Авторы

  • Гузал Холматова
    Axborot texnologiyalari va menejment universiteti katta o‘qituvchisi/axborot texnologiyalari va menejment universiteti talabasi)
  • Фарангиз Орзукулова
    Axborot texnologiyalari va menejment universiteti katta o‘qituvchisi/axborot texnologiyalari va menejment universiteti talabasi)

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsci.129541

Ключевые слова:

Favqulodda vaziyatlar xavf-xatar yong‘in zilzila tabiiy ofatlar xavfsiz stress ijtimoiy mas’uliyat.

Аннотация

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining favqulodda vaziyatlarga tayyorlanishi zarurati juda muhim va dolzarb pedagogik masala hisoblanadi. Bu tayyorgarlikning zarurati bir necha omillarga bog‘liq. Maqolada o‘quvchilarning favqulodda vaziyatlarda tez va to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishning ahamiyati, bu jarayonda ta’lim tizimi, pedagoglar va ota-onalarning roli keng yoritilgan. Ushbu jarayonning samarali amalga oshirilishi uchun o‘quvchilarga zarur bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, shuningdek, psixologik tayyorgarlik berish zarurati ko‘rsatib o‘tilgan.

background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

269

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI FAVQULODDA VAZIYATLARGA

TAYYORLANISHNING AHAMIYATI

Xolmatova Guzal Islomovna

(Axborot texnologiyalari va menejment universiteti katta o‘qituvchisi)

gozalxolmatova2@gmail.com

Orzuqulova Farangiz Jamol qizi

(Axborot texnologiyalari va menejment universiteti talabasi)

Annotatsiya.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining favqulodda vaziyatlarga tayyorlanishi zarurati

juda muhim va dolzarb pedagogik masala hisoblanadi. Bu tayyorgarlikning zarurati bir necha

omillarga bog‘liq. Maqolada o‘quvchilarning favqulodda vaziyatlarda tez va to‘g‘ri harakat qilish

ko‘nikmalarini rivojlantirishning ahamiyati, bu jarayonda ta’lim tizimi, pedagoglar va ota-

onalarning roli keng yoritilgan. Ushbu jarayonning samarali amalga oshirilishi uchun o‘quvchilarga

zarur bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, shuningdek, psixologik tayyorgarlik berish zarurati ko‘rsatib

o‘tilgan.

Annotation.

The need for Primary School students to prepare for emergencies is a very important

and pressing pedagogical issue. The need for this preparation depends on several factors. The article

extensively covers the importance of developing students' skills to act quickly and correctly in

emergencies, the educational system in the process, and the role of educators and parents. For the

effective implementation of this process, students are shown the necessary knowledge, practical

skills, as well as the need to provide psychological training.

Аннотация.

Необходимость подготовки младших школьников к чрезвычайным ситуациям

является очень важным и актуальным педагогическим вопросом. Необходимость этой

подготовки зависит от нескольких факторов. В статье широко освещается значение развития

у учащихся умений быстро и правильно действовать в чрезвычайных ситуациях, роль

системы образования, педагогов и родителей в этом процессе. Указывается на

необходимость предоставления учащимся необходимых знаний, практических навыков, а

также психологической подготовки для эффективного осуществления этого процесса.

Kalit so‘zlar.

Favqulodda vaziyatlar, xavf-xatar, yong‘in, zilzila, tabiiy ofatlar, xavfsiz, stress,

ijtimoiy mas’uliyat.

Keywords.

Emergencies, hazards, fires, earthquakes, natural disasters, safe, stress, social

responsibility.

Ключевые слова.

Чрезвычайные ситуации, опасности, пожары, землетрясения, стихийные

бедствия, безопасность, стресс, социальная ответственность.

Kirish.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishni

o‘rgatish ularning hayotini va salomatligini saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Kichik yoshdagi bolalar

ko‘pincha xavf-xatarni anglashda qiynalishadi, shuning uchun ularga favqulodda vaziyatlarga

tayyorgarlikni erta bosqichda o‘rgatish zarur. Bolalar o‘zlarini xavf-xatardan himoya qilish uchun

zarur bilim va ko‘nikmalarni egallashlari lozim. Favqulodda vaziyatlarga tayyorlanish bolalarda

xavfga qarshi ong va mas'uliyatni shakllantiradi. Masalan, yong‘in, zilzila yoki suv toshqinlari kabi

tabiat hodisalari haqida bilim berish bolalarni bu hodisalarga nisbatan tayyor qiladi va qanday

harakat qilishni bilishga yordam beradi.


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

270

Asosiy qism.

Favqulodda vaziyatlarda bolalar ko‘pincha qo‘rquv va tashvishda bo‘lishi

mumkin. Ularni bu kabi holatlarga tayyorlash, ularga qanday qilib tinchlanish va stressni boshqarish

usullarini o‘rgatish, muhimdir. O‘qituvchi yoki psixolog tomonidan o‘quvchilarga xavfli vaziyatlar

haqida to‘g‘ri tushuntirish va tinchlanish usullarini o‘rgatish stressni kamaytiradi va bolalar

o‘zlarini xavfsizroq his qilishadi. Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik o‘quvchilarda ijtimoiy

mas'uliyatni oshiradi. Bolalar, masalan, yong‘in paytida qanday yordam bera olishlari, boshqa

kishilarni qanday himoya qilishlari, bir-birlariga yordam berishning ahamiyatini tushunishlari kerak.

Bu o‘z-o‘zini va boshqalarni himoya qilishni o‘rgatadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga o‘z

huquqlari va mas'uliyatlari haqida tushunchalar berish zarur. Agar bolalar favqulodda vaziyatlarda

nima qilishlari va kimdan yordam olishlari kerakligini bilsalar, ularning o‘zini his qilishlari va

harakat qilishlari osonlashadi. O‘quvchilarni favqulodda vaziyatlarga tayyorlash orqali maktabdagi

xavfsizlik madaniyatini shakllantirish mumkin. Bu jarayon maktab hamjamiyatida umumiy

xavfsizlikni ta'minlashga yordam beradi va o‘quvchilarga xavfsizlikning muhimligini o‘rgatadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR.

Favqulodda vaziyatlarga tayyorlash o‘quvchilarda tez va to‘g‘ri qaror qabul qilishni o‘rganishga

yordam beradi. Bular, shuningdek, mantiqiy fikrlash va tezkor javob berish ko‘nikmalarini ham

rivojlantiradi, bu esa bolalarning hayotida muammolarni hal qilishda foydali bo‘ladi. Boshlang‘ich

sinf o‘quvchilarini favqulodda vaziyatlarga tayyorlash ularning xavfsizligini ta'minlash, psixologik

tayyorgarlikni kuchaytirish, ijtimoiy va axloqiy mas'uliyatni oshirish, hamda umumiy xavfsizlik

madaniyatini shakllantirish uchun zarurdir. Bu tayyorgarlik jarayoni bolalarni kelajakda turli xavf-

xatarlar bilan yuzlashganda to‘g‘ri va ongli harakat qilishga o‘rgatadi.

O‘qish jarayonida o‘quvchilarga favqulodda vaziyatlarda qanday harakat qilishni o‘rgatish, nafaqat

ularning xavfsizligini ta'minlash, balki kelajakda turli stressli vaziyatlarni boshqarish va to‘g‘ri

qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun ham juda muhimdir. Quyida, bularni

o‘rgatishning muhimligi haqida bir nechta asosiy tushunchalarni keltirib o‘taman:

- O‘quvchilarni favqulodda vaziyatlarga tayyorlashning asosiy maqsadi – ularning xavfsizligini

ta'minlashdir. Har bir bolaga o‘zini xavfsiz tutish va boshqalarni himoya qilish yo‘llarini o‘rgatish

zarur. Masalan, yong‘in yoki tabiiy ofatlar yuzaga kelganda to‘g‘ri xatti-harakatlarni bilish

o‘quvchilarning hayotini saqlab qolishi mumkin. Agar o‘quvchi qanday harakat qilishni oldindan

bilsa, vaziyatni boshqarish osonlashadi va xavfsizlikka erishiladi.

- Favqulodda vaziyatlarda vaqt juda cheklangan bo‘lishi mumkin, shuning uchun o‘quvchilarga

tezda va to‘g‘ri qaror qabul qilishni o‘rgatish zarur. Ular favqulodda holatda qanday vaziyatni

baholashni va qanday choralar ko‘rishni bilishlari kerak. Bu ko‘nikmalar nafaqat favqulodda

vaziyatlarda, balki boshqa turli hayotiy vaziyatlarda ham foydali bo‘ladi.

- O‘quvchilarga favqulodda vaziyatlarda o‘zini va boshqalarni himoya qilishni o‘rgatish muhimdir.

Masalan, yong‘in paytida o‘quvchiga qanday qilib xavfsiz hududga o‘tish kerakligini, avtohalokatda

o‘zini qanday himoya qilishni yoki tabiat ofatlarida qanday qilib boshqalarga yordam berishni

tushuntirish zarur. Bu bilimlar o‘quvchilarni nafaqat xavfsiz tutadi, balki ularga yordam berish va

mas'uliyatni his qilishni o‘rgatadi.

- O‘quvchilarga favqulodda vaziyatlarda qanday harakat qilishni o‘rgatish, ularning o‘ziga bo‘lgan

ishonchini oshiradi. Favqulodda vaziyatlarga tayyorlangan o‘quvchi, nafaqat xavfsizlikni

ta'minlashda, balki turli stressli vaziyatlarni boshqarishda ham o‘zini qo‘rqmasdan, to‘g‘ri

yo‘nalishda harakat qilishda ishonch hosil qiladi. Bu o‘ziga bo‘lgan ishonch bolalarning o‘ziga va

boshqalarga bo‘lgan mas'uliyatini oshiradi.

- O‘quvchilarni favqulodda vaziyatlarga tayyorlash, ularga vaziyatni tahlil qilish va eng maqbul

yechimni topishga yordam beradi. Masalan, zilzila yoki yong‘in kabi holatlarda darhol evakuatsiya

qilish, xavfsiz joyga o‘tish kabi qarorlarni qanday tezda va to‘g‘ri amalga oshirish kerakligini bilish

o‘quvchilarga muhim tushunchalarni beradi.

-

Favqulodda vaziyatlar o‘quvchilarda ijtimoiy mas'uliyatni ham rivojlantiradi. Ular faqat o‘zlarini

emas, balki boshqalarni ham himoya qilishni bilishlari kerak. Favqulodda vaziyatlarda bir-biriga


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

271

yordam berish, xavfsiz joylarga ko‘chish va yordam so‘rash kabi vazifalarni bajarayotgan

o‘quvchilar ijtimoiy mas'uliyatni tushunib, jamiyatning xavfsizligini ta'minlashda faol ishtirok

etishadi.

-

O‘qituvchi o‘quvchilarga favqulodda vaziyatlarda qanday harakat qilishni o‘rgatishda asosiy o‘rin

tutadi. O‘qituvchi o‘zining pedagogik yondashuvi orqali o‘quvchilarni nafaqat nazariy jihatdan,

balki amaliy mashg‘ulotlar, simulyatsiyalar va o‘yinlar orqali ham tayyorlashi mumkin. Bu

jarayonda o‘qituvchining roli bolalarga qo‘llab-quvvatlash, ularga xavfsizlikni tushuntirish va xavf-

xatarlar haqida bilim berishda muhimdir.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilar uchun favqulotda vaziyatlarga tayyorlash jarayonini qiziqarli

qilish juda muhim. Agar ularni faol va qiziqarli metodlar bilan tayyorlasak, ular o‘rganganlarini

yaxshiroq eslab qoladilar. Quyidagi metodlar o‘quvchilarning e'tiborini qarata oladi va jarayonni

qiziqarli bo‘lishini ta’minlaydi:

1. Rolli o‘yinlar.

O‘quvchilarni turli favqulodda vaziyatlarga tayyorlash uchun rolli

o‘yinlar tashkil etish. Masalan, o‘quvchilar yong‘in yoki zilzila holatida qanday harakat qilishni

mashq qilishadi. Bir o‘quvchi "Yong‘in uchiruvchi" yoki "Evakuatsiya boshqaruvchisi" rolini

bajarishi, boshqalar esa evakuatsiya qilish yoki xavfsiz joyga joylashish haqida o‘ynashadi.

Kutilayotgan natija: Bu o‘yin o‘quvchilarga mas'uliyatni his qilish va real holatni o‘ynash

orqali xavfsizlikni o‘rganish imkoniyatini beradi.

2

.

"Qidiruvchi va qutqaruvchi" o‘yini.

O‘quvchilarga favqulodda vaziyatda odamlarni

qutqarish va xavfsiz joyga olib chiqish bo‘yicha kichik guruhlar tashkil etadilar. Ular muayyan

vazifalar bajarishi kerak, masalan, "Yong‘in paytida qulfni ochish" yoki "Elektr toki bilan xavfsiz

yondashuv" kabi.

Kutiladigan natija: O‘quvchilar muammolarni hal qilishda jamoa sifatida ishlashadi va bir-

birlariga yordam berishadi. Bu ularga favqulodda holatlarda "Qutqaruvchi" rolini o‘ynashni

o‘rgatadi.

3.

Hikoya qilish va video mashg‘ulotlari.

Favqulodda vaziyatlar haqidagi qisqacha hikoyalar

yaratish va o‘quvchilarga o‘qish berish yoki eslatish.

Har bir o‘quvchi o‘zining qiziqarli hikoyasini yaratishi mumkin: "Zilzila paytida qanday

harakat qildim" yoki "Yong‘inni qanday o‘chirishga yordam berdim" kabi mavzularda og‘zaki va

yozma hikoyalar yaratishadi.

Kutiladigan natija: Hikoya yaratish va guruhda baham ko‘rish orqali o‘quvchilar o‘z his-

tuyg‘ularini va fikrlarini ifodalashadi, hamda og‘zaki nutqining o‘sishiga yordam beradi. Bu esa

o‘qitish jarayonini interaktiv va qiziqarli bo‘lishiga yordam beradi.


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

272

4. Xavfsizlik xazinasini topish o‘yini.

O‘quvchilarga xavfsizlikni o‘rganishga oid "Xazina

top” o‘yinini tashkil etish. O‘quvchilar maxfiy nuqtalarda xavfsizlik belgilari yoki qo‘llanmalarni

topishadi va ularni xavfsiz holatda saqlashlari kerak. Masalan, yong‘inni o‘chirish vositalarini yoki

evakuatsiya marshrutini topish.

Kutiladigan natija: Xazina topish o‘yinlari o‘quvchilarga ko‘proq harakat qilishni va ko‘nikmalarini

amalda sinashni taklif qiladi. Bu o‘yinlar o‘quvchilarning diqqatini rivojlantiradi, qiziqishini

uyg‘otadi va ularga bir-biriga yordam berishga imkon yaratadi.

5. Virtual yoki haqiqiy evakuatsiya mashqlari

. Evakuatsiya mashqlarini real va virtual sharoitda

tashkil etish. O‘quvchilarga evakuatsiya qilishni ko‘rsatib, ularni turli yo‘llardan (binolar,

avtobuslar, ochiq joylar) qanday tezkor va xavfsiz o‘tishlarini o‘rgatish kerak bo‘ladi.

Kutiladigan natija: Mashqlarni o‘yin sifatida o‘tkazish, vaqtni hisoblash va har bir o‘quvchi uchun

maqsadlarni qo‘yish jarayonni qiziqarli qiladi, jismoniy chaqqonlik sifatlarini oshiradi. Masalan,

evakuatsiya vaqtida kim tezroq va xavfsiz harakat qiladi? - kabi.

6.

Xavfsizlik kartochkalari o‘yini.

O‘quvchilar uchun xavfsizlik bo‘yicha kartochkalar tayyorlash.

Har bir kartochkada favqulodda vaziyat haqida bir nechta savollar yoki maslahatlar yozilgan bo‘ladi.

O‘quvchilar kartochkalarni guruhlarda aylantirib, javoblar va tavsiyalarni muhokama qiladilar.

Kutilayotgan natija: Kartochkalar o‘yini o‘quvchilarga o‘z bilimlarini sinash va ular o‘rganayotgan

mavzu bo‘yicha yangi ma'lumotlar olish imkoniyatini beradi.

7. Favqulodda vaziyatlar kartasi yaratish.

O‘quvchilarga o‘z maktablari yoki uylarining

favqulodda vaziyatlar xaritasini yaratishni taklif eting. Har bir o‘quvchi o‘zining hududini tahlil

qilib, xavfsiz joylarni, evakuatsiya yo‘llarini va xavfli hududlarni belgilaydi. Favqulotda vaziyatlar

paytida manashu hududlarda bo‘lishlari kerakligini bilib olishlariga yordam beradi.

Kutilayotgan natija: Bu metod o‘quvchilarga o‘z shahar yoki maktablarini yaxshiroq tushunish va

favqulodda vaziyatda tezda nima qilishni aniqlash imkoniyatini beradi. Bu metodlar nafaqat

o‘quvchilarga xavfsizlikni o‘rganish, balki ularni qiziqarli va faol tarzda o‘rgatish imkoniyatini

yaratadi.

O‘quvchilarni o‘rgatishda faollik va ijodkorlikni oshirgan holda o‘rgatish jarayoni samaraliroq

bo‘ladi.

Xulosa:

O‘qish jarayonida o‘quvchilarga favqulodda vaziyatlarda qanday harakat qilishni

o‘rgatish muhim, chunki bu nafaqat ularning xavfsizligini ta'minlashga yordam beradi, balki

psixologik va ijtimoiy jihatdan tayyor bo‘lishni ham rivojlantiradi. O‘quvchilar favqulodda

vaziyatlarda o‘zini va boshqalarni himoya qilishni, qaror qabul qilishni, stressni boshqarishni va

xavfsizligini ta'minlashni bilishlari zarur. Bu ko‘nikmalar bolalarning kelajagi uchun katta

ahamiyatga ega. O‘quvchilarni favqulodda vaziyatlarga tayyorlashning asosiy maqsadlari ularni

xavfsiz tutish, psixologik jihatdan tayyorlash, tez va to‘g‘ri qaror qabul qilishga o‘rgatish, ijtimoiy

mas'uliyatni rivojlantirish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan. Bu maqsadlarni

amalga oshirish uchun o‘quvchilarga yuqori talablar qo‘yiladi, ular favqulodda vaziyatlarda ongli

ravishda, tinchlik bilan va samarali tarzda harakat qilishga tayyor bo‘lishlari kerak. Boshlang‘ich

sinf o‘quvchilarini favqulodda vaziyatlarga tayyorlash juda muhim.

Adabiyotlar ro‘yxati:

1. Yormatov G‘.Y. va boshqalar. Hayot faoliyati xavfsizligi. –T.: “Aloqachi”, 2009 2. Yormatov G‘.

Y. va boshqalar. Hayot faoliyati xavfsizligi. O‘quv qo‘llanma. -T.: 2005.

3. Nigmatov I., Tojieyv M. X. "Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi" Darslik.-T.: Iqtisod-

moliya. 2011.

4. Zyazina T.V. Hayot xavfsizligini o‘rgatish nazariyasi va usullari: o‘quv qo‘llanma. T.V. Zyazina,

A.I. Grigoryev. - Voronej: VGPU, 2006. - 136

5. Abaskalova N.P. Maktabda hayot xavfsizligi asoslarini o‘qitish metodikasi / N. P. Abaskalova, L.

A. Akimova, S. V. Petrov. Novosibirsk: ARTA, 2011. 302 p.


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

273

6. Islamovna, K. G. (2025). Preparing Elementary Students for Emergencies–As a Pedagogical

Problem. Spanish Journal of Innovation and Integrity, 40, 169-172.

7. Islamovna, K. G., &

Normamatovna, H. N. (2025). Enhancing Students' Creative Thinking

through International Studies Assignments. Spanish Journal of Innovation and Integrity, 38, 217-

221.

8. Алланазаров, М. Х. (2024). TABOTABOIY QARASHLARIDA TEOLOGIK VA

GNOSEOLOGIK BILISH USLUBLARI SINTEZLASHUVI. Oriental renaissance: Innovative,

educational, natural and social sciences, 4(8), 459-470.

9.

Teaching Students to Understand and Understand Learning Texts. (2025). American Journal of

Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993-2769), 3(1), 215-217.

10.

Рузимродов, О. ., & Бердиева , Г. (2021). Междисциплинарная связь в повышении

эффективности практической компетентности студентов. Общество и инновации, 2(4/S),

659–665.

Библиографические ссылки

Yormatov G‘.Y. va boshqalar. Hayot faoliyati xavfsizligi. –T.: “Aloqachi”, 2009 2. Yormatov G‘. Y. va boshqalar. Hayot faoliyati xavfsizligi. O‘quv qo‘llanma. -T.: 2005.

Nigmatov I., Tojieyv M. X. "Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi" Darslik.-T.: Iqtisod-moliya. 2011.

Zyazina T.V. Hayot xavfsizligini o‘rgatish nazariyasi va usullari: o‘quv qo‘llanma. T.V. Zyazina, A.I. Grigoryev. - Voronej: VGPU, 2006. - 136

Abaskalova N.P. Maktabda hayot xavfsizligi asoslarini o‘qitish metodikasi / N. P. Abaskalova, L. A. Akimova, S. V. Petrov. Novosibirsk: ARTA, 2011. 302 p.

Islamovna, K. G. (2025). Preparing Elementary Students for Emergencies–As a Pedagogical Problem. Spanish Journal of Innovation and Integrity, 40, 169-172.

Islamovna, K. G., & Normamatovna, H. N. (2025). Enhancing Students' Creative Thinking through International Studies Assignments. Spanish Journal of Innovation and Integrity, 38, 217-221.

Алланазаров, М. Х. (2024). TABOTABOIY QARASHLARIDA TEOLOGIK VA GNOSEOLOGIK BILISH USLUBLARI SINTEZLASHUVI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 4(8), 459-470.

Teaching Students to Understand and Understand Learning Texts. (2025). American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993-2769), 3(1), 215-217.

Рузимродов, О. ., & Бердиева , Г. (2021). Междисциплинарная связь в повышении эффективности практической компетентности студентов. Общество и инновации, 2(4/S), 659–665.