RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
335
MAHALLADA PSIXOLOGIK XIZMAT TASHKIL ETILISHINING AMALIY ASOSLARI
BEKMURODOVA HAFIZA NOMOZ QIZI
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti dotsenti, PhD
Email:
TASALLAYEVA GULBAHOR SA’DULLO QIZI
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti talabasi
ISMATOVA OYIMSULUV RAXIMBERDI QIZI
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti talabasi
Email:
Аннотация:
Maqolada mahallada aholining turli yoshdagi qatlamlariga psixologik xizmat
ko‘rsatishning ijtimoiy psixologik mexanizmlarini hamda mahallada psixologik xizmat
samaradorligini takomillashtirish va mahallada aholining turli guruhlaridagi ijtimoiy-psixologik
muammolarni tahlil etish. Aynan mahalla hayoti bilan bog‘liq psixologik tadbirlarning olib borilishi
ushbu tizimda o‘ziga xos ijtimoiy omillarning yaqqol namoyon etilishini ta’minlashga xizmat qiladi
va mahallada istiqomat qiluvchi xar bir shaxsning o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik istiqbollari ochib
berishda muhim axamiyat kasb etishi. to‘g‘risida ilmiy xulosalar berilgan.
Kalit so‘zlar:
mahalla, guruh, kognitiv, ta’lim, oila, aholi, ijtimoiylashuv, ma’naviyat,
muammo, qadriyat, komunikativ, yoshlar, muhit, ziddiyat.
Kirish:
Respublikamizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar sharoitida mahallada
istiqomat qiluvchi har bir shaxsning o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik taraqqiyotini ta’minlash,
mahallalardagi oilalarda ota-ona va farzandlar, er va xotin, qaynona va kelin o‘rtasidagi
munosabatlarni yaxshilash, ular orasidagi nizoli, og‘ir turmush sharoitini amaliy hal qilish
mexanizmlarini joriy etish, ularga ko‘rsatiladigan ijtimoiy-psixologik xizmatni davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ilmiy asoslangan konsepsiyalarni ishlab chiqishga katta e’tibor
berilmoqda. Bu borada davlatimiz tomonidan jamiyatning kichik bo‘g‘ini bo‘lgan oilalardagi
ma’naviy sog‘lom muhitni yaratishda mahallaning ta’sirini kuchaytirishga katta e’tibor
qaratilayotgan davrda mahalla aholisining turli guruhlariga psixologik xizmat ko‘rsatishning
ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini ishlab chiqish yuzasidan ilmiy tadqiqotlarni yanada
chuqurlashtirish zarurati mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 -yil 07-mart dagi PF-5325-son “oila va xotin-
qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”,
2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘omlashtirish
mahalla institutini yanada qo‘llab-quvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi
darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlari, 2019-yil 13-fevraldagi PQ-4190-
son “2019-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish
xizmatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi, 2020-yil 18-fevraldagi PQ-4602-
son “O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil
etish to‘g‘risida”gi Qarorlari hamda sohaga oid boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan
vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya muayyan darajada xizmat qiladi. [1; 11; 26; 30; 39;
55; 62; 71;].
Bugungi kunda aynan psixologik xizmat muammosiga bag‘ishlangan va uning barcha
yo‘nalishlarini batafsil bayon etishga qodir ilmiy adabiyotlar yetarli bo‘lmasa-da, bugungi kunda
fan olamida va jamiyat taraqqiyotida psixologik xizmat muammosining zarurligini ko‘rsata oluvchi
va uning "metodologik ildizlarini" asoslab bera oluvchi ilmiy tadqiqotlarni alohida qayd etish
mumkin[15; 19; 25; 40; 49; 55; 82; 91;].
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
336
ADABIYOTLAR TAHLILI VA TADQIQOT USLUBLARI
Ayniqsa, olimlar tomonidan bugungi kunda ijtimoiy-psixologik hodisalarga inson
taraqqiyoti va qadriyatlari asosida yondashuv muammosining (G.M. Andreyeva, Y.M. Zabrodin,
G‘.B. Shoumarov,E.G‘. G‘oziyev, V.M. Karimova, I.S. Kon, C.I. Koralev, B.D. Parigin, YE.V.
Shoroxova), shuningdek, shaxs va faoliyat uyg‘unligini ta’minlashga xizmat qiluvchi psixologik
yondashuvni ta’minlash muammosining (Abulxanova-Slavskaya, J.Bruner, L.S. Vigotskiy, M.G.
Davletshin, U.Djems, A.G. Kovalev, A.N. Leontyev, A.V. Petrovskiy, S.L. Rubinshteyn, V.A.
Tokareva, D.I. Feldshteyn, E.Fromm, B.R. Qodirov) o‘rtaga tashlanishi psixologik xizmat
metodologiyasi haqida jiddiyroq o‘ylashni va mulohaza yuritishni taqozo etmoqda.
Umuman, mahallada psixologik xizmat borasida hanuzgacha aniq va mukammal tarzda
ishlab chiqilgan va rasmiy tarzda tan olingan yagona ilmiy yo‘nalish yoki konsepsiyaning qabul
qilinmaganligi ayon bo‘lsa-da, ilg‘or g‘arb psixologlari, Markaziy hamdo‘stlik Davlatlari
psixologlari hamdaO‘zbekiston psixologlari tomonidan olib borilgan va olib borilayotgan
tadqiqotlar mavjudki,ular qaysidir jihatibilan psixologikxizmat modeli,mohiyati, ahamiyati, va
ijtimoiy istiqbollari haqidagi ilmiy-amaliy tasavvurlarimizni shakllantirishga asos bo‘lib xizmat
qilishi mumkin.
O‘zbekistonda psixologik xizmat tizimining joriy etilishi ko‘p tarmoqli va keng ko‘lamli
jarayon ekanligi bilan alohida ajralib turadi. Qolaversa, har bir ijtimoiy tizimda psixologik
xizmatning joriy etilishi shu tizimda faoliyat yuritayotgan shaxs va ijtimoiy taraqqaiyot uyg‘unligini
ta’minlashga xizmat qiladi. O‘ylaymizki, ushbu “ta’minot” ning qanchalik mukammal va ilmiy
tarzda tashkil etilishi shu hududda istiqomat qiluvchi har bir fuqaroning alohida shaxs sifatidagi
ijtimoiy-psixologik istiqbollarini belgilab berishga xizmat qiladi. Shu ma’noda mazkur tadqiqot
ishimiz aynan O‘zbekistondagi mahallalar tizimida psixologik xizmatning o‘rni va ahamiyatini
alohida tadqiq qilish va shu tadqiqot natijalariga asoslanib muayyan ilmiy-amaliy tavsiyalarini
taqdim etish masuliyatini olganligi bilan boshqa tadqiqotlardan alohida ajralib turadi. Zero, har bir
insonning o‘ziga xos psixologik tabiatini bilish va shu asosda unga ta’sir etish orqaliginauning
ijtimoiy muvaffaqiyatlarini taminlash mumkin.
Aynan mahalla hayoti bilan bog‘liq psixologik tadbirlarning olib borilishi ushbu tizimda
o‘ziga xos ijtimoiy omillarning yaqqol namoyon etilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Zero, mahalla
tizimi va bu tizimga hukumat tomonidan yuksak e’tiborning qaratilishi faqatgina bizning
mamlakatimizda va bizning ming yillik qadriyatlarimizga xos va mosdir. Ayni paytda, mahallalar
qadim-qadimdan ezgulik beshigi, tarbiya o‘chog‘i bo‘lgan, milliy urf-odat an’analar shakllangan
maskan hisoblangan. U odamlar o‘rtasida o‘zaro mehr-oqibat, bag‘rikenglik va hamjihatlik qaror
topishida muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Respublikamiz mahallalarida istiqomat qiladigan
oilalarda, oila a’zolari: ota-ona va farzandlar, er va xotin, qaynona va kelin o‘rtasidagi
munosabatlarni yaxshilash, bolalar va oilalarning to‘laqonli hayot kechirishlari uchun sharoit
yaratishda ularga ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish va ularni qo‘llab-quvvatlash tizimi
mexanizmlarini takomillashtirish va mustahkamlashga qaratilgan qator normativ-huquqiy xujjatlar,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarorlari, Farmonlari, Davlat dasturlari qabul qilingan.
Mahallada psixologik xizmat amaliyotini tashkil etish uchun quyidagi yo‘nalishlarga alohida
e’tibor qaratish zarur:
Mahallada istiqomat qiluvchi har bir shaxsning o‘ziga xos psixologik xususiyatlarini
o‘rganish asosida shaxs xaritasini tuzish.
Mahallada shaxslararo munosabatlar tizimiga baho berish (mahalla faollari va mahallada
yashovchilar o‘rtasida).
Mahallada muammoli oilalar va muammoli shaxslarni o‘rganish asosida ushbu muammoning
psixologik yechimlarini izlash va bartaraf etish.
Mahalla, maktab, oila va profilaktika nozirlari hamkorligini samarali tarzda tashkil etishning
psixologik ta’sir mezonlarini ishlab chiqish va uni amaliyotda qo‘llash.
Mahallada uch avlod uchrashuvini tashkil etish asosida yoshlarga psixologik ta’sir etish
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
337
doirasini kengaytirish.
Mahalladagi qadriyatlarni o‘rganish va shu qadriyatlarning ta’sirchanligiga tayanib
shaxslardagi u yoki bu muammolarni bartaraf etish.
Darhaqiqat, bugungi kunda respublikamizda mahalla instituti taraqqiyoti uchun juda ko‘plab ishlar
qilinmoqda. Ayni paytda mahallada yashovchi fuqarolarning o‘zaro munosabati, muloqoti, ulardagi
ma’naviy-psixologik jihatlarning tadqiq qilinishi orqali har bir mahallada psixologik xizmat
ko‘rsatish bo‘limlari ochilmoqda. Ayniqsa, mahalladagi uyushmagan yoshlar bilan ishlash, notinch
oilalar va nogironlar bilan ishlashdagi psixologik muammolar asta-sekin yechilib bormoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev: “Ilm-fanda xalqimiz manfaatlariga xizmat qiladigan o‘z
yo‘limizni topmasak, ertaga yoshlarimiz bizni kechir-maydi”-deb ta’kidlaganlaridek, xalqimiz
manfaatlariga xizmat qila-digan, ular “tushunadigan”, qabul qiladigan ma’lumotlarni tayyorlab, ular
e’tiboriga havola etish lozim. Mahallada o‘ziga xos tartibda uyushgan va uyushmagan yoshlar
guruhi nisbatan ko‘pchilikni tashkil etishini hisobga olib mahalla profilaktika nozirlari, ta’lim
muassasa rahbarlari hamda, ota-onalar hamda boshqa ijtimoiy tashkilotlar rahbarlar bilan doimiy
hamkorlikda ish ko‘lamini belgilash va shu asosda bugungi yoshlarning o‘ziga xos muammolarini
yechishga qaratilgan manzilli chora tadbirlar tizimini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
Har bir mahallada jinoyatchilikning sodir etilishi va suidsid holatlariga olib keluvchi omillarni
muayyan psixologik tamoyillar asosida tahlil qilib, ushbu holati moyilligi bor shaxslarni aniqlashga
qaratilgan usullar majmuasini qo‘llash orqali tegishli tavsiyalarni ishlab chiqish mahalla
psixologlarining asosiy vazifalaridan biri bo‘lmog‘i kerak. Bugungi kunda mahallada psixologik
xizmatni tashkil etish uchun quyidagi ishlarning amalga oshirishi qat’iy nazorat qilinadi:
1.Ommaviy axborot vositalari: televideniye, radio, matbuot, internet orqali mahallada
psixologik xizmat ko‘rsatishga oid chiqishlarini tashkil qilish.
2.Respublikamizdagi barcha mahallalarga, oilalarga, ota-onalarga hamda bolalarga psixologik
xizmat ko‘rsatish ishlarini yuqori darajada yo‘lga qo‘yish. Har bir mahalladagi nosog‘lom
muhitning psixologik ildizlarini aniqlash va uni korreksiyalashning muayyan imkoniyatlarini ochib
berish.
3.Ota-onalar o‘rtasida bolaning muloqot sifatlaridagi psixologik xususiyatlarga oid bilimlarni
keng targ‘ib qilish.
4.Xulqi og‘ishgan bolalar to‘dasiga qo‘shilishga moyilligi bor bo‘lgan shaxslarning sonining
kamayishi uchun ota-onalar va o‘qituvchilar bilan hamkorlikda psixoprofilaktik ishlar va
psixotreninglar tashkillashtirish. Demak, yuqoridagi ijtimoiy-psixologik talablar asosida
mahallalarda psixologik xizmatning tashkil etilishi aholining turli guruhlarida psixologik bilimlarni
yanada ko‘proq targ‘ib qilinishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Jumladan, Buxoro, Toshkent, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida olib borilgan kontent-
tahlil natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, aksariyat fuqarolarimizning holisona javoblarida mahallada
psixologik xizmatning nihoyatda zarurligi haqida e’tirof etilgan. Ushbu javoblarning ayrimlarini
misol tariqasida keltiramiz.
“Sodir bo‘layotgan oilaviy ziddiyat va fojialarning oldini olishda mahallalarda psixolog
xizmatining tashkil etilishi samarali ta’sir etadi, deb o‘ylaysizmi?” – savoliga olingan
javoblar haqida ma’lumot (n=246)
2.1-jadval
Viloyat hududlari
“Ha”
“Yo’q”
Jami
n=
Buxoro vil
43
5
48
Toshkent vil
48
3
51
Navoiy vil
70
5
75
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
338
Qashqadaryo vil
46
6
52
Jami n=
207
19
246
2.1 - rasm
“Yoshlarning oila qurishdan oldin psixolog huzuriga borishi zarur, deb hisoblaysizmi?”
– savoliga olingan javoblar haqida ma’lumot (n=226)
2.2-jadval
Viloyat hududlari
“Ha”
“Yo’q”
Jami
n=
Buxoro vil
43
5
48
Toshkent vil
49
2
51
Navoiy vil
72
3
75
Qashqadaryo vil
48
4
52
Jami n=
212
14
226
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
339
2.2 – rasm
“Mahalla tizimida psixolog lavozimi joriy etilishini ma’qullaysizmi?” – savoliga olingan
javoblar haqida ma’lumot (n=226)
2.3-jadval
Viloyat hududlari
“Ha”
“Yo’q”
Jami
n=
Buxoro vil
43
5
48
Toshkent vil
51
0
51
Navoiy vil
72
3
75
Qashqadaryo vil
49
3
52
Jami n=
215
11
226
2.3 – rasm
Mazkur javoblar izohi shuni tasdiqlaydiki, demak, mahalla tizimi shaxs ruhiyati bilan bog‘liq
keng ko‘lamli muammolar majmuasini o‘z ichiga olganligi bois bugungi kunda mahallada
yashovchi aholining turli guruhlariga psixologik xizmat ko‘rsatilishi shart va zarur ekan yuqoridagi
nazariy tahlillarga asoslanib mazkur muammo yechimlari bo‘yicha quyidagilarni alohida takidlash
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
340
joiz.
1.XX asrga kelib psixologlar o‘zlarining navbatdagi jahonshumul ilmiy maqsadlari – insonga,
ayni paytda, jamiyatga psixologik xizmat ko‘rsatish tizimining muqarrarligini nazariy-ilmiy
jihatdan asoslab berishga muvaffaq bo‘ldilar.
2.O‘zbekistondagi psixologik xizmatning bugungi holatiga ilmiy-tashkiliy nuqtayi nazaridan
baho berar ekanmiz, bu borada talaygina yutuqlar, kamchiliklar va tez orada bartaraf etilishi lozim
bo‘lgan muammollar mavjudligini ko‘ramiz.
3.Mahalla asrlar osha shakllangan sharqona o‘zini o‘zi boshqarish tizimidir. Shu boisdan
keyingi paytlarda uning faoliyati samaradorligini har tomonlama oshirish va rivojlantirishga,
moddiy-texnik bazasini mustahkamlab, jamiyatdagi nufuzini yanada ko‘tarishga, tashkiliy-huquqiy
asoslarini mustahkamlashga jiddiy ahamiyat berildi.Darhaqiqat, mahalla institutini takomillashtirish
borasidagi chora-tadbirlar tub mazmun-mohiyatiga ko‘ra Vatanimiz taraqqiyotiga, aholi turmush
farovonligini yanada yaxshilashga, fuqarolar yig‘inlari ishini yuqori darajada tashkil etishga xizmat
qiladi
Xulosa va takliflar
Xulosa qilib aytganda, mahallada psixologik xizmatning tashkil etilishi o‘ziga xos ilmiy-
amaliy va ijtimoiy-psixologik xususiyatga ega bo‘lib bu jarayon bevosita aholining turli
guruhlaridagi shaxslarning muayyan psixologik muammolarini bartaraf qilishga yo‘naltirilganligi
bilan xarakterlanadi. Chunki, tadqiq etiladigan har bir holat avvalo u yoki bu shaxsning o‘ziga xos
individual-psixologik imkoniyatlarini va istiqbollarini ko‘rsatishga xizmat qilishi shart. Har bir
mahallada jinoyatchilikning sodir etilishi va suidsid holatlariga olib keluvchi omillarni muayyan
psixologik tamoyillar asosida tahlil qilib, ushbu holati moyilligi bor shaxslarni aniqlashga qaratilgan
usullar majmuasini qo‘llash orqali tegishli tavsiyalarni ishlab chiqish mahalla psixologlarining
asosiy vazifalaridan biri bo‘lmog‘i kerak.
Adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-
ma’naviy muhitni sog‘omlashtirish mahalla institutini yanada qo‘llab-quvatlash hamda oila va
xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-
5938-son Farmoni.
2.
Mirziyoyev Sh.M. Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon
bo‘ladi. Toshkent., “O‘zbekiston” 2019.-488 b.
3.
Andreyeva
G.M.Sotsialnaya
psixologiya.
Uchebnik
dlya
vishex
uchebnix
zavedeni/G.M.Andreyeva.-5-ye izd; ispr. i dok.-M.:Aspekt Press, 2003. - 364 s.
4.
Karimova V.M.Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot. Toshkent: “Universitet”. 2009.
3.
Firdavs G’ulom o’g, E., & Farangiz, A. (2025). MUSTAQILLIK YILLARIDA
O’ZBEKISTONDA MILLIY URF-ODATLAR, QADRIYATLAR VA AN’ANALARNING
QAYTA TIKLANISHI.
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni
hamda rivojlanish omillari
,
5
(2), 35-42.
4. Ҳолиқов, Ғ. (2025). ЎЗБЕКИСТОННИНГ ТИББИЁТ СОҲАСИ БЎЙИЧА ОСИЁ
ДАВЛАТЛАРИ БИЛАН АЛОҚАЛАРИ.
TANQIDIY NAZAR, TAHLILIY TAFAKKUR VA
INNOVATSION G ‘OYALAR
,
1
(7), 45-49.
5. Bahrom, K. (2022). SOCIO-ECONOMIC LIFE AND ADMINISTRATIVE TERRITORY OF
SHAKHRISABZ PRINCIPIALITY IN THE 19TH CENTURY.
Academicia Globe:
Inderscience Research
,
3
(09), 59-63.
6. Sayxonovna, M. M. (2022). Psychological characteristics of modern primary school teacher
professional training.
ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT
REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 8.071
,
11
(04), 15-20.
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
341
7. BEKMURODOVA, H. (2024). O ‘smirlarni kasbga yo ‘naltirish jarayonida individual xarakter
xususiyatlarining ta’siri muhim ijtimoiy-psixologik omil sifatida.
«ACTA NUUz»
,
1
(1.2), 78-
82.
8.
Аkhmedov, B. A. (2019). THE ROLE OF UZBEKISTAN ON ESTABLISHING KARAKUL
(ASTRAKHAN) SHEEP BREEDING IN FOREIGN COUNTRIES.
Theoretical & Applied
Science
, (3), 72-75.
9.
Akhmedov, B. A. (2020). KARAKUL BREEDING DURING THE BUKHARA EMIRATES.
In
НАУЧНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ МОЛОДЫХ УЧЁНЫХ
(pp. 160-162).
10.
Akhmedov, B. A. (2021). History Of Karakul Industry In Uzbekistan.
Oriental renaissance:
Innovative, educational, natural and social sciences
,
1
(5), 1159-1163.
11.
Axmedov, B. (2021). Qorako'lchilik sohasini ilmiy tadqiqotlarda o'rganilishining
ahamiyati.
Journal of Social Sciences
,
2
(01).
12.
Axmedov, B. (2023). YEVROPA CHORVACHILIGIDA QORAKO ‘LCHILIK.
Journal of
Social Sciences
,
4
(01).
13. Nоmоzоv,
Xurshid.
"ОMMАVIY
АXBОRОT
VОSITАLАRINING
IJTIMОIY
FUNKSIYАSI."
TAMADDUN NURI JURNALI
1.64 (2025): 253-255.
14. Nоmоzоv, X. (2025). ОMMАVIY АXBОRОT VОSITАLАRINING IJTIMОIY
FUNKSIYАSI.
TAMADDUN NURI JURNALI
,
1
(64), 253-255.
15. Xurshid, N. (2025). AXBOROT XURUJLARINING MANBALARI, ULARNING IJTIMOIY
MUHITDA AMALGA OSHISH USULLARI.
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq
etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
,
41
, 632-636.
16. Shavkat o’g’li, N. X. (2024). JAMIYATDA INTERNET-MAKON RESURSLARIDAN
FOYDALANISH SOHALARI.
MODERN PROBLEMS IN EDUCATION AND THEIR
SCIENTIFIC SOLUTIONS
,
1
(2), 113-118.
17. Buronov, O., & Davronov, U. B. (2025). History of modern construction and urban
development in Samarkand region during the years of independence.
International Journal of
Artificial Intelligence
,
1
(1), 410-414.
18. Buronov, O., & Davronov, U. B. (2025). Administrative-territorial division and demographic
indicators of Samarkand during the years of independence.
International Journal of Artificial
Intelligence
,
1
(1), 405-409.
19. Murodullaevich, B. O. (2024). The fight against infectious diseases of Uzbekistan on
experience.
Western European Journal of Historical Events and Social Science
,
2
(4), 93-97.
20. Bo‘ronov, O. Qishloq joylarda tibbiy profilaktika va sanitariya-epidemiologik barqarorlikni
ta’minlash ishi tarixi.
Journal of Social Sciences
,
1
(02).
21. Buronov, O. (2025). Changes In The Murobak Gas Processing Plant In The Years Of
Independence.
Zien Journal of Social Sciences and Humanities
,
40
, 62-67.
22. Бўронов, О. Қишлоқ врачлик пунктларида тиббий кадрлар салоҳиятини оширишга
қаратилган давлат сиёсати. Ўтмишга назар.№ 7.2023.
Ўтмишга назар
, (7.2023).
23. Murodullaevich, B. O. (2024). The fight against infectious diseases of Uzbekistan on
experience.
Western European Journal of Historical Events and Social Science
,
2
(4), 93-97.
24. Khamidovich, K. G. (2020). The history of turkestan sanitary work.
Journal of Critical
Reviews
,
7
(9), 1126-1129.
25. Каромов, Г. Х. (2020). ИСТОЧНИКОВЕДЕНИЕ И ИСТОРИОГРАФИЯ ИСТОРИИ
МЕДИЦИНЫ В ТУРКЕСТАНЕ.
ББК 1 E91
,
205
.
26. Каромов, Г. Х. (2019). Особенности городской культуры Самарканда Раннего
Средневековья.
Евразийское Научное Объединение
, (1-7), 373-374.
27. Khamitovich, K. G. (2022). HISTORY OF HEALTH WORKS IN TURKESTAN
ASSR.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY
RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 8.036
,
11
(10), 68-72.
28. Khamitovich, K. G. (2022). Measures in the Sphere of Maternal and Child Health in
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
342
Uzbekistan.
Miasto Przyszłości
,
29
, 12-15.
29. O’G’Li, N. X. S. (2023). YUKSAK AXBOROT MADANIYATI–INTERNET-MAKON
RESURSLARIDAN RATSIONAL FOYDALANISH SHARTI.
Research Focus
,
2
(6), 105-
110.
30. Shavkat o’g’li, N. X. (2022). THREATS TO INFORMATION SECURITY IN
EDUCATIONAL INSTITUTIONS.
Gospodarka i Innowacje.
,
22
, 229-231.
31. EGAMBERDIYEV, F. (2024). O ‘SMIR BASKETBOLCHILARDA IRODAVIY SIFATLAR
SHAKLLANISHIGA
TA’SIR
ETUVCHI
OMILLARNING
PSIXOLOGIK
XUSUSIYATLARI.
«ACTA NUUz»
,
1
(1.3), 248-252.
