Авторы

  • Бакхтиёр Саидов
    Axborot texnologiyalari va menejment universiteti dotsenti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsci.129567

Ключевые слова:

Qashqadaryo vohasi o‘zbeklar oila mahalla to‘p jamoa yosh avlod bola etnolokal tarbiya an’analar gap-gashtak bolalar o‘yinlari.

Аннотация

Ushbu maqolada, Qashqadaryo vohasida bola tarbiyasi an’analari evolyutsiyasi tarixi etnografik va etnologik ma’lumotlar asosida yoritilgan. O‘zbek xalqi ijtimoiy hayotida bola tarbiyasini jamoaning o‘rnisiz aslo tasavvur qilib bo‘lmaydi. Jamoaviy an’analar o‘zbeklar milliy mentalitetiga xos bo‘lib, jamiyatda odamlar o‘rtasidagi o‘zaro ijtimoiy va ma’naviy munosabatlarni belgilovchi muhim omil hisoblanadi. Shuning uchun ham oilada barcha davrlarda jamoatchilik fikriga, qon-qarindoshchilik va hududiy qo‘ni-qo‘shnichilik munosabatlariga befarq qaralmagan. Qo‘ni-qo‘shnilar, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi hududiy, genetik yaqinlik bola tarbiyasida ham jamoa a’zolarini bir-biriga o‘zaro ko‘makdosh bo‘lishga undagan. Har bir oilaning ijtimoiy ahvolini hech kim jamoa a’zolari, ayniqsa, qo‘ni-qo‘shnilar kabi yaqindan yaxshi bilmagan. Ayniqsa, bu oila va jamoaning bola tarbiyasidagi o‘rnida ham yaqqol namoyon bo‘lgan.

background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

393

QASHQADARYO VOHASIDA YOSH AVLOD TARBIYASI

TARIXIY AN’ANALAR VA HOZIRGI ZAMON

SAIDOV BAXTIYOR JAMOLOVICH

Axborot texnologiyalari va menejment universiteti dotsenti

Annotatsiya:

Ushbu maqolada, Qashqadaryo vohasida bola tarbiyasi an’analari evolyutsiyasi tarixi

etnografik va etnologik ma’lumotlar asosida yoritilgan. O‘zbek xalqi ijtimoiy hayotida bola

tarbiyasini jamoaning o‘rnisiz aslo tasavvur qilib bo‘lmaydi. Jamoaviy an’analar o‘zbeklar milliy

mentalitetiga xos bo‘lib, jamiyatda odamlar o‘rtasidagi o‘zaro ijtimoiy va ma’naviy munosabatlarni

belgilovchi muhim omil hisoblanadi. Shuning uchun ham oilada barcha davrlarda jamoatchilik

fikriga, qon-qarindoshchilik va hududiy qo‘ni-qo‘shnichilik munosabatlariga befarq qaralmagan.

Qo‘ni-qo‘shnilar, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi hududiy, genetik yaqinlik bola tarbiyasida ham

jamoa a’zolarini bir-biriga o‘zaro ko‘makdosh bo‘lishga undagan. Har bir oilaning ijtimoiy ahvolini

hech kim jamoa a’zolari, ayniqsa, qo‘ni-qo‘shnilar kabi yaqindan yaxshi bilmagan. Ayniqsa, bu oila

va jamoaning bola tarbiyasidagi o‘rnida ham yaqqol namoyon bo‘lgan.

Kalit so‘zlar:

Qashqadaryo vohasi, o‘zbeklar, oila, mahalla, to‘p, jamoa, yosh avlod,bola, etnolokal,

tarbiya, an’analar, gap-gashtak, bolalar o‘yinlari.

Kirish:

Mustaqillik milliy qadriyatlarimizni chuqur o‘rganishga va asrlar osha yetib kelgan urf-

odatlarimizning to‘la qayta jonlanishiga qulay shart-sharoit tug‘dirdi. Xalqimizning eng noyob

merosi-o‘zbek qishloq jamoasining azaliy an’ana va urf-odatlarini qaror toptirish hamda kundalik

hayotda unga amal qilish milliy mafkurani halq ongiga singdirishga xizmat qiladi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: ”Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U

xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi va amaliy ishlarida namoyon bo‘ladi. Shuning

uchun ham u qudratlidir. Tarixiy merosni avaylab-asrash, o‘rganish va avlodlardan avlodlarga

qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri".

1

Xalqimiz hayotida jamoa eng muhim o‘rinda turib, asosan, uning hududiy qo‘ni-qo‘shnichilik

shakli XIX asr oxiri XX asr boshlarida saqlanib qolgan edi. Bu davrda Janubiy O‘zbekistonning

Qashqadaryo viloyatida qishloq jamoasi faqat hududiy tuzilma emas, balki ijtimoiy tuzilma, ya’ni

kishilar turmush tarzining tashkiliy shakli sifatida faoliyat ko‘rsatib, uning asosiy vazifasi

hududdagi oilalar turmushidan ogoh bo‘lish, oilaviy marosimlarda faol ishtirok etishga munosib

hissa qo‘shishdan iborat bulgan".

2

O‘zbek xalqi ijtimoiy hayotida bola tarbiyasini jamoaning o‘rnisiz aslo tasavvur qilib bo‘lmaydi.

Jamoaviy an’analar o‘zbeklar milliy mentalitetiga xos bo‘lib, jamiyatda odamlar o‘rtasidagi o‘zaro

ijtimoiy va ma’naviy munosabatlarni belgilovchi muhim omil hisoblangan.

Har qanday oila o‘z imkoniyati doirasida yashasa-da, faqat jamoa orqaligina jamiyatga uzviy

bog‘langan. Shuning uchun ham oilada barcha davrlarda jamoatchilik fikriga, qon-qarindoshchilik

va hududiy qo‘ni-qo‘shnichilik munosabatlariga befarq qaralmagan. Qo‘ni-qo‘shnilar, yaqin

qarindoshlar o‘rtasidagi hududiy, genetik yaqinlik bola tarbiyasida ham jamoa a’zolarini bir-biriga

o‘zaro ko‘makdosh bo‘lishga undagan. Har bir oilaning ijtimoiy ahvolini hech kim jamoa a’zolari,

ayniqsa, qo‘ni-qo‘shnilar kabi yaqindan yaxshi bilmagan. Ayniqsa, bu oila va jamoaning bola

tarbiyasidagi o‘rnida ham yaqqol namoyon bo‘lgan.

O‘zbekiston janubidagi Qashqadaryo viloyatida to‘plangan etnografik ma’lumotlarga asoslangan

holda, bolaning jamoadagi o‘rni va ular bilan bog‘liq turli an’analarning tarbiyaviy ahamiyatidan

kelib chiqib, farzand tarbiyasi bilan bog‘liq davrni uch bosqichga ajratishni maqsadga muvofiq, deb

o‘ylaymiz.

1

Mirziyoyev Sh.M.Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib,yangi bosqichga ko‘taramiz.-

T.”O‘zbekiston”. 2017. 29 - bet.

2

Buriyev O.Janubiy O‘zbekistonda qishloq jamoasining etnohududiy xususiyatlari-O‘zbekiston

etnologiyasining dolzarb muammolari. –T., 2007. B.-115-119.


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

394

Birinchi bosqich 3-5 yoshgacha davom etib, bu davrda bolada dastlabki tarbiya ko‘nikmalari paydo

bo‘lgan. Bola jamoa orasida mustaqil bo‘lishga intilgan. Farzand tarbiyasi bilan endi faqat ota-ona,

oila emas, balki qo‘ni-qo‘shnilar ham shug‘ullanishgan. Bola oilada yengil yumushlarni bajargan.

O‘zini anglab, dunyoqarashida ham ilk ahloqiy fazilatlar shakllana olgan.

Ikkinchi bosqich 5-9 yoshda o‘g‘il bolalar sunnat qilinishi (qo‘li halollanganligi) bois jamoaga

qo‘shilishgan. Endi o‘g‘il bola bajaradigan jismoniy yumushlar diniy-ahloqiy odatga ko‘ra halol

sanalgan. Qiz bolalarga kattalar, asosan, ayollar ko‘magida hayo, ibo, andisha, uyat, muloyimlik

fazilatlari o‘rgatila boshlangan. Qiz bola va o‘g‘il bolalar orasida jins tafovutlari yaqqol ko‘rinib,

yosh va jins xususiyatlariga ko‘ra o‘g‘il bolalar va qizlar jamoasiga ajralganliklari uchun o‘g‘il

bolalar tarbiyasi bilan asosan, erkaklar,qiz bola tarbiyasi bilan esa ko‘proq ayollar shug‘ullana

boshlashgan.

Qizlar uy-ro’zg‘or yumushlariga to‘la jalb etilgan bo‘lsa-da, oilaviy va boshqa tadbirlarda ham

qisman ishtirok etishgan.

Uchinchi bosqich 9-12 yosh bo‘lib, bu davrda bolalar o‘z jamoasiga to‘liq qo‘shilishgan va kattalar

orasida o‘zlarini erkin sezishgan. Udumga ko‘ra bu o‘tish davri hisoblanib, o‘g‘il va qiz bolalar

tashqi ko‘rinishi, kiyinishidagi tafovutlar aniq ko‘zga tashlangan, yashash va ish joylari ajratilgan,

ayniqsa, mehnat tarbiyasiga e’tibor oshgan. Qizlar uy-ro‘zg‘or ishlaridan tashqari turli marosimlar,

halq sayillari, bayramlarda to‘liq ishtirok etishib, mas’uliyat talab etadigan yumushlarga, jumladan,

non yopish, dasturxon tuzash va saranjomlash, mehmonlarni kutish va kuzatishda ko‘maklashish,

urchuq yigirish, palos, kigiz, julxurs, gilam to‘qish, jun titish, do‘ppi, kashta tikish kabilarni

uddalashga kirishishgan.

Bolalarning jamoaviy marosimlarda ishtiroki ularning jamoada, oilada qanday tarbiya topganligiga

chambarchas bog‘liq ekanligini isbotlaydi. Oilaviy marosimlar va jamoaviy tadbirlarda ayollar va

erkaklar ishtirokida tafovutlar bo‘lsa-da, bola tarbiyasida ayollar, xususan, doya momo, kayvoni,

dasturxonchi, otin oyi, bibi xalfa va onaning o‘rni o‘ziga xos bo‘lgan. Asosan, oilaviy marosimlar

bolalar ishtirokisiz o‘tmagan. Unga oila a’zolari, yaqin qarindoshlar puxta tayyorlanishgan,

belgilangan vaqtda qo‘ni-qo‘shni ayollar shirinliklar, non, patir, qatlama, somsa va boshqa turli

pishiriqlar tayyorlab kelishgan. Bolalarning dasturxon atrofida o‘tirishlari ularda ma’naviy-axloqiy

fazilatlarni, jamoada, oilaviy davralarda o‘zini qanday tutish ko‘nikmalarini shakllantirgan.

Bola birinchi bor atrofdagilar bilan mustaqil so‘zlasha boshlagach, oila a’zolari, ayniqsa, ota-onalar

ularga ilk bor axloqiy ko‘nikmalar va diniy saboq berib, Qur’ondan kichik oyat va suralarni ham

o‘rgata boshlangan. Bolalarda odob-axloq, uyushqoqlik, jamoaga intilish kabi dastlabki ko‘nikmalar

hududiy qo‘ni-qo‘shnilar, yaqin qarindoshlarning o‘zaro munosabatlari orqali shakllana boshlagan.

O‘zbeklar hayotida bolalarning yoshi va jinsiga qarab guruhga bo‘linishi, ularda ma’lum ijobiy

hulq-atvorlarni vujudga kelishiga sabab bo‘lgan.

Voha qishloq jamoasida o‘g‘il bola tarbiyasining etnoxududiy xususiyatlarini tahlil etsak,o‘g‘il

bolalar oilaviy turmushda hamda jamiyat hayotida muhim rol o‘ynagan. O‘g‘il bolalar voyaga

yetgach, jamoaning mustaqil a’zosi sifatida oilaviy turmushda, marosimlarda mustaqil qatnasha

olishgan. Tadqiqotlar davrida XIX asr oxiri va XX asrning birinchi yarmida mintaqada bolalarning

yosh va jins xususiyatlariga ko‘ra mehnat taqsimoti vujudga kelganligi ham aniqlandi.

Oila va jamoa a’zolari davrasida o‘tkazilgan marosimlarda oila xo‘jaligi va jamoa turmushiga doir

masalalar o‘z yechimini topib, bolalar ishtiroki ularda ahillik, jamoaviy uyushqoqlik, o‘zaro yordam

munosabatlarini shakllantirgan. Bolalar tengqurlari orasida kattalarga taqlid qilarkanlar, jo‘ra-

o‘rtoqchilik orqali o‘zlarining "kichik jamoa"larini tuzganlar. Kimdir oqsoqol, kimdir ota-ona,

shuningdek, yana kimdir ish boshqaruvchi bo‘lib, dastlabki kattalarga xos xislatlari shakllangan.

Oilaviy marosimlar, jamoaviy yig‘inlar, bayramlar, sayillar, choyxonalar, masjidlar, mahalla

guzarlaridagi boshqa turli jamoaviy tadbirlar dastlabki eng asosiy tarbiya vositalari vazifasini

o‘tagan. XIX asr oxiri XX asr boshlarida O‘rta Osiyoning barcha halqlarida erkaklar uylari

mexmonxona-olovxona, gapxona, gap-gashtak, jo‘ra (do‘st-birodarlar jamoasi), ko‘na o‘tirishlar,

to‘qma, jo‘rabozi kabilar muhim jamoaviy yig‘inlar bo‘lib, bunday tadbirlarda bolalar ham ishtirok


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

395

etishgan.

Mintaqaning yarmi o‘troq chorvador hamda o‘troq aholisi orasida bunday yig‘inlar, tadbirlar,

asosan, o‘tirishlar yilning kuz, bahor, qish faslida mavsumiy o‘tkazib turilgan. Mehmonxonani

o‘ziga to‘q kishilar sahovat uchun yoki mahalla hashar yo‘li bilan qurishgan. Mehmonxonasi

bo‘lmagan joylarda gashtaklar navbat bilan xonadonlarda uyushtirilgan.

3

Suhbatlar o‘tkazishgan, ertak va topishmoqlardan so‘ng bolalar o‘rtasida navoiyxonlik, bedilxonlik

o‘qishlari uyushtirilgan.

An’anaviy erkaklar yig‘inlaridagi bunday uyushqoqlik hozirgi kunda, asosan, kattalar orasida

o‘tkazilib kelinsa-da, ko‘proq ularning ko‘ngil ochishi, dam olish tadbiri hisoblanganligi bois unga

yosh bolalar taklif etilmaydi. Bunday yig‘inlar shaharlarda jo‘raboshilar tomonidan nazorat

qilinadi.

4

Vohaning aksariyat o‘zbeklar yashaydigan hamda etnik aralash qishloqlarida o‘smir bolalar turli

tadbirlarda va oilaviy marosimlarda o‘tin tashish, yorish, qo‘lga suv quyish, choy qaynatish

yumushlarini bajarganlar. Mintaqa aholisida bolalik chog‘ida har bir o‘smir ma’raka va

marosimlarda qo‘liga oftoba, dastsho‘y olib, yelkasida sochiq tutib, davradagi mehmonlar qo‘liga

suv quyib chiqishni bilishi kerak bo‘lgan.

Maslahat-kengash, to‘y, xudoyi, iftorlik, qurbonlik marosimlarida ot-ulovlarni bog‘lash, qariyalarni

marosim so‘nggida kuzatib qo‘yishni ham kattalar bilan birga o‘g‘il bolalar bajarishgan. An’anaviy

o‘zbeklar jamoasi doimo kishilar orasida ma’naviy tamoyillarga asoslangan odob-ahloq tizimini

yaratgan. Bola tarbiyasiga oid urf-odatlar halqning umumetnik jihatlarini o‘zida mujassam etadi.

Shuning uchun ham halqimiz maqolida "Otang-mahalla, onang-mahalla", "Bir bolaga yetti qo‘shni-

ota-ona" deb bejizga aytilmagan.

5

Bolalarni shogirdlikka olish marosimi ham masjiddan boshlangan. Bu odat bola 6-7 yoshdan

oshgandan so‘ng amalga oshirilgan. Marosim barcha kasblarda deyarli bir xil bo‘lgan. Shogirdlikka

odatda bolani yoshlikdan (8-10 yoshda, ba’zan 6-7 yoshda) ota-onasi ustaga olib kelib topshirgan.

Ota farzandini ustaga topshirishda "Eti-sizniki, suyagi-bizniki" degan ma’noda, ya’ni butun taqdiri

ustoz qo‘lida, deb qoldirgan. Bola o‘zini-o‘zi to‘la mustaqil boshqarish darajasiga yetganda, ota-

onasi (yetim bo‘lsa, ustaning o‘zi) fotixa ziyofatini o‘tkazib bergan. Fotiha berish marosimiga keksa

ustalar kalontar (oqsoqol) topshirig‘i bilan taklif etilgan.

Bola tarbiyasi bilan bog‘lik urf-odatlarning aksariyati mintaqa qishloqlarida oqsoqol, masjid imomi,

kayvonilar, qo‘ni-qo‘shnilar ishtirokida o‘tganligi aniqlandi. Oqsoqollar qishloq bolalari kelajagiga

e’tiborli bo‘lishgan. Shu bois xar bir bolaning axloq-odobi, yurish-turishi,eng avvalo, jamoadan

so‘rab-surishtirilgan.

Bola axloqsizlik qilsa, birinchi galda ota-onasiga tanbeh berilgan. Agar u ham foyda bermasa,

farzandning o‘zi bilan suhbatlashib, uni tug‘ri yo‘lga solishgan. Bunda ota-onalar ham o‘z

farzandlari qilmishlari uchun qo‘ni-qo‘shnilar oldida xijolat bo‘lishgan.

Bolalardagi axloqiy fazilatlar nafaqat oilani, balki butun jamoa, mahalla turmushini belgilagan. XX

asr boshida Turkiston xalqlari maishiy turmushini o‘rgangan N.S.Likoshinning yozishicha, mahalliy

o‘g‘il bola birovga noxushlik keltirmaslik uchun jamoa oldida o‘zini tutishni yaxshi bilgan, kattalar

orasida o‘z o‘rnini bilib, dasturxondagi taomga o‘rinsiz qo‘l uzatmay, atrofdagilar suhbatiga

aralashmay, uyga kelganlarga qoidali salom bergan, unga savol berishganda esa, qolgan mehmonlar

diqqatini jalb qilmaslik uchun faqat shivirlab qo‘ygan.

6

Ota-onalar doimo bola tarbiyasida, asosan, mahalla jamoasi fikrini e’tiborga olishgan. Farzandining

3

Buriyev O. O‘g‘il ulfat ko‘rganmi.// «Fan va turmush», 1993 yil 3- son. B.-10-11.

4

Boris Mathieu Petrik. Povoir don reseaus en O’zekiston Post-Sovetienique.-Raris.: Presses Universitaires de

Franse. 2002. -169.

5

O‘zbek xalqi maqollari,-T., 1989yil. B.-112.

6

Лыкошин П.С.Хороший тон на Востоке. -Т., 1915 г.-С.-4.


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

396

odobi uchun qo‘ni-qo‘shnilardan "Otangga rahmat!" degan iborani eshitish ota-ona uchun g‘urur

hisoblangan. Shuning uchun ham xalqimiz orasida "Onasi maqtagan qizni olma, el maqtagan qizni

ol” degan maqolning mavjudligi bejiz emas, albatta. Qarshi vohasi o‘zbek, tojiklarida qizga sovchi

kelsa, uning kamchiligini dastlab yaqin qo‘ni-qӱshnilaridan surishtirilgan. Mazkur davrdagi

beshikkerti odati chaqaloqlik chog‘ida amalga oshirilgan anchagina eskilik sarqiti, deb qaralsa-da,

ota-onalar jamoadagi epli, axloqli qizni ko‘z ostiga olib yurganlar. Kelajakda turmush quradigan

farzandlar bir-biriga muvofiq kelishi kerak.

7

Voha o‘zbeklarida bolalarning yoshi, jinsiga qarab tarbiyalashga alohida ahamiyat berilgan.

Tog‘ etaklarida ko‘proq chorvachilik va ovchilik bilan shug‘ullangan aholining kichik yoshdagi

bolalari kattalar qatori ro‘zg‘or yumushlarini va mehnat ko‘nikmalarini o‘zlashtirishgan. O‘g‘il

bolalar mehnat ko‘nikmalariga xos tarzda jamoa bo‘lib ov qilish odati rasm bo‘lgan. Ov qilishda

miltiq, kamon-yoy, palahmon, qo‘lga o‘rgatilgan it, burgutlardan foydalanishgan. Ovga jo‘nashdan

oldin kengash o‘tkazilib 1-2 kunga mo‘ljallangan oziq-ovqat zaxirasi,o‘q-dori tayyorlangan, ov

omadli kelganda o‘ljalar qishloqqa olib tushilib, tozalangan.

Bu esa bolalarni mexnatga, ovga jalb etish, ularni jismoniy chiniqtirishga katta ahamiyat

berilganligini ko‘rsatadi. Oddiy jun yoki ipdan to‘qilgan palaxmon (sopqon) bolalarni ovga

o‘rgatishda sevimli qurol bo‘lib, u bilan dastlab jo‘xori, bug‘doyzor, poliz, bog‘ va hokazolarni

qushlardan qo‘riqlab, dastlabki ov malakalari shakllantirilgan.

Tarixan ijtimoiy-iqtisodiy sharoit hamda tabiiy-geografik omillarga ko‘ra, o‘zbek oilalarida o‘g‘il

bolaga extiyoj yuqori bo‘lib, buni quyidagi jihatlar bilan izohlash mumkin:

Birinchidan,vohada qadimdan ko‘p bolalikdan har bir oila hamda jamiyat manfaatdor bo‘lgan.

Oilada o‘g‘il bola mavqeining yuqoriligining boisi shuki, xo‘jalik yumushlarida o‘g‘il bolalar

mehnatidan ko‘proq foydalanilgan. Bu oiladagi, umuman, jamoadagi iqtisodiy daromadning

ortishiga sabab bo‘lganligi uchun ham ularga ehtiyoj katta edi. Vohaninr ba’zi hududlarida yer

maydoni ham o‘g‘il bolalar soniga qarab taqsimlangan.

Ikkinchidan, o‘zbek halqiga xos an’analar va milliy urf-odatlar ham muhim omillardan biri bo‘lib,

serfarzand oilalar, ayniqsa, o‘g‘il bolasi ko‘pchilikni tashkil etgan oilalar qadrlangan,hurmat-

e’tiborga sazovor bo‘lgan, bu o‘z navbatida, o‘g‘il bolaning jamiyatdagi mavqeini birmuncha

baland ekanligi bilan izoxlangan.

Uchinchidan, o‘zbek oilalarida qizlarni erta turmushga berish odati ham mavjud bo‘lib, tabiiyki, bu

oilada o‘g‘il bolaga bo‘lgan extiyojni talab etgan. Chunki turmushga chiqqan qizlarning o‘rnini

jamoada, albatta, o‘g‘il bolalar egallagan, o‘g‘il bolalarga nisbatan avlod davomchilari va

merosxo‘rlari sifatida qaralgan.

To‘rtinchidan, ayollarning jamiyatdagi o‘rni shu bilan xarakterlanganki, o‘zbek ayollari asosan, uy

ishlari va bola tarbiyasi bilan band bo‘lganlar, bu ro‘zg‘or va dala yumushlarida erkaklar mehnatini

ko‘proq talab etgan.

Shuningdek,voha qishloq jamoalarida qiz bola tarbiyasida jamoadagi ayollarning o‘rni katta bo‘lib,

yoshlik paytidan boshlab ular ongiga odob-axloqli, hayoli, iboli bo‘lish va mas’uliyat ko‘nikmalari

vujudga keltirilgan.

Qur’onda ham qiz bolalar o‘g‘il bolalar singari ilohiy ehson ekanligi asoslab berilgan, ular

tarbiyasiga oid mulohazalar shariat hukmi darajasida amr etilgan.

8

Eng avvalo,qizlarga yoshligidan

oilada alla aytib beshik tebratish o‘rgatilgan. Doya momo chaqaloqni beshikka belab bo‘lgach,

qizlar navbat bilan alla aytib beshik tebratishgan.

Chaqaloqni beshikka belash marosimi asosan, ayollar va bolalar ishtirokida o‘tkazilib, bu tantanada

ko‘pincha yoshi ulug, serfarzand ayollar,qo‘ni-qo‘shnilar, yaqin qarindoshlar faol ishtirok etishgan.

Tantanada bolalarning ham ishtirok etishi ularda jamoaga uyushish hissini shakllantirgan,

7

Rizouddin Fahruddin. Oila. -T., 1991

.

8

Qur’oni karim. T., 1992 yil. B.-182.


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

397

chaqaloqqa uzoq umr, sihat-salomatlik, unib-o‘sishi tilanib, tez orada davradagi bolalar qatoriga

qo‘shilishi niyat qilingan. Kayvoni ayol onaga go‘dakni boqish, cho‘miltirish, har xil gigiyenik

muolajalar qilish, alla aytishni kanda qilmaslik qaqida o‘z bilganicha maslahat bergan. Beshik

ustidan turli shirinliklar-sochaloq sochilib,jamoadagi bolalar uni terib olishgan. Bolalarni jamoaga

yaqinlashtirish bilan birga, chaqaloqqa kelajakda ezgu niyat, qut baraka, onaga esa serfarzand

bo‘lishi tilangan.

Ayollarning axloqiy fazilatlari oiladagi xuquq va burchi ko‘plab milliy an’analarda namoyon

bo‘ladi. Ayol hamisha bola tarbiyasiga sadoqati, mehri bilan ajralib turgan. Bu odat o‘zbek ayoli

mentalitetiga ham chuqur singib ketgan.

Qish faslida dala yumushlari biroz tingach,qo‘ni-qo‘shni bolalar yanada yaxshiroq uyushganlar,

keksa ayollar bolalarga ertak, afsona, rivoyat, hikoyalar aytib berishgan. Sharq xalqlariga xos bu

odatning bolalarni, ayniqsa,qizlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashdagi o‘rni muhim bo‘lib,qishda

boshlangan ertak aytishlar, o‘z navbatida, bahorning iliq tunlarida davom etgan. Qizlarni 9-10

yoshdan o‘g‘il bolalardan alohida ajratib, ularning asosiy yumushlari dasturxon, bolish, yostiqcha

tikish yoki oddiyroq biror narsa to‘qish bilan bog‘liq yumushlardan iborat bo‘lgan. Bu davr qizlar

hayotidagi ilk ko‘nikmalar davri bo‘lib, barcha hatti-harakatlar kattalar, ayniqsa, ayollar nazoratiga

olingan.

Ajdodlardan avlodlarga meros sifatida yetib kelgan ma’naviy-axloqiy yo‘naltirilgan turli

ovunchoq o‘yinlar bolalarda jamoaga uyusha olish tuyg‘usini shakllantirgan. Bu aloqadorlikda

qizlarning o‘zaro muloqotlari, atrofdagilarga nisbatan munosabatlari paydo bo‘lgan. Qizlar o‘rtasida

jamoada "chittigul", "yashinmachoq", "beshtosh", "mehmon-mehmon", "oq munchoqdan ko‘k

munchoq", o‘g‘il bolalar orasida "juftmi-toq", "ko‘z bog‘lar", "varrak", "g‘iz-g‘izak", "gir-girak",

"mush ketdi", "ov", "urush-urush", "oshiq", "ishti", "xurjun-xurjun" kabi o‘yinlarda jamoaga

uyushish shakllangan.

9

Qizlarning guruh-guruh bo‘lib uy va yovvoyi hayvonlarga, qushlarga taqlid qilishlari "ola hakka",

"laylak keldi yoz bo‘ldi", "ola tovuq" kabi o‘yinlarda o‘z aksini topgan va ularga mos bayt va

ashulalar aytilgan.

Qashqadaryo vohasida o‘g‘il va qizlarning birgalikdagi "mehmon-mehmon", "kelin-kuyov", "ota-

ona", ”tosh otar", "urdi-qochdi", "chur kesti", "oq so‘nak(suyak)", "akkol","bukurma tayoq" kabi

o‘yinlari uyushtirilgan.

Bola tarbiyasida jamoaning o‘rni o‘ziga xos etnolokal xususiyatlarga ham ega bo‘lganligini

ko‘rsatadi. Bular bolalar tarbiyasida ota-onaning,qarindoshlarning o‘rni, ular xulq-atvorining

shakllanishi va rivojlanishida qishloq yoki mahalla jamoasining o‘rni yaqqol ko‘ringan.

Qo‘ni-qo‘shnichilikka xos ijtimoiy munosabatlar, oilaviy marosimlar, bayramlar, sayillar, hasharlar

kabi jamoaviy tadbirlarda o‘zaro ahillik, birodarlik tuyg‘ulari ham tarkib topgan. Bular bola

tarbiyasi bilan bog‘liq urf-odat va an’analarda o‘z aksini topib, yosh avlodni mehr-oqibatli va o‘zaro

hurmat ruhida tarbiyalashda o‘ziga xos tarbiya maskani vazifasini bajargan.

Adabiyotlar:

1.

Mirziyoyev Sh.M.Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib,yangi bosqichga

ko‘taramiz.-T.”O‘zbekiston”. 2017. B.-29.

2

.Buriyev O. Janubiy O‘zbekisonda qishloq jamoasining etnohududiy xususiyatlari. O‘zbekiston

etnologiyasining dolzarb muammolari. –T. 2007. B.-115-119.

3

.Bo‘riyev O. O‘g‘il ulfat ko‘rganmi,«Fan va turmush», 1993 yil 3- con.

B.-10-11.

4

.Boris Mathieu Petrik. Povoir don reseaus en O’zekiston Post-Sovetienique.-Raris.: Presses

Universitaires de Franse. 2002. R.-169.

9

Jabborov E. O‘zbek xalqi o‘yinlari leksikasi. (Janubiy O‘zbekiston materiallari asosida) Avtoreferat.-T.,

1998.


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

398

5

.Likoshin P.S. Xoroshiy ton na Vostoke. -T., 1915.S.-4.

6

.O‘zbek xalqi maqollari,-T., 1989.B.-112.

7

.Rizouddin Fahruddin. Oila. -T., 1991.

8

.Qur’oni karim. T., 1992.B.-182.

9.

Jabborov E. O‘zbek xalqi o‘yinlari leksikasi. (Janubiy O‘zbekiston materiallari asosida)

Avtoreferat.-T., 1998.

10.

Firdavs G’ulom o’g, E., & Farangiz, A. (2025). MUSTAQILLIK YILLARIDA

O’ZBEKISTONDA MILLIY URF-ODATLAR, QADRIYATLAR VA AN’ANALARNING

QAYTA TIKLANISHI.

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni

hamda rivojlanish omillari

,

5

(2), 35-42.

11.

Ҳолиқов, Ғ. (2025). ЎЗБЕКИСТОННИНГ ТИББИЁТ СОҲАСИ БЎЙИЧА ОСИЁ

ДАВЛАТЛАРИ БИЛАН АЛОҚАЛАРИ.

TANQIDIY NAZAR, TAHLILIY TAFAKKUR VA

INNOVATSION G ‘OYALAR

,

1

(7), 45-49.

12. Bahrom, K. (2022). SOCIO-ECONOMIC LIFE AND ADMINISTRATIVE TERRITORY OF

SHAKHRISABZ PRINCIPIALITY IN THE 19TH CENTURY.

Academicia Globe:

Inderscience Research

,

3

(09), 59-63.

13. Sayxonovna, M. M. (2022). Psychological characteristics of modern primary school teacher

professional training.

ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT

REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 8.071

,

11

(04), 15-20.

14. BEKMURODOVA, H. (2024). O ‘smirlarni kasbga yo ‘naltirish jarayonida individual xarakter

xususiyatlarining ta’siri muhim ijtimoiy-psixologik omil sifatida.

«ACTA NUUz»

,

1

(1.2), 78-

82.

15.

Аkhmedov, B. A. (2019). THE ROLE OF UZBEKISTAN ON ESTABLISHING KARAKUL

(ASTRAKHAN) SHEEP BREEDING IN FOREIGN COUNTRIES.

Theoretical & Applied

Science

, (3), 72-75.

16.

Akhmedov, B. A. (2020). KARAKUL BREEDING DURING THE BUKHARA EMIRATES.

In

НАУЧНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ МОЛОДЫХ УЧЁНЫХ

(pp. 160-162).

17.

Akhmedov, B. A. (2021). History Of Karakul Industry In Uzbekistan.

Oriental renaissance:

Innovative, educational, natural and social sciences

,

1

(5), 1159-1163.

18.

Axmedov, B. (2021). Qorako'lchilik sohasini ilmiy tadqiqotlarda o'rganilishining

ahamiyati.

Journal of Social Sciences

,

2

(01).

19.

Axmedov, B. (2023). YEVROPA CHORVACHILIGIDA QORAKO ‘LCHILIK.

Journal of

Social Sciences

,

4

(01).

20. Nоmоzоv,

Xurshid.

"ОMMАVIY

АXBОRОT

VОSITАLАRINING

IJTIMОIY

FUNKSIYАSI."

TAMADDUN NURI JURNALI

1.64 (2025): 253-255.

21. Nоmоzоv, X. (2025). ОMMАVIY АXBОRОT VОSITАLАRINING IJTIMОIY

FUNKSIYАSI.

TAMADDUN NURI JURNALI

,

1

(64), 253-255.

22. Xurshid, N. (2025). AXBOROT XURUJLARINING MANBALARI, ULARNING IJTIMOIY

MUHITDA AMALGA OSHISH USULLARI.

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq

etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari

,

41

, 632-636.

23. Shavkat o’g’li, N. X. (2024). JAMIYATDA INTERNET-MAKON RESURSLARIDAN

FOYDALANISH SOHALARI.

MODERN PROBLEMS IN EDUCATION AND THEIR

SCIENTIFIC SOLUTIONS

,

1

(2), 113-118.

24. Buronov, O., & Davronov, U. B. (2025). History of modern construction and urban

development in Samarkand region during the years of independence.

International Journal of

Artificial Intelligence

,

1

(1), 410-414.

25. Buronov, O., & Davronov, U. B. (2025). Administrative-territorial division and demographic

indicators of Samarkand during the years of independence.

International Journal of Artificial

Intelligence

,

1

(1), 405-409.

26. Murodullaevich, B. O. (2024). The fight against infectious diseases of Uzbekistan on


background image

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA

ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

399

experience.

Western European Journal of Historical Events and Social Science

,

2

(4), 93-97.

27. Bo‘ronov, O. Qishloq joylarda tibbiy profilaktika va sanitariya-epidemiologik barqarorlikni

ta’minlash ishi tarixi.

Journal of Social Sciences

,

1

(02).

28. Buronov, O. (2025). Changes In The Murobak Gas Processing Plant In The Years Of

Independence.

Zien Journal of Social Sciences and Humanities

,

40

, 62-67.

29. Бўронов, О. Қишлоқ врачлик пунктларида тиббий кадрлар салоҳиятини оширишга

қаратилган давлат сиёсати. Ўтмишга назар.№ 7.2023.

Ўтмишга назар

, (7.2023).

30. Murodullaevich, B. O. (2024). The fight against infectious diseases of Uzbekistan on

experience.

Western European Journal of Historical Events and Social Science

,

2

(4), 93-97.

31. Khamidovich, K. G. (2020). The history of turkestan sanitary work.

Journal of Critical

Reviews

,

7

(9), 1126-1129.

32. Каромов, Г. Х. (2020). ИСТОЧНИКОВЕДЕНИЕ И ИСТОРИОГРАФИЯ ИСТОРИИ

МЕДИЦИНЫ В ТУРКЕСТАНЕ.

ББК 1 E91

,

205

.

33. Каромов, Г. Х. (2019). Особенности городской культуры Самарканда Раннего

Средневековья.

Евразийское Научное Объединение

, (1-7), 373-374.

34. Khamitovich, K. G. (2022). HISTORY OF HEALTH WORKS IN TURKESTAN

ASSR.

INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY

RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 8.036

,

11

(10), 68-72.

35. Khamitovich, K. G. (2022). Measures in the Sphere of Maternal and Child Health in

Uzbekistan.

Miasto Przyszłości

,

29

, 12-15.

36. O’G’Li, N. X. S. (2023). YUKSAK AXBOROT MADANIYATI–INTERNET-MAKON

RESURSLARIDAN RATSIONAL FOYDALANISH SHARTI.

Research Focus

,

2

(6), 105-

110.

37. Shavkat o’g’li, N. X. (2022). THREATS TO INFORMATION SECURITY IN

EDUCATIONAL INSTITUTIONS.

Gospodarka i Innowacje.

,

22

, 229-231.

38. EGAMBERDIYEV, F. (2024). O ‘SMIR BASKETBOLCHILARDA IRODAVIY SIFATLAR

SHAKLLANISHIGA

TA’SIR

ETUVCHI

OMILLARNING

PSIXOLOGIK

XUSUSIYATLARI.

«ACTA NUUz»

,

1

(1.3), 248-252.

Библиографические ссылки

Mirziyoyev Sh.M.Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib,yangi bosqichga ko‘taramiz.-T.”O‘zbekiston”. 2017. B.-29.

Buriyev O. Janubiy O‘zbekisonda qishloq jamoasining etnohududiy xususiyatlari. O‘zbekiston etnologiyasining dolzarb muammolari. –T. 2007. B.-115-119.

Bo‘riyev O. O‘g‘il ulfat ko‘rganmi,«Fan va turmush», 1993 yil 3- con.

B.-10-11.

Boris Mathieu Petrik. Povoir don reseaus en O’zekiston Post-Sovetienique.-Raris.: Presses Universitaires de Franse. 2002. R.-169.

Likoshin P.S. Xoroshiy ton na Vostoke. -T., 1915.S.-4.

O‘zbek xalqi maqollari,-T., 1989.B.-112.

Rizouddin Fahruddin. Oila. -T., 1991.

Qur’oni karim. T., 1992.B.-182.

Jabborov E. O‘zbek xalqi o‘yinlari leksikasi. (Janubiy O‘zbekiston materiallari asosida) Avtoreferat.-T., 1998.

Firdavs G’ulom o’g, E., & Farangiz, A. (2025). MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTONDA MILLIY URF-ODATLAR, QADRIYATLAR VA AN’ANALARNING QAYTA TIKLANISHI. Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari, 5(2), 35-42.

Ҳолиқов, Ғ. (2025). ЎЗБЕКИСТОННИНГ ТИББИЁТ СОҲАСИ БЎЙИЧА ОСИЁ ДАВЛАТЛАРИ БИЛАН АЛОҚАЛАРИ. TANQIDIY NAZAR, TAHLILIY TAFAKKUR VA INNOVATSION G ‘OYALAR, 1(7), 45-49.

Bahrom, K. (2022). SOCIO-ECONOMIC LIFE AND ADMINISTRATIVE TERRITORY OF SHAKHRISABZ PRINCIPIALITY IN THE 19TH CENTURY. Academicia Globe: Inderscience Research, 3(09), 59-63.

Sayxonovna, M. M. (2022). Psychological characteristics of modern primary school teacher professional training. ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 8.071, 11(04), 15-20.

BEKMURODOVA, H. (2024). O ‘smirlarni kasbga yo ‘naltirish jarayonida individual xarakter xususiyatlarining ta’siri muhim ijtimoiy-psixologik omil sifatida. «ACTA NUUz», 1(1.2), 78-82.

Аkhmedov, B. A. (2019). THE ROLE OF UZBEKISTAN ON ESTABLISHING KARAKUL (ASTRAKHAN) SHEEP BREEDING IN FOREIGN COUNTRIES. Theoretical & Applied Science, (3), 72-75.

Akhmedov, B. A. (2020). KARAKUL BREEDING DURING THE BUKHARA EMIRATES. In НАУЧНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ МОЛОДЫХ УЧЁНЫХ (pp. 160-162).

Akhmedov, B. A. (2021). History Of Karakul Industry In Uzbekistan. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(5), 1159-1163.

Axmedov, B. (2021). Qorako'lchilik sohasini ilmiy tadqiqotlarda o'rganilishining ahamiyati. Journal of Social Sciences, 2(01).

Axmedov, B. (2023). YEVROPA CHORVACHILIGIDA QORAKO ‘LCHILIK. Journal of Social Sciences, 4(01).

Nоmоzоv, Xurshid. "ОMMАVIY АXBОRОT VОSITАLАRINING IJTIMОIY FUNKSIYАSI." TAMADDUN NURI JURNALI 1.64 (2025): 253-255.

Nоmоzоv, X. (2025). ОMMАVIY АXBОRОT VОSITАLАRINING IJTIMОIY FUNKSIYАSI. TAMADDUN NURI JURNALI, 1(64), 253-255.

Xurshid, N. (2025). AXBOROT XURUJLARINING MANBALARI, ULARNING IJTIMOIY MUHITDA AMALGA OSHISH USULLARI. Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari, 41, 632-636.

Shavkat o’g’li, N. X. (2024). JAMIYATDA INTERNET-MAKON RESURSLARIDAN FOYDALANISH SOHALARI. MODERN PROBLEMS IN EDUCATION AND THEIR SCIENTIFIC SOLUTIONS, 1(2), 113-118.

Buronov, O., & Davronov, U. B. (2025). History of modern construction and urban development in Samarkand region during the years of independence. International Journal of Artificial Intelligence, 1(1), 410-414.

Buronov, O., & Davronov, U. B. (2025). Administrative-territorial division and demographic indicators of Samarkand during the years of independence. International Journal of Artificial Intelligence, 1(1), 405-409.

Murodullaevich, B. O. (2024). The fight against infectious diseases of Uzbekistan on experience. Western European Journal of Historical Events and Social Science, 2(4), 93-97.

Bo‘ronov, O. Qishloq joylarda tibbiy profilaktika va sanitariya-epidemiologik barqarorlikni ta’minlash ishi tarixi. Journal of Social Sciences, 1(02).

Buronov, O. (2025). Changes In The Murobak Gas Processing Plant In The Years Of Independence. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 40, 62-67.

Бўронов, О. Қишлоқ врачлик пунктларида тиббий кадрлар салоҳиятини оширишга қаратилган давлат сиёсати. Ўтмишга назар.№ 7.2023. Ўтмишга назар, (7.2023).

Murodullaevich, B. O. (2024). The fight against infectious diseases of Uzbekistan on experience. Western European Journal of Historical Events and Social Science, 2(4), 93-97.

Khamidovich, K. G. (2020). The history of turkestan sanitary work. Journal of Critical Reviews, 7(9), 1126-1129.

Каромов, Г. Х. (2020). ИСТОЧНИКОВЕДЕНИЕ И ИСТОРИОГРАФИЯ ИСТОРИИ МЕДИЦИНЫ В ТУРКЕСТАНЕ. ББК 1 E91, 205.

Каромов, Г. Х. (2019). Особенности городской культуры Самарканда Раннего Средневековья. Евразийское Научное Объединение, (1-7), 373-374.

Khamitovich, K. G. (2022). HISTORY OF HEALTH WORKS IN TURKESTAN ASSR. INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 8.036, 11(10), 68-72.

Khamitovich, K. G. (2022). Measures in the Sphere of Maternal and Child Health in Uzbekistan. Miasto Przyszłości, 29, 12-15.

O’G’Li, N. X. S. (2023). YUKSAK AXBOROT MADANIYATI–INTERNET-MAKON RESURSLARIDAN RATSIONAL FOYDALANISH SHARTI. Research Focus, 2(6), 105-110.

Shavkat o’g’li, N. X. (2022). THREATS TO INFORMATION SECURITY IN EDUCATIONAL INSTITUTIONS. Gospodarka i Innowacje., 22, 229-231.

EGAMBERDIYEV, F. (2024). O ‘SMIR BASKETBOLCHILARDA IRODAVIY SIFATLAR SHAKLLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. «ACTA NUUz», 1(1.3), 248-252.