RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
400
XX ASRNING IKKINCHI YARMIDA O‘ZBEKISTONNING JAHON ILMIY
MAYDONDAGI O‘RNI
SARVAR TULKINOVICH AXMEDOV
Axborot texnologiylar va menejment universiteti katta o‘qituvchisi
sardorahmedov437@gmail.com
Annotatsiya.
Mazkur ishda XX asrning 60–70-yillarida O‘zbekiston Respublikasining
xalqaro ilmiy hamkorlikdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Bu davrda o‘zbekistonlik olimlarning
ilmiy izlanishlari, xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda olib borilgan tadqiqotlar, xalqaro
konferensiyalar va seminarlar, shuningdek, ilmiy delegatsiyalar almashinuvi orqali erishilgan
natijalar yoritiladi. Ishda, ayniqsa, Osiyo va Afrika mamlakatlari bilan o‘rnatilgan aloqalar, ularning
ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi va O‘zbekiston ilmiy muassasalarining xalqaro nufuzining
ortishi alohida o‘rin egallaydi. Annotatsiyada bu jarayonlarning nafaqat ilmiy, balki ijtimoiy-
madaniy ahamiyati ham ko‘rsatib o‘tiladi.
Kalit so’zlar:
O‘zbekiston, XX asr, xalqaro ilmiy hamkorlik, Fanlar akademiyasi, ilmiy
almashinuv, ilmiy konferensiya, rivojlanayotgan davlatlar, ilmiy delegatsiya, ilm-fan taraqqiyoti,
Osiyo va Afrika mamlakatlari.
1.Dolzarbligi:
Ilmiy xalqaro hamkorlik har bir jamiyatda asosiy drayver bo‘lib xizmat qiladi va
taraqqiyotida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Xususan, O‘zbekistonning ilm-fan sohasidagi xalqaro
aloqalari XX asrning ikkinchi yarmida rivojlangan bo‘lib, bu jarayonda O‘zbekiston Fanlar
akademiyasi muhim o‘rin tutdi.
2. Metodlar va o‘rganilganlik darajasi:
Mazkur ilmiy maqolani tayyorlash jarayonida, tadqiqot metodologiyasi sifatida birinchi
navbatda tarixiylik, xolislik, uzviylik, ketma-ketlik va qiyosiy taqqoslash kabi metodologiyadan
foydalanilgan holda, ilm-fan sohasidagi xalqaro aloqalar nazar tashlandi. Ilmiy maqolani
tayyorlashda tarixchi olimlar Mannonov B, Nishonov M, H. Ziyayevlarning asarlaridan va boshqa
sovet davri olimlarining tadqiqotlaridan, O‘zSSR Sog‘liqni saqlash vazirligining 1972 yilgi joriy
arxivi, O‘zbekiston Respublikasi FA Asosiy kutubxonasining yillik hisoboti, O‘zbekiston Milliy
arxivining R-1-fond, R-2415-fondlarida saqlanayotgan manbalaridan va boshqa adabiyotlardan
foydalanilgan.
Sovet davrida Sobiq Ittifoqning xalqaro aloqalarida, ayniqsa ilmiy aloqalarda faol ishtirok
etgan. O‘zbekiston ilmiy aloqalar faoliyati mamlakat ichida va xalqaro miqyosda fan taraqqiyotini
ta'minlashda muhim o‘rin egalladi. Bu davrda ilm-fan yutuqlari hamkorlik asosida shakllanib,
ittifoq respublikalari o‘rtasidagi ilmiy almashinuvlar, xalqaro konferensiyalar, ekspeditsiyalar va
ilmiy delegatsiyalar orqali mustahkamlanib bordi. Ilmiy sohadagi hamkorlik kitob almashinuvi
sohasida faollashdi. Jumladan, 1960 yilda akademiyalar o‘rtasida tuzilgan o‘zaro kelishuvga asosan,
27 davlatning 101 ta ilmiy muassasasi bilan kitob almashinuvi amalga oshirildi. O‘zbekiston Fanlar
akademiyasi Asosiy kutubxonasi tashabbusi bilan xorijiy davlatlarga 1985 nusxa kitob va jurnal
yuborilib, ulardan 1747 ta nashr, jumladan kitoblar va ilmiy jurnallar qabul qilindi. Ushbu aloqalar,
ayniqsa, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Fransiya va Italiya kabi ilmiy-tadqiqot
sohasida yuksak rivojlangan davlatlar bilan tizimli va doimiy tarzda yo‘lga qo‘yilgan [1].
Shuni alohida ta’kidlash joizki, xalqaro ilmiy hamkorlik har bir mamlakatning fan
sohasidagi barqaror rivojlanishi uchun strategik ahamiyatga ega. O‘zbekistonning ilmiy
hamjamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi va ilmiy markaz sifatida e’tirof etilishi nafaqat ilm-fan
taraqqiyotiga, balki butun insoniyat manfaatiga qaratilgan muhim omildir. Bu yo‘nalishdagi izchil
va maqsadli harakatlar jahon ilm-fanida yangidan-yangi kashfiyotlar, ilmiy yangiliklar hamda
innovatsion yechimlarning yuzaga kelishini rag‘batlantirdi.
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
401
1961–1962 yillarda O‘zbekistonning xalqaro ta’lim maydonidagi ishtirokini yanada
kuchaytirish maqsadida bir qator xorijiy mamlakatlar universitetlarida o‘zbekistonlik talabalarning
ta’lim olish jarayoni faollashdi. Xususan, mazkur yillarda Hindiston, Eron, Misr Arab Respublikasi
(MAR) va Afg‘oniston oliy ta’lim muassasalarida 50 nafar o‘zbekistonlik talabalar tahsil olgan
bo‘lsa, 1962 yilda ularning soni keskin ortib, Hindiston, Gvineya va Misr Arab Respublikasida 742
nafarga yetdi [1]. Bu jarayon O‘zbekistonning xalqaro ilmiy-ma’rifiy aloqalarni kengaytirish va
xorijiy davlatlar bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlarining
yorqin namoyon bo‘lishi sifatida qayd etiladi. Ushbu harakatlar faqat bilim almashish bilan
cheklanmasdan, O‘zbekiston mutaxassislarini xalqaro ilmiy va amaliy loyihalarda ishtirok ettirish
uchun zamin yaratdi.
1968-1970 yillar davomida akademik M. Muhammadjonov Afg‘oniston Qishloq xo‘jaligi
va Irrigatsiya vazirligida paxtachilik sohasi bo‘yicha bosh maslahatchi sifatida faoliyat yuritib,
mamlakat qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shdi. Uning ilmiy faoliyati va amaliy
tavsiyalari natijasida Afg‘onistonda paxtachilik sohasida muhim yutuqlarga erishildi. Akademik M.
Muhammadjonovning qishloq xo‘jaligi sohasidagi samarali faoliyati va fidokorona xizmati
Afg‘oniston hukumati tomonidan yuksak baholanib, u mamlakatning oliy mukofoti - 1-darajali
“Yulduz” ordeni bilan taqdirlandi. Bu mukofot nafaqat o‘zbek olimining ilmiy salohiyatini e’tirof
etish, balki xalqaro ilmiy hamkorlik va do‘stona munosabatlarni mustahkamlashning yorqin
namunasi sifatida baholanadi [1].
1971 yil ma’lumotlariga ko‘ra, 400 ga yaqin O‘zbekistonning yetakchi mutaxassislari
dunyoning 20 ta davlatida faol ilmiy-tadqiqot bilan shug‘ullanib, o‘z sohalarida yuqori malakali
mutaxassis sifatida tanildi. Ular turli xalqaro loyihalarda ishtirok etib, qator ilmiy-amaliy
masalalarni yechishda o‘z hissalarini qo‘shdi [3].
Bu davrda ilm-fan sohasida, ayniqsa, aniq fanlar yo‘nalishida xalqaro aloqalar samarali
bo‘ldi. Masalan, 1971- yil 18-21 may kunlari AQShning Atlantika Sitida tashkil etilgan bahorgi
Birlashgan konferensiya ishida ishtirok etish maqsadida o‘zbeksitonlik olimlardan B. G. Tamm,
YU I. Torgov, I. V. Prangishvili va Y.M. Bayakovskiylar Amerika axborot qayta ishlash
federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan hisoblash texnikasi bo‘yicha AQSH davlatiga ilmiy safarda
bo‘ldi. Konferensiya Amerika axborotni qayta ishlash jamiyatlari federatsiyasiga (AFIPS) kiruvchi
12 ta jamiyat hamkorligida o‘tkazildi. Ushbu konferensiya 3 kun davomida o‘tkazilib, 38 ta
uchrashuvda keng qamrovli ilmiy-texnikaviy va amaliy masalalar muhokama qilindi. Ko‘rgazmada
188 ta firma va tashkilot o‘z mahsulotlari va ishlanmalarini namoyish etdi. Taqqoslaydigan bo‘lsak,
1970-yilda kuz oyida bo‘lgan ko‘rgazmada 300 ta eksponat qatnashdi [7].
Ma’lumki, O‘zbekiston paxtachilik va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlari bo‘yicha eng
yirik ilmiy markazlardan biri bo‘lgan. Shuning tufayli, xorijlik mutaxassislar mazkur sohadagi
yutuqlarni o‘rganish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Chunonchi, 1972 yil Toshkentda qishloq
xo‘jalik vazirligining tashabbusi bilan paxtachilik bo‘yicha seminar o‘tkazildi. Bunda Misr,
Nigeriya, Sudan va Efiopiya davlatidan bir guruh soha olimlari olimlari ishtirok etdi. Ular
paxtachilik, irrigatsiya, seleksiya va qishloq xo‘jaligipi mexanizatsiyalash bo‘yicha qo‘lga kiritgan
yutuqlarini o‘rgandi. Shuningdek, Toshkentda Eron, Suriya, AQSH, Pokiston, Birma, Yaman Xalq
Demokratik Respublikasi, Gretsiya va boshqa mamlakat vakillarining ishtirokida tuproqshunoslik
bo‘yicha xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi. Seminar davomida paxtachilik sohasida tajriba almashdi
hamda o‘zbek olimlarining ma’ruzalari va paxtakorlarning tajribalari yuqori baholandi [3].
1973 yil O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, akademik I. M. Mo‘minov
rahbarligida falsafa fanlari doktorlari M. Baratov, B. Ismoilov va fan nomzodi A. Sharipovlar
Bolgariyada chaqirilgan faylasuflarning xalqaro simpoziumlarida faol ishtirok etdi [1].
O‘zbekiston Fanlar akademiyasining ilmiy aloqalarini rivojlantrishda yirik sharqshunoslik
markazlaridan biri bo‘lgan O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomli
Sharqshunoslik instituti katta rol o‘ynadi.
Sharqshunoslik instituti xorijiy davlatlarda faoliyat olib borgan sharqshunoslik ilmiy
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
402
tekshirish markazlari bilan doimiy aloqalari olib bordi. Shuningdek, olimlarining ko‘plab ilmiy
ishlari Afg‘oniston, Hindiston va boshqa xorijiy Sharq mamlakatlarining vaqtli matbuotida bosilgan
[1].
4. Xulosa
Xulosa qilib aytganda, XX asrning 60–70-yillarida O‘zbekiston xalqaro ilmiy hamkorlik
sohasida katta yutuqlarga erishdi. Bu yillarda o‘zbekistonlik olimlar nafaqat Sovet Ittifoqi doirasida,
balki xalqaro miqyosda ham faol ishtirok etib, ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shdi.
Rivojlanayotgan davlatlar bilan o‘rnatilgan hamkorlik aloqalari, qo‘shma ilmiy loyihalar va tajriba
almashuvlari natijasida O‘zbekiston ilmiy salohiyati yanada oshdi. Bu davrda shakllangan xalqaro
ilmiy aloqalar nafaqat ilm-fan rivojiga, balki madaniy va do‘stona munosabatlarning
mustahkamlanishiga ham xizmat qildi.
ADABIYOTLAR
1. Маннонов Б, Нишонов М. Ўзбекистон ССРнинг чет мамлакатлар билан иқтисодий ва
маданий алоқалари. Т., “Фан”. 1974. -Б.42.
2.O‘z. MA. R-1-fond, 1-ro’yxat, 1099-ish, 4-varaq.
3.O‘z.MA. R-1-fond, 1-ro‘xat, 963-ish, 34-varaq.
4.Ўз ССР Соғлиқни сақлаш вазирлигининг 1972 йилги жорий архиви.
5.Зияев Ҳ. Ўзбекистоннинг хорижий мамлакатлар билан иқтисодий ва маданий алоқалари
(1960-1980 йиллар). Т., “Фан”, 1986. -Б.8.
6.
Firdavs G’ulom o’g, E., & Farangiz, A. (2025). MUSTAQILLIK YILLARIDA
O’ZBEKISTONDA MILLIY URF-ODATLAR, QADRIYATLAR VA AN’ANALARNING
QAYTA TIKLANISHI.
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni
hamda rivojlanish omillari
,
5
(2), 35-42.
7.
Ҳолиқов, Ғ. (2025). ЎЗБЕКИСТОННИНГ ТИББИЁТ СОҲАСИ БЎЙИЧА ОСИЁ
ДАВЛАТЛАРИ БИЛАН АЛОҚАЛАРИ.
TANQIDIY NAZAR, TAHLILIY TAFAKKUR VA
INNOVATSION G ‘OYALAR
,
1
(7), 45-49.
8.
Bahrom, K. (2022). SOCIO-ECONOMIC LIFE AND ADMINISTRATIVE TERRITORY OF
SHAKHRISABZ PRINCIPIALITY IN THE 19TH CENTURY.
Academicia Globe:
Inderscience Research
,
3
(09), 59-63.
9. Sayxonovna, M. M. (2022). Psychological characteristics of modern primary school teacher
professional training.
ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT
REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 8.071
,
11
(04), 15-20.
10. BEKMURODOVA, H. (2024). O ‘smirlarni kasbga yo ‘naltirish jarayonida individual xarakter
xususiyatlarining ta’siri muhim ijtimoiy-psixologik omil sifatida.
«ACTA NUUz»
,
1
(1.2), 78-
82.
11.
Аkhmedov, B. A. (2019). THE ROLE OF UZBEKISTAN ON ESTABLISHING KARAKUL
(ASTRAKHAN) SHEEP BREEDING IN FOREIGN COUNTRIES.
Theoretical & Applied
Science
, (3), 72-75.
12.
Akhmedov, B. A. (2020). KARAKUL BREEDING DURING THE BUKHARA EMIRATES.
In
НАУЧНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ МОЛОДЫХ УЧЁНЫХ
(pp. 160-162).
13.
Akhmedov, B. A. (2021). History Of Karakul Industry In Uzbekistan.
Oriental renaissance:
Innovative, educational, natural and social sciences
,
1
(5), 1159-1163.
14.
Axmedov, B. (2021). Qorako'lchilik sohasini ilmiy tadqiqotlarda o'rganilishining
ahamiyati.
Journal of Social Sciences
,
2
(01).
15.
Axmedov, B. (2023). YEVROPA CHORVACHILIGIDA QORAKO ‘LCHILIK.
Journal of
Social Sciences
,
4
(01).
16. Nоmоzоv,
Xurshid.
"ОMMАVIY
АXBОRОT
VОSITАLАRINING
IJTIMОIY
FUNKSIYАSI."
TAMADDUN NURI JURNALI
1.64 (2025): 253-255.
17. Nоmоzоv, X. (2025). ОMMАVIY АXBОRОT VОSITАLАRINING IJTIMОIY
FUNKSIYАSI.
TAMADDUN NURI JURNALI
,
1
(64), 253-255.
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH VA
ZAMONAVIY MATEMATIKANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
403
18. Xurshid, N. (2025). AXBOROT XURUJLARINING MANBALARI, ULARNING IJTIMOIY
MUHITDA AMALGA OSHISH USULLARI.
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq
etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
,
41
, 632-636.
19. Shavkat o’g’li, N. X. (2024). JAMIYATDA INTERNET-MAKON RESURSLARIDAN
FOYDALANISH SOHALARI.
MODERN PROBLEMS IN EDUCATION AND THEIR
SCIENTIFIC SOLUTIONS
,
1
(2), 113-118.
20. Buronov, O., & Davronov, U. B. (2025). History of modern construction and urban
development in Samarkand region during the years of independence.
International Journal of
Artificial Intelligence
,
1
(1), 410-414.
21. Buronov, O., & Davronov, U. B. (2025). Administrative-territorial division and demographic
indicators of Samarkand during the years of independence.
International Journal of Artificial
Intelligence
,
1
(1), 405-409.
22. Murodullaevich, B. O. (2024). The fight against infectious diseases of Uzbekistan on
experience.
Western European Journal of Historical Events and Social Science
,
2
(4), 93-97.
23. Bo‘ronov, O. Qishloq joylarda tibbiy profilaktika va sanitariya-epidemiologik barqarorlikni
ta’minlash ishi tarixi.
Journal of Social Sciences
,
1
(02).
24. Buronov, O. (2025). Changes In The Murobak Gas Processing Plant In The Years Of
Independence.
Zien Journal of Social Sciences and Humanities
,
40
, 62-67.
25. Бўронов, О. Қишлоқ врачлик пунктларида тиббий кадрлар салоҳиятини оширишга
қаратилган давлат сиёсати. Ўтмишга назар.№ 7.2023.
Ўтмишга назар
, (7.2023).
26. Murodullaevich, B. O. (2024). The fight against infectious diseases of Uzbekistan on
experience.
Western European Journal of Historical Events and Social Science
,
2
(4), 93-97.
27. Khamidovich, K. G. (2020). The history of turkestan sanitary work.
Journal of Critical
Reviews
,
7
(9), 1126-1129.
28. Каромов, Г. Х. (2020). ИСТОЧНИКОВЕДЕНИЕ И ИСТОРИОГРАФИЯ ИСТОРИИ
МЕДИЦИНЫ В ТУРКЕСТАНЕ.
ББК 1 E91
,
205
.
29. Каромов, Г. Х. (2019). Особенности городской культуры Самарканда Раннего
Средневековья.
Евразийское Научное Объединение
, (1-7), 373-374.
30. Khamitovich, K. G. (2022). HISTORY OF HEALTH WORKS IN TURKESTAN
ASSR.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY
RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 8.036
,
11
(10), 68-72.
31. Khamitovich, K. G. (2022). Measures in the Sphere of Maternal and Child Health in
Uzbekistan.
Miasto Przyszłości
,
29
, 12-15.
32. O’G’Li, N. X. S. (2023). YUKSAK AXBOROT MADANIYATI–INTERNET-MAKON
RESURSLARIDAN RATSIONAL FOYDALANISH SHARTI.
Research Focus
,
2
(6), 105-
110.
33. Shavkat o’g’li, N. X. (2022). THREATS TO INFORMATION SECURITY IN
EDUCATIONAL INSTITUTIONS.
Gospodarka i Innowacje.
,
22
, 229-231.
34. EGAMBERDIYEV, F. (2024). O ‘SMIR BASKETBOLCHILARDA IRODAVIY SIFATLAR
SHAKLLANISHIGA
TA’SIR
ETUVCHI
OMILLARNING
PSIXOLOGIK
XUSUSIYATLARI.
«ACTA NUUz»
,
1
(1.3), 248-252.
