Авторы

  • фирдавс Ергашев
    Axborot texnologiyalar menejment universiteti o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsci.129560

Ключевые слова:

O‘zbekiston mustaqillik jismoniy tarbiya sport huquqiy asoslar qonunchilik normativ-huquqiy hujjatlar davlat siyosati sog‘lom turmush tarzi sport tashkilotlari yoshlar sport siyosati xalqaro hamkorlik sportchilarning yutuqlari sport qonunchiligi.

Аннотация

Mazkur ishda O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishganidan so‘ng jismoniy tarbiya va sport sohasida olib borilgan islohotlar, ularning huquqiy asoslari va ushbu yo‘nalishda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilinadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa me’yoriy hujjatlar orqali sport sohasining huquqiy poydevori qanday shakllanganligi o‘rganiladi. Shuningdek, sportning rivojlanishiga qaratilgan davlat dasturlari, sport tashkilotlari faoliyati va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdagi ijtimoiy ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Ishda mustaqillik davrida sportning xalqaro maydondagi o‘rni, sportchilarimizning yutuqlari hamda ularni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari ham tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonda sport va jismoniy tarbiyaning rivojlanishidagi huquqiy asoslarning bosqichma-bosqich shakllanish jarayonini ochib beradi.

background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

361

MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTONDA JISMONIY TARBIYA VA

SPORTNING HUQUQIY ASOSLARINING SHAKLLANISHI

ERGASHEV FIRDAVS

Axborot texnologiyalar menejment universiteti o’qituvchisi

Annotatsiya:

Mazkur ishda O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishganidan

so‘ng jismoniy tarbiya va sport sohasida olib borilgan islohotlar, ularning huquqiy asoslari va ushbu

yo‘nalishda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilinadi. Xususan, O‘zbekiston

Respublikasining Konstitutsiyasi, “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun, Prezident

farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa me’yoriy hujjatlar orqali sport sohasining

huquqiy poydevori qanday shakllanganligi o‘rganiladi. Shuningdek, sportning rivojlanishiga

qaratilgan davlat dasturlari, sport tashkilotlari faoliyati va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini

targ‘ib qilishdagi ijtimoiy ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Ishda mustaqillik davrida sportning xalqaro

maydondagi o‘rni, sportchilarimizning yutuqlari hamda ularni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari

ham tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonda sport va jismoniy tarbiyaning rivojlanishidagi

huquqiy asoslarning bosqichma-bosqich shakllanish jarayonini ochib beradi.

Kalit so‘zlar:

O‘zbekiston, mustaqillik, jismoniy tarbiya, sport, huquqiy asoslar, qonunchilik,

normativ-huquqiy hujjatlar, davlat siyosati, sog‘lom turmush tarzi, sport tashkilotlari, yoshlar, sport

siyosati, xalqaro hamkorlik, sportchilarning yutuqlari, sport qonunchiligi.

Kirish:

O’zbekiston mustaqillikka erishgach dunyodagi o’zgarishlar jarayonida o’zining betakror

ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy yangilanishlari dasturiga ega bo’lgan mamlakat sifatida dunyo

hamjamiyatiga kirib bordi. Yangi svilizatsiya va insoniyat taraqqiyotiga kuchli ta’sir o’tkazishga

qodir mamlakat sifatida o’zining keng imkoniyatlarini namoyon eta boshladi. O’zbekiston

mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi milliy

taraqqiyotimiz rivojining omili sifatida katta e’tibor qaratildi. “Biz xalqaro sport maydonlarida

O’zbekistonning nufuzi va obro’-e’tiborini oshirishga katta hissa qo’shgan sportchilarimiz bilan

faxrlanamiz. Shu bilan birga, oliy sportda erishilgan yutuqlar bilan chegaralanmasdan, ommaviy

sportga ham katta e’tibor berishimiz kerak

1

, – degan edi O‘zbekiston Respublikasi Preizdenti

Sh.M.Mirziyoyev.

Jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishdagi dastlabki qadam 1992-yil 14-

yanvardagi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida “Jismoniy tarbiya va sport

to’g’risida”gi qonunning qabul qilinishi bo’ldi

2

. Ushbu qonunda xalqaro hujjatlarda aks etgan inson

va fuqaro huquqlariga oid normalar o’z aksini topdi. Qonunga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi

fuqarolari jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodlari, shaxsiy va jamiyatdagi

holatidan qat’iy nazar jiismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlarida qatnashishga, jamoatchilik

birlashmalarini tuzishga, jismoniy tarbiya va sport harakatini boshqarishda ishtirok etish

huquqlariga ega bo’ldi. Shuningdek, chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo’lmagan shaxslar

jismoniy tarbiya va sport sohasida O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega,

deb belgilab qoyildi. Qonunda O’zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya Qo’mitasi, jismoniy

tarbiya va sport jamiyatlari, sport turlari boyicha federatsiyalar, jamg’armalar, sport klublari va

ularning asosiy maqsadlari, jismoniy tarbiya va sportga oid boshqa jamoat birlashmalarining

vakolatlari belgilab berildi.

Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 18-martdagi “O’zbekiston Respublikasida futbolni

1

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 20-sentyabr kuni jismoniy tarbiya va sport

sohasini rivojlantirish masalalariga bag’ishlangan yig’ilishdagi nutqi.

2

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil 3-son.


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

362

yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq 2000-

yilgacha futbolni rivojlantirish milliy dasturi ishlab chiqildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-mayda “O’zbekiston

Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi

qaroriga muvofiq Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi sohadagi boshqaruv organi deb

hisoblandi va o’z faoliyatida bevosita Vazirlar Mahkamasiga boysunishi belgilab qoyildi.

Qo’mitaning vazifalari etib respublikada jismoniy tarbiya va sportni rivojlanish istiqbollarini ishlab

chiqish, yillik prognozlarni shakllantirish, aholini jismoniy tarbiyalashning ilmiy asoslangan

tizimini amaliyotga joriy etish va ushbu masalalar boyicha ilmiy tadqiqotlar o’tkazish, yoshlarni

mehnatga va O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmat qilishga tayyorlash, xalq

oyinlarini, sportning milliy turlari boyicha musobaqalarni tashkil etish va o’tkazish, sportchilarning,

sport faxriylarining, jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining ijtimoiy himoyasi masalalarini hal

etish, jismoniy tarbiya kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va taqsimlash, mamlakatning xalqaro

sport aloqalarini rivojlantirish belgilab qoyildi.

Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 27-maydagi “O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni

yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g'risida”gi qarorining qabul qilinishi bilan “Sog'lom avlod”

davlat dasturi ishlab chiqildi. Bu qaror asosida “O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va

sportni rivojlantirishning davlat dasturi” konsepsiyasi yaratildi.

Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 1-iyunda “O’zbekiston Respublikasi boksni

rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash jamg’armasini tashkil etish to’g’risida”gi qaroriga ko’ra yetakchi

va yosh istiqbolli sportchilarni tayyorlash hamda ularni xalqaro musobaqalarda qatnashishlarini

moddiy jihatdan ta’minlash kabi ustuvor vazifalar qoyildi. “Jismoniy tarbiya va sport to’g'risida”gi

qonun 2000-yil 26-mayda yangi tahrirda qayta qabul qilindi

3

.

O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, unga jalb qilish hamda targ’ibot

qilishga oid tashkiliy-huquqiy masalalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 6-iyundagi

“O’quvchi va talaba yoshlar musobaqalari tizimini tashkil etish to’g’risida”gi qarorida umumta’lim

maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari hamda oliy ta’lim muassasalari

talabalarining “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalari tashkil

qilindi. “Umid nihollari” oyinlari umumta’lim maktabi yoshlari uchun, “Barkamol avlod” oyinlari

kollej va akademik litseylar yoshlari uchun, “Universiada” oyinlari esa oliy ta’lim yoshlari uchun

o’tkazib kelinmoqda. “Umid nihollari” oyinlari 2002-yil Farg‘onada, 2003-yil Urganchda, 2006-yil

Qarshida, 2009-yil Gulistonda, 2012-yil Termizda, 2015-yil Xorazmda, 2018-yil Respublika

miqyosida o’tkazildi. “Barkamol avlod” oyinlari 2001-yil Jizzaxda, 2003-yil Andijonda, 2005-yil

Toshkentda, 2008-yil Nukusda, 2011-yil Termizda, 2014-yil Farg’onada, 2017-yil Jizzaxda

o’tkazildi. “Universiada” oyinlari esa 2000-yil Namanganda, 2002-yil Buxoroda, 2004-yil

Samarqandda, 2007-yil Toshkentda, 2010-yil Andijonda, 2013-yil Buxoroda, 2016-yil Farg’onada

bo’lib o’tdi. O’zbekiston yoshlarining “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport

oyinlarini o’z ichiga olgan uch bosqichli noyob tizim bugun millionlab o’g’il-qizlarni ham jismoniy,

ham ma’naviy sog’lom bo’lib ulg’ayishiga xizmat qildi. Mamlakatimizda bolalar sportiga ham

alohida e’tibor qaratilib 2002-yil 31-oktabrda “O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish

jamg’armasi” tuzildi.

Jismoniy tarbiya va sportni ommaviy axborot vositalari orqali keng targ'ib qilish, uning

mohiyatini mamlakat aholisiga yetkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrda

“Ommaviy sport targ’ibotini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori qabul qilinib,

unga binoan, O‘zbekiston televideniyasida maxsus “Sport” telekanali tashkil etildi

4

.

Xulosa o‘rnida shuni aytib o’tish lozimki, O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, jismoniy

tarbiya va sport sohasining huquqiy asoslarini yaratish va mustahkamlash davlat siyosatining

ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Qabul qilingan qonunlar, Prezident farmon va qarorlari,

3

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil 5-6-son.

4

O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-yil 21-son.


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

363

hukumat dasturlari orqali sport tizimini isloh qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yosh

avlodni jismonan barkamol qilib tarbiyalash bo‘yicha muhim chora-tadbirlar amalga oshirildi.

“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar sport sohasini huquqiy

jihatdan tartibga solish, sportchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat

kasb etdi. Natijada, mustaqillik yillarida O‘zbekiston sportchilari xalqaro miqyosda yuksak

natijalarga erishdi, sport infratuzilmasi kengaydi, aholining sportga bo‘lgan qiziqishi ortdi. Bu esa

mamlakatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, sport orqali ijtimoiy tarbiyani kuchaytirish va

milliy g‘ururni yuksaltirishga xizmat qildi.

Adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil 3-son.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil 5-6-son.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-yil 21-son.

4.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 20-sentyabr kuni

jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish masalalariga bag’ishlangan yig’ilishdagi nutqi.

5.

Ҳолиқов, Ғ. (2025). ЎЗБЕКИСТОННИНГ ТИББИЁТ СОҲАСИ БЎЙИЧА ОСИЁ

ДАВЛАТЛАРИ БИЛАН АЛОҚАЛАРИ.

TANQIDIY NAZAR, TAHLILIY TAFAKKUR VA

INNOVATSION G ‘OYALAR

,

1

(7), 45-49.

6.

Bahrom, K. (2022). SOCIO-ECONOMIC LIFE AND ADMINISTRATIVE TERRITORY OF

SHAKHRISABZ PRINCIPIALITY IN THE 19TH CENTURY.

Academicia Globe:

Inderscience Research

,

3

(09), 59-63.

7.

Sayxonovna, M. M. (2022). Psychological characteristics of modern primary school teacher

professional training.

ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT

REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 8.071

,

11

(04), 15-20.

8.

BEKMURODOVA, H. (2024). O ‘smirlarni kasbga yo ‘naltirish jarayonida individual xarakter

xususiyatlarining ta’siri muhim ijtimoiy-psixologik omil sifatida.

«ACTA NUUz»

,

1

(1.2), 78-

82.

9. Аkhmedov, B. A. (2019). THE ROLE OF UZBEKISTAN ON ESTABLISHING KARAKUL

(ASTRAKHAN) SHEEP BREEDING IN FOREIGN COUNTRIES.

Theoretical & Applied

Science

, (3), 72-75.

10. Akhmedov, B. A. (2020). KARAKUL BREEDING DURING THE BUKHARA EMIRATES.

In

НАУЧНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ МОЛОДЫХ УЧЁНЫХ

(pp. 160-162).

11. Akhmedov, B. A. (2021). History Of Karakul Industry In Uzbekistan.

Oriental renaissance:

Innovative, educational, natural and social sciences

,

1

(5), 1159-1163.

12. Axmedov, B. (2021). Qorako'lchilik sohasini ilmiy tadqiqotlarda o'rganilishining

ahamiyati.

Journal of Social Sciences

,

2

(01).

13. Axmedov, B. (2023). YEVROPA CHORVACHILIGIDA QORAKO ‘LCHILIK.

Journal of

Social Sciences

,

4

(01).

14.

Nоmоzоv,

Xurshid.

"ОMMАVIY

АXBОRОT

VОSITАLАRINING

IJTIMОIY

FUNKSIYАSI."

TAMADDUN NURI JURNALI

1.64 (2025): 253-255.

15.

Nоmоzоv, X. (2025). ОMMАVIY АXBОRОT VОSITАLАRINING IJTIMОIY

FUNKSIYАSI.

TAMADDUN NURI JURNALI

,

1

(64), 253-255.

16.

Xurshid, N. (2025). AXBOROT XURUJLARINING MANBALARI, ULARNING IJTIMOIY

MUHITDA AMALGA OSHISH USULLARI.

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq

etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

,

41

, 632-636.

17.

Shavkat o’g’li, N. X. (2024). JAMIYATDA INTERNET-MAKON RESURSLARIDAN

FOYDALANISH SOHALARI.

MODERN PROBLEMS IN EDUCATION AND THEIR

SCIENTIFIC SOLUTIONS

,

1

(2), 113-118.

18.

Buronov, O., & Davronov, U. B. (2025). History of modern construction and urban

development in Samarkand region during the years of independence.

International Journal of


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

364

Artificial Intelligence

,

1

(1), 410-414.

19.

Buronov, O., & Davronov, U. B. (2025). Administrative-territorial division and demographic

indicators of Samarkand during the years of independence.

International Journal of Artificial

Intelligence

,

1

(1), 405-409.

20.

Murodullaevich, B. O. (2024). The fight against infectious diseases of Uzbekistan on

experience.

Western European Journal of Historical Events and Social Science

,

2

(4), 93-97.

21.

Bo‘ronov, O. Qishloq joylarda tibbiy profilaktika va sanitariya-epidemiologik barqarorlikni

ta’minlash ishi tarixi.

Journal of Social Sciences

,

1

(02).

22.

Buronov, O. (2025). Changes In The Murobak Gas Processing Plant In The Years Of

Independence.

Zien Journal of Social Sciences and Humanities

,

40

, 62-67.

23.

Бўронов, О. Қишлоқ врачлик пунктларида тиббий кадрлар салоҳиятини оширишга

қаратилган давлат сиёсати. Ўтмишга назар.№ 7.2023.

Ўтмишга назар

, (7.2023).

24.

Murodullaevich, B. O. (2024). The fight against infectious diseases of Uzbekistan on

experience.

Western European Journal of Historical Events and Social Science

,

2

(4), 93-97.

25.

Khamidovich, K. G. (2020). The history of turkestan sanitary work.

Journal of Critical

Reviews

,

7

(9), 1126-1129.

26.

Каромов, Г. Х. (2020). ИСТОЧНИКОВЕДЕНИЕ И ИСТОРИОГРАФИЯ ИСТОРИИ

МЕДИЦИНЫ В ТУРКЕСТАНЕ.

ББК 1 E91

,

205

.

27.

Каромов, Г. Х. (2019). Особенности городской культуры Самарканда Раннего

Средневековья.

Евразийское Научное Объединение

, (1-7), 373-374.

28.

Khamitovich, K. G. (2022). HISTORY OF HEALTH WORKS IN TURKESTAN

ASSR.

INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY

RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 8.036

,

11

(10), 68-72.

29.

Khamitovich, K. G. (2022). Measures in the Sphere of Maternal and Child Health in

Uzbekistan.

Miasto Przyszłości

,

29

, 12-15.

30.

O’G’Li, N. X. S. (2023). YUKSAK AXBOROT MADANIYATI–INTERNET-MAKON

RESURSLARIDAN RATSIONAL FOYDALANISH SHARTI.

Research Focus

,

2

(6), 105-

110.

31.

Shavkat o’g’li, N. X. (2022). THREATS TO INFORMATION SECURITY IN

EDUCATIONAL INSTITUTIONS.

Gospodarka i Innowacje.

,

22

, 229-231.

32.

EGAMBERDIYEV, F. (2024). O ‘SMIR BASKETBOLCHILARDA IRODAVIY SIFATLAR

SHAKLLANISHIGA

TA’SIR

ETUVCHI

OMILLARNING

PSIXOLOGIK

XUSUSIYATLARI.

«ACTA NUUz»

,

1

(1.3), 248-252.

33.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil 3-son.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil 5-6-son.

O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-yil 21-son.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 20-sentyabr kuni jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish masalalariga bag’ishlangan yig’ilishdagi nutqi.

Ҳолиқов, Ғ. (2025). ЎЗБЕКИСТОННИНГ ТИББИЁТ СОҲАСИ БЎЙИЧА ОСИЁ ДАВЛАТЛАРИ БИЛАН АЛОҚАЛАРИ. TANQIDIY NAZAR, TAHLILIY TAFAKKUR VA INNOVATSION G ‘OYALAR, 1(7), 45-49.

Bahrom, K. (2022). SOCIO-ECONOMIC LIFE AND ADMINISTRATIVE TERRITORY OF SHAKHRISABZ PRINCIPIALITY IN THE 19TH CENTURY. Academicia Globe: Inderscience Research, 3(09), 59-63.

Sayxonovna, M. M. (2022). Psychological characteristics of modern primary school teacher professional training. ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 8.071, 11(04), 15-20.

BEKMURODOVA, H. (2024). O ‘smirlarni kasbga yo ‘naltirish jarayonida individual xarakter xususiyatlarining ta’siri muhim ijtimoiy-psixologik omil sifatida. «ACTA NUUz», 1(1.2), 78-82.

Аkhmedov, B. A. (2019). THE ROLE OF UZBEKISTAN ON ESTABLISHING KARAKUL (ASTRAKHAN) SHEEP BREEDING IN FOREIGN COUNTRIES. Theoretical & Applied Science, (3), 72-75.

Akhmedov, B. A. (2020). KARAKUL BREEDING DURING THE BUKHARA EMIRATES. In НАУЧНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ МОЛОДЫХ УЧЁНЫХ (pp. 160-162).

Akhmedov, B. A. (2021). History Of Karakul Industry In Uzbekistan. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(5), 1159-1163.

Axmedov, B. (2021). Qorako'lchilik sohasini ilmiy tadqiqotlarda o'rganilishining ahamiyati. Journal of Social Sciences, 2(01).

Axmedov, B. (2023). YEVROPA CHORVACHILIGIDA QORAKO ‘LCHILIK. Journal of Social Sciences, 4(01).

Nоmоzоv, Xurshid. "ОMMАVIY АXBОRОT VОSITАLАRINING IJTIMОIY FUNKSIYАSI." TAMADDUN NURI JURNALI 1.64 (2025): 253-255.

Nоmоzоv, X. (2025). ОMMАVIY АXBОRОT VОSITАLАRINING IJTIMОIY FUNKSIYАSI. TAMADDUN NURI JURNALI, 1(64), 253-255.

Xurshid, N. (2025). AXBOROT XURUJLARINING MANBALARI, ULARNING IJTIMOIY MUHITDA AMALGA OSHISH USULLARI. Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari, 41, 632-636.

Shavkat o’g’li, N. X. (2024). JAMIYATDA INTERNET-MAKON RESURSLARIDAN FOYDALANISH SOHALARI. MODERN PROBLEMS IN EDUCATION AND THEIR SCIENTIFIC SOLUTIONS, 1(2), 113-118.

Buronov, O., & Davronov, U. B. (2025). History of modern construction and urban development in Samarkand region during the years of independence. International Journal of Artificial Intelligence, 1(1), 410-414.

Buronov, O., & Davronov, U. B. (2025). Administrative-territorial division and demographic indicators of Samarkand during the years of independence. International Journal of Artificial Intelligence, 1(1), 405-409.

Murodullaevich, B. O. (2024). The fight against infectious diseases of Uzbekistan on experience. Western European Journal of Historical Events and Social Science, 2(4), 93-97.

Bo‘ronov, O. Qishloq joylarda tibbiy profilaktika va sanitariya-epidemiologik barqarorlikni ta’minlash ishi tarixi. Journal of Social Sciences, 1(02).

Buronov, O. (2025). Changes In The Murobak Gas Processing Plant In The Years Of Independence. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 40, 62-67.

Бўронов, О. Қишлоқ врачлик пунктларида тиббий кадрлар салоҳиятини оширишга қаратилган давлат сиёсати. Ўтмишга назар.№ 7.2023. Ўтмишга назар, (7.2023).

Murodullaevich, B. O. (2024). The fight against infectious diseases of Uzbekistan on experience. Western European Journal of Historical Events and Social Science, 2(4), 93-97.

Khamidovich, K. G. (2020). The history of turkestan sanitary work. Journal of Critical Reviews, 7(9), 1126-1129.

Каромов, Г. Х. (2020). ИСТОЧНИКОВЕДЕНИЕ И ИСТОРИОГРАФИЯ ИСТОРИИ МЕДИЦИНЫ В ТУРКЕСТАНЕ. ББК 1 E91, 205.

Каромов, Г. Х. (2019). Особенности городской культуры Самарканда Раннего Средневековья. Евразийское Научное Объединение, (1-7), 373-374.

Khamitovich, K. G. (2022). HISTORY OF HEALTH WORKS IN TURKESTAN ASSR. INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 8.036, 11(10), 68-72.

Khamitovich, K. G. (2022). Measures in the Sphere of Maternal and Child Health in Uzbekistan. Miasto Przyszłości, 29, 12-15.

O’G’Li, N. X. S. (2023). YUKSAK AXBOROT MADANIYATI–INTERNET-MAKON RESURSLARIDAN RATSIONAL FOYDALANISH SHARTI. Research Focus, 2(6), 105-110.

Shavkat o’g’li, N. X. (2022). THREATS TO INFORMATION SECURITY IN EDUCATIONAL INSTITUTIONS. Gospodarka i Innowacje., 22, 229-231.

EGAMBERDIYEV, F. (2024). O ‘SMIR BASKETBOLCHILARDA IRODAVIY SIFATLAR SHAKLLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. «ACTA NUUz», 1(1.3), 248-252.