Авторы

  • Асрор Турсунов
    Axborot texnologiyalari va menejment universiteti dotsenti
  • Алмира Турсунова
    Axborot texnologiyalari va menejment universiteti talabasi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsci.129551

Ключевые слова:

Mahalla shaharcha qishloq va ovullarda Jamg‘arma Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari Obod mahalla Konstitutsiya Navro‘z Isroilda “Kibutsi” Isroilda “Kibutsi Glinleyd Xabeas Korpus.

Аннотация

Maqoladda mustaqillik yillarida mamlakatimizda mahallalar tizimini rivojlantirilishiga qaratilgan qonunlar dasturlar va ularning tahlili keltirilgan

background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

309

YANGI O’ZBEKISTONDA MAHALLA TIZIMIDA QABUL QILINGAN

QONUNLARNING MAZMUNI TO’GRISIDA

TURSUNOV ASROR ALLANAZAROVICH

Axborot texnologiyalari va menejment universiteti dotsenti

TURSUNOVA ALMIRA BOBONAZAROVNA

Axborot texnologiyalari va menejment universiteti talabasi.

Аннотатция:

Maqoladda mustaqillik yillarida mamlakatimizda mahallalar tizimini

rivojlantirilishiga qaratilgan qonunlar dasturlar va ularning tahlili keltirilgan

.

Kalit so’zlar:

Mahalla, shaharcha, qishloq va ovullarda, Jamg‘arma, Fuqarolarning o‘zini o‘zi

boshqarish organlari, Obod mahalla, Konstitutsiya, Navro‘z, Isroilda “Kibutsi”, Fuqarolarning

o‘zini o‘zi boshqarish organlari, Obod mahalla, Konstitutsiya, Navro‘z, Isroilda “Kibutsi, Glinleyd,

Xabeas Korpus.

Kirish:

Mustaqillik tufayli milliy va ma’naviy qadriyatlarimiz qaytadan tiklana boshladi.

Asrlar davomida tarix sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib kelgan an’ana, udum va qadriyatlarimiz

hayotga keng ko‘lamda tadbiq etilmoqda. Vatan timsoli bo‘lgan mahallani rasman qaror toptirish va

yanada takomillashtirish davlat siyosati darajasidagi vazifa qilib belgilandi. Mahallaning milliy

shakli va maqomi to‘laqonli tarzda qayta tiklandi va mohiyati ham tubdan yangicha o‘zgardi.

“Davlatchiligimiz tarixida birinchi marta “mahalla” tushunchasi Konstitutsiyamizga kiritilib, uning

jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va maqomi qat’iy belgilab qo‘yildi”[1: B.59].

Bosh Qomusimiz - O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 105-moddasida qayd

etilganidek: “Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda

shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki

yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi.

O‘zini o‘zi boshqarish organlarini saylash tartibi, faoliyatini tashkil etish hamda vakolati

doirasi qonun bilan belgilanadi”[2: B.29].

Yurtboshimiz I.A.Karimovning mahallalar istiqboliga alohida e’tibor berib, uni davlatimiz

tayanchi, iymon-e’tiqod maskani, eng yaxshi insoniy fazilatlarini o‘ziga mujassamlashtiruvchi

tarbiya o‘chog‘i deb qarashi ham bejiz emas, albatta. Yurtboshimiz mamlakatimizning qaysi

viloyatiga bormasin, dastlab mahalla faollari, keksalardan qo‘l ochib duo qilishlarini so‘raydi.

Vaqti-vaqti bilan mahalla oqsoqollarini yig‘ib maslahatlashishida ham chuqur ramziy ma’no

mujassam, albatta. Bu shubhasiz mahalla qariyalarini e’zozlash va ardoqlashning yorqin namunasi

hisoblanadi.

Mahallada barcha barovar kim qanday lavozimda ishlamasin, qaysi tabaqaga mavqeidan

qat’iy nazar, bu yerda eng avvalo insoniy xislatlari bilan baholanadi. O‘zbek davlatchiligi

taraqqiyotining asosi, insonning barkamol bo‘lib shakllanishida muhim dargoh va adolatli

boshqaruvni xalqning o‘zi yuzaga keltirgan. Mahallalarga ham jahondagi birorta mamlakat rahbari

yurtboshimizdek o‘zining asosiy e’tiborini qaratmagan. Respublikamizda bu sohada ko‘plab

huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Mamlakatimiz rahbari tashabbusi bilan 1992 yil 12 sentabrda

Respublika «Mahalla» xayriya jamg‘armasini tashkil etildi hamda Farmon qabul qilindi. Bu

mahallaning tarbiya o‘chog‘i ekanligini yana bir karra isbotlab, uning zimmasiga istiqlol davri

talablaridan kelib chiqib, yangi vazifalar yuklandi hamda mahallaning maqomi yana kuchaytirildi.

Jamg‘arma shu paytgacha yuqoridagi vazifalarni muvaffaqiyat bilan uddalab kelmoqda.

Hozirgi davrda shahardagi ko‘p qavatli binolar joylashgan hududlar-mitti tumanlarda ham yangi

mahallalar tashkil etildi. Respublikamizdagi boshqa qardosh xalqlar vakillari ham mahalla sharoitini


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

310

chuqur anglab yetmoqdalar. Elda obro‘ga ega bo‘lgan tashabbuskor va ilg‘or fikrli oqsoqollar

rahbarlik qilayotgan mahallalarda jamoatchilik fikri katta ma’naviy kuchga aylandi.

1993 yil 12-sentabrda qabul qilingan «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari

to‘g‘risida»gi Qonun mazkur sohani tubdan qayta takomillashtirishning mezonini belgilab berdi.

Ko‘p o‘tmay mamlakatimizda 10 mingdan ziyod mahalla qo‘mitalari shakllantirildi. Mazkur

Qonun 1999 yil 14 aprelida esa yangi tahrirda qabul qilindi. Qonunda ma’lum bir hududda

birlashgan jamoa o‘zini-o‘zi boshqarish idoralarini ma’lum turar joy mavzesi-qishloq, qo‘rg‘on,

ko‘cha doirasida tashkil etadi, deb qayd qilingan.

Mazkur qonunga ko‘ra, O‘zbekistonda xalq deputatlari sobiq qishloq, posyolka (qo‘rg‘on),

ovul kengashlari va mahalla qo‘mitalari negizida fuqarolar yig‘ini tashkil etildi hamda yig‘in raislari

(oqsoqollar), ularning maslahatchilari 2,5 yilga saylanadigan bo‘ldi. Bu hujjatda fuqarolar yig‘inida

qaror qabul qilishga imkon beruvchi huquqiy negizlar ko‘rsatilgan. Fuqarolar yig‘ini, unda ishtirok

etish huquqiga ega bo‘lganlarning kamida yarmi, aholisi mahallalarda o‘tkaziladigan vakillar

majlisi esa delegatlarning uchdan ikki qismi qatnashganda qonuniy kuchga ega bo‘ladi. Qarorlar

ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi va tegishli mahalli hokimiyatga yuboriladi.

Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan hujjatlar

jumlasiga 1998 yil 23 apreldagi “Fuqarolar o‘zini-o‘zi boshqarish organlarini qo‘llab-quvvatlash

to‘g‘risida”gi Prezident farmoni ham kiradi. Shuningdek 1999 yil 13 yanvarda Prezidentning

“Aholini aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy madad bilan ta’minlashda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish

organlarining rolini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Respublika Vazirlar

Mahkamasining “Mahalla posboni jamoa tuzilmalari to‘g‘risida”gi hamda “Fuqarolarning o‘zini

o‘zi boshqarish organlari huzuridagi yarashtiruvchi komissiyalari to‘g‘risida”gi qarorilari 1999 yil

19 aprelda Nizomlari tasdiqlandi. Shuningdek, 2002 yil 16 dekabrda Prezidentning “Obod mahalla

yili” dasturini ishlab chiqish va amalga boshqarish bo‘yicha Respublika komissiyasini tuzish

to‘g‘risidagi farmoyishi qabul qilindi. 2003 yil 7 fevralda Respublika Vazirlar Mahkamasining

“Obod mahalla yili” dasturi to‘g‘risidagi 470-sonli qarori chiqdi va mazkur qaror tasdiqlandi. 2006

yil 25 dekabrda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari

faoliyatini takomillashtirishga doir 2007-2008 yillarga mo‘ljallangan harakat Dasturi to‘g‘risida”gi

qarori ham muhim ahamiyatga molik bo‘lgan hujjat hisoblanadi.

Mustaqillik sharoitida davlatchilikning milliy shaklini qayta tiklashga, mamlakatimiz

xalqlarini ijtimoiy turmushida an’ana va udumlardan yanada samarali foydalanishga intilish yanada

kuchaydi. Bular hammasi mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga doir huquqiy

qoidalar va ular faoliyatini mahalliy sharoitga moslashtirishga, ortiqcha rasmiyatchilikka barham

berishga va aholini jamiyatni boshqarishga mumkin qadar faol ishtirok etishiga yaqindan

ko‘maklashadi.

Mahalla yig‘ini o‘z hududidagi korxona, tashkilot va muassasalarga otaliq yordami

ko‘rsatishni va kichik korxonalar faoliyatini nazoratini o‘z zimmasiga oladi. Uy-joy qurilishi,

ta’mirlash ishlarini olib borish, madaniy-maishiy xizmat, savdo shaxobchalarini tashkil etish ham

mahallaning ruxsati bilan amalga oshiriladi. Mahalla qo‘mitalari bozor iqtisodiyoti qonunlari

asosida o‘z faoliyatlarini tashkil etishlari uchun keng imkoniyatlar vujudga keldi. Ular oldi-sotdi,

to‘y-maraka marosimlarini o‘tkazish, hasharlar uyushtirish, oilaviy nizolarni bartaraf etish va

bemorlar, nochorlar holidan xabar olish ishlari bilan doimiy ravishda mashg‘ul bo‘lmoqdalar.

Prezidentimiz uqtirganidek: “Mahallani aholisi aniq yo‘naltirilgan asosda ijtimoiy qo‘llab-

quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesini rivojlantirish markazga aylantirish bo‘yicha

boshlagan ijobiy ishlarimizni izchil davom ettirishimiz va yangi bosqichga ko‘tarishimiz darkor”[3:

Xalq so‘zi].

Mamlakat hayotiga doir har qanday siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy tadbirlar asosan mahalla

ishtirokida o‘tkazilmoqda. Mustaqillik, «O‘qituvchilar va murabbiylar», Konstitutsiya, Navro‘z,

Xotira va qadrlash kuni» kabi zamonaviy bayramlar, Ramazon va Qurbon hayitlari marosimlari eng

avvalo mahallalardan boshlanadi. Mahalla bevosita obodonchilik, ko‘kalamzorlashtirish, sog‘lom


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

311

avlod tarbiyasi, tinchlik, osoyishtalikni ta’minlash kabi dolzarb masalalar bilan shug‘ullanmoqda.

Ko‘pgina mahallalarda turli millat va elat vakillari yashaydi. Shuning uchun ham bu

go‘shani xalqlar do‘stligi maskaniga qiyos qilish mumkin. To‘y va ta’ziyalarda mahalla faollari

qo‘ni-qo‘shnilar bilan bel bog‘lashib, bir-biriga yordam beradilar. Mahallalarda yashovchi har bir

inson jamiyatda tutgan mavqeidan qat’iy nazar, keksayganda bir narsadan ko‘ngli to‘q bo‘la boradi,

ya’ni vaqti-soati yetgach, xotirjam oyoq uzatib ketadi. Marhumni mahalladoshlari hurmat bilan

so‘nggi oxirgi yo‘lgacha kuzatib qo‘yadilar va xotirasini doimo yodda saqlaydilar. Bu insoniylik

zamirida ham yuksak ma’naviyat va oliyjanoblik yotadi, albatta.

Mamlakatimizda 10 mingdan ortiq o‘zini o‘zi boshqarish organlari mavjud, bulardan 8349

tasi mahallalardir. Har bir mahallada o‘rta hisobda 2,5-3 ming kishi yashaydi, ya’ni 600-750

xonadon joylashgan. Shuningdek, Qashqadaryo viloyatida 5 ta qo‘rg‘on, 373 ta mahalla, 147 ta

qishloq fuqarolar yig‘inlari, jami 525 ta fuqarolar o‘zini-o‘zi boshqarish organlari sa’y harakatlari

tufayli mahallalarning qiyofasi tubdan o‘zgarmoqda[4:].

Endilikda fuqarolar o‘z muammolarini hal etish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahalla oqsoqoliga

murojaat qilmoqdalar. Mahalla yoshlarni tarbiyalashda ham faol ishtirok etishib, o‘z hududlaridagi

ta’lim-tarbiya muassasalariga yaqindan ko‘maklashmoqdalar.

Olib borilgan etnografik tadqiqotlarga ko‘ra, jamoatchilik an’analari va udumlari jahondagi

boshqa xalqlarda ko‘p saqlanmagan. Mahalla institutiga o‘xshash tuzilmalarni jahonning kamdan-

kam mamlakatlardiagina uchratish mumkin. O‘zbek mahallasi kabi kuchli, samarali va ta’sirchan

vosita na Sharq va G‘arb mamlakatlarida ham mavjud. Darhaqiqat, ko‘pgina chet mamlakatlarning

qonunchiligida mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarishga jiddiy e’tibor beriladi. Shu bilan birgalikda, u

yerda mahalliy boshqaruv organlari jamoat vakolati hay’atlari emas, balki davlat tizimidagi

muassasalar rolini o‘ynab kelishmoqda va bizdagi shahar, tuman hokimlarning faoliyatiga o‘xshash

ishlarni bajaradilar. Ular Germaniyada- “kommuna” (jamoa), Fransiyada-departament (muassasa),

arab davlatlarida-mudiriya (idora), Isroilda “Kibutsi” deb nomlanadi va davlat boshqaruv

hokimiyatining quyi tuzilmasi hisoblanadilar. Hozirgi Arab dunyosida, jumladan Quvaytda ham

mahalla-jamoa an’analari mavjuddir. Hattoki, XI asrda Qohira 10 mahalladan iborat bo‘lgan.

Bu haqiqat shuni anglatadiki, o‘zbek xalqining asriy insonparvarlik an’analarini,

vatanparvarlik, milliy g‘urur va iftixor hissiyotini, hamjihatlik g‘oyalarini jamoatchilik fikri

ustuvorligini aks ettiruvchi o‘zini-o‘zi boshqaruvning milliy noyob tizimi-aynan mahalla hech bir

yaqin yoki uzoq mamlakatda mujassamlashmagan. U o‘zbeklarda o‘chog‘, maskan, kichik Vatan

sifatida uzoq davrlardan buyon ijtimoiy hayotda beqiyos o‘ringa ega. Lekin fuqarolar bilan ishlash,

hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilish uslublari bo‘yicha o‘zbek mahallasi ulardan

keskin farqlanadi, albatta.

Mahallalar ish faoliyati chet mamlakatlar arboblarining e’tiborini tortgani ham bejiz emas.

Xorijlik tadqiqotchilar mamlakatimizda tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikning eng asosiy vositasi

mahalla ekanligini ochiqdan-ochiq tan olmoqdalar. Mahalla fenomeni xalqaro huquqiy «TASIS»

dasturi doirasida xorijiy ekspert va mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqilib, bu tuzilmaning

davlat bilan xalqni bog‘lab turuvchi ishonchli vosita ekanligi e’tirof etildi. Ular xalqni

boshqaradigan, tarbiyalaydigan hamda omma aqlu zakovati, tarixiy tajribasi asosida yaratilgan

ushbu institutning ahamiyatiga yuksak baho bermoqdalar.

AQShdagi Glinleyd shahrining politsiya departamenti boshlig‘i Stiv Konrad

“O‘zbekistonda “Xabeas Korpus” tizimini joriy etish bilan bir qatorda, mahalla deb nomlangan

“an’anaviy yacheyka”ning huquqni muhofaza etuvchi organlar bilan birgalikda faoliyat ko‘rsatish

bizni hayratga soldi. Bunday yacheykalar AQShda mavjud emas. Biz uchun O‘zbekistondan

o‘rganish mumkin bo‘lgan taraflar bor”.

Bugungi kunda xorij mutaxassislarini O‘zbekiston mahallalariga bo‘lgan qiziqishi tobora

ortib bormoqda. Jumladan, nemis siyosatchisi Artur Faynberg “Mahalla-inson huquqlarini hurmat

qilgan holda yoshlarni tarbiyalashga, ularni kamol toptirishga

ko‘mak beruvchi jamiyat

instrumenti” deb baho bergan.


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

312

Demak, mahalla milliy qadriyatlar sifatida ham xalqimizni jahon hamjamiyatidan o‘z o‘rnini

barqaror topishiga va mustahkamlanishiga yordam beradi. Bizningcha, hozirgi davr dolzarb

muammolarini hal etishda mahallalar imkoniyatlari yanada samarali bo‘lishi lozim. Masalan,

jinoyatchilikni oldini olish yoki aybdorni ma’lum darajada jazolashda mahalla yig‘inining

tarbiyaviy ta’sir kuchi nihoyatda salmoqlidir.

Adabiyotlar:

1. A. Tursunov. Cultural relations of Uzbekistan with central Asian countries at the modern level.

International Journal of Applied Research 2020; 6(5): 33-35

2. A. Tursunov. Сентралная Азия – приоритетное направление внешней политики узбекистана.

Сборник статей 5 всероссийской научно – практической конференуии, состоявшейся, 25

января 2020 г. РФ. г.Пенза,

3. A. Tursunov. История дней культури и международних фестивалей Узбекистана с

государством Казахстан в годи независимости. ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume

8, issue 2, November 2024 B. 752-760

4. A. Tursunov. Markaziy Osiyo davlatlarining turkiy tilli davlatlar hamkorligi tashkiloti doirasida

madaniy hamkorligi. Volume: 4 Issue: 06 | 2024 ISSN: P – 2181-2306, E – 2181-2314,

5. Tursunov. O‘zbekiston va Qozog‘iston respublikalarining xalqaro tadbirlardagi roli. International

journal of science ISSN:3060-4583

6.

A.Tursunov. Central asian countries' cultural cooperation within the framework of the

organization of turkic-speaking countries.

7.

A.Tursunov.

Civil Relations Between the Republics of Kazakhstan and Uzbekistan During the

Years of Independence. 2024

8. A.Tursunov.

Cultural relations of Uzbekistan with central Asian countries at the modern level

9.

Firdavs G’ulom o’g, E., & Farangiz, A. (2025). MUSTAQILLIK YILLARIDA

O’ZBEKISTONDA MILLIY URF-ODATLAR, QADRIYATLAR VA AN’ANALARNING

QAYTA TIKLANISHI.

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni

hamda rivojlanish omillari

,

5

(2), 35-42.

10.

Ҳолиқов, Ғ. (2025). ЎЗБЕКИСТОННИНГ ТИББИЁТ СОҲАСИ БЎЙИЧА ОСИЁ

ДАВЛАТЛАРИ БИЛАН АЛОҚАЛАРИ.

TANQIDIY NAZAR, TAHLILIY TAFAKKUR VA

INNOVATSION G ‘OYALAR

,

1

(7), 45-49.

11.

Bahrom, K. (2022). SOCIO-ECONOMIC LIFE AND ADMINISTRATIVE TERRITORY OF

SHAKHRISABZ PRINCIPIALITY IN THE 19TH CENTURY.

Academicia Globe: Inderscience

Research

,

3

(09), 59-63.

12.

Sayxonovna, M. M. (2022). Psychological characteristics of modern primary school teacher

professional training.

ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW

ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 8.071

,

11

(04), 15-20.

13.

BEKMURODOVA, H. (2024). O ‘smirlarni kasbga yo ‘naltirish jarayonida individual xarakter

xususiyatlarining ta’siri muhim ijtimoiy-psixologik omil sifatida.

«ACTA NUUz»

,

1

(1.2), 78-82.

14. Аkhmedov, B. A. (2019). THE ROLE OF UZBEKISTAN ON ESTABLISHING KARAKUL

(ASTRAKHAN) SHEEP BREEDING IN FOREIGN COUNTRIES.

Theoretical & Applied Science

,

(3), 72-75.

15. Akhmedov, B. A. (2020). KARAKUL BREEDING DURING THE BUKHARA EMIRATES.

In

НАУЧНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ МОЛОДЫХ УЧЁНЫХ

(pp. 160-162).

16. Akhmedov, B. A. (2021). History Of Karakul Industry In Uzbekistan.

Oriental renaissance:

Innovative, educational, natural and social sciences

,

1

(5), 1159-1163.

17. Axmedov, B. (2021). Qorako'lchilik sohasini ilmiy tadqiqotlarda o'rganilishining

ahamiyati.

Journal of Social Sciences

,

2

(01).


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

313

18. Axmedov, B. (2023). YEVROPA CHORVACHILIGIDA QORAKO ‘LCHILIK.

Journal of

Social Sciences

,

4

(01).

19.

Nоmоzоv,

Xurshid.

"ОMMАVIY

АXBОRОT

VОSITАLАRINING

IJTIMОIY

FUNKSIYАSI."

TAMADDUN NURI JURNALI

1.64 (2025): 253-255.

20.

Nоmоzоv, X. (2025). ОMMАVIY

АXBОRОT VОSITАLАRINING IJTIMОIY

FUNKSIYАSI.

TAMADDUN NURI JURNALI

,

1

(64), 253-255.

21.

Xurshid, N. (2025). AXBOROT XURUJLARINING MANBALARI, ULARNING IJTIMOIY

MUHITDA AMALGA OSHISH USULLARI.

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq

etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

,

41

, 632-636.

22.

Shavkat o’g’li, N. X. (2024). JAMIYATDA INTERNET-MAKON RESURSLARIDAN

FOYDALANISH SOHALARI.

MODERN PROBLEMS IN EDUCATION AND THEIR

SCIENTIFIC SOLUTIONS

,

1

(2), 113-118.

23.

Buronov, O., & Davronov, U. B. (2025). History of modern construction and urban

development in Samarkand region during the years of independence.

International Journal of

Artificial Intelligence

,

1

(1), 410-414.

24.

Buronov, O., & Davronov, U. B. (2025). Administrative-territorial division and demographic

indicators of Samarkand during the years of independence.

International Journal of Artificial

Intelligence

,

1

(1), 405-409.

25.

Murodullaevich, B. O. (2024). The fight against infectious diseases of Uzbekistan on

experience.

Western European Journal of Historical Events and Social Science

,

2

(4), 93-97.

26.

Bo‘ronov, O. Qishloq joylarda tibbiy profilaktika va sanitariya-epidemiologik barqarorlikni

ta’minlash ishi tarixi.

Journal of Social Sciences

,

1

(02).

27.

Buronov, O. (2025). Changes In The Murobak Gas Processing Plant In The Years Of

Independence.

Zien Journal of Social Sciences and Humanities

,

40

, 62-67.

28.

Бўронов, О. Қишлоқ врачлик пунктларида тиббий кадрлар салоҳиятини оширишга

қаратилган давлат сиёсати. Ўтмишга назар.№ 7.2023.

Ўтмишга назар

, (7.2023).

29.

Murodullaevich, B. O. (2024). The fight against infectious diseases of Uzbekistan on

experience.

Western European Journal of Historical Events and Social Science

,

2

(4), 93-97.

30.

Khamidovich, K. G. (2020). The history of turkestan sanitary work.

Journal of Critical

Reviews

,

7

(9), 1126-1129.

31.

Каромов, Г. Х. (2020). ИСТОЧНИКОВЕДЕНИЕ И ИСТОРИОГРАФИЯ ИСТОРИИ

МЕДИЦИНЫ В ТУРКЕСТАНЕ.

ББК 1 E91

,

205

.

32.

Каромов, Г. Х. (2019). Особенности городской культуры Самарканда Раннего

Средневековья.

Евразийское Научное Объединение

, (1-7), 373-374.

33.

Khamitovich, K. G. (2022). HISTORY OF HEALTH WORKS IN TURKESTAN

ASSR.

INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY

RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 8.036

,

11

(10), 68-72.

34.

Khamitovich, K. G. (2022). Measures in the Sphere of Maternal and Child Health in

Uzbekistan.

Miasto Przyszłości

,

29

, 12-15.

35.

O’G’Li, N. X. S. (2023). YUKSAK AXBOROT MADANIYATI–INTERNET-MAKON

RESURSLARIDAN RATSIONAL FOYDALANISH SHARTI.

Research Focus

,

2

(6), 105-110.

36.

Shavkat o’g’li, N. X. (2022). THREATS TO INFORMATION SECURITY IN

EDUCATIONAL INSTITUTIONS.

Gospodarka i Innowacje.

,

22

, 229-231.

Библиографические ссылки

A. Tursunov. Cultural relations of Uzbekistan with central Asian countries at the modern level. International Journal of Applied Research 2020; 6(5): 33-35

A. Tursunov. Сентралная Азия – приоритетное направление внешней политики узбекистана. Сборник статей 5 всероссийской научно – практической конференуии, состоявшейся, 25 января 2020 г. РФ. г.Пенза,

A. Tursunov. История дней культури и международних фестивалей Узбекистана с государством Казахстан в годи независимости. ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 8, issue 2, November 2024 B. 752-760

A. Tursunov. Markaziy Osiyo davlatlarining turkiy tilli davlatlar hamkorligi tashkiloti doirasida madaniy hamkorligi. Volume: 4 Issue: 06 | 2024 ISSN: P – 2181-2306, E – 2181-2314,

Tursunov. O‘zbekiston va Qozog‘iston respublikalarining xalqaro tadbirlardagi roli. International journal of science ISSN:3060-4583

A.Tursunov. Central asian countries' cultural cooperation within the framework of the organization of turkic-speaking countries.

A.Tursunov. Civil Relations Between the Republics of Kazakhstan and Uzbekistan During the Years of Independence. 2024

A.Tursunov. Cultural relations of Uzbekistan with central Asian countries at the modern level

Firdavs G’ulom o’g, E., & Farangiz, A. (2025). MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTONDA MILLIY URF-ODATLAR, QADRIYATLAR VA AN’ANALARNING QAYTA TIKLANISHI. Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari, 5(2), 35-42.

Ҳолиқов, Ғ. (2025). ЎЗБЕКИСТОННИНГ ТИББИЁТ СОҲАСИ БЎЙИЧА ОСИЁ ДАВЛАТЛАРИ БИЛАН АЛОҚАЛАРИ. TANQIDIY NAZAR, TAHLILIY TAFAKKUR VA INNOVATSION G ‘OYALAR, 1(7), 45-49.

Bahrom, K. (2022). SOCIO-ECONOMIC LIFE AND ADMINISTRATIVE TERRITORY OF SHAKHRISABZ PRINCIPIALITY IN THE 19TH CENTURY. Academicia Globe: Inderscience Research, 3(09), 59-63.

Sayxonovna, M. M. (2022). Psychological characteristics of modern primary school teacher professional training. ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 8.071, 11(04), 15-20.

BEKMURODOVA, H. (2024). O ‘smirlarni kasbga yo ‘naltirish jarayonida individual xarakter xususiyatlarining ta’siri muhim ijtimoiy-psixologik omil sifatida. «ACTA NUUz», 1(1.2), 78-82.

Аkhmedov, B. A. (2019). THE ROLE OF UZBEKISTAN ON ESTABLISHING KARAKUL (ASTRAKHAN) SHEEP BREEDING IN FOREIGN COUNTRIES. Theoretical & Applied Science, (3), 72-75.

Akhmedov, B. A. (2020). KARAKUL BREEDING DURING THE BUKHARA EMIRATES. In НАУЧНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ МОЛОДЫХ УЧЁНЫХ (pp. 160-162).

Akhmedov, B. A. (2021). History Of Karakul Industry In Uzbekistan. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(5), 1159-1163.

Axmedov, B. (2021). Qorako'lchilik sohasini ilmiy tadqiqotlarda o'rganilishining ahamiyati. Journal of Social Sciences, 2(01).

Axmedov, B. (2023). YEVROPA CHORVACHILIGIDA QORAKO ‘LCHILIK. Journal of Social Sciences, 4(01).

Nоmоzоv, Xurshid. "ОMMАVIY АXBОRОT VОSITАLАRINING IJTIMОIY FUNKSIYАSI." TAMADDUN NURI JURNALI 1.64 (2025): 253-255.

Nоmоzоv, X. (2025). ОMMАVIY АXBОRОT VОSITАLАRINING IJTIMОIY FUNKSIYАSI. TAMADDUN NURI JURNALI, 1(64), 253-255.

Xurshid, N. (2025). AXBOROT XURUJLARINING MANBALARI, ULARNING IJTIMOIY MUHITDA AMALGA OSHISH USULLARI. Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari, 41, 632-636.

Shavkat o’g’li, N. X. (2024). JAMIYATDA INTERNET-MAKON RESURSLARIDAN FOYDALANISH SOHALARI. MODERN PROBLEMS IN EDUCATION AND THEIR SCIENTIFIC SOLUTIONS, 1(2), 113-118.

Buronov, O., & Davronov, U. B. (2025). History of modern construction and urban development in Samarkand region during the years of independence. International Journal of Artificial Intelligence, 1(1), 410-414.

Buronov, O., & Davronov, U. B. (2025). Administrative-territorial division and demographic indicators of Samarkand during the years of independence. International Journal of Artificial Intelligence, 1(1), 405-409.

Murodullaevich, B. O. (2024). The fight against infectious diseases of Uzbekistan on experience. Western European Journal of Historical Events and Social Science, 2(4), 93-97.

Bo‘ronov, O. Qishloq joylarda tibbiy profilaktika va sanitariya-epidemiologik barqarorlikni ta’minlash ishi tarixi. Journal of Social Sciences, 1(02).

Buronov, O. (2025). Changes In The Murobak Gas Processing Plant In The Years Of Independence. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 40, 62-67.

Бўронов, О. Қишлоқ врачлик пунктларида тиббий кадрлар салоҳиятини оширишга қаратилган давлат сиёсати. Ўтмишга назар.№ 7.2023. Ўтмишга назар, (7.2023).

Murodullaevich, B. O. (2024). The fight against infectious diseases of Uzbekistan on experience. Western European Journal of Historical Events and Social Science, 2(4), 93-97.

Khamidovich, K. G. (2020). The history of turkestan sanitary work. Journal of Critical Reviews, 7(9), 1126-1129.

Каромов, Г. Х. (2020). ИСТОЧНИКОВЕДЕНИЕ И ИСТОРИОГРАФИЯ ИСТОРИИ МЕДИЦИНЫ В ТУРКЕСТАНЕ. ББК 1 E91, 205.

Каромов, Г. Х. (2019). Особенности городской культуры Самарканда Раннего Средневековья. Евразийское Научное Объединение, (1-7), 373-374.

Khamitovich, K. G. (2022). HISTORY OF HEALTH WORKS IN TURKESTAN ASSR. INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 8.036, 11(10), 68-72.

Khamitovich, K. G. (2022). Measures in the Sphere of Maternal and Child Health in Uzbekistan. Miasto Przyszłości, 29, 12-15.

O’G’Li, N. X. S. (2023). YUKSAK AXBOROT MADANIYATI–INTERNET-MAKON RESURSLARIDAN RATSIONAL FOYDALANISH SHARTI. Research Focus, 2(6), 105-110.

Shavkat o’g’li, N. X. (2022). THREATS TO INFORMATION SECURITY IN