RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
274
AQLI ZAIF BOLALARDA NUTQNING FIZIOLOGIK BUZILISHLARI
XOSILOVA ZIYOFAT BEGMURATOVNA
,
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti
Pedagogika kafedrasi katta o‘qituvchisi
AZIZXONOVA RUQIYA NASRI QIZI,
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti,
Defektologiya yo’nalishi 2-bosqich talabasi.
Annotatsiya:
Atrofdagi olam haqidagi tasavvurning cheklanganligi, nutqiy aloqaning zaifligi,
qiziqishning yetishmasligi hamda nutqiy munosabatga bo‘lgan talabning pasayishi kabi holatlarning
bolalarda uchrashi - aqli zaif bolalarda nutq rivojlanishining sekinlashishi bilan ifodalaniladi. Aqli
zaif bolalarda nutqning buzilish tizimi o‘ziga xos xarakterga ega. Aqli zaif bolalarda nutq
buzilishining va ularni me’yorga keltirish xususiyati oliy nerv (asab tizimi) faoliyati hamda psixik
rivojlanishning o'ziga xos tomonlari bilan belgilanadi. Aqli zaif bolalarda nutqiy bayon qilish turli
darajada buziladi. Shuning uchun kasallikning turlicha darajasiga qarab logopedik ishlar olib
boriladi hamda nuqsonlar bartaraf etishga harakat qilinadi.
Kalit so‘zlar:
Debil, imbitsil, idiot, Daun kasalligi, grammatik buzilish, oligofreniya, korreksiya,
bo‘g‘in strukturasi.
Аннотация:
Для замедления речевого развития у умственно отсталых детей характерно
наличие у детей таких состояний, как ограниченное восприятие окружающего мира, слабость
речевой коммуникации, отсутствие интереса и снижение потребности в речевом общении.
Система речевых нарушений у детей с задержкой психического развития имеет
своеобразный характер. Характер нарушений речи и их нормализация у детей с умственной
отсталостью определяются особенностями высшей нервной деятельности (нервной системы)
и психического развития. У детей с умственной отсталостью в разной степени нарушена
речевая деятельность. Поэтому логопедические занятия проводятся в зависимости от стадии
заболевания и предпринимаются попытки устранения дефектов.
Ключевые слова:
Дебил, идиот, синдром Дауна, грамматическое нарушение, олигофрения,
коррекция, структура слога.
Abstract:
The occurrence of such conditions in children as limited perception of the surrounding
world, weak speech communication, lack of interest and decreased demand for speech
communication is expressed in the slowing down of speech development in mentally retarded
children. The system of speech disorders in mentally retarded children has a specific character. The
nature of speech disorders in mentally retarded children and their normalization is determined by
the specific aspects of the activity of the higher nervous system and mental development. Speech
expression in mentally retarded children is impaired to varying degrees. Therefore, speech therapy
is carried out depending on the degree of the disease and attempts are made to eliminate the defects.
Key words:
moron, idiot, Down syndrome, grammatical disorder, oligophrenia, correction,
structural sloga.
Oligofreniya iborasi grechka so‘zdan olingan bo‘lib, “aqli zaiflik” degan ma’noni bildiradi.
Ma’lumki, bosh miyadagi jarayonlarning organik buzilishi natijasida bilish faoliyatining turg‘un
buzilishi mazkur kasallikning rivojlanishiga olib keladi. Bolada tasavvur hajmining cheklanganligi,
so‘z boyligining kam va o‘zaro nutqiy aloqaning sustligi, nutqiy munosabatga bo‘lgan talabning
pasayishi, kammuloqotlilik aqli zaif bolalarda nutq rivojlanishning sekinlashishi bilan ifodalaniladi.
Shu bilan bir qatorda, nutqning buzilishiga olib keluvchi boshqa faktorlar ham oligofreniyani
yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Nutq apparati tuzilishidagi kamchiliklar natijasida rinolaliya,
mexanik dislaliya (bosh miya yarim sharlari po‘stloq osti qismining ba’zi bo‘limlarida
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
275
zararlanishini oqibatida yuz beradigan organik duduqlanish), dizartriya kabi kasalliklar kelib
chiqadi. Aqli zaif bolalarda nutqning buzilishi tizimli xarakterga ega. Ularda nutqiy faoliyat bilan
bog‘liq barcha harakatlarning u yoki bu darajada shakllanmaganligi namoyon bo‘ladi. Ularda
motivatsiyaning zaifligi, nutqiy munosabatga bo‘lgan talabning pasayishi, nutq faoliyatini
programmalashtirishning qo‘pol buzilishi, nutqiy harakatlarning ichki programmasidagi o‘zgarishlar,
taqqoslash operatsiyalarining buzilishi kabilarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Aqli zaif bolalarda bilish, anglash faoliyatidagi oliy shakllarining yaxshi rivojlamaganligi,
fikrlashning yuzakiligi, nutqni sekin rivojlanishi va sifati jihatdan o‘ziga xosligi, xatti-harakatlarni
so'z orqali nazorat qilish holatining izdan chiqishi, hissiy-idoraviy sohaning to‘laqonli ekanligi
kuzatiladi. Oligofreniya holatidagi bolalarning kasallik davri kasallikning kechish holati,
simptomlariga qarab quyidagi darajalarda xarakterlanadi:
-yengil;
-o‘rta;
-og‘ir kabi.
Debil darajasidagi aqli zaif bolalarda nutq rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud
bo‘lib, aqli zaif bolalar uchun nutqning kech rivojlanishi xarakterlidir. Kuchli orqada qolish
nutqqacha bo‘lgan davrni o‘zidayoq kuzatiladi. Agar go‘daklarda chug‘urlash holati, ya’ni so‘zlar
talaffuzining ilk davrida 4-8 oylik davrida me’yorda bo‘lsa, aqli zaif bolalarda esa bu holat 12-24
oylikgacha bo‘lgan davrda namoyon bo‘ladi. Aqli zaif bolalarda nutq rivojining sezilarli darajada
orqada qolishi, iboraviy nutq paydo bo‘lishida ko‘rinadi. Bunda, birinchi so‘zlarni bayon qilish
bilan idoraviy nutq orasidagi oraliq vaqt ham me’yorda rivojlangan bolalarga nisbatan uzoqroq
bo‘ladi. Aqli zaif bolalarda nutqning rivojlanishi o‘ziga xos tomonlari ko‘plab mualliflar psixologik
aspektda o‘rganilgan (V.Petrova, M.Pevnzer, I.Karlin, M.Strazula, S.Boreli, M.Zeman va
boshqalar). Nutqiy eshitish analizatorlari doirasida differensial shartli aloqalarning sekinlik bilan
rivojlanishi munosabati bilan aqli zaif bolalar ancha vaqt nutq tovushlarini ajrata olmaydilar,
atrofdagilar aytgan so‘zlarni aniq anglamaydi. Motorikaning jumladan, nutqiy motorikaning
rivojlanishi aqli zaif bolalarda sekinlik bilan kechadi. Nutqiy harakatlarning aniqligi ikki tomonlama
nazorat orqali ta’minlanadi. Aqli zaif o‘quvchilarda nutq tovushlarni buzib talaffuz qilinishi bilan
bir qatorda, tovushlarni almashtirib qo‘llashsa sezilarli darajada uchraydi. Aqli zaif bolalarda tovush
talaffuz qilishlarining yana bir o‘ziga xos tomoni bu buzilishlarini varianti, ya’ni ko‘rinishda bo‘ladi.
Birgina o‘sha tovushni bola ba’zi vaqtda to‘g‘ri tallafuz qiladi, ba’zan tallafuz qiladi, ba’zan
talaffuz qilmaydi yoki buzib tallafuz qiladi.
Bu so‘z hosil qilgan tovushi bo‘g‘in tuzilishini kelib chiqadi va tovushning so‘zdagi o‘rnini
egallaydi. Bo‘g‘in strukturasining buzilishi faqatgina 3-5 murakkab so‘zlardan boshlab, ko‘proq
yonma-yon keladigan undoshlarda yuz beradi. Bolajonlarga tanish bo‘lgan va tez-tez foydalanib
turiladigan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlar, kam foydalaniladigan hamda yaxshi tanish bo‘lmagan so‘zlarga
nisbatan kamroq buzib talaffuz qilinadi. Aqli zaif bolalarning nutqi ko‘p hollarda ma‘nosiz,
tushunarsiz va emotsional bo‘yoqsiz bo‘ladi. Ba‘zilarda nutq sekinlashgan, ba‘zilarida esa
tezlashgan, shu bilan birga bolalarning ovozi past, ba‘zilarning ovozi chinqiroq bo‘ladi. Ayniqsa,
Daun kasalligi bilan nutqning buzilishi yaqqol namoyon bo‘ladi. Nutq tezligi past bo‘lgan bolalarda,
o‘ta kuchli ruhiy holatdagi duduqlanish kuzatiladi. Bunday bolalarda disfoniya ya’ni ovoz
o‘zgarishi keng tarqalgan.
Aqli zaif o‘quvchilarda talaffuz buzilishlarini to‘g‘irlash davrda ulardagi psixik jarayon
o‘ziga xos tomonlarini hisobga olish juda zarur. Aqli zaif bolalarda lug'at boyligining kambag‘alligi,
so‘zlardan noto‘g‘ri foydalanish, passiv lug‘atning aktiv lug‘atga ega bo‘lishi va so‘zlarni
mazmuniga qarab ishlatishiga qiyinchilik sezilib turadi. Bu bolalarda so‘z boyligining
kambag‘alligining muhim sabablari bo‘lib ularning ruhiy rivojlanishining pastligi atrofdagi olam
haqida bilim va tassavurning cheklanganligi,
vebral
xotiraning zaifligi, ijtimoiy va nutqiy
munosabatga bo'lgan talabning pastligi qiziqishlarining shakllanmaganligi hisoblanadi. Aqli zaif
bolalarda bog‘lanishli fikr bayon qilishning o‘ziga xos topshiriqning xarakateridan mustaqil fikr
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
276
bayon shaklidan kelib chiqadi. Mustaqil hikoya qilishga qaraganda, aqli zaif bolalarda qayta so‘zlab
berish yengil amalga oshadi. Logopedik - korreksion ta‘sir qilish jarayonida lug‘at boyligini
oshirish, so‘z ma‘nosini aniqlash, sematik maydon va leksik tizimni shakllantirish bo‘yicha ish olib
boriladi. Aqli zaif bolalar tovushlarni bo‘g‘in holiga keltirish juda murakkab masala bo‘lib
hisoblanadi. Fonematik analiz vazifasi aqli zaif o‘quvchilar ongida katta qiyinchiliklar bilan
shakllanadi, ular uchun bo‘g‘in haqidagi umumiylashgan tasavvur ham murakkab hisoblanadi.
So‘zlarni o‘qish jarayonida, idrok qilishning differensiallashmaganligi oqibatida aqli zaif bolalar
uchun so‘zlardagi asosiy “hal qiluvchi” harflar yuq demak.
Xulosa:
Aqli zaif bolalarda tovush bo‘g‘in sintez qobiliyati ko‘pincha past bo‘ladi, o‘qilgan
so‘zlarni tushunish ham tanib qolish sekinlashadi. Matn va gaplarini o‘qish bundan ham ko‘proq
qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Aqli zaif bolalarda o‘qish biroz qiyinchilik tug‘dirdi. Shunday
qilib logopedik ishlar ko‘plab o‘ziga xosliklar bilan xarakterlanadi, bular oliy nerv faoliyati, aqli
zaif bolalarning psixologik o‘ziga xos tomonlari, shuningdek, bu bolalarda nuqsonlar strukturasi,
mexanizmlari, simptomlari kelib chiqadi. Aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlar
chuqur izlanishlarni va doimiy ravishda shug‘ullanishni talab etadi
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Ayupova M. “Logopediya”,O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, Toshkent-
2007 y.
2. Shomahmudova R.SH., Mo'minova L. “Bolalar nutqidagi nuqsonlar va ularni bartaraf etish”,
T., 1994.
3. Mo’minova L.R. ”Tutilib gapiruvchi o’smirlar uchun qo’llanma”, O’qituvchi nashriyoti, T.,
1980.
4. Bekker K.P., Sovak M., “Logopediya”- M., 1981.
5. Badalyan L.O. “Nevropatologiya”- M., 1987.
6.
Xosilova, Z., & Buriyeva, S. (2025). CAUSES OF NORMAL SPEECH DEVELOPMENT
AND DISORDER IN CHILDREN.
International Journal of Artificial Intelligence
,
1
(1), 1162-1163.
7.
Xosilova, Z., & Buriyeva, S. (2025). CORRECTIONAL WORKS WITH MENTALLY
DEAD CHILDREN.
International Journal of Artificial Intelligence
,
1
(1), 937-940.
8. Sultanmurodovna, K. N., & Mohidil, S. (2025). Development of Professional Competence
of Educators on the Basis of an Integrative Approach.
Spanish Journal of Innovation and
Integrity
,
38
, 172-174.
9.
Islamovna, K. G. (2025). Preparing Elementary Students for Emergencies – As a
Pedagogical Problem.
Spanish Journal of Innovation and Integrity
,
40
, 169–172.
10.
Berdiyeva Gulabad Shonazarovna. (2024). USE OF VIEWS IN THE HISTORY OF
NATIONAL EDUCATION IN THE DEVELOPMENT OF STUDENTS’ CREATIVE
THINKING.
Galaxy International Interdisciplinary Research Journal
,
12
(3), 164–167.
