. Qisqa vaqt davomida tezlikni oshirilishi tezlanish deb ataladi.

Harakat ijobiy va salbiy ham bo‘lishi mumkin. Harakat yuqori tezlikda boshlanib, maromi

tezlashib va sekinlashib tursa, bu kabi harakat keskin harakat deb nomlanadi. Odamda doimiy

tezlik va tezlanish bilan bajariladiganharakatlar onda-sonda uchraydi. Bundan tashqari,

texnikasi to‘g‘ri bajaril-gan jismoniy mashqlarda birdaniga tez yoki sakrashlar bilan

bajariladigan mashqlar bo‘lmaydi. Noto‘g‘ri bajarilgan mashq-lar tezligi tez sakrashlar orqali

bajariladi.

Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini bajarishda tabiiy omillardan kompleks holda foydalanish

bolalarning tashqi muhitning turli noxush tasiriga shamol, yomg’ir, nam havo, issiq havoga nisbatan

organizmini chiniqtirib boradi. Chiniqishning ham xilma-hil turlari mavjud, u bir tomonidan

shifokorlar tavsiyasiga ko’ra maxsus chiniqish turlaridan foydalaniladi bunda asosan havo orqali,

suv, quyosh vannalarini o’z ichiga olgan, ikkinchi tomonidan esa xonani muntazam shamollatib

turish, eshiklarning ochiq turishi bolalarning yengil kiyim-bosh va poyabzali, sayrning belgilangan

muddatiga hamda bolalar harakat faolligi tartibiga rioya qilishi kerak.Bularning hammasi

organizmning to’laqonligi chiniqishini taminlaydi unda yoqimli o’zgarishlar paydo qiladi, asab

tizimining holati va funksiyasini, moddalar almashinuvi jarayonini, qon tarkibini yaxshilaydi, nafas

olishni chuqurlashtiradi ruhiyatning emotsional ijobiy holatini vujudga keltiradi, sharoitni

muqobillashtiradi va bola hatti-harakatini bu sharoitga moslashtiradi.

Jismoniy harakat ish va o’qish kabi muhimdir. Jismoniy madaniyatda sog’lomlashtirish

faoliyati o’z salomatliginini va extiyot munosabatini rivojlantirish va takomillashtirish bo’yicha

yo’naltirilgan faoliyatda tartibga solinadi. Jismoniy faoliyat hamda dam olish faoliyatini amalga

oshirishda sog’lom turmush tarzi muhim o’rinni egallaydi.

3

Tadqiqotning natijalari va muhokamasi.

O’quvchilar harakat koordinatsiyasini

tarzini

shakllantirishning yaxlit pedagogik tizimini ishlab chiqish va ushbu tizimni amaliyotga joriy etishga

yoʼnaltirilgan ilmiy metodik tavsiyalar yaratish takomillashtirish imkonini beradigan pedagogik

shart-sharoitlarni asoslash. Shu asosda oʼzi va atrofdagilarning salomatligini saqlashga oid bilim,

koʼnikma, malaka va odatlarni egallagan shaxsni tarbiyalashdan iboratdir. Olib borilgan tadqiqot

ishining natijasida quyidagi quyidagi amaliy natijalar tavsiya etildi.Taʼlim jarayonida kichik maktab

yoshidagi o’quvchilar harakat faoliyati sogʼlom turmush tarziga oid bilimlaridan foydalanish

faollashtirildi, va amaliyotda keng qoʼllanildi

Jamiyatimizning salomatligi uzoq umr ko’rishi, uning jinsi a’zolarining yuqori ishchanlikda

faoliyat ko’rsatish uning organizmini mashqlanganligi bilan bog’liq. Mashqlanish darajasi esa

jamiayt a’zosi o’zi uchun dinamik striativga aylantirgan sog’lomlashtirish mashg’ulotlari jarayoni

bilan bog’liq va bu muammo mustaqillik yillarida o’zining muhimligi bilan davlatimiz rahbariyati

va hukumatimiz siyosatida ustuvor yo’nalish bo’lib qolaveradi.Sport mashg’ulotida keyinchalik

sog’lomlashtirish mashg’ulotlarining asoschilari sifatida rusiy zabon olimlari V.V.Gorinevskiy,

K.X.Grantin o’tgan asrning 50-yillarida A.D.Novikov, A.A.Ter-Ovanessyan, N.G.Ozolin,

L.P.Matveevlar tan olinadi va ular to’plagan mashg’ulotlarga oid nazariy bilimlar hozirgi kungacha

o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Bunga yana misol tariqasida shuni aytishimiz mumkinki

K.Markisning fikricha umumiy tarbiya va aqliy, jismoniy va texnik tarbiyadan iborat.

Xulosa;

Hozirgi kunda ham olimlarimiz aytgan o’gitlarga tayangan holda sog’lom hayot kechirish

3

O’zDJTSU “Adayptyiv jismoniy tarbiya va sport kafedrasi mudiri M.X.Mirjamalov. Chirchiq -2019yil.


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

213

uchun vaqti vaqti bilan jismoniy tarbiya bilan shug’ullanib turish orqali ruhiy zo’riqishlarni aqliy

charchoqlarni oldini olish maqsadida ertalabki yengilgina jismoniy harakat koordinatsiyasini

jismoniy sifatlardan foydalangan holda mashg’ulotlar har bir ish joyida hattoki maktab o’quvchilari

o’rtasida ham o’tkazilib kelinmoqda buning asosiy bolalarni bo’sh vaqtlarini ma’noli va mazmunli

o’tkazishlar uchun jismoniy harakat bilan muntazam shug’ullanib sog’ligini yanada

mustahkamlashga erishadi. O’quvchilarni bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishini tashkil etish ularni

salomatligini asrab avaylash mustahkamlash maqsadida jismoniy koordinatsion mashqlag’ulotlarga

jalb etish borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Sog’lom turmush tarzini va tiibiy

madaniyat va sport uyg’unligi borasida yosh avlodga tushuncha berib ongiga sindirish bugungi

kunning asosiy vazifalari hisoblanmoqda. Prezidentimiz O’zbekiston Respublikasi PQ-201-son

qaroriga muvofiq. “Besh tashabbus olimpiadasi” bolalar o’rtasida besh bosqichli sport

musoboqalarni o’tkazish tashkillashtirilgan.

Maʼlumki biz naslimizning kelajagi – sogʼlom avlod

uchun kurashar ekanmiz oʼz maqsadimizga erishish uchun millatni sogʼlom turmush tarzida

yashashga oʼrgatishimiz kerak boʼladi. Sogʼlom avlod deganda, biz faqat jismonan baquvvat

farzandlarni emas, balki maʼnaviy jihatdan ham boy va sogʼlom avlodni nazarda tutishimiz lozim.

Zero, maʼnaviy sogʼlom boʼlmasdan turib, jismonan sogʼlom boʼlish mumkin emas. Har ikkala

tushuncha bir biriga mos va biri ikkinchisidan taqazo qiladi. Ham jismonan, ham maʼnaviy sogʼlom

avlodga ega boʼlgan xalqni esa sindirib boʼlmaydi. Biz jismonan sogʼlom, yuksak maʼnavyatli va

yagona milliy gʼoya asosida jipslashgan millatni shakllantirishni bosh maqsad qilib qoʼyar ekanmiz

uni sogʼlom turmush tarzida yashashga oʼrgatishimiz lozim.

Adabiyotlar ro’yxati

1. O’zbekiston respublikasi Prezidentining farmoni Respublika sog’liqni saqlash tizimini isloh

qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish doirasida aholiga tibbiy yordam ko’rsatishning zamonaviy

tizimini shakillantirish PF-5590-son 07.12.2018 yil. lex.uz>docs 4096197.

2. Xonkeldiyev Sh.X.Abdullayev A. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati.Toshkent 2005.

3. Karimova V.Salomatlik psixologiyasi yoxud sog‘lom bo‘lish uchun ruhiyatni boshqarish

sirlari. – Toshkent : Yangi asr avlodi, 2005.

4. Ashur Nazarovich Normurodov Jismoniy tarbiya o’quv qo’llanma Toshkent-2011yil

5. DJalilova L.A “Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi” darslik “Vori-nashiryoti” 2017

yil

6. O’zDJTSU “Adayptyiv jismoniy tarbiya va sport kafedrasi mudiri M.X.Mirjamalov.

Chirchiq -2019 yil.

7.

Xayitovich, A. M. (2025). FALSAFA TARIXIDA RATSIONALIZM VA

IRRATSIONALIZM YONDASHISHLARI TAHLILI.

JOURNAL OF INTERNATIONAL

SCIENTIFIC RESEARCH

,

2

(5), 357-368.

8.

Sultanmurodovna, K. N., & Mohidil, S. (2025). Development of Professional Competence

of Educators on the Basis of an Integrative Approach.

Spanish Journal of Innovation and

Integrity

,

38

, 172-174.

9. Ismailova, Z. K., Riskulova, K., Axmedov, M. U., Ismoilova, Y. T., & Pulatova, N. R.

(2020). The role of electronic pedagogical tools in higher education.

J Crit Rev

,

7

(5), 396-398.

10.

Raxmonova, G. (2025). USING THE PEDAGOGICAL HERITAGE OF

MAKHMUDHOJA BEHBUDI, THE MANIFESTATION OF THE IDEAS OF NATIONAL

MODERNISM, IN THE EDUCATION OF YOUNG PEOPLE.

International Journal of Artificial

Intelligence

,

1

(1), 1394-1397.

1.

Библиографические ссылки

O’zbekiston respublikasi Prezidentining farmoni Respublika sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish doirasida aholiga tibbiy yordam ko’rsatishning zamonaviy tizimini shakillantirish PF-5590-son 07.12.2018 yil. lex.uz>docs 4096197.

Xonkeldiyev Sh.X.Abdullayev A. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati.Toshkent 2005.

Karimova V.Salomatlik psixologiyasi yoxud sog‘lom bo‘lish uchun ruhiyatni boshqarish sirlari. – Toshkent : Yangi asr avlodi, 2005.

Ashur Nazarovich Normurodov Jismoniy tarbiya o’quv qo’llanma Toshkent-2011yil

DJalilova L.A “Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi” darslik “Vori-nashiryoti” 2017 yil

O’zDJTSU “Adayptyiv jismoniy tarbiya va sport kafedrasi mudiri M.X.Mirjamalov. Chirchiq -2019 yil.

Xayitovich, A. M. (2025). FALSAFA TARIXIDA RATSIONALIZM VA IRRATSIONALIZM YONDASHISHLARI TAHLILI. JOURNAL OF INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH, 2(5), 357-368.

Sultanmurodovna, K. N., & Mohidil, S. (2025). Development of Professional Competence of Educators on the Basis of an Integrative Approach. Spanish Journal of Innovation and Integrity, 38, 172-174.

Ismailova, Z. K., Riskulova, K., Axmedov, M. U., Ismoilova, Y. T., & Pulatova, N. R. (2020). The role of electronic pedagogical tools in higher education. J Crit Rev, 7(5), 396-398.

Raxmonova, G. (2025). USING THE PEDAGOGICAL HERITAGE OF MAKHMUDHOJA BEHBUDI, THE MANIFESTATION OF THE IDEAS OF NATIONAL MODERNISM, IN THE EDUCATION OF YOUNG PEOPLE. International Journal of Artificial Intelligence, 1(1), 1394-1397.