Авторы

  • Юлдузкхон Исмоилова
    Axborot texnologiyalari va menejment universiteti
  • Нилуфар Комилова
    Axborot texnologiyalari va menejment universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsci.129544

Ключевые слова:

Konflikt konfliktologiya nizoli vaziyatlar oilaviy nizolar bola tarbiyasi oila muhiti muloqot madaniyati psixologik yondashuv bag‘rikenglik konfliktlarni boshqarish.

Аннотация

Ushbu maqolada oilada yuzaga keladigan konfliktli vaziyatlarning sabablari, ularni hal etish usullari va oila a’zolarining nizolarni bartaraf etishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Maqolada konfliktlarning oilaviy munosabatlarga salbiy ta’siri va ularni oldini olish bo‘yicha samarali strategiyalar yoritiladi. Shuningdek, oila ichidagi muloqot madaniyati, bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat tamoyillarining nizolarni hal etish jarayonidagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratiladi.

background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

281

КASBIY KREATIVLIK VA UNING PEDAGOGIK JARAYONDAGI O‘RNI

ISMOILOVA YULDUZXON TURAYEVNA

Axborot texnologiyalari va menejment universiteti dotsenti,

yulduzismoilova12345@gmail.com

KOMILOVA NILUFAR NIZOMOVNA

Axborot texnologiyalari va menejment universiteti.magistranti

nilukomilova9190@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada oilada yuzaga keladigan konfliktli vaziyatlarning sabablari, ularni

hal etish usullari va oila a’zolarining nizolarni bartaraf etishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Maqolada

konfliktlarning oilaviy munosabatlarga salbiy ta’siri va ularni oldini olish bo‘yicha samarali

strategiyalar yoritiladi. Shuningdek, oila ichidagi muloqot madaniyati, bag‘rikenglik va o‘zaro

hurmat tamoyillarining nizolarni hal etish jarayonidagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratiladi.

Kalit so‘zlar:

Konflikt, konfliktologiya, nizoli vaziyatlar, oilaviy nizolar, bola tarbiyasi, oila

muhiti, muloqot madaniyati, psixologik yondashuv, bag‘rikenglik, konfliktlarni boshqarish.

.

Kirish.

Zamonaviy jamiyatda ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifalardan biri — kasbiy

jihatdan yuqori malakali, ijodiy fikrlay oladigan, yangilikka ochiq va innovatsion yondashuvlarga

ega pedagog kadrlarni tayyorlashdan iboratdir. Ta’lim mazmunining yangilanishi, o‘qitish

metodikalarining rivojlanishi va raqamli texnologiyalarning keng joriy etilishi pedagogdan nafaqat

bilim beruvchi, balki yaratuvchan, muammolarni tahlil qila oladigan, mustaqil fikrlovchi shaxs

sifatida namoyon bo‘lishni talab qilmoqda. Shu jihatdan olganda, kasbiy kreativlik — pedagogik

faoliyatda muvaffaqiyat kaliti bo‘lib, u o‘qituvchining o‘z ishiga yangicha yondashuvini, dars

jarayonini samarali tashkil etish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Kasbiy kreativlik — bu nafaqat yangi g‘oyalarni ilgari surish, balki ularni pedagogik

faoliyatga samarali tatbiq etish, har bir o‘quvchining qiziqishi va imkoniyatlarini hisobga olgan

holda ta’lim jarayonini tashkil etish demakdir. Ushbu maqolada kasbiy kreativlikning mazmuni,

uning pedagogik jarayondagi o‘rni va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, kreativ pedagog

shaxsining shakllanishi, kasbiy mahorat va pedagogik innovatsiyalar bilan bog‘liq jihatlar yoritib

beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida so‘nggi yillarda

ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uning sifat ko‘rsatkichlarini oshirish va xalqaro andozalarga

moslashtirish borasida qator muhim qaror va farmonlar qabul qilindi. Jumladan, "2022–2026

yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi",

1

"Ta’lim tizimini 2030

yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi"da pedagog kadrlarning kasbiy malakasi va kreativ salohiyatini

oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.

2

Metod va metodologiya

. Kasbiy kreativlik — zamonaviy pedagogning ajralmas fazilatiga aylanib

bormoqda. Shunday ekan, mazkur mavzuni ilmiy jihatdan o‘rganish va amaliyotda qo‘llash dolzarb

ahamiyat kasb etadi. Kasbiy kreativlik – bu shaxsning o‘z kasbiy faoliyatiga ijodiy yondashuvi,

mavjud muammolarni yangicha hal etish qobiliyati va doimiy yangilanishga intilishidir. Pedagogik

faoliyatda esa bu tushuncha o‘qituvchining dars jarayonini samarali tashkil etishi, o‘quvchilarda

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son

2

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 29.04.2019 yildagi PF-5712-son


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

282

mustaqil fikrlash, tanqidiy tahlil va yangilik yaratish ko‘nikmalarini shakllantirishdagi faoliyati

orqali namoyon bo‘ladi.

Zamonaviy pedagog shaxsining kasbiy faoliyati ko‘p jihatdan kreativ yondashuvga asoslanadi.

An’anaviy usullarga suyanib qolmasdan, har bir darsni o‘quvchining qiziqishlari, ehtiyojlari va

individual xususiyatlarini inobatga olgan holda loyihalash kreativlikni talab etadi. Kasbiy kreativlik

pedagogdan quyidagi ko‘nikmalarni talab qiladi:

muammoni tahlil qilish va yangi yondashuvlarni ishlab chiqish;

dars jarayonida interaktiv metodlar, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash;

har bir o‘quvchining shaxsiy rivojlanishiga mos metodlarni tanlash;

pedagogik innovatsiyalarni izlab topish va amaliyotga tatbiq etish.

Pedagogik jarayonda kreativlik nafaqat dars mazmunini boyitadi, balki o‘quvchilarning ta’limga

bo‘lgan munosabatini o‘zgartiradi, ularni faol ishtirokchi va yaratuvchiga aylantiradi. Shu sababli,

pedagogning kasbiy rivojlanishida kreativlik asosiy mezonlardan biri bo‘lib qolmoqda. Ta’lim

tizimidagi islohotlar ham ushbu yondashuvni qo‘llab-quvvatlamoqda. Xususan, yangi avlod o‘quv

dasturlari, raqamli platformalarning joriy etilishi, malaka oshirish kurslarida ijodiy yondashuvlarga

urg‘u berilishi – bularning barchasi kasbiy kreativlikning rivojlanishiga xizmat qiladi. Bugungi

kunda Asana, Moodle, Google Classroom kabi raqamli platformalar orqali pedagoglar o‘z darslarini

nafaqat interaktiv shaklda o‘tkazmoqda, balki o‘quvchilar bilan doimiy hamkorlikda yangilik

yaratishga ham erishmoqda.

Kasbiy kreativlikni shakllantirish uchun pedagog quyidagi yo‘nalishlarda izlanishi zarur:

doimiy o‘z ustida ishlash va yangiliklarni o‘rganish;

tajriba almashish va innovatsion loyihalarda faol ishtirok etish;

ijodiy muhit yaratish va o‘quvchilarni motivatsiyalash;

ta’limda moslashuvchanlik va zamonaviy metodlarni qo‘llash.

Kasbiy kreativlik – bu pedagogning kasbiy mahoratini oshiruvchi, uni boshqalardan ajratib

turuvchi asosiy ko‘rsatkichdir. Shu sababli, pedagogik jarayonda bu sifatni rivojlantirish ta’lim

samaradorligining oshishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Natijalar va tahlil.

Kasbiy kreativlik (ijodiylik) masalasi so‘nggi yillarda pedagogika,

psixologiya va sotsiologiya fanlarining diqqat markazida bo‘lib, turli tadqiqotchilar tomonidan har

xil yondashuvlar asosida o‘rganilmoqda. Bu borada xorijiy tadqiqotlar tajribasida kreativlikni

shakllantirish masalasi S.Thaler, E.Torrance va boshqalar ishlarida ko‘rib chiqilgan. Ular noaniq,

assimetrik, murakkab obyektlarni fikrlash jarayoniga jalb qilish orqali kreativ shaxslar o‘z

tasavvurlarini yanada yuqoriroq va uyg‘un tarzda tartiblashtirishini ta’kidlaydilar.

O‘zbek olimlaridan Sh.T.Ergashev, M.Ibrohimov, J.Yo‘ldoshev, N.Muslimov, A.Mirzayev,

N.Yo‘ldoshevlar tomonidan kasbiy kompetensiyalar, pedagogik mahorat va ijodiy yondashuvlar

bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar kasbiy kreativlikni o‘rganishda asosiy nazariy va amaliy manba

bo‘lib xizmat qiladi.

Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, kasbiy kreativlik nafaqat iqtidor va qobiliyat bilan

bog‘liq, balki uni rivojlantirishda motivatsiya, muhit, metodik yondashuvlar, refleksiya kabi omillar

muhim o‘rin tutadi. Shuningdek, bugungi kunda raqamli texnologiyalarning ta’lim jarayoniga

chuqur kirib borishi kasbiy kreativlikni rivojlantirishga yangi imkoniyatlar ochmoqda.

Tadqiqot jarayonida olib borilgan tahlillar, kuzatuvlar va so‘rovnomalar asosida pedagogik

faoliyatda kasbiy kreativlikning o‘rni beqiyos ekani aniqlandi. Kreativ yondashuvga ega bo‘lgan

o‘qituvchilar dars jarayonini samarali, qiziqarli va interaktiv tashkil eta olishadi. Bu esa

o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, muammoni tahlil qilish va yangilikka intilish kabi muhim

ko‘nikmalarning shakllanishiga xizmat qiladi.

Ayniqsa, yosh pedagoglarda kreativ salohiyat yuqori bo‘lib, ular raqamli texnologiyalarni

qo‘llash, zamonaviy metodlarni sinab ko‘rish hamda yangicha fikrlashga moyildirlar. Biroq ularda

amaliy tajriba yetishmasligi ularning salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishga to‘sqinlik qilmoqda.

Shu bilan birga, ko‘plab ta’lim muassasalarida kreativlikni rivojlantirishga doir metodik va texnik


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

283

sharoitlar yetarli darajada emasligi kuzatildi.

O‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatdiki, kasbiy kreativlikni rivojlantirish uchun pedagoglar

o‘rtasida doimiy metodik tajriba almashinuvi, innovatsion dars ishlanmalari va seminar-treninglar

katta ahamiyat kasb etadi. Kreativlikka ega bo‘lgan pedagoglar dars jarayonini nafaqat

o‘quvchilarga qiziqarli, balki samarali va ta’sirchan qilib tashkil eta olishadi. Bu esa ta’lim

sifatining oshishiga, o‘quvchilarning faollashuviga va pedagogik jarayonning modernizatsiyasiga

zamin yaratadi.

Xulosa.

Kasbiy kreativlik – bu zamonaviy ta’lim talablariga mos, yangilikka intiluvchi, ijodkor

va tashabbuskor pedagog shaxsini shakllantirishning muhim omilidir. O‘qituvchining kasbiy

faoliyatida kreativlikning mavjudligi dars jarayonining samaradorligini oshiradi, o‘quvchilarning

fikrlash doirasini kengaytiradi hamda ularni faol va mustaqil ta’lim oluvchilarga aylantiradi.

Tadqiqot davomida aniqlanishicha, kasbiy kreativlik o‘qituvchining o‘z ustida ishlashi, yangicha

metodlarga ochiqligi, texnologiyalarni puxta o‘zlashtirishi va pedagogik innovatsiyalarga faol

integratsiyasi bilan chambarchas bog‘liqdir.

Shuningdek, o‘qituvchilarni kasbiy rivojlantirishda kreativlikni rag‘batlantirish, pedagogik

muhitda erkin va ijodiy yondashuvni qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy metodik va texnologik

vositalardan foydalanish orqali ta’lim sifatini oshirish mumkin. Bugungi islohotlar, davlat dasturlari

va strategiyalar ham pedagoglarning kasbiy kreativligini rivojlantirishga keng yo‘l ochmoqda.

Adabiyotlar

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 29.04.2019 yildagi PF-5712-son

3. Муслимов Н.А ва бошқалар. Педагогик компетентлик ва креативлик асослари. Ўқув-

методик қўлланма. – Т.: “Sano standart”, 2015. – 120 б.

4. Торренс Э.П. Теоретические основы психологической диагностики креативности

[Текст] / Э.П.Торренс - М., 1998. - 120с.

5. Xujayarova N. S. Development of Professional Competence of Future Primary School

Teachers on the Basis of a Creative Approach - As a Social Pedagogical Problem // Journal

Impact Factor Services for International Journals MIDDLE EUROPEAN SCIENTIFIC

BULLETIN ISSN 2694-9970. Impact Factor: 7.525 Volume 23, April 2022, Pages 68-72

https://cejsr.academicjournal.io/index.php/journal/article/view/1188

6.

Алланазаров, М. Х. (2024). TABOTABOIY QARASHLARIDA TEOLOGIK VA

GNOSEOLOGIK BILISH USLUBLARI SINTEZLASHUVI.

Oriental renaissance:

Innovative, educational, natural and social sciences

,

4

(8), 459-470.

7. Islamovna, K. G. (2025). Preparing Elementary Students for Emergencies–As a Pedagogical

Problem. Spanish Journal of Innovation and Integrity, 40, 169-172.

8.

Sultanmurodovna, K. N., & Zebuniso, Q. (2025). Pedagogical Theories on the Education of

Children with Disabilities.

Spanish Journal of Innovation and Integrity

,

39

, 147-149.

9.

Xosilova, Z., & Buriyeva, S. (2025). CORRECTIONAL WORKS WITH MENTALLY

DEAD CHILDREN.

International Journal of Artificial Intelligence

,

1

(1), 937-940.

10.

Shaxmurodova, D. . (2023). BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI ANGLASH VA

TUSHUNISH DARAJALARINI BAHOLASHNING ILMIY-METODIK ASOSLARI.

FAN,

TA’LIM VA AMALIYOT INTEGRATSIYASI

,

4

(2), 36-39.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 29.04.2019 yildagi PF-5712-son

Муслимов Н.А ва бошқалар. Педагогик компетентлик ва креативлик асослари. Ўқув-методик қўлланма. – Т.: “Sano standart”, 2015. – 120 б.

Торренс Э.П. Теоретические основы психологической диагностики креативности [Текст] / Э.П.Торренс - М., 1998. - 120с.

Xujayarova N. S. Development of Professional Competence of Future Primary School Teachers on the Basis of a Creative Approach - As a Social Pedagogical Problem // Journal Impact Factor Services for International Journals MIDDLE EUROPEAN SCIENTIFIC BULLETIN ISSN 2694-9970. Impact Factor: 7.525 Volume 23, April 2022, Pages 68-72 https://cejsr.academicjournal.io/index.php/journal/article/view/1188

Алланазаров, М. Х. (2024). TABOTABOIY QARASHLARIDA TEOLOGIK VA GNOSEOLOGIK BILISH USLUBLARI SINTEZLASHUVI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 4(8), 459-470.

Islamovna, K. G. (2025). Preparing Elementary Students for Emergencies–As a Pedagogical Problem. Spanish Journal of Innovation and Integrity, 40, 169-172.

Sultanmurodovna, K. N., & Zebuniso, Q. (2025). Pedagogical Theories on the Education of Children with Disabilities. Spanish Journal of Innovation and Integrity, 39, 147-149.

Xosilova, Z., & Buriyeva, S. (2025). CORRECTIONAL WORKS WITH MENTALLY DEAD CHILDREN. International Journal of Artificial Intelligence, 1(1), 937-940.

Shaxmurodova, D. . (2023). BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI ANGLASH VA TUSHUNISH DARAJALARINI BAHOLASHNING ILMIY-METODIK ASOSLARI. FAN, TA’LIM VA AMALIYOT INTEGRATSIYASI, 4(2), 36-39.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)